Muallim Muhammad
14.4K subscribers
55 photos
38 videos
3 files
69 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tarixdagi eng yaxshi murabbiylardan biri — Guardioladan biz, ustozlar, uchun insonlar bilan munosabat doirasida ajoyib masterclass.

Pastda dialog tarjimasi qoldiraman.

G: Charchadingmi, Erling?

E: Yo‘q!

G: Charchadinglarmi?

E: Yo‘q!

G: Nega finalda Salibani duellarda yutganing kabi bugun ham yutmayapsan?

G: O‘sha la’nati finalda…

G: Agar charchagan bo‘lsangiz, o‘rningizga boshqasi tushadi.

G: Sen bizga keraksan!

G: Men 6 o‘yinchini zahirada qoldirdim. Bundan o‘zim ham uyalib ketyapman.

G: Mahoratingiz qani? Orqaga qayting, oldinga boring, kurashing.

G: Lekin baribir sizlarni yaxshi ko‘raman, xuddi otangizdek yaxshi ko‘raman.

G: G‘alaba qozonishni xohlaysizmi? Buni menga ko‘rsating!

Bu dialogdan ustoz sifatida nima xulosa oldingiz? Avval siz fikrlaringizni yozing, keyin men o’z fikrimni post shaklida joylayman.

@MuallimMuhammad
❤33👍13🔥4⚡3
Bugun yangi maktabdagi ta’lim tizimi bilan tanishgani va tahlil qilgani bordim. Kuni bilan ustozlar, bolalar, rahbarlar bilan gaplashdik.

Bolalar bilan gaplashib tursam, bir bola ustoz uylanganmisiz deydi, ikkinchisi shimlariga qara, ko’ylaklariga qara chiroyli dazmollanganini albatta uylanganlarda(o’zlariga qolsa dazmollanmagan bo’lardi demoqchi)

Uchinchisi savol so’rashni ham bilmaysanda nechta farzandingiz bor deb so’ra anig’ini soniga qarab bilib olaverasanda deydi😅
🤣154😁21❤8🔥1
Men nimani ko’rdim?

Guardiola o’z shogirdlarini urshayotganini ko’rdingiz-a? Baqiryapti, so’roq qilyapti, talab qilyapti.

Lekin oxirida nima deyapti?

Men yaxshiroq bo’lishingizni xohlayman, lekin natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar sizlarni baribir yaxshi ko’raman,—deyapti.

“Hattoki otangizdek”,— deb qo’shib qo’yyapti.

Bizda nima farq bor?

Bizda baqirish, talab qilish bir yon, yaxshi ko’rishni aytish, mehr ko’rsatish bir yon.

Hech qachon ikkisini birga qilmaymiz. Yo jahlimiz chiqib, g’azab bilan, o’rinsiz so’zlar bilan savalaymiz. Yoki mehrimiz jo’shib yo’q xislatlari bilan maqtab ketamiz.

Tanbeh berayotganimizda, talab qilayotganimizda bolaga uni yaxshi ko’rganimiz uchun, uni foydasi uchun shu ishlarni qilayotganimizni yetkazib bera olmaymiz.

Oqibatda bolalar bizdagi jahl va hissiyotlarni ko’rib meni o’ylayapti deb emas, meni yomon ko’radi shuning uchun urshyapti degan fikr bilan yashashadi.

Guardiola aybini tan olayotganini ham ko’ryapsizmi?

Bolalar xatolarida nafaqat ularning sho’xligi, tajribasizligi balki bizning ularga ma’lumotni to’g’ri yetkazib bera olmaganimiz ham bo’ladi.

Biz ularga tanbeh berarkanmiz, to’liq aybni nohaq ularga yuklab qo’ymaylik. O’z ayblarimizni ham aytaylik, tan olaylik. Adolat qilaylik.

Shundagina ular bizni eshitishadi, aytganimizni qilishadi. Biz orqali o’zgarishadi.

@MuallimMuhammad
👍68❤29⚡8🔥3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizdan ko’pincha “Zamonaviy pedagagog” kursingizda o’qisak nima o’zgaradi? Nimalar o’rganamiz?

A va B nuqtamiz qanaqa bo’ladi deb so’rashadi.

Qisqa javob videoda. O’zim bolalarni shunday tinchlantiraman)

Kursimizda to’liq darslarga kirsangiz va amal qilsangiz sinfxona boshqaruvining o’zidagina shunday katta o’sishga erishasiz))

@MuallimMuhammad
😁63❤25👍13🤣9
Hozir boshlang’ich ustozlar shunchalik ardoqlanyaptiki, ayollar shu ustozning sinf olishiga qarab homilador bo’lyapti.

Bir insonga bundan ortiq qadr bo’lmasa kerak.
😁238❤26💯20⚡1
Forwarded from Muhammad Uralov
Men Samarqandda tug’ulganman, shu hududdan 300-400 km janubroqda tug’ulishim ham mumkinmidi? Unda men Afg’onistonda yashagan bo’lardim.

Umuman boshqa taqdir, boshqa hayot, o’zgacha shartlar bo’lardi. O’zbekistonda tug’ulish uchun men nimadir qilib qo’yganmanmi?

Men 1997 yil tug’ulganman, bundan 300 yil oldin tug’ulishim ham mumkinmidi? U davrda tug’ulgan chaqaloqlarning 50%i 5 yoshga yetmasdan o’lib ketardi. Men ham tirik qolmasdim, balki.

Tibbiyot rivojlanganroq davrda tug’ulish uchun nimadir qildimmi?

Hozir ham har 8 odamdan biri o’qish, yozishni bilmaydi. Har 3 odamdan biri to’laqonli sog’lom ovqatlanolmaydi, 13 odamdan biri doimiy to’yib ovqat yemaydi, surunkali och qoladi. Har 4 odamdan birida internet yo’q. Ilm ololmaydi, imkoniyatlar cheklangan.

Qay birimizda bor shu muammolar? Borlar bu matnimni o’qiyolmaydi ham. Sizda aniq yo’q.

Omadli insonligimizga yana nima isbot kerak bizga? Shukr keltirishimiz uchun yana nima sabab kerak bizga?

Bilmadim. O’zimda ham javob yo’q.

@MuhammadUralov
👍102🔥34❤33😭19⚡4
Bugun bizda bepul mahorat darsi!

Spiker — psixologiya fanlari doktori Po‘lat Ergashev.
Soat: 20:00
Mavzu: “Shakllantiruvchi baholash: o‘quvchini stressga tushurmay baholash mumkinmi?”


Dars yopiq guruhimizda bo‘lib o‘tadi. Hozirning o‘zida guruhda 320+ nafar ustoz ishtirok etmoqda.

Qo‘shilishga hali ulgurishingiz mumkin.
Loyihamizga qo‘shilish sharti esingizda-a?

Shunchaki:
— kanallarimizga obuna bo‘lish;
— 5 nafar ustozni taklif qilish.

Siz ham Professional Start jamoasiga qo‘shiling va bepul darslarimizni o‘tkazib yubormang!

👉 Qo‘shiling: @professionalstart_bot
❤14🔥1
Sizni nima zoʻr ustozga aylantiradi?

Futbol oʻynashni yaxshi koʻradigan millionlab bolalar bor, yaxshi futbolchi boʻla olishmagan.

Ular stadionda minglab odamlar qarshisida toʻp tepishni, gollar urishni, fintlar ishlatishni va olqishlarni, mashhurlik va shouni sevishadi.

Hech oʻylab koʻrganmisiz, futbol oʻynash futbolchilikning necha foizi?

Oʻrtacha futbolchi yiliga 60–80 soat futbol oʻynab, 1200–1600 soat tayyorgarlikka sarflar ekan.

5% — futbol, 95% — mashgʻulot.

Bizga koʻrinadigan futbol bu — aysbergning uchi, tagida undan 15–20 baravar katta mehnat yotibdi. Biz esa 5% ga qarab xulosa qilamiz. Ularga mazzada!

Endi buni oʻqituvchilikda koʻrib chiqsak-chi?

Nega ustozlikni tanlagansiz, degan savolga koʻp ustozlar: «Bolalarni sevganim, gapirishni yaxshi koʻrganim, omma oldida nutq soʻzlashni yoqtirganim uchun», — deyishadi.

Bu, albatta, yaxshi, zoʻr ustoz boʻlishga yordam beradi. Lekin oʻylab koʻrmaganmisiz? Dars berish va nutq soʻzlash bu faqat aysbergning uchi boʻlsa-chi?

Doimiy chiroyli, taʼsirli nutq va qiziqarli, samarali dars uchun nima kerak ekan-a?

Juda koʻp xususiy maktab ustozlarida dars soatlarini koʻrsam, 30–38 soatlab boʻladi. Oʻzim ham bu xatoni qilganman.

Ustoz, siz qachon darsga tayyorlanasiz? Charchab qolmaysizmi, desam, amallaymiz, deyishadi.

Balki aynan amallaganimiz uchun ham daromadimiz ham, hurmatimiz ham amallaydigan holatdadir?

Garvard universiteti tadqiqotlariga koʻra, endi sohaga kirib kelgan ustozlar 45 daqiqalik sifatli dars uchun 2–3 soat, 5–10 yillik ustozlar kamida 30–45 daqiqa tayyorlanishi shart ekan. Ha, agar u sifatli va samarali dars oʻtishni xohlasa.

Biz 1 soat darsimizga qancha vaqt tayyorlanamiz? Oʻzi tayyorlanamizmi? Yoki 5–10 yilda mavzular yod boʻlib ketgan, shuni qayta-qayta oʻtaveramizmi?

Bilasizmi, qachon darslarimiz qiziqarli boʻladi?

Qachonki oʻtayotgan mavzuimizda oʻzimizga ham qiziq joylari boʻlsa, yangiliklar qoʻshgan boʻlsak va bunga bolalarning yangi munosabatini koʻrsak.

Yillardan beri bir xil oʻtilayotgan darslar avval oʻzimizni, oqibatda esa bolalarni ham zeriktirib yuboradi. Darslardan soviy boshlaymiz.

Yangilik yoʻq, oʻsish yoʻq!

Aytishga oson, oilani qanday boqamiz, deyishingiz mumkin.

Men esa qarshi savol bermoqchiman: soatbay oylik olib, eng oxiri qanchagacha topa olasiz? 40 soatda vaqt va energiya chegarangiz ham yetib keladi. Hayotingizda yorqin xotira yoʻq, «sugʻur kuni»ga aylanadi.

Savol tugʻulgandir: unda nima qilaylik? Yechim nima?

Yosh ustoz boʻlsangiz, masʼuliyatingiz kam boʻlsa, shoshmang. 15 soat dars oling. Unga 30–40 soat tayyorlaning.

Har bir darsda yosh psixologiyasini, ilm darajasini, faollik darajasini, dars maqsadini hisobga oling. Bolalar va ota-onalar bilan ishlang.

Mayli, siz tengilar ikki hissa koʻp olayotganda sabrli boʻling. Ikki yil oʻtadi, agar davomiy darsingiz va oʻz ustingizda ishlay olsangiz, ular 40 soatda oladigan daromaddan koʻpini siz 15–20 soatda olasiz.

Kamroq stress, kamroq bosim, yaxshiroq hayot boʻladi. Ardoqli va qadrli boʻlasiz, koʻtarilasiz.

Oilali va boshqa moliyaviy masʼuliyatlar tushgan boʻlsa, oilangiz bilan kelishib oling, uzoq muddatli strategiya tuzing: bugun — 1 tanga, ikki yildan keyin — 10 tanga. Yoki bugun ham, oʻn yildan keyin ham — 5 tanga.

Ha, biz koʻp aytamiz: «Muallimlar daromadi kam, qadri past», — deb. Balki oʻzimiz aybdordirmiz, ustozlar? Balki aybimiz yoʻqdir, shunchaki bilmagandirmiz.

Aybni maktab egalari va vazirlikdan qidirsak ham boʻlarmidi? Albatta!

Lekin biz ularni oʻzgartirolmaymiz, biz oʻzimizni oʻzgartira olamiz, boshqara olamiz. Shuning uchun bu kanalda ustozlar xatolari haqidagina gaplashamiz, chunki faqat shunga taʼsir oʻtkaza olamiz.

Siz-chi haftasiga necha soat dars berasiz hozir?

@MuallimMuhammad
❤95🔥36👍19💯14😭3⚡2
O’zingiz kuzatadigan pedagogikaga oid 3ta kanal nomi va linkini yozib keta olasizmi ustozlar?

Keyin men ham o’zim kuzatadiganlar ro’yhatini e’lon qilib qo’yaman)
❤42👍12
Qadimgi musavvirlar farishtani go’dak qiyofasida tasvirlashgani bejiz emas.

Bola shu qadar soddaki, biz uning darajasiga tusha olmaymiz.

Bola shu qadar buyukki, biz uning darajasiga yetolmaymiz.

O’tkir Hoshimov
❤85💯42🔥15⚡10
Kuchli mutaxasislarni izlayapmiz!

Bilasiz, yaqinda Mudarris jamoasiga kelib qo’shilgandim. Bu yerda 3000 ga yaqin o’quvchilar, 200 ga yaqin o’qituvchilarga ega 4 ta maktablarimiz bor.

Shu jamoaning o’sishiga hissa qo’shadigan akademik jamoa tashkil etyapmiz.

Bizga boshlang’ich ta’lim, matematika, ingliz tili va arab tilidan offline ishlay oladigan kuchli metodistlar kerak.

Nimalar talab qilinadi?

1. O’z faningizda 5 yillik doimiy ustozlik tajribasi
2. O’z faningizdan va agar bo’lsa pedagogik sertifikatlar
3. Til bilishingiz, o’rganish qonuniyatlarini tushunishingiz, o’rganishga ochiq bo’lishingiz!

Nima ishlar qilamiz?

1. Minglab insonlar taqdirini o’zgartiradigan ta’lim tizimini quramiz.
2. Ustozlarga doimiy o’sish nuqtalarini ko’rsatib, rivojlantirib boramiz.
3. Dunyo ta’lim standartlarini o’rganib boramiz.

Nima taklif qila olamiz?

1. Katta mas’uliyat va tajriba.
2. Kuchli jamoa. Birgalikda ishlaymiz.
3. Yaxshi oylik maosh.

Agar yuragingizda o’tingiz bo’lsa va talablarga mos kelsangiz sizni jamoamizda kutamiz.

Ariz to’ldirish uchun: Link

Vakansiya haqida to’liqroq ma’lumot uchun: Link

Kuchli mutaxasis tanishlaringizga yuborib qo’ying.

@MuallimMuhammad
❤54👍7
Hammasini hissiyot hal qiladi!

O’quvchingiz vazifa qilmay keldi. Nima qilish kerak?

Yil/kurs boshida belgilangan kelishuvlar bo’lsin. Vazifa qilmay kelsa nima bo’ladi? Bu takrorlansachi? Kech kelsa? Darsda gaplashsa?

Har bir vaziyatni ko’rib chiqib bolalar bilan kelishuvlar qilib oling.

Vazifa qilinmadimi? Muammo yo’q. Kelishuv asosida tanaffusga chiqmaysiz, darsdan keyin ketmaysiz o’tirib vazifani topshirasiz.

Hamma uyda vazida qilganda qilmaganingiz uchun, hamma uyga ketayotganda siz qolasiz.

Baqirmaymiz, asabiylashaymaymiz, haqorat qilmaymiz. Lekin talabimiz qat’iy, qolasiz va kelishuvni bajarasiz!

Hammasini hissiyot hal qiladi. Baqirib, agressiya ko’rsatsak bola o’zini jabrdiyda sifatida ko’radi. Jahlimiz yodida qolib, o’z kamchiligi esdan chiqadi. Bizni aybdor sanaydi. Bizni yomon ustoz sifatida ko’radi va yomon ko’radi.

Kelishuv qandayligini birga begilang, dars qilmasa kelishuvni qat’iy talab qiling. Albatta vaziyatga qarang, bolani his qiling, kechirish imkoni bo’lsa kechiring, lekin baqirmang, haqorat qilmang.

Jahldor, yomon, emas, talabchan va adolatli bo’ling.

@MuallimMuhammad
❤93🔥32👍4⚡3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍10🔥4
Muallim Muhammad
Video message
Bizda yakshanba ham ish. Ustozlar uchun Youtubega videolar tayyorlayapmiz.

Qaysi mavzularda videolar chiqsa sizga foydali bo’lar edi?
❤49
Ustozlar uchun pedagogik kitoblar xazinasi!

«Zamonaviy Pedagog» 14-guruhiga qizg‘in tayyorgarlik ketyapti. Tez orada e’lon beramiz.

Hozirda jamoa bilan aynan ustozlarni qiynayotgan muammolar ustida ishlayapmiz. Dars mavzularini yangilab chiqyapmiz.

Bizga yordamingiz kerak. 5 daqiqa vaqtingizni ajratib, quyidagi so‘rovnomani to‘ldirib bering, iltimos.

👉 https://forms.gle/a237m5hrihmvpiZ67

So‘rovnomani to‘ldirganlarga ajoyib sovg‘amiz bor — pedagogik kitoblar jamlangan yopiq kanalni sovg‘a qilamiz. 🎁

Sizning fikringiz biz uchun muhim!
❤18
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar, bolalar va ustozlar bilan ishlayotganda Fayoza opadek nozik fahmli bo’lish, nafaqat ikki insonni urshib ketishini oldini oladi.

Balki, ikkalasining o’rtasidagi munosabatini mustahkamlab, bolaning ilm olishini ham tezlashtirib yuboradi.

Bu voqeadan o’rganadiganlarimiz ko’p. O’zim ham hayotda qo’llab turadigan bo’lganman.

Fayoza opadan esa 3 yil birga ishlab ko’p tajriba olganmiz.

Sizning pedagogik faoliyatingizda ham shunga o’xshash noodatiy voqealar bo’lganmi?

Tajribangiz bilan izohlarda bo’lishib keting👇

@MuallimMuhammad
😁56❤13👍4🤣2🔥1
Siz haqsiz!

1965-yilda amerikalik psixolog Robert Rozental va maktab direktori Lenor Yakobson olamshumul tadqiqot o‘tkazadi.

Kaliforniyadagi maktablardan birida bolalarga IQ testi berishadi. Test natijasiga umuman qaramagan holda 20% o‘quvchilarni ajratib olishadi va ustozlarga “katta salohiyatga ega” o‘quvchilar sifatida topshiriladi. (Bu haqida o‘quvchilarga hech narsa deyilmagan.)

O‘quv yili oxirida bolalardan yana test olinadi. Saralab olingan guruh boshqalardan 45% baland natija ko‘rsatishdi.

Sabablar?

Ustozlar “iqtidorli” deb hisoblangan bolalardan beixtiyor yuqori natija kuta boshlashdi. Suhbatlar ko‘paydi, xatolar ko‘proq kechirildi, darslarga yaxshiroq tayyorlanib kelindi, o‘quvchilarga ijobiy fikrlar ko‘proq bildirildi.

O‘z-o‘zini amalga oshiruvchi bashorat!

Siz bolaga ko‘proq mehr berasiz va ishonasiz, oqibatda bola sizni yaxshi ko‘radi va faningizni yaxshiroq o‘qiydi. Natijada siz bolaga yanayam ko‘proq e’tibor va mehr berasiz. Zanjir effekti bo‘lib bog‘lanib ketadi. Bola natijaga erishadi.

Bu nafaqat ustoz va shogird munosabatida, ota-ona va farzand, rahbar va xodim munosabatlarida ham ishlaydi.

Biz ularga qanchalik ishonarkanmiz va buni amallarimiz, so‘zlarimiz bilan ko‘rsatib bera olarkanmiz, ularni o‘zgartira olamiz. Va teskarisi.

Sharti — o‘quvchiga, farzandingizga va xodimga ishonch chin ko‘ngildan bo‘lsin. Bunga amaliy sabablar toping va o‘ziga shuni ko‘rsatib, ishonchingizni mustahkamlang!

Genri Ford aytganidek, sen qila olaman deb o‘ylasang ham, qila olmayman deb o‘ylasang ham — haqsan!


Sizning faoliyatingizda siz yaxshi ko‘rganingiz va mehr berganingiz uchun o‘zgargan, faqat sizning darsingizni o‘qiydigan o‘quvchilaringiz bo‘lganmi?

@MuallimMuhammad
👍59❤30⚡7🔥5💯2
Mening bir yaxshi odatim bor: hayotimda bo’layotgan barcha noxush voqealarga o’zimni aybdor sifatida ko’raman.

Bu menga katta o’sish imkonini beradi. Xato qilingan nuqtalarni doimiy tahlil qilishga harakat qilaman. O’z kamchiliklarimni qidiraman.

Shu bilan bir vaqtda bu doimiy aybdorlik hissi meni yeb bitiradi. Surunkali azob beradi.

Afsus, shunday dunyoda yashaymiz. Foydasini xohlagan jihatlarimizning zarariga ham duchor bo’lishga mahkummiz.

Tanlov o’zimizda. Siz-chi voqealarga qanday munosabat bildirasiz?

@MuallimMuhammad
❤79💯30🔥11🤔5⚡2😁1
Agar bulbulni yaxshi ko’rsang ularni olib kelishni ikki yo’li bor.

Birinchisi, majburlab tutib kelasan, qafasda saqlaysan. Lekin ular baxtli bo’lmagani uchun sen ham mazza qilmaysan.

Ikkinchisi, go’zal bog’ yaratasan, turli gullar va daraxtlar ekasan. Bulbullar kelib yashashadi va go’zal navolar saylashadi. Bundan sen ham zavqlanasan.

Sen ikkinchisini qil deyishgandi.

Merit school va Rahimov schoolda ustozimiz Aziz aka Rahimov shunday bog’ yaratishgandi. Ha, kamchiliklar bor. Lekin u siz bo’larmidi bu hayot.

Shu muhitga yaxshi ustozlar yig’ilgan 6 yildirki tanish, aka-uka bo’lib ketdik. Yig’ilib turamiz.

Bugun ham shunday manan dam oladigan, samimiy suhbat bo’ldi. G’uborlarni chiqardik.

Sizlar ham avvalgi hamkasblaringiz bilan ko’rishib turasizmi? Yaxshi muhit topganmisiz?

@MuallimMuhammad
🔥76❤32👍14😭9
Shu vaqtgacha pedagog_padcastga 15 atrofida podcastlar olganmiz. Hamma podcastlarimizda mazza qilganmiz.

Lekin kecha Zulfiya opa bilan bo’lgan podcast boshqacha bo’ldi. Tuzib olingan savollarga qarashga vaqt ham bo’lmay qoldi. Suhbatning o’zi tabiiy chuqurlashib ketaverdi.

2 soatdan ko’proq suhbatlashdik, faqat vaqtimiz tugab qolgani suhbatni tugatishga majbur etdi.

Podcast tugashi bilan ichimda bu eng yaxshisi bo’ldimikan deb o’ylab tursam Mohir ham eng yaxshisi shu bo’ldiya deb qoldi. Buni o’lchash qiyin.

Biz suhbatdan mazza qildik, uyog’iga o’zingiz ko’rib baho berasiz.

Tez orada chiqaramiz nasib.
❤62👍17⚡7🔥7