Tarbiya
Oxirgi 3 yilda faoliyatim maktab bilan bogʻlandi. Va bola xarakterini oʻzim uchun qaytadan kashf qildim. Har bir bola xarakteriga qarab uning oilasi haqida bilish mumkin.
Oʻziga ishongan, kelajagini aniq tasavvur qila oladigan va fikrini bemalol har joyda bildirib himoya qila oladigan bolalar bor. Soʻrasang ota-onasi vaqt ajratgan, ular bilan barcha mavzuda fikrlashgan va eng muhimi urmasdan tarbiyalagan boʻladi! Ular kaltakdan emas ota-onasi xafa boʻlishidan koʻproq qoʻrqadi.
Ota-onasi vaqt ajratmaydigan. Ajratsa ham uni tushunmaydigan oila farzandlari sinfda qaysar, hammani eʼtiborini oʻziga qaratishni xohlaydigan oʻquvchilar boʻladi. Oilada olinmagan mehr va eʼtiborni ular oʻqituvchi va sinfdoshlari hisobiga toʻldirishni xohlashadi.
Farzandiga yoshligini maza qilib oʻtkazishga bermagan, uni faqat bosim bilan ushlab turganlar boʻladi. Maktabda eng shoʻx, janjalkash va toʻpolonchi bolalar aynan ular boʻladi. Bola bolaligini uyida, ota-onasini yonida qila olmas ekan bor energiyasini u maktabda sarflaydi.
@MuallimMuhammad

🔥75👍38💯14⚡9❤5
U sening tengdoshing yoki do’sting emas!
O’z do’stlarimiz, tengdoshlarimiz bilan munosabatga kirisharkanmiz yoshimiz, hayotiy tajribamiz, aql-farosatimiz o’zaro yaqinroq bo’lganligi uchun ular qilgan xatolardan xafa bo’lishimiz, buni ularga sezdirishimiz va ba’zan himoyalanish uchun ularga bu xatolar uchun jazolar berishimi ko’pincha to’g’ri.
Lekin, ustoz va shogird munosabatida bu qoida ishlamaydi. Men 27 yoshman, o’quvchilarimning eng kattasi 18 yosh. O’rtamizda deyarli 10 yil farq bor va eng asosiy o’sish nuqtasi ham shu 10 yillikda bo’ladi.
Avvalo biz o’quvchilarimizdan do’stlarimiz va tengdoshlarimiz darajasidagi aql, mas’uliyat, farosatni kutmasligimiz kerak. Va ular qilgan xatoga xuddi o’zimizning tengdoshlarimizga qilgandek munosabat bildirmasligimiz, xuddi shunday jiddiy jazolar bermasligimiz va buni o’zimizga o’ta jiddiy qabul qilmasligimiz kerak.
Unutmaylik, biz hali aqlan, ruhan, ma’nan va jismonan voyaga yetmagan bolalar bilan ishlaymiz, o’zimiz tengi insonlar bilan emas! Biz umuman boshqa darajadamiz ustozlar!

🔥75👍33💯21❤14⚡8
Mehmon
Kitob, maqola, video, audio suhbatlar yo’llar har xil, mohiyat bitta - ilm olish.
Aslida, ilm olish ham maqsad emas, maqsad o’rganganingiz orqali o’zgarish! O’zgarmasangiz o’rganmapsiz!
Maqolalar ortidan, audiochatlarni ham boshlaymiz bugundan, xudo xohlasa.
Mehmonlar orasida ustozlarim, tajribasi va bilimi sizga va bizga aniq foyda keltiradigan do’stlarimiz va hamkasblarimiz bo’ladi.
Bugungi mehmonimiz - Oybek aka Qudratov. O’sha mashhur abituriyent gazetasida fizikadan test va tahlillarni tayyorlagan inson. Khan Academy da fizika, astranomiya va algebra kurslarini tayyorlaganlar. Va men tanigan eng zo’r pedagoglardan biri va eng kuchli fiziklar Oybek aka.
Oybek akadan maksimal foyda olishimiz kerak! Ta’limga doir savollaringiz bo’lsa komentga yozing.
Suhbat bugun 20:00da bo’lib o’tadi. Boshqa pedagog do’stlaringizni ham chaqirishni unutmang!

👍46❤9💯3⚡1
Erkinlik qidiring!
Bizda hozirgi zo’r jurnalistlarning juda ko’pchiligi sport(futbol) jurnalistikasidan chiqqan. 2016-yilgacha tanqid qilish, erkin fikrlash va kreativ uchun to’siqlar faqat sport sohasi jurnalistikasida yo’q edi. Shuning uchun hamma faqat futbolimizni hazil qila olardi.
3 yil davomida Merit schoolda ishladim, asosiy sabab ustozlarga nisbatan berilgan erkinlik edi. Men va birga ishlagan jamoamiz juda katta o’sishga ham aynan shu muhitda erishdik. Va maktab natijalari ham ustozlar bilan birga o’sdi.
Erkinlik sizga o’zingiz uchun eng to’g’ri metodni topishga yordam beradi. Tahliliy va tanqidiy fikrlashga rag’batlantiradi. Eng zo’r ustoz bo’lishingizga sharoit yaratib beradi. Inson biror ishni qilib ko’rib jarayonni sinab ko’rmaguncha tajribali bo’la olmaydi.
Yangi maktab izlayapsiz? Rahbariyat yaratib bergan erkinlik muhitiga qarang. Agar bu bo’lmasa ta’limda o’zingizni topa olmaysiz, o’zligingizni ocha olmaysiz! Faqat ular aytgan yo’ldan yurib umringiz tugaydi.

👍65⚡13🔥9❤5🤔5💯3👎1
Stress bilan emas, mehr bilan chiqing!
-10 ta bo’lsa zo’r bo’lardi.
- 5 ta bo’lsa ham boshlayveramiz, muhimi boshlash!
Bu Moxir bilan “Zamonaviy pedagog” loyihasini boshlashdan oldin bo’lgan suhbatimiz.
Bizga ishongan bitta inson chiqqanda o’zimizga ishonchimiz oshgandi.
1,5 oy ichida bizga ishonganlar soni 50+dan oshdi. 1 ta texnikum va 1 xususiy maktab bilan to’liq jamoani o’qitish bo’yicha kelishuvga erishdik.
Kursimizda o’qigan ustozlarda juda ko’p anglashlar bo’ldi. Deyarli 100% qatnashuvchilar kursdan rozi va uni o’z yaqinlariga tavsiya qilmoqda.
Yaqinda sentabr “yana maktabmi? Yana sho’x bolalarmi?”-deb stressda emas, o’zingizga ishonch va bolalarga mehr bilan bormoqchi bo’lsangiz kursimizda sizni kutamiz!
Darslar dushanbadan boshlanadi, shoshilmasangiz qolib ketasiz.
Kurs bo’yicha to’liq ma’lumotlar shu yerda: https://t.me/zamonaviypedagogkursi/64

👍45❤8⚡4🔥4
Ishonch - bu hamma narsa
NASA kosmik tadqiqotlar ilmiy markazidagi “Asalari” nomli devoriy suratda shunday deb yozilgan:
— Aerodinamika qoidalariga ko‘ra, asalarilar tanasi uchishga yaroqsizdir, ammo uning o‘zi bundan bexabar.
Fizika qonunlariga ko‘ra, asalarining jussasi qanotlariga nisbatan kattaligi sabab, parvoz qilish imkonsiz. Baxtga qarshi asalari bundan ham bexabar.
Asalari esa uchish mumkinligiga ishonadi.
Ta’lim va tarbiyada ham shunday vaziyatlar bo’ladiki, ota-ona va ustozlarning ozgina bergan ishonchi bolalarni aqlbovar qilmas natijalarga yetaklaydi! Asalarini uchirgan ishonch bolalarizni ham mo’jizalar qilishga unday oladi.
Hech kim ishonmayotganda ham biz ularga ishonishni o’rganishimiz kerak! Ha, aynan bu o’rganilishi kerak!

👍119❤33🔥20💯13⚡1
Suyukli ustoz bo’lasiz!
Uxud g’azotida payg’ambarimiz (s.a.v) kamonchilarga tog’ning eng tepasida turishni va natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar o’zlari buyruq bermagunlaricha qimillamaslikni buyuradilar.
Jang boshlanadi, musulmonlar qo’li baland kela boshlaydi. Kamonchilar ichida fitna chiqadi. Ma’lum qismi g’alaba bizniki bo’ldi, pastga tezroq pastga tushib o’ljalarga egalik qilishimiz kerak deydi, qolgan qismi rasululloh aytmagunimcha qimillamang degan edi deyishadi. Orada tortishuv bo’ladi va kamonchilar o’z joylarini tark etishadi, vaziyatni ko’rgan Xolid ibn Valid(bu vaqti u musulmonlar safiga hali qo’shilmagandi) tog’dan aylanib kelib musulmonlarga zarba beradi.
Jangning borishi o’zgarib ketadi, rasululloh qattiq yaralanadilar, og’izlari qon bilan to’ladi, jang maydonida ularni o’ldi degan yolg’on gap tarqaydi. G’alabali jang mag’lubiyat bilan tugaydi. Musulmon lashkari va payg’ambarimiz zo’rg’a qochib qutulishadi.
Barchasiga aybdor kamonchilar, ularni deb qanchalab bolalar yetim, ayollar tul, akalar ukasiz, ukalar akasiz qoladi. Rasululloh qattiq jarohatlar oladilar.
Ular o’z ayblarini bilar, ich-ichidan unga iqror edi. Va o’qiladigan hukmni kutishayotgan edi. Bunday katta xato uchun o’lim jazosiga ham tayyor edilar.
Mag’lubiyatdan ozgina vaqt o’tib hamma tinchlanib olgach, payg’ambarimiz kamonchilarni yonlariga chaqiradilar. O’lim hukmiga ham hech bir e’tirozsiz rozi kamonchilarni kechirib yuboradilar!
Va xatto keyingi jang taktikasi uchun ulardan maslahat ham so’raydilar!
Payg’ambarimiz insonlar xato qilarkan ularga ma’lum vaqt berilsa ich-ichidan bunga iqror bo’lishini, qiynalishini, ezilishini va buni qaytib qilmaslikka ko’pincha axd qilishini bilardilar.
Siz eng qattiq jazo kutayotgan vaqtingizda sizga berilgan keyingi imkoniyat, imkoniyat bergan insonga nisbatan qalbingizda muhabbat uyg’otadi. Muhabbat o’z ortidan sadoqatni olib keladi.
Siz ham o’quvchilarga sevimli ustoz bo’lmoqchimisiz? Hech kim kechira olmaydigan vaziyatda ularni kechiring, ular ham hech kimni eshitmayotgan joyida sizni eshitishadi!
Xatolariga yengilroq qarang, ular qilgan hech bir ish kamonchilar qilgan ish kabi kimlarnidir yetim qoldirmaydi, ular qilgan hech bir ish rasulimizni og’izlarini qon bilan to’ldirmaydi.
Albatta, bu ularni umuman to’g’irlamaslik kerak degani emas, to’g’irlang, faqat chiroyli xulq va meyor darajasidagi ogohlantirish bilan.

👍149❤34🔥18⚡6
Sabrsizlik ortidagi ilmsizlik
Muso alayhissalom Hizr qilgan ishlarga sabr qila olmadi, chunki uning ishlari ortidagi hikmatlarni ko’rishga ilmi yetmasdi.
Mashinada ketayotganingizda yo’lingizni qisib qo’yishdi, sabrsizlik qilib signal chalib, baqirdingiz. Ataylab qildi deb o’yladingiz. Lekin siz “insonlar bizga qilayotgan yomonliklarining 7/10 tasini bilmasdan qilishini” bilmasdingiz.
O’quvchiga darsni qayta-qayta tushuntiryapsiz va bu uchun sabrsizlik qilib asabiylashyapsiz, nahotki shu oddiy narsani ham tushunmasa? Aslida siz “inson biror narsani o’rganib olgandan keyin uni bilmaslik qanday bo’lishini unutib qo’yishi” haqidagi ilmni bilmaysiz.
Biror narsaga sabrsizlik qilyapsizmi? Bilingki shu sohada ilmingiz yo’q! Siz sabrsiz emassiz, siz ilmsizsiz!

🔥93👍38❤11💯7⚡3🤔3
Mehmon 2
Kitob, maqola, video, audio suhbatlar yo’llar har xil, mohiyat bitta - ilm olish.
Aslida, ilm olish ham maqsad emas, maqsad o’rganganingiz orqali o’zgarish! O’zgarmasangiz o’rganmapsiz!
Ikkinchi audiosuhbatimiz mehmoni - Aziz aka Rahimov. Rahimov school asoschisi va O’zbekistonda ta’lim sohasidagi eng katta expertlardan biri.
Bundan uch yil oldin ular bilan tanishganman. Shu bilan hammasi o’zgarib ketgan, ulardan ilhomlanganman. O’zbekistonda, ta’limda qolishga, uni oz bo’lsa ham o’zgartirishga qaror qilganman. Hozir shu kanaldan qancha foyda olayotgan bo’lsangiz, albatta bunda ustozimning rollari beqiyos.
✍️ Mavzu: “Ta’lim va o’qituvchilar haqida suhbatlashamiz”
📅 30.08.2024 (bugun)
⏰ 20:00
Chat manzili: @MuallimMuhammad kanali

👍37⚡8❤8💯5🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍29⚡7🔥7❤1
Aziz Rahimov bn suhbat
Muallim Muhammad
👍23🔥8⚡3❤1
Bu hayotda hamma harakat qilganiga yarashasini oladi, loyig'ini emas!
Sizning aqlingiz podshoh bo'lishga yetarlidir, lekin sizda harakat bo'lmasa vazir ham bo'la olmaysiz.
Siz o'z amal va harakatlaringiz bilan o'zingiz xohlagan joyga, unvonga, insonga loyiqligingizni isbotlab bermas ekansiz, sizning asl salohiyatingiz hech kimga qiziq emas!
Meni maktabda 5 bahoga loyiq o'quvchilarim bor lekin harakati 3 bahoga teng, bilimi 3 ga loyiq lekin 5 uchun hamma vazifani qilishga tayyorman degan o'quvchilarim bor. Endi taxmin qib ko'ringchi kim oxirida 5 ni ilib ketadi?
Savol ritorik

🔥79👍23💯21❤7⚡1
O’zgacha uka-singillar
“Akam bo’lmaganda hayotim ancha yaxshiroq bo’lar edi” - AQShning eng yosh prezidenti John Kennedyning 17 yoshida xulqining o’ta yomonligi sabab maktab psixologi bilan suhbatidan parcha!
U o’z oilasining akasiga o’ta katta umidlar bog’lagani va oila kelajagini to’liq akasiga bog’lab qo’yganligidan azob chekkan. Yosh Kennedyga oila ishonch bildirmagan.
Men, singlim va ukam bir maktabda va bir sinf rahbar qo’lida o’qiganmiz. Va ular mendan o’zgacha bo’lganligi uchungina ustozlar tomonidan solishtirishlardan qiynalishgan.
Buni universitetda o’zidan bir yosh katta akasi o’qiydigan kursdoshimda ham guvohi bo’lganman.
Mobodo katta akalar yoki opalar ozgina yaxshi o’qib qolishsa yoki hayotda insonlar nazdidagi “muvaffaqiyatga” erishib qolishsa, ulardan keyingi kelayotgan oila a’zolari uchun bu kata bosim bo’ladi.
Ular shunchaki haqiqiy o’zligini topishga harakat qilayotgani, buni yashirmayotgani yoki yashira olmayotgani, akalari va opalariga o’xshamaganligi uchun tanqidlar ostida qoladi. Murg’ak qalbida solishtirayotganlar tufayligina o’z jigarlariga nisbatan g’arazlar paydo bo’ladi.
Biz ota-ona va ustoz sifatida “o’zgacha” bo’lganligi uchungina bolalarga bosim bermasligimiz kerak!

👍97🔥26❤14⚡6💯6
Haqiqatni eshitolmasang yolg’on eshitishga mahkumsan!
Oilada bolalarning tarbiyasi buzulishiga asosiy sabab ota-onalar buni tuzata olmasliklarida emas. Tarbiya buzulayotganini bilmasliklarida yoki buni muhokama qila olmasliklarida.
Onalar ko’pincha bolalar bilan birga ishlaganliklari uchun bu jarayonni sezishadi lekin buni otasiga aytib bemalol muhokama qilib muammoni yecha olishmaydi.
Chunki ota asabiy(asabiy otalarni ko’rsam asabiylashaman )! Ona bolasining biror aybini aytsa birdan hamma aybni onaga ag’darib, bolaga qo’shib onani ham kaltaklab ketadi. Xuddi bola tug’ulgandan beri u bilan birga yashamagandek. Yoki faqat ona bunga javobgardek.
Bir safar bunday holat bo’lgandan keyin ona farzandining keyingi yomon ishlarini otaga ayta olmaydi. Farzand borgan sari yomonlashib ketaveradi. Va bir kun yashirib bo’lmas darajaga yetgach ota buni bilib qoladi. Va yana onaga sen uni ishlarini yashirgansan menga aytmagansan deb tashlanadi. Lekin endi kech bo’ladi!
Agar ota haqiqatni eshitishga, aybi bo’lsa tan olishga va uni muhokama qilishga tayyor bo’lganda edi tarbiyadagi muammolar ancha kamayardi.
Erkak uchun eng muhim ko’nikma bu og’ir bosiqlik va mulohazakorlik bo’lsa kerak.
@MuallimMuhammad
Oilada bolalarning tarbiyasi buzulishiga asosiy sabab ota-onalar buni tuzata olmasliklarida emas. Tarbiya buzulayotganini bilmasliklarida yoki buni muhokama qila olmasliklarida.
Onalar ko’pincha bolalar bilan birga ishlaganliklari uchun bu jarayonni sezishadi lekin buni otasiga aytib bemalol muhokama qilib muammoni yecha olishmaydi.
Chunki ota asabiy(
Bir safar bunday holat bo’lgandan keyin ona farzandining keyingi yomon ishlarini otaga ayta olmaydi. Farzand borgan sari yomonlashib ketaveradi. Va bir kun yashirib bo’lmas darajaga yetgach ota buni bilib qoladi. Va yana onaga sen uni ishlarini yashirgansan menga aytmagansan deb tashlanadi. Lekin endi kech bo’ladi!
Agar ota haqiqatni eshitishga, aybi bo’lsa tan olishga va uni muhokama qilishga tayyor bo’lganda edi tarbiyadagi muammolar ancha kamayardi.
Erkak uchun eng muhim ko’nikma bu og’ir bosiqlik va mulohazakorlik bo’lsa kerak.
@MuallimMuhammad
👍113🔥20💯12⚡9❤4👎1
Ilmsiz eplolmaysiz
“Maktabdagi ikkichilar a’lochilarni ishga oladi”
“Ikkichilar ko’proq boy bo’ladi”
“Ikkichilar ustozlar va maktab oldida ko’proq noqulay ahvolga tushgani uchun hayotda bunday vaziyatlardan qanday chiqib ketishni yaxshi biladi. Va muvaffaqiyatga erishadi”
Shunday safsatalarni ham eshitib turamiz. Hammasi yolg’onligini faktlar isbotlaydi. Dunyo millionerlarining 88%i bakalavr diplomiga, 52%i magistratura va doktorlik darajalariga ega!
Bill Gates Garvard universitetini tashlab ketgan. Chunki, unda shu vaqtda o’z sohasida allaqachon 10 ming soat tajribasi bor edi. Va universitetdagi bilimlarni deyarli bilardi. Siz bilasizmi?
Nega atrofimizda teskarisini ko’ramiz?
O’zbekiston sharoitida ozgina oldin o’qimagan lekin harakatchanlar, o’qib harakati sustlardan ko’proq pul topgan. Lekin:
1. Hozir sharoit o’zgardi. Ilmli ko’proq topadi. Jamiyat rivojlangan sari ilmli kadrlarga talab oshadi. Jarayonlar murakkablashadi, murakkablikni ilmsiz tushuna olmay qolamiz.
2. Atrofingizdagi ilmsizligi bilan ko’proq topayotganlarni qaysi biri dunyo millionerlari tarkibiga kirgan? Biz boy deganda uy, gentra va doimiy oylikni tushunamizmi?
Maqsadingiz katta dunyo miqyosida millioner bo’lish, ummat va millatga foyda keltirish bo’lsa ilmsiz bo’lmaydi do’stlar -deb o’quvchilarimizga tushuntirishimiz kerak do’stlar!
@MuallimMuhammad
“Maktabdagi ikkichilar a’lochilarni ishga oladi”
“Ikkichilar ko’proq boy bo’ladi”
“Ikkichilar ustozlar va maktab oldida ko’proq noqulay ahvolga tushgani uchun hayotda bunday vaziyatlardan qanday chiqib ketishni yaxshi biladi. Va muvaffaqiyatga erishadi”
Shunday safsatalarni ham eshitib turamiz. Hammasi yolg’onligini faktlar isbotlaydi. Dunyo millionerlarining 88%i bakalavr diplomiga, 52%i magistratura va doktorlik darajalariga ega!
Bill Gates Garvard universitetini tashlab ketgan. Chunki, unda shu vaqtda o’z sohasida allaqachon 10 ming soat tajribasi bor edi. Va universitetdagi bilimlarni deyarli bilardi. Siz bilasizmi?
Nega atrofimizda teskarisini ko’ramiz?
O’zbekiston sharoitida ozgina oldin o’qimagan lekin harakatchanlar, o’qib harakati sustlardan ko’proq pul topgan. Lekin:
1. Hozir sharoit o’zgardi. Ilmli ko’proq topadi. Jamiyat rivojlangan sari ilmli kadrlarga talab oshadi. Jarayonlar murakkablashadi, murakkablikni ilmsiz tushuna olmay qolamiz.
2. Atrofingizdagi ilmsizligi bilan ko’proq topayotganlarni qaysi biri dunyo millionerlari tarkibiga kirgan? Biz boy deganda uy, gentra va doimiy oylikni tushunamizmi?
Maqsadingiz katta dunyo miqyosida millioner bo’lish, ummat va millatga foyda keltirish bo’lsa ilmsiz bo’lmaydi do’stlar -
@MuallimMuhammad
👍129🔥31💯24⚡4❤3
Baxtli bo’lmasangiz keting!
Biz kambag’al odamdan pul, kuchsiz insondan jismoniy, ahmoq odamdan ilmiy jihatdan yordamlar so’ramaymiz!
Nega?
O’zida yo’qmi? Demak berolmaydi!
Ustozlar ham ilm, shaxsiyatdan tashqari ishxonasidan qoniqishi, chiroyliroq qilib aytsak u yerda baxtli bo’lishi kerak.
Baxtsiz ustoz hech qachon baxtli bolani tarbiyalay olmaydi.
Baxt bu nisbiy. Lekin ishxonadagi baxtni u yerdagi sizga berilgan erkinlik, rahbarlarning muloqotga ochiqligi, sizning hamkasblaringiz bilan qanchalik yaqinligingiz va oylik maoshingiz belgilaydi.
Shu jihatlarni maktabingizdan topa olmasangiz keting, siz bolalarni baxtli qila olmaysiz.Faqat hozir ketmang, ish topish qiyin)
@MuallimMuhammad
Biz kambag’al odamdan pul, kuchsiz insondan jismoniy, ahmoq odamdan ilmiy jihatdan yordamlar so’ramaymiz!
Nega?
O’zida yo’qmi? Demak berolmaydi!
Ustozlar ham ilm, shaxsiyatdan tashqari ishxonasidan qoniqishi, chiroyliroq qilib aytsak u yerda baxtli bo’lishi kerak.
Baxtsiz ustoz hech qachon baxtli bolani tarbiyalay olmaydi.
Baxt bu nisbiy. Lekin ishxonadagi baxtni u yerdagi sizga berilgan erkinlik, rahbarlarning muloqotga ochiqligi, sizning hamkasblaringiz bilan qanchalik yaqinligingiz va oylik maoshingiz belgilaydi.
Shu jihatlarni maktabingizdan topa olmasangiz keting, siz bolalarni baxtli qila olmaysiz.
@MuallimMuhammad
❤66👍64💯23🔥14⚡6🤔5
Nega pedagogika universitetidan yaxshi kadrlar chiqmaydi?
Men ikkita pedagogika universitetida o’qiganman. Ikkisida ham maktabda dars berish haqida hech narsa o’rganmaganman! Hech narsa!
Ha, bizda tarix darsini zo’r o’tib beradigan 2-3 ta ustozlarimiz bor edi. Lekin pedagogik ko’nikmalarni o’rgatadigan deyarli hech kim yo’q edi.
Sabab universitetimizdagi ustozlarning juda katta qismi hayotida umuman maktabda ishlab ko’rmagan. 4-5 yillik maktabda dars berish tajribasi haqida aytmasa ham bo’ladi.
Ko’pchiligi bakalavrni bitirgan va shu universitetga magistrga kirgan va shu yerda ishlab turgan. Keyin PHD ni ham shu yerda bir amallab qilib olib dars berib yurardi.
Qanday qilib o’zi maktabda dars bermagan insonlar kelajakdagi sifatli maktab ustozlarini tayyorlab berishi mumkin? Savol ritorik!
Pedagogik universiteti talabalariga yechim: xohlagan maktabingizga 1-2 kursdan borasiz va arzonga ishlaysiz. Shu maktabdagi eng yaxshi ustozga shogird tushasiz. Ingliz, rus tillarini dars berish darajasida o’rganasiz.
4-kursni bitirganingizda aynan shu ko’nikmalar va tajriba bilan 15-20mlnlik ishni bemalol topasiz.

👍133💯24🔥17❤13⚡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko’pchilik ta’limga oid nima kitoblar maslahat berasiz deb so’rashadi. Amerikadan ta’limga oid buyurtma berib yuborgan kitoblarimiz keldi.
@MuallimMuhammad
@MuallimMuhammad
🔥48👍23⚡4❤3
Bilasiz do’stlar “Zamonaviy pedagog” kursida ustozlarni o’qitib kelamiz.
Boshlanganiga 2 oyga yaqinlashgan loyihada yuzlab ustozlar va hatto Turkiya, Tojikiston va Qirg’izistondan ham ustozlar ilm olishdi. 3 ta xususiy maktab bilan kelishuvlarga erishdik va ularni ustozlarini ham o’qitmoqdamiz.
Tepadagi rasmda xususiy maktab egasi Bekzod akani xulosalari yozilgan.
Agar siz ham darsingiz va ta’limdagi qarashlaringizda yangilik va yengillik qilmoqchi bo’lsangiz sizni keyingi kursimiz ochilishiga taklif qilamiz.
Kursimiz dushanba kuni 23-sentabrdan boshlanadi. Ungacha o’z joyingizni band qiling.
Kursimiz o’qiganingizdan keyin sizda darslar samaraliroq, stress kamroq va bolalar bilan ishlash zavqliroq bo’ladi.
Kurs haqida to’liq ma’lumot shu linkda: https://t.me/zamonaviypedagogkursi/74

👍43🔥7❤3
O’yin qoidalari
“Odam o’ldirganingizda o’zingizni qanday his qilgansiz?”- deb so’radim Afg’onistonda ikki yil hizmat qilgan urush faxriysidan. Mazza qilganman dedi.
Birinchidan, O’yin qoidlari shunday bo’lgan sen o’ldirmasang seni o’ldirishadi. Ikkinchidan, o’ldirilgan do’stim uchun qasos hissi tuyardim dedi.
10 yil oldin O’zbekistonda deyarli barcha ilm uchun emas, diplom uchun o’qirdi. Hamma yigitlar pul berib bo’lsa ham armiyaga ketardi. Chunki, deyarli yagona ish beruvchi davlat edi va unga diplom va harbiy guvohnomasiz ishga kirolmasding. Barcha shu “o’yin qoidalari” bilan yashashga mahkum edi.
“Davlatlar kambag’alligining eng asosiy sababi o’yin qoidalari hamma uchun bir xil emasligi”(boyga ham kambag’alga ham, prezident kuyoviyu oddiy o’qituvchiga ham qonunlar teng ishlashi haqida gap ketyapti) - deb yozilgan edi mamlakatlar tanazzuli sabablari kitobida.
Davlatda ko’pchilik odamlar noto’g’ri ishlarni qilyaptimi? Ayb odamlarda emas, tizimda. O’yin qoidalari noto’g’ri tuzilgan va tirik qolish uchun barcha bu qoidalarga amal qilishga majbur!
Maktabda yoki darsingda ko’pchilik o’qimasa, shovqin-suron qilsa, ilm olishmasa shu yerdagi “o’yin qoidalari”ni tahlil qilib ko’rishimiz kerak!
Qoidalar o’zgarsa o’quvchilar ham o’zgaradi, o’qituvchilar ham o’zgaradi. To’g’ri qoidalar yaratsak yaxshi yashaymiz!
@MuallimMuhammad
“Odam o’ldirganingizda o’zingizni qanday his qilgansiz?”- deb so’radim Afg’onistonda ikki yil hizmat qilgan urush faxriysidan. Mazza qilganman dedi.
Birinchidan, O’yin qoidlari shunday bo’lgan sen o’ldirmasang seni o’ldirishadi. Ikkinchidan, o’ldirilgan do’stim uchun qasos hissi tuyardim dedi.
10 yil oldin O’zbekistonda deyarli barcha ilm uchun emas, diplom uchun o’qirdi. Hamma yigitlar pul berib bo’lsa ham armiyaga ketardi. Chunki, deyarli yagona ish beruvchi davlat edi va unga diplom va harbiy guvohnomasiz ishga kirolmasding. Barcha shu “o’yin qoidalari” bilan yashashga mahkum edi.
“Davlatlar kambag’alligining eng asosiy sababi o’yin qoidalari hamma uchun bir xil emasligi”
Davlatda ko’pchilik odamlar noto’g’ri ishlarni qilyaptimi? Ayb odamlarda emas, tizimda. O’yin qoidalari noto’g’ri tuzilgan va tirik qolish uchun barcha bu qoidalarga amal qilishga majbur!
Maktabda yoki darsingda ko’pchilik o’qimasa, shovqin-suron qilsa, ilm olishmasa shu yerdagi “o’yin qoidalari”ni tahlil qilib ko’rishimiz kerak!
Qoidalar o’zgarsa o’quvchilar ham o’zgaradi, o’qituvchilar ham o’zgaradi. To’g’ri qoidalar yaratsak yaxshi yashaymiz!
@MuallimMuhammad
👍102🔥29❤16⚡8💯6👎1