Haqiqatga tik qarolmaganlar cho’kaveradi
Universitetga tayyorlanardim, lekin doim sinov test topshirishdan qochardim. Yaxshi o’qimayotganimni, darslarni to’liq qilmayotganimni o’zim bilardim, lekin buni tan olgim kelmasdi. Bahonalar qidirardim.
O’qishga topshirdim, haqiqat bilan yuzlashdim! Haqiqiy holatimni bilganimdan keyin shundan kelib chiqib tayyorlanishni boshladim, keyingi yil kirdim o’qishga, lekin 3 yil umrim yo’qoldi orada.
Do’stim bir qizni yoqtirardi, do’stona suhbatlashib turardi. Menga turmushga chiqasanmi deb so’ray olmasdi, yo’q desa butunlay yo’qotishdan qo’rqardi. Oqibatda arosatda yillar yo’qotdi, ilm olishi sekinlashdi, umri ham unga umid bog’lab o’tib ketdi. Baribir oxirida haqiqat bilan yuzlashishga to’g’ri keldi. Taqdirda yozilgani bo’ldi!
Insonlardagi eng yaxshi fazilatlar samimiylik, xatoni tan olish, haqiqat bilan yuzlashishdan qochmaslik! Biz ba’zan hayot majbur qilmaguncha haqiqatdan turli bahonalar bilan qochamiz! Oqibatda qimmatli vaqtimizni yoqotamiz.
Kasalini tan olgan bemorni davolash oson bo’ladi, kasal bo’la turib, kasalmasman deganlarni esa tuzatib bo’lmaydi!
@MuallimMuhammad

👍116💯32❤16🔥15⚡14
Ijtimoiy imij yarating
Bola darsingizga kelarkan, bolani o’zi haqidagi fikrini o’zgartiring. Avval sizni faningizni yaxshi o’qiy olmagan, sizdan oldingi ustozidan bu fan sen uchun emas degan fikr singdirilgan bolani o’qitish oson emas.
O’quvchini tahlil qiling, faningizdan juda oson bo’lgan savol, misol yoki topshiriqni bering. Bola yecha olgandan keyin esa maqtab, ruhlantirib qo’ying. Bu maqtov quruq emas tepada uni isboti ham bor. Isbot gaplarni kuchli qiladi.
Bu holat 4-5 marta takrorlangandan keyin o’quvchi dars qilishdan zavqlana boshlaydi. Chunki inson qila olgan ishini yoqtiradi(ba’zi fan va sport turlarini nega yoqtirganingizni eslang) . Ba’zan boshida majburlash ham mumkin. Natija ko’rina boshlagandan keyin esa ruhlanish bosqichi boshlanadi.
Endi o’quvchi sinfdoshlari, ustozi va ota-onasi oldida shu fandan yaxshi o’qiydigan degan ijtimoiy imij yaratdi. Va bu imijni himoya qilish uchun ham qattiq harakat qilib o’qiydi. O’zini-o’zi majburlay oladi.
Dars qilmay kelganda esa siz shu imijdan foydalaning. “Seni fanimdan yaxshi o’qiydigan o’quvchi deb o’ylardim, ishonardim senga” degan gap bolaga har qanday jazodan ham qattiqroq tegadi. Chunki xohlaymizmi yo’qmi? Bizga atrofdagi odamlar fikri muhim va bu katta ta’sirga ega!
@MuallimMuhammad
Bola darsingizga kelarkan, bolani o’zi haqidagi fikrini o’zgartiring. Avval sizni faningizni yaxshi o’qiy olmagan, sizdan oldingi ustozidan bu fan sen uchun emas degan fikr singdirilgan bolani o’qitish oson emas.
O’quvchini tahlil qiling, faningizdan juda oson bo’lgan savol, misol yoki topshiriqni bering. Bola yecha olgandan keyin esa maqtab, ruhlantirib qo’ying. Bu maqtov quruq emas tepada uni isboti ham bor. Isbot gaplarni kuchli qiladi.
Bu holat 4-5 marta takrorlangandan keyin o’quvchi dars qilishdan zavqlana boshlaydi. Chunki inson qila olgan ishini yoqtiradi
Endi o’quvchi sinfdoshlari, ustozi va ota-onasi oldida shu fandan yaxshi o’qiydigan degan ijtimoiy imij yaratdi. Va bu imijni himoya qilish uchun ham qattiq harakat qilib o’qiydi. O’zini-o’zi majburlay oladi.
Dars qilmay kelganda esa siz shu imijdan foydalaning. “Seni fanimdan yaxshi o’qiydigan o’quvchi deb o’ylardim, ishonardim senga” degan gap bolaga har qanday jazodan ham qattiqroq tegadi. Chunki xohlaymizmi yo’qmi? Bizga atrofdagi odamlar fikri muhim va bu katta ta’sirga ega!
@MuallimMuhammad
🔥85👍55⚡14❤10🤔4💯3👎1
Suhbatlar muammolarni yechadi
Universitetda o’qiyman 22 yoshlar atrofidaman. Dekanat bilan tortishib qoldim. Uydagilaringni chaqirib kel bo’lmasa o’qishga kirgizmaymiz deyishdi.
Men allaqachon yetarlicha kattaman va o’z muammolarimni o’zim hal qila olaman. Ba’zi men tengi kursdoshlarimizni farzandlari bor. Biz ota onamizni chaqiradigan emas, ota-ona bo’lib muammolarni yechish yoshiga yetdik dedim.
Ular tushinishni xohlashmadi, men ham haq bo’lsam ortda qaytadiganlardan emasdim)
Maktabda asosan katta sinflarni o’qitaman(8 va undan yuqori) . Eng kam qiladigan ishim sinf rahbari va ota-onalarni chaqirish. Muammolar tug’ulganda eng birinchi aytadigan gapim siz yetarlicha kattasiz deb umid qilaman va buni o’zingiz bilan suhbatda yecha olamiz deb o’ylayman deyman.
Va ko’p hollarda suhbatlar bilan muammolar yechiladi. Bolalar mustaqillikni va o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Orada munosabatlarimiz ham mustahkamlanadi.
Bola bilan muammolar paydo bo’lganda uchinchi shaxsni oraga qo’shish(ota-ona, sinf rahbar, boshqa ustoz) , men bu muammo oldida ojizman va men seni eplay olmayman degan ishorani beradi. Bu obro’yingizni to’kadi!
@MuallimMuhammad
Universitetda o’qiyman 22 yoshlar atrofidaman. Dekanat bilan tortishib qoldim. Uydagilaringni chaqirib kel bo’lmasa o’qishga kirgizmaymiz deyishdi.
Men allaqachon yetarlicha kattaman va o’z muammolarimni o’zim hal qila olaman. Ba’zi men tengi kursdoshlarimizni farzandlari bor. Biz ota onamizni chaqiradigan emas, ota-ona bo’lib muammolarni yechish yoshiga yetdik dedim.
Ular tushinishni xohlashmadi, men ham haq bo’lsam ortda qaytadiganlardan emasdim)
Maktabda asosan katta sinflarni o’qitaman
Va ko’p hollarda suhbatlar bilan muammolar yechiladi. Bolalar mustaqillikni va o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Orada munosabatlarimiz ham mustahkamlanadi.
Bola bilan muammolar paydo bo’lganda uchinchi shaxsni oraga qo’shish
@MuallimMuhammad
👍131💯30🔥21⚡12❤9
Shaxsiyat ustida ishlang!
Barcelona, Real Madrid, Man United kabi yirik klublarga doim o’z shaxsiyatiga ega, boshqa yirik shaxsiyatlarni bo’ysundira oladigan yoki kamida ular bilan tengma-teng suhbat olib bora oladigan murabbiylarni tayinlashadi.
Murabbiy futbolchilat uchun авторитет bo’lishi kerak. Eng qiyin, kim nima qilishni bilmaydigan joylarda uni aytgani aytgan, degani degan bo’lishi va bu g’oyalarga uni shogirdlari so’zsiz ishonishi va bo’ysunishi kerak!
Ba’zan futbol ilmini zo’r biladigan, taktikalarni suv qilib ichib yuborgan murabbiydan ko’ra shaxsiyati va obro’si yuqoriroq lekin ilmi kamrog’ini buyuk klublar olib kelishadi.
Gap kim ko’proq ilm egasi ekanligida emas, kim uni yaxshiroq qo’llay olishi va shu g’oyalarni boshqalarga “sota olishida”!
Endi bu faqat futbolda emas xohlagan sohadagi murabbiylar uchun tushadi! Maktabda ilmi “daxshatli” lekin shaxsiyati yo’qligi uchun birorta sinfni eplolmagan va ilm bera olmaganlarni ko’rganman.
Maktabdagi ustoz ham murabbiy, kompaniya rahbari ham murabbiy, oila boshlig’i ham murabbiy, futbol murabbiyi ham murabbiy! Murabbiy bo’lmoqchimisiz shaxsiyatingiz ustida ishlang!(Ilmni unutmagan holda)
Gapning ma’nosi uni 50% darajasini belgilasa, qolgan 50% ini uni kim gapirayotganligi belgilab beradi!
@MuallimMuhammad
Barcelona, Real Madrid, Man United kabi yirik klublarga doim o’z shaxsiyatiga ega, boshqa yirik shaxsiyatlarni bo’ysundira oladigan yoki kamida ular bilan tengma-teng suhbat olib bora oladigan murabbiylarni tayinlashadi.
Murabbiy futbolchilat uchun авторитет bo’lishi kerak. Eng qiyin, kim nima qilishni bilmaydigan joylarda uni aytgani aytgan, degani degan bo’lishi va bu g’oyalarga uni shogirdlari so’zsiz ishonishi va bo’ysunishi kerak!
Ba’zan futbol ilmini zo’r biladigan, taktikalarni suv qilib ichib yuborgan murabbiydan ko’ra shaxsiyati va obro’si yuqoriroq lekin ilmi kamrog’ini buyuk klublar olib kelishadi.
Gap kim ko’proq ilm egasi ekanligida emas, kim uni yaxshiroq qo’llay olishi va shu g’oyalarni boshqalarga “sota olishida”!
Endi bu faqat futbolda emas xohlagan sohadagi murabbiylar uchun tushadi! Maktabda ilmi “daxshatli” lekin shaxsiyati yo’qligi uchun birorta sinfni eplolmagan va ilm bera olmaganlarni ko’rganman.
Maktabdagi ustoz ham murabbiy, kompaniya rahbari ham murabbiy, oila boshlig’i ham murabbiy, futbol murabbiyi ham murabbiy! Murabbiy bo’lmoqchimisiz shaxsiyatingiz ustida ishlang!
Gapning ma’nosi uni 50% darajasini belgilasa, qolgan 50% ini uni kim gapirayotganligi belgilab beradi!
@MuallimMuhammad
🔥83👍22💯12⚡5❤2🤔1
Biz bilmaymiz!
Maktabda juda “shustriy” do’stlarimiz bo’lardi. Darslarni qilmasa ham amallab javob berib yuborar. Tinmasdan o’qiganlar bilan bir xil baho olishardi.
Boksga borardik. Murabbiy 5km yugurishni buyurardi, ba’zi “uddaburon” do’stlarimiz 1-2km yugurib qolganini amallab yuborishardi.
Biz soddaroq edik. Ustoz nima desa hammasini so’zsiz qilardik. Uddaburon do’stlarimizga havas qilardik, lekin qo’limizdan kelmasdi. Atrofdagilar esa ularga qoyil qolib, maqtashardi. Sen ham “shustriyroq” bo’l deyishardi.
Yillar o’tdi. Soddaroqlar ustozlarni to’liq aytganini qilib kam bo’lishmadi. Va o’z sohalarida mutaxasislar bo’lishdi. Uddaburonlar esa harakatiga yarashasini olishdi.
Albatta, bu yerda ustozning darajasi ham muhim.
Shoyadki yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladi, siz bilmaysiz! Biz bilmaymiz!
Do’stlarimiz bilan ertalabki suhbatdan olindi post.

⚡75👍41🔥17❤11💯10
Mushuk
Hech hayotingizda mushuk ushlab ko’rganmisan? Dumidan ushlasang tirnaydi, tishlaydi. Agar silasang kelib erkalanadi, senga ham yoqimli tuyg’ular ulashadi.
Mushukka sening kimligingni umuman farqi yo’q! Jinsing, ranging, daromading, yoshing va ko’rinishing umuman qiziqmas!
Unga sening munosabating qiziq.
Bolalarni o’qitar(tarbiyalar) ekansan ularni ham mushuk kabi bil. Odamlarning ular haqidagi yomon xulosa va gaplariga ishonma. Avvalo bil ularBOLA .
Ularni erkala, to’g’ri tushun, hurmat qil, eshit, xuddi kattalardek, xuddi mushuklardek muomila qil.
Ularni yaxshi ko’r, shunda sen ularni xato-kamchiliklarini kechira olasan. Beg’uborlik deb qabul qilasan.
Bu hayotda juda ko’p narsalar bizning unga munosabatimizga bog’liq. Avval ularga mehr beramiz keyin esa cheklanmagan miqdorda olamiz!
@MuhammadUralov
Hech hayotingizda mushuk ushlab ko’rganmisan? Dumidan ushlasang tirnaydi, tishlaydi. Agar silasang kelib erkalanadi, senga ham yoqimli tuyg’ular ulashadi.
Mushukka sening kimligingni umuman farqi yo’q! Jinsing, ranging, daromading, yoshing va ko’rinishing umuman qiziqmas!
Unga sening munosabating qiziq.
Bolalarni o’qitar(tarbiyalar) ekansan ularni ham mushuk kabi bil. Odamlarning ular haqidagi yomon xulosa va gaplariga ishonma. Avvalo bil ular
Ularni erkala, to’g’ri tushun, hurmat qil, eshit, xuddi kattalardek, xuddi mushuklardek muomila qil.
Ularni yaxshi ko’r, shunda sen ularni xato-kamchiliklarini kechira olasan. Beg’uborlik deb qabul qilasan.
Bu hayotda juda ko’p narsalar bizning unga munosabatimizga bog’liq. Avval ularga mehr beramiz keyin esa cheklanmagan miqdorda olamiz!
@MuhammadUralov
👍120❤38💯8⚡6🔥6
Tarbiya
Oxirgi 3 yilda faoliyatim maktab bilan bogʻlandi. Va bola xarakterini oʻzim uchun qaytadan kashf qildim. Har bir bola xarakteriga qarab uning oilasi haqida bilish mumkin.
Oʻziga ishongan, kelajagini aniq tasavvur qila oladigan va fikrini bemalol har joyda bildirib himoya qila oladigan bolalar bor. Soʻrasang ota-onasi vaqt ajratgan, ular bilan barcha mavzuda fikrlashgan va eng muhimi urmasdan tarbiyalagan boʻladi! Ular kaltakdan emas ota-onasi xafa boʻlishidan koʻproq qoʻrqadi.
Ota-onasi vaqt ajratmaydigan. Ajratsa ham uni tushunmaydigan oila farzandlari sinfda qaysar, hammani eʼtiborini oʻziga qaratishni xohlaydigan oʻquvchilar boʻladi. Oilada olinmagan mehr va eʼtiborni ular oʻqituvchi va sinfdoshlari hisobiga toʻldirishni xohlashadi.
Farzandiga yoshligini maza qilib oʻtkazishga bermagan, uni faqat bosim bilan ushlab turganlar boʻladi. Maktabda eng shoʻx, janjalkash va toʻpolonchi bolalar aynan ular boʻladi. Bola bolaligini uyida, ota-onasini yonida qila olmas ekan bor energiyasini u maktabda sarflaydi.

🔥75👍38💯14⚡9❤5
U sening tengdoshing yoki do’sting emas!
O’z do’stlarimiz, tengdoshlarimiz bilan munosabatga kirisharkanmiz yoshimiz, hayotiy tajribamiz, aql-farosatimiz o’zaro yaqinroq bo’lganligi uchun ular qilgan xatolardan xafa bo’lishimiz, buni ularga sezdirishimiz va ba’zan himoyalanish uchun ularga bu xatolar uchun jazolar berishimi ko’pincha to’g’ri.
Lekin, ustoz va shogird munosabatida bu qoida ishlamaydi. Men 27 yoshman, o’quvchilarimning eng kattasi 18 yosh. O’rtamizda deyarli 10 yil farq bor va eng asosiy o’sish nuqtasi ham shu 10 yillikda bo’ladi.
Avvalo biz o’quvchilarimizdan do’stlarimiz va tengdoshlarimiz darajasidagi aql, mas’uliyat, farosatni kutmasligimiz kerak. Va ular qilgan xatoga xuddi o’zimizning tengdoshlarimizga qilgandek munosabat bildirmasligimiz, xuddi shunday jiddiy jazolar bermasligimiz va buni o’zimizga o’ta jiddiy qabul qilmasligimiz kerak.
Unutmaylik, biz hali aqlan, ruhan, ma’nan va jismonan voyaga yetmagan bolalar bilan ishlaymiz, o’zimiz tengi insonlar bilan emas! Biz umuman boshqa darajadamiz ustozlar!

🔥75👍33💯21❤14⚡8
Mehmon
Kitob, maqola, video, audio suhbatlar yo’llar har xil, mohiyat bitta - ilm olish.
Aslida, ilm olish ham maqsad emas, maqsad o’rganganingiz orqali o’zgarish! O’zgarmasangiz o’rganmapsiz!
Maqolalar ortidan, audiochatlarni ham boshlaymiz bugundan, xudo xohlasa.
Mehmonlar orasida ustozlarim, tajribasi va bilimi sizga va bizga aniq foyda keltiradigan do’stlarimiz va hamkasblarimiz bo’ladi.
Bugungi mehmonimiz - Oybek aka Qudratov. O’sha mashhur abituriyent gazetasida fizikadan test va tahlillarni tayyorlagan inson. Khan Academy da fizika, astranomiya va algebra kurslarini tayyorlaganlar. Va men tanigan eng zo’r pedagoglardan biri va eng kuchli fiziklar Oybek aka.
Oybek akadan maksimal foyda olishimiz kerak! Ta’limga doir savollaringiz bo’lsa komentga yozing.
Suhbat bugun 20:00da bo’lib o’tadi. Boshqa pedagog do’stlaringizni ham chaqirishni unutmang!

👍46❤9💯3⚡1
Erkinlik qidiring!
Bizda hozirgi zo’r jurnalistlarning juda ko’pchiligi sport(futbol) jurnalistikasidan chiqqan. 2016-yilgacha tanqid qilish, erkin fikrlash va kreativ uchun to’siqlar faqat sport sohasi jurnalistikasida yo’q edi. Shuning uchun hamma faqat futbolimizni hazil qila olardi.
3 yil davomida Merit schoolda ishladim, asosiy sabab ustozlarga nisbatan berilgan erkinlik edi. Men va birga ishlagan jamoamiz juda katta o’sishga ham aynan shu muhitda erishdik. Va maktab natijalari ham ustozlar bilan birga o’sdi.
Erkinlik sizga o’zingiz uchun eng to’g’ri metodni topishga yordam beradi. Tahliliy va tanqidiy fikrlashga rag’batlantiradi. Eng zo’r ustoz bo’lishingizga sharoit yaratib beradi. Inson biror ishni qilib ko’rib jarayonni sinab ko’rmaguncha tajribali bo’la olmaydi.
Yangi maktab izlayapsiz? Rahbariyat yaratib bergan erkinlik muhitiga qarang. Agar bu bo’lmasa ta’limda o’zingizni topa olmaysiz, o’zligingizni ocha olmaysiz! Faqat ular aytgan yo’ldan yurib umringiz tugaydi.

👍65⚡13🔥9❤5🤔5💯3👎1
Stress bilan emas, mehr bilan chiqing!
-10 ta bo’lsa zo’r bo’lardi.
- 5 ta bo’lsa ham boshlayveramiz, muhimi boshlash!
Bu Moxir bilan “Zamonaviy pedagog” loyihasini boshlashdan oldin bo’lgan suhbatimiz.
Bizga ishongan bitta inson chiqqanda o’zimizga ishonchimiz oshgandi.
1,5 oy ichida bizga ishonganlar soni 50+dan oshdi. 1 ta texnikum va 1 xususiy maktab bilan to’liq jamoani o’qitish bo’yicha kelishuvga erishdik.
Kursimizda o’qigan ustozlarda juda ko’p anglashlar bo’ldi. Deyarli 100% qatnashuvchilar kursdan rozi va uni o’z yaqinlariga tavsiya qilmoqda.
Yaqinda sentabr “yana maktabmi? Yana sho’x bolalarmi?”-deb stressda emas, o’zingizga ishonch va bolalarga mehr bilan bormoqchi bo’lsangiz kursimizda sizni kutamiz!
Darslar dushanbadan boshlanadi, shoshilmasangiz qolib ketasiz.
Kurs bo’yicha to’liq ma’lumotlar shu yerda: https://t.me/zamonaviypedagogkursi/64

👍45❤8⚡4🔥4
Ishonch - bu hamma narsa
NASA kosmik tadqiqotlar ilmiy markazidagi “Asalari” nomli devoriy suratda shunday deb yozilgan:
— Aerodinamika qoidalariga ko‘ra, asalarilar tanasi uchishga yaroqsizdir, ammo uning o‘zi bundan bexabar.
Fizika qonunlariga ko‘ra, asalarining jussasi qanotlariga nisbatan kattaligi sabab, parvoz qilish imkonsiz. Baxtga qarshi asalari bundan ham bexabar.
Asalari esa uchish mumkinligiga ishonadi.
Ta’lim va tarbiyada ham shunday vaziyatlar bo’ladiki, ota-ona va ustozlarning ozgina bergan ishonchi bolalarni aqlbovar qilmas natijalarga yetaklaydi! Asalarini uchirgan ishonch bolalarizni ham mo’jizalar qilishga unday oladi.
Hech kim ishonmayotganda ham biz ularga ishonishni o’rganishimiz kerak! Ha, aynan bu o’rganilishi kerak!

👍119❤33🔥20💯13⚡1
Suyukli ustoz bo’lasiz!
Uxud g’azotida payg’ambarimiz (s.a.v) kamonchilarga tog’ning eng tepasida turishni va natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar o’zlari buyruq bermagunlaricha qimillamaslikni buyuradilar.
Jang boshlanadi, musulmonlar qo’li baland kela boshlaydi. Kamonchilar ichida fitna chiqadi. Ma’lum qismi g’alaba bizniki bo’ldi, pastga tezroq pastga tushib o’ljalarga egalik qilishimiz kerak deydi, qolgan qismi rasululloh aytmagunimcha qimillamang degan edi deyishadi. Orada tortishuv bo’ladi va kamonchilar o’z joylarini tark etishadi, vaziyatni ko’rgan Xolid ibn Valid(bu vaqti u musulmonlar safiga hali qo’shilmagandi) tog’dan aylanib kelib musulmonlarga zarba beradi.
Jangning borishi o’zgarib ketadi, rasululloh qattiq yaralanadilar, og’izlari qon bilan to’ladi, jang maydonida ularni o’ldi degan yolg’on gap tarqaydi. G’alabali jang mag’lubiyat bilan tugaydi. Musulmon lashkari va payg’ambarimiz zo’rg’a qochib qutulishadi.
Barchasiga aybdor kamonchilar, ularni deb qanchalab bolalar yetim, ayollar tul, akalar ukasiz, ukalar akasiz qoladi. Rasululloh qattiq jarohatlar oladilar.
Ular o’z ayblarini bilar, ich-ichidan unga iqror edi. Va o’qiladigan hukmni kutishayotgan edi. Bunday katta xato uchun o’lim jazosiga ham tayyor edilar.
Mag’lubiyatdan ozgina vaqt o’tib hamma tinchlanib olgach, payg’ambarimiz kamonchilarni yonlariga chaqiradilar. O’lim hukmiga ham hech bir e’tirozsiz rozi kamonchilarni kechirib yuboradilar!
Va xatto keyingi jang taktikasi uchun ulardan maslahat ham so’raydilar!
Payg’ambarimiz insonlar xato qilarkan ularga ma’lum vaqt berilsa ich-ichidan bunga iqror bo’lishini, qiynalishini, ezilishini va buni qaytib qilmaslikka ko’pincha axd qilishini bilardilar.
Siz eng qattiq jazo kutayotgan vaqtingizda sizga berilgan keyingi imkoniyat, imkoniyat bergan insonga nisbatan qalbingizda muhabbat uyg’otadi. Muhabbat o’z ortidan sadoqatni olib keladi.
Siz ham o’quvchilarga sevimli ustoz bo’lmoqchimisiz? Hech kim kechira olmaydigan vaziyatda ularni kechiring, ular ham hech kimni eshitmayotgan joyida sizni eshitishadi!
Xatolariga yengilroq qarang, ular qilgan hech bir ish kamonchilar qilgan ish kabi kimlarnidir yetim qoldirmaydi, ular qilgan hech bir ish rasulimizni og’izlarini qon bilan to’ldirmaydi.
Albatta, bu ularni umuman to’g’irlamaslik kerak degani emas, to’g’irlang, faqat chiroyli xulq va meyor darajasidagi ogohlantirish bilan.

👍149❤34🔥18⚡6
Sabrsizlik ortidagi ilmsizlik
Muso alayhissalom Hizr qilgan ishlarga sabr qila olmadi, chunki uning ishlari ortidagi hikmatlarni ko’rishga ilmi yetmasdi.
Mashinada ketayotganingizda yo’lingizni qisib qo’yishdi, sabrsizlik qilib signal chalib, baqirdingiz. Ataylab qildi deb o’yladingiz. Lekin siz “insonlar bizga qilayotgan yomonliklarining 7/10 tasini bilmasdan qilishini” bilmasdingiz.
O’quvchiga darsni qayta-qayta tushuntiryapsiz va bu uchun sabrsizlik qilib asabiylashyapsiz, nahotki shu oddiy narsani ham tushunmasa? Aslida siz “inson biror narsani o’rganib olgandan keyin uni bilmaslik qanday bo’lishini unutib qo’yishi” haqidagi ilmni bilmaysiz.
Biror narsaga sabrsizlik qilyapsizmi? Bilingki shu sohada ilmingiz yo’q! Siz sabrsiz emassiz, siz ilmsizsiz!

🔥93👍38❤11💯7⚡3🤔3
Mehmon 2
Kitob, maqola, video, audio suhbatlar yo’llar har xil, mohiyat bitta - ilm olish.
Aslida, ilm olish ham maqsad emas, maqsad o’rganganingiz orqali o’zgarish! O’zgarmasangiz o’rganmapsiz!
Ikkinchi audiosuhbatimiz mehmoni - Aziz aka Rahimov. Rahimov school asoschisi va O’zbekistonda ta’lim sohasidagi eng katta expertlardan biri.
Bundan uch yil oldin ular bilan tanishganman. Shu bilan hammasi o’zgarib ketgan, ulardan ilhomlanganman. O’zbekistonda, ta’limda qolishga, uni oz bo’lsa ham o’zgartirishga qaror qilganman. Hozir shu kanaldan qancha foyda olayotgan bo’lsangiz, albatta bunda ustozimning rollari beqiyos.
✍️ Mavzu: “Ta’lim va o’qituvchilar haqida suhbatlashamiz”
📅 30.08.2024 (bugun)
⏰ 20:00
Chat manzili: @MuallimMuhammad kanali

👍37⚡8❤8💯5🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍29⚡7🔥7❤1
Aziz Rahimov bn suhbat
Muallim Muhammad
👍23🔥8⚡3❤1
Bu hayotda hamma harakat qilganiga yarashasini oladi, loyig'ini emas!
Sizning aqlingiz podshoh bo'lishga yetarlidir, lekin sizda harakat bo'lmasa vazir ham bo'la olmaysiz.
Siz o'z amal va harakatlaringiz bilan o'zingiz xohlagan joyga, unvonga, insonga loyiqligingizni isbotlab bermas ekansiz, sizning asl salohiyatingiz hech kimga qiziq emas!
Meni maktabda 5 bahoga loyiq o'quvchilarim bor lekin harakati 3 bahoga teng, bilimi 3 ga loyiq lekin 5 uchun hamma vazifani qilishga tayyorman degan o'quvchilarim bor. Endi taxmin qib ko'ringchi kim oxirida 5 ni ilib ketadi?
Savol ritorik

🔥79👍23💯21❤7⚡1
O’zgacha uka-singillar
“Akam bo’lmaganda hayotim ancha yaxshiroq bo’lar edi” - AQShning eng yosh prezidenti John Kennedyning 17 yoshida xulqining o’ta yomonligi sabab maktab psixologi bilan suhbatidan parcha!
U o’z oilasining akasiga o’ta katta umidlar bog’lagani va oila kelajagini to’liq akasiga bog’lab qo’yganligidan azob chekkan. Yosh Kennedyga oila ishonch bildirmagan.
Men, singlim va ukam bir maktabda va bir sinf rahbar qo’lida o’qiganmiz. Va ular mendan o’zgacha bo’lganligi uchungina ustozlar tomonidan solishtirishlardan qiynalishgan.
Buni universitetda o’zidan bir yosh katta akasi o’qiydigan kursdoshimda ham guvohi bo’lganman.
Mobodo katta akalar yoki opalar ozgina yaxshi o’qib qolishsa yoki hayotda insonlar nazdidagi “muvaffaqiyatga” erishib qolishsa, ulardan keyingi kelayotgan oila a’zolari uchun bu kata bosim bo’ladi.
Ular shunchaki haqiqiy o’zligini topishga harakat qilayotgani, buni yashirmayotgani yoki yashira olmayotgani, akalari va opalariga o’xshamaganligi uchun tanqidlar ostida qoladi. Murg’ak qalbida solishtirayotganlar tufayligina o’z jigarlariga nisbatan g’arazlar paydo bo’ladi.
Biz ota-ona va ustoz sifatida “o’zgacha” bo’lganligi uchungina bolalarga bosim bermasligimiz kerak!

👍97🔥26❤14⚡6💯6
Haqiqatni eshitolmasang yolg’on eshitishga mahkumsan!
Oilada bolalarning tarbiyasi buzulishiga asosiy sabab ota-onalar buni tuzata olmasliklarida emas. Tarbiya buzulayotganini bilmasliklarida yoki buni muhokama qila olmasliklarida.
Onalar ko’pincha bolalar bilan birga ishlaganliklari uchun bu jarayonni sezishadi lekin buni otasiga aytib bemalol muhokama qilib muammoni yecha olishmaydi.
Chunki ota asabiy(asabiy otalarni ko’rsam asabiylashaman )! Ona bolasining biror aybini aytsa birdan hamma aybni onaga ag’darib, bolaga qo’shib onani ham kaltaklab ketadi. Xuddi bola tug’ulgandan beri u bilan birga yashamagandek. Yoki faqat ona bunga javobgardek.
Bir safar bunday holat bo’lgandan keyin ona farzandining keyingi yomon ishlarini otaga ayta olmaydi. Farzand borgan sari yomonlashib ketaveradi. Va bir kun yashirib bo’lmas darajaga yetgach ota buni bilib qoladi. Va yana onaga sen uni ishlarini yashirgansan menga aytmagansan deb tashlanadi. Lekin endi kech bo’ladi!
Agar ota haqiqatni eshitishga, aybi bo’lsa tan olishga va uni muhokama qilishga tayyor bo’lganda edi tarbiyadagi muammolar ancha kamayardi.
Erkak uchun eng muhim ko’nikma bu og’ir bosiqlik va mulohazakorlik bo’lsa kerak.
@MuallimMuhammad
Oilada bolalarning tarbiyasi buzulishiga asosiy sabab ota-onalar buni tuzata olmasliklarida emas. Tarbiya buzulayotganini bilmasliklarida yoki buni muhokama qila olmasliklarida.
Onalar ko’pincha bolalar bilan birga ishlaganliklari uchun bu jarayonni sezishadi lekin buni otasiga aytib bemalol muhokama qilib muammoni yecha olishmaydi.
Chunki ota asabiy(
Bir safar bunday holat bo’lgandan keyin ona farzandining keyingi yomon ishlarini otaga ayta olmaydi. Farzand borgan sari yomonlashib ketaveradi. Va bir kun yashirib bo’lmas darajaga yetgach ota buni bilib qoladi. Va yana onaga sen uni ishlarini yashirgansan menga aytmagansan deb tashlanadi. Lekin endi kech bo’ladi!
Agar ota haqiqatni eshitishga, aybi bo’lsa tan olishga va uni muhokama qilishga tayyor bo’lganda edi tarbiyadagi muammolar ancha kamayardi.
Erkak uchun eng muhim ko’nikma bu og’ir bosiqlik va mulohazakorlik bo’lsa kerak.
@MuallimMuhammad
👍113🔥20💯12⚡9❤4👎1