This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bo’lsa kerak, “Zamonaviy pedagog” dasturimizning yangi o’quvchilariga 20-oktyabrdan darslarni boshlaymiz.
Shu o’rinda avvalgi o’quvchilarimizniyam unutmadik. Ular bilan suhbatlashib, kursdagi bo’shliqlarni to’ldirdik, yutuqlarni esa yana-da ko’paytirish harakatidamiz.
Bugun sizga Buxoro shahridagi nufuzli “Abu Hafs International School” maktabining akademik direktori Abbos ustozimizning samimiy fikrlarini ulashgim keldi.
Videoni koʻrib, oʻzingiz barchasiga guvoh boʻlasiz.
Abbos ustozimizday oʻz ustida ishlab, nufuzli taʼlim maskanlarida rahbarlik lavozimigacha koʻtarilayotgan o’quvchilarimizni koʻrib, qilayotgan mehnatlarimiz zoye ketmayotganiga amin boʻlaman🔥
Shu o’rinda avvalgi o’quvchilarimizniyam unutmadik. Ular bilan suhbatlashib, kursdagi bo’shliqlarni to’ldirdik, yutuqlarni esa yana-da ko’paytirish harakatidamiz.
Bugun sizga Buxoro shahridagi nufuzli “Abu Hafs International School” maktabining akademik direktori Abbos ustozimizning samimiy fikrlarini ulashgim keldi.
Videoni koʻrib, oʻzingiz barchasiga guvoh boʻlasiz.
Abbos ustozimizday oʻz ustida ishlab, nufuzli taʼlim maskanlarida rahbarlik lavozimigacha koʻtarilayotgan o’quvchilarimizni koʻrib, qilayotgan mehnatlarimiz zoye ketmayotganiga amin boʻlaman
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🔥9⚡4😁1
Xo‘sh, “Zamonaviy Pedagog” dasturimiz aynan kimlar uchun mo‘ljallangan?
Agarda siz:
— Boshlang‘ich sinf ustozi
— Xususiy yoki davlat maktabi, shuningdek universitet o‘qituvchisi
— O‘quv markazlarida faoliyat yuritayotgan ustoz
— Yoki endigina o‘qishni bitirib, oʻqituvchilik sohasida yangi bo‘lsangiz — bu kurs aynan siz uchun!
2 oy ichida o‘z ustingizda ishlab, o‘quvchilari yaxshi ko‘radigan ustozga aylanishni va daromadingizni oshirishni xohlasangiz, dasturimizda sizni kutib qolamiz.

❤17👍13⚡2
Kecha dastur kimlarga mos kelishi haqida gapirgandim. Endi esa, o'qib qanday natijalar olishingiz mumkinligini aytaman 👇️️️️️️
"Zamonaviy pedagog" kursidan keyin siz:
1. Sinf boshqarish — o'quvchilaringiz sho'x bo'lsa ham, qiynalmasdan sinfni boshqarolasiz.
2. Interaktiv darslar — darslarni qiziqarli va samarali tashkil qilishni yangi metodikalarini oʻrganasiz.
3. O’quvchilarni ushlab qolish — o’quvchilarni markazda saqlab qolishdagi muammolaringiz hal bo'ladi.
4. Qiziqishni uyg’otish — qiziqmaydigan o’quvchilarni ham darsga 100% jalb qilish texnikalarini oʻrganasiz.
5. Professional o’sish — o’zingizga boʻlgan ishonchingiz bilan birga daromadingiz ham oshadi.
3 kundan keyin darslarni boshlaymiz. Qo'shilishga ulgurdingizmi?

⚡17👍7❤4🔥4
Bugundan “Zamonaviy pedagog”da darslarni boshlaymiz.
Qabul oxiriga kelganda so’rovlar judayam ko’payib ketdi. Hali aloqaga chiqolmagan 500+ ustozimiz bor.
Agar sizga ham aloqaga chiqolmagan bo’lsak tashvishlanmang, qolib ketmaysiz.
Nasib qilsa 2-3 kun ichida hamma bilan bog'lanib guruhlarga qo'shamiz. O'tkazib yuborgan darsingiz esa o'tib beriladi.
Agar dasturdan bexabar qolgan bo'lsangiz, hozir ro'yxatdan o'ting. O'zimiz aloqaga chiqamiz: 👇️️️️️️
https://forms.gle/TdkLa4SvC6z4ss8p7

🔥7❤5⚡1👍1
Obro'li ko’rinasiz
Birinchi maqola yozganlarimda ingliz va rus tillaridagi so’zlarni qo’shishga harakat qilardim. Bu meni tashqaridan olifta (krutoy) ko’rsatadigandek tuyulardi.
O’quvchilarimga tanqidiy fikrlashini oshirish uchun insho beraman, ichiga boshqa tillardagi so’zlarni ham yozishadi, nega deb so’rasam, chiroyliroq ko’rinadi ustoz deyishadi.
Bunaqa insonlar ko’pmiz, 2-3 ta tilda gapirsak, yozsak, chet tillarini bilishimizni bildirsak, qoyil qolishadi deb o’ylaymiz. Va adashamiz.
Yaqinda bir davra suhbatiga bordim, nutq so’zlovchi taxminan 2 soat faqat sof o’zbek tilida gapirdi. Mazza qilib yubordim. Eslolmayman bunday tiniq o’zbek tilidagi suhbatni oxirgi marta qachon eshitganimni, o’zi umuman eshitganmikanman?
Ha, qachonlardir har xil tilda gapirish ham obro’ olib kelgandir. Lekin u vaqtda juda kam odam chet tillarini bilardi. Hozir esa juda kamchilik sof o’zbek tilida gapira oladi.
Mantiq oddiy: nima kamyob bo’lsa uni qadri oshaveradi, obro’li ko’rinaveradi. O'z tilimizda gapiring, noyoblardan bo'ling!
Izoh qismini o'zbek tilimizni madh etuvchi o'z fikrlaringiz, she'rlar, matnlar, kichik maqolalar bilan to'ldirishingiz mumkin. Barchasini o'qib chiqaman va eng yoqqan 2 tasiga o'zimga foyda keltirgan kitoblarni sovg'a qilaman!
Bayramimiz muborak!
@MuallimMuhammad
Birinchi maqola yozganlarimda ingliz va rus tillaridagi so’zlarni qo’shishga harakat qilardim. Bu meni tashqaridan olifta (krutoy) ko’rsatadigandek tuyulardi.
O’quvchilarimga tanqidiy fikrlashini oshirish uchun insho beraman, ichiga boshqa tillardagi so’zlarni ham yozishadi, nega deb so’rasam, chiroyliroq ko’rinadi ustoz deyishadi.
Bunaqa insonlar ko’pmiz, 2-3 ta tilda gapirsak, yozsak, chet tillarini bilishimizni bildirsak, qoyil qolishadi deb o’ylaymiz. Va adashamiz.
Yaqinda bir davra suhbatiga bordim, nutq so’zlovchi taxminan 2 soat faqat sof o’zbek tilida gapirdi. Mazza qilib yubordim. Eslolmayman bunday tiniq o’zbek tilidagi suhbatni oxirgi marta qachon eshitganimni, o’zi umuman eshitganmikanman?
Ha, qachonlardir har xil tilda gapirish ham obro’ olib kelgandir. Lekin u vaqtda juda kam odam chet tillarini bilardi. Hozir esa juda kamchilik sof o’zbek tilida gapira oladi.
Mantiq oddiy: nima kamyob bo’lsa uni qadri oshaveradi, obro’li ko’rinaveradi. O'z tilimizda gapiring, noyoblardan bo'ling!
Bayramimiz muborak!
@MuallimMuhammad
⚡44❤33🔥10👍7💯4
Har doim kurslarimiz yakunlanganidan keyin kichik bir tadqiqot o'tkazamiz. Ya'ni bitiruvchilarimizdan kelganlaridagi holat va 2 oylik o'zgarishlar so'raladi.
Dastur haqidagi ijobiy fikrlari va ularga yoqmagan jihatlarni ham bilish uchun so'rovnomalar tashkil qilamiz. Bu o'sishimiz, keyingi kurslarimizni puxtaroq tayyorlashimiz uchun judayam zarur.
Xullas, yuqorida o'quvchilarimizning A va B nuqtalardagi o'zgarishlardan ba'zilarini ulashyapman. O'qib chiqing. Aniq bilaman rasmdagi muammolar sizdayam bo'lgan yoki hozir ham bor.
Izohlarda yozing-chi, ustozlarning kursdan avvalgi qaysi muammosi ayni payt sizniyam qiynayapti?

👍15🔥5⚡4❤3
Meni oxirgi vaqtlarda o’ylantirayotgan savollar
Oradan 10-15 yillar o’tib hozir o’qitayotgan o’quvchilarimizni ko’chada ko’rib qolsak. Bemalol, xijolat bo’lmasdan, vijdon qiynalmasdan gaplasha olamizmi?
Ularning oldida yuzimiz yorug’ bo’ladigan darajada dars o’tyapmizmi? Darslarga tayyorlanib boryapmizmi? Tushunishga harakat qilyapmizmi?
Agar ularning ichida yaxshi o’qituvchilari chiqsachi? Bizni yaxshi xotiralar bilan eslasharmikan?

💯59❤24👍16🔥13🤔2
O’yinlar o’ynamang
Nobel, Oscar, Oltin to‘p, maktabning eng sevimli o‘qituvchisi — ajoyib mukofotlar. Insonlarni ruhlantiradi, o‘z ustida ishlashga undaydi.
Ammo har bir mukofot manipulyatsiya qiladi, o‘z qolipiga solishga, insonlarni jamiyat fikriga moslashishga va ba’zan qadriyatlarini o‘zgartirishga majbur qiladi.
Yuqoridagi mukofotlarni yutmoqchi bo‘lganlar Falastin-Isroil mojarosi, Xitoydagi uyg‘urlar qirg‘ini haqida gapira olmaydi. Gapirsa, mukofot ololmaydi.
G‘arb mukofoti bo‘lsa — g‘arb mafkurasiga, sharqniki bo‘lsa — sharq siyosatiga moslashishga majbur bo‘ladi.
“Eng sevimli ustoz” mukofotini olishni xohlaganlar ba’zan rahbariyat bilan ko‘p tortishmasligi, noto‘g‘ri ish qilsa ham bolalarga yoqmaydigan jazolarni bermasligiga to‘g‘ri keladi. Jazo bersa, “sevimli” bo‘lmay qoladi.
Ustoz bolalarga va rahbariyatga moslasha boshlaydi. Moslashmaganlar va o‘z prinsiplarida mustahkam turganlar e’tiborsiz qoldiriladi.
Mukofotlarga qiziqsangiz, o‘yinlar ichida qolib ketasiz. Ular — o‘ynatuvchi, siz esa o‘ynovchi bo‘lib qolasiz. O‘zligingizni unutib qo‘yishingiz mumkin. Amallaringiz o‘zingizniki bo‘lmay qoladi.
O‘yinlar o‘ynamang. O‘yinlardan va o‘ynatuvchilardan kattaroq bo‘ling. Uzoq vaqt sifatli va prinsiplaringizdan voz kechmagan holda ishlang — o‘zlari olib kelib berishadi. Kamida umringiz oxirida o‘zligingizni unutmaganingiz uchun xursand bo‘lasiz.

🔥73❤25⚡11💯11👍6🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zulfiya opa bilan podcast kecha chiqdi. O’zim olgan eng zo’rlaridan biri bo’ldi shubhasiz.
Bir kunda 4 ming odam ko’rib bo’libdi. Sizni ham taklif etamiz👇
Link: https://youtu.be/jUtP63hrT14?si=X5hYe1VTldotH4TL
@MuallimMuhammad
Bir kunda 4 ming odam ko’rib bo’libdi. Sizni ham taklif etamiz👇
Link: https://youtu.be/jUtP63hrT14?si=X5hYe1VTldotH4TL
@MuallimMuhammad
🔥25❤14👍10⚡2
Nomsiz post
Qishloqqa kelsam o’zimni yomon his qila boshlayman oxirgi vaqtlar, yoshligimda eng sevimli joyim hozir o’zgargandek.
Sababini o’ylab ko’rsam, joy emas men o’zgarganman. Ulg’ayibman! Bu yerda maqsadsizman, foydasizman. Hamma dalada, fermada foydali ishlar bilan band. Men esa shunchaki yuraman. Bu yerda qo’limdan bir ish kelmaydi.
Eng yoqtirgan joyim maktab. Bolalarga ilm berayotganimdan, foydali inson bo’layotganimdan mazza qilaman. Ularni hayotini o’zgartirayotganimni sezaman.
Bundan keyin bahtli bo’lishga emas, foydali bo’lishga harakat qilaman, shunda baxtning o’zi keladi.
Postga nom uchun variantlar bo’lsa izohlarda kutaman)

❤74👍22💯14⚡8
Bugun zamonaviy pedagog kursimizda offline darsimiz bo’lib o’tdi. Ustozlar bilan amaliyot darsi qildik. Karyerada o’sish va daromadni oshirish haqida gaplashdik.
Shunday qilib darsimizni 6-darsi ham tugatib oldik.
Bugun ham Mudarris maktabimizda ham kursimizda dars o’tib haftani yakunlab oldim.

❤39🔥8⚡4
Bizda qachon mutaxassislar ko’payadi?
Bir do’stim aytyapti, bir ustaga 2-3 marta bir xil narsani tuzatishga olib bordim. Har safar pul oladi, lekin ishi sifatli emas, qayta-qayta muammo bo’laveradi, dedi.
Men: “Bir narsani 2-3 marta tuzattirgan bo’lsang, keyingilarida pul bermasdan, ‘Qilgan ishingiz sifatsiz chiqdi, shuni tuzatib bering’ deb qattiqroq talab qildingmi?” desam. “Yo’q, bunga asabimni ketkazmadim, mayli, deb qo’ya qoldim”, dedi.
Men esa shu joyda mutlaq teskarisining tarafdoriman.
Bir xizmatni, mahsulotni sotib oldik. Aytganidek chiqmadi. Talab qilib olaman. Pulidan kamaytiraman, qaytadan to’g’rilab berishini aytaman, boshqasiga almashtirishini so’rayman. Lekin indamasdan ketmayman.
Ishini chala, sifatsiz qilgan, aldagan mutaxassis, sotuvchi pulsiz qolsin, uyalib qolsin, gap eshitsin, zarar ko’rsin. Keyingi safar o’ylab ko’rsin.
Qilayotgan sifatsiz ishlarimizning oqibati bo’lsagina, biz to’g’rilashga harakat qilamiz. Nafsimizni yengib mehnat qilamiz.
Indamaslik, mayli, deyish, tortinish o’zbeklar bozorini sifatsiz mahsulotga to’ldiradi.
Shu pul sizga kerak bo’lmasa ham, so’rab oling. Sizni deb ishini sifatli qiladiganlar ko’paysin.
Bizda talabchanlar ko’paygandagina, mutaxassislar ham ko’payadi!

❤43💯28👍14🔥10
🌟🌟🌟🌟🌟 🌟🌟🌟🌟🌟
📚 “Badiiyat kaliti”
36 asar — 36 sirli olam sari!
Adabiyot olamiga chuqurroq kirib borish, asarlarning mazmun-mohiyatini anglash va badiiy tahlil sirlarini o‘rganishni istaganlar uchun ajoyib qo‘llanma!
Kitobda:
✅ Syujet va kompozitsiya
✅ Obrazlar tizimi
✅ Asarlarning g‘oyaviy-badiiy talqini
Ushbu qo‘llanma milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlar uchun ham foydali manba bo‘la oladi.
🔴 KITOBDAN NAMUNA
Ushbu kitobni uzum marketdan ham olishingiz mumkin
🎄Uzum 📱Instagram 📱Telegram
📬 Buyurtma berish uchun:
☎️ +998334461122
💻 @SPECTRUM_nashriyoti
Muallif kanali: https://t.me/shohruxtursunmurodov1

❤4🔥3⚡2👍2
Muallim Muhammad
🌟🌟🌟🌟🌟 🌟🌟🌟🌟🌟 📚 “Badiiyat kaliti” 36 asar — 36 sirli olam sari! Adabiyot olamiga chuqurroq kirib borish, asarlarning mazmun-mohiyatini anglash va badiiy tahlil sirlarini o‘rganishni istaganlar uchun ajoyib qo‘llanma! Kitobda: ✅ Syujet va kompozitsiya…
Ustozim va tog’am Shohrux Tursunmurodov milliy sertifikatga tayyorlanadigan va tayyorlaydiganlar uchun qo’llanma tayyorlabdilar.
O’zim o’qib ko’rmadim, lekin 10 yildan oshiq tajribalari, men va men kabi minglab odamlarni o’qishga kirishiga sababchi bo’lganlaridan bilaman-ki ona-tili, adabiyot ustozlari uchun foydali bo’ladi.

🔥13👍8⚡7❤4