Muallim Muhammad
10.2K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
56 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Ertalab 6:20. Rahimov school.

Zamanoviy pedagog kursining 12-darsi.

Ishxonaga bunaqa erta kelish qiyin, lekin ilm olishga chanqoq ustozlar bilan bu ancha osonlashadi. Inson o’zini yaxshiroq his qiladi.

Kursimizning ham qoq markaziga keldik.
👍6622🔥213
Ustoz ta’sirlantira olishi uchun, avval o’zi ta’sirlanishi kerak.

Ta’sirlanish esa yangi bilimlar olish, kurslar o’qish, dinimiz va vatanimiz tarixini o’rganishdan keladi.

@MuallimMuhammad
🔥79💯2620👍124
Nega ingliz yuz yil yasharu, o‘zbek buncha yashamas?

Yozda Angliyada bo‘ldik. Biz bilan italiyalik ustoz va o‘quvchilar ham bo‘lishdi. Toqqa chiqdik. Biz bilan italiyalik 70 yoshli onaxon (agar ularni shunday atash mumkin bo‘lsa, juda tetik edilar) ham chiqdilar. Bemalol tik qiyalikli tog‘ga chiqib tushdilar.

Qiziqib, sirini so‘rasam: uyim oldida tog‘ bor, yozda ko‘p chiqaman. Qishda esa chang‘i uchish bilan shug‘ullanaman, dedilar. 70 yoshda shunday g‘ayrat :)

Biz 11 kun yashagan Worcester shahrida asosan qariyalar yashardi. O‘zi butun davlatda shu tendensiya. Kunning nisbatan salqinroq vaqtida chiqsangiz, barcha qariyalar harakatda: kimdir velosiped uchgan, kimdir yugurgan, yana kimdir jufti bilan, hassada bo‘lsa-da, piyoda yurganini ko‘rasiz.

O‘zbekistonda o‘rtacha umr 75 yosh, Angliyada esa 80+ ekan. Bu farq nafaqat tabiatning tozaligi va tibbiyotning rivojlanganligi bilan, balki ularning harakatchanligi va fikrlash tarzi bilan ham bog‘liq bo‘lsa kerak.

Mashhur tadbirkor Alisher Isayevdan “Yoshingiz nechida?” deb so‘rashganda 45 degandilar. “Qiiiirq beeeessshhh?” degan reaksiyaga javoban Alisher aka: “Qiiiirq beeeeshhhmas, qirq besh. Mening hayotim hali endi boshlandi. O‘z biznesimni endi quryapman va oldimda katta orzularim bor”, degandilar.

Litsey vaqti bir do‘stim: “Harbiylikka o‘tsam, 45 yoshgacha bir amallab ishlasam, bir mashina va uy olsam bo‘ldi, to‘xtayman”, degandi. Harakatdan, yashashdan.

Bizda aksariyat insonlar pensiya yoshi umrning oxiri deb bilishadi. 45–50 yoshdan keyin orzular, maqsadlar qilishmaydi. Shijoatni yo‘qotib qo‘yishadi. Hayot nevaralar tashvishiyu, choyxonadan ortmaydi. Sug‘ur kunida yashashadi. “Endi barcha umidimiz farzandimizdan”, deyishadi hali 25–30 yil umri bor insonlar.

Bolalar ham ozgina ishlari yurishgach ota-onasini endi ishlamaslikka, uyda o‘tirishlariga ko‘ndirishga harakat qilishadi. Tushunaman, buni mehribonliklaridan qilishadi.

Lekin aynan ishlamaslik, harakatsizlik, bekorchilik va buning oqibatida keladigan tinimsiz yomon fikrlar insonni tezroq qaritmaydimi?

Moliyaviy holat yaxshilansa ota-onani sog‘lig‘iga zararli ishlardan olish kerak. Lekin uyda dam olib yotishlariga majburlamaslik lozim. Ishlashsin, insonlar bilan muloqot qilishsin, ularga foydalari tegsin va keraklilik hissini tuyib turishsin. Pul kerak bo‘lmasa volontyorlik ishlarida bo‘lsa ham mehnat qilishsin. Kamida qonlari yurishadi.

60, 70 yoshlarni umrimizning kuzi va qishi deb atamaylik. Taslim bo‘lib qolmaylik. Tibbiyot rivojlangan zamonda kattaroq orzular, maqsadlar qilaveraylik, harakatdan to‘xtab qolmaylik.

Maqsad ishlamasdan yotish emas, insonlarga keraksiz bo‘lib qolmaslik bo‘lsin. Aynan keraksizlik hissi insonni tezroq qaritmaydimi?

@MuallimMuhammad
113🔥40👍22💯174
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥221😁1
Aytishlaricha bugun "Zamonaviy pedagog" kursi doirasida Aziz aka Rahimov ajoyib offline dars o'tib beribdilar.

Mavzu o'qituvchilikdan tadbirkorlikka o'tish va daromadni oshirish.

Qatnashgan ustozlar juda xursandmish va tez orada boyib ketishi kutilayotgan ekan)
😁9119🔥155👍4💯4
Assalomu alaykum, barchangizga Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin.

Hayitni ham hech bo’lmaganda yangi yildek nishonlanadigan, bolalarimiz kutadigan qilib o’tkazishimizni nasib qilsin.
🔥52👍1911💯101
Hayitlikka Mohirni bir Xitoyga aylantirib kelay deb olib ketyapman, shu desangiz)

Sizlar nima Hayitliklar oldingiz?)
60🔥3014👍6
Adashishlar haqida

Pekin metrosida yo‘l topolmay yuribmiz. Baxtimizga Ekvador-Italiyalik sayyoh bilan ko‘rishib qoldik. Xitoyda ingliz tilini biladiganlarni topish, Xitoyda qilinishi mumkin bo’lgan eng qiyin ishlardan.

Bizdan 1 hafta oldin kelgani uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi. Oxirida bir gap aytdi: safarda adashib qolsangiz, xavotir olmang. Safarning eng mazmunli va qiziq joylari adashib qolingan vaziyatlarda kashf qilinadi, dedi.

O‘ylab qoldim. Rost aytdi. Safarning hammasi rejalashtirilsa va rejadagidek ketsa, qachon, qayerga borasiz, kim va nimalarni ko‘rishingiz aniq bo‘lsa, uning qizig‘i qolarmidi?

Hayotni ham bir safar deb olsak, ma’lum muddatga kelib ketmaymiz axir bu dunyoga ham? Hammasi biz xohlagandek bo‘lganda hayotimizda mazmun bo‘larmidi? Aynan rejalashtirilmaganda kelgan adashishlar, qoqilishlar, uchratilgan insonlar va voqealar hayotimizni ma’noli qilib, bizga eng foydali darslarni bermaydimi?

Xatolar sabab 60–70 yoshga kirganimizda nevaralarimizga aytib bera oladigan hikoyalarimiz paydo bo‘lmaydimi? Aslini olganda, biz uchungina u rejalashtirilmagan adashishlar, Yaratgan uchun esa biz uchun rejalashtirib qo‘yilgan eng mukammal rejalar bo‘lmaydimi?
Aynan shu fikrlarni o‘ylab yurib, bugun 3 marta adashib qoldik. 2–3 soat vaqt yo‘qotdik. Lekin katta taassurot va tajriba yig‘dik. Ulgudek qiynaldim ham)

Hayotda adasharkanmiz, siqilmaylik, eng mazmunli hayot shu qiyinchiliklardan chiqishdan kelishini eslaylik. Yaratganning rejalari biznikidan go‘zalroq ekanini yodimizda saqlaylik.

@MuallimMuhammad
🔥9434💯20👍113😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁4029🔥87💯4
Muallim Muhammad
Video message
Sayohatning eng yoqimli joylaridan biri ortingdan shunday xabarlar kelishi bo’lsa kerak)
👍29🔥1411😁81
Umid

Inson har kuni uyg'onishi, yashashi va qiyinchiliklarga chidashiga asosiy sabab umid. Hammasi bir kun kelib yaxshi bo'lishiga, orzulariga erishishiga, u kutgan kunlar kelishiga bo'lgan umid uni sabr qilishga undaydi.

Umidsiz insonlar qaytib uyg'onmaydi, uyg'onganlari o'z joniga qasd qiladi. Umid yo'q bo'lgan joyda, ma'no bo'lmaydi. Ma'nosiz hayot ham yo'q bo'ladi.

Men Xitoy safaridan olgan eng katta foydam Umid, kelajakka bo'lgan, O'zbekistonda hammasi yaxshi bo'lishiga bo'lgan umid bo'ldi.

NYU Shanxay universiteti moliya sohasi bo'yicha dunyoda 9-o'rinda turadi. Shu yerda 25 o'zbek yigit-qizlari tahsil olayapti.

Ular bilan 3-4 kun birga yurdik, yarim kechasigacha suhbatlar qurdik. Fikrlashi keng, orzulari katta, harakati kuchli millatdoshlarimizni ko'rib xursand bo'ldim. Ularning rejalarini eshitib o'zim ham ruhlandim.

Katta g'ayrat bilan ishlashimizga ham sababchilardan bo'lishdi. Ular qattiq o'qiyotganda, biz harakat qilmasak bo'lmas, axir)

Shunday yigit qizlarni tarbiyalagan ustozlariga rahmat.
🔥93👍201612
Hissiyotlar aldaydi.

Avvallari telegram, telefondan yoqimsiz xabarlar, yangiliklar kelib qolsa, his-tuyg‘ularga to‘la javoblar yozardim. Sovuq aql bilan o‘ylagach, ko‘p afsuslanganman.

Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlardan xabarlar kelib qolsa, 1–2 soatdan keyin o‘ylab yozadigan odat chiqargandim. Hozir esa o‘ylash kerak bo‘lgan xabarlarga deyarli 30 daqiqadan oldin javob yozmayman. Ba’zan o‘ylayverib, umuman yozilmay ham qolib ketadi)

Endi shuni darslarimda ham qo‘llayapman. Jahlim chiqqanda nafaqat yozmaslikni, balki gapirmaslikni ham mashq qilyapman.

Bolalar jahlimni chiqarishsa, 1–2 tasi bo‘lsa, ularni darsdan chiqaraman. Ko‘proq bo‘lishsa, o‘zim chiqib, 5–10 daqiqa tinchlanib qaytib kelaman. Ko‘pincha suhbatni darsdan keyinga qoldiraman. Imkoni bo‘lsa, yolg‘iz, sovuq aql bilan gaplashaman.

Hissiyotlar vaqtida paydo bo‘ladigan ko‘p muammolar yechiladi yoki umuman paydo ham bo‘lmaydi.

Nega bunday qilyapman? Payg‘ambarimiz s.a.v.:
"Qachonki sizlardan birorta g‘azablansa, sukut qilsin"

deya uch marta takrorladilar.

@MuallimMuhammad
👍10141🔥33💯61
Qiyin bolalar bilan qanday ishlasak bo’ladi?

Dushmanlaringizni yo‘q qilishning eng samarali yo‘li — ularni do‘stlarga aylantirish.

Do‘stga aylantirishning eng oson usuli esa ular muhtoj, mag‘lub yoki aybdor bo‘lganda kechirish, yordam berish, himmat qilishdir.

Do‘stlaringiz sizga sodiq bo‘lmasligi mumkin, lekin do‘stga aylantirilgan dushmanlar ko‘pincha sodiq qoladi.

Do‘stingizda do‘stlikni isbotlashga hojat yo‘q, do‘stga aylantirilgan dushmanda esa bor. U himmat ko‘rgan, qaytargisi, ishonchni oqlagisi keladi.

Ustozda ham dushmanlar bormi? Ha, gapga kirmaydigan, vazifa qilmaydigan, doimiy gap qaytaradigan, ustozlar bilan tortishadigan, ilmdan ko‘ra ko‘chani xush ko’radiganlar bizga “dushman” bo‘lishi mumkin.

Lekin, ulardagi har bir xatolik — bizga imkoniyat. Maktabda muammoga kirib qolsa, olib chiqib keting. Hech kim kechirolmayotganda, siz to‘g‘ri tushuning. Shaxsiy muammolari paydo bo‘lganda yordam qo‘lini cho‘zing. Himmatli bo‘ling.

Yaqinlashing, qalbini o‘zingizga oshno qiling. Buni uni o‘zgartirishga yo‘l sifatida ko‘ring. Hech kim ishonmaganda ishonsangiz, hech kim o‘zgartirolmaganda o‘zgartirasiz.

Men oson yo‘l yozmadim, qiyin bo’lsa ham, ishlaydigan yo‘lni yozdim.

@MuallimMuhammad
76💯27👍2214🔥5🤔2
Darsimda bolalar jim o’tirishmaydi, shovqin ko’p. Muammoni qanday yechsam bo’ladi?

Rejalashtirilgan, qiziqarli va tashkillashtirilgan darsda bunday muammolar bo’lmaydi.

Biz to’g’ri dars tashkillashtirishni o’rganishimiz kerak.

@MuallimMuhammad
👍82💯2816🔥11
Sayohatga oid maslahatlar.

Ustoz sifatida so‘nggi bir yilda Qirg‘iziston, Angliya va Xitoyda bo‘ldim. Ustozlikni boshlaganimda buni orzu ham qila olmasdim. Yetkazganiga shukr.

Mamlakatimiz yoki chet el sayohati bo‘larkan, sizlarga foyda keltiradigan ba’zi maslahatlarni berib o‘tmoqchiman. U yerdan olgan solishtirma xulosani ham yozarman, nasib.

1. Tarixiy obidalarga borar ekansiz, oldindan shu yer haqida to‘liq ma’lumot olib oling. Ma’lumotlar jonsiz binolarni gapirtiradi, sizni tarixga olib ketadi, hozirimiz uchun xulosalar yasab beradi. Hech bo‘lmasa gid oling. Bularsiz dunyoning istalgan chetidan to‘rt devor va bir tomni ko’rib qaytaverasiz.

2. Guruh bo‘lib tashkillashtiriladigan turlar bilan bormang. Erkingiz yo‘qoladi, sizga foydalisiga emas, ularga qulay joylarga olib borishadi. Yaqinlar bilan yoki yolg‘iz boring. Muhimi, qayerga borishni va qachon qaytishni o‘zingiz hal qilganingiz ma’qul. Shunda chuqurroq o‘rgana olasiz.

3. Angliyaga borib bir davlatga, Xitoyga borib esa o‘nta tasiga borgandek bo‘ldim.

Angliyaga 40 ta bolaga javobgar inson sifatida ketdim. 14 kun ichida juda kam odam bilan gaplasha oldim. Faqat mas’uliyatimdagi ish bilan band bo‘ldim. Xitoyda erkin edim. Germaniya, Gollandiya, Avstraliya, Kolumbiya, Braziliya, Xitoy, Qozog‘iston, Arab va Turkmanistonliklar bilan suhbatda bo‘ldim. Davlati, ta’limi, hayoti haqida bildim. Ba’zilariga borgandek bo‘ldim. Solishtirish imkonim bo‘ldi. Yurtimizga shukrim ortdi.

Imkon bo‘lsa, ish bilan emas, o‘zingiz sayohat bilan keting. Kichikroq jamoa yoki yolg‘iz keting. Narx deyarli farq qilmaydi. Erkinlik ko‘proq narsa o‘rgatadi.

4. Yosh bo‘lsangiz, plyaj, dengiz sohillaridan qoching. Yuradigan, ko‘radigan, o‘rganadigan, charchatadigan davlat va joylashuvlarni tanlang. Yotib dam olishga hali ulgurasiz.

5. Trendlar ketidan quvmang. Aniq maqsad bilan sayohat qiling. Masalan, men Dubayga eng oxirgi o‘rindagi joylashuv deb qarayman.
Tarixchi sifatida Angliya, Xitoy, Fransiya, Rossiya, Gretsiya, Italiya, Turkiya, Hindiston va Misrga bormoqchiman. Tarixchi sifatida pasportim mening diplomimga aylanadi. Balki ichimizda bo‘lsa, tarixchi do‘stlarimiz bilan birga borarmiz keyingilarida.

6. Bir davlatning kamida ikki shahriga boring. To‘liqroq tasavvur paydo bo‘ladi. Bir shahri aldab qo‘yadi, katta ehtimol bilan.

7. Sayohatni uch oy oldin rejalashtiring. Bilet oling va mehmonxona band qiling.

8. Boring, aylaning, adashing, xato qiling, o‘rganing, uyalmang, qo‘rqmang. Sayohat qiling.

@MuallimMuhammad
🔥7932👍2213
Ba’zi bolalarni ko’rib oila qurishdan, ota bo’lishdan qo’rqib qolaman.

Keyin ota-onasini ko’rib ular shu farzandga loyiqligini anglayman.
💯87🤣74😁2012🔥87🤔7👍3
Xitoy kundaligi

O‘zim tarix ustoz bo‘lsam ham, qadimdan bir ildizga ega bo‘lgan birodar qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, tojik va turkman xalqlarida doim farqlar kattaroqdek tuyulardi menga.

Bizga umuman teskari xalqlar ichida yurganimda qozoq va turkman do‘stlarimizni uchratib sezdimki, biz juda yaqinmiz. Deyarli bir xil. O‘zaro yurganimizda farqlar sezilishi mumkin, lekin globallashganda o‘xshashliklar yaqqol sezilarkan. Ularni ko‘rib, suhbatlashib juda xursand bo‘lib ketdik Xitoyda.

Xitoyliklar qadimdan juda kalta bo‘yli bo‘lishgan. Bu raqiblarga qarshi janglarda ularga xalaqit bergan. Aynan shu kamchilikni yopish uchun tog‘larning eng yuqori qismiga devorni qurishgan. Dunyo mo‘jizasi qiziqishdan emas, majburiyatdan yaratilgan.

Ba’zi kamchiliklar biz uchun hikmatlidir aslida, deb o‘ylab qoldim.

Dunyo maktablarida ahvol yaxshimas. Germaniyaliklar maktabda ishlash stressli ekanligi sabab, daromadi yaxshi bo‘lsa ham ustozlar yetishmasligini aytishdi.
Nemislar kam farzand ko‘rgani uchun ko‘pincha yagona farzandidan katta narsalar kutadi. Bu ularning ustozlarga bo‘lgan munosabatida ham aks etarkan. Shunga ko‘pchilik bu kasbni tanlamaskan.

Avstraliyada ustozlar yetishmasligidan universitetdagi talabalar ham dars berishayotgan ekan. Oylik baland emas deyishdi shekilli. Ularda xususiy va davlat maktabida oylik bir xil ekan. Talablar esa har xil. Oddiy bir uy 500,000$ turadi dedi. Oylik 2000$ ijara to‘larkan. Davlatidan nolidi.

Xitoyliklar bizning aqlimizga sig‘maydigan darajada mehmondo‘st va samimiy insonlar ekan. Tekinga kofe ichib shaharda velosiped uchdik, tekinga ovqat ham yedik. Shunaqa fikr keldiki, agar Xitoyga bir amallab borib olinsa, o‘zlari boqib, qaytishga bilet ham qilib berishsa kerak.

O‘rganishimiz kerak. Qo‘lidan kelsa, albatta ortig’i bilan yordam berisharkan. Hurmatim oshdi.

@MuallimMuhammad
🔥4928👍18😁10
Urug’ingizni bilasizmi?

Qozoq birodarlarimizda ajoyib bir odat bor ekan: ularning barchasi o‘z urug‘ini biladi va uchrashuvga (tanishuvga) chiqilganda ikki taraf ham, albatta, buni so‘raydi. Agar bir urug‘dan ekanliklari aniqlansa, suhbat shu joyidayoq aka-singil sifatida tugatiladi.

Biz o‘zbeklarda esa o‘nta odamdan so‘rasangiz, bittasi bilsa — katta gap. Negadir 'yetti pusht', 'urug‘' tushunchalaridan uzoqlashganmiz.

O‘quvchilarimga o‘z nasabini bilib kelishni topshiriq qilib bersam, nafaqat bolalar, balki ota-onalari, ba’zan butun qarindosh-urug‘lari ham bilmaydigan holatlar chiqadi.

Ba’zi bolalarni ko‘raman — yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar badalini o‘z salomatligi bilan to‘lashadi. Achinasiz, lekin hech narsa qilolmaysiz.

Biologik jihatdan nafaqat yaqin qarindoshdan, balki bir urug‘dan ham oila qurmaganimiz ma’qul ekan. Bu uzoq qarindosh degani axir! Turli urug‘, hudud yoki millat vakillari nikohidan tug‘ilgan bolalar sog‘lomroq, go‘zalroq va IQ darajasi balandroq bo‘lish ehtimoli katta.

Buning sababi — ikki xil yangi gen uchrashganda, zararli genlar chekinib, foydalilari saqlanib qoladi. O‘xshash genlar uchrashganda esa, ikkala tomondagi bir xil genetik nuqsonlar bolada namoyon bo‘ladi.

Albatta, bola tarbiyasi va muhiti muhim, lekin tayyorgarlikni u tug‘ilishidan oldin boshlash kerak. Bo’lmasa eng yaxshi maktab va ustozlar ham yordam berishga qiynalib qolishadi.

Men ota tarafdan — qipchoq, ona tarafdan — naymanman. Siz-chi, o‘z urug‘ingizni bilasizmi?"

@MuallimMuhammad
43👍19🔥7💯7😁2
Ustozlar uchun eksklyuziv imkoniyat

Bundan 3yillar oldin teacher’s community tashkil qilgan edik. O’zim taniydigan eng zo’r ustozlarni u yerga chaqirgandim. Kuchli cammunity jamlangandik.

1 yil davomida har birimiz darslar o’ttik, katta o’zgarishlar bo’ldi. Pedagogik tarafdan yuksaldik, networking kuchaydi. “Zamonaviy pedagog” kursimiz ham shu yerda tug’ulgan.

Anchadan beri do’stim Mohir bilan bunday ilm majlisini kengaytirishni va omma uchun qilishni o’ylab yurgandik. Vaqti keldi!

Ustozlar uchun yangi yopiq kanal ochdik. Ustozlarni saralab olish uchun pulli bo’ladi. Kanal obunasida nimalar bo’ladi?

• Insho ko’rinishida bilimlar: har hafta ikkita insho ko’rinishida men va Mohir pedagogik bilimlar ulashib boramiz.
• Online suhbatlar: Har oy o‘z sohasining eng kuchli vakillari bilan online suhbat va dars bo‘ladi.
• Kuchli networking: Yopiq guruhimizda har kim o‘zini qiynayotgan muammolarini muhokama qiladi va yechimini to
padi.
• Pedagogik kitoblar: Har oy bir pedagogik kitob tanlab beramiz va birgalikda muhokama qilamiz.
• Karyera rivoji: Karyera qurish, oylikni oshirish va ustoz sifatida o‘sish bo‘yicha o‘zaro suhbatlar bo‘ladi.

Balki sal keyinroq offline uchrashuvlarni ham yo'lga qo'yarmiz)

Obuna narxi oyiga 149 ming so’m. Faqat birinchi qo’shilgan 100 kishiga birinchi oy uchun 99 ming qilib beramiz.

Yopiq kanalga link olish uchun @ZP_jamoasi ga yozing.

Kanalimizga qo‘shiling va ustoz sifatida o‘z imkoniyatlaringizni kengaytiring!

@MuallimMuhammad
11🤔7👍6🔥3
Pushti ko’zoynaklarim yechilgan

Taxminan 10-12 yoshlarimda televizorda koreyslarning “dengiz hukmdori” seriali berilgandi. Serial oxirida bosh qahramon o’zi ishongan odam tarafidan o’ldiriladi. U qurgan savdo markazi yo’q bo’lib ketadi. Ayoli esa beva qoladi.

Bu yakun mening yosh dunyoqarashimda chuqur iz qoldirgan. Ancha vaqtgacha kinoning davomini kutib yurganman. Axir, shu vaqtgacha men ko’rgan kino va multfilmlar, o’qigan va eshitgan ertak, hikoyalarimning barchasi oxirida yaxshilik bilan tugagan edi.

Nahotki deb o’ylaganman. Hayotda hammasi yomonlik bilan ham tugashi mumkinmi? Miyam bunga hozirgacha to’liq ko’nika olmagan bo’lsa-da, qabul qilgan.

Balki shuning uchundir hayotdagi ba’zi voqealar meni hayron qoldirmay qo’ygan. Axir, men dengiz hukmdorini ko’rganman.

@MuallimMuhammad
🤣67👍22💯13😁97🔥5