Zarbatoblar
Shamol yosh nihollar mustahkamligi uchun eng muhim omillardan. Shamol bo‘lganda nihol tomirlari tortiladi va kengayadi, tana hujayralari esa zichlashadi va mustahkamlanadi. Kattalashganda esa kuchli shamollarga chidamli bo‘ladi.
Aksincha, issiqxonada shamoldan himoya qilib o‘stirilganlari katta bo‘lganda o‘z vaznini ham ko‘tara olmaydigan daraxtga aylanadi. Bunday nihollardan o‘rmonlarda yasholmaydi.
Bolalar ham shunday — yoshligidan kichik stresslar, qiyinchiliklar, rad etilishlar va ko‘kargan tana qismlari bilan katta bo‘lsa, ulg‘ayganda o‘z muammolarini yecha oladigan yetuk shaxsga aylanadi. Albatta, bunda meyor va kattalar kuzatuvi muhim.
“Issiqxonada” barcha qiyinchiliklardan asrab katta qilsak, nafaqat jamiyat muammosi, o‘z muammosini ham yecha olmaydigan bir bolani yetishtirib qo‘yamiz.
Deyarli barcha sut emizuvchi yoki tirik jonzotlar zarbatoblardir. Ya’ni har qabul qilingan zarba uni kuchli qilib boraveradi. Xuddi ajdarhoning bir boshini kessangiz, ikkita bo‘lib chiqqandek, hayot zarbalari bizni kuchaytiraveradi. Aksincha, rohat esa zaiflashtiradi.
Farzandlarimizni yaxshi ko‘rar ekanmiz, ularning kelajakdagi holatini ham sevaylik. Faqat hozir qiynalmasin, o‘ksimasin deb, hayot o‘rmonlarida yiqilishiga sabab bo‘lib qolmaylik.
@MuallimMuhammad

🔥49❤32👍25⚡9
Muallim Muhammad
Video message
Yilni treninglar bilan boshladik)
Keyingisi mentorship va online kursimiz bo’ladi. Kutayotganlar bormi?)

👍42🔥21💯9❤6⚡2😁1
Muallim Muhammad
Pedagog podcastning navbatdagi sonini oldik. Aziz aka bilan 3,5 soat suhbatlashibmiz. Ustozlar uchun ancha foydali suhbat bo’ldi. Aytgancha, Zamonaviy pedagogning navbatdagi mentorshipida ham Aziz aka speaker bo’lib keladilar) @MuallimMuhammad
Bu podcastni kutganlar ko’p bo’ldi.
Aziz aka Rahimov bilan ustozlar, yuqori daromad topish, yaxshi ishga joylashish, o’qimaydigan bolada aybdor ustozmi yoki ota-ona mavzularida chuqur suhbat qurdik.
Aytgancha, videoga eng creative 3 komentariya egasiga kelayotgan kursimizdan 30% dan chegirma bor)
Omad va maroqli tomosha tilaymiz!
Link: https://youtu.be/_RZscf4pvfM?si=-g1t-yhg-yWC-ruu

YouTube
Daromadli ustoz bo‘lish yo‘li: Pedagog Podcast | Aziz Rahimov
Mehmonimiz: Aziz Rahimov
00:00 — Kirish
01:00 — Parallel muhitga g‘oyalar qayerdan keladi?
05:43 — Qanday ustozlarni ishga olish kerak?
09:10 — Xususiy ta’limda o‘qituvchilar oyligi baland bo‘lishining sababi
10:25 — Yaxshi ustozdan kutiladigan 3 ta asosiy…

🔥29❤14👍10
O‘zini ahmoqlashtirayotgan avlod
Kurt Vonnegutning “Harrison Bergeron” nomli hikoyasida Amerikada o‘ta aqlli va o‘rtacha odamlarni tenglashtirish bo‘yicha qonun qabul qilinadi. Aqllilarni ahmoqroq qilish uchun ularga quloqchin taqib qo‘yiladi — u har 20 soniyada baland tovush chiqarib, insonlarning tiniq fikrlashi va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishiga to‘sqinlik qiladi. Chalg‘ish oqibatida aqlli va o‘rtacha odamlarning hayot sifati tenglashadi.
Hozir telefon ishlatadigan o‘rtacha odam har 5 daqiqada telefoniga qarar ekan. Bu — o‘rtacha ko‘rsatkich, aksariyat odamlarda esa bundan ham ko‘proq. Sizning qancha ilmingiz yoki tajribangiz borligi muhim emas: agar telefon orqali o‘zingizni doimiy chalg‘itaverar ekansiz, qarorlaringiz sifati pasayib boradi. Bu esa hayotimiz sifatining tushishiga olib keladi.
Yuqoridagi asarda buni odamlarga qonun bilan majburlab qildirishardi, biz esa o‘zimizni ixtiyoriy ravishda ahmoqlashtiryapmiz. Qiziq)

⚡105👍54💯34❤30🔥8🤔6
Do’stimiz Humoyunni Ustozimiz Aziz aka Rahimov media sohasining ustoz shifusi deydilar)
Humoyun bilan aynan Aziz akani mentorshiplarida bundan 2 yil oldin tanishgandik. Keyinchalik kursida ham jamoamiz o’qidi, katta foydalar oldik.
Bugun ham juda mazmunli suhbat bo’ldi, o’z sohasini mutaxasislari bilan suhbatlar yo’llarni ancha tiniqlashtiradida)

❤41👍17🔥7⚡4😁1💯1
Qanday qilib sevimli ustozga aylangansiz, metodikalaringizni bizga ham o’rgating deyishadi.
Men ishlatadigan eng samarali metodikalardan birining rasmini yukladim😅
@MuallimMuhammad
Men ishlatadigan eng samarali metodikalardan birining rasmini yukladim😅
@MuallimMuhammad
😁177👍31❤29🤣11🔥5🤔4
10% qoidasi
Topayotgan daromadimning 10% ini shu joyga sarflashga harakat qilaman. Bir qoidam bor: pul topayotgan joydan va sohadan pul ayama degan.
14 ta sinfga dars o‘taman. Har oy, ba’zan 2 oyda, bolalarga yuqorida rasmini tashlaganimdek sovg‘alar ulashib turaman. Ba’zan kitoblar, mevalar, ichimlik yoki pitsa olib berishim mumkin.
Ko‘proq pulim ketib qolishi mumkinmi? Ha. Lekin bolalar quvonchi bunga arziydimi? Haaa)
Ular bilan munosabatim yaxshiligi, ularning g‘alabaga ishtiyoqi balandligi ilm olishiga yordam beradimi? Ularning yaxshi ilm olishi mening daromadimga va kunlik kayfiyatimga ta’sir etadimi? Albatta.
Olmaganlar xafa bo‘lib qoladimi? Ha. Berolmaganimdan o‘zim ham xafa bo‘laman.
Lekin hayot qonuni shunday emasmi? Harakatchanlar, intiluvchanlar va ilmlilar qadr topib, yaxshi daromad qilishi, dangasalar esa kamroq narsaga erishishi — haqiqat-ku. Shu haqiqat bilan maktabdami, universitetdami yoki ishxonada bir kun to‘qnashishlari kerak. Bu ularning qattiqroq mehnat qilishiga sabab bo‘lishi kerak emasmi? Tushuntiraman!
Har dars beramanmi? Yo‘q. Bir muddat kelishamiz, bir maqsad belgilaymiz. Erishganlarni taqdirlaymiz.
Ustozlar so‘rab qolishadi: o‘qimaganlarga qanday jazolar bersam bo‘ladi, deb. O‘qiganlarni mukofotlang, mukofotlanmaslik ham bir jazo deyman!

👍183🔥58❤46💯12
Pedagog_podcastda olgan eng qiziqarli podcastlarimizdan biri chiqdi. Mazza qilib kulishganmiz, foyda olganmiz.
Oybek akaning darslari ham shu podcastimizdek qiziq o’tadi doim)
Link: https://youtu.be/XN6iLWte6zM?si=fbwu059YVHXaHvyt

“O‘quvchilarni darsga qiziqtirish formulalari” | Pedagog Podcast — Oybek Qudratov
Ushbu Pedagog Podcast sonida Oybek Qudratov bilan birga o‘quvchilarni darsga chinakam qiziqtiradigan amaliy formulalarni muhokama qilamiz. Dars jarayonida diqqatni ushlab qolish, motivatsiyani kuchaytirish va murakkab yoki zerikarli mavzularni jonlantirish…
❤21🔥11👍5💯5⚡2
Ilmsiz eplolmaysiz
“Maktabdagi ikkichilar a’lochilarni ishga oladi”
“Ikkichilar ko’proq boy bo’ladi”
“Ikkichilar ustozlar va maktab oldida ko’proq noqulay ahvolga tushgani uchun hayotda bunday vaziyatlardan qanday chiqib ketishni yaxshi biladi. Va muvaffaqiyatga erishadi”
Shunday safsatalarni ham eshitib turamiz. Hammasi yolg’onligini faktlar isbotlaydi. Dunyo millionerlarining 88%i bakalavr diplomiga, 52%i magistratura va doktorlik darajalariga ega!
Bill Gates Garvard universitetini tashlab ketgan. Chunki, unda shu vaqtda o’z sohasida allaqachon 10 ming soat tajribasi bor edi. Va universitetdagi bilimlarni deyarli bilardi. Siz bilasizmi?
Nega atrofimizda teskarisini ko’ramiz?
O’zbekiston sharoitida ozgina oldin o’qimagan lekin harakatchanlar, o’qib harakati sustlardan ko’proq pul topgan. Lekin:
1. Hozir sharoit o’zgardi. Ilmli ko’proq topadi. Jamiyat rivojlangan sari ilmli kadrlarga talab oshadi. Jarayonlar murakkablashadi, murakkablikni ilmsiz tushuna olmay qolamiz.
2. Atrofingizdagi ilmsizligi bilan ko’proq topayotganlarni qaysi biri dunyo millionerlari tarkibiga kirgan? Biz boy deganda uy, gentra va doimiy oylikni tushunamizmi?
Maqsadingiz katta dunyo miqyosida millioner bo’lish, ummat va millatga foyda keltirish bo’lsa ilmsiz bo’lmaydi do’stlar -deb o’quvchilarimizga tushuntirishimiz kerak do’stlar!
@MuallimMuhammad
“Maktabdagi ikkichilar a’lochilarni ishga oladi”
“Ikkichilar ko’proq boy bo’ladi”
“Ikkichilar ustozlar va maktab oldida ko’proq noqulay ahvolga tushgani uchun hayotda bunday vaziyatlardan qanday chiqib ketishni yaxshi biladi. Va muvaffaqiyatga erishadi”
Shunday safsatalarni ham eshitib turamiz. Hammasi yolg’onligini faktlar isbotlaydi. Dunyo millionerlarining 88%i bakalavr diplomiga, 52%i magistratura va doktorlik darajalariga ega!
Bill Gates Garvard universitetini tashlab ketgan. Chunki, unda shu vaqtda o’z sohasida allaqachon 10 ming soat tajribasi bor edi. Va universitetdagi bilimlarni deyarli bilardi. Siz bilasizmi?
Nega atrofimizda teskarisini ko’ramiz?
O’zbekiston sharoitida ozgina oldin o’qimagan lekin harakatchanlar, o’qib harakati sustlardan ko’proq pul topgan. Lekin:
1. Hozir sharoit o’zgardi. Ilmli ko’proq topadi. Jamiyat rivojlangan sari ilmli kadrlarga talab oshadi. Jarayonlar murakkablashadi, murakkablikni ilmsiz tushuna olmay qolamiz.
2. Atrofingizdagi ilmsizligi bilan ko’proq topayotganlarni qaysi biri dunyo millionerlari tarkibiga kirgan? Biz boy deganda uy, gentra va doimiy oylikni tushunamizmi?
Maqsadingiz katta dunyo miqyosida millioner bo’lish, ummat va millatga foyda keltirish bo’lsa ilmsiz bo’lmaydi do’stlar -
@MuallimMuhammad
❤122👍45🔥25💯15
Ustozlar uchun pedagogik kurs o‘tishimning eng katta foydasi — darslarim sifati doimiy oshib borayotganidadir.
Foydali ilm bera olmaslik qo’rquvi meni doimiy o‘rganishga majbur qiladi.
Qoida oddiy: o‘rgatuvchi har doim o‘rganuvchidan ko‘proq foyda oladi.
Obunachilarda savol tug‘iladi: unda nega kurs pulini doim o‘rganuvchilar to‘laydi?😅

2😁126❤20⚡8
Samimiy bo‘ling
Maktabda tushlik qilayotgandim, oq ko‘ylagimga bilinar-bilinmas ovqat tegib ketdi. Oldinda esa yana 4 soat dars…
Xayolimdan turli fikrlar o‘ta boshladi:
Bolalar ko‘rib qolsa nima bo‘ladi?
“Ustoz bitta ovqatni ham eplab yeyolmaydi”, “tozalikka qaramaydi” deb o‘ylashsa-chi?
Yashirish yo‘lini o‘yladim. Ketkazishga harakat qildim. Eplolmadim. Eng yomoni — dog‘ emas, xavotir edi. Kimdir sezib qolsachi, kulsachi degan ichki bezovtalik.
Shunda bir qarorga keldim.
To‘g‘ri darsga kirib, o‘quvchilarimga ko‘ylagimdagi ovqat dog‘ini ko‘rsatdim, ozroq o‘z ustimdan kulib, bolalarni ham kuldirdim, keyin dars o‘ta boshladim.
Bolalar:
— Ustoz, nega kiyimingizdagi dog‘ni aytdingiz? Siz aytmasangiz, biz balki ko‘rmasmidik, kulmasmidik? — dedi.
Men:
— Ha, aytmasam ko‘rmasligingiz mumkin edi. Lekin men “buni kimdir sezib qolsachi, ustimdan kulsachi” degan xavotirda erkin dars o‘tolmasdim. O‘zimni bemalol tutolmasdim.
Mana, o‘zim ko‘rsatdim, o‘z ustimdan hazil ham qilib berdim. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariyni tashkillashtirdim. Endi uyaladigan, berkitadigan joyi qolmadi, — dedim.
Yoshligimdagi bir voqea esimga tushdi.
Yoshligimizda hammaning ustidan kuladigan do‘stlarimiz bo‘lardi, lekin ularning ustidan kula olishmasdi. Endi uning kamchiligini aytib kulaman desangiz, o‘zi ham qo‘shilib, shu kamchilikni bo‘rttiribroq aytib, biz bilan birga kulardi. Uni uyalmaganini, tortinmaganini ko‘rib, biz mazza qilolmasdik :)
Bir kamchilikni yashirsangiz, u kattalashadi, tan olganingizda esa yo‘qolishni boshlaydi. Samimiyat o‘rgatuvchi va o‘rganuvchini yaqinlashtiradi, yaqinlashish esa ko‘p muammolarni yechadi.

2❤185👍51😁37🔥20💯9⚡6
O‘qituvchilar uchun 50 ta sara kitob jamlanmasi tayyor! 🔥
Mendan ko’pincha kitob so’rashadi. O’zim o’qigan maslahat bergan, podcastlarimizda ham ustozlarimiz tavsiya qilgan eng kerakli 50 ta kitobni bitta yopiq kanalga yig‘dik. 😊
Kanalda:
📚 Makarenko, Suxomlinskiy, Soloveychik kabi pedagoglar asarlari
📚 “Birinchi Muallim” kabi badiiy-pedagogik kitoblar
📚 “Teach Like A Champion” kabi dunyo miqyosida tanilgan kitoblar
📚 “Tarbiyaning Oltin Kaliti” kabi tarbiyaviy pedagogik kitoblar jamlangan.
Bu — yillar davomida yig‘ilgan, har bir ustoz uchun kerak bo‘ladigan haqiqiy bilimlar bazasi!
Olish tartibi oddiy:
1. Botni ishga tushirasiz
2. 3 nafar o‘qituvchini taklif qilasiz
🎁 Shart bajarilgandan so‘ng kitoblarni qo‘lga kiritasiz!
👉 Bot havolasi: https://t.me/sovrinlikonkurs_bot?start=1467733044

Telegram
Zamonaviy Pedagog
Hamkorlik yoki telegram bot xizmatlari bo'yicha aloqa - @namozdamiz
❤19👍8🔥6
Nega bolalar ilm olishga qiynalishyapti?
Biror o‘quvchim surunkali dars qilmay boshlasa, telefonini tekshiraman. O‘rtacha 10 soatdan 20 soatgacha ijtimoiy tarmoqlarga sarflaganini ko‘raman. 90% bolalarda shu muammo.
Ko‘p telefon o‘ynaydi, kam uxlaydi. Kam uxlagani uchun miyadagi o‘zini nazorat qilish tizimi zaiflashadi. Oqibatda darsda diqqatni jamlay olmaydi, uyga vazifalarni qilishga o‘zini majburlay olmaydi, jizzaki va qo‘pol bo‘lib qoladi.
Doimiy kam uyqu xotirani 50% ga pasaytiradi. Kam uxlagan 6-sinf bolalari kognitiv vazifalarni (bilish, tushunish, eslash, muammoni hal qilish, fikrlash) bajarishda xuddi 4-sinf bolalaridek natija ko‘rsatishgan. O‘rtadagi ikki yil qani?
6 hafta 4-6 soat uxlagan bolalar va 3 kun umuman uxlamagan bolalarga berilgan aqliy (kognitiv) vazifalarni bajarishda deyarli farq bo‘lmagan.
Ilm uchun eng muhimi – miya. Miya uchun esa yetarli uyqu. Uyqusizlik va ovqatsizlik miyaga deyarli bir xil zarar yetkazadi.
Kam uyqu semirish xavfini 300% gacha oshiradi. Narkomaniyaga, alkogol va nikotinga qaramlik xavfi paydo bo‘ladi.
Uyqu qisqa xotiraga olingan ma’lumotlarni doimiy xotiraga o‘tkazadi. Olingan yangi va eski ma’lumotlarni bog‘lab, bilimga aylantiradi.
Kam uxlagan ustozlar bolalarga ko‘proq baqiradi, sinf shovqiniga sabrsizroq bo‘ladi va muloqot ko‘nikmasi pasayadi. Oqibatda sifatsizroq dars o‘tadi.
Nima qilish kerak?
1. Yetarlicha va sifatli uxlaylik.
2. O‘quvchilar nazoratini qilaylik, ota-onasiga kam uxlayotganini va telefon bunga sababligini yetkazaylik.
3. Uxlashdan oldin 21:00 da bolalar telefonini olib ular ololmaydigan joyga qo’yaylik. Ijtimoiy tarmoqlariga cheklovlar o’rnataylik.
4. Bu postni ustozlar, ota-onalar va bolalarga ulashaylik.
5. Ertaga yaxshi dars o’tish uchun hozir uxlaylik)
Manba: The Self-driven child

❤75👍34🔥24😁13💯6⚡2
Muallim Muhammad
https://youtu.be/5Tcz-Kt2TsM?si=cGaqS1bit05YqkdU
Sevimli ustoz bo’lishni xohlaydigan ustozlarga atab 5 maslahatli video qilgandim. 40 mingdan oshiq ustozlar ko’rib, ko’pchilikka foydali bo’lgan ekan.
Bolalar bilan munosabatda qiynalayotgan bo’lsangiz tavsiya qilaman.
Sizni yana qanday muammolar qiynayapti? Keyingi videolar qaysi mavzularda bo’lsin?

🔥44❤20👍11
Tarbiya
Kecha Samarqanddan Toshkentga Afrosiyob poyezdida qaytayotgandim. Vagonimizda 2 ta, 2–3 yoshli qizaloqlar bor ekan. Boshida onalari yoniga o‘tkazib ketmoqchi bo‘lishdi, qizaloqlar energiyasi yo‘l qo‘ymadi. Ozgina baqirib, yig‘lab pastga tushib olishdi va poyezd kengligi bo‘ylab yugura boshlashdi. Avval birinchisi, keyin ikkinchisi o‘zaro yugurib, yotib Toshkentgacha tinishmadi.
Men e’tibor bergan jihat, vagonda hech kim bolalar sho‘xligidan shikoyat qilmadi, to‘g‘ri qabul qilishdi. Evaziga bolajonlar hammani kayfiyatini ko‘tardishdi)
Onalari ham juda xijolat chekadiganlardan emasligi menga yoqdi. Bolalariga polga o‘tishga, yotish va yugurishga imkon berishdi (balki majburlikdan). O‘zlari ham birga o‘ynashdi. Odamlar nima deydi? Noto‘g‘ri o‘ylasachi deb o‘ylab o‘tirishmadi. Albatta, buni nazorat ostida qilishdi.
Men xalqimizda jamoat joylarida va transportlarda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar yig‘isini to‘g‘ri qabul qilishni, bunga unchalik e’tibor bermaslik hislatini shakllanishini xohlagan bo‘lardim. 100% ongli bo‘lmagan insonchalardan xafa bo‘lmaslik kerak.
Oxirgi gapni va umumiy bu voqeani nega yozayapman? Yig‘layotgan va tinmaydigan bolalarni onalarida bolalariga telefon berib qo‘yib tez tinchlantirish imkoni doim bo‘ladi.
Yuqoridagi misoldagi onalar esa bolalari uchun ijtimoiy bosimni yengib chiqib, yaxshiroq yo‘lni tanlay olishadi. Bunda biz xalq sifatida to’g’ri tushunib yordam berishimiz kerak.

👍152💯64❤37🔥33⚡4🤔2
Komentlarda savol ko‘p kelibdi: “Yangi ustozman, nima qilay?”
Siz uchun 5 ta muhim maslahatni berdim. Amal qilsangiz, 2 yilda eng zo‘rlaridan bo‘lasiz.
1. Yangi ustoz bo‘lganimda haftalik eng ko‘pi 15–20 soat dars olardim. Kam dars olib, juda ham sifatli tayyorlanardim.
5 soatlik sifatli darsga 5–6 soat tayyorgarlik kerak. Uy, dam haqida unutish kerak. Lekin yetarli uyquni emas.
2. Har kuni darsimga bir-ikki eng zo‘r hamkasblarimni kuzatuvga taklif qilardim. Kirmasa, majburlab bo‘lsa ham olib kirib, darsimni tahlil qildirardim. Balki sovg’a berib)
3. Ingliz tilini o‘rganib, pedagogikaga oid kitoblar, saytlar va bloglarni kuzatardim. 5 soat darsga tayyorlansam, 1 soat pedagogika bo‘yicha o‘qirdim.
4. Bor pulimni o‘zimga tikardim. Yaxshi ustozlardan konsultatsiyalar sotib olardim. Hamkasblarim bilan maktabning o‘zida kichik ustozlar jamiyati tashkil qilib qo‘yardim.
5. Eng muhimi, yaqin kunlarda qabul ochilishi kutilayotgan “Zamonaviy pedagog” kursimizda aniq o‘qigan bo‘lardim. Bu o‘zi boshqa daraja. Bir oyda aniq boshqa ustoz bo’lib chiqasiz)

😁94❤50👍28💯14🔥5⚡3
🤣117❤71👍34😁21🔥14⚡3🤔2
Zamonaviy pedagog bo’lishga tayyormisiz?
Biz “Zamonaviy Pedagog” 13-guruhiga qabulni ochdik!
Ko’plab yangiliklar qo’shilgan va “qonli” tajribalar asosida tuzilgan darslarimizni boshlaymiz)
.
Ushbu havolada kurs vaqti, boshlanish kuni, dars rejalari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:
👉 https://www.notion.so/Kurs-konsepsiyasi-27948e71f02281d6bfaef831bc89b37c?source=copy_link
Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉 https://forms.gle/ao84GopioazidaiE9
Ro‘yxatdan o‘ting, biz sizga tez orada aloqaga chiqamiz va barcha savollaringizga javob beramiz!

💡 Atigi 1,5 oyda:
— Sho‘x o‘quvchilar bilan qiynalmasdan, sinfni bemalol boshqaradigan ustozga aylanasiz.
— Darslaringiz zerikarli bo‘lib qolmasdan, interaktiv metodlar yordamida jonli va samarali dars o‘tasiz.
— O‘quv markazingizda o‘quvchilar ketib qolmasdan, ularni ushlab qolasiz va yangilarini ham jalb qilasiz.
— Qiziqmaydigan o‘quvchilar bilan ovora bo‘lmasdan, ularni darsga qiziqtira olasiz.
— O‘zingizga bo‘lgan ishonchsizlikni yengib, ustoz sifatida o‘sasiz va daromadingizni oshirasiz
.
Ushbu havolada kurs vaqti, boshlanish kuni, dars rejalari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:
👉 https://www.notion.so/Kurs-konsepsiyasi-27948e71f02281d6bfaef831bc89b37c?source=copy_link
Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉 https://forms.gle/ao84GopioazidaiE9
Ro‘yxatdan o‘ting, biz sizga tez orada aloqaga chiqamiz va barcha savollaringizga javob beramiz!
@MuallimMuhammad
Mohir Mirzaxmedov’s Workspace on Notion
Kurs konsepsiyasi | Notion
1. O’qituvchilar uchun taklif
🔥14❤7👍7⚡1
Sotuvchi emasman
Kursimizga qiziqish bildirganlar soni 150 dan oshibdi, har bir ustozga o‘zimiz telefon qilib chiqyapmiz.
Men ambivertman, yangi odamlar bilan gaplashish qiyinroq. Ularga kursni sotish esa karrasiga noqulay menga.
Ancha vaqt hech kimga telefon qilmadim, o‘yladim va bir qarorga keldim. Hozir qiziqqan ustozlarga telefon qilaman va ularni qiynayotgan muammolarini so‘rayman, suhbatlashaman. Hech qanday kurs sotmayman!
Agar ularning muammolariga kursimizda yechim bo‘lsa borligini, yechim bo‘lmasa yo‘qligini aytaman. Qo‘limdan kelsa, shu joyda javob berishga harakat qilaman, dedim-u, ustozlarga qo‘ng‘iroqni boshlab yubordim.
Har bir ustoz bilan 10 daqiqacha gaplashyapman, muammolarini chuqurroq tushunishga harakat qilyapman. Maqsadni sotish emas, ustozlar muammosiga yechim berish deb qaraganimdan keyin ancha yengil tortdim va maza qilib gaplashyapman.
Agar Google Formani to‘ldirgan bo‘lsangiz, kuting — shaxsan o‘zimiz (men yoki Mohir) aloqaga chiqamiz, kamida mazza qilib 10 daqiqa suhbatlashamiz)

❤85🔥45😁21👍16⚡12🤣9