Muallim Muhammad
10.7K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Bugun mentorshipimizda amaliyot darslari bo’lib o’tdi. Ustozlar olayotgan ilmini amaliyotda qo’llay olishyaptimi yo’qmi buni ham tahlil qilyapmiz darslar davomida.

Har bir ustoz dars o’tadi qolgan barcha ustozlar tahlilchi rolida bo’lishdi.

Kuchli ustozlar jamoasi yig’ilgan, darsda o’zim ham mazza qilib yubordim)
👍2116🔥5💯2
Bolalar bilan qanday iliq munosabat o‘rnatishim mumkin?

1. Suhbat. Darsdan tashqari, ular bilan, ular haqida gaplashib turing. Nimalarni yoqtirishadi? Sevimli mashg‘ulot, ovqat, kitob va kino. Bularni bilib olishingiz doimiy suhbatlar qilishingiz va uni yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi.

2. Activitylar. Yil boshidagi darslarda bolalardan ular eng yaxshi ko‘rgan 5 narsani yozdirib o‘qitishingiz yoki “Men uchun eng muhim narsa” mavzusida 1 daqiqalik prezentatsiya qildirishingiz mumkin. Bu orqali qisqa vaqtda bolalarning maktabdan tashqari hayoti haqida to‘liqroq bilib olasiz.

3. Yuz ifodalari va ko‘zlar. Darsda o‘tayotganingizda bolalar ko‘zlariga qarashni unutmang. Ko‘zlar ruhning oynasidir. Bu orqali ularga bog‘lanish osonroq bo‘ladi. Chehrangiz ochiq bo‘lsin, bolalar javob berganda jilmayib qo‘ying. Ular gapirayotganda oddiygina qoshingizni ko‘tarsangiz, ularning fikri sizga qiziqligini bildiradi. Lekin buni shu postda yozilgani uchungina yasama qilsangiz, bolalar tez sezib olishadi)

4. Doska oldida qotib qolmang. Bolalar vazifa bajarayotganda imkon qadar har birining oldiga borib chiqing, qiynalayotganlariga yordam bering, savol so‘rang, hazillashing. Ularga yaqinlashing. Qisqasi, sinfxona to‘rt devoriga ham qo‘lingiz teksin)

5. Bolalarni toqqa, bog‘ga, menga o‘xshab dachaga olib chiqing😅Hech kim ruxsat bermagan narsalarga xavfsizlikni ta’minlagan holda imkon bering. Birga ovqatlaning, futbol o‘yinlariga boring.

Bolalarni yaxshi tanimaguningizcha, ularning ba’zi xatti-harakatlari yoqimsiz tuyulaveradi. Yaqinlashsangiz, harakatlar ortidagi sabab va samimiylik ko‘rinadi. Ularni boricha qabul qilishni boshlaysiz.

Bolalar sizni yaxshi ko‘rib qolarkan, sizga yoqish uchun faningizni ham maromiga yetkazib qo‘yishadi)

@MuallimMuhammad
👍6743🤣14💯10🔥2
U “o‘quvchilar bilan Ideal munosabatlar” kitobini boshlayotgan edi, bolalar savollar berib qolishdi.

U esa: “Hammang jim o‘tir, savollaring bilan jonga tegdilaring”, — dediyu kitobdan ideal munosabatlar uchun lifehacklar qidira ketdi.

@MuallimMuhammad
😁140🤣98118🔥2👍1🤔1
Sevimsiz ustoz bo’lishning 10 ta siri)

1. Darsga umuman tayyorlanmasdan boring.

2. Bolalarga baqiring, uring, so’king. Imkoni bo’lsa, umuman suhbatlashmang.

3. Mavzuni atamalar, qiyin so’zlar bilan tushuntiring. Bu sizni aqlliroq ko’rsatadi. Soddalashtirish va misollar keltirishni hayolingizga ham keltirmang.

4. Yillik rejadan umuman chekinmang. Bolalar o’rganyaptimi yoki yo’qmi, kim ham so’rardi. Rejani esa har doim bajarish kerak.

5. Aybni hech qachon o’zingizdan qidirmang, o’zingizni o’zgartirishga majbur bo’lib qolasiz. Undan ko’ra davlatni, rahbariyatni, bolalarni ayblash qulayroq.

6. Darsga doim kech keling, ertaroq tugating. Faqat tekshiruv keladigan kunlaridan xabardor bo’lib turing.

7. Darsda o’z hayotingiz, qavmi-qarindosh va qo’shnilar haqida gapirib bering. Balki to’yingizni ham aytarsiz. Bir amallab 45 daqiqani ko’kka sovuring, foydali bo’lib qolmasin.

8. Bolalarni bir-biriga solishtiring, hammasini bir qobiqqa tiqing. Insonlar turli xil yaratilgani va qobiliyatlar ham turliligidan sizga nima foyda.

9. O’z ustingizda ishlamang, kitoblar, kurslar sotib olmang. Ayniqsa, bizning “Zamonaviy pedagog” kursimizdan 10 km uzoqroqda yuring. Rivojlanib ketib qolishingiz mumkin)

Men 9 ta topa oldim, so’nggisini siz izohlarda yozib ketingchi.
😁12226👍24🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zan charchayman, ishim o’xshamay qoladi, ishtiyoqim tushib ketadi. Har doim ham darslarim zo’r bo’lavermaydi. Insonman, xato qilib turaman.

Shu joyda Xabibning shu gaplari menga kuch beradi. Menga shunday fikrlash yoqadi.

Nolish, yig’lash, siqilish va aybni boshqalardan qidirish menga to’g’ri kelmaydi.

Qiyinmi? Ha. Nima qilibdi? Birov meni majburlaganmi? Yoki oson bo’ladi deb va’da berganmi? O’zim tanlaganman. Demak oqibatlariga o’zim javobgarman.

Men xohlayotgan hayot shunday qiyinchiliklar orasidan o’tishni talab qilarkan. Kimni ham ishi bor men bilan? Hech kimga bizning charchaganimiz, shaxsiy muammolarimiz qiziq emas.

Vaziyatni qabul qilaman, rozi bo’laman. Zotan boshqa variantim yo’q, chunki eng yaxshisi bo’lishni xohlaganman. Hozirgi vaziyatda nima qila olaman? Qanday yaxshiroq qilsam bo’ladi kabi savollar bilan yashayman.
78👍40🔥2018💯2
20 soat dars berib, 40 soat darsning pulini topsa bo’ladimi? Ha!

Hozir eng qiyin sinflardan 10 soat dars olib, 40 soat darsga tayyorlanish kerak.

2 yillik mehnat, sabr va ozga qanoat 20 soatda 60 soat darsning pulini ham topish imkonini qilib beradi.

@MuallimMuhammad
68🔥33💯16🤔10👍63
Eng zo‘r darslar — eng shovqinli darslar. Tortishuv, fikrlar qarama-qarshiligi va raqobatda yutish xohishi.

Albatta, bu boshqariladigan va maqsadli shovqin bo‘lishi kerak.

Ustoz sinfda shunday nufuz va obro‘ga ega bo‘lishi kerakki, bu shovqinni bir lahzada tinchlikka yoki eng yuqori cho’qqiga olib chiqa olsin.

Bundan maqsad esa faqatgina ilm olish, bolalarda munozara va omma oldida gapira olish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsin.

“Darslaring nega buncha shovqin? O‘zi dars bo‘lyaptimi?” — deb keladigan rahbarlarga: “Maqsad bolalarni jim olib o‘tirishmi yoki ilm o‘rgatish?” — deb savol bersangiz bo‘ladi.

@MuallimMuhammad
289👍38🔥196💯1
Nega ba’zan maslahatlar ishlamaydi?

Ustozlar uchun yozilgan maqolalar, kurslardan keyin: “Siz aytgan narsalar bizda ishlamayapti/maydi”, — deb qolishadi. Sabab qilib ularga qiyinroq, bizga osonroq o‘quvchilar tushgani aytiladi ba’zan.

Tasavvur qiling, eski “Jiguli” bor. “Ferrari” motor qo‘ydingiz — boshqa “Ferrari”dek yurib ketadimi? Motor tortgani bilan g’ildirak talabga javob beradimi? Kuzovchi-chi? Uni doimiy haydayotgan haydovchining ko‘nikmasi yetadimi?

Javob aniq. “Ferrari”dek yurish uchun kompleks o‘zgarish zarur emasmi?

“Bolalar bilan yolg‘iz suhbatlashib oling”, — deb maslahat berilgan ustoz bolaga to‘g‘ri joyda, to‘g‘ri gap bilan, to‘g‘ri ovoz ohangida gapira olarmikan? O‘quvchi qarshi fikr aytganda o‘z fikrini mustahkamlab, dalil keltira olarmikan? Hayotdan bolaga mos misollar topib bera olarmikan? Boshqa vaziyatlarda bola o‘zgarishi uchun mos munosabat va xatti-harakatni amalga oshira olarmikan?

Nima demoqchiman? Sehrli damlama yoki so‘z yo‘q. Siz ko‘rayotgan, o‘qiyotgan maslahatlar ishlashi uchun siz doimiy o‘zgarayotgan, o‘z ustingizda ishlayotgan, kitob o‘qiyotgan va mehnat qilayotgan bo‘lishingiz kerak.

Ustozlikdan tashqari ilmlarni ham egallamas ekansiz bu sohada zo’r bo’lishingiz qiyin bo’ladi.

Birgina motor bo‘lagini o‘zgartirib, yangi darajaga chiqib ketishni kutish to‘g‘ri bo‘lmasa kerak.

@MuallimMuhammad
48🔥16💯136👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zan yordam bermaslik orqali yordam beramiz.

Faqat qiynalayotgan yaqinimizni ko’rish qiyinchiligiga chidab berolsak bas.

Paradoks shundaki biz ko’pincha yordamni o’zimiz qiynalib ketganimizdan, bunga qarab tura olmasligimizdan beramiz. O’zimizni o’ylab yordam beramiz.

Qisqa muddatda yutamiz, uzoq muddatlilarida esa yutqizamiz.

Oqibatlarni ko’rishga, amaliyot qilishga, tajriba yig’ishga, dunyo va o’yin qoidalarini o’rganishga qo’yib beraylik.

@MuallimMuhammad
58👍15🔥155💯5
Bolalarning o‘ziga ishonchini qanday oshirsam bo‘ladi?

1. Maqtov. Imkoni bo‘lsa, yolg‘iz holda. Omma oldida beriladigan maqtov bolaga bosim berishi va uni yanada uyaltirishi mumkin. Biror maqtovga arzirli ish qilganda sekin maqtab qo‘yish, yelkasini qoqib qo‘yish yoki kichik qog‘oz bo‘lagiga yozilgan yaxshi so‘zlar ta’siri zo’r bo’ladi.

2. Kuchli tarafini toping. Sinfingizdagi eng uyatchang o‘quvchi shaxmat chempioni, zo‘r futbol o‘ynaydigan yigit yoki yaxshi rassom qiz bo‘lishi mumkin. Darsdan tashqarida darsdan tashqari haqida suhbatlar qiling, yutuqlarni aniqlashingiz bilan shu jihat orqali ishonch berishga harakat qiling.

3. Yordam so‘rang. Pastdan qog‘oz olib chiqish kerak, ichishingizga kulerdan suv kerak, doskaga nimanidir yozib yoki o‘chirib turish kerak. Shunday vaziyatlarda sinfdagi eng gapga chechan, chaqqon bola tanlanadi. Siz esa eng kamgap, uyatchang va o‘ziga ishonchi kamini chaqiring, aynan undan yordam so‘rang. Bu holat munosabatlaringizni yaxshilaydi, bolaga esa o‘zini foydaliroq his qilish imkonini beradi.

4. Mashg‘ulotlar. Dumaloq shakldagi mashg‘ulotlarni qo‘llashingiz mumkin. Tabiatga chiqib dumaloq bo’lib o’tirishingiz yoki stullarni dumaloq shaklga keltirib xonada qilishingiz mumkin. U yerda bosim kamroq, gapirish erkinroq bo‘ladi. Bolaga o‘zi yaxshiroq biladigan mavzuda ommaga gapirish imkonini bering.

5. Imkon va vaqt bering. Bola doskaga chiqishni xohlamasa, majburlamang. Darsdan keyin o‘zingizga vazifani topshirishga qo‘yib bering.

Turli usullarni qo‘llagandan keyin bolaga vaqt bering. Eng uyatchang bolani bir kechada eng o‘ziga ishongan qilib qo‘yolmaysiz. Hammasiga vaqt va sabr kerak.

@MuallimMuhammad
1🔥5518👍13💯92
Yaxshi o'qituvchilik bu hayot tarzi

Dars faoliyatimning boshlarida deyarli darslarga tayyorlanmasdim. Ertalabgacha video o'yinlar o'ynab, ishga borgan kunlarim ham bo'lgan. Bor bilimim bilan eplab ketardim, qobiliyatim yordam berib yuborardi.

Oxirgi yillarda o'z darsimdan tashqari zamonaviy pedagog kursidagi yuzlab ustozlar hayotiga javobgarlik hissi kun tartibimni ko'rib chiqishga majbur qildi. Men endi o'xshamagan dars o'tishga haqqim yo'q, go'yo.

Yaxshiroq ustoz bo'lish uchun nimalarni o'zgartirdim?

1. Uyqumni to'g'riladim. O'rtacha 22:30-23:30 oralig'ida uxlayman. Dars vaqti o'zimni va hissiyotlarimni nazorat qilishimni osonlashtirdi. Bo'lar-bo'lmasga baqiravermaydigan bo'ldim. Ertalab yaxshi kayfiyatda ketaman ishga.

2. Sportni boshladim. Haftada 2-3 marta ertalab 6:30 dan 8:00 gacha futbol o'ynayman. 8:30 da ishga yetib olaman. O'zimni yengil his qilaman, energiyam oshdi, kasalliklarga chidamliroq bo'ldim.

3. Fast food va energetiklarni deyarli to'xtatdim. Magazindan biror narsa olsam sog'lig'imga foydami yoki zarar degan filtr bilan olyapman. Ortiqcha vazn va kasallikka tez chalinish xavfi pasayyapti. Avval yaxshi uxlamaganim uchun har kuni bitta energetik bilan kunni boshlardim.

4. Ikkita telefon tuta boshladim. Telegram va instagram uchun eskiroq telefon oldim. Sim kartasi yo'q, qotibroq ishlaydi. Asosiy telefonimda messengerlar endi yo'q. Telefonga qaramlik va vaqtni behuda sarflash kamayyapti. Postni ham shu eski telefonda yozyapman, oson bo'lmayapti))

5. Ishim tugashi bilan uyga qochmayapman. Kamida yarim soat bo'lmasa 1-2 soat o'tiraman. Bolalar bilan ishlayman, gaplashaman, kurslar o'taman. Dam olish kunlari ham kelaman. Hech kim majburlamaydi, tekinga ishlayman. Jarayondan mazza qilishni xohlayapman, natijasini o'ziga topshirganman.

6. Ishdan keyin uyda kamida 1 soat ta'lim bilan shug'ullanaman. Kitob, darslik, post yozish, video ko'rish yoki yangi mavzu o'rganish asosiy ishimga aylantiryapman. Hozircha har doim qilish qiyin kechyapti)

@MuallimMuhammad
1🔥10861👍42💯145
Aslida biz hammamiz yaxshi odamlarmiz, faqat yomon odatlarimiz bor, xolos.

Bolalar ham shunday, faqat shu yaxshi fitratni qanday qilib saqlab qolishni bilishmaydi yoki atrof-muhitdagi voqea-hodisalarga to'g'ri munosabat bildira olishmaydi, xolos. Buni o'rgatish esa bizning vazifamiz.

@MuallimMuhammad
193💯33🔥258👍3
Ustoz, mavzuni 2–3 marta o‘qidim, lekin tushunmadim.

O‘quvchilarimning uyga vazifani qilmaganda ko‘pincha aytadigan sabablaridan biri shu. Ba’zan o‘zim ham ba’zi jumlalarni qayta-qayta o‘qishga majbur bo‘laman, tushunishga qiynalaman. Do‘stlar, men 28 yoshli tarix o‘qituvchisiman, hayotiy tajribam bor va ko‘plab kitoblar o‘qiganman. Mening vazifam shu.

Bu yerda o‘zimni yerga urish yoki o‘quvchilarimni oqlash niyatim yo‘q, kitoblar saviyasi haqida gapirmoqchiman, xolos.

Yaqinda shoirlar konsert berdi. Tadbirdan keyin ustoz Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan o‘tirib suhbatlashdik. Ustozdan bizning tarix kitoblar juda murakkab va mujmal yozilgandek tuyulishini, hattoki o‘zim ham qiynaladigan jumlalar borligini aytdim. So‘zlashuv tilimiz va kitobdagi til o‘rtasida farq katta. “Ayb bizdami yoki kitoblar haqiqatdan murakkab yozilganmi?” dedim.

Ustoz: “Bizda olimlar faqat o‘z sohasini chuqur biladigan insonlar, xolos. Ular badiiy kitob o‘qimaydi, pedagogikani tushunmaydi” (oxirgi jumlani o‘zim qo‘shdim), dedilar. “Badiiy kitob o‘qimagandan keyin bir tushunchani obrazli qilib soddalashtira olishmaydi, albatta. Quruq va zerikarli gaplar bilan kitoblarni to‘ldirishadi”, dedilar.

Xorij tarix kitoblarini o‘qishni boshladim, solishtirish imkoni paydo bo‘ldi. Bizning tarix kitoblar bolalarni qiziqtirishni emas, zeriktirishni niyat qilgandek tuyuldi.

Xullas, yaqin orada bu kitoblardan voz kechishni niyat qilyapman. Yo o‘zimiz darslik tuzamiz, yo xorij kitoblarini tarjima qilishimiz kerak. Bu bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi.

@MuallimMuhammad
75👍4525🔥25💯1
_Sinf Boshqaruvi_ PDF qo'llanma.pdf
2 MB
Xona bo‘ylab qog‘ozdan bo‘lgan samolyotlar uchgan, partalar oralig‘ida esa bolalar yugurib yurishibdi. Siz xonaga kirib kelgansiz, lekin buni bolalar sezishmadi, sezishsa ham tartibsizlik zarracha kamaymadi. O‘zingizni juda yomon his qila boshlaysiz.

Muammo katta, yechim esa oddiy. Lekin oson emas. Sinfxona boshqaruvi! U qanday ishlaydi?

Bugun sizlar uchun sinfxona boshqaruvi bo’yicha alohida qo’llanma tayyorladim. O’qib o’z izohlaringizni yozib ketishingiz mumkin. Siz sinfxona boshqaruvida qanday muammolarga duch kelasiz?

@MuallimMuhammad
156🔥13👍118
Buxoro va ba’zi Navoiy viloyati tumanlarida tug’ulgan ustozlarning tug’ma nutqiy afzalliklari bor)

Shevada ularning hazillari kulgiliroq, gaplari esa qiziqroq chiqadi. Bu ularga xarizmatik o’qituvchi bo’lishda katta yordam beradi. Ba’zilari shunday shevani Toshkent shevasiga almashtirib yuborishadiya)

Ibn Xaldun aytganidek geografiya bu taqdir. Shu shevani o’rganaman shekilli)
🔥103😁56👍19153💯2
Limondan limonad yasang.

Taxminan 4 yil davomida avval o‘qishimga, keyin ishimga 50 km masofadan qatnaganman. Eng katta o‘sishlarim ham shu yo‘lda bo‘lgan. Aynan shu yo‘lda IELTS olganman. Har kuni 100 km yo‘lda listening, kitoblar, podcastlar eshitilardi. Shu yo‘l mening fikrlash tarzimi ham o‘zgartirgan.

Bilаsizmi, hammasi nimadan boshlangan? Uzoq yo‘lda zerikishdan!

Jiyanim yaqinda kasal bo‘ldi. 1 hafta shifoxonada, bitta xonadan deyarli chiqmasdan davolanib keldi. Bechora 1 xonada siqilib ketdi, lekin zerikkandan onasi ikkalasi gaplasha-gaplasha gapirishni o‘rganib olibdi. 1,5 yoshida menga Telegramdan gapirib video xabarlar jo‘natayapti. 😁

Pedagogikada eng katta tajribani eng quloqsiz sinflardan olganman. Siqilganman, qiynalganman, lekin o‘rganganman. Qiynalmasam o‘rganarmidim? Qiynalmasak o‘rganamizmi? O‘zgaramizmi?

Qiyinchilikdan qochmaylik, yo’q bo’lsa qidirib topaylik.

@MuallimMuhammad
1🔥18266👍47💯188😁8
Akangizni chaqiravermang

Yoshligimizda urishib qolsak, akasini chaqirib kelib muammolarini hal qiladiganlar bo‘lardi. Shu vaziyatda muammo hal bo‘lar, ikkinchi taraf ko‘pincha chekinardi. Lekin asosiy voqealar akalar ketgandan keyin boshlanardi.

Akasini chaqirib kelgan bola har kuni biz bilan o‘ynashi, munosabatga kirishishi kerak. Lekin uning endi “yig‘loqi” nomli laqabi bo‘lardi. O‘z muammolarini o‘zi hal qila olmaydigan inson sifatida uni hech kim hurmat qilmas, o‘yinlarga qo‘shgisi kelmasdi.

Hozirgi maktabda ham shunga o‘xshash muammolarni ko‘raman. Ba’zi ustozlar bolalar bilan ilk, kichik muammolarini ham o‘zi hal qila olmay, direktor, sinf rahbar va ota-onalarga chiqishadi. Bu huddi akasini chaqirib kelgan yosh bolaga o‘xshaydi.

Bu holat bolaga “Men seni eplolmayapman, senga kuchim yetmayapti”, degan signal jo‘natadi. Chaqirib kelgan “akalarimiz” ketadi. Biz esa sinfda bola bilan yolg‘iz qolamiz — bu safar obro‘yimiz tushgan va munosabatlarimiz buzilgan holda.

Akalarimiz biz taraf bo‘lsaku ba’zan yaxshi, lekin ko‘pincha ular bolalarga “Hozircha xo‘p deb tur, keyin bilganimizni qilamiz”, deyadiganlari ham bo‘ladi. Siz bilan muammodan bola oldida o‘z obro‘sini ko‘tarib olishga urinadiganlar ham chiqadi.

Unda nima qilish kerak?

1. Yolg‘iz suhbatlar ko‘p masalaga yechim. Darsdan so‘ng alohida olib qoling, eshiting, so‘rang, tushuntiring, kelishing.

2. Muzokara san’ati, ishontirish psixologiyasiga oid kitoblar, maqolalar o‘qing.

3. Darslarni sifatli o‘ting, munosabatlarda adolatli bo‘ling.

4. Tabassum bilan yuring. Jazolarni ham kulibroq bersangiz, bola yengilroq qabul qiladi.

5. Imkon bo‘lsa baqirmang, urushmang. Xatodan keyin nima qilinishi kerakligini qat’iy ayting, tamom. “Mayli, dars qilmay kelibsiz, bugun darsdan keyin qolib topshirib ketasiz”, kabi. Qilmasachi? Kimda nima richagi bo‘lsa, shuni ishlatsin!

@MuallimMuhammad
👍5327🔥138
Bolalar o‘qimaydi, tartibsiz, tarbiyasiz deyishdan oldin o‘zimizga savol beraylikchi: sohamizdagi eng zo‘r mutaxassis bizning darsimizni ko‘rganda 10 dan nechi baho qo‘ygan bo‘lardi?

Inson oldiga bemaza ovqat qo‘yib, uning yeyilmayotganidan, “rahmat” deyilmayotganidan nolish oshpazga qanchalik yarashadi?

@MuallimMuhammad
5👍169💯6535🔥328
O’z taqdiriga qiziqmaydigan ustozlarni ularning taqdiriga qayg’urmaydigan rahbarlar boshqaradi!

@MuallimMuhammad
💯102🔥26👍1682
Shu kitobni olishni reja qilib turgandim, @qamarbooks dagi do’stlarimiz sovg’a qilib jo’natib qolishdi.

Albatta, kitob sovg’asi odamni xursand qildi. Minnatdormiz)

@MuallimMuhammad
👍7132🔥7💯61