Do’stimiz Humoyunni Ustozimiz Aziz aka Rahimov media sohasining ustoz shifusi deydilar)
Humoyun bilan aynan Aziz akani mentorshiplarida bundan 2 yil oldin tanishgandik. Keyinchalik kursida ham jamoamiz o’qidi, katta foydalar oldik.
Bugun ham juda mazmunli suhbat bo’ldi, o’z sohasini mutaxasislari bilan suhbatlar yo’llarni ancha tiniqlashtiradida)
@MuallimMuhammad

❤41👍17🔥7⚡4😁1💯1
Qanday qilib sevimli ustozga aylangansiz, metodikalaringizni bizga ham o’rgating deyishadi.
Men ishlatadigan eng samarali metodikalardan birining rasmini yukladim😅
@MuallimMuhammad
Men ishlatadigan eng samarali metodikalardan birining rasmini yukladim😅
@MuallimMuhammad
😁177👍31❤29🤣11🔥5🤔4
10% qoidasi
Topayotgan daromadimning 10% ini shu joyga sarflashga harakat qilaman. Bir qoidam bor: pul topayotgan joydan va sohadan pul ayama degan.
14 ta sinfga dars o‘taman. Har oy, ba’zan 2 oyda, bolalarga yuqorida rasmini tashlaganimdek sovg‘alar ulashib turaman. Ba’zan kitoblar, mevalar, ichimlik yoki pitsa olib berishim mumkin.
Ko‘proq pulim ketib qolishi mumkinmi? Ha. Lekin bolalar quvonchi bunga arziydimi? Haaa)
Ular bilan munosabatim yaxshiligi, ularning g‘alabaga ishtiyoqi balandligi ilm olishiga yordam beradimi? Ularning yaxshi ilm olishi mening daromadimga va kunlik kayfiyatimga ta’sir etadimi? Albatta.
Olmaganlar xafa bo‘lib qoladimi? Ha. Berolmaganimdan o‘zim ham xafa bo‘laman.
Lekin hayot qonuni shunday emasmi? Harakatchanlar, intiluvchanlar va ilmlilar qadr topib, yaxshi daromad qilishi, dangasalar esa kamroq narsaga erishishi — haqiqat-ku. Shu haqiqat bilan maktabdami, universitetdami yoki ishxonada bir kun to‘qnashishlari kerak. Bu ularning qattiqroq mehnat qilishiga sabab bo‘lishi kerak emasmi? Tushuntiraman!
Har dars beramanmi? Yo‘q. Bir muddat kelishamiz, bir maqsad belgilaymiz. Erishganlarni taqdirlaymiz.
Ustozlar so‘rab qolishadi: o‘qimaganlarga qanday jazolar bersam bo‘ladi, deb. O‘qiganlarni mukofotlang, mukofotlanmaslik ham bir jazo deyman!

👍183🔥58❤46💯12
Pedagog_podcastda olgan eng qiziqarli podcastlarimizdan biri chiqdi. Mazza qilib kulishganmiz, foyda olganmiz.
Oybek akaning darslari ham shu podcastimizdek qiziq o’tadi doim)
Link: https://youtu.be/XN6iLWte6zM?si=fbwu059YVHXaHvyt

YouTube
“O‘quvchilarni darsga qiziqtirish formulalari” | Pedagog Podcast — Oybek Qudratov
Ushbu Pedagog Podcast sonida Oybek Qudratov bilan birga o‘quvchilarni darsga chinakam qiziqtiradigan amaliy formulalarni muhokama qilamiz. Dars jarayonida diqqatni ushlab qolish, motivatsiyani kuchaytirish va murakkab yoki zerikarli mavzularni jonlantirish…
❤21🔥11👍5💯5⚡2
Ilmsiz eplolmaysiz
“Maktabdagi ikkichilar a’lochilarni ishga oladi”
“Ikkichilar ko’proq boy bo’ladi”
“Ikkichilar ustozlar va maktab oldida ko’proq noqulay ahvolga tushgani uchun hayotda bunday vaziyatlardan qanday chiqib ketishni yaxshi biladi. Va muvaffaqiyatga erishadi”
Shunday safsatalarni ham eshitib turamiz. Hammasi yolg’onligini faktlar isbotlaydi. Dunyo millionerlarining 88%i bakalavr diplomiga, 52%i magistratura va doktorlik darajalariga ega!
Bill Gates Garvard universitetini tashlab ketgan. Chunki, unda shu vaqtda o’z sohasida allaqachon 10 ming soat tajribasi bor edi. Va universitetdagi bilimlarni deyarli bilardi. Siz bilasizmi?
Nega atrofimizda teskarisini ko’ramiz?
O’zbekiston sharoitida ozgina oldin o’qimagan lekin harakatchanlar, o’qib harakati sustlardan ko’proq pul topgan. Lekin:
1. Hozir sharoit o’zgardi. Ilmli ko’proq topadi. Jamiyat rivojlangan sari ilmli kadrlarga talab oshadi. Jarayonlar murakkablashadi, murakkablikni ilmsiz tushuna olmay qolamiz.
2. Atrofingizdagi ilmsizligi bilan ko’proq topayotganlarni qaysi biri dunyo millionerlari tarkibiga kirgan? Biz boy deganda uy, gentra va doimiy oylikni tushunamizmi?
Maqsadingiz katta dunyo miqyosida millioner bo’lish, ummat va millatga foyda keltirish bo’lsa ilmsiz bo’lmaydi do’stlar -deb o’quvchilarimizga tushuntirishimiz kerak do’stlar!
@MuallimMuhammad
“Maktabdagi ikkichilar a’lochilarni ishga oladi”
“Ikkichilar ko’proq boy bo’ladi”
“Ikkichilar ustozlar va maktab oldida ko’proq noqulay ahvolga tushgani uchun hayotda bunday vaziyatlardan qanday chiqib ketishni yaxshi biladi. Va muvaffaqiyatga erishadi”
Shunday safsatalarni ham eshitib turamiz. Hammasi yolg’onligini faktlar isbotlaydi. Dunyo millionerlarining 88%i bakalavr diplomiga, 52%i magistratura va doktorlik darajalariga ega!
Bill Gates Garvard universitetini tashlab ketgan. Chunki, unda shu vaqtda o’z sohasida allaqachon 10 ming soat tajribasi bor edi. Va universitetdagi bilimlarni deyarli bilardi. Siz bilasizmi?
Nega atrofimizda teskarisini ko’ramiz?
O’zbekiston sharoitida ozgina oldin o’qimagan lekin harakatchanlar, o’qib harakati sustlardan ko’proq pul topgan. Lekin:
1. Hozir sharoit o’zgardi. Ilmli ko’proq topadi. Jamiyat rivojlangan sari ilmli kadrlarga talab oshadi. Jarayonlar murakkablashadi, murakkablikni ilmsiz tushuna olmay qolamiz.
2. Atrofingizdagi ilmsizligi bilan ko’proq topayotganlarni qaysi biri dunyo millionerlari tarkibiga kirgan? Biz boy deganda uy, gentra va doimiy oylikni tushunamizmi?
Maqsadingiz katta dunyo miqyosida millioner bo’lish, ummat va millatga foyda keltirish bo’lsa ilmsiz bo’lmaydi do’stlar -
@MuallimMuhammad
❤122👍45🔥25💯15
Ustozlar uchun pedagogik kurs o‘tishimning eng katta foydasi — darslarim sifati doimiy oshib borayotganidadir.
Foydali ilm bera olmaslik qo’rquvi meni doimiy o‘rganishga majbur qiladi.
Qoida oddiy: o‘rgatuvchi har doim o‘rganuvchidan ko‘proq foyda oladi.
Obunachilarda savol tug‘iladi: unda nega kurs pulini doim o‘rganuvchilar to‘laydi?😅

2😁126❤20⚡8
Samimiy bo‘ling
Maktabda tushlik qilayotgandim, oq ko‘ylagimga bilinar-bilinmas ovqat tegib ketdi. Oldinda esa yana 4 soat dars…
Xayolimdan turli fikrlar o‘ta boshladi:
Bolalar ko‘rib qolsa nima bo‘ladi?
“Ustoz bitta ovqatni ham eplab yeyolmaydi”, “tozalikka qaramaydi” deb o‘ylashsa-chi?
Yashirish yo‘lini o‘yladim. Ketkazishga harakat qildim. Eplolmadim. Eng yomoni — dog‘ emas, xavotir edi. Kimdir sezib qolsachi, kulsachi degan ichki bezovtalik.
Shunda bir qarorga keldim.
To‘g‘ri darsga kirib, o‘quvchilarimga ko‘ylagimdagi ovqat dog‘ini ko‘rsatdim, ozroq o‘z ustimdan kulib, bolalarni ham kuldirdim, keyin dars o‘ta boshladim.
Bolalar:
— Ustoz, nega kiyimingizdagi dog‘ni aytdingiz? Siz aytmasangiz, biz balki ko‘rmasmidik, kulmasmidik? — dedi.
Men:
— Ha, aytmasam ko‘rmasligingiz mumkin edi. Lekin men “buni kimdir sezib qolsachi, ustimdan kulsachi” degan xavotirda erkin dars o‘tolmasdim. O‘zimni bemalol tutolmasdim.
Mana, o‘zim ko‘rsatdim, o‘z ustimdan hazil ham qilib berdim. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariyni tashkillashtirdim. Endi uyaladigan, berkitadigan joyi qolmadi, — dedim.
Yoshligimdagi bir voqea esimga tushdi.
Yoshligimizda hammaning ustidan kuladigan do‘stlarimiz bo‘lardi, lekin ularning ustidan kula olishmasdi. Endi uning kamchiligini aytib kulaman desangiz, o‘zi ham qo‘shilib, shu kamchilikni bo‘rttiribroq aytib, biz bilan birga kulardi. Uni uyalmaganini, tortinmaganini ko‘rib, biz mazza qilolmasdik :)
Bir kamchilikni yashirsangiz, u kattalashadi, tan olganingizda esa yo‘qolishni boshlaydi. Samimiyat o‘rgatuvchi va o‘rganuvchini yaqinlashtiradi, yaqinlashish esa ko‘p muammolarni yechadi.

2❤185👍51😁37🔥20💯9⚡6
O‘qituvchilar uchun 50 ta sara kitob jamlanmasi tayyor! 🔥
Mendan ko’pincha kitob so’rashadi. O’zim o’qigan maslahat bergan, podcastlarimizda ham ustozlarimiz tavsiya qilgan eng kerakli 50 ta kitobni bitta yopiq kanalga yig‘dik. 😊
Kanalda:
📚 Makarenko, Suxomlinskiy, Soloveychik kabi pedagoglar asarlari
📚 “Birinchi Muallim” kabi badiiy-pedagogik kitoblar
📚 “Teach Like A Champion” kabi dunyo miqyosida tanilgan kitoblar
📚 “Tarbiyaning Oltin Kaliti” kabi tarbiyaviy pedagogik kitoblar jamlangan.
Bu — yillar davomida yig‘ilgan, har bir ustoz uchun kerak bo‘ladigan haqiqiy bilimlar bazasi!
Olish tartibi oddiy:
1. Botni ishga tushirasiz
2. 3 nafar o‘qituvchini taklif qilasiz
🎁 Shart bajarilgandan so‘ng kitoblarni qo‘lga kiritasiz!
👉 Bot havolasi: https://t.me/sovrinlikonkurs_bot?start=1467733044

Telegram
Zamonaviy Pedagog
Hamkorlik yoki telegram bot xizmatlari bo'yicha aloqa - @namozdamiz
❤19👍8🔥6
Nega bolalar ilm olishga qiynalishyapti?
Biror o‘quvchim surunkali dars qilmay boshlasa, telefonini tekshiraman. O‘rtacha 10 soatdan 20 soatgacha ijtimoiy tarmoqlarga sarflaganini ko‘raman. 90% bolalarda shu muammo.
Ko‘p telefon o‘ynaydi, kam uxlaydi. Kam uxlagani uchun miyadagi o‘zini nazorat qilish tizimi zaiflashadi. Oqibatda darsda diqqatni jamlay olmaydi, uyga vazifalarni qilishga o‘zini majburlay olmaydi, jizzaki va qo‘pol bo‘lib qoladi.
Doimiy kam uyqu xotirani 50% ga pasaytiradi. Kam uxlagan 6-sinf bolalari kognitiv vazifalarni (bilish, tushunish, eslash, muammoni hal qilish, fikrlash) bajarishda xuddi 4-sinf bolalaridek natija ko‘rsatishgan. O‘rtadagi ikki yil qani?
6 hafta 4-6 soat uxlagan bolalar va 3 kun umuman uxlamagan bolalarga berilgan aqliy (kognitiv) vazifalarni bajarishda deyarli farq bo‘lmagan.
Ilm uchun eng muhimi – miya. Miya uchun esa yetarli uyqu. Uyqusizlik va ovqatsizlik miyaga deyarli bir xil zarar yetkazadi.
Kam uyqu semirish xavfini 300% gacha oshiradi. Narkomaniyaga, alkogol va nikotinga qaramlik xavfi paydo bo‘ladi.
Uyqu qisqa xotiraga olingan ma’lumotlarni doimiy xotiraga o‘tkazadi. Olingan yangi va eski ma’lumotlarni bog‘lab, bilimga aylantiradi.
Kam uxlagan ustozlar bolalarga ko‘proq baqiradi, sinf shovqiniga sabrsizroq bo‘ladi va muloqot ko‘nikmasi pasayadi. Oqibatda sifatsizroq dars o‘tadi.
Nima qilish kerak?
1. Yetarlicha va sifatli uxlaylik.
2. O‘quvchilar nazoratini qilaylik, ota-onasiga kam uxlayotganini va telefon bunga sababligini yetkazaylik.
3. Uxlashdan oldin 21:00 da bolalar telefonini olib ular ololmaydigan joyga qo’yaylik. Ijtimoiy tarmoqlariga cheklovlar o’rnataylik.
4. Bu postni ustozlar, ota-onalar va bolalarga ulashaylik.
5. Ertaga yaxshi dars o’tish uchun hozir uxlaylik)
Manba: The Self-driven child

❤75👍34🔥24😁13💯6⚡2
Muallim Muhammad
https://youtu.be/5Tcz-Kt2TsM?si=cGaqS1bit05YqkdU
Sevimli ustoz bo’lishni xohlaydigan ustozlarga atab 5 maslahatli video qilgandim. 40 mingdan oshiq ustozlar ko’rib, ko’pchilikka foydali bo’lgan ekan.
Bolalar bilan munosabatda qiynalayotgan bo’lsangiz tavsiya qilaman.
Sizni yana qanday muammolar qiynayapti? Keyingi videolar qaysi mavzularda bo’lsin?

🔥44❤20👍11
Tarbiya
Kecha Samarqanddan Toshkentga Afrosiyob poyezdida qaytayotgandim. Vagonimizda 2 ta, 2–3 yoshli qizaloqlar bor ekan. Boshida onalari yoniga o‘tkazib ketmoqchi bo‘lishdi, qizaloqlar energiyasi yo‘l qo‘ymadi. Ozgina baqirib, yig‘lab pastga tushib olishdi va poyezd kengligi bo‘ylab yugura boshlashdi. Avval birinchisi, keyin ikkinchisi o‘zaro yugurib, yotib Toshkentgacha tinishmadi.
Men e’tibor bergan jihat, vagonda hech kim bolalar sho‘xligidan shikoyat qilmadi, to‘g‘ri qabul qilishdi. Evaziga bolajonlar hammani kayfiyatini ko‘tardishdi)
Onalari ham juda xijolat chekadiganlardan emasligi menga yoqdi. Bolalariga polga o‘tishga, yotish va yugurishga imkon berishdi (balki majburlikdan). O‘zlari ham birga o‘ynashdi. Odamlar nima deydi? Noto‘g‘ri o‘ylasachi deb o‘ylab o‘tirishmadi. Albatta, buni nazorat ostida qilishdi.
Men xalqimizda jamoat joylarida va transportlarda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar yig‘isini to‘g‘ri qabul qilishni, bunga unchalik e’tibor bermaslik hislatini shakllanishini xohlagan bo‘lardim. 100% ongli bo‘lmagan insonchalardan xafa bo‘lmaslik kerak.
Oxirgi gapni va umumiy bu voqeani nega yozayapman? Yig‘layotgan va tinmaydigan bolalarni onalarida bolalariga telefon berib qo‘yib tez tinchlantirish imkoni doim bo‘ladi.
Yuqoridagi misoldagi onalar esa bolalari uchun ijtimoiy bosimni yengib chiqib, yaxshiroq yo‘lni tanlay olishadi. Bunda biz xalq sifatida to’g’ri tushunib yordam berishimiz kerak.

👍152💯64❤37🔥33⚡4🤔2
Komentlarda savol ko‘p kelibdi: “Yangi ustozman, nima qilay?”
Siz uchun 5 ta muhim maslahatni berdim. Amal qilsangiz, 2 yilda eng zo‘rlaridan bo‘lasiz.
1. Yangi ustoz bo‘lganimda haftalik eng ko‘pi 15–20 soat dars olardim. Kam dars olib, juda ham sifatli tayyorlanardim.
5 soatlik sifatli darsga 5–6 soat tayyorgarlik kerak. Uy, dam haqida unutish kerak. Lekin yetarli uyquni emas.
2. Har kuni darsimga bir-ikki eng zo‘r hamkasblarimni kuzatuvga taklif qilardim. Kirmasa, majburlab bo‘lsa ham olib kirib, darsimni tahlil qildirardim. Balki sovg’a berib)
3. Ingliz tilini o‘rganib, pedagogikaga oid kitoblar, saytlar va bloglarni kuzatardim. 5 soat darsga tayyorlansam, 1 soat pedagogika bo‘yicha o‘qirdim.
4. Bor pulimni o‘zimga tikardim. Yaxshi ustozlardan konsultatsiyalar sotib olardim. Hamkasblarim bilan maktabning o‘zida kichik ustozlar jamiyati tashkil qilib qo‘yardim.
5. Eng muhimi, yaqin kunlarda qabul ochilishi kutilayotgan “Zamonaviy pedagog” kursimizda aniq o‘qigan bo‘lardim. Bu o‘zi boshqa daraja. Bir oyda aniq boshqa ustoz bo’lib chiqasiz)

😁94❤50👍28💯14🔥5⚡3
🤣117❤71👍34😁21🔥14⚡3🤔2
Zamonaviy pedagog bo’lishga tayyormisiz?
Biz “Zamonaviy Pedagog” 13-guruhiga qabulni ochdik!
Ko’plab yangiliklar qo’shilgan va “qonli” tajribalar asosida tuzilgan darslarimizni boshlaymiz)
.
Ushbu havolada kurs vaqti, boshlanish kuni, dars rejalari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:
👉 https://www.notion.so/Kurs-konsepsiyasi-27948e71f02281d6bfaef831bc89b37c?source=copy_link
Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉 https://forms.gle/ao84GopioazidaiE9
Ro‘yxatdan o‘ting, biz sizga tez orada aloqaga chiqamiz va barcha savollaringizga javob beramiz!

💡 Atigi 1,5 oyda:
— Sho‘x o‘quvchilar bilan qiynalmasdan, sinfni bemalol boshqaradigan ustozga aylanasiz.
— Darslaringiz zerikarli bo‘lib qolmasdan, interaktiv metodlar yordamida jonli va samarali dars o‘tasiz.
— O‘quv markazingizda o‘quvchilar ketib qolmasdan, ularni ushlab qolasiz va yangilarini ham jalb qilasiz.
— Qiziqmaydigan o‘quvchilar bilan ovora bo‘lmasdan, ularni darsga qiziqtira olasiz.
— O‘zingizga bo‘lgan ishonchsizlikni yengib, ustoz sifatida o‘sasiz va daromadingizni oshirasiz
.
Ushbu havolada kurs vaqti, boshlanish kuni, dars rejalari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:
👉 https://www.notion.so/Kurs-konsepsiyasi-27948e71f02281d6bfaef831bc89b37c?source=copy_link
Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉 https://forms.gle/ao84GopioazidaiE9
Ro‘yxatdan o‘ting, biz sizga tez orada aloqaga chiqamiz va barcha savollaringizga javob beramiz!
@MuallimMuhammad
Mohir Mirzaxmedov’s Workspace on Notion
Kurs konsepsiyasi | Notion
1. O’qituvchilar uchun taklif
🔥14❤7👍7⚡1
Sotuvchi emasman
Kursimizga qiziqish bildirganlar soni 150 dan oshibdi, har bir ustozga o‘zimiz telefon qilib chiqyapmiz.
Men ambivertman, yangi odamlar bilan gaplashish qiyinroq. Ularga kursni sotish esa karrasiga noqulay menga.
Ancha vaqt hech kimga telefon qilmadim, o‘yladim va bir qarorga keldim. Hozir qiziqqan ustozlarga telefon qilaman va ularni qiynayotgan muammolarini so‘rayman, suhbatlashaman. Hech qanday kurs sotmayman!
Agar ularning muammolariga kursimizda yechim bo‘lsa borligini, yechim bo‘lmasa yo‘qligini aytaman. Qo‘limdan kelsa, shu joyda javob berishga harakat qilaman, dedim-u, ustozlarga qo‘ng‘iroqni boshlab yubordim.
Har bir ustoz bilan 10 daqiqacha gaplashyapman, muammolarini chuqurroq tushunishga harakat qilyapman. Maqsadni sotish emas, ustozlar muammosiga yechim berish deb qaraganimdan keyin ancha yengil tortdim va maza qilib gaplashyapman.
Agar Google Formani to‘ldirgan bo‘lsangiz, kuting — shaxsan o‘zimiz (men yoki Mohir) aloqaga chiqamiz, kamida mazza qilib 10 daqiqa suhbatlashamiz)

❤85🔥45😁21👍16⚡12🤣9
Hammasini hissiyot hal qiladi!
O’quvchingiz vazifa qilmay keldi. Nima qilish kerak?
Yil/kurs boshida belgilangan kelishuvlar bo’lsin. Vazifa qilmay kelsa nima bo’ladi? Bu takrorlansachi? Kech kelsa? Darsda gaplashsa?
Har bir vaziyatni ko’rib chiqib bolalar bilan kelishuvlar qilib oling.
Vazifa qilinmadimi? Muammo yo’q. Kelishuv asosida tanaffusga chiqmaysiz, darsdan keyin ketmaysiz o’tirib vazifani topshirasiz.
Hamma uyda vazida qilganda qilmaganingiz uchun, hamma uyga ketayotganda siz qolasiz.
Baqirmaymiz, asabiylashaymaymiz, haqorat qilmaymiz. Lekin talabimiz qat’iy, qolasiz va kelishuvni bajarasiz!
Hammasini hissiyot hal qiladi. Baqirib, agressiya ko’rsatsak bola o’zini jabrdiyda sifatida ko’radi. Jahlimiz yodida qolib, o’z kamchiligi esdan chiqadi. Bizni aybdor sanaydi. Bizni yomon ustoz sifatida ko’radi va yomon ko’radi.
Kelishuv qandayligini birga begilang, dars qilmasa kelishuvni qat’iy talab qiling. Albatta vaziyatga qarang, bolani his qiling, kechirish imkoni bo’lsa kechiring, lekin baqirmang, haqorat qilmang.
Jahldor, yomon, emas, talabchan va adolatli bo’ling.

1❤95👍44🔥25💯7⚡1😁1
Og‘riqlarsiz eplolmaysiz.
1825–1832-yillarda Samuel Morze Yevropa bo‘ylab sayohat qiladi. Yaqinlari va do‘stlari vafot etar, xabarlar esa unga juda kech yetib kelardi. Shu og’riqlar sabab u xabarlarni tezkor yetkazib beruvchi telegraf va Morze alifbosini kashf etadi. Bu ixtiro millionlab insonlar hayotini saqlab qoldi.
1847-yil Shotlandiyada bir bolakay tug‘ildi. Bola juda qiziquvchan edi, faqat onasining eshita olmasligidan ruhan qiynalardi. Hayotini va umrini shu sohaga bag‘ishlashga, onasi ahvolini yaxshilashga bel bog‘ladi.
Tovushlar qanday paydo bo‘lishi va odamlarga qanday yetib kelishini chuqur o‘rgandi va bu bilimlar uni 1876-yili telefon ixtirosiga olib keldi. Bu bolakayning ismi Alexander Bell edi. Uning og’rig’i butun insoniyat hayotini o‘zgartirib yubordi.
2021-yil. Bir yigit xususiy maktabga bordi. Boshlang‘ich 6 oyda shunchalik qiynaldiki, maktabni tashlab ketmoqchi ham bo‘ldi. Muammolari ko‘p, ishga borgisi kelmasdi, har kuni bolalar bilan tortishib kuni o‘tardi. Yechim izlab kurslar qidirdi, podcastlar izladi. Hech birini topa olmadi.
Keyin ustoz topdi, kitoblar o‘qiy boshladi. Turli kurslarga bordi. 2–3 yil davomida topganining barchasini ilmiga tikdi. O‘zida va o‘quvchilarida o‘zgarishlar seza boshladi. Atrofdagilar ham buni e’tirof etishdi. Yana kurs qidirib ko‘rdi — topa olmadi.
Ilojsizlik uni harakatga majbur qildi. Pedagog_podcastni va “Zamonaviy pedagog” kursini boshladi. Chunki o‘zi qidirganda topa olmagandi, qiynalgandi, boshqalar qiynalmasin, ta’lim tizimi yaxshiroq bo‘lsin dedi. Bu yigitning ismi @MuallimMuhammad edi.
Do‘sti bilan loyiha tuzdi, shu kungacha minglab ustozlarni o‘qitishdi va hayotini o‘zgartishdi.
Tarixdagi xohlagan ixtiroga qarang — aksari og‘riqlardan, alamlardan, ilojsizlikdan kelib chiqqan. Hayoti komfort bo‘lganda, hech biri bunchalik izlanolmasdi, sabr qilolmasdi. Bu kashfiyotlarni ko‘rmasdik.
Muammolar bu kuch. Ular bizni majbur qila oladi, o’stira oladi. Agar qochmasangiz ular sizni kashfiyotlarga unday oladi.

❤105🔥31💯21😁15👍12
Forwarded from #Журабоев
Zamonaviy pedagog kursida adashmasam 1.5 yil oldin 3 - guruhida o'qigan edim. O'quv markazda ishlardim. Ba'zi o'quvchilar bilan muammolar bor edi. Darsni sifatli o'tish, o'quvchilar tilini topish, darsga tayyorgarlik ko'rish, daromadimni oshirish va odatiy ustozlar muammolari bilan kursga qo'shildim.
1. Kursda muammolarimga yaxshi yechimlar topdim. A'lo darajada
2. Bundan tashqari ta'lim tizimi haqida chuqurroq tushundim.
3. Daromadim 4-5 million so'mdan 2-3 barobarga oshdi shu kungacha. Kurs to'lovi barobariga qoplandi.
4. Darsimda o'zimga ko'rinmagan xato-kamchiliklar borligini sezdim. O'rgatishdi.
5. Sifatli darsga nima omillar ta'sir qila oladi? Oldin kam bilardim. Ilmiy asoslari bilan o'rgandim.
6. Kurs qanday qilib Ustoz shaxsiyatini yarata oladigan, sevimli ustoz bo'la oladigan yo'llarini ko'rsatdi.
7. Xususiy maktabga ariza topshirmadim. O'zlari maslahat berishgani uchun taklif bilan chiqishdi.
8. Darsni sifatli o'tish va izlanish uchun amaliy dasturlar, o'qiladigan kitoblar, zamonaviy website lar, tool lar va metodikalar oldim.
9. O'quvchilarni yaxshiroq tanidim.
10. O'z ustida ishlaydigan ustozlar networking ni ko'rdim. Ba'zilarini hozir ham kuzataman. Ularda ham ancha yaxshi.
11. Hozir ham kursdagi ma'lumotlardan foydalanaman doimiy.
Kursga qayta yozilayotganimning asosiy sabablari yaqinda xususiy maktabga o'tdim - men uchun yangi tizim, yangi o'quvchilar va yangi muammolar bor, Oldingi kurslarga qatnasholmay ancha narsadan qolib ketgandekman. Muhammad ustoz va Mohir ustozlardan hali o'rganadigan ko'p narsam bor ekan. Ustozlarning va kursning hozirgi holatimga katta ta'siri bor.
Kattakon rahmat va keyingi kurslarda ham qatnashsam kerak.

❤31👍14🔥8😁2
Muallim Muhammad
Zamonaviy pedagog kursida adashmasam 1.5 yil oldin 3 - guruhida o'qigan edim. O'quv markazda ishlardim. Ba'zi o'quvchilar bilan muammolar bor edi. Darsni sifatli o'tish, o'quvchilar tilini topish, darsga tayyorgarlik ko'rish, daromadimni oshirish va odatiy…
Bu izoh kursimizning 3-guruhida qatnashgan, ish faoliyatlarida va hayotlarida ancha o’zgarish sezgan ustozimiz Mashhurbek. Yangi ochilgan kursimizga ham yozilyaptilar.
Eng xursand qiladigani bizda 1-1,5 yil oldin o’qigan ustozlarning anchaginasi yaxshi natijalar olganini va qayta o’qish istaklari borligini bildirishyapti. Daromadlar va hayotidagi o’zgarishlarni o’zlari aytmasa biz bilmay ham qolyapmiz)
Siz ham ta’limdagi karyerangizni o’zgartirishni xohlasangiz kursimizga yozilishingiz mumkin.
Kurs haqida ma’lumot: https://www.notion.so/Kurs-konsepsiyasi-27948e71f02281d6bfaef831bc89b37c?source=copy_link
Kursga ro’yhatdan o’tish uchun link: https://forms.gle/ao84GopioazidaiE9

🔥14❤11👍2🤣1
Suyukli ustoz bo’lasiz!
Uxud g’azotida payg’ambarimiz (s.a.v) kamonchilarga tog’ning eng tepasida turishni va natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar o’zlari buyruq bermagunlaricha qimillamaslikni buyuradilar.
Jang boshlanadi, musulmonlar qo’li baland kela boshlaydi. Kamonchilar ichida fitna chiqadi. Ma’lum qismi g’alaba bizniki bo’ldi, pastga tezroq pastga tushib o’ljalarga egalik qilishimiz kerak deydi, qolgan qismi rasululloh aytmagunimcha qimillamang degan edi deyishadi. Orada tortishuv bo’ladi va kamonchilar o’z joylarini tark etishadi, vaziyatni ko’rgan Xolid ibn Valid(bu vaqti u musulmonlar safiga hali qo’shilmagandi) tog’dan aylanib kelib musulmonlarga zarba beradi.
Jangning borishi o’zgarib ketadi, rasululloh qattiq yaralanadilar, og’izlari qon bilan to’ladi, jang maydonida ularni o’ldi degan yolg’on gap tarqaydi. G’alabali jang mag’lubiyat bilan tugaydi. Musulmon lashkari va payg’ambarimiz zo’rg’a qochib qutulishadi.
Barchasiga aybdor kamonchilar, ularni deb qanchalab bolalar yetim, ayollar tul, akalar ukasiz, ukalar akasiz qoladi. Rasululloh qattiq jarohatlar oladilar.
Ular o’z ayblarini bilar, ich-ichidan unga iqror edi. Va o’qiladigan hukmni kutishayotgan edi. Bunday katta xato uchun o’lim jazosiga ham tayyor edilar.
Mag’lubiyatdan ozgina vaqt o’tib hamma tinchlanib olgach, payg’ambarimiz kamonchilarni yonlariga chaqiradilar. O’lim hukmiga ham hech bir e’tirozsiz rozi kamonchilarni kechirib yuboradilar!
Va xatto keyingi jang taktikasi uchun ulardan maslahat ham so’raydilar!
Payg’ambarimiz insonlar xato qilarkan ularga ma’lum vaqt berilsa ich-ichidan bunga iqror bo’lishini, qiynalishini, ezilishini va buni qaytib qilmaslikka ko’pincha axd qilishini bilardilar.
Siz eng qattiq jazo kutayotgan vaqtingizda sizga berilgan keyingi imkoniyat, imkoniyat bergan insonga nisbatan qalbingizda muhabbat uyg’otadi. Muhabbat o’z ortidan sadoqatni olib keladi.
Siz ham o’quvchilarga sevimli ustoz bo’lmoqchimisiz? Hech kim kechira olmaydigan vaziyatda ularni kechiring, ular ham hech kimni eshitmayotgan joyida sizni eshitishadi!
Xatolariga yengilroq qarang, ular qilgan hech bir ish kamonchilar qilgan ish kabi kimlarnidir yetim qoldirmaydi, ular qilgan hech bir ish rasulimizni og’izlarini qon bilan to’ldirmaydi.
Albatta, bu ularni umuman to’g’irlamaslik kerak degani emas, to’g’irlang, faqat chiroyli xulq va meyor darajasidagi ogohlantirish bilan.

❤130👍43🔥28💯9🤔1