Muallim Muhammad
10.9K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Channel created
Assalomu aleykum. Ismim Muhammad. Yoshim 27da. Nizomiy nomidagi pedagogika universitetining tarix fakultetini tugatganman. 4 yildan beri ta’lim sohasida faoliyat yuritaman. Avval o’quv markazida ingliz tilidan dars berganman. Keyinchalik toshkent shahridagi prezident maktabida ishladim. 2021-2024 yillar davomida Merit school xususiy maktab va kollejida tarix va shaxsiy rivojlanishdan darslar berdim.

Ta’limga kirganimdan beri deyarli har yili kurslar olib o’qiyman va oxirgi yili buni ustozlar bilan ham bo’lishdim. Ustozlar uchun darslar tashkil qildik. Hozirda ham ustozlarga pedagogik mahoratni rivojlantiradigan online kurs o’tib kelmoqdamiz.

Undan tashqari Youtube va instagramda Pedagog_podcast loyihalarini yurgizib kelaman. Barchasidan ko’zlangan maqsad bitta O’zbekiston ta’limini ozgina bo’lsa ham rivojiga hissa qo’shish.

Bu yerda sizlar bilan birga qanday qilib o’rgatishni o’rganamiz va birga o’samiz, do’stlar!
👍13329🔥216💯3
Bolaligini unutganlar

Esla! Yoshligingda koʻp narsani bilmasding. Koʻplab xatolar qilgansan. Axir, yosh boʻlgansan. Bilmagansan!

Sen uchun eng yaxshi inson esa seni xuddi katta inson bilan gaplashayotgandek eshitadiganlar edi. Ular sening qiziqishlaring va orzularing ustidan kulmasdi. Aksincha seni ruhlantirar, har bir savolingni diqqat bilan eshitar va javob berardi. Xato qilish va bilmaganingni soʻrab oʻrganishingni norma qabul qilishardi.

Hozir yoshligimda baʼzi kattalarning menga qilgan ishlari, muomalalarini eslab nega unday qilishgan? Axir yosh bola boʻlganman, bilmaganman-ku! Nega shuni tushunishmagan deb oʻylayman, jahlim chiqadi. Baʼzilari hayotimga ham taʼsir qilgan!

Hozir bolalarini har bir notoʻgʻri ishi uchun urib tarbiyalaydigan ota-onalar, oʻquvchisining har bir xatosi uchun baqirib oʻqitadigan ustozlar Aslida oʻz bolaligini unutgan insonlardir.

Bolalarni kechirishni o'rganishimiz kerak.

@MuallimMuhammad
👍7314👏10🔥7💯6
Sevgini koʻzi koʻrmi?

Bir insonni yoqtirib qolasan. Xato va kamchiliklari koʻrinmay qoladi. Yoshlik, erkalik yoki bilmasdan qilib qoʻygan degan fikrlar kelaveradi doim. Jahling chiqmaydi. Tushunishga harakat qilasan.

Yoqtirib(gaplashib emas!) turmush qurganlar shuning uchun baxtliroq yashashsa kerak, balki.

Dars berishni boshlaganimdan beri bolalarni yaxshi koʻrgan inson zoʻr oʻqituvchi boʻla oladi deb koʻp eshitdim. Sababini bilmas edim. Endi tushundim, menimcha.

Sevgini koʻzi koʻr iborasi faqat qarama-qarshi jins vakiliga nisbatan ishlamaydi. Maktabda bola shoʻx, yosh va xatoga moyil boʻladi.

Bu xato va shoʻxliklarni faqat bolalarni yaxshi koʻrganlargina koʻtara oladi(xuddi ayolini sevgan erkak kabi). Asabiylashmaydi, baqirmaydi, begʻuborlik deb qabul qiladi.

Oqibatda dars sifati tushmaydi, bolalarni tushunadi va ularga chiroyli tushuntira oladi. Natijada sevimli oʻqituvchi boʻladi!

@MuhammadUralov
👍73🔥23💯1312
Kimligi muhimroq

Vaziyatlarda o’zingni tutishing, axloqing, nima mumkin-u nima mumkinmas deb o’ylashing - hech o’ylab ko’rganmisan bularni qayerdan olgansan?

Nega qiyin vaziyatlarda bosiq tutasan o’zingni? Nega dars berayotganingda urib o’qitasan? Nega darsda bolalarni erkin qo’yasan va ko’p hazillashasan?

O’zingdagi ko’plab hislatlarni sen kitoblardan o’qib emas insonlardan ko’rib olgansan. Inson miyasi(ko’zgu neyronlari) asosan ko’rib o’rganishga moslashgan.

Ustozing va atrofingdagi odamlarning kimligi(shaxsiyati, xarakteri), ularning nimalar o’rgatishidan ko’ra muhimroq! Chunki sen ularni o’rgatganlaridanam ko’ra ko’proq harakatlaridan o’rganasan.

@MuallimMuhammad
👍42❤‍🔥8👏8🔥6👎1🤔1
Seni ular kuzatishyapti

Taksist shu baklashkani oynadan tashlab yubora olasizmi deb qoldi, sizga kerakmasmi deb so’radim, unda men sumkamga solib olsam maylimi? Chiqindi qutisini uchratsam tashlab qo’yaman dedim.

Xijolatli ovozda avval uzr so’radi keyin rahmat aytdi 60 yoshlardagi taksist amaki. Menga dars berding, endi qaytib tashlamayman dedi.

Bir do’stim ibodat qilayotganidan ta’sirlanib men ham boshladim. Mendan ta’sirlanib oilam ham.

Ustozimni ko’p kitob o’qiyotganidan ilhonlanib men ham boshladim, mendan ko’rib o’quvchilarim ham.

Sen biror bir yaxshi(yomon)ish qilarkansan hech qachon faqat o’zing uchun qilmayapsan! Seni kuzatib turuvchilar, sendan o’rnak oluvchilar bor.

Biror ishda qiynalyapsanmi? Unutma faqat o’zing uchun emas bu qiyinchiliklar! Sen oilang, o’quvchilaring, farzandlaring va do’stlaring uchun ham chidayapsan. Ular seni kuzatishyapti!

@MuallimMuhammad
👍69🔥2619💯103
O’zingni ham sug’orib tur

Daraxt mevaga kirgunicha 2-3 yil tinmasdan sug’oriladi, o’g’itlanadi, mehr beriladi. Keyin hosilga kiradi.

Meva berishdan oldingi jarayonlar ketma-ketligi qanchalik to’g’ri va uzoq muddat qilinsa meva berish jarayoni ham shunchalik uzun va sifatli bo’ladi.

O’qituvchi ham xuddi shu daraxtdek, bu darajaga chiqqunicha ma’lum vaqt mehnat qilingan, ilm olingan.

Lekin hozirgi mevaga mahliyo bo’lib o’zini sug’orishni unutib qo’ysa, tez orada qurigan daraxtga aylanadi. Bolalar undan zerikishni boshlaydi.

Hozirgi darajang 3-5 yil oldin olgan bilimlaring natijasi, hozirgi harakating yoki harakatsizliging hosilini 3-5 yildan keyin yig’asan. Hozirgi natijaga aldanib qolma!

@MuallimMuhammad
👍56🔥181210💯6
Qanday ish topay?

O’qishni bitirgan yilim eng birinchi ochilgan prezident maktabiga borganman. Ingliz tili bilardim va ozgina kitoblar o’qigandim, lekin tajribam yo’q edi. Qancha oylik so’raysiz deganda yo’lkiram va tushlik uchun pul bersangiz bo’ldi, sizdagi eng zo’r ustozlardan o’rgansam va tajriba orttirsam yetarli deganman.

Magistratura bo’lmasa ishga olmaydigan joyga meni bakalavr diplomi bilan ishga olishgan.

Keyin orada tajribamni Merit maktabida orttirdim. Boshlang’ich 3-4 yil davomida rahbarlar bilan umuman oylik uchun talashmadim, chunki holatimni bilardim. Menga pul emas tajriba kerak edi.

Boshida qayerga borsam ham aniq mendan karrasiga kuchli ustozlar va mentorlar izladim, menga beradigan bilimi bo’lmasa katta pul berishsa ham unday joylardan uzoq yurdim.

Tajriba to’plangach esa zo’r yurayotgan loyihalarga emas, endi boshlanayotgan start up larga bordim. Chunki men to’plagan bilim va ko’nikmalar aynan ularga kerak, aynan ularda men tezroq o’saman, natijamni ko’rsata olaman.

Xulosa: ishni endi boshlayapsizmi kuchli maktab va ustozlar bor joyga boring, bilim va tajriba yig’ilgandan keyin uni sinovdan o’tkazish va o’sish uchun yangi maktab va loyihalarga boring.

@MuallimMuhammad
👍128🔥261711💯8
Sizni faningizni o’rganishimdan oxiratimga nima foyda?

O’quvchilarim ba’zan maktabdagi fanlar dunyoviy fan bundan ko’ra diniy ilm o’rgansak yaxshiroq, savobliroq-ku, nega sizning faningizni o’rganishimiz kerak? Oxiratimizga nima foyda deyishadi?

Aslida din bu hayot tarzi, din va dunyo ajratilmaydi! Dunyoviy ilmlarning hammasi Allohga olib boradi.

Qanday qilib?

Aytaylik tarixni ustozingizdan o’rgandingiz, u ham ustozidan va u ham o’z ustozidan va oxiri borib, borib bu Odam alayhissalomga borib taqaladi. Qur’oni karim bo’yicha Odam alayhissalomga barcha narsaning nomini va ilmni Alloh taolo o’rgatgan edi.

Bizga buni ajratish qanday kelib qolgan?

O’rta asrlarda yevropada xristianlik dini va papasi katta kuch edi. U barchaga birdek ta’sir o’tkaza olar va xatto mamlakatlar qirollarini ham almashtira olardi. Ilm fan rivojidagi eng katta to’siq ham aynan rim papasi edi.

Keyinchalik yevropa qirollari xristian dini ta’sirini kamaytirish va rim papasi humkronligidan qutulish uchun sekulyarizmni qo’llay boshlashdi. Bunda din davlatdan, ta’lim esa dindan ajratildi, ruhoniylar qiladigan barcha ishlarni(odamlarni ro’yxatdan o’tkazish, o’lim, tug’ulishni yozish, soliqlar yig’ish) davlat o’z qo’liga oldi. Bu orqali qirollar hokimiyati kuchayib rim papasi nazoratidan chiqdi va davlat kuchaydi. Odamlar va fan erkinlikka chiqdi.

Asrlar o’tib asli xristian olamida boshlangan sekulyarizm islom olamiga ham propaganda qilindi va aslida hayot tarzi bo’lgan islom dini ham ikkiga ajratildi. Endi bizda ham hali diniy ilmi kuchli bo’lmagan insonlar tomonidan hayot ikkiga ajratilmoqda. Qilayotgan ishlarining tub mohiyatiga e’tibor bermasdan, din desa faqat masjid, namoz, qur’on va hadis kabi narsalarni qolgan barcha jabhalar esa dunyoniki deya fikrlashmoqda.

Siz tarixchi, iqtisodchi, haydovchi bo’lishingiz mumkin va bundan o’zingiz foyda olib, jamiyatga ham foyda keltirar ekansiz bu isrof emas. Niyatimiz to’g’ri ekan, bu savob, bu to’g’ri ish. Biz ham oxiratimizga ham dunyoyimizga birdek, bir vaqtda foyda keltira olamiz! Aynan bittasini tanlashimiz shart emas!

Aynan shu ishlarda mutaxasis bo’lsak, kuchli bo’lamiz. Biz kuchli bo’lsak ummatimiz, millatimiz qudratli bo’la oladi. Shundagina biz Falastinda birodarlarimiz zulm ko’rayotganda faqat instagramda “free Palestine” deb yozib o’tirmasdan aniq amaliy choralar ko’ra olamiz.

Shundagina Xitoyda uyg’ur dindoshlarimiz xo’rlanyotganda faqat internetga yig’lab video chiqarmasdan ularga bemalol yordam bera olamiz.

@MuallimMuhammad
👍138🔥321410💯7👎2
Sizning kichik shaklingiz

Maktabda ota-onalar majlisi bo’ldi. Aksariyat mas’uliyatli va va’da bersa bajara oladigan o’quvchilarning ota-onalari ham va’dalarini bajarib kelishdi.

Farzand ikki narsadan tarkib topgan. Biri gen, ikkinchisi tarbiya va ikkisini ham ota-onadan oladi. Shuning uchun barcha e’tirozlarimni bolalarga emas ularning uyidagilariga aytdim va o’zlarini isloh qilishga chaqirdim.

Siz o’zgarmas ekansiz bolangizdan hech narsa kutmang dedim. Boladagi eng asosiy unsurlar ham sizdan o’tgan ekan nega xatolar uchun o’zingizni emas ularni jazolaysiz?

Ota-onalarni ko’rib bolasi nega hozir shu holatga kelib qolganligini aniq-tiniq bilib oldim. Axir bolalarimiz bizlarning kichik shakllarimiz emasmidi?

@MuallimMuhammad
👍82💯1210🔥109
Nega kitob o'qishim kerak?

1. Senda ko'pi bilan 60-70 yil umr bor. Har bir kitob muallifi esa o'z umrini shu kitobga investitsiya qilgan bo'ladi. Bu degani 10ta kitob o'qisang 600 yil umrlik bilim va tajriba!

2. Ayollar doim o'zlaridan kuchliroq erkaklarni yoqtiradi. Bizning hech qanday karomatimizsiz ham Alloh bizni ulardan jismonan kuchli yaratgan endi aqlan kuchayishimiz esa o'z mehnatimizga bog'liq.

3. Aqilli emas Dono bo'lish uchun o'qishing kerak. Aqilli odam - o'z xatolaridan xulosa qiladigan inson. Dono odam - boshqalarning xatosini ko'rib o'ziga xulosa oladi.Umr va resurslar cheklangan, demak hamma xatolarni qilib ko'rish bizga qimmatga tushadi.

4. O'zingni anglash uchun o'qi. Nega yashayapsan? Nega bu dunyoga kelding? Nega yig'laysan? Nega dangasasan? O'zingni, o'zligingni, tanangni, harakatlaringni va eng muhimi Yaratuvchingni anglash uchun o'qi.

5. Boshqariluvchi emas, boshqaruvchi bo'lish uchun o'qi. Bu dunyoni albatta aqilliroq insonlar boshqaradi. Ular katta tashkilotlarni, korxonalarni, davlatlarni va hatto butun dunyoni boshqaradilar. O'qimasang albatta ularga ishlaysan.

6. Vaqtimiz va energiyamizni qimmatroqqa sota olishimiz uchun o'qimiz. Sen qanchalik ko'p o'qisang, sening qiymating shunga yarasha ortib boradi. 1 soati 1000$ turadigan huquqshunoslar, oyiga 30mln oylik oladigan maktab ustozlar(tarix)ham aynan O'zbekistonda ishlashmoqda.

7. Dam olish uchun, sokinlik, yolg'iz qolish, fikrlash, tafakkur va mazza qilish uchun o'qi kitobni.

@MuallimMuhammad
👍116🔥36137
Nega asabiylashasan?

Shunday oʻquvchilar boʻladi, hech qachon oʻzgarmaydi, nima qilishingni, nima deyishingni umuman farqi yoʻq!

Lekin yaxshi oʻqituvchi doim ular uchun qaygʻurishi, asabiylashishi, vaqti kelsa ularni maqtab yoki jazolab turishi shart!

Sabab: oʻqiyotganlar toʻxtab qolmasligi uchun!

Oʻqimayotganlar, dars qilmayotganlar va oʻsmayotganlar jazolanmaydigan sinfda, guruhda va jamiyatda bu ishlarni qilish tabiiy ekan degan tushuncha paydo boʻladi.

Va oʻqiyotganlarni ham orqaga tortishni boshlaydi.

Bu dunyo qonuniyati ham ayni shunday: sen qaysidir jihatdan mukammallikka yetib keldim deb hisoblashing bilan shu jabhada orqaga ketishni boshlaysan.

Demak, bu dunyoda hech qaysi jabhada kurash hech qachon tugamaydi!

@MuallimMuhammad
👍12522🔥1514
Nomsiz post

Qishloqqa kelsam o’zimni yomon his qila boshlayman oxirgi vaqtlar, yoshligimda eng sevimli joyim hozir o’zgargandek.

Sababini o’ylab ko’rsam, joy emas men o’zgarganman. Ulg’ayibman! Bu yerda maqsadsizman, foydasizman. Hamma dalada, fermada foydali ishlar bilan band. Men esa shunchaki yuraman. Bu yerda qo’limdan bir ish kelmaydi.

Eng yoqtirgan joyim maktab. Bolalarga ilm berayotganimdan, foydali inson bo’layotganimdan mazza qilaman. Ularni hayotini o’zgartirayotganimni sezaman.

Bundan keyin bahtli bo’lishga emas, foydali bo’lishga harakat qilaman, shunda baxtning o’zi keladi.

Postga nom uchun variantlar bo’lsa izohlarda kutaman)

@MuallimMuhammad
89👍56🔥15💯136