Yaxshi ustozlar boshlang'ich sinflarni tinchlantira olgan, katta sinflarni esa faollashtira olgan ustozdir.
@MuallimMuhammad
@MuallimMuhammad
👍69🔥32❤13💯8🤔2⚡1
Ikki savolga javob berib ketingchi.
1. Qanday sinflar sizni tezroq charchatadi? Faol lekin shovqini bor, yoki umuman nofaol, shovqini ham yo'q?
2. Siz uchun qaysi bola muammo/yomon? O'rganadi, qatnashadi lekin sho'xlik qilaveradi, ikkinchisi o'rganmaydi, lekin orqada jim o'tirib hech kimga xalaqit bermaydi?

👍25❤11🔥11⚡4
Seni yaxshi ko’raman
Universitetda 3-kursda shu vaqtdagi eng tankasi kuchli ustozlardan birini do’stimiz Azizbek bilan fosh qilganmiz. Pul talab qilgani uchun rahbariyatga olib kirib bizga dars o’tmaydigan qilgandik.
Meritga birinchi yil kirganimda qora ro’yxatga tushgan 3 ustozdan biri bo’lganman yil tugamasdanoq.
Undan keyingi maktabimda ham rahbariyat bilan a’lo bo’lmagan munosabatlarimiz. Men ularning qarorlariga ilmiy isbot va mantiq so’rardim doim. Ularda esa bu har doim ham topilavermasdi.
Har bir rahbarlar bilan o’tgan shunda voqealardan so’ng yangi maktabga ketardim. Haydalmaganman, o’zim tashlab ketardim. Chunki ishimni qo’lgan kelgancha sifatli qilardim.
Rahbarlarimni ko’p tanqid qilardim, talashardim.
O’zingni o’ylaganmisan desa? Yo’q. 80% vaziyatda bolalar ta’limi bo’yicha talashardim. Men kelajak ko’rmasdim bu modellarda.
O’zim ishlagan maktablardagi hamma jabhaga e’tibor berardim, kamchiliklarini rahbariyatga yetkazardim, o’z e’tirozlarimni ochiq aytardim. Chunki men o’z ishxonalarimni yaxshi ko’rardim. Ularning yaxshilanishi xohlardim.
Hozir ham shunaqa ishlayman, yashayman. Bir narsani noto’g’riligini ko’rsam ochiq aytaman, avval o’ziga ishlamasa eng yuqoriga yetkazaman.
Bundan zarar ham ko’rganmanmi? Bo’lib turadi.
Lekin to’g’ri qarorlardan keyin ham qiynalishimiz, jabr ko’rishimiz mumkin.
Haqiqat kimningdir “haqiqatlariga” zid, uning kirdikorlarini ochish. Oqibatiga turib berolmasak, qo’rqoq bo’lib yashashga mahkummiz.
Mard bir marta, qo’rqoq ming marta ishdan bo’shaydi)
@MuallimMuhammad
Men vatanimni shunchalik yaxshi ko’ramanki, uning kamchiliklarini fosh qilaman.
Pyotr Yakovlevich Chaadayev

❤90👍37🔥21💯14⚡7
Ba'zi maktablarga hayron qolaman: zo'r ustozlarni olib kelishadi, ular bolalarga erkin fikrlashni, mustaqil bo'lishni, o'z huquqi uchun kurashni o'rgatadi.
Bolalar o'rganganlarini amaliyotda qo'llayman deb maktab tizimidagi xatolarni direktor va zavuchlarga olib chiqsa, ular bolalarni eshitib o'tirmasdan chiqarib yuboradi.
Bu bolalarni ham, tanqidiy fikrlaydigan malakali ustozlarni ham qiynaydi.
Yaxshi ustozlar jamoasi va saralangan bolalarni yig'ish yaxshi, lekin ularga o'z salohiyatiga mos rahbarlar ham yetkazib berish muhim.
Bo'lmasa, ta'lim sifati zo'r ustozlaringiz emas, o'rtacha direktoringiz darajasida bo'lib qolaveradi.
Ta'lim bozori zo'r ustozlardan ko'ra salohiyatli direktor va zavuchlarga ko'proq muhtojdek.

❤86💯53⚡17👍8🔥3
O'quvchi diqqatni qanday ushlab turamiz?
Ustozlar savol berishda xato qilishadi. Masalan: "Anvar, nega bizni Rossiya bosib olgan?"
Savoldan oldin ism aytilyapti. Bu sinfdagi Anvardan boshqa hammani xotirjam qiladi. Diqqati tarqaydi, savolni eshitib ham o'tirishmaydi. Axir, savol Anvarga-ku!
Savol berilishi bilan qo'l ko'taradiganlardan so'raymiz ba'zan. Bu yerda yo faqat biladiganlardan so'rab qo'yamiz. Ular shundoq ham bilishardi. Yoki sekinroq o'ylaydiganlarga fikrlashga vaqt bermagan bo'lamiz.
To'g'ri savol qanday beriladi?
Avval savolni o'qiymiz, ism aytishdan oldin 3-5 soniya kutamiz (sekin fikrlaydiganlar ham topib olsin), sinfga diqqat bilan nazar tashlab, keyin ismni aytamiz.
Hammaning diqqati savolda, chunki savoldan keyin istalgan o'quvchining ismi chiqib kelishi mumkin.
Siz darsingizda yana qanday usullardan foydalanasiz? Izohlarda bo'lishib keting.

❤78🔥34⚡19👍9💯1
Yuqorida diqqat bo'yicha bir texnikani bo'lishgandim.
Shu mavzuda do‘stim Mohir ham yangi video-podcast tayyorlabdi.
Unda darsda o‘quvchilar diqqatini boshqarish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy usullar, jumladan, darsni qanday tashkil qilish, o‘quvchini faol jalb qilish va sinfda diqqat chalg‘iganda nima qilish kerakligi haqida oʻz tajribalarini boʻlishgan.
Agar sizda ham «Darsda bolalar diqqatini qanday ushlab turaman?» degan savol bo‘lsa, bu podcastni koʻrishingizni tavsiya qilaman:
https://youtu.be/ld13nnaLrAY?si=tXnSUWU6xcqLOfdD

❤21🔥14⚡4👍3
Omad kelishiga tayyormisiz?
Iqtisodchi Bekzod aka Hoshimov aytyapti, odamlardagi moliyaviy erkinlikning yo'qligi qaror qabul qilish tizimimizga chuqur ta'sir ko'rsatadi. Moliyaviy erkinligi yo'q odam xuddi bir kun uxlamagan odamdek qaror qabul qiladi: hissiyotda, uzoqni ko'ra olmasdan, tez yechim xohlab.
Bu IQ darajamizni ham o'rtacha 14 ballga tushiradi.
Ko'plab ustozlarda ko'raman, o'zlariga yoqmaydigan muhitda va shartlarda maktablarda ishlab yurishadi. Moliyaviy erkinlik yo'qligi qo'rqitadi, yangi ishlarni va imkoniyatlarni bemalol qidira olmaydi.
Baxtsiz his qiladi o'zini.
"Zamonaviy pedagog" kursimizga qiziqayotganlarga telefon qilsam, aksariyat holda birinchi narxini so'rashadi. "Kurs nima o'qitadi?", "Qanchalik menga foydasi tegadi?", "Kursdan keyin nima qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'laman?", "Hayotimda nimani, qanday o'zgartiradi?" degan savollar deyarli berilmaydi.
Buni nafaqat kurs so'rovchilarda, atrofimdagi ustozlarda ham kuzataman. O'rganishga kamyob imkoniyatlar chiqib qolsa, narxga ko'proq e'tibor berishadi.
2-3 mlnga kurs oldingiz, kurs tugagandan keyingi ilm orqali xususiy yoki ixtisoslashtirilgan maktabdan 10-15 mlnlik ish topdingiz yoki o'z faningizdan kurs ochib onlayn va oflayn bolalarni o'qita boshladingiz. Mayli, boshiga 6-7 mln toping.
Kurs o'zini oqlamagan bo'ladimi?
2-3 mln investitsiya, 2-3 oy mehnat va qilingan xarajatdan 3-5 barobar daromad.
Shaxsan o'zimda hozir kamida 1000$ lik 4 ta vakansiya ochiq.
Qaniydi kursimizni to'liq o'qib, o'zlashtirganlar bo'lsa ham, harakatchan bo'lsa, olardik. Hozirgi ustozlarda aynan shu ko’nikmalar yetishmayapti.
Lekin aynan moliyaviy erkinligimiz yo'qligi sababli qarorda adashamiz. Shu 2-3 mln o'zimizda tursa, ko'proq foyda qolgandek tuyulaveradi. Kelajakni ko'ra olmaymiz.
O'zim yaqinda oyiga 10 mlnlik kursni o'qishni boshlayapman. Uzoq kelajakka hozirdan tayyorlanmasak bo'lmaydi, axir.
Omad hammaga keladi, faqat tayyor insonlar uni ushlab qola oladi. Tayyorlaning.
Bizning kursimizni oling demayman, lekin faqat metodika emas, bizning kursdek to'liq ta'lim mohiyatini o'rgatadigan kurs va darslardan pul ayamang.
2-3 yilda rahmat aytasiz, aytmasangiz ham mayli, yaxshi ustoz bo'lsangiz bo'ldi)

❤46🔥22💯14
Xabaringiz bor, bir nechta yaxshi maktablarda faoliyat olib borganman.
Odatda xususiy maktablarga oʻqituvchilar qattiq saralov va suhbatlar asosida tanlab olinadi. Lekin shunga qaramay, amalda baribir oʻqituvchilar va dars jarayoni bilan bogʻliq turli muammolar, kamchiliklar kuzatilinib turadi.
O’ylab qolaman, shuncha saralangan va barcha sharoitlari bor xususiy maktablarda ham shunday ogʻriqli masalalar boʻlib tursa, yaxshi akademik va moddiy qo’llab-quvvatlov bo’lmagan maktablarga qanchalik qiyin ekan?
Baʼzida buni koʻrib, oʻzimga-oʻzim: "Qani endi qoʻlimdan kelsa, barcha ustozlarimizga yordam berib, ularning darslarini yanada oson va qiziqarli qilishga koʻmaklasholsam" deyman.

❤68🔥33⚡17
Kech bo’lsa ham e’lon qilib qo’yay
Agar o’quvchilaringiz o’rganishda qiynalsa, siz o’rgatishga qiynalsangiz oson va samarali o’rgatish bo’yicha video tayyorlab qo’ydik siz uchun.
Ko’ring, samarali dars bering!
Link: https://youtu.be/crKPBgy_1v0?si=Md2Z511Avq-3Wrwb

❤51🔥27⚡10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’z kasbining fidoyilari, doimiy o’z ustida ishlovchi va bolalarni sevuvchi ustozlarga bayram muborak bo’lsin!
Bilaman, siz bunday holatdan bir necha marotabalab o’tgansiz. Axir, kasbingingizni sevasiz!
Uzr, hamma o’qituvchilarni tabriklamadim!
Bilaman, siz bunday holatdan bir necha marotabalab o’tgansiz. Axir, kasbingingizni sevasiz!
❤59🔥18🤔5⚡3👍1
Buning ustiga uzoq oʻyladim, tahlil qildim.
Bugun ta'lim sohasida bo'layotgan o'zgarishlarni ko'rib, bitta narsani aniq tushunib yetdim: zamon nafasiga moslab dars o'tish, o'quvchining e'tiborini jalb qilish va sinfdagi muammolarni to'g'ri hal etish — har bir oʻqituvchi uchun suv va havodek zarur bo'lgan ehtiyojga aylanib boryapti.
Farqi yo'q, xususiy maktabda ishlaysizmi yoki davlat ta'lim maktabida — har kuni sinfga kirganda shu muommolar bilan yuzma-yuz kelasiz.
Aynan shuning uchun bayram munosabati bilan barcha ustozlarimiz uchun birdek foydali boʻladigan maxsus sovgʻa tayyorladim.
Hadiyamizni bugun soat 20:00'da e’lon qilaman. O’tkazib yubormang!

❤52👍18🔥6⚡2
Barchangizni ham ilm jihatdan boyitadigan ham byudjetingizga moddiy tomondan yengillik beradigan yangilik bilan xursand qilishni xohladim.
Shu sababli, sizlarga “Zamonaviy Pedagog” dasturimiz uchun bayramona chegiramani e’lon qilaman!
Hali dasturimizga ommaviy qabul ochmadik. Siz bu imkoniyatni kanalimiz kuzatuvchisi sifatida birinchilardan bo‘lib qo‘lga kirityapsiz.
Chegirmadan tejalgan mablag‘ingizni bemalol o‘z ehtiyojlaringizga yoki oilangiz uchun ishlatishingiz mumkin.
Faqatgina chegirmamiz 24 soat ichida o‘z joyini band qilgan ustozlarimiz uchungina amal qiladi!
Saytimizda ko‘rsatilgan narxlardan tashqari, siz uchun amal qiluvchi maxsus chegirmalar:
• Basic tarifi uchun — 50 ming so‘m
• Standart tarifi uchun — 100 ming so‘m
• Premium tarifi uchun — 200 ming so‘m
Pastdagi sayt orqali barchasi bilan batafsil tanishishingiz mumkin: 👉 https://zamonaviy-pedagog.uz
Fursatni boy bermasdan menejerimizga yozib, joyingizni band qiling: 👉@ZP_jamoasi

Zamonaviy Pedagog
Zamonaviy Pedagog 14-guruh
Atigi 2 oyda zamonaviy, ishonchli va samarali ustozga aylaning.
❤26⚡5🔥3👍1
Muallim Muhammad
Barchangizni ham ilm jihatdan boyitadigan ham byudjetingizga moddiy tomondan yengillik beradigan yangilik bilan xursand qilishni xohladim. Shu sababli, sizlarga “Zamonaviy Pedagog” dasturimiz uchun bayramona chegiramani e’lon qilaman! Hali dasturimizga…
Ko‘pchilik so‘ragan ekan ustozlar quyidagilar kurs narxi emas, chegirma bonus narxlari. Ya'ni Zamonaviy Pedagog kursiga 24 soat ichida joy band qilsangiz shuncha pul yutib qolishingiz mumkin. 😉🎁
• Basic tarifi uchun — 50 ming so‘m
• Standart tarifi uchun — 100 ming so‘m
• Premium tarifi uchun — 200 ming so‘m
Pastdagi sayt orqali barchasi bilan batafsil tanishishingiz mumkin: 👉 https://zamonaviy-pedagog.uz
• Basic tarifi uchun — 50 ming so‘m
• Standart tarifi uchun — 100 ming so‘m
• Premium tarifi uchun — 200 ming so‘m
Pastdagi sayt orqali barchasi bilan batafsil tanishishingiz mumkin: 👉 https://zamonaviy-pedagog.uz
Zamonaviy Pedagog
Zamonaviy Pedagog 14-guruh
Atigi 2 oyda zamonaviy, ishonchli va samarali ustozga aylaning.
❤16⚡4🔥3
Biz imkoniyat berdik. Foydalanish sizga qoldi.
Kecha “Zamonaviy Pedagog” dasturimizga bayram munosabati bilan chegirma eʼlon qilgandik.
Shu yo’l bilan sizni xursand qilishni xohladik. Biroq maxsus chegirmamiz tugashiga kam vaqt qoldi!
Bugun 22:00'gacha ulgurgan ustozlarimizgagina chegirmamiz amal qiladi.
Kursimiz haqidagi barcha ma’lumotlar pastdagi saytda berilgan. Bemalol tanishib chiqishingiz mumkin:
https://zamonaviy-pedagog.uz
Dasturga birinchilardan bo’lib ro’yxatdan o’tish va chegirmalarga ega bo’lish uchun havolaga bosing:👇
https://forms.gle/JfUFmdiaeieNumAw8
Ro’yxatdan o’tganlar bilan ertaga bog’lanamiz barcha ma’lumotlarni beramiz.
Kecha “Zamonaviy Pedagog” dasturimizga bayram munosabati bilan chegirma eʼlon qilgandik.
Shu yo’l bilan sizni xursand qilishni xohladik. Biroq maxsus chegirmamiz tugashiga kam vaqt qoldi!
Bugun 22:00'gacha ulgurgan ustozlarimizgagina chegirmamiz amal qiladi.
Kursimiz haqidagi barcha ma’lumotlar pastdagi saytda berilgan. Bemalol tanishib chiqishingiz mumkin:
https://zamonaviy-pedagog.uz
Dasturga birinchilardan bo’lib ro’yxatdan o’tish va chegirmalarga ega bo’lish uchun havolaga bosing:
https://forms.gle/JfUFmdiaeieNumAw8
Ro’yxatdan o’tganlar bilan ertaga bog’lanamiz barcha ma’lumotlarni beramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍11⚡3🔥2
Kursimizga ro’yxatdan o’tgan ustozlar bugun telefoningizga hushyor bo’lib turasiz.
Mohir 4 ta “jangchi” operatorlar bilan ishga kirishyapti. Bugun hammangizga sim qoqib qolishsa kerak)

👍31😁19🔥11❤4⚡1
O'ziga bo'lgan ishonch
Ustozlarda kuzataman, sinfxonaga birinchi kirganda xijolat bilan, tortinib kirishadi. O'zimda ham bo'lib turadi.
O'ziga ishonchsizligi sezilib turadi.
Zulfiya opa podkastda shu masalaga zo'r gap aytib qoldilar.
Ustoz sinfxonaga viqor bilan, boshini ko'targan holatda, xuddi bolalarga avval o'tkazib qo'ygandek kirishi kerak!
Bizda bolalardan ko'proq bilim bor ekan, o'rgatish ilmini bilarkanmiz va darsga tayyorlangan bo'lsak, demak, allaqachon o'tkazib qo'yganmiz ham-da)

❤93💯31⚡22😁7👍3
Ustoz bir urishib qo’ying!
Bir qancha vaqt oldin bir ustoz bilan o'tiribmiz, oldimizga boshqa ustoz bir bolani yetaklab kelyaptilar.
Yonimdagi ustozga: "Bu bola bilan gaplashib qo'ymasangiz bo'lmaydi. Men bunday o'quvchi bilan ishlolmayman, yo to'g'rilansin yoki maktabdan haydaylik", — deyaptilar. Bola 3-4-sinflar atrofi.
"Har qanday jazo berib ko'rdim, foydasi bo'lmadi. Agar gaplasholmasangiz, zavuchimizni chaqirib kelaman, ular qattiqroq urishadi, ulardan qo'rqadi bolalar", — dedilar.
Qattiq jahlim chiqdi. Ichimda savollar tug'ila boshladi: qachondan jazo bolani o'zgartirish quroli bo'lib qoldi? Jazo orqali o'zgartirish uchun pedagog bo'lishimiz shartmi? Biz nega o'rgatishni o'rganganmiz unda? Qo'limizda faqat urshish va qo’rqitish kelsa, ko'chadagi Eshmatdan farqimiz nima?
Qachondan bizning pedagogik mahoratimiz yo'qligi uchun boshqa (erkak) ustozlar bolalarga yomon ko'rinib, ularni urishib qo'yishi kerak bo'ldi?
Bolani eplolmayotgan bo'lsak, nega doim bola ketishi kerak? Balki, biz eplolmayotgan bo'lsak-chi? Agar hamma ustoz eplolmayotgan bo'lsa, ayb bolada — qo'shilaman. Lekin bir nechta ustoz o'qita olib, bizda muammo bo'lsa, ayb bizda bo'lsa kerak.
"Ayb faqat bolalarda, men yaxshi ustozman o'zi", deydigan ustozlar ta'limdan boshqa yo’nalishga o’tganlari ma'qul bo'lsa kerak.

❤57👍21🔥10🤣7🤔2
Bolalar o‘qimaydi, tartibsiz, tarbiyasiz deyishdan oldin o‘zimizga savol beraylikchi: sohamizdagi eng zo‘r mutaxassis bizning darsimizni ko‘rganda 10 dan nechi baho qo‘ygan bo‘lardi?
Inson oldiga bemaza ovqat qo‘yib, uning yeyilmayotganidan, “rahmat” deyilmayotganidan nolish oshpazga qanchalik yarashadi?
@MuallimMuhammad
Inson oldiga bemaza ovqat qo‘yib, uning yeyilmayotganidan, “rahmat” deyilmayotganidan nolish oshpazga qanchalik yarashadi?
@MuallimMuhammad
🔥39💯15❤12😭10
Men vatanimni fosh qilaman, kamchiliklarini aytaman chunki uni yaxshi ko’raman.
Eng muhimi uni aldab, kulib faqat maqtab turmasam bo’ldi degandi rus yozuvchisi.
Men ham ustozlarni yaxshi ko’raman, har birini, har biringizni qadrlayman, qiyin lekin sharafli kasbda ekanligingizni o’z tanamda his qilaman.
Kasbimni va hamkasblarimni yaxshi ko’rganligim, jonim kuygani uchun kamchiliklar haqida yozib turaman. Shu orqali o’sishingizni, rivojlanishingizni, obro’li va daromadli bo’lishinigizni chin ko’ngildan xohlayman.

🔥78❤33💯15
Mohir ham Youtubega ajoyib videolar tayyorlab bormoqda.
Kechagisi dars boshi va oxirida qo’llash mumkin bo’lgan 6 ta samarali metodika haqida bo’libdi.
Hoziroq ko’rib, ertangi darslaringizda qo’llab ko’ring.
Link: https://youtu.be/5r5Wtda1v9M?si=0J204JGJdaFmvpb9

❤28🔥17