Muallim Muhammad
14.3K subscribers
55 photos
38 videos
3 files
69 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
@professionalstart_bot

Kecha kechqurun darslarimizning birinchisini boshlab berdim. Kechqurun 11 gacha ustozlar bilan mazza qilib dars o’tdik.

Ustozlar ajoyib fikrlar bildirishdi, ancha foyda olishdi. Qo’shilganidan xursand bo’lishdi.

Keyingi darslarni jamoamiz a’zolari davom ettirishadi xudo xohlasa.
❤11🔥6💯1
Muallim Muhammad
Ilk dars uchun qo'llanma.pdf
Birinchi darsni qanday o’taman 2-qism

Ertaga birinchi darslarimni boshlayman. Shaxsan o’zim nimalar qilaman?

1. Ismlarni yodlayman
Darsimga kiradigan barcha bolalar ismlarini rasmiga qarab yodlab olaman. Hamma ustozlar “o’zingizni tanishtiring” deb qayta-qayta so’rayveradigan kunda men ularni tanib darsga kiraman. Noodatiylik hissini beradi sizga nisbatan.

2. Tartib-qoidalar
Bolalarni 4-5 guruhga bo’lib, sinfimizda nimalar qilish mumkin va mumkin emasligini muhokama qilib yozdiraman. Keyin barchasini o’qib, mos keladiganini olaman, qolganiga o’zimnikini qo’shaman. Bolalar o’zlari qoidalarni tuzishdagi ishtiroki tufayli amal qilishlari oson bo’ladi.

3. Jazo va mukofotlar
Belgilangan qoidalarga amal qilmasa nima jazo beriladiyu, qilinsa nima mukofotlar bor? Buni ham guruhlar miqyosida muhokama qilamiz. Yakuniy xulosani ulardan eshitgan holda o’zim beraman. Ham o’yin, ham guruhda ishlash, ham fikrlashga undash, ham tartib joyiga keladi.

4. Tarix nega kerak?
Bu mavzuda dars o’tib beraman. 5-6 ta muhim sabablar keltiraman. Bolalar tarix o’qimasa nima yo’qotishi mumkinligini anglataman. Buni butun fanga bir marta o’taman. Har bir mavzuga ham so’rab qolishsa, “fanni tushuntirganman, mavzu esa fanning bir bo’lagi” deb javob berib ketaman.

5. Qayerga boramiz?
Bir yillik yo’lni ko’rsataman. Nimalar qilamiz? Nimalarni o’rganamiz? Qanaqa inson bo’lib chiqamiz bu xonadan?

6. O’zimni tanishtiraman
Yo’q, ism-familiyam va qiziqishlarimni emas. Xarakterimni va men bilan qanday muomala qilsa ishlash osonligini o’rgataman.

Masalan: “Jahlim tez chiqishi mumkin, shu vaqtda talashmang. Ozgina vaqtdan keyin oldimga yolg’iz kelib, xato qilgan bo’lsam tushuntirsangiz, kechirim so’rashdan uyalmayman” deyman.

7. Ulardan kutuvlarim
Maqsadim ilm va xarakter shakllantirish ekanligini, qadriyatlarimizga amal qilishlarini, ulardan yuqori kutuvlarim borligini va buning sabablarini tushuntiraman. Ustoz-shogird an’anasini tushuntiraman va bunga amal qilishlarini kutishimni aytaman.

Xato qilish xonamda tabiiy qabul qilinishini, uyalish va kibrni tashqarida qoldirishlarini, xato qilsa tan olishlarini, mardlik va himmatni ulardan kutishimni uqtiraman.

8. Kimni aytgani bo’ladi?
Meni ham sizni ham xohlaganingiz bo’lmaydi. Sizni ta’lim va tarbiyangiz uchun nima yaxshi bo’lsa shu bo’ladi. Men aytganim xato bo’lsa mantiqiy asos keltira olsangiz o’zgartiramiz deyman.

@MuallimMuhammad
🔥57❤31👍9⚡2
Bizda imkoniyat ko’proq!

Albatta, sabr qiluvchilarga ajrlari hisobsiz, so‘zsiz to‘liq berilur.

Zumar surasi, 10-oyat

Ana o‘shalar sabr qilganliklari sababli jannatdagi baland koshona bilan mukofotlanurlar va unda salom hamda omonlik bilan kutib olinurlar.

Furqon surasi, 75-oyat


Sabr nima? Hissiyot va nafsni aql hamda shariat mezonlariga bo‘ysundirish, o‘zini boshqara olish kuchi.

Alloh taolo deyarli barcha amallar uchun ma’lum miqdorda savob belgiladi, sabrning savobi esa cheksiz.

Sabr qachon qilinadi? Mashaqqatda!

Bolalar sho‘xligiga chidaganingizda, bir mavzuni qayta-qayta turlicha tushuntirganingizda, ularning xatolarini kechirganingizda, injiqliklariga chidaganingizda, charchasangiz ham darsga sifatli tayyorlanganingizda, natijani uzoq vaqt mehnat qilib kuta olganingizda siz sabr qilyapsiz.


Bu orqali Alloh taologa sevimli bo‘lyapsiz.

Biz ustozlarda bunga imkoniyat (mashaqqat) ko‘proq. Foydalanaylik. Sevimli ustoz va inson bo‘laylik.

O‘quv yilingiz xayrli bo‘lsin!

@MuallimMuhammad
🔥78❤38💯17👍12⚡4
To’g’ri muhit haqida

Qishloqda tog’amning fermalari bor. Sigirlariga qarasam biz yoshlikda ko’rgan mahalliy tur umuman yo’q. Hammasi Yevropa turlari.

Sababi Yevropaniki sut va go’shtga ixtisoslashgan, yuqori samaradorlikka ega deyishdi.

Biologiyadan bilamiz barcha tanalar avvalo o’zini tirik ushlab qolishga ixtisoslashgan bo’ladi. Lekin Yevropa qoramollarida bu sun’iy ikkinchi o’ringa tushirilgan ekan!

Savol, qanday qilib?

Yashab qolish instinkti qachon kerak? Xavf bo’lganda, kutilmagan vaziyatlar ko’p bo’lganda, ovqat topish imkoni har doim ham bo’lmaganda.

Yevropa fermerlari o’z qoramollariga shu sharoitni yaratib bergan, to’liq xavfsiz muhit va yuqori sifatli ozuqa. Samaradorlik ko’rsatsa bo’ldi.

Mahalliy sigirlarimiz esa yozning issig’i, qishning sovug’i, quruq yem-xashak, ochlik bilan sinalaverib bor resursini mahsuldorlikka emas, shu qiyin vaziyatlarga asrab qo’yarkan. Yevropa sigirlari bunday sharoitda yashay olmaydi.

Miyamda analog paydo bo’ldi, bu xodimlarda ham ishlarmikan?

Doimiy stress, xato qilishdan qo’rqish, kam oylik, ishini yo’qotishdan xavotir xodimlarni ham mahalliy tur kabi kam samarador qilib qo’ymasmikan, bor energiyasini shu tizim ichida yashab qolish uchun sarflashga majbur qilmasmikan deb izlandim.

Javob ijobiy.

Sog’lom, xavfsiz muhitda ishlagan xodimlar Yevropa turlari kabi samarador, sadoqatli va layoqatli. Teskari muhitdagilar esa mahalliy turlar kabi.

Men endi tushundim nega davlat tizimida xodimlar bunday ishlashini.

Chet eldan mutaxassislari olib kelib, ularga zo’r sharoit va maosh belgilaydiganlar o’z mahalliy xodimlarimizga buni qilib bersalar ulardan ham foyda olisharkan.

Xodimmisiz? Shunday muhitni toping, gullab-yashnang. Foyda keltiring.

Yaxshi xodimlar yomon muhitda ishlashmaydi. Ularning kompaniyadan ketishi, rahbarlarga signal.

@MuallimMuhammad
👍84❤30🔥20💯18⚡6
O’tgan yili boshida darslarga kirganimda meni eng yomon ko’rgan, oilaviy kelib ustimdan shikoyatlar qilgan o’quvchim kecha: "Ustoz, maktabdan nega ketdingiz, siz bilan darslar qiziq bo’lardi", — deb yozibdi.

Xursand bo’ldim. O’tgan o’quv yilim bekor ketmabdi. Eng qiynalganlarimni ham qiziqtira olibmiz.

@MuallimMuhammad
🔥61❤20👍19
Haftasiga 20 soatdan ko’p dars o’tsang o’zingning eng mukammal dars o’tish versiyangni ko’rmay o’tib ketaverasan.

Bir qaraganda yomon emas, lekin eng zo’ri ham bo’lolmaysan.

@MuallimMuhammad
❤56👍37💯23⚡3
Avgust oxiri va sentabr boshi trenininglar bilan o’tmoqda.

Avval Mudarrisning 4 ta maktabida 200 atrofida ustozga dars o’tdim, bugun Mohir bilan Parkent tumanidagi Asl ta’lim o’quv markazida ajoyib trening o’tib ustozlar bilan tanishib keldik.

Yil boshida trening orqali olingan bilim va energiya ustozlarga yil davomida kuch bo’lib turadi xudo xohlasa.

Ba’zi ustozlarimiz oktabrda bo’ladigan “Zamonaviy pedagog” kursimizga 50% lik vaucherlar ham yutib olishdi.

Sizchi? Yil boshini ilm olish bilan boshladingizmi?
❤30🔥8👍5⚡4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tarixdagi eng yaxshi murabbiylardan biri — Guardioladan biz, ustozlar, uchun insonlar bilan munosabat doirasida ajoyib masterclass.

Pastda dialog tarjimasi qoldiraman.

G: Charchadingmi, Erling?

E: Yo‘q!

G: Charchadinglarmi?

E: Yo‘q!

G: Nega finalda Salibani duellarda yutganing kabi bugun ham yutmayapsan?

G: O‘sha la’nati finalda…

G: Agar charchagan bo‘lsangiz, o‘rningizga boshqasi tushadi.

G: Sen bizga keraksan!

G: Men 6 o‘yinchini zahirada qoldirdim. Bundan o‘zim ham uyalib ketyapman.

G: Mahoratingiz qani? Orqaga qayting, oldinga boring, kurashing.

G: Lekin baribir sizlarni yaxshi ko‘raman, xuddi otangizdek yaxshi ko‘raman.

G: G‘alaba qozonishni xohlaysizmi? Buni menga ko‘rsating!

Bu dialogdan ustoz sifatida nima xulosa oldingiz? Avval siz fikrlaringizni yozing, keyin men o’z fikrimni post shaklida joylayman.

@MuallimMuhammad
❤33👍13🔥4⚡3
Bugun yangi maktabdagi ta’lim tizimi bilan tanishgani va tahlil qilgani bordim. Kuni bilan ustozlar, bolalar, rahbarlar bilan gaplashdik.

Bolalar bilan gaplashib tursam, bir bola ustoz uylanganmisiz deydi, ikkinchisi shimlariga qara, ko’ylaklariga qara chiroyli dazmollanganini albatta uylanganlarda(o’zlariga qolsa dazmollanmagan bo’lardi demoqchi)

Uchinchisi savol so’rashni ham bilmaysanda nechta farzandingiz bor deb so’ra anig’ini soniga qarab bilib olaverasanda deydi😅
🤣155😁21❤8🔥1
Men nimani ko’rdim?

Guardiola o’z shogirdlarini urshayotganini ko’rdingiz-a? Baqiryapti, so’roq qilyapti, talab qilyapti.

Lekin oxirida nima deyapti?

Men yaxshiroq bo’lishingizni xohlayman, lekin natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar sizlarni baribir yaxshi ko’raman,—deyapti.

“Hattoki otangizdek”,— deb qo’shib qo’yyapti.

Bizda nima farq bor?

Bizda baqirish, talab qilish bir yon, yaxshi ko’rishni aytish, mehr ko’rsatish bir yon.

Hech qachon ikkisini birga qilmaymiz. Yo jahlimiz chiqib, g’azab bilan, o’rinsiz so’zlar bilan savalaymiz. Yoki mehrimiz jo’shib yo’q xislatlari bilan maqtab ketamiz.

Tanbeh berayotganimizda, talab qilayotganimizda bolaga uni yaxshi ko’rganimiz uchun, uni foydasi uchun shu ishlarni qilayotganimizni yetkazib bera olmaymiz.

Oqibatda bolalar bizdagi jahl va hissiyotlarni ko’rib meni o’ylayapti deb emas, meni yomon ko’radi shuning uchun urshyapti degan fikr bilan yashashadi.

Guardiola aybini tan olayotganini ham ko’ryapsizmi?

Bolalar xatolarida nafaqat ularning sho’xligi, tajribasizligi balki bizning ularga ma’lumotni to’g’ri yetkazib bera olmaganimiz ham bo’ladi.

Biz ularga tanbeh berarkanmiz, to’liq aybni nohaq ularga yuklab qo’ymaylik. O’z ayblarimizni ham aytaylik, tan olaylik. Adolat qilaylik.

Shundagina ular bizni eshitishadi, aytganimizni qilishadi. Biz orqali o’zgarishadi.

@MuallimMuhammad
👍68❤29⚡8🔥3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizdan ko’pincha “Zamonaviy pedagagog” kursingizda o’qisak nima o’zgaradi? Nimalar o’rganamiz?

A va B nuqtamiz qanaqa bo’ladi deb so’rashadi.

Qisqa javob videoda. O’zim bolalarni shunday tinchlantiraman)

Kursimizda to’liq darslarga kirsangiz va amal qilsangiz sinfxona boshqaruvining o’zidagina shunday katta o’sishga erishasiz))

@MuallimMuhammad
😁63❤25👍13🤣9
Hozir boshlang’ich ustozlar shunchalik ardoqlanyaptiki, ayollar shu ustozning sinf olishiga qarab homilador bo’lyapti.

Bir insonga bundan ortiq qadr bo’lmasa kerak.
😁238❤27💯20⚡1
Forwarded from Muhammad Uralov
Men Samarqandda tug’ulganman, shu hududdan 300-400 km janubroqda tug’ulishim ham mumkinmidi? Unda men Afg’onistonda yashagan bo’lardim.

Umuman boshqa taqdir, boshqa hayot, o’zgacha shartlar bo’lardi. O’zbekistonda tug’ulish uchun men nimadir qilib qo’yganmanmi?

Men 1997 yil tug’ulganman, bundan 300 yil oldin tug’ulishim ham mumkinmidi? U davrda tug’ulgan chaqaloqlarning 50%i 5 yoshga yetmasdan o’lib ketardi. Men ham tirik qolmasdim, balki.

Tibbiyot rivojlanganroq davrda tug’ulish uchun nimadir qildimmi?

Hozir ham har 8 odamdan biri o’qish, yozishni bilmaydi. Har 3 odamdan biri to’laqonli sog’lom ovqatlanolmaydi, 13 odamdan biri doimiy to’yib ovqat yemaydi, surunkali och qoladi. Har 4 odamdan birida internet yo’q. Ilm ololmaydi, imkoniyatlar cheklangan.

Qay birimizda bor shu muammolar? Borlar bu matnimni o’qiyolmaydi ham. Sizda aniq yo’q.

Omadli insonligimizga yana nima isbot kerak bizga? Shukr keltirishimiz uchun yana nima sabab kerak bizga?

Bilmadim. O’zimda ham javob yo’q.

@MuhammadUralov
👍103🔥34❤33😭19⚡4
Bugun bizda bepul mahorat darsi!

Spiker — psixologiya fanlari doktori Po‘lat Ergashev.
Soat: 20:00
Mavzu: “Shakllantiruvchi baholash: o‘quvchini stressga tushurmay baholash mumkinmi?”


Dars yopiq guruhimizda bo‘lib o‘tadi. Hozirning o‘zida guruhda 320+ nafar ustoz ishtirok etmoqda.

Qo‘shilishga hali ulgurishingiz mumkin.
Loyihamizga qo‘shilish sharti esingizda-a?

Shunchaki:
— kanallarimizga obuna bo‘lish;
— 5 nafar ustozni taklif qilish.

Siz ham Professional Start jamoasiga qo‘shiling va bepul darslarimizni o‘tkazib yubormang!

👉 Qo‘shiling: @professionalstart_bot
❤14🔥1
Sizni nima zoʻr ustozga aylantiradi?

Futbol oʻynashni yaxshi koʻradigan millionlab bolalar bor, yaxshi futbolchi boʻla olishmagan.

Ular stadionda minglab odamlar qarshisida toʻp tepishni, gollar urishni, fintlar ishlatishni va olqishlarni, mashhurlik va shouni sevishadi.

Hech oʻylab koʻrganmisiz, futbol oʻynash futbolchilikning necha foizi?

Oʻrtacha futbolchi yiliga 60–80 soat futbol oʻynab, 1200–1600 soat tayyorgarlikka sarflar ekan.

5% — futbol, 95% — mashgʻulot.

Bizga koʻrinadigan futbol bu — aysbergning uchi, tagida undan 15–20 baravar katta mehnat yotibdi. Biz esa 5% ga qarab xulosa qilamiz. Ularga mazzada!

Endi buni oʻqituvchilikda koʻrib chiqsak-chi?

Nega ustozlikni tanlagansiz, degan savolga koʻp ustozlar: «Bolalarni sevganim, gapirishni yaxshi koʻrganim, omma oldida nutq soʻzlashni yoqtirganim uchun», — deyishadi.

Bu, albatta, yaxshi, zoʻr ustoz boʻlishga yordam beradi. Lekin oʻylab koʻrmaganmisiz? Dars berish va nutq soʻzlash bu faqat aysbergning uchi boʻlsa-chi?

Doimiy chiroyli, taʼsirli nutq va qiziqarli, samarali dars uchun nima kerak ekan-a?

Juda koʻp xususiy maktab ustozlarida dars soatlarini koʻrsam, 30–38 soatlab boʻladi. Oʻzim ham bu xatoni qilganman.

Ustoz, siz qachon darsga tayyorlanasiz? Charchab qolmaysizmi, desam, amallaymiz, deyishadi.

Balki aynan amallaganimiz uchun ham daromadimiz ham, hurmatimiz ham amallaydigan holatdadir?

Garvard universiteti tadqiqotlariga koʻra, endi sohaga kirib kelgan ustozlar 45 daqiqalik sifatli dars uchun 2–3 soat, 5–10 yillik ustozlar kamida 30–45 daqiqa tayyorlanishi shart ekan. Ha, agar u sifatli va samarali dars oʻtishni xohlasa.

Biz 1 soat darsimizga qancha vaqt tayyorlanamiz? Oʻzi tayyorlanamizmi? Yoki 5–10 yilda mavzular yod boʻlib ketgan, shuni qayta-qayta oʻtaveramizmi?

Bilasizmi, qachon darslarimiz qiziqarli boʻladi?

Qachonki oʻtayotgan mavzuimizda oʻzimizga ham qiziq joylari boʻlsa, yangiliklar qoʻshgan boʻlsak va bunga bolalarning yangi munosabatini koʻrsak.

Yillardan beri bir xil oʻtilayotgan darslar avval oʻzimizni, oqibatda esa bolalarni ham zeriktirib yuboradi. Darslardan soviy boshlaymiz.

Yangilik yoʻq, oʻsish yoʻq!

Aytishga oson, oilani qanday boqamiz, deyishingiz mumkin.

Men esa qarshi savol bermoqchiman: soatbay oylik olib, eng oxiri qanchagacha topa olasiz? 40 soatda vaqt va energiya chegarangiz ham yetib keladi. Hayotingizda yorqin xotira yoʻq, «sugʻur kuni»ga aylanadi.

Savol tugʻulgandir: unda nima qilaylik? Yechim nima?

Yosh ustoz boʻlsangiz, masʼuliyatingiz kam boʻlsa, shoshmang. 15 soat dars oling. Unga 30–40 soat tayyorlaning.

Har bir darsda yosh psixologiyasini, ilm darajasini, faollik darajasini, dars maqsadini hisobga oling. Bolalar va ota-onalar bilan ishlang.

Mayli, siz tengilar ikki hissa koʻp olayotganda sabrli boʻling. Ikki yil oʻtadi, agar davomiy darsingiz va oʻz ustingizda ishlay olsangiz, ular 40 soatda oladigan daromaddan koʻpini siz 15–20 soatda olasiz.

Kamroq stress, kamroq bosim, yaxshiroq hayot boʻladi. Ardoqli va qadrli boʻlasiz, koʻtarilasiz.

Oilali va boshqa moliyaviy masʼuliyatlar tushgan boʻlsa, oilangiz bilan kelishib oling, uzoq muddatli strategiya tuzing: bugun — 1 tanga, ikki yildan keyin — 10 tanga. Yoki bugun ham, oʻn yildan keyin ham — 5 tanga.

Ha, biz koʻp aytamiz: «Muallimlar daromadi kam, qadri past», — deb. Balki oʻzimiz aybdordirmiz, ustozlar? Balki aybimiz yoʻqdir, shunchaki bilmagandirmiz.

Aybni maktab egalari va vazirlikdan qidirsak ham boʻlarmidi? Albatta!

Lekin biz ularni oʻzgartirolmaymiz, biz oʻzimizni oʻzgartira olamiz, boshqara olamiz. Shuning uchun bu kanalda ustozlar xatolari haqidagina gaplashamiz, chunki faqat shunga taʼsir oʻtkaza olamiz.

Siz-chi haftasiga necha soat dars berasiz hozir?

@MuallimMuhammad
❤95🔥36👍19💯15😭3⚡2
O’zingiz kuzatadigan pedagogikaga oid 3ta kanal nomi va linkini yozib keta olasizmi ustozlar?

Keyin men ham o’zim kuzatadiganlar ro’yhatini e’lon qilib qo’yaman)
❤42👍12