Muallim Muhammad pinned «Ustozlar uchun eksklyuziv imkoniyat Bundan 1 yillar oldin teacher’s community tashkil qilgan edik. O’zim taniydigan eng zo’r ustozlarni u yerga chaqirgandim. Kuchli cammunity jamlangandik. 1 yil davomida har birimiz darslar o’ttik, katta o’zgarishlar bo’ldi.…»
Hozir shu kitobni o’qiyapman. Insonning shakllanishida uning tabiati(ajdodlaridan orttirgan dnk) muhimmi yoki tarbiyasi va ta’limimi degan bo’limga keldim. Juda qiziq. Keyinroq o’z fikrim bilan bo’lishaman.
Siz nima deb o’ylaysiz qay biri muhimroq? Izohlarda fikrlaringizni asoslar bilan yozing. Bahslashamiz ozgina)

👍56🔥8❤7🤔3👎1
Agar kitob oʻqisang...
Atrofingdagilar seni tushunolmay qolishadi. 5-10 yildan beri yaqin boʻlgan insonlaring bilan mavzular zerikarli boʻla boshlaydi. Ularni yoʻqotasan.
Yolgʻizlikni sevib qolasan. Tafakkur qilish, xayol surish, yolgʻiz piyoda yurish hobbyga aylanadi.
Atrofdagi adolatsizliklar, manipulyatsiyalarni tez payqay boshlaysan. Bu baʼzan stressga tushiradi.
Xayoling savollar bilan toʻladi. Baʼzan ularning qurshovida soatlab qolib ketasan. Diniy ilming yetishmasa bu seni notoʻgʻri yoʻlga boshlashi ham hech gap emas.
Odamlar "oʻzi bu avvaldan shunaqa" degan insonlarni tushuna boshlaysan. Ular bilan suhbatlashasan va ularning taqdiri ularni shu kuyga solganini anglab yetasan.
Gapirishdan koʻra eshitishni seva boshlaysan.
@MuallimMuhammad

👍100❤19💯16🔥11⚡2👎1
Kuzatuv
Yandexda ko’p yuraman. Toshkent va vodiy taksilari kelsa xotirjamroq ketaman. Shaxsiy savollar deyarli yo’q, so’kinish va asabiy vaziyatlar kamroq.
O’zim vohalikman, lekin aynan vohalik taksichilar bilan ketishda qiynalaman. Qaltis vaziyatlarda tez hissiyotga berilish, ko’p so’kinish tez-tez uchrab turadi. Juda ko’p shaxsiy savollar beriladi: qayerda ishlaysiz? Qancha oylik olasiz? Nega uylanmagansiz?
Sababini esa dinimiz bilan bog’liq deb o’ylayman. Toshkent va vodiyda dinimiz nisbatan kengroq yoyilgan, vohada esa hozircha unday emas. Shunday kelib chiqib tarbiya va xulqning asosi din bo’lsa kerak.
Har bir vohalik va vodiylik inson shunday demoqchi emasman. Lekin kattaroq foizlarida buni kuzatganman. Albatta bu fikrlar xato bo’lishi ham mumkin.
Vohadan Samarqandliklarni Toshkentda yandexda deyarli ko’rmaganman.

👍79👎10🔥10❤9💯4⚡1
Forwarded from Teachers’ Hub
Biz o’zimizni va o’quvchilarimizni taniymizmi?
Insonlar yaratilishidan turli xil. Balki, aynan shu turli xillik hayotda balansni saqlab turar. O’qituvchi sifatida biz ko’pincha o’quvchilarimizni o’zimizga o’xshatishga, xuddi bizdek fikrlab, harakatlar amalga oshirishini xohlaymiz!
Lekin tug’ilishimizdan biz turli xil edik. Demak bizni yaratgan zot shuni xohlagan va bu hikmatsiz emas. Zamonaviy pedagogika alohida yondashuvni talab qiladi. Bu uchun biz bolalarni tabiatini va psixikasini yaxshi bilishimiz, ularga mos metodika va yondashuvlar yaratishimiz kerak.
Eng muhim jihat esa o’zimizni tushunib olishimiz. Qanday insonmiz? Nima kuchli taraflarimiz bor? Qaysi kuchsiz taraflarimiz ustida ishlashimiz kerak? O’zimizni bilishimiz ta’limda o’z xarakterimizga mos metod tanlashimizda ham yordam beradi.
Bunda bizga temperamentlar yordam beradi. Insonning tug’ma xarakter xususiyatlari. Bir xil vaziyatda nega odamlar o’zini turli xil tutadi?
Nega ba’zi odamlar qo’polroq?(masalan men), nega ba’zilar hamma bilan chiqishib ketadiyu boshqasi chekkada bitta o’zi turaveradi? Nega kimdir tog’ga chiqqanda yarmidan qaytib kelsa ikkinchisi ikki kun ketishini bilsa ham eng tepasiga chiqqisi kelaveradi?(yana men)
Nega ba’zi insonlar xo’p deydiyu bajarmaydi? Nega ba’zilar qaror chiqaradiyu amalga oshiradi? Ba’zilar yillab kutib, qolib ketadi. Qaysi odamga qaysi vazifani ishonish kerak? Kimga qanday muomila qilish kerak? Deyarli barcha savolga temperamentlar ilmi javob beradi.
Gippokrat tarafidan fanga kiritilgan bu atama va uning to’liq tahlili hozirgi ilmiy fan tomonidan tasdiqlanmagan. Lekin u bo’lib ketgan insonlarning 4 turi insonlarni tushunish uchun eng muhim bilimlardan biri bo’lib qolmoqda.
Keyingi postlarda har bir temperament haqida batafsil to’xtalamiz. O’quvchilarni, hamkasblarni va do’stlarimizni ajratib olamiz va ularga qanday munosabatda bo’lishni o’rganamiz.

👍32🔥12❤3👎1
Teachers’ Hub
Biz o’zimizni va o’quvchilarimizni taniymizmi? Insonlar yaratilishidan turli xil. Balki, aynan shu turli xillik hayotda balansni saqlab turar. O’qituvchi sifatida biz ko’pincha o’quvchilarimizni o’zimizga o’xshatishga, xuddi bizdek fikrlab, harakatlar amalga…
Teachers’ hub loyihasida insonlar tempramenti va har bir tempramentga mos dars o’tish usullari haqida tanishyapmiz.
Agar loyiha sizga ham qiziq bo’lsa @MuhammadUralovv ga yozing va o’z joyingizni band qiling.
Loyihamizda uzunroq va chuqurroq tahlilli postlar bo’ladi.
https://t.me/MuallimMuhammad/71

❤10👍5🔥4👎1
Chidab berishimiz kerak!
Farzandimizga, o’quvchimizga vazifalar beramiz. O’ssin, rivojlansin deymiz.
Rivojlanish og’riq bilan keladi, qiynalayotganini, charchayotganini ba’zan yig’layotganini ko’ramiz.
Yurak bag’rimiz eziladi, qiynalayotganini ko’rib qiynalib ketamiz. O’rniga qilib bergimiz, qilmasa ham to’xtatgimiz va hozirgi holatiga rozi bo’lgimiz keladi.
Qiziq joyi shu yerda biz ularni emas o’zimizni ko’proq o’ylaymiz. Ular qiynalayotgani bizga og’riq beradi. Qarab turolmaymiz, og’riqqa chidab turolmaymiz. Hissiyotda noto’g’ri qaror berib qo’yamiz.
Uzoqni o’ylagan ustoz/ota-ona shu yerda chidab berishi kerak! Turib berishi kerak o’zidagi og’riqqa!
O’quvchimiz/farzandimiz qiynalsin lekin keyingi bosqichga o’tsin. Kelajak hayoti osonroq bo’lsin, muvaffaqiyatliroq bo’lsin, aqlliroq, bahtliroq bo’lsin. U uchun hozir qiynalsin, lekin berilgan vazifalarni qilsin. Javobgarlar esa sabr qilsin!

❤74🔥26👍21💯8⚡2👎1
2022-yilda yoz marketing kursini bitirdim va tajriba uchun ish qidira boshladim. Merit schoolda ishlaganim uchun faqat kechga va dam olish kunlari vaqtim bor edi.
Qamar books do‘koni marketologi (ismlari Farruh edi, adashmasam) suhbatga chaqirdi. U menga savol berdi: “Nechi yildan beri maktabda dars berasiz? Davlat maktabida ishlaganmisiz?” Men 1 yildan beri xususiy maktabda ishlashim va hali davlat maktabida ishlamaganimni aytdim.
Shu vaqtda Farruh mening kasbiy faoliyatim uchun eng muhim gapni aytdi. Balki o‘zi buni jiddiy olmagandir. “Siz bilan katta loyihalar qilsak bo‘ladi. Ko‘p ishlamagansiz, hali taslim bo‘lib qolmagansiz,” dedi u.
Ba’zida yoshi katta ustozlarni ko‘rardim: “Muhammad, o‘zingizni va bolalarni qiynab nima qilasiz? Qo‘ying, o‘qisa, o‘qisin; bo‘lmasa, yo‘q,” deyishardi. Bolalarning o‘qishi uchun asabiylashib turganimda, bu fikr meni yondirib yuborardi. Qanday qilib bola taqdiriga shunday be’etibor bo‘lish mumkin?!
Lekin yillar o‘tyapti. Men 2021 yildagi kabi shijoat qila olyapmanmi? “Hammani o‘qita olaman! Hammani o‘zgartira olaman,” degan fikrlar hozir ham bormi? Bilmayman! Lekin har safar biror bola ta’limi va taqdiri ustidan taslim bo‘lmoqchi bo‘lsam, Farruhning gaplari esimga tushadi: “Hali siz taslim bo‘lmagansiz, katta ishlar qilsa bo‘ladi!”
Ustozlarni ayblamayman, davlat maktabidagi tizim va hayotdagi qiyinchiliklar ko‘pincha bizni sindirib qo‘yadi. Shijoatimizni o‘chiradi, orzularimizni ko‘madi. Lekin bu gapni siz ham doim eslab yurishingizni xohlayman, hamkasblar: bilaman, qiyin, lekin taslim bo‘lib qolmang!
Dunyoni o‘zgartiraman deydiganlar “ahmoq” bo‘lishadi, lekin aynan shu “ahmoqlar” dunyoni o‘zgartira olishadi.
@MuallimMuhammad
👍95❤19🔥16💯10⚡6
2 soatdan oshiqroq suhbat bo’ldi. Ma’lum qismini yozib ololmadik. Boshida ozgina qotib qolganiga rozi bo’lasizlar, keyin sifat to’g’irlandi)
Suhbatga kirgan, eshitgan va savol berganlarning barchasiga rahmat)
Agar sizlarga foydali bo’lgan bo’lsa yana qilamiz xudo xohlasa.

👍53🔥6⚡5❤2
Suhbat
O‘quvchim: Ustoz, bir narsa so‘rasam bo‘ladimi?
Men: Albatta!
O‘quvchim: Sizga dars vaqtida savol bersak, lekin javobini bilmasangiz, nima deb javob berasiz?
Men: Bilmas ekanman, keyingi darsda sizlar uchun o‘rganib kelsam bo‘ladimi, deb aytaman. Nega so‘rayapsiz?
O‘quvchim: Ko‘p ustozlarimizga savol bersak, olib qochadi. Jim turadi-da, sinf shovqin bo‘lgach: “E-e-ey, hammang jim!” — deb mavzuni o‘zgartirib ketaveradi.
Men: 5-sinflar ham ustozlar gapni olib qochayotganini sezadimi?
O‘quvchim: Ha, biz doim sezamiz.
Men: Bilasizmi, nega ustozlar unday qiladi? Uyalib qolishdan qo‘rqadi. Bilmaslikni uyat deb o‘ylashadi. Lekin ustoz ham odam. U ham adashadi, u ham hamma narsani bilmaydi. O‘quvchilar ham buni to‘g‘ri tushunishi kerak.
O’quvchilarim bilan shunday samimiy suhbatlarimizni ulashib tursam sizlarga foydali bo’ladimi?)

❤150👍117🔥24💯14⚡1
5-sinflarimga tarixni qanday o’taman?
Mavzu o’tilgandan keyingi darsda, o’tilgan mavzu bo’yicha ularni 5-6ta guruhga bo’lgan holda savol-javob qilaman.
Savollar zakovat shaklida beriladi. Har bir savolga qiyin osonligiga qarab 1-2 daqiqa vaqt beriladi. Har 4 ta savoldan keyin javoblarni yig’ib olib bitta tekshirib olaman.
Dars oxirida birinchi o’rinni olgan jamoaga 1,5; ikkinchiga 1 va uchinchi o’ringa 0,5 ball qo’yaman. Va bu ballar yig’ilib boradi. Yana ham bolalarni qiziqishini orttirish uchun kichkina sovg’alar qo’yaman.
Masalan, kim eng birinchi har dars yakunidagi ballar bo’yicha 5 ball to’plasa guruhdagi har bir a’zoga shkalat yoki biror suv olib beraman.
Boshida 5 ball, keyinchalik 7 ballga chiqarish ham mumkin. Bir oyda bitta g’olib aniqlanadigan darajaga chiqarib qo’ysangiz, bir oyda 4-5 ta bolaga shirinliklar olib berish qimmatga ham tushmaydi.
Eng oxirgi ikkita o’rinni olgan jamoalar, o’rnidan qat’iy nazar savollarning 50% idan kamini topgan jamoalar, yutgan jamoada bo’lsa ham passiv qatnashgan bo’lsa darsdan keyin yoki tanaffusda olib qolib mavzuni qayta tushuntiraman yoki so’rab olaman.

👍66❤13🔥13⚡3
Nega o’zim emas?
Birinchi yil o’qituvchilikni boshlaganimda ta’lim bo’yicha sifatli kontentlar qidirardim. Butun Youtubeni qidirsam ham o’zbek tilida deyarli topa olmaganman. Keyin fikr kelgan nega shu loyihani o’zim tashkil qilmasligim kerak ?
Shu fikr ortidan ustozim Aziz akani yordamlari bilan Pedagog_podcast loyihasi vujudga kelgan.
Undan keyin turli kurslarda o’qidim lekin aynan ta’limga bag’ishlangan kurs topa olmadim o’zbek tilida. Topganlarim ham faqat metod sotar, ta’limni mohiyatiga chuqur kirib tahlil qilib bermas edi.
O’sishni, o’zgarishni, ta’limni va bolalarni tushunishni judayam xohlardim lekin bu talablarimga javob beradigan kurs yo’q edi. Va yana shu savol, nega o’zim tayyorlamasligim kerak bu kursni?
Fikr g’oyaga, g’oya esa loyihaga aylandi. Men va Moxir “Zamonaviy pedagog” kursini tayyorladik. Birinchi to’rttasi kutganimizdan ham zo’r o’tdi. Deyarli 100% ustozlar kursimizni do’stlariga tavsiya qilishdi.
Kursda o’qiganlarning to’liq fikrlari bu yerda: https://t.me/c/2212046553/44
Dushanbadan boshlab beshinchisini boshlamoqchimiz. Ta’lim sohasi insoni bo’lsangiz kursga albatta yoziling. O’rganasiz, o’zgarasiz. Ko’p ustoz olmaymiz, shoshilmasangiz qolib ketasiz.
Kurs haqida to’liq ma’lumot: https://t.me/+QSGS5PBYEGk3Njky

👍21🔥8❤4
5-sinflarda tabiiy fan darsi bo‘lyapti, men orqada kuzatib o‘tiribman.
Ustoz mavzuni o‘tyaptilar: moddalar tabiatda uch xil shaklda bo‘ladi. Birinchisi — gazsimon, misol uchun, havo. Ikkinchisi — suyuq, masalan, suv.
Uchinchisi esa… shu vaqtda bir o‘quvchim qo‘lini ko‘tarib: “Ustoz, men aytay!” 🙋♂️
“Uchinchisi qattiq shaklda va misoli — Muhammad ustozning qo‘llari😁(orqada o’tirgan menga qarab qo’yadi), chunki bizning yelkamizga urganlarida, qattiq og‘riydi.” 😅
Ba’zan 5-sinflarning IQ darajasiga qoyil qolaman)
Savol: ustozlar bu postdan nima xulosa olsa bo’ladi? Fikrlarni izohda yozing)
@MuallimMuhammad
Ustoz mavzuni o‘tyaptilar: moddalar tabiatda uch xil shaklda bo‘ladi. Birinchisi — gazsimon, misol uchun, havo. Ikkinchisi — suyuq, masalan, suv.
Uchinchisi esa… shu vaqtda bir o‘quvchim qo‘lini ko‘tarib: “Ustoz, men aytay!” 🙋♂️
“Uchinchisi qattiq shaklda va misoli — Muhammad ustozning qo‘llari😁(orqada o’tirgan menga qarab qo’yadi), chunki bizning yelkamizga urganlarida, qattiq og‘riydi.” 😅
Ba’zan 5-sinflarning IQ darajasiga qoyil qolaman)
@MuallimMuhammad
👍51🤣31😁21❤7🤔1
Ilohiy formula
Xato qilayotgan o’quvchingni ko’rasan, borib xatoligini tushuntirasan, gaplashasan. Va ertasi kuni o’zgarishini kutasan.
U bu xato ishni nechi yillardan beri takror va takror qilib kelayotganini va o’zgarish qanchalik qiyinligini hisobga olmaysan.
Qur’oni karim 23 yilda nozil qilinganini bilmaysan, bilsang ham nega aynan 23 yilligi haqida o’ylab ko’rmaysan. Alloh taolo uni 1 kunda qila olmas edimi?
Faqat yaratuvchi yaratilmishning fitratini biladi. Uni toqatidan ortiq ishga majburlamaydi. Islom insonlarning to’liq o’zgarishi uchun 23 yil kuta olganda sen nega kuta olmaysan?
Shuncha gapirdim, bo’ldi! Bilganini qilsin! Hatto payg’ambarlar o’z farzandlarini o’zgartira olmagan! Ba’zilar o’zgarmaydi deysan.
Sen ham Nuh alayhissalomdek 950 yil da’vat qilib ko’rdingmi yaxshi yo’lga ? Buncha tez xulosa qilasan?

👍128🔥45❤22⚡7💯5
Qanday kitob o’qimaslik kerak?
Yoshligimda bir kino ko’rgandim, qahramon hammaning ichidagi asl maqsadlarini va sirlarini bilib oladigan super qobiliyatga ega bo’lib qoladi.
Boshida qiziq bo’ladi, hech kim bilmaydigan sirlar, aytilmaydigan haqiqatlar, asl yuzlar. Keyinroq bu qiziqarli mashg’ulotdan azob beradigan ko’nikmaga aylana boradi.
Yaqinlarning asl yuzlari, do’stlar xiyonati va insonlarning haqiqiy niyatlari yuzaga chiqib qahramonni ich-ichidan eza boshlaydi.
Kinoni ko’rganimda qaniydi sehrli chiroq topib olsam-u ichidan chiqqan jinga shunday qobiliyatim bo’lsin meni ham desam degan hayollar bilan yurardim. Yoshligimdan juda hayolparast edimda(hozir ham)
Yoshim ulg’ayib angladimki bu sehrli shamchiroq kitoblar ekan, tarixga, psixologiyaga, muloqotga, insonlar boshqaruviga, satsiologiyaga oid kitoblarni qancha ko’p o’qirkansan miya insonlar gaplari va harakatlari orqasidagi yashirin ma’nolarni anglash ko’nikmasiga ega bo’lib borarkan.
Hammasi xuddi kinodagidek. Boshida qiziq, keyin esa azob bera boshlaydi. Insonlar tili bilan boshqa gaplarni gapiraverishadi, seni miyang esa uni tahlil qilib orqasidagi maqsadini ochib beraveradi. Sen esa ularga sekin jilmaygancha ularni eshitishda davom etasan)
Eng qizig’i bu yashirin maqsad va g’oyalarni ba’zan gapirayotgan inson ham o’zida borligini ba’zan bilmaydi, onglilik darajasi yetmaydi. Sen esa buni sezasan va qiynalasan.
Kitob o’qib hayotingni qiyinlashtirma do’stim!

❤48😁36👍30🤔6⚡5💯1
Ustozlarga qanday kitoblar maslahat berasiz?
Ta’lim va tarbiya
Tarbiyaning oltin kaliti
Yosh bola demang ularni
Self driven child
Landovurlar va zukkolar
Raqamlar uchun yaratilgan ong
O’quvchilarni tushunish va ularni boshqarish
Influence
Hokimiyatning 48 qonuni
Do’st orttirish va odamlarga ta’sir o’tkazish
Manipulyativ diktatorlar
Yuqumlilik
Shaxs sifatida o’sish
Atom odatlari
Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko’nikmasi
The art of thinking clearly
Qora oqqush
Ma’lum metodlar va o’yinlar darsturxon ustidagi desert va salatlar. Ustozning va ota-onaning shaxsiyati va xarakteri bu asosiy taom!
O’qituvchi o’qitish va bola tarbiyalash uzoq muddatli loyiha. Bu muddatda siz yaqinlashib ketasiz, asl yuzlarimiz ochiladi.
Maqsadni boladan kamchiliklarni yashirish emas shu kamchiliklarni yo’qotishga harakat qilishga sarflasak loyiha muvaffaqiyatli bo’ladi.
Ustozimiz aytganlaridek tarbiyachi bolaga o’zida yo’q narsani o’rgatolmaydi. Kitob o’qiyotganingizda ta’limni mohiyatini ochadigan, sizni shaxs sifatida rivojlantiradigan kitob o’qing.
Rivojlanib olganingizdan keyin metodlarni o’zingiz ham kashf etib olaverasiz!

👍53🔥17⚡6❤4💯2
Men unga yoshligidan Allohni tanitgandim?
Farzandlarimiz va o’quvchilarimizni xatolarini ko’ramiz. To’g’ri yo’lga boshlamoqchi bo’lamiz.
- namozingni o’qishing kerak, bo’lmasa Allohni g’azabi keladi
- bu ishlarni qilmasliging kerak, bo’lmasa Allohni g’azabi keladi
- maktabda yaxshi o’qishing kerak, bo’lmasa Allohni g’azabi keladi.
O’zimizni jahlimizni Allohnikiga bog’lab qo’yamiz. Xuddiki, qachon biror ish bizga yoqmasa yoki jahlimiz chiqsa bu Allohga ham yoqmaydi va jahli chiqadi deb o’ylaymiz va uqtiramiz.
Bilasanmi nega ishlaring yurishmayapti? Chunki sen yaxshi farzand bo’lolmayapsan. Ota-onangni(ya’ni bizni) aytganimizni qilmayapsan.
Sizning telegramingizga g’aybdan sms kelib turadimi? Qayerdan bilasiz?
Bolalarimizni faqat Allohning g’azabdan qo’rqitib katta qilamiz. 16-17 ga to’lganda nega dinga muhabbati yo’q? Axir men yoshligidan unga Allohni tanitgandim-ku deymiz!
Kechiruvchi, mehribon zot emas qahr va g’azab egasi deb tanitib qo’yganimizdan keyin nima kutamiz farzandlarimizdan dinimizga nisbatan?

💯80👍24❤19🔥9⚡5
Ustozlar uchun eksklyuziv imkoniyat
Bundan 1 yillar oldin teacher’s community tashkil qilgan edik. O’zim taniydigan eng zo’r ustozlarni u yerga chaqirgandim. Kuchli cammunity jamlangandik.
1 yil davomida har birimiz darslar o’ttik, katta o’zgarishlar bo’ldi. Pedagogik tarafdan yuksaldik, networking kuchaydi. “Zamonaviy pedagog” kursimiz ham shu yerda tug’ulgan. Faqat tor doirada edi.
Anchadan beri bunday ilm majlisini kengaytirishni va omma uchun qilishni o’ylab yurgandim. Vaqti keldi!
Ustozlar uchun yangi yopiq “Teachers’ Hub” nomli kanal ochdim. Ustozlarni saralab olish uchun pulli bo’ladi. Kanal obunasida nimalar bo’ladi?
• Zoom uchrashuvlar: Oyiga bir marta zoom uchrashuvda savol-javoblar va muhokamalar qilamiz.
• Online suhbatlar: Har oy o‘z sohasining eng kuchli vakillari bilan online suhbat va dars bo‘ladi.
• Kuchli networking: Yopiq guruhimizda har kim o‘zini qiynayotgan muammolarini muhokama qiladi va yechimini topadi.
• Kundalik bilimlar: O‘zim o‘rganayotgan va kundalik qo‘llayotgan bilim va insighlarim bilan bo‘lishib boraman.
• Yangiliklar: “Zamonaviy pedagog” kursimizga qo‘shilgan yangiliklar bilan shu yopiq kanalda ham bo’lishamiz.
• Pedagogik kitoblar: Har hafta bir pedagogik kitob tanlab beraman va ustozlarimizdan biri online dars o‘tadi.
• Karyera rivoji: Karyera qurish, oylikni oshirish va ustoz sifatida o‘sish bo‘yicha o‘zaro suhbatlar bo‘ladi.
Obuna narxi oyiga 100ming so’m. Faqat birinchi qo’shilgan 50 kishiga birinchi oy uchun 75 ming qilib beramiz.
Yopiq kanalga link olish uchun @MuhammadUralovv ga yozing.
Kanalimizga qo‘shiling va ustoz sifatida o‘z imkoniyatlaringizni kengaytiring!

👍29🔥5⚡3❤1👎1