Muallim Muhammad
13.4K subscribers
69 photos
42 videos
3 files
88 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
O'ziga bo'lgan ishonch

Ustozlarda kuzataman, sinfxonaga birinchi kirganda xijolat bilan, tortinib kirishadi. O'zimda ham bo'lib turadi.

O'ziga ishonchsizligi sezilib turadi.

Zulfiya opa podkastda shu masalaga zo'r gap aytib qoldilar.

Ustoz sinfxonaga viqor bilan, boshini ko'targan holatda, xuddi bolalarga avval o'tkazib qo'ygandek kirishi kerak!

Bizda bolalardan ko'proq bilim bor ekan, o'rgatish ilmini bilarkanmiz va darsga tayyorlangan bo'lsak, demak, allaqachon o'tkazib qo'yganmiz ham-da)

@MuallimMuhammad
❤93💯31⚡22😁7👍3
Ustoz bir urishib qo’ying!

Bir qancha vaqt oldin bir ustoz bilan o'tiribmiz, oldimizga boshqa ustoz bir bolani yetaklab kelyaptilar.

Yonimdagi ustozga: "Bu bola bilan gaplashib qo'ymasangiz bo'lmaydi. Men bunday o'quvchi bilan ishlolmayman, yo to'g'rilansin yoki maktabdan haydaylik", — deyaptilar. Bola 3-4-sinflar atrofi.

"Har qanday jazo berib ko'rdim, foydasi bo'lmadi. Agar gaplasholmasangiz, zavuchimizni chaqirib kelaman, ular qattiqroq urishadi, ulardan qo'rqadi bolalar", — dedilar.

Qattiq jahlim chiqdi. Ichimda savollar tug'ila boshladi: qachondan jazo bolani o'zgartirish quroli bo'lib qoldi? Jazo orqali o'zgartirish uchun pedagog bo'lishimiz shartmi? Biz nega o'rgatishni o'rganganmiz unda? Qo'limizda faqat urshish va qo’rqitish kelsa, ko'chadagi Eshmatdan farqimiz nima?

Qachondan bizning pedagogik mahoratimiz yo'qligi uchun boshqa (erkak) ustozlar bolalarga yomon ko'rinib, ularni urishib qo'yishi kerak bo'ldi?

Bolani eplolmayotgan bo'lsak, nega doim bola ketishi kerak? Balki, biz eplolmayotgan bo'lsak-chi? Agar hamma ustoz eplolmayotgan bo'lsa, ayb bolada — qo'shilaman. Lekin bir nechta ustoz o'qita olib, bizda muammo bo'lsa, ayb bizda bo'lsa kerak.

"Ayb faqat bolalarda, men yaxshi ustozman o'zi", deydigan ustozlar ta'limdan boshqa yo’nalishga o’tganlari ma'qul bo'lsa kerak.

@MuallimMuhammad
❤57👍21🔥10🤣7🤔2
Bolalar o‘qimaydi, tartibsiz, tarbiyasiz deyishdan oldin o‘zimizga savol beraylikchi: sohamizdagi eng zo‘r mutaxassis bizning darsimizni ko‘rganda 10 dan nechi baho qo‘ygan bo‘lardi?

Inson oldiga bemaza ovqat qo‘yib, uning yeyilmayotganidan, “rahmat” deyilmayotganidan nolish oshpazga qanchalik yarashadi?

@MuallimMuhammad
🔥39💯15❤12😭10
Men vatanimni fosh qilaman, kamchiliklarini aytaman chunki uni yaxshi ko’raman.

Eng muhimi uni aldab, kulib faqat maqtab turmasam bo’ldi degandi rus yozuvchisi.

Men ham ustozlarni yaxshi ko’raman, har birini, har biringizni qadrlayman, qiyin lekin sharafli kasbda ekanligingizni o’z tanamda his qilaman.

Kasbimni va hamkasblarimni yaxshi ko’rganligim, jonim kuygani uchun kamchiliklar haqida yozib turaman. Shu orqali o’sishingizni, rivojlanishingizni, obro’li va daromadli bo’lishinigizni chin ko’ngildan xohlayman.
🔥78❤33💯15
Mohir ham Youtubega ajoyib videolar tayyorlab bormoqda.

Kechagisi dars boshi va oxirida qo’llash mumkin bo’lgan 6 ta samarali metodika haqida bo’libdi.

Hoziroq ko’rib, ertangi darslaringizda qo’llab ko’ring.

Link: https://youtu.be/5r5Wtda1v9M?si=0J204JGJdaFmvpb9
❤28🔥17
Bolasini saviyali va qadriyatli maktabga bergan ota-onalar uchun ham bir xususiy o’quv kurslari ochish kerak.

Saviya teng ko’tarilmasa bolalar va ota-onalar o’rtasida muloqot qiyinlashadi.

Ota-ona o’zgarsa bolaning o’zgarishi ham osonlashadi.

@MuallimMuhammad
💯101❤20👍19🔥6🤔2
Ular tug’ulishi bilan qutiga solinadi; keyin qutida katta bo’lishlari uchun uyga olib ketishadi; tiqillaydigan qutichalar ularga ta’lim beradi;

o’z quti-kabinalarida o’tirish uchun “ish” degan joyga qatnaydilar; do’konga qutida borib, qutilardagi oziq-ovqatlarni sotib oladilar; trenajyor zaliga ham qutida yetib kelib, qutida mashq qiladilar;

ular doim nostandart fikrlash lozimligini, “qutidan tashqariga” chiqish kerakligini uqtiradilar; va nihoyat, vafot etganlarida qutiga solinadilar.

Nassim Taleb

@MuallimMuhammad
👍66❤22🔥10😭6🤔5💯4😁3⚡2
Ustozlar tarafidan eng ko’p so’ralgan va men eng ko’p kuzatgan qiyinchilik bu sinfxona boshqaruvi.

Tartib bo’lmagan joyda ilm o’rgatish haqida gaplashib bo’lmaydi, shovqinli sinfda ustoz tez charchaydi, bolani ilmdan ko’ngli soviydi.

Bu fundamental ko’nikma. Lekin ko’p ustozlar shu muammodan yillar davomida o’tolmaydi.

Shu vaqtgacha to’plagan tajribalarim asosida sinfxona boshqarish san’ati haqida youtubega video tayyorladik.

Ko’ring, o’rganing, sinfni samarali boshqaring. Va bundan keyin faqat ta’lim berish haqida gaplashing. Endi tartib sizga muammo bo’lmaydi

Link: https://youtu.be/OyveSktIt_s?si=WV35jEKaL-TGVXqL
❤30👍10🔥5💯2
Eslasangiz, yaqinda siz uchun maxsus masterklass o’tib bergandik.

Lekin joylar soni cheklanganligi sababli, juda ko'pchilik qolib ketishgandi.

Ulashayotgan bepul videodarsliklarimizga qo’shimcha bo’lishi uchun 9-10-oktabr kunlari yana bir interaktiv dars o’tib berishni rejalashtirdik!

Albatta bu gal ham Mohir bilan foydali darslar o’tib beramiz.

O’tgan safar qolib ketgan ustozlarimiz uchun zo'r imkoniyat. Avval qatnashganlar ham qatnashsangiz yomon bo’lmaydi, mavzu ichida yangiliklar bo’ladi.

Ertaga dars bo’ladigan kanalga qo’shilish linkini beramiz.
🔥32❤8⚡3💯2
O‘qituvchi sifatida qaysi xatoga yo‘l qo‘yishdan ko‘proq qo‘rqasiz?

• Bilmasdan qaysidir o‘quvchiga noto‘g‘ri yoki adolatsiz baho qo‘yib, uning ko‘nglini qoldirib fandan sovutishdanmi?

• Sinfdagi iqtidorlilarga ko‘p vaqt ajratib, darsni o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan "bo‘sh" o‘quvchilarni e’tibordan chetda qoldirishdanmi?

• Yoki sizda boshqa qo’rquvlar bormi?

Fikrlaringizni izohda kutaman?
⚡22❤10🔥7💯2
Insonning bahosi bu dunyoda o’zi olgani bilan emas, o’zidan qolgani bilan belgilanadi.

Jumlani o’qib negadir hayolimga ustozlar keldi.
❤54👍32
Yuqoridagi savolni bejiz bermadim. Kelgan javoblardan ba’zilarini suratda ko’rishingiz mumkin.

Darsni tashkil etish va o’quvchilar bilan ishlashda ustozlarimizdagi muammolar talaygina.

Mutaxassis sifatida bepul loyihalar va kurslarimiz orqali bularga qo’limizdan kelgunicha yechimlar berib kelyapmiz.

Erta va indin kunlari mana shunday efirlardan birini — “Darslarni qiziqarli qilish metodikasi” nomli masterklass oʻtib beramiz.

O’tgan safar qolib ketganlar ko’p edi. Bu gal imkoniyatni qo’ldan chiqarmang: 👇

Masterklass kanalga ulanish
Masterklass kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥10⚡5
Bugun darslarimiz boshlanadi.

Nasib qilsa, Mohir "O'quvchilarni qiziqtirish va diqqatini jalb qilishning 10 texnikasi" mavzusida dars oʻtib beradi.

Foydali bo'ladi, albatta kiring.

Sizga ajoyib hadyalar ham tayyorlab qo'yganmiz.

Haliyam masterklass kanalda yo'q bo'lsangiz, tezda obuna bo'ling. 20:00'da ko'rishamiz:

https://t.me/+a8MRfdButFM3ZjQy
https://t.me/+a8MRfdButFM3ZjQy
❤17🔥5⚡1
Xususiy maktablarning xodimlariga mashinalar, sayohatlar, katta sovg’alar berayotgani, buni moliyasi ko’tarayotgani juda xursand qiladi.

Lekin, ko’pchilik katta sovg’alarni boshqaruv jamoasiga beryapti. Ustozlar chetda, negadir.

O’ta shaxsiy fikrimcha kompaniyalar boshqaruv jamoasiga alohida, ustozlar uchun alohida qilib taqdirlash o’tkazgani ma’qul.

Rahbarlarga nima berilsa ustozlarga ham berilgani yaxshi. Yoki teskarisi.

Bo’lmasa xuddi zakotni ukasiga berib qo’ygandek ko’rinadi tashqaridan.
❤60💯33👍21🤔7⚡1🔥1
Forwarded from Ma'rufjon Omonov
Assalomu alaykum, Mohirbek ustoz yaxshimisiz? Sog’-salomatmisiz?

Yanvar oyida bizni Registon o’quv markazi Yunusobod filiallari uchun tashkillashtirib berilgan “Zamonaviy pedagog” nomli trening. Bizning barcha ustozlarimiz uchun juda foydali va samarali bo’lsin.

Xususan, aynan shu treningdan so’ng oxirgi 6 oyda ayrim ustozlarimiz faoliyatida sezirali o’zgarish kuzatildi, ya’ni bir ustozimiz boshida doimiy qizil toifadagi ustoz sifatida yurar edi, ushbu trening ta’sirida ustozimiz qizildan rangdan sariqqa so’ng esa yashil rangga chiqib oldi. Shu qatori boshqa ustozlarimizda ham o’sish va rivojlanishni ko’rdik.

Xulosam shuki Mohirbek ustoz va Muhammad ustozlarining samarali mehnati zoya ketmapti, ustozlarga o’z minnatdorlik bildiraman.

Hurmat bilan Registon Mega filiali rahbari Ma’rufjon Omonov.
❤9👍6
Registon o‘quv markazi ustozlari jamoasiga dars berishimiz tarixi qiziq bo‘lgan.

Dastlab Universam filiali rahbari Nodirbek aka «Zamonaviy Pedagog» 4-kursida o‘zlari o‘qib chiqdilar. Biz u kishining rahbar ekanliklarini bilmagandik.

Keyin esa darslarimizga ishonch hosil qilib, o‘z jamoalariga dars o‘tishga taklif qildilar. Videoda batafsil ko‘rishingiz mumkin.

Bundan tashqari, keyinchalik Yakkasaroy filiali o‘qituvchilari jamoasini ham o‘qitishga muvaffaq bo‘ldik.

Shu bilan 10 dan ortiq o‘quv markazi va xususiy maktab ustozlarini o‘qitishga ulgurdik. Hammasi bitta postga sig‘mas ekan.

Agar siz ham rahbar bo‘lsangiz, «O‘qituvchilarimga investitsiya qilaman», desangiz, kuzatib turing. Sizga ajoyib taklif tayyorladik. 🎁
❤12👍4
Ta’limdagi rahbarlar, bormisiz?

Yuqorida Registon o’quv markazi rahbarini kursimiz haqidagi fikrlarini yubordik.

«Zamonaviy Pedagog» kursimizda 10 dan ortiq maktab va o‘quv markazi jamoalari o‘qib chiqishdi.

Yangi kursimizga ham rahbarlar tomonidan talab ko‘paymoqda.

Shuni hisobga olib, siz bilan shaxsan o‘zim bog‘lanishga qaror qildim. Siz uchun maxsus takliflarimiz bor.

«O‘qituvchilarimga investitsiya qilaman», degan rahbarlar, ro‘yxatdan o‘ting.

Tez orada Mohir ikkimiz siz bilan aloqaga chiqamiz.

👉https://forms.gle/DFhckuxTe2R9Jidu6
🔥12❤9
O'xshagan darslarimning “onasi” tahlil qilingan o'xshamagan darslarim.

@MuallimMuhammad
🔥51💯24❤10⚡7
Forwarded from Muhammad Uralov
Har bir muammoli vaziyat chiroyli axloq ko’rsatish uchun zo'r imkoniyat.
❤48💯30🔥15⚡6
Ustozingiz bormi?

Kecha "Lolazor"dagi Nodirbekning suhbatini eshitdim. Nodirbek dunyoda 4-raqamli shaxmatchi bo‘lsa ham, hozir murabbiy bilan ishlayotganini aytdi. Hatto murabbiyga 100 minglab dollar o‘z yonidan sarflarkan.

"Sizga hozir ham murabbiy kerakmi?" degan savolga Nodirbek: "Barcha eng zo‘rlar murabbiylar bilan ishlaydi", deb javob berdi.

Men o‘ylab qoldim. Biz(men)ning zo‘r emasligimiz balki shunaqa ustozlar bilan ishlamayotganimizdadir?

Biz, ustozlar, universitetni bitiramiz-u, qaytib shu bilan ustoz topmaymiz, chuqurlashib o‘rganmaymiz. Shu sababli hayotda ham, sohada ham o‘sish bo‘lmaydi. Yaxshi daromadga ham chiqolmaymiz!

Hozirgi holatga chiqquncha Nodirbekning oilasi juda katta moliyaviy va oilaviy qurbonliklar qilganini, hattoki opasi o‘z karyerasini ukasi uchun tugatganini aytib berdi.

Suhbatni eshitib, bir qarorimdan xursand bo‘ldim.

O‘zimda o‘sish nuqtasini anchadan beri topa olmay kelayotgandim. Aynan pedagogikada zo‘r ustozni 2-3 yildan beri qidirayotgandim.

Bu yil topib, birga ishlashni boshladik. Londondagi pedagogika bo‘yicha 1-o‘rinda turadigan universitetda o‘qib kelgan ustozning darslarini boshladik o‘tgan hafta. O‘rganganlarimizni shu yerda va kursimizda ulashib boramiz.

Albatta, keyingi qadam pedagogika bo‘yicha eng zo‘r universitetga borish va o‘qish bo‘ladi. Soha ustozlariga muhtojmiz.

Xulosa: zo‘r bo‘lishni xohlasangiz, ustoz toping. Yaxshiroq daromadga chiqishni xohlasangiz, hozirgi xarajatdan qochmang!

P.S postlar holis maslahat va fikr o’laroq yozilmoqda.

@MuallimMuhammad
👍56❤25💯11🔥9