Muallim Muhammad
13.4K subscribers
75 photos
42 videos
3 files
88 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Kech bo’lsa ham e’lon qilib qo’yay

Agar o’quvchilaringiz o’rganishda qiynalsa, siz o’rgatishga qiynalsangiz oson va samarali o’rgatish bo’yicha video tayyorlab qo’ydik siz uchun.

Ko’ring, samarali dars bering!

Link: https://youtu.be/crKPBgy_1v0?si=Md2Z511Avq-3Wrwb
❤51🔥27⚡10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’z kasbining fidoyilari, doimiy o’z ustida ishlovchi va bolalarni sevuvchi ustozlarga bayram muborak bo’lsin!

Bilaman, siz bunday holatdan bir necha marotabalab o’tgansiz. Axir, kasbingingizni sevasiz!

Uzr, hamma o’qituvchilarni tabriklamadim!
❤59🔥18🤔5⚡3👍1
Buning ustiga uzoq oʻyladim, tahlil qildim.

Bugun ta'lim sohasida bo'layotgan o'zgarishlarni ko'rib, bitta narsani aniq tushunib yetdim: zamon nafasiga moslab dars o'tish, o'quvchining e'tiborini jalb qilish va sinfdagi muammolarni to'g'ri hal etish — har bir oʻqituvchi uchun suv va havodek zarur bo'lgan ehtiyojga aylanib boryapti.

Farqi yo'q, xususiy maktabda ishlaysizmi yoki davlat ta'lim maktabida — har kuni sinfga kirganda shu muommolar bilan yuzma-yuz kelasiz.

Aynan shuning uchun bayram munosabati bilan barcha ustozlarimiz uchun birdek foydali boʻladigan maxsus sovgʻa tayyorladim.

Hadiyamizni bugun soat 20:00'da e’lon qilaman. O’tkazib yubormang!
❤52👍18🔥6⚡2
Barchangizni ham ilm jihatdan boyitadigan ham byudjetingizga moddiy tomondan yengillik beradigan yangilik bilan xursand qilishni xohladim.

Shu sababli, sizlarga “Zamonaviy Pedagog” dasturimiz uchun bayramona chegiramani e’lon qilaman!

Hali dasturimizga ommaviy qabul ochmadik. Siz bu imkoniyatni kanalimiz kuzatuvchisi sifatida birinchilardan bo‘lib qo‘lga kirityapsiz.

Chegirmadan tejalgan mablag‘ingizni bemalol o‘z ehtiyojlaringizga yoki oilangiz uchun ishlatishingiz mumkin.

Faqatgina chegirmamiz 24 soat ichida o‘z joyini band qilgan ustozlarimiz uchungina amal qiladi!

Saytimizda ko‘rsatilgan narxlardan tashqari, siz uchun amal qiluvchi maxsus chegirmalar:

• Basic tarifi uchun — 50 ming so‘m
• Standart tarifi uchun — 100 ming so‘m
• Premium tarifi uchun — 200 ming so‘m

Pastdagi sayt orqali barchasi bilan batafsil tanishishingiz mumkin: 👉 https://zamonaviy-pedagog.uz

Fursatni boy bermasdan menejerimizga yozib, joyingizni band qiling: 👉@ZP_jamoasi
❤26⚡5🔥3👍1
Muallim Muhammad
Barchangizni ham ilm jihatdan boyitadigan ham byudjetingizga moddiy tomondan yengillik beradigan yangilik bilan xursand qilishni xohladim. Shu sababli, sizlarga “Zamonaviy Pedagog” dasturimiz uchun bayramona chegiramani e’lon qilaman! Hali dasturimizga…
Ko‘pchilik so‘ragan ekan ustozlar quyidagilar kurs narxi emas, chegirma bonus narxlari. Ya'ni Zamonaviy Pedagog kursiga 24 soat ichida joy band qilsangiz shuncha pul yutib qolishingiz mumkin. 😉🎁

• Basic tarifi uchun — 50 ming so‘m
• Standart tarifi uchun — 100 ming so‘m
• Premium tarifi uchun — 200 ming so‘m

Pastdagi sayt orqali barchasi bilan batafsil tanishishingiz mumkin: 👉 https://zamonaviy-pedagog.uz
❤16⚡4🔥3
Biz imkoniyat berdik. Foydalanish sizga qoldi.

Kecha “Zamonaviy Pedagog” dasturimizga bayram munosabati bilan chegirma eʼlon qilgandik.

Shu yo’l bilan sizni xursand qilishni xohladik. Biroq maxsus chegirmamiz tugashiga kam vaqt qoldi!

Bugun 22:00'gacha ulgurgan ustozlarimizgagina chegirmamiz amal qiladi.

Kursimiz haqidagi barcha ma’lumotlar pastdagi saytda berilgan. Bemalol tanishib chiqishingiz mumkin:

https://zamonaviy-pedagog.uz

Dasturga birinchilardan bo’lib ro’yxatdan o’tish va chegirmalarga ega bo’lish uchun havolaga bosing: 👇

https://forms.gle/JfUFmdiaeieNumAw8

Ro’yxatdan o’tganlar bilan ertaga bog’lanamiz barcha ma’lumotlarni beramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍11⚡3🔥2
Kursimizga ro’yxatdan o’tgan ustozlar bugun telefoningizga hushyor bo’lib turasiz.

Mohir 4 ta “jangchi” operatorlar bilan ishga kirishyapti. Bugun hammangizga sim qoqib qolishsa kerak)
👍31😁19🔥11❤4⚡1
O'ziga bo'lgan ishonch

Ustozlarda kuzataman, sinfxonaga birinchi kirganda xijolat bilan, tortinib kirishadi. O'zimda ham bo'lib turadi.

O'ziga ishonchsizligi sezilib turadi.

Zulfiya opa podkastda shu masalaga zo'r gap aytib qoldilar.

Ustoz sinfxonaga viqor bilan, boshini ko'targan holatda, xuddi bolalarga avval o'tkazib qo'ygandek kirishi kerak!

Bizda bolalardan ko'proq bilim bor ekan, o'rgatish ilmini bilarkanmiz va darsga tayyorlangan bo'lsak, demak, allaqachon o'tkazib qo'yganmiz ham-da)

@MuallimMuhammad
❤93💯31⚡22😁7👍3
Ustoz bir urishib qo’ying!

Bir qancha vaqt oldin bir ustoz bilan o'tiribmiz, oldimizga boshqa ustoz bir bolani yetaklab kelyaptilar.

Yonimdagi ustozga: "Bu bola bilan gaplashib qo'ymasangiz bo'lmaydi. Men bunday o'quvchi bilan ishlolmayman, yo to'g'rilansin yoki maktabdan haydaylik", — deyaptilar. Bola 3-4-sinflar atrofi.

"Har qanday jazo berib ko'rdim, foydasi bo'lmadi. Agar gaplasholmasangiz, zavuchimizni chaqirib kelaman, ular qattiqroq urishadi, ulardan qo'rqadi bolalar", — dedilar.

Qattiq jahlim chiqdi. Ichimda savollar tug'ila boshladi: qachondan jazo bolani o'zgartirish quroli bo'lib qoldi? Jazo orqali o'zgartirish uchun pedagog bo'lishimiz shartmi? Biz nega o'rgatishni o'rganganmiz unda? Qo'limizda faqat urshish va qo’rqitish kelsa, ko'chadagi Eshmatdan farqimiz nima?

Qachondan bizning pedagogik mahoratimiz yo'qligi uchun boshqa (erkak) ustozlar bolalarga yomon ko'rinib, ularni urishib qo'yishi kerak bo'ldi?

Bolani eplolmayotgan bo'lsak, nega doim bola ketishi kerak? Balki, biz eplolmayotgan bo'lsak-chi? Agar hamma ustoz eplolmayotgan bo'lsa, ayb bolada — qo'shilaman. Lekin bir nechta ustoz o'qita olib, bizda muammo bo'lsa, ayb bizda bo'lsa kerak.

"Ayb faqat bolalarda, men yaxshi ustozman o'zi", deydigan ustozlar ta'limdan boshqa yo’nalishga o’tganlari ma'qul bo'lsa kerak.

@MuallimMuhammad
❤57👍21🔥10🤣7🤔2
Bolalar o‘qimaydi, tartibsiz, tarbiyasiz deyishdan oldin o‘zimizga savol beraylikchi: sohamizdagi eng zo‘r mutaxassis bizning darsimizni ko‘rganda 10 dan nechi baho qo‘ygan bo‘lardi?

Inson oldiga bemaza ovqat qo‘yib, uning yeyilmayotganidan, “rahmat” deyilmayotganidan nolish oshpazga qanchalik yarashadi?

@MuallimMuhammad
🔥39💯15❤12😭10
Men vatanimni fosh qilaman, kamchiliklarini aytaman chunki uni yaxshi ko’raman.

Eng muhimi uni aldab, kulib faqat maqtab turmasam bo’ldi degandi rus yozuvchisi.

Men ham ustozlarni yaxshi ko’raman, har birini, har biringizni qadrlayman, qiyin lekin sharafli kasbda ekanligingizni o’z tanamda his qilaman.

Kasbimni va hamkasblarimni yaxshi ko’rganligim, jonim kuygani uchun kamchiliklar haqida yozib turaman. Shu orqali o’sishingizni, rivojlanishingizni, obro’li va daromadli bo’lishinigizni chin ko’ngildan xohlayman.
🔥78❤33💯15
Mohir ham Youtubega ajoyib videolar tayyorlab bormoqda.

Kechagisi dars boshi va oxirida qo’llash mumkin bo’lgan 6 ta samarali metodika haqida bo’libdi.

Hoziroq ko’rib, ertangi darslaringizda qo’llab ko’ring.

Link: https://youtu.be/5r5Wtda1v9M?si=0J204JGJdaFmvpb9
❤28🔥17
Bolasini saviyali va qadriyatli maktabga bergan ota-onalar uchun ham bir xususiy o’quv kurslari ochish kerak.

Saviya teng ko’tarilmasa bolalar va ota-onalar o’rtasida muloqot qiyinlashadi.

Ota-ona o’zgarsa bolaning o’zgarishi ham osonlashadi.

@MuallimMuhammad
💯101❤20👍19🔥6🤔2
Ular tug’ulishi bilan qutiga solinadi; keyin qutida katta bo’lishlari uchun uyga olib ketishadi; tiqillaydigan qutichalar ularga ta’lim beradi;

o’z quti-kabinalarida o’tirish uchun “ish” degan joyga qatnaydilar; do’konga qutida borib, qutilardagi oziq-ovqatlarni sotib oladilar; trenajyor zaliga ham qutida yetib kelib, qutida mashq qiladilar;

ular doim nostandart fikrlash lozimligini, “qutidan tashqariga” chiqish kerakligini uqtiradilar; va nihoyat, vafot etganlarida qutiga solinadilar.

Nassim Taleb

@MuallimMuhammad
👍66❤22🔥10😭6🤔5💯4😁3⚡2
Ustozlar tarafidan eng ko’p so’ralgan va men eng ko’p kuzatgan qiyinchilik bu sinfxona boshqaruvi.

Tartib bo’lmagan joyda ilm o’rgatish haqida gaplashib bo’lmaydi, shovqinli sinfda ustoz tez charchaydi, bolani ilmdan ko’ngli soviydi.

Bu fundamental ko’nikma. Lekin ko’p ustozlar shu muammodan yillar davomida o’tolmaydi.

Shu vaqtgacha to’plagan tajribalarim asosida sinfxona boshqarish san’ati haqida youtubega video tayyorladik.

Ko’ring, o’rganing, sinfni samarali boshqaring. Va bundan keyin faqat ta’lim berish haqida gaplashing. Endi tartib sizga muammo bo’lmaydi

Link: https://youtu.be/OyveSktIt_s?si=WV35jEKaL-TGVXqL
❤30👍10🔥5💯2
Eslasangiz, yaqinda siz uchun maxsus masterklass o’tib bergandik.

Lekin joylar soni cheklanganligi sababli, juda ko'pchilik qolib ketishgandi.

Ulashayotgan bepul videodarsliklarimizga qo’shimcha bo’lishi uchun 9-10-oktabr kunlari yana bir interaktiv dars o’tib berishni rejalashtirdik!

Albatta bu gal ham Mohir bilan foydali darslar o’tib beramiz.

O’tgan safar qolib ketgan ustozlarimiz uchun zo'r imkoniyat. Avval qatnashganlar ham qatnashsangiz yomon bo’lmaydi, mavzu ichida yangiliklar bo’ladi.

Ertaga dars bo’ladigan kanalga qo’shilish linkini beramiz.
🔥32❤9⚡3💯2
O‘qituvchi sifatida qaysi xatoga yo‘l qo‘yishdan ko‘proq qo‘rqasiz?

• Bilmasdan qaysidir o‘quvchiga noto‘g‘ri yoki adolatsiz baho qo‘yib, uning ko‘nglini qoldirib fandan sovutishdanmi?

• Sinfdagi iqtidorlilarga ko‘p vaqt ajratib, darsni o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan "bo‘sh" o‘quvchilarni e’tibordan chetda qoldirishdanmi?

• Yoki sizda boshqa qo’rquvlar bormi?

Fikrlaringizni izohda kutaman?
⚡22❤10🔥7💯2
Insonning bahosi bu dunyoda o’zi olgani bilan emas, o’zidan qolgani bilan belgilanadi.

Jumlani o’qib negadir hayolimga ustozlar keldi.
❤54👍32
Yuqoridagi savolni bejiz bermadim. Kelgan javoblardan ba’zilarini suratda ko’rishingiz mumkin.

Darsni tashkil etish va o’quvchilar bilan ishlashda ustozlarimizdagi muammolar talaygina.

Mutaxassis sifatida bepul loyihalar va kurslarimiz orqali bularga qo’limizdan kelgunicha yechimlar berib kelyapmiz.

Erta va indin kunlari mana shunday efirlardan birini — “Darslarni qiziqarli qilish metodikasi” nomli masterklass oʻtib beramiz.

O’tgan safar qolib ketganlar ko’p edi. Bu gal imkoniyatni qo’ldan chiqarmang: 👇

Masterklass kanalga ulanish
Masterklass kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥10⚡5
Bugun darslarimiz boshlanadi.

Nasib qilsa, Mohir "O'quvchilarni qiziqtirish va diqqatini jalb qilishning 10 texnikasi" mavzusida dars oʻtib beradi.

Foydali bo'ladi, albatta kiring.

Sizga ajoyib hadyalar ham tayyorlab qo'yganmiz.

Haliyam masterklass kanalda yo'q bo'lsangiz, tezda obuna bo'ling. 20:00'da ko'rishamiz:

https://t.me/+a8MRfdButFM3ZjQy
https://t.me/+a8MRfdButFM3ZjQy
❤17🔥5⚡1
Xususiy maktablarning xodimlariga mashinalar, sayohatlar, katta sovg’alar berayotgani, buni moliyasi ko’tarayotgani juda xursand qiladi.

Lekin, ko’pchilik katta sovg’alarni boshqaruv jamoasiga beryapti. Ustozlar chetda, negadir.

O’ta shaxsiy fikrimcha kompaniyalar boshqaruv jamoasiga alohida, ustozlar uchun alohida qilib taqdirlash o’tkazgani ma’qul.

Rahbarlarga nima berilsa ustozlarga ham berilgani yaxshi. Yoki teskarisi.

Bo’lmasa xuddi zakotni ukasiga berib qo’ygandek ko’rinadi tashqaridan.
❤60💯33👍21🤔7⚡1🔥1