Muallim Muhammad
10.9K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Bilasiz do’stlar “Zamonaviy pedagog” kursida ustozlarni o’qitib kelamiz.

Boshlanganiga 2 oyga yaqinlashgan loyihada yuzlab ustozlar va hatto Turkiya, Tojikiston va Qirg’izistondan ham ustozlar ilm olishdi. 3 ta xususiy maktab bilan kelishuvlarga erishdik va ularni ustozlarini ham o’qitmoqdamiz.

Tepadagi rasmda xususiy maktab egasi Bekzod akani xulosalari yozilgan.

Agar siz ham darsingiz va ta’limdagi qarashlaringizda yangilik va yengillik qilmoqchi bo’lsangiz sizni keyingi kursimiz ochilishiga taklif qilamiz.

Kursimiz dushanba kuni 23-sentabrdan boshlanadi. Ungacha o’z joyingizni band qiling.

Kursimiz o’qiganingizdan keyin sizda darslar samaraliroq, stress kamroq va bolalar bilan ishlash zavqliroq bo’ladi.

Kurs haqida to’liq ma’lumot shu linkda: https://t.me/zamonaviypedagogkursi/74

@MuallimMuhammad
👍43🔥73
O’yin qoidalari

“Odam o’ldirganingizda o’zingizni qanday his qilgansiz?”- deb so’radim Afg’onistonda ikki yil hizmat qilgan urush faxriysidan. Mazza qilganman dedi.

Birinchidan, O’yin qoidlari shunday bo’lgan sen o’ldirmasang seni o’ldirishadi. Ikkinchidan, o’ldirilgan do’stim uchun qasos hissi tuyardim dedi.

10 yil oldin O’zbekistonda deyarli barcha ilm uchun emas, diplom uchun o’qirdi. Hamma yigitlar pul berib bo’lsa ham armiyaga ketardi. Chunki, deyarli yagona ish beruvchi davlat edi va unga diplom va harbiy guvohnomasiz ishga kirolmasding. Barcha shu “o’yin qoidalari” bilan yashashga mahkum edi.

Davlatlar kambag’alligining eng asosiy sababi o’yin qoidalari hamma uchun bir xil emasligi”(boyga ham kambag’alga ham, prezident kuyoviyu oddiy o’qituvchiga ham qonunlar teng ishlashi haqida gap ketyapti)- deb yozilgan edi mamlakatlar tanazzuli sabablari kitobida.

Davlatda ko’pchilik odamlar noto’g’ri ishlarni qilyaptimi? Ayb odamlarda emas, tizimda. O’yin qoidalari noto’g’ri tuzilgan va tirik qolish uchun barcha bu qoidalarga amal qilishga majbur!

Maktabda yoki darsingda ko’pchilik o’qimasa, shovqin-suron qilsa, ilm olishmasa shu yerdagi “o’yin qoidalari”ni tahlil qilib ko’rishimiz kerak!

Qoidalar o’zgarsa o’quvchilar ham o’zgaradi, o’qituvchilar ham o’zgaradi. To’g’ri qoidalar yaratsak yaxshi yashaymiz!

@MuallimMuhammad
👍102🔥29168💯6👎1
Munosabatimizga bog’liq

5-sinfda bir o’quvchim bor. Giperfaol bola. O’ta sho’x, to’palonchi, vaziyatlardan ustamonlik bilan chiqib ketadi, hazilkash, ko’p gapiradi lekin darslarni ham qiladi.


Bu bolani o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin yechim bor. Munosabatni o’zgartirish.

Unga yomon deb qarasangiz haqsiz. Ko’p gapirishi, to’palonchiligi, darslarda hazil qilishini e’tibor markaziga qo’yayapsiz.

Uni yaxshi deb qarasangiz ham haqsiz. U o’ylab topayotgan hazillar zo’rligi, vaziyatdan chiqib ketishidan hayrat va dars u bilan zerikarli bo’lmasligiga e’tibor qaratyapsiz.

Qaysi tarafiga e’tibor bersangiz shu tarafi kuchayib boraveradi.

Birinchisini tanlasangiz darsda u bilan qiynalasiz, ikkinchisida darslar u bilan qiziqroq bo’laveradi, uni yaxshi ko’rib qolasiz.

Sizni yaxshi ko’rganingiz uni ham sizga nisbatan munosabatini belgilab beradi. Shu sho’x bola hech kimni aytganini qilmaganda ham aynan sizning yaxshi munosabatingiz tufayli sizni aytganlaringizga yo’q demaydi.

Hayotning 10%i sodir bo’layotgan voqealarga, 90%i ularga bo’layotgan munosabatimizga qarab shakllanadi.

@MuallimMuhammad
🔥98👍41106👎1💯1
Qaysi kitobni o’qishni maslahat berasiz?

Zamonaviy pedagog” kursimizda bir ustoz so’radilar “hamma darslarni tugatdik, ustoz sifatida xos yana nima maslahat berasiz dedilar?”

Kurs tugadi, hozircha yetarlicha ilm oldingiz, ularni amalda qo’llang. Lekin bunga to’siq hissiyotlar, ularni boshqarishni o’rganing.

Siz dunyodagi hamma ilmlarni bilishingiz mumkin, lekin qiyin vaziyatlarda hissiyotlarni jilovlay olmas ekansiz bu ilmlar sizga foyda keltirmaydi dedim.

Ustoz sifatida har birimiz o’qishimiz shart bo’lgan kitob shu. Bu ilmni o’rganmasak hech qachon yaxshi ustoz bo’lolmaymiz!

@MuallimMuhammad
42👍39🔥101👎1
Nega hissiyotlar vaqtida aqlimiz ishlamaydi?

Miyamizdagi limbik tizim hissiy reaksiyalarni boshqaradi. Uning markaziy elementi esa amigdala. Prefrontal korteks esa mantiqiy fikrlash va qaror qabul qilishga javob beradi.

Hissiyotlar kuchayganda amigdala faolligi oshadi va u prefrontal korteksni vaqtincha bloklaydi. Oqibatda biz hissiyotlar vaqtida aqlga tayanib to’g’ri qaror qabul qilish ko’nikmasidan ayrilamiz.

Bu qadimgi odamlarning hayot tarzi bilan ham bog’liq. Hissiyotlar aniq va tezkor qaror qabul qilish uchun mo’ljallangan. Ga’zab, qo’rquv kabi hissiyotlar ilk odamlar yovvoyi hayvonlar va dushmanlarga duch kelib qolganda tezkor javob berish mexanizmi sifatida kerak bo’lgan. Aynan shu tezkor reaksiya tufayli ular hayot uchun xavfli vaziyatlardan omon chiqishgan.

Zamonaviy dunyoda bu mexanizm o’z samaradorligini yo’qotmoqda. Hissiyotlar ortidan qisqa muddatda foydali lekin uzoq muddatda zarar keltiradigan mantiqsiz qarorlar qabul qilib qo’yamiz. Bizga hozir chuqur tahliliy o’ylash va qaror qabul qilish ko’proq kerak.

Keyingi postda qanday qilib hissiyotlarni boshqarish haqida gaplashamiz.

@MuallimMuhammad
👍50💯319🔥53👎1
Einstein kabi muvaffaqiyatga erishmoqchimisiz? Yana bir marta o’ylab ko’rish kerak.

Maqsadlaringiz katta. Sohangizni zo’r mutaxassisi bo’lmoqchisiz. Muvaffaqiyatlarga erishmoqchisiz. Xalq xizmatini qilmoqchisiz.

Bu uchun nima qilish kerak? Aslida ko’p narsa kerak emas bunga erishish uchun.

Muhimi to’g’ri yo’lni tanlash, ishonchli odamlar bilan hamkorlik va fokusni yo’qotmagan holda uzoq yillar mehnat qilish maqsadlaringizga olib boradi.

Muvaffaqiyatga erishasiz, jamiyatga kerakli insonga aylanasiz. Jamiyat vaqtingizni ko’proq talab qilishni boshlaydi. Shunga yarasha qadrlashni boshlaydi, ish haqqingizni o’rtig’i bilan berishni boshlaydi.

Vaqt o’tadi, umr o’tadi. Jamiyatga foydangiz tegib o’tasiz.

Ammo bir qopqon bor. Xalq xizmatida yurib oilaga va farzandlarga vaqt ajrata olmay qolasiz. Avval bitta farzand bo’ladi, keyin ikkita, kattasi maktabga boradi, so’ng institut tanlashni boshlaydi. Siz esa ishlaringiz sabab band bo’lasiz.

Farzandlarni sizning vaqtingizga ehtiyoji katta bo’ladi. Siz esa bandsiz. Vaqt o’tadi. Sizda boylik bo’ladi, ammo farzandlar bilan aloqa siz hohlagandek bo’lmaydi. Siz hayron bo’lasiz, «men shuncha ishlab, oilamga zo’r sharoit yaratdim, noshukurlik qilyapti bular» deysiz. Aslida muammo siz boy bo’lmasingizdan avvalroq boshlangan bo’ladi.

Einstein qanchalik mashhur bo’lmasin, oilasi bilan aloqasi yaxshi bo’lmadi. Bitta ayol bilan yashay olmadi, ishqiy munosabatlar bilan hayot kechirdi, hattoki o'zini xolavachchasiga uylandi, achinarlisi farzandlariga na'munali ota bo'la olmadi. Hattoki kenja o'g'lini o'limini tilagani haqida ma'lumotlar bor.

Boshqa misol, Elon Musk. Men qattiq hurmat qilaman va shunday inson bilan bir zamonda yashayotganimdan, u erishayotgan yutuqlarni birinchi qo’l ko’rayotganimdan hursandman.

Elon insoniyatni saqlab qolish uchun harakat qilmoqda. 10 ta farzand otasi. Bolalari uchun barcha sharoit qilgan, hattoki dunyo kam biladigan sirli, alohida maktab ham qurib bergan. Shunday bo’lsada umrini ishxonada o’tkazadi. Haftasiga 100-120 soatlab ishlaydi.

Ertaga ayrim farzandlari undan voz kechsa men hayron bo’lmayman. Sababi u shuni tushungan holda riskni qabul qilgan. Bolalari bilan qanchalik ko'p vaqt ajratishni hohlamasin o'z missiyasini insoniyatni marsga olib chiqishga bag'ishlagan.

Oila tinchligi, ota-ona roziligi, farzandlar bilan yaxshi aloqa har qanday karyeradagi muvaffaqiyatdan afzalroq.

Aslida barchasi oddiy. Ammo oddiy degani oson degani emas. Muvaffaqiyatga hech qachon osonlik bilan erishilmaydi. Karyerada muvaffaqiyatga erishish bu muvaffaqiyat. Farzandlar doim intiladigan ota yoki ona bo’lish esa undanda kattaroq muvaffaqiyat.

Shuning uchun muvaffaqiyatli insonlarni farzand tarbiyasi va oila haqidagi maslahatlarini yaxshilab o’ylab ko’rish kerak.

Bek Olimjon

@MuallimMuhammad
👍8513🔥107👎1💯1
Eplamachi bo’lmaylik!

Ustozlarimiz yetishmayapti siz bir vaqtda ikkita sinfga kirib turasiz deyiladi. Ba’zan bu ikkita sinf ikki xil fan o’tayotgan ham bo’ladi.

Bugunchalik shunday qilib turaylik deb boshlanadi. Keyin shu oyda ham sizdan boshqa topa olmadik deyiladi.

Bir amallab eplab turing, siz qilmasangiz bo’lmaydi deyiladi.

Shu vaqti savol beraman. Siz meni sifatli dars o’tishimni xohlaysizmi? Yoki shunchaki eplab turishimnimi?

Ikkita sinfni bir vaqtda eplab tursa bo’ladimi? Ha! Sifatli qilib dars o’tsa bo’ladimi? Yo’q!

Bunday iltimoslarga rahbariyatga yoqmasak ham yo’q deyishimiz kerak! Eplamachi ustoz bo’lmaylik hamkasblar. Qadrimizni va dars sifatimizni tushurmaylik.

Favqulodda vaziyatlar bo’lib turishi mumkinmi? Ha. 1-2 marta yordam berib turishimiz ham mumkin. Lekin undan oshdimi? Yo’q deyishga jur’at topaylik.

Muhim eslatma: agar siz darsingizni hozirgacha sifatli o’tib kelgan va kelayotgan bo’lsangizgina siz talablar qo’ya olasiz. Demak avval o’z ishimizni sifatli qilamiz keyingina huquqlarimizni qattiq turib himoya ham qilamiz!

@MuallimMuhammad
👍11414🔥12💯4👎2
Ustozlar uchun eksklyuziv imkoniyat

Bundan 1 yillar oldin teacher’s community tashkil qilgan edik. O’zim taniydigan eng zo’r ustozlarni u yerga chaqirgandim. Kuchli cammunity jamlangandik.

1 yil davomida har birimiz darslar o’ttik, katta o’zgarishlar bo’ldi. Pedagogik tarafdan yuksaldik, networking kuchaydi. “Zamonaviy pedagog” kursimiz ham shu yerda tug’ulgan. Faqat tor doirada edi.

Anchadan beri bunday ilm majlisini kengaytirishni va omma uchun qilishni o’ylab yurgandim. Vaqti keldi!

Ustozlar uchun yangi yopiq “Teachers’ Hub” nomli kanal ochdim. Ustozlarni saralab olish uchun pulli bo’ladi. Kanal obunasida nimalar bo’ladi?

• Offline uchrashuvlar: Oyiga bir marta offline uchrashuvda o‘zim dars o‘tib beraman.
• Online suhbatlar: Har oy o‘z sohasining eng kuchli vakillari bilan online suhbat va dars bo‘ladi.
• Kuchli networking: Yopiq guruhimizda har kim o‘zini qiynayotgan muammolarini muhokama qiladi va yechimini topadi.
• Kundalik bilimlar: O‘zim o‘rganayotgan va kundalik qo‘llayotgan bilim va insighlarim bilan bo‘lishib boraman.
• Yangiliklar: “Zamonaviy pedagog” kursimizga qo‘shilgan yangiliklar bilan shu yopiq kanalda ham bo’lishamiz.
• Pedagogik kitoblar: Har hafta bir pedagogik kitob tanlab beraman va ustozlarimizdan biri online dars o‘tadi.
• Karyera rivoji: Karyera qurish, oylikni oshirish va ustoz sifatida o‘sish bo‘yicha o‘zaro suhbatlar bo‘ladi.

Obuna narxi oyiga 100ming so’m. Faqat birinchi qo’shilgan 50 kishiga birinchi oy uchun 75 ming qilib beramiz.

Yopiq kanalga link olish uchun @MuhammadUralovv ga yozing.

Kanalimizga qo‘shiling va ustoz sifatida o‘z imkoniyatlaringizni kengaytiring!

@MuallimMuhammad
👍5112💯31👎1
Kimning hayotida yashagan bo’lardim?

Mashhurlarni, boylarni, katta ta’sirga ega insonlarni ko’rardim. Qaniydi ularning o’rnida men bo’lib qolsam degan fikrlar o’tardi.

Ba’zilari bilan yaqindan tanishdim, suhbatlashdim. Muammolarini bildim. Qo’rqib ham ketdim. Bu muammolarni men ko’tara olarmidim?

Kecha o’tirib o’zim yaqindan taniydigan barcha insonlarni hayotini bilgan ma’lumotlarim asosida tahlil qildim. Qaysi birining hayotida yashagan bo’lar edim? Javob: hech kimni!

Ulardagi muammolar va kamchiliklarni yecha olishimga yoki boricha qabul qila olishimga menda shubha bor.

Yaqinda bir do’stim aytib qoldi. Oxirgi 2 yilda qachon umuman muammosiz yurganimni umuman eslay olmayman deb.

Hikmat esga tushadi: “agar Alloh uchun bu dunyo pashshaning qanotichalik qiymatga ega bo’lganida edi, kofirlar undan bir tomchi suv ham ichmagan bo’lardi”.

Sinov uchun kelgan ekanmiz, muommolar bilan kurashishga, qabul qilishga va eng muhimi ular bilan bahtli yashashga o’rganishimiz kerak. Ular oxirigacha bizning yo’ldoshimiz bo’ladi. Sinalaveramiz.

Bu duoni esa tahlil qilib tushunishimiz kerak: “Allohim, o‘zgartira olmaydigan narsalarni qabul qilishim uchun sabr, o‘zgartira oladigan narsalarni o‘zgartirishim uchun kuch va bu ikki holat o‘rtasidagi farqni ajratishim uchun donolik ato et.”

@MuallimMuhammad
🔥89👍46234👎1
Muallim Muhammad pinned «Ustozlar uchun eksklyuziv imkoniyat Bundan 1 yillar oldin teacher’s community tashkil qilgan edik. O’zim taniydigan eng zo’r ustozlarni u yerga chaqirgandim. Kuchli cammunity jamlangandik. 1 yil davomida har birimiz darslar o’ttik, katta o’zgarishlar bo’ldi.…»
Hozir shu kitobni o’qiyapman. Insonning shakllanishida uning tabiati(ajdodlaridan orttirgan dnk) muhimmi yoki tarbiyasi va ta’limimi degan bo’limga keldim. Juda qiziq. Keyinroq o’z fikrim bilan bo’lishaman.

Siz nima deb o’ylaysiz qay biri muhimroq? Izohlarda fikrlaringizni asoslar bilan yozing. Bahslashamiz ozgina)
👍56🔥87🤔3👎1
Agar kitob oʻqisang...

Atrofingdagilar seni tushunolmay qolishadi. 5-10 yildan beri yaqin boʻlgan insonlaring bilan mavzular zerikarli boʻla boshlaydi. Ularni yoʻqotasan.

Yolgʻizlikni sevib qolasan. Tafakkur qilish, xayol surish, yolgʻiz piyoda yurish hobbyga aylanadi.

Atrofdagi adolatsizliklar, manipulyatsiyalarni tez payqay boshlaysan. Bu baʼzan stressga tushiradi.

Xayoling savollar bilan toʻladi. Baʼzan ularning qurshovida soatlab qolib ketasan. Diniy ilming yetishmasa bu seni notoʻgʻri yoʻlga boshlashi ham hech gap emas.

Odamlar "oʻzi bu avvaldan shunaqa" degan insonlarni tushuna boshlaysan. Ular bilan suhbatlashasan va ularning taqdiri ularni shu kuyga solganini anglab yetasan.

Gapirishdan koʻra eshitishni seva boshlaysan.

@MuallimMuhammad
👍10019💯16🔥112👎1
Kuzatuv

Yandexda ko’p yuraman. Toshkent va vodiy taksilari kelsa xotirjamroq ketaman. Shaxsiy savollar deyarli yo’q, so’kinish va asabiy vaziyatlar kamroq.

O’zim vohalikman, lekin aynan vohalik taksichilar bilan ketishda qiynalaman. Qaltis vaziyatlarda tez hissiyotga berilish, ko’p so’kinish tez-tez uchrab turadi. Juda ko’p shaxsiy savollar beriladi: qayerda ishlaysiz? Qancha oylik olasiz? Nega uylanmagansiz?

Sababini esa dinimiz bilan bog’liq deb o’ylayman. Toshkent va vodiyda dinimiz nisbatan kengroq yoyilgan, vohada esa hozircha unday emas. Shunday kelib chiqib tarbiya va xulqning asosi din bo’lsa kerak.

Har bir vohalik va vodiylik inson shunday demoqchi emasman. Lekin kattaroq foizlarida buni kuzatganman. Albatta bu fikrlar xato bo’lishi ham mumkin.

Vohadan Samarqandliklarni Toshkentda yandexda deyarli ko’rmaganman.

@MuallimMuhammad
👍79👎10🔥109💯41
Forwarded from Teachers’ Hub
Biz o’zimizni va o’quvchilarimizni taniymizmi?

Insonlar yaratilishidan turli xil. Balki, aynan shu turli xillik hayotda balansni saqlab turar. O’qituvchi sifatida biz ko’pincha o’quvchilarimizni o’zimizga o’xshatishga, xuddi bizdek fikrlab, harakatlar amalga oshirishini xohlaymiz!

Lekin tug’ilishimizdan biz turli xil edik. Demak bizni yaratgan zot shuni xohlagan va bu hikmatsiz emas. Zamonaviy pedagogika alohida yondashuvni talab qiladi. Bu uchun biz bolalarni tabiatini va psixikasini yaxshi bilishimiz, ularga mos metodika va yondashuvlar yaratishimiz kerak.

Eng muhim jihat esa o’zimizni tushunib olishimiz. Qanday insonmiz? Nima kuchli taraflarimiz bor? Qaysi kuchsiz taraflarimiz ustida ishlashimiz kerak? O’zimizni bilishimiz ta’limda o’z xarakterimizga mos metod tanlashimizda ham yordam beradi.

Bunda bizga temperamentlar yordam beradi. Insonning tug’ma xarakter xususiyatlari. Bir xil vaziyatda nega odamlar o’zini turli xil tutadi?

Nega ba’zi odamlar qo’polroq?(masalan men), nega ba’zilar hamma bilan chiqishib ketadiyu boshqasi chekkada bitta o’zi turaveradi? Nega kimdir tog’ga chiqqanda yarmidan qaytib kelsa ikkinchisi ikki kun ketishini bilsa ham eng tepasiga chiqqisi kelaveradi?(yana men)

Nega ba’zi insonlar xo’p deydiyu bajarmaydi? Nega ba’zilar qaror chiqaradiyu amalga oshiradi? Ba’zilar yillab kutib, qolib ketadi. Qaysi odamga qaysi vazifani ishonish kerak? Kimga qanday muomila qilish kerak? Deyarli barcha savolga temperamentlar ilmi javob beradi.

Gippokrat tarafidan fanga kiritilgan bu atama va uning to’liq tahlili hozirgi ilmiy fan tomonidan tasdiqlanmagan. Lekin u bo’lib ketgan insonlarning 4 turi insonlarni tushunish uchun eng muhim bilimlardan biri bo’lib qolmoqda.

Keyingi postlarda har bir temperament haqida batafsil to’xtalamiz. O’quvchilarni, hamkasblarni va do’stlarimizni ajratib olamiz va ularga qanday munosabatda bo’lishni o’rganamiz.
👍32🔥123👎1
Teachers’ Hub
Biz o’zimizni va o’quvchilarimizni taniymizmi? Insonlar yaratilishidan turli xil. Balki, aynan shu turli xillik hayotda balansni saqlab turar. O’qituvchi sifatida biz ko’pincha o’quvchilarimizni o’zimizga o’xshatishga, xuddi bizdek fikrlab, harakatlar amalga…
Teachers’ hub loyihasida insonlar tempramenti va har bir tempramentga mos dars o’tish usullari haqida tanishyapmiz.

Agar loyiha sizga ham qiziq bo’lsa @MuhammadUralovv ga yozing va o’z joyingizni band qiling.

Loyihamizda uzunroq va chuqurroq tahlilli postlar bo’ladi.

https://t.me/MuallimMuhammad/71
10👍5🔥4👎1
Chidab berishimiz kerak!

Farzandimizga, o’quvchimizga vazifalar beramiz. O’ssin, rivojlansin deymiz.

Rivojlanish og’riq bilan keladi, qiynalayotganini, charchayotganini ba’zan yig’layotganini ko’ramiz.

Yurak bag’rimiz eziladi, qiynalayotganini ko’rib qiynalib ketamiz. O’rniga qilib bergimiz, qilmasa ham to’xtatgimiz va hozirgi holatiga rozi bo’lgimiz keladi.

Qiziq joyi shu yerda biz ularni emas o’zimizni ko’proq o’ylaymiz. Ular qiynalayotgani bizga og’riq beradi. Qarab turolmaymiz, og’riqqa chidab turolmaymiz. Hissiyotda noto’g’ri qaror berib qo’yamiz.

Uzoqni o’ylagan ustoz/ota-ona shu yerda chidab berishi kerak! Turib berishi kerak o’zidagi og’riqqa!

O’quvchimiz/farzandimiz qiynalsin lekin keyingi bosqichga o’tsin. Kelajak hayoti osonroq bo’lsin, muvaffaqiyatliroq bo’lsin, aqlliroq, bahtliroq bo’lsin. U uchun hozir qiynalsin, lekin berilgan vazifalarni qilsin. Javobgarlar esa sabr qilsin!

@MuallimMuhammad
74🔥26👍21💯82👎1
Men “ahmoqman”

2022-yilda yoz marketing kursini bitirdim va tajriba uchun ish qidira boshladim. Merit schoolda ishlaganim uchun faqat kechga va dam olish kunlari vaqtim bor edi.

Qamar books do‘koni marketologi (ismlari Farruh edi, adashmasam) suhbatga chaqirdi. U menga savol berdi: “Nechi yildan beri maktabda dars berasiz? Davlat maktabida ishlaganmisiz?” Men 1 yildan beri xususiy maktabda ishlashim va hali davlat maktabida ishlamaganimni aytdim.

Shu vaqtda Farruh mening kasbiy faoliyatim uchun eng muhim gapni aytdi. Balki o‘zi buni jiddiy olmagandir. “Siz bilan katta loyihalar qilsak bo‘ladi. Ko‘p ishlamagansiz, hali taslim bo‘lib qolmagansiz,” dedi u.

Ba’zida yoshi katta ustozlarni ko‘rardim: “Muhammad, o‘zingizni va bolalarni qiynab nima qilasiz? Qo‘ying, o‘qisa, o‘qisin; bo‘lmasa, yo‘q,” deyishardi. Bolalarning o‘qishi uchun asabiylashib turganimda, bu fikr meni yondirib yuborardi. Qanday qilib bola taqdiriga shunday be’etibor bo‘lish mumkin?!

Lekin yillar o‘tyapti. Men 2021 yildagi kabi shijoat qila olyapmanmi? “Hammani o‘qita olaman! Hammani o‘zgartira olaman,” degan fikrlar hozir ham bormi? Bilmayman! Lekin har safar biror bola ta’limi va taqdiri ustidan taslim bo‘lmoqchi bo‘lsam, Farruhning gaplari esimga tushadi: “Hali siz taslim bo‘lmagansiz, katta ishlar qilsa bo‘ladi!”

Ustozlarni ayblamayman, davlat maktabidagi tizim va hayotdagi qiyinchiliklar ko‘pincha bizni sindirib qo‘yadi. Shijoatimizni o‘chiradi, orzularimizni ko‘madi. Lekin bu gapni siz ham doim eslab yurishingizni xohlayman, hamkasblar: bilaman, qiyin, lekin taslim bo‘lib qolmang!

Dunyoni o‘zgartiraman deydiganlar “ahmoq” bo‘lishadi, lekin aynan shu “ahmoqlar” dunyoni o‘zgartira olishadi.

@MuallimMuhammad
👍9519🔥16💯106
Suhbat
Muallim Muhammad
👍17🔥31
2 soatdan oshiqroq suhbat bo’ldi. Ma’lum qismini yozib ololmadik. Boshida ozgina qotib qolganiga rozi bo’lasizlar, keyin sifat to’g’irlandi)

Suhbatga kirgan, eshitgan va savol berganlarning barchasiga rahmat)

Agar sizlarga foydali bo’lgan bo’lsa yana qilamiz xudo xohlasa.
👍53🔥652