Siz haqsiz!
1965-yilda amerikalik psixolog Robert Rozental va maktab direktori Lenor Yakobson olamshumul tadqiqot o‘tkazadi.
Kaliforniyadagi maktablardan birida bolalarga IQ testi berishadi. Test natijasiga umuman qaramagan holda 20% o‘quvchilarni ajratib olishadi va ustozlarga “katta salohiyatga ega” o‘quvchilar sifatida topshiriladi. (Bu haqida o‘quvchilarga hech narsa deyilmagan.)
O‘quv yili oxirida bolalardan yana test olinadi. Saralab olingan guruh boshqalardan 45% baland natija ko‘rsatishdi.
Sabablar?
Ustozlar “iqtidorli” deb hisoblangan bolalardan beixtiyor yuqori natija kuta boshlashdi. Suhbatlar ko‘paydi, xatolar ko‘proq kechirildi, darslarga yaxshiroq tayyorlanib kelindi, o‘quvchilarga ijobiy fikrlar ko‘proq bildirildi.
O‘z-o‘zini amalga oshiruvchi bashorat!
Siz bolaga ko‘proq mehr berasiz va ishonasiz, oqibatda bola sizni yaxshi ko‘radi va faningizni yaxshiroq o‘qiydi. Natijada siz bolaga yanayam ko‘proq e’tibor va mehr berasiz. Zanjir effekti bo‘lib bog‘lanib ketadi. Bola natijaga erishadi.
Bu nafaqat ustoz va shogird munosabatida, ota-ona va farzand, rahbar va xodim munosabatlarida ham ishlaydi.
Biz ularga qanchalik ishonarkanmiz va buni amallarimiz, so‘zlarimiz bilan ko‘rsatib bera olarkanmiz, ularni o‘zgartira olamiz. Va teskarisi.
Sharti — o‘quvchiga, farzandingizga va xodimga ishonch chin ko‘ngildan bo‘lsin. Bunga amaliy sabablar toping va o‘ziga shuni ko‘rsatib, ishonchingizni mustahkamlang!
Sizning faoliyatingizda siz yaxshi ko‘rganingiz va mehr berganingiz uchun o‘zgargan, faqat sizning darsingizni o‘qiydigan o‘quvchilaringiz bo‘lganmi?
@MuallimMuhammad

Genri Ford aytganidek, sen qila olaman deb o‘ylasang ham, qila olmayman deb o‘ylasang ham — haqsan!
Sizning faoliyatingizda siz yaxshi ko‘rganingiz va mehr berganingiz uchun o‘zgargan, faqat sizning darsingizni o‘qiydigan o‘quvchilaringiz bo‘lganmi?
@MuallimMuhammad
👍59❤30⚡7🔥5💯2
Mening bir yaxshi odatim bor: hayotimda bo’layotgan barcha noxush voqealarga o’zimni aybdor sifatida ko’raman.
Bu menga katta o’sish imkonini beradi. Xato qilingan nuqtalarni doimiy tahlil qilishga harakat qilaman. O’z kamchiliklarimni qidiraman.
Shu bilan bir vaqtda bu doimiy aybdorlik hissi meni yeb bitiradi. Surunkali azob beradi.
Afsus, shunday dunyoda yashaymiz. Foydasini xohlagan jihatlarimizning zarariga ham duchor bo’lishga mahkummiz.
Tanlov o’zimizda. Siz-chi voqealarga qanday munosabat bildirasiz?

❤79💯30🔥11🤔5⚡2😁1
Agar bulbulni yaxshi ko’rsang ularni olib kelishni ikki yo’li bor.
Birinchisi, majburlab tutib kelasan, qafasda saqlaysan. Lekin ular baxtli bo’lmagani uchun sen ham mazza qilmaysan.
Ikkinchisi, go’zal bog’ yaratasan, turli gullar va daraxtlar ekasan. Bulbullar kelib yashashadi va go’zal navolar saylashadi. Bundan sen ham zavqlanasan.
Sen ikkinchisini qil deyishgandi.
Merit school va Rahimov schoolda ustozimiz Aziz aka Rahimov shunday bog’ yaratishgandi. Ha, kamchiliklar bor. Lekin u siz bo’larmidi bu hayot.
Shu muhitga yaxshi ustozlar yig’ilgan 6 yildirki tanish, aka-uka bo’lib ketdik. Yig’ilib turamiz.
Bugun ham shunday manan dam oladigan, samimiy suhbat bo’ldi. G’uborlarni chiqardik.
Sizlar ham avvalgi hamkasblaringiz bilan ko’rishib turasizmi? Yaxshi muhit topganmisiz?

🔥76❤32👍14😭9
Shu vaqtgacha pedagog_padcastga 15 atrofida podcastlar olganmiz. Hamma podcastlarimizda mazza qilganmiz.
Lekin kecha Zulfiya opa bilan bo’lgan podcast boshqacha bo’ldi. Tuzib olingan savollarga qarashga vaqt ham bo’lmay qoldi. Suhbatning o’zi tabiiy chuqurlashib ketaverdi.
2 soatdan ko’proq suhbatlashdik, faqat vaqtimiz tugab qolgani suhbatni tugatishga majbur etdi.
Podcast tugashi bilan ichimda bu eng yaxshisi bo’ldimikan deb o’ylab tursam Mohir ham eng yaxshisi shu bo’ldiya deb qoldi. Buni o’lchash qiyin.
Biz suhbatdan mazza qildik, uyog’iga o’zingiz ko’rib baho berasiz.
Tez orada chiqaramiz nasib.

❤62👍17⚡7🔥7
Rozi bo’ldim
Mashinani uzoq va probkali yo’lda haydashni boshlaganimda rosa asabiylashdim.
TTZdan Segiliga haydab kelib, qaytaman.
Baqirdim, signal chaldim, o’zimcha jahl qildim.
Qarasam, kunim ertalabdan rasvo bo’lyapti, ishdan qaytishda stress ortib ketyapti.
Bittasiga gapirsang, yana 3 tasi tiqilib keladi.
Bir necha kunim rasvo bo’lgach o’zimga savol berdim. Bularni o’zgartira olamanmi? Yuzlab ahmoqlarga jahl qilishga, gaplashishga energiyam va vaqtim bormi?
Javob: yo’q.
Voqeani o’zgartira olmayman, unga munosabatimni esa boshqara olaman.
Axir, bu kanalda faqat ta’sir o’tkaza oladigan narsalarimiz haqida gaplashamiz deb kelishgandik-ku.
Tiqiladiganlar, qisib ketadiganlar, sabrsizlar, qo’pollar borligini qabul qildim. Harakatlariga rozi bo’ldim. Zero, o’zim bekamu ko’st emasman.
Endi xotirjamroq bo’ldim. Kunim yaxshiroq boshlanyapti.
Hayotimizda biz o’zgartira olmaydigan ko’plab jihatlar, insonlar bo’ladi.
Sababini qo’limizdan kelgancha qilib qolganini qabul qilishimiz, rozi bo’lishimiz xotirjam hayotga olib boradigan yo’llardan biri.

🔥57❤31💯21👍7🤔1
Sartaroshga bordim, yosh bolaning sochini olyapti. Bolalar uchun alohida yumshoq o‘rindiqcha, bolaning to‘g‘risiga planshetda multfilm qo‘yib qo‘ygan (men bunga qarshiman).
Boladan fikrini so‘rab, chiroyli qilib olyapti sochini.
Yonidagi mijoz: «Qoyil, aka, bolajonlarga shuncha qulaylik. Biz yoshligimizda bularning hech biri bo‘lmasdi», — dedi. «Qattiq o‘rindiq, jahldor sartarosh amaki va bir xil turmak edi», — deyapti.
Sartarosh aka esa: «Yo‘g‘-e, aka, hammaga ham bunday qilmayman. Tanishimning ukasi-da (manfaat bor)», — deyapti.
«Qolgan bolalarga bunaqa bo‘lmaydi, o‘zi 60 ming bersa, nima kerak bularga?» — deyapti.
Ichimda o‘ylayapman: yaqin orada aka bu kasbi orqasidan yuqori daromadga chiqa olmaydi.
Chunki kichik ishlarga jiddiy qaramaydi. Vaholanki, kichik ishlardagi professionallik bizga katta ishlar mas’uliyatini olib keladi.
Yaxshi xizmat ko‘rsatilinmagan yosh bolaning ehtimoliy dadasi, akasi, ukasi, amaki va tog‘alari bo‘lishi mumkin.
Katta ehtimol bilan, bir kichik ish ortidan yaxshi pul topadigan o‘nlab mijozlarni yo‘qotyapti. Afsus, buni o‘zi ham bilmaydi. Bilolmaydi.
Sizga ham shu maslahat: ishlarni amallovchi emas, yuqori darajada qiluvchi bo‘ling.
Kichik ishlar yig‘indisini kam baholamang.

💯118❤56🔥36👍14⚡1
Yonimdan boshlang'ich sinf ustozi va kichik bolakay o'tib ketyapti, ustoz men bilan salomlashib o'tdilar.
Bola qiziqib so'rayapti:
— Bu kim, ustoz?
Ustozi:
— Bu inson ustozlar ustozi bo'ladi maktabimizda, — deyaptilar.
«Men ham kuchayib ketibman», deb kulib qo'ydim ichimda)

😁244🔥38❤26💯8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ustoz Ikrom Sharif aytgan fikrlarning boshidagi "erkak" so‘zining o‘rniga "ustoz" deb almashtirib qo‘ysak ham, ma’no o‘zgarmaydi.
Oxirgi vaqtlarda yuzga yaqin ustozlar darslarini kuzatdim.
Ko‘plab ustozlarning muammosi nutq bilan bog‘liq.
Sinfxonani boshqarolmayotgan, bolalarni tinchlantirolmayotgan, ular bilan munosabat qurolmayotgan, o‘z g‘oyalarini ularga o‘tkazolmayotgan ustozlarda so‘z boyligida katta taqchillik bor.
So‘z zaxirasi kamligidan yo yaxshi fikrlamaydi, yoki o‘z fikrini bolaga to‘g‘ri yetkazib bera olmaydi. Bolaga mos, chiroyli misollar bera olmaydi.
Axir, fikrlash ham so‘zlar bilan, so‘zlar kamligi fikrlash kengligini ham cheklaydi.
Sabab? Mutolaa kamligida.
Ustozlar o‘z fani haqidagi maktab bilimlaridan tashqari ilmi kamligida. Faqat attestatsiya, maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan fan sertifikatlariga o‘ralashib qolgandek.
Badiiy, diniy, inson fiziologiyasi va psixologiyasi, pedagogikaga oid kitoblar o‘qimaydi.
Umumiy so‘z boyligi ko‘chadagi insondan katta farq qilmaydi.
Bola bilan muammoga uchrasa, yo uradi, yo baqiradi. Chunki tinchlik bilan, so‘z bilan yechim qilolmaydi.
Tadqiqotlarni o‘rganib chiqdim: o‘rtacha odam 15 ming, yaxshi ustoz 25 ming, qiyin mavzularni ham soddalashtira oladigan, bolalarni his qilib, ularga ta’sir o‘tkaza oladigan ustozda 50 ming so‘z boyligi talab etilar ekan.
Eng so‘nggi bosqichga chiqish uchun ustoz har oy 1,5–2 ta kitob o‘qishi shart, – deyilyapti.
Xulosa:
Bolalar yomon emas, biz ularga tushuntira olmaymiz.
Biz yomon ustoz emasmiz, shunchaki, kam o‘qiydigan ustozmiz. Balki, umuman kitob o‘qimaydigan.
"Siz aytgan usullar menda ishlamayapti, bolalar eshitmayapti", – deyishadi. So‘z boyligi kamligi uchun bolaga to‘g‘ri yetkazib bera olishmayotganini sezishmaydi.
Keyingi postlarda qanday qilib 50 ming + so’z zaxirasiga ega ustozga aylanish haqida gaplashamiz.
Siz oxirgi 3 oyda nechta kitob o‘qidingiz?

👍84❤32⚡10🤔3💯1
Ustozlar qiynaladigan jihatlar ko’p shulardan eng og’riqlilaridan biri — moliyaviy erkinlik.
Ustozlarning shu og’rig’iga yechim berish maqsadida Youtubega 15 daqiqalik video joyladik.
Qanday qilib yuqori daromadli ustoz bo’lish sizga qiziq bo’lsa marhamat o’tib ko’rishingiz mumkin.
Fikrlaringizni video izoh qismida qoldiring, yoqtirmani bosib qo’ying va foydali bo’lgan bo’lsa boshqa ustozlarga ulashing.
Link: https://youtu.be/WGZ--qaDPHA?si=hGyciuRr3rZMzPYY

❤34⚡12👍11🔥6
Xabaringiz bor, men akademik boʻlim rahbari sifatida faoliyat olib boraman. Asosiy vazifalarimdan biri oʻqituvchilarni kuzatish va dars sifatini nazorat qilish.
Bugun ham har doimgidek vazifamni bajarish jarayonida, baʼzi darslarimizdagi muammolarni sezib qoldim.
Darsdan so’ng har bir ustozni holi chaqirib birma-bir suhbat qildik. Qiziqarli va samarali dars o’tish texnikalari bilan bo’lishdim. O’z holatlaridan kelib chiqib maslahat berdim.
Xo‘sh, yangi oʻquv yilida darslaringizni yana-da qiziqarli qilishga yordam beradigan ana oʻsha texnikalarni siz bilan ham boʻlishishimni xohlaysizmi?

❤101🔥35👍14
Kechagi videomizda ustozlarning moddiy erkinligi haqida gaplashgandik.
Agar haliyam ko'rmagan bo'lsangiz, albatta tomosha qiling: https://youtu.be/WGZ--qaDPHA?si=hGyciuRr3rZMzPYY
Oʻqituvchilar uchun moliyaviy erkinlikka erishishdan tashqari, o‘sha darajaga yetib olguncha bo‘lgan davr ham muhim.
Do‘stim Mohirni tanisangiz kerak, u aynan mana shu mavzuda yangi kontent chiqaribdi. Ushbu videoda o‘qituvchilikning dastlabki yillaridan qanday qilib muvaffaqiyatli o‘tish mumkinligi haqida o‘zining “qonli” tajribalari bilan bo‘lishgan.
Agar siz ham faoliyatingizning boshlang‘ich bosqichida bo'lib, o‘sish va to‘g‘ri yo‘nalish topishni istayotgan ustozlar safida bo‘lsangiz, albatta ko‘rishingizni tavsiya qilaman!
Rasm Shanxaydagi dunyoda 27-o’rinda turadigan Nyu York universitetida tushgandik.
Videoni tomosha qilish: https://youtu.be/e818o8E736E?si=7fPgXOLiIHEPGqD1

🔥18❤6⚡6👍4
Oxirgi oyda yuzga yaqin darslarni kuzatib o’ylab qoldim.
Dars o’tish qiyinroqmikan yoki darsda o’tirish?
Agar shu darsga bir kun oldin hech bo’lmasa 30 daqiqa ajratilinib tayyorlanmagan dars bo’lsachi?
Biz doska oldida turib gapirib ketaveramiz, zerikmaymiz.
Tayyorlanmagan nutqni majburan eshitishga mahkumlarchi? Zerikadi.
Yana qimirlamasdan, gaplashmasdan o’tirish.
Bolalar diqqati pasaygan deymizku?
Bizniki ham pasayib ketibdi. O’zim qiynaldim chalg’imaslikka, qo’lim telefonga ketib qolaverdi.
Deyarli chalg’imagan darslarim ham bo’ldimi? Ha, yaxshi tashkillashtirilgan darslarda bu muammo kamroq bo’ldi.
Iltimos, darslarga tayyorgarlik ko’raylik ustozlar🙏
@MualimMuhammad

👍68💯35❤23⚡6🔥5
Puxta tayyorgarlik ko’rish, darsni qiziqarli tashkil etish haqida yozgandim.
Endi savol: ustozlardagi shu muammoga qanday amaliy yechim bersam bo'ladi?
Bunga javobim ham tayyor: Mohir bilan birgalikda 26-27-sentabr kunlari ustozlar uchun haqiqiy burilish nuqtasi bo'ladigan "Darsni qiziqarli qilish metodikasi" bo'yicha katta interaktiv dars oʻtib berishni reja qildik!
Zerikarli darslar va bolalarning diqqatini ushlab qolish muammosiga o’sha kun nuqta qo'yamiz.
Ertaga kechki payt efir bo’ladigan maxsus kanal havolasini ulashaman. Xabarlarga e’tiborli bo’ling.

❤66🔥17👍15⚡9
Bir muhim narsani aytish yodimdan koʻtarilibdi.
26-27-sentabr kunlari Mohir bilan birgalikda oʻtkazadigan maxsus jonli darsimizga barchani qabul qila olmaskanmiz.
Berayotgan ilmimiz, har bir soʻzimiz yana-da qadrli va foydali boʻlishi uchun atigi 500 ta oʻrin ajratdik.
Bu oʻrinlar faqat bizning kanal uchun emas, balki Mohirning blogidagi oʻqituvchilar uchun ham.
Xabarlarga diqqatli bo'ling: nasib qilsa, ertaga soat 20:00'da dars boʻladigan maxsus kanal havolasini ulashamiz.
Qariyb 35.000 kishi ichidan 500 nafarini qabul qilamiz. Buyog'iga ulgurgan ulgurdi.

❤52⚡7🔥7👍5
Yaxshi ustozlar boshlang'ich sinflarni tinchlantira olgan, katta sinflarni esa faollashtira olgan ustozdir.
@MuallimMuhammad
@MuallimMuhammad
👍56🔥28❤11💯4🤔2
Ikki savolga javob berib ketingchi.
1. Qanday sinflar sizni tezroq charchatadi? Faol lekin shovqini bor, yoki umuman nofaol, shovqini ham yo'q?
2. Siz uchun qaysi bola muammo/yomon? O'rganadi, qatnashadi lekin sho'xlik qilaveradi, ikkinchisi o'rganmaydi, lekin orqada jim o'tirib hech kimga xalaqit bermaydi?

👍22🔥10❤8⚡3
Sizlarga aytgan oʻsha xushxabarim bilan keldim.
Ko'p yillardan beri o'qituvchilarning
og'riqli muomolaridan biri bo'lgan o'quvchilarni darslarga qiziqtirish muommosiga 26-27-sentabr kunlari bo'lib o'tadigan "Darslarni qiziqarli qilish metodikasi" bo'yicha interaktiv darsimizda yechim beramiz.
Nasib qilsa ushbu darsimiz har bir o'qituvchiga birdek foydali bo'ladi
Joylar soni cheklangan 35.000 kishidan atigi 500 kishi qabul qilinadi.
Marhamat, birinchilardan boʻlib qoʻshilib oling:
❗️ Qabul yopildi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍6🔥6⚡4
2 soatda 500 kishi yig’ilib qo’yibdi. Qabulimiz yopildi.
Shu vaqtgacha ulgurganlarni barchasini qabul qilamiz. Ulgurganlar bilan shanba-yakshanba bo’lib o’tadigan darsimizda ko’rishamiz.
Aytgancha sizlar bilan shu mavzuda dars o’tamiz: Edutainment: Oʻquvchilar Intizorlik Bilan Kutadigan Dars Siri

🔥23❤13⚡6👍4🤔1
Seni yaxshi ko’raman
Universitetda 3-kursda shu vaqtdagi eng tankasi kuchli ustozlardan birini do’stimiz Azizbek bilan fosh qilganmiz. Pul talab qilgani uchun rahbariyatga olib kirib bizga dars o’tmaydigan qilgandik.
Meritga birinchi yil kirganimda qora ro’yxatga tushgan 3 ustozdan biri bo’lganman yil tugamasdanoq.
Undan keyingi maktabimda ham rahbariyat bilan a’lo bo’lmagan munosabatlarimiz. Men ularning qarorlariga ilmiy isbot va mantiq so’rardim doim. Ularda esa bu har doim ham topilavermasdi.
Har bir rahbarlar bilan o’tgan shunda voqealardan so’ng yangi maktabga ketardim. Haydalmaganman, o’zim tashlab ketardim. Chunki ishimni qo’lgan kelgancha sifatli qilardim.
Rahbarlarimni ko’p tanqid qilardim, talashardim.
O’zingni o’ylaganmisan desa? Yo’q. 80% vaziyatda bolalar ta’limi bo’yicha talashardim. Men kelajak ko’rmasdim bu modellarda.
O’zim ishlagan maktablardagi hamma jabhaga e’tibor berardim, kamchiliklarini rahbariyatga yetkazardim, o’z e’tirozlarimni ochiq aytardim. Chunki men o’z ishxonalarimni yaxshi ko’rardim. Ularning yaxshilanishi xohlardim.
Hozir ham shunaqa ishlayman, yashayman. Bir narsani noto’g’riligini ko’rsam ochiq aytaman, avval o’ziga ishlamasa eng yuqoriga yetkazaman.
Bundan zarar ham ko’rganmanmi? Bo’lib turadi.
Lekin to’g’ri qarorlardan keyin ham qiynalishimiz, jabr ko’rishimiz mumkin.
Haqiqat kimningdir “haqiqatlariga” zid, uning kirdikorlarini ochish. Oqibatiga turib berolmasak, qo’rqoq bo’lib yashashga mahkummiz.
Mard bir marta, qo’rqoq ming marta ishdan bo’shaydi)
@MuallimMuhammad
Men vatanimni shunchalik yaxshi ko’ramanki, uning kamchiliklarini fosh qilaman.
Pyotr Yakovlevich Chaadayev

❤34👍14🔥7⚡5💯2