Muallim Muhammad
10.7K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Ertalab 6:20. Rahimov school.

Zamanoviy pedagog kursining 12-darsi.

Ishxonaga bunaqa erta kelish qiyin, lekin ilm olishga chanqoq ustozlar bilan bu ancha osonlashadi. Inson o’zini yaxshiroq his qiladi.

Kursimizning ham qoq markaziga keldik.
👍6621🔥213
Ustoz ta’sirlantira olishi uchun, avval o’zi ta’sirlanishi kerak.

Ta’sirlanish esa yangi bilimlar olish, kurslar o’qish, dinimiz va vatanimiz tarixini o’rganishdan keladi.

@MuallimMuhammad
🔥79💯2519👍114
Nega ingliz yuz yil yasharu, o‘zbek buncha yashamas?

Yozda Angliyada bo‘ldik. Biz bilan italiyalik ustoz va o‘quvchilar ham bo‘lishdi. Toqqa chiqdik. Biz bilan italiyalik 70 yoshli onaxon (agar ularni shunday atash mumkin bo‘lsa, juda tetik edilar) ham chiqdilar. Bemalol tik qiyalikli tog‘ga chiqib tushdilar.

Qiziqib, sirini so‘rasam: uyim oldida tog‘ bor, yozda ko‘p chiqaman. Qishda esa chang‘i uchish bilan shug‘ullanaman, dedilar. 70 yoshda shunday g‘ayrat :)

Biz 11 kun yashagan Worcester shahrida asosan qariyalar yashardi. O‘zi butun davlatda shu tendensiya. Kunning nisbatan salqinroq vaqtida chiqsangiz, barcha qariyalar harakatda: kimdir velosiped uchgan, kimdir yugurgan, yana kimdir jufti bilan, hassada bo‘lsa-da, piyoda yurganini ko‘rasiz.

O‘zbekistonda o‘rtacha umr 75 yosh, Angliyada esa 80+ ekan. Bu farq nafaqat tabiatning tozaligi va tibbiyotning rivojlanganligi bilan, balki ularning harakatchanligi va fikrlash tarzi bilan ham bog‘liq bo‘lsa kerak.

Mashhur tadbirkor Alisher Isayevdan “Yoshingiz nechida?” deb so‘rashganda 45 degandilar. “Qiiiirq beeeessshhh?” degan reaksiyaga javoban Alisher aka: “Qiiiirq beeeeshhhmas, qirq besh. Mening hayotim hali endi boshlandi. O‘z biznesimni endi quryapman va oldimda katta orzularim bor”, degandilar.

Litsey vaqti bir do‘stim: “Harbiylikka o‘tsam, 45 yoshgacha bir amallab ishlasam, bir mashina va uy olsam bo‘ldi, to‘xtayman”, degandi. Harakatdan, yashashdan.

Bizda aksariyat insonlar pensiya yoshi umrning oxiri deb bilishadi. 45–50 yoshdan keyin orzular, maqsadlar qilishmaydi. Shijoatni yo‘qotib qo‘yishadi. Hayot nevaralar tashvishiyu, choyxonadan ortmaydi. Sug‘ur kunida yashashadi. “Endi barcha umidimiz farzandimizdan”, deyishadi hali 25–30 yil umri bor insonlar.

Bolalar ham ozgina ishlari yurishgach ota-onasini endi ishlamaslikka, uyda o‘tirishlariga ko‘ndirishga harakat qilishadi. Tushunaman, buni mehribonliklaridan qilishadi.

Lekin aynan ishlamaslik, harakatsizlik, bekorchilik va buning oqibatida keladigan tinimsiz yomon fikrlar insonni tezroq qaritmaydimi?

Moliyaviy holat yaxshilansa ota-onani sog‘lig‘iga zararli ishlardan olish kerak. Lekin uyda dam olib yotishlariga majburlamaslik lozim. Ishlashsin, insonlar bilan muloqot qilishsin, ularga foydalari tegsin va keraklilik hissini tuyib turishsin. Pul kerak bo‘lmasa volontyorlik ishlarida bo‘lsa ham mehnat qilishsin. Kamida qonlari yurishadi.

60, 70 yoshlarni umrimizning kuzi va qishi deb atamaylik. Taslim bo‘lib qolmaylik. Tibbiyot rivojlangan zamonda kattaroq orzular, maqsadlar qilaveraylik, harakatdan to‘xtab qolmaylik.

Maqsad ishlamasdan yotish emas, insonlarga keraksiz bo‘lib qolmaslik bo‘lsin. Aynan keraksizlik hissi insonni tezroq qaritmaydimi?

@MuallimMuhammad
112🔥40👍21💯154
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥221😁1
Aytishlaricha bugun "Zamonaviy pedagog" kursi doirasida Aziz aka Rahimov ajoyib offline dars o'tib beribdilar.

Mavzu o'qituvchilikdan tadbirkorlikka o'tish va daromadni oshirish.

Qatnashgan ustozlar juda xursandmish va tez orada boyib ketishi kutilayotgan ekan)
😁8917🔥145👍4💯4
Assalomu alaykum, barchangizga Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin.

Hayitni ham hech bo’lmaganda yangi yildek nishonlanadigan, bolalarimiz kutadigan qilib o’tkazishimizni nasib qilsin.
🔥51👍19💯1081
Hayitlikka Mohirni bir Xitoyga aylantirib kelay deb olib ketyapman, shu desangiz)

Sizlar nima Hayitliklar oldingiz?)
58🔥2914👍5
Adashishlar haqida

Pekin metrosida yo‘l topolmay yuribmiz. Baxtimizga Ekvador-Italiyalik sayyoh bilan ko‘rishib qoldik. Xitoyda ingliz tilini biladiganlarni topish, Xitoyda qilinishi mumkin bo’lgan eng qiyin ishlardan.

Bizdan 1 hafta oldin kelgani uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi. Oxirida bir gap aytdi: safarda adashib qolsangiz, xavotir olmang. Safarning eng mazmunli va qiziq joylari adashib qolingan vaziyatlarda kashf qilinadi, dedi.

O‘ylab qoldim. Rost aytdi. Safarning hammasi rejalashtirilsa va rejadagidek ketsa, qachon, qayerga borasiz, kim va nimalarni ko‘rishingiz aniq bo‘lsa, uning qizig‘i qolarmidi?

Hayotni ham bir safar deb olsak, ma’lum muddatga kelib ketmaymiz axir bu dunyoga ham? Hammasi biz xohlagandek bo‘lganda hayotimizda mazmun bo‘larmidi? Aynan rejalashtirilmaganda kelgan adashishlar, qoqilishlar, uchratilgan insonlar va voqealar hayotimizni ma’noli qilib, bizga eng foydali darslarni bermaydimi?

Xatolar sabab 60–70 yoshga kirganimizda nevaralarimizga aytib bera oladigan hikoyalarimiz paydo bo‘lmaydimi? Aslini olganda, biz uchungina u rejalashtirilmagan adashishlar, Yaratgan uchun esa biz uchun rejalashtirib qo‘yilgan eng mukammal rejalar bo‘lmaydimi?
Aynan shu fikrlarni o‘ylab yurib, bugun 3 marta adashib qoldik. 2–3 soat vaqt yo‘qotdik. Lekin katta taassurot va tajriba yig‘dik. Ulgudek qiynaldim ham)

Hayotda adasharkanmiz, siqilmaylik, eng mazmunli hayot shu qiyinchiliklardan chiqishdan kelishini eslaylik. Yaratganning rejalari biznikidan go‘zalroq ekanini yodimizda saqlaylik.

@MuallimMuhammad
🔥9232💯18👍103😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁4127🔥87💯4
Muallim Muhammad
Video message
Sayohatning eng yoqimli joylaridan biri ortingdan shunday xabarlar kelishi bo’lsa kerak)
👍28🔥1311😁71
Umid

Inson har kuni uyg'onishi, yashashi va qiyinchiliklarga chidashiga asosiy sabab umid. Hammasi bir kun kelib yaxshi bo'lishiga, orzulariga erishishiga, u kutgan kunlar kelishiga bo'lgan umid uni sabr qilishga undaydi.

Umidsiz insonlar qaytib uyg'onmaydi, uyg'onganlari o'z joniga qasd qiladi. Umid yo'q bo'lgan joyda, ma'no bo'lmaydi. Ma'nosiz hayot ham yo'q bo'ladi.

Men Xitoy safaridan olgan eng katta foydam Umid, kelajakka bo'lgan, O'zbekistonda hammasi yaxshi bo'lishiga bo'lgan umid bo'ldi.

NYU Shanxay universiteti moliya sohasi bo'yicha dunyoda 9-o'rinda turadi. Shu yerda 25 o'zbek yigit-qizlari tahsil olayapti.

Ular bilan 3-4 kun birga yurdik, yarim kechasigacha suhbatlar qurdik. Fikrlashi keng, orzulari katta, harakati kuchli millatdoshlarimizni ko'rib xursand bo'ldim. Ularning rejalarini eshitib o'zim ham ruhlandim.

Katta g'ayrat bilan ishlashimizga ham sababchilardan bo'lishdi. Ular qattiq o'qiyotganda, biz harakat qilmasak bo'lmas, axir)

Shunday yigit qizlarni tarbiyalagan ustozlariga rahmat.
🔥87👍181612
Hissiyotlar aldaydi.

Avvallari telegram, telefondan yoqimsiz xabarlar, yangiliklar kelib qolsa, his-tuyg‘ularga to‘la javoblar yozardim. Sovuq aql bilan o‘ylagach, ko‘p afsuslanganman.

Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlardan xabarlar kelib qolsa, 1–2 soatdan keyin o‘ylab yozadigan odat chiqargandim. Hozir esa o‘ylash kerak bo‘lgan xabarlarga deyarli 30 daqiqadan oldin javob yozmayman. Ba’zan o‘ylayverib, umuman yozilmay ham qolib ketadi)

Endi shuni darslarimda ham qo‘llayapman. Jahlim chiqqanda nafaqat yozmaslikni, balki gapirmaslikni ham mashq qilyapman.

Bolalar jahlimni chiqarishsa, 1–2 tasi bo‘lsa, ularni darsdan chiqaraman. Ko‘proq bo‘lishsa, o‘zim chiqib, 5–10 daqiqa tinchlanib qaytib kelaman. Ko‘pincha suhbatni darsdan keyinga qoldiraman. Imkoni bo‘lsa, yolg‘iz, sovuq aql bilan gaplashaman.

Hissiyotlar vaqtida paydo bo‘ladigan ko‘p muammolar yechiladi yoki umuman paydo ham bo‘lmaydi.

Nega bunday qilyapman? Payg‘ambarimiz s.a.v.:
"Qachonki sizlardan birorta g‘azablansa, sukut qilsin"

deya uch marta takrorladilar.

@MuallimMuhammad
👍8433🔥25💯4
Qiyin bolalar bilan qanday ishlasak bo’ladi?

Dushmanlaringizni yo‘q qilishning eng samarali yo‘li — ularni do‘stlarga aylantirish.

Do‘stga aylantirishning eng oson usuli esa ular muhtoj, mag‘lub yoki aybdor bo‘lganda kechirish, yordam berish, himmat qilishdir.

Do‘stlaringiz sizga sodiq bo‘lmasligi mumkin, lekin do‘stga aylantirilgan dushmanlar ko‘pincha sodiq qoladi.

Do‘stingizda do‘stlikni isbotlashga hojat yo‘q, do‘stga aylantirilgan dushmanda esa bor. U himmat ko‘rgan, qaytargisi, ishonchni oqlagisi keladi.

Ustozda ham dushmanlar bormi? Ha, gapga kirmaydigan, vazifa qilmaydigan, doimiy gap qaytaradigan, ustozlar bilan tortishadigan, ilmdan ko‘ra ko‘chani xush ko’radiganlar bizga “dushman” bo‘lishi mumkin.

Lekin, ulardagi har bir xatolik — bizga imkoniyat. Maktabda muammoga kirib qolsa, olib chiqib keting. Hech kim kechirolmayotganda, siz to‘g‘ri tushuning. Shaxsiy muammolari paydo bo‘lganda yordam qo‘lini cho‘zing. Himmatli bo‘ling.

Yaqinlashing, qalbini o‘zingizga oshno qiling. Buni uni o‘zgartirishga yo‘l sifatida ko‘ring. Hech kim ishonmaganda ishonsangiz, hech kim o‘zgartirolmaganda o‘zgartirasiz.

Men oson yo‘l yozmadim, qiyin bo’lsa ham, ishlaydigan yo‘lni yozdim.

@MuallimMuhammad
28💯118👍3🔥3🤔1