Muallim Muhammad
Zamonaviy pedagog kursida adashmasam 1.5 yil oldin 3 - guruhida o'qigan edim. O'quv markazda ishlardim. Ba'zi o'quvchilar bilan muammolar bor edi. Darsni sifatli o'tish, o'quvchilar tilini topish, darsga tayyorgarlik ko'rish, daromadimni oshirish va odatiy…
Bu izoh kursimizning 3-guruhida qatnashgan, ish faoliyatlarida va hayotlarida ancha o’zgarish sezgan ustozimiz Mashhurbek. Yangi ochilgan kursimizga ham yozilyaptilar.
Eng xursand qiladigani bizda 1-1,5 yil oldin o’qigan ustozlarning anchaginasi yaxshi natijalar olganini va qayta o’qish istaklari borligini bildirishyapti. Daromadlar va hayotidagi o’zgarishlarni o’zlari aytmasa biz bilmay ham qolyapmiz)
Siz ham ta’limdagi karyerangizni o’zgartirishni xohlasangiz kursimizga yozilishingiz mumkin.
Kurs haqida ma’lumot: https://www.notion.so/Kurs-konsepsiyasi-27948e71f02281d6bfaef831bc89b37c?source=copy_link
Kursga ro’yhatdan o’tish uchun link: https://forms.gle/ao84GopioazidaiE9

🔥14❤11👍2🤣1
Suyukli ustoz bo’lasiz!
Uxud g’azotida payg’ambarimiz (s.a.v) kamonchilarga tog’ning eng tepasida turishni va natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar o’zlari buyruq bermagunlaricha qimillamaslikni buyuradilar.
Jang boshlanadi, musulmonlar qo’li baland kela boshlaydi. Kamonchilar ichida fitna chiqadi. Ma’lum qismi g’alaba bizniki bo’ldi, pastga tezroq pastga tushib o’ljalarga egalik qilishimiz kerak deydi, qolgan qismi rasululloh aytmagunimcha qimillamang degan edi deyishadi. Orada tortishuv bo’ladi va kamonchilar o’z joylarini tark etishadi, vaziyatni ko’rgan Xolid ibn Valid(bu vaqti u musulmonlar safiga hali qo’shilmagandi) tog’dan aylanib kelib musulmonlarga zarba beradi.
Jangning borishi o’zgarib ketadi, rasululloh qattiq yaralanadilar, og’izlari qon bilan to’ladi, jang maydonida ularni o’ldi degan yolg’on gap tarqaydi. G’alabali jang mag’lubiyat bilan tugaydi. Musulmon lashkari va payg’ambarimiz zo’rg’a qochib qutulishadi.
Barchasiga aybdor kamonchilar, ularni deb qanchalab bolalar yetim, ayollar tul, akalar ukasiz, ukalar akasiz qoladi. Rasululloh qattiq jarohatlar oladilar.
Ular o’z ayblarini bilar, ich-ichidan unga iqror edi. Va o’qiladigan hukmni kutishayotgan edi. Bunday katta xato uchun o’lim jazosiga ham tayyor edilar.
Mag’lubiyatdan ozgina vaqt o’tib hamma tinchlanib olgach, payg’ambarimiz kamonchilarni yonlariga chaqiradilar. O’lim hukmiga ham hech bir e’tirozsiz rozi kamonchilarni kechirib yuboradilar!
Va xatto keyingi jang taktikasi uchun ulardan maslahat ham so’raydilar!
Payg’ambarimiz insonlar xato qilarkan ularga ma’lum vaqt berilsa ich-ichidan bunga iqror bo’lishini, qiynalishini, ezilishini va buni qaytib qilmaslikka ko’pincha axd qilishini bilardilar.
Siz eng qattiq jazo kutayotgan vaqtingizda sizga berilgan keyingi imkoniyat, imkoniyat bergan insonga nisbatan qalbingizda muhabbat uyg’otadi. Muhabbat o’z ortidan sadoqatni olib keladi.
Siz ham o’quvchilarga sevimli ustoz bo’lmoqchimisiz? Hech kim kechira olmaydigan vaziyatda ularni kechiring, ular ham hech kimni eshitmayotgan joyida sizni eshitishadi!
Xatolariga yengilroq qarang, ular qilgan hech bir ish kamonchilar qilgan ish kabi kimlarnidir yetim qoldirmaydi, ular qilgan hech bir ish rasulimizni og’izlarini qon bilan to’ldirmaydi.
Albatta, bu ularni umuman to’g’irlamaslik kerak degani emas, to’g’irlang, faqat chiroyli xulq va meyor darajasidagi ogohlantirish bilan.
@MuallimMuhammad

❤130👍43🔥28💯9🤔1
Ko’zlarim ko’rmas edi.
Kambag’al shaharning eski maktabida o’qirdim.
Bir burchakda o’tirardim. Bildirmay kelib, indamay chiqib ketar edim.
O’rtoqlarim yo’q. Borligim bilinmas edi.
Bir kuni sinfimizda sichqon ovozi eshitilib qoldi. Hamma qo’rqib ketdi. Baqir-chaqir boshlandi.
Shunda ustozimiz hammani tinchlantirib, bitta gap gapirdi:
-Bolalar, hammamiz jimamiz. Stivning qulog’i zo’r eshitadi. U hozir bizga sichqonni qayerdaligini topib beradi. Qani bolajonim Stivi, eshitib, ayting, sichqon qayerda?
Umrimda bunchalik hayajon tuymagan edim. Mening borligimni sezishdi. Men kerak bo’ldim. Nahot-ki menda ham iqtidor bor? O’ylashni boshladim. Butun vujudim quloqqa aylandi. Sichqonni qayerdaligini topib berdim.
O’sha kundan men o’zgardim. O’zimga ishonch paydo bo’ldi. Tinglash qobilyatim hammanikidan kuchli ekanligini tushundim.
Bugungi holatimga o’sha voqea sababchi.
XX asrning eng ta’sirli qo’shiqchisi Stivi Uander.
Post muallifi Azizbek aka Rahimov.
Buyog’i shaxsiy fikrlar:
Ustoz sifatida eng asosiy vazifalarimizdan biri o’quvchilarimiz qobiliyatlarini aniqlab berish. Ularga yillar tejab beramiz.
40 yoshida ishidan qoniqmaydigan, o’zini topolmaydigan, potensialini kashf etolmaydiganlar sonini kamaytiramiz. Baxtlilar sonini esa bittaga oshiramiz. Kuzatuvchan bo’laylik, e’tiborli bo’laylik.

🔥101❤54👍39💯8
Muallimlikning cho’qqisi
1 oylar oldin shu asarni tugatgandim, tugatishim bilan yaqin yillarda moliyaviy mustaqillikka chiqaman va chekka qishloqlardagi biror maktabga ketaman degan g’oya kelgandi. 35 yoshgacha bo’lsa kerak.
Asar qahramoni Rachinskiy Rossiyadagi eng umidli olimlardan biri, universitet va shaharda barcha sharoit bo’la turib barchasini tashlab qishloqqa ketadi. Muallimlikni tanlaydi.
Chekka qishloqlarda juda ko’p ko’mirlar bor, sayqallansa olmosga aylanadi. Biz iqtidorli millatmiz degan g’oyani ilgari suradi. Men O’zbeklarni ruslardan iste’dodliroq deb hisoblayman, vaholanki.
Rachinskiy qishloqqa borganda nafaqat o’qishni xohlamaydigan bolalar, o’qitishni xohlamaydigan ota-onalar va sharoit qilib bergisi kelmaydigan mahalliy hukumat bilan ham kurashadi.
Ichkilik va ilmsizlik botqog’iga botgan rus qishloqlarini tozalay boshlaydi. Darslarni amaliy va hayotiy o’tar, noodatiy dars usuli bilan ajralib turardi. Bolalar bilan chuqur munosabatlar quradi.
Asar ruhlantiruvchi, o’ylantiruvchi kichik,lekin real hikoya. O’ylanib qoldim, balki shudir muallimlikning cho’qqisi, hech narsa olmasdan, bera olish.

🔥113❤53👍29⚡11💯1
Soat 20:11. 16:35 gacha 8 soatlik darslarni tugatdik. To hozirgacha kurs uchun ariza to’ldirgan ustozlar bilan bog’lanib chiqyapman.
Turli ustozlar bilan gaplashyapmiz, turli taqdirlar. Ba’zilari ruhlantiradi, ba’zilari insonni qiynaydi. O’ylanib qolaman.
Agar sizga hali aloqaga chiqmagan bo’lsak kuting. Erta, indin, albatta aloqaga chiqamiz. Chiqa olmasak yozing komentlarga va shaxsiyimizga.
Agar sizda xohish bo’lsa, albatta, kurslarimizda qatnashish imkoni bo’ladi. Sabringiz uchun rahmat.

🔥20❤10👍5😁1
Tarbiyalayman deb tarbiyalanadi. Tarbiyalanmasa, tarbiyalay ham olmaydi.
Buni qancha ertaroq tushunsa, shuncha tezroq sevimli ustoz bo’ladi.
@MuallimMuhammad
Buni qancha ertaroq tushunsa, shuncha tezroq sevimli ustoz bo’ladi.
@MuallimMuhammad
1👍76🔥23❤19⚡9🤔6💯4
Zamonaviy Pedagog 13-guruh ustozlari bilan yana bir bor tanishtirib o‘taman:
Modul mehmon spikerlarimiz bilan tanishing:
Aziz Rahimov — pedagog, “Rahimov School” maktabi asoschisi.
Po‘lat Ergashyev — psixologiya fanlari doktori.
Nazokat Yusufjonova — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yuqoridagi ustozlardan dars olish baxtiga muyassar bo‘lishga tayyor bo‘ling. 😊
Ko‘p ustozlar allaqachon guruhga qo‘shilib bo‘ldi. Bugun oxirgi kontaktlar bilan aloqaga chiqamiz.
Kimga ulgurmagan yoki bog‘lana olmagan bo‘lsak, menga hoziroq yozib qoldiring: @MuhammadUralovv

🔥22❤7⚡5👍1
Ilohiy formula
Xato qilayotgan o’quvchingni ko’rasan, borib xatoligini tushuntirasan, gaplashasan. Va ertasi kuni o’zgarishini kutasan.
U bu xato ishni nechi yillardan beri takror va takror qilib kelayotganini va o’zgarish qanchalik qiyinligini hisobga olmaysan.
Qur’oni karim 23 yilda nozil qilinganini bilmaysan, bilsang ham nega aynan 23 yilligi haqida o’ylab ko’rmaysan. Alloh taolo uni 1 kunda qila olmas edimi?
Faqat yaratuvchi yaratilmishning fitratini biladi. Uni toqatidan ortiq ishga majburlamaydi. Islom insonlarning to’liq o’zgarishi uchun 23 yil kuta olganda sen nega kuta olmaysan?
Shuncha gapirdim, bo’ldi! Bilganini qilsin! Hatto payg’ambarlar o’z farzandlarini o’zgartira olmagan! Ba’zilar o’zgarmaydi deysan.
Sen ham Nuh alayhissalomdek 950 yil da’vat qilib ko’rdingmi yaxshi yo’lga ? Buncha tez xulosa qilasan?

💯74👍30❤23🔥21⚡16
Zamonaviy Pedagog 13-guruh mehmon spikerlari bilan tanishamiz.
Endi siz pedagogikani o‘rganish bilan birga, aynan o‘z faningizga xos yo‘nalishda ham alohida dars olish imkoniyatiga egasiz.
Siz uchun maxsus mehmon spikerlar taklif qildik:
Shohruhbek Olimov — ingliz tili ustozі, 6+ yillik o‘qitish tajribasi, IELTS 8.5 / SAT 1490, CELTA sertifikatiga ega.
Mavzu: Xorijiy til ustozlari uchun darsni kreativ va qiziqarli o‘tish yo‘llari
Javohir Toshpo‘latov — matematika bo‘yicha 9 yillik tajribaga ega, “Rahimov School” maktabining bosh matematika o‘qituvchisi.
Mavzu: Aniq fanlarni samarali o‘qitish: tushuntirish va masala yechish usullari
Sherzod Abruyev — Britaniya xalqaro dasturlari bo‘yicha kimyo va biologiya o‘qituvchisi; xalqaro maktab ta’limida 7+ yillik tajriba (A-Level, AP, IB).
Mavzu: Tabiiy fanlarni samarali o‘qitish: xalqaro yondashuvlar
Undan tashqari boshlang’ich ta’lim ustozimiz ham alohida bitta dars o’tib beradilar.
Bu kursimiz avvalgilardan ham o‘zgacha bo‘lishi kutilmoqda!

👍16🔥8❤7⚡1
Forwarded from Ustoz Kundaligi
Биз тайёрмиз!
Ваниҳоят 57 дақиқадан кейин курсимизнинг 1 дарсини бошлаймиз. Ўзим ҳам қизиқиб кетяпман тўғриси.
Мабодо қўшилолмай қолиб кетганлар @MuhammadUralovv га алоқага чиқинг.

❤13👍4🔥3
Zarbalarga tabiiy qaraylik
Bokschilar chempion bo‘lguncha o‘rtacha 10,000 ta zarba, 0-2 ta nokaut va 5-10 ta nokdaun qabul qilib oladi.
Bokschi uchun bu zarbalar qo‘rqinchli emas, chunki u chempionlik yo‘lining bir bo‘lagi. Boksni tanlaganidayoq u ringda kaltaklanishga, yiqilishga va qayta turishga ruhan va aqlan tayyor bo‘lgan.
Zarbani muammo deb qabul qilganlar esa faoliyatining boshidayoq boksni tashlab ketgan.
Ustozlikdagi “zarbalar”
• O‘quvchilarning tanqidlari
• Dars qilmasligi
• O‘quvchilardagi sho‘xliklar
• Ba’zan ota-onalarning noo‘rin noroziliklari
• Rahbariyat bilan tushunmovchiliklar
Bu zarbalar kasbimizning bir bo‘lagi. Bularsiz o‘sa olmaymiz. Chempion bo‘lolmaymiz.
To‘g‘ri qabul qilaylik, cho‘kib qolmaylik, yiqilsak ham qayta-qayta turaylik.
Bokschilar zarbani muammo sifatida ko‘rmaganidek, biz ham bularni muammo deb sanamaylik.

1❤79🔥35👍30⚡9💯1
Ko’pincha bola ta’lim ololmasligiga ta’limga bog’liq bo’lmagan omillar sabab bo’ladi.
Tarixda qolmoqchi bo’lgan ustozning vazifasi buni aniqlash va davolash.
@MuallimMuhammad
Tarixda qolmoqchi bo’lgan ustozning vazifasi buni aniqlash va davolash.
@MuallimMuhammad
💯57🔥21❤16👍5⚡2
Ma’lumot bu kuch
Instagramgaga kirsangiz siz qiziqadigan, siz muhtoj bo’lgan, sizga mos bo’lgan reklamalarni chiqarib berishadi. Ko’pincha ulardan o’zimiz uchun mahsulotlar sotib olamiz.
Buni teminologiyada target deyishadi. Avval mijoz haqida to’liq ma’lumot yig’ishadi va uning og’riqlariga mos yechimlar ishlab chiqib sotishadi.
Aslida biz ustozlar ham sotuvchilarmiz, faqat g’oya va fikr sotamiz. “Mahsulotimizni” o’tkaza olsak bolani o’zgartiramiz, bo’lmasa yo’q.
Sotish uchun ma’lumot kerak. Kim u? Qayerda yashaydi? Nimaga qiziqadi? Ota-onasi bormi? Bo’lsa qanaqa odamlar? Bo’sh vaqtida nimalar qiladi? Kimlarni va nega kuzatadi? Orzulari nima? Do’stlari kim?
Shu ma’lumotlarni bilarkanmiz, bolalar hatti-harakati ortidagi sirlar ochila boshlaydi. Jizzaki, yig’loqi, baqiruvchan, bir joyda o’tirolmaydigan, dars qilmaydigan bolalarning nega shundayligini tushuna boshlaymiz.
Negaligini bilgandan so’ng, qanday o’zgartirishni topish qiyin emas. Ko’pincha qabul qilish, yaxshi ko’rish, xos munosabat va vazifalar yetarli bo’ladi.
Yuqorida yozganimizdek ta’lim ololmaslikka, ta’limdan tashqari omillar sabab bo’ladi. Bularni esa suhbatlar yecha oladi.
Ustoz o’quvchisini yaxshi tanishi, ilm yo’lini osonlashtiradi.
Boring, suhbatlashing, ma’lumot yig’ing va o’zgartiring.

❤50⚡12🔥9👍8💯7
Savollar darsning matori.
Darsga tayyorgarlik ko‘rayotganimizda, beriladigan savollarga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Chunki aynan savollar:
— darsning maqsadini aniqlaydi;
— o‘quvchi mavzuni o‘zlashtirgan yoki yo‘qligini ko‘rsatadi;
— dars ritmini belgilaydi.
Savol tuzishda esa uchta muhim qoida bor:
1. Nega bu savolni beryapman?
Eski bilimni eslatish uchunmi?
Yangi g‘oya ustida o‘ylatish uchunmi?
Yoki o‘quvchi haqiqatan tushunganini tekshirish uchunmi?
2. Bu savol kimga qaratilgan?
Butun sinfgami?
Yoki ayrim o‘quvchilargami — qiynalayotganlarga yoki iqtidorlilarga?
3. Qanday javob kutyapman?
Agar mavzu tushunilgan bo‘lsa, qanday fikr aytilishi kerak?
Agar noto‘g‘ri tushunilgan bo‘lsa, qayerda xato chiqadi?
Unutmang: yaxshi savol — yarim dars demakdir.

❤44🔥17👍13💯5
🔥100💯38❤37👍17😁2⚡1
Yoshligimiz yangi yilni kutish bilan o’tgan. Uyni bezatishlar, o’zgacha shukuh va xursand insonlar. Yangi yil shunday bog’lanishlarga ega edi.
Aqlimni tanib qaniydi, Ramazonni ham kamida shunday kutsak, bolalar ham shunday kutsa deb orzu qilardim, hali ham qilaman.
Harakatni esa maktabdan boshladik, ikki yildan beri Ramazonda xonalarni go’zallashtiramiz, dekoratsiya qilamiz, Ramazon shukuhini olib kirishga harakat qilamiz.
Birinchi video o’tgan yili bolalar bilan qilganimiz.
Ikkinchisi bu yil o’z xonamni hozirgi ko’rinishi.
Kichik qadamlar bilan boshlayapmiz. Sizlar ham qilgan bo’lsangiz izoh qismida ulashing)
Ramazon muborak bo’lsin, azizlar.

🔥88❤65👍26⚡3
O‘quvchilar nega maktablarni yaxshi ko‘rmasligi borasida ilmiy kitob o‘qiyapman.
Miyamizning eng kuchli jihati fikrlash emas, uning asosiy vazifasi atrof-muhitni ko‘rish va shunga monand harakatlarni amalga oshirish, ya’ni moslashuvchanlik, deyapti kitobda.
Umuman, insonni boshqa jonzotlardan va robotlardan farqi ham shu. Robot va SI doimiy bir xillikni talab qiluvchi ishlardagina insondan ustun. O‘zgarish va ijodkorlik talab qilingandagina bizning ustunliklarimiz yuzaga chiqadi.
Ko‘rish orqali xulosa qilish fikrlash orqali xulosa qilishdan ancha oson.
Ko‘rganingizda kam adashasiz, fikrlashda esa ko‘p.
Miyamiz fikrlashdan ko‘ra ko‘z orqali ma’lumotlarni qabul qilishni va u orqali harakat qilishni yoki xotiralarni ishga solishni afzal ko‘radi.
Fikrlash diqqat va ko‘p kuch talab qiluvchi jarayon. Juda sekin amalga oshadi va ba’zan javoblari topilmasligi ham mumkin. Boshqa muqobil bo‘lsa, miya umuman fikrlamay qo‘ya qoladi.
Buning hikmati ham bor. Miyamizni juda ko‘p diqqat talab qiladigan, murakkab, bir xil muammoni qayta-qayta yechishga majburlasak, uni yodlab oladi va xotira bo‘limiga o‘tkazadi.
Oqibatda hamma qiynalib qiladigan bu ishlar bizga odatiy ishga aylanadi. Buni mashina haydashni endi boshlagan va qo‘shiq ham eshita olmagan, yillar o‘tib bemalol ovqatlanib ham hayday oladiganlar tasdiqlashadi.
Hech uyingizga xayol surib kelib qolganmisiz? Ongsiz ravishda? Bu miyamizning xotirani ishlatish sehridir.
Maktab yoqmasligi sabablaridan biri ham shu. Aslida insonlar qiziquvchan va fikrlashni yoqtirishadi. Faqat bunga mos sharoit va shartlar qo‘yilsa bas.
Keyingi postlarda miyamizga yoqmaydigan fikrlashni qanday qilib bolalarga yoqimli va zavqli jarayon qilish haqida gaplashamiz.

👍68❤46🔥15⚡3
Ergashtira olamizmi?
628-yil. Hudaybiyya sulhi.
Umra niyatida kelayotgan musulmonlar bu yil qila olishmaydi; biror makkalik musulmon bo‘lib Madinaga borsa, u Makkaga qaytariladi; biror madinalik islomdan chiqib Makkaga ketsa, qaytarilmaydi. Evaziga 10 yillik tinchlik va keyingi yildan Ka’bani tavof qilishga ruxsat etiladi.
Makkaga kirish va umra qilish kayfiyatida kelayotgan sahobalarga bu shartlar yoqmaydi. Shartlarni mag‘lubiyat va yerga urilish sifatida ko‘rishadi.
Rasulimiz Sallallohu alayhi vasallam barcha sahobalariga sochlarini olishni va qurbonliklarini qilishni buyuradilar. Sahobalar birinchi marta Rasulimiz aytganlarini qilishmaydi.
Rasulimizning jahllari chiqib, xonalariga kiradilar va ayollariga: “Bilasizmi, nega ikkinchi marta buyurmadim?” deb so‘raydilar. “Agar ikkinchi marta aytsam va qilishmasa, Allohning g‘azabi kelib qolmasin, deb ikkinchi marta buyurmadim”.
Shunda Ummu Salama onamiz: “Ey Allohning Rasuli, odamlar hozir hissiyotda. Siz hech kimga gapirmay, o‘zingiz qurbonlik qiling va sochingizni oldiring — ular sizga ergashadi”, deydilar.
Rasulimiz chiqib, bu ishlarni qiladilar. Qolgan sahobalar ham birin-ketin ularga ergasha boshlashadi.
Shu joyda Rasulimizdan bir muhim hayotiy darsni olamiz.
Ba’zan o‘quvchilarimizga, farzand va ukalarimizga bir ishni buyuramiz. Qilmasalar, baqiramiz, urushamiz, jazolar berishga shoshilamiz.
Birinchi ogohlantirishdan keyingi har bir qaytarishimiz obro‘yimizni tushirib, o‘rtadagi munosabatni buza boshlaydi. Ularning ichki qarshiligi ortaveradi.
Aytdik, qilishmadimi? O‘zimiz boshlaylik, namuna bo‘laylik. Agar qadrli bo‘lsak, ustoz deb bilishsa va munosabatlarni to‘g‘ri o‘rnata olgan bo‘lsak, norozi bo‘lsa ham ergashishadi.
Ergashishmadimi? Munosabatlarimizni va ta’lim usulimizni bir ko‘rib chiqaylik.

❤69🔥25👍15⚡7
Ustoz ta’sirlantira olishi uchun, avval o’zi ta’sirlanishi kerak.
Ta’sirlanish esa yangi bilimlar olish, kurslar o’qish, dinimiz va vatanimiz tarixini o’rganishdan keladi.

🔥79💯25❤19👍11⚡4