Tarbiyalayman deb tarbiyalanadi. Tarbiyalanmasa, tarbiyalay ham olmaydi.
Buni qancha ertaroq tushunsa, shuncha tezroq sevimli ustoz bo’ladi.
@MuallimMuhammad

1👍76🔥23❤19⚡9🤔6💯4
Zamonaviy Pedagog 13-guruh ustozlari bilan yana bir bor tanishtirib o‘taman:
Modul mehmon spikerlarimiz bilan tanishing:
Aziz Rahimov — pedagog, “Rahimov School” maktabi asoschisi.
Po‘lat Ergashyev — psixologiya fanlari doktori.
Nazokat Yusufjonova — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yuqoridagi ustozlardan dars olish baxtiga muyassar bo‘lishga tayyor bo‘ling. 😊
Ko‘p ustozlar allaqachon guruhga qo‘shilib bo‘ldi. Bugun oxirgi kontaktlar bilan aloqaga chiqamiz.
Kimga ulgurmagan yoki bog‘lana olmagan bo‘lsak, menga hoziroq yozib qoldiring: @MuhammadUralovv

🔥22❤7⚡5👍1
Ilohiy formula
Xato qilayotgan o’quvchingni ko’rasan, borib xatoligini tushuntirasan, gaplashasan. Va ertasi kuni o’zgarishini kutasan.
U bu xato ishni nechi yillardan beri takror va takror qilib kelayotganini va o’zgarish qanchalik qiyinligini hisobga olmaysan.
Qur’oni karim 23 yilda nozil qilinganini bilmaysan, bilsang ham nega aynan 23 yilligi haqida o’ylab ko’rmaysan. Alloh taolo uni 1 kunda qila olmas edimi?
Faqat yaratuvchi yaratilmishning fitratini biladi. Uni toqatidan ortiq ishga majburlamaydi. Islom insonlarning to’liq o’zgarishi uchun 23 yil kuta olganda sen nega kuta olmaysan?
Shuncha gapirdim, bo’ldi! Bilganini qilsin! Hatto payg’ambarlar o’z farzandlarini o’zgartira olmagan! Ba’zilar o’zgarmaydi deysan.
Sen ham Nuh alayhissalomdek 950 yil da’vat qilib ko’rdingmi yaxshi yo’lga ? Buncha tez xulosa qilasan?

💯74👍30❤23🔥21⚡16
Zamonaviy Pedagog 13-guruh mehmon spikerlari bilan tanishamiz.
Endi siz pedagogikani o‘rganish bilan birga, aynan o‘z faningizga xos yo‘nalishda ham alohida dars olish imkoniyatiga egasiz.
Siz uchun maxsus mehmon spikerlar taklif qildik:
Shohruhbek Olimov — ingliz tili ustozі, 6+ yillik o‘qitish tajribasi, IELTS 8.5 / SAT 1490, CELTA sertifikatiga ega.
Mavzu: Xorijiy til ustozlari uchun darsni kreativ va qiziqarli o‘tish yo‘llari
Javohir Toshpo‘latov — matematika bo‘yicha 9 yillik tajribaga ega, “Rahimov School” maktabining bosh matematika o‘qituvchisi.
Mavzu: Aniq fanlarni samarali o‘qitish: tushuntirish va masala yechish usullari
Sherzod Abruyev — Britaniya xalqaro dasturlari bo‘yicha kimyo va biologiya o‘qituvchisi; xalqaro maktab ta’limida 7+ yillik tajriba (A-Level, AP, IB).
Mavzu: Tabiiy fanlarni samarali o‘qitish: xalqaro yondashuvlar
Undan tashqari boshlang’ich ta’lim ustozimiz ham alohida bitta dars o’tib beradilar.
Bu kursimiz avvalgilardan ham o‘zgacha bo‘lishi kutilmoqda!

👍16🔥8❤7⚡1
Forwarded from Ustoz Kundaligi
Биз тайёрмиз!
Ваниҳоят 57 дақиқадан кейин курсимизнинг 1 дарсини бошлаймиз. Ўзим ҳам қизиқиб кетяпман тўғриси.
Мабодо қўшилолмай қолиб кетганлар @MuhammadUralovv га алоқага чиқинг.

❤13👍4🔥3
Zarbalarga tabiiy qaraylik
Bokschilar chempion bo‘lguncha o‘rtacha 10,000 ta zarba, 0-2 ta nokaut va 5-10 ta nokdaun qabul qilib oladi.
Bokschi uchun bu zarbalar qo‘rqinchli emas, chunki u chempionlik yo‘lining bir bo‘lagi. Boksni tanlaganidayoq u ringda kaltaklanishga, yiqilishga va qayta turishga ruhan va aqlan tayyor bo‘lgan.
Zarbani muammo deb qabul qilganlar esa faoliyatining boshidayoq boksni tashlab ketgan.
Ustozlikdagi “zarbalar”
• O‘quvchilarning tanqidlari
• Dars qilmasligi
• O‘quvchilardagi sho‘xliklar
• Ba’zan ota-onalarning noo‘rin noroziliklari
• Rahbariyat bilan tushunmovchiliklar
Bu zarbalar kasbimizning bir bo‘lagi. Bularsiz o‘sa olmaymiz. Chempion bo‘lolmaymiz.
To‘g‘ri qabul qilaylik, cho‘kib qolmaylik, yiqilsak ham qayta-qayta turaylik.
Bokschilar zarbani muammo sifatida ko‘rmaganidek, biz ham bularni muammo deb sanamaylik.

1❤79🔥35👍30⚡9💯1
Ko’pincha bola ta’lim ololmasligiga ta’limga bog’liq bo’lmagan omillar sabab bo’ladi.
Tarixda qolmoqchi bo’lgan ustozning vazifasi buni aniqlash va davolash.
@MuallimMuhammad
Tarixda qolmoqchi bo’lgan ustozning vazifasi buni aniqlash va davolash.
@MuallimMuhammad
💯57🔥21❤16👍5⚡2
Ma’lumot bu kuch
Instagramgaga kirsangiz siz qiziqadigan, siz muhtoj bo’lgan, sizga mos bo’lgan reklamalarni chiqarib berishadi. Ko’pincha ulardan o’zimiz uchun mahsulotlar sotib olamiz.
Buni teminologiyada target deyishadi. Avval mijoz haqida to’liq ma’lumot yig’ishadi va uning og’riqlariga mos yechimlar ishlab chiqib sotishadi.
Aslida biz ustozlar ham sotuvchilarmiz, faqat g’oya va fikr sotamiz. “Mahsulotimizni” o’tkaza olsak bolani o’zgartiramiz, bo’lmasa yo’q.
Sotish uchun ma’lumot kerak. Kim u? Qayerda yashaydi? Nimaga qiziqadi? Ota-onasi bormi? Bo’lsa qanaqa odamlar? Bo’sh vaqtida nimalar qiladi? Kimlarni va nega kuzatadi? Orzulari nima? Do’stlari kim?
Shu ma’lumotlarni bilarkanmiz, bolalar hatti-harakati ortidagi sirlar ochila boshlaydi. Jizzaki, yig’loqi, baqiruvchan, bir joyda o’tirolmaydigan, dars qilmaydigan bolalarning nega shundayligini tushuna boshlaymiz.
Negaligini bilgandan so’ng, qanday o’zgartirishni topish qiyin emas. Ko’pincha qabul qilish, yaxshi ko’rish, xos munosabat va vazifalar yetarli bo’ladi.
Yuqorida yozganimizdek ta’lim ololmaslikka, ta’limdan tashqari omillar sabab bo’ladi. Bularni esa suhbatlar yecha oladi.
Ustoz o’quvchisini yaxshi tanishi, ilm yo’lini osonlashtiradi.
Boring, suhbatlashing, ma’lumot yig’ing va o’zgartiring.

❤50⚡12🔥9👍8💯7
Savollar darsning matori.
Darsga tayyorgarlik ko‘rayotganimizda, beriladigan savollarga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Chunki aynan savollar:
— darsning maqsadini aniqlaydi;
— o‘quvchi mavzuni o‘zlashtirgan yoki yo‘qligini ko‘rsatadi;
— dars ritmini belgilaydi.
Savol tuzishda esa uchta muhim qoida bor:
1. Nega bu savolni beryapman?
Eski bilimni eslatish uchunmi?
Yangi g‘oya ustida o‘ylatish uchunmi?
Yoki o‘quvchi haqiqatan tushunganini tekshirish uchunmi?
2. Bu savol kimga qaratilgan?
Butun sinfgami?
Yoki ayrim o‘quvchilargami — qiynalayotganlarga yoki iqtidorlilarga?
3. Qanday javob kutyapman?
Agar mavzu tushunilgan bo‘lsa, qanday fikr aytilishi kerak?
Agar noto‘g‘ri tushunilgan bo‘lsa, qayerda xato chiqadi?
Unutmang: yaxshi savol — yarim dars demakdir.

❤44🔥17👍13💯5
🔥100💯38❤37👍17😁2⚡1
Yoshligimiz yangi yilni kutish bilan o’tgan. Uyni bezatishlar, o’zgacha shukuh va xursand insonlar. Yangi yil shunday bog’lanishlarga ega edi.
Aqlimni tanib qaniydi, Ramazonni ham kamida shunday kutsak, bolalar ham shunday kutsa deb orzu qilardim, hali ham qilaman.
Harakatni esa maktabdan boshladik, ikki yildan beri Ramazonda xonalarni go’zallashtiramiz, dekoratsiya qilamiz, Ramazon shukuhini olib kirishga harakat qilamiz.
Birinchi video o’tgan yili bolalar bilan qilganimiz.
Ikkinchisi bu yil o’z xonamni hozirgi ko’rinishi.
Kichik qadamlar bilan boshlayapmiz. Sizlar ham qilgan bo’lsangiz izoh qismida ulashing)
Ramazon muborak bo’lsin, azizlar.

🔥88❤65👍26⚡3
O‘quvchilar nega maktablarni yaxshi ko‘rmasligi borasida ilmiy kitob o‘qiyapman.
Miyamizning eng kuchli jihati fikrlash emas, uning asosiy vazifasi atrof-muhitni ko‘rish va shunga monand harakatlarni amalga oshirish, ya’ni moslashuvchanlik, deyapti kitobda.
Umuman, insonni boshqa jonzotlardan va robotlardan farqi ham shu. Robot va SI doimiy bir xillikni talab qiluvchi ishlardagina insondan ustun. O‘zgarish va ijodkorlik talab qilingandagina bizning ustunliklarimiz yuzaga chiqadi.
Ko‘rish orqali xulosa qilish fikrlash orqali xulosa qilishdan ancha oson.
Ko‘rganingizda kam adashasiz, fikrlashda esa ko‘p.
Miyamiz fikrlashdan ko‘ra ko‘z orqali ma’lumotlarni qabul qilishni va u orqali harakat qilishni yoki xotiralarni ishga solishni afzal ko‘radi.
Fikrlash diqqat va ko‘p kuch talab qiluvchi jarayon. Juda sekin amalga oshadi va ba’zan javoblari topilmasligi ham mumkin. Boshqa muqobil bo‘lsa, miya umuman fikrlamay qo‘ya qoladi.
Buning hikmati ham bor. Miyamizni juda ko‘p diqqat talab qiladigan, murakkab, bir xil muammoni qayta-qayta yechishga majburlasak, uni yodlab oladi va xotira bo‘limiga o‘tkazadi.
Oqibatda hamma qiynalib qiladigan bu ishlar bizga odatiy ishga aylanadi. Buni mashina haydashni endi boshlagan va qo‘shiq ham eshita olmagan, yillar o‘tib bemalol ovqatlanib ham hayday oladiganlar tasdiqlashadi.
Hech uyingizga xayol surib kelib qolganmisiz? Ongsiz ravishda? Bu miyamizning xotirani ishlatish sehridir.
Maktab yoqmasligi sabablaridan biri ham shu. Aslida insonlar qiziquvchan va fikrlashni yoqtirishadi. Faqat bunga mos sharoit va shartlar qo‘yilsa bas.
Keyingi postlarda miyamizga yoqmaydigan fikrlashni qanday qilib bolalarga yoqimli va zavqli jarayon qilish haqida gaplashamiz.

👍68❤46🔥15⚡3
Ergashtira olamizmi?
628-yil. Hudaybiyya sulhi.
Umra niyatida kelayotgan musulmonlar bu yil qila olishmaydi; biror makkalik musulmon bo‘lib Madinaga borsa, u Makkaga qaytariladi; biror madinalik islomdan chiqib Makkaga ketsa, qaytarilmaydi. Evaziga 10 yillik tinchlik va keyingi yildan Ka’bani tavof qilishga ruxsat etiladi.
Makkaga kirish va umra qilish kayfiyatida kelayotgan sahobalarga bu shartlar yoqmaydi. Shartlarni mag‘lubiyat va yerga urilish sifatida ko‘rishadi.
Rasulimiz Sallallohu alayhi vasallam barcha sahobalariga sochlarini olishni va qurbonliklarini qilishni buyuradilar. Sahobalar birinchi marta Rasulimiz aytganlarini qilishmaydi.
Rasulimizning jahllari chiqib, xonalariga kiradilar va ayollariga: “Bilasizmi, nega ikkinchi marta buyurmadim?” deb so‘raydilar. “Agar ikkinchi marta aytsam va qilishmasa, Allohning g‘azabi kelib qolmasin, deb ikkinchi marta buyurmadim”.
Shunda Ummu Salama onamiz: “Ey Allohning Rasuli, odamlar hozir hissiyotda. Siz hech kimga gapirmay, o‘zingiz qurbonlik qiling va sochingizni oldiring — ular sizga ergashadi”, deydilar.
Rasulimiz chiqib, bu ishlarni qiladilar. Qolgan sahobalar ham birin-ketin ularga ergasha boshlashadi.
Shu joyda Rasulimizdan bir muhim hayotiy darsni olamiz.
Ba’zan o‘quvchilarimizga, farzand va ukalarimizga bir ishni buyuramiz. Qilmasalar, baqiramiz, urushamiz, jazolar berishga shoshilamiz.
Birinchi ogohlantirishdan keyingi har bir qaytarishimiz obro‘yimizni tushirib, o‘rtadagi munosabatni buza boshlaydi. Ularning ichki qarshiligi ortaveradi.
Aytdik, qilishmadimi? O‘zimiz boshlaylik, namuna bo‘laylik. Agar qadrli bo‘lsak, ustoz deb bilishsa va munosabatlarni to‘g‘ri o‘rnata olgan bo‘lsak, norozi bo‘lsa ham ergashishadi.
Ergashishmadimi? Munosabatlarimizni va ta’lim usulimizni bir ko‘rib chiqaylik.

❤69🔥25👍15⚡7
Ustoz ta’sirlantira olishi uchun, avval o’zi ta’sirlanishi kerak.
Ta’sirlanish esa yangi bilimlar olish, kurslar o’qish, dinimiz va vatanimiz tarixini o’rganishdan keladi.
@MuallimMuhammad
Ta’sirlanish esa yangi bilimlar olish, kurslar o’qish, dinimiz va vatanimiz tarixini o’rganishdan keladi.
@MuallimMuhammad
🔥79💯25❤19👍11⚡4
Nega ingliz yuz yil yasharu, o‘zbek buncha yashamas?
Yozda Angliyada bo‘ldik. Biz bilan italiyalik ustoz va o‘quvchilar ham bo‘lishdi. Toqqa chiqdik. Biz bilan italiyalik 70 yoshli onaxon (agar ularni shunday atash mumkin bo‘lsa, juda tetik edilar) ham chiqdilar. Bemalol tik qiyalikli tog‘ga chiqib tushdilar.
Qiziqib, sirini so‘rasam: uyim oldida tog‘ bor, yozda ko‘p chiqaman. Qishda esa chang‘i uchish bilan shug‘ullanaman, dedilar. 70 yoshda shunday g‘ayrat :)
Biz 11 kun yashagan Worcester shahrida asosan qariyalar yashardi. O‘zi butun davlatda shu tendensiya. Kunning nisbatan salqinroq vaqtida chiqsangiz, barcha qariyalar harakatda: kimdir velosiped uchgan, kimdir yugurgan, yana kimdir jufti bilan, hassada bo‘lsa-da, piyoda yurganini ko‘rasiz.
O‘zbekistonda o‘rtacha umr 75 yosh, Angliyada esa 80+ ekan. Bu farq nafaqat tabiatning tozaligi va tibbiyotning rivojlanganligi bilan, balki ularning harakatchanligi va fikrlash tarzi bilan ham bog‘liq bo‘lsa kerak.
Mashhur tadbirkor Alisher Isayevdan “Yoshingiz nechida?” deb so‘rashganda 45 degandilar. “Qiiiirq beeeessshhh?” degan reaksiyaga javoban Alisher aka: “Qiiiirq beeeeshhhmas, qirq besh. Mening hayotim hali endi boshlandi. O‘z biznesimni endi quryapman va oldimda katta orzularim bor”, degandilar.
Litsey vaqti bir do‘stim: “Harbiylikka o‘tsam, 45 yoshgacha bir amallab ishlasam, bir mashina va uy olsam bo‘ldi, to‘xtayman”, degandi. Harakatdan, yashashdan.
Bizda aksariyat insonlar pensiya yoshi umrning oxiri deb bilishadi. 45–50 yoshdan keyin orzular, maqsadlar qilishmaydi. Shijoatni yo‘qotib qo‘yishadi. Hayot nevaralar tashvishiyu, choyxonadan ortmaydi. Sug‘ur kunida yashashadi. “Endi barcha umidimiz farzandimizdan”, deyishadi hali 25–30 yil umri bor insonlar.
Bolalar ham ozgina ishlari yurishgach ota-onasini endi ishlamaslikka, uyda o‘tirishlariga ko‘ndirishga harakat qilishadi. Tushunaman, buni mehribonliklaridan qilishadi.
Lekin aynan ishlamaslik, harakatsizlik, bekorchilik va buning oqibatida keladigan tinimsiz yomon fikrlar insonni tezroq qaritmaydimi?
Moliyaviy holat yaxshilansa ota-onani sog‘lig‘iga zararli ishlardan olish kerak. Lekin uyda dam olib yotishlariga majburlamaslik lozim. Ishlashsin, insonlar bilan muloqot qilishsin, ularga foydalari tegsin va keraklilik hissini tuyib turishsin. Pul kerak bo‘lmasa volontyorlik ishlarida bo‘lsa ham mehnat qilishsin. Kamida qonlari yurishadi.
60, 70 yoshlarni umrimizning kuzi va qishi deb atamaylik. Taslim bo‘lib qolmaylik. Tibbiyot rivojlangan zamonda kattaroq orzular, maqsadlar qilaveraylik, harakatdan to‘xtab qolmaylik.
Maqsad ishlamasdan yotish emas, insonlarga keraksiz bo‘lib qolmaslik bo‘lsin. Aynan keraksizlik hissi insonni tezroq qaritmaydimi?

❤112🔥40👍21💯15⚡4
Aytishlaricha bugun "Zamonaviy pedagog" kursi doirasida Aziz aka Rahimov ajoyib offline dars o'tib beribdilar.
Mavzu o'qituvchilikdan tadbirkorlikka o'tish va daromadni oshirish.
Qatnashgan ustozlar juda xursandmish va tez orada boyib ketishi kutilayotgan ekan)

😁89❤17🔥14⚡5👍4💯4
Assalomu alaykum, barchangizga Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin.
Hayitni ham hech bo’lmaganda yangi yildek nishonlanadigan, bolalarimiz kutadigan qilib o’tkazishimizni nasib qilsin.

🔥51👍19💯10❤8⚡1
Hayitlikka Mohirni bir Xitoyga aylantirib kelay deb olib ketyapman, shu desangiz)
Sizlar nima Hayitliklar oldingiz?)
Sizlar nima Hayitliklar oldingiz?)
❤58🔥29⚡14👍5