Muallim Muhammad
10.8K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Registon o’quv markazlarida ikki kundan beri treningdamiz.

Ustozlar yangi o’quv yiliga qurollanishyapti⚔️🧨

Sizchi yangi o’quv yiliga qurollandingizmi?)
👍188🔥6💯1
Formula aniq

Mening darajamga chiqish siri ochiq: nimalar qilish va qilmaslik ro‘yxati ham aniq. Faqat har kuni turib shu ishlarni qilish kerak.

Buning qiyinligi retseptning sirliligida emas, uni qila olishda. “Bunday davomiylikka hech kim sabr qilolmaydi, xolos”,

— degandi Cristiano bir intervyusida.

Aziz aka Rahimov bilan 15 kun birga bo‘ldik. Fikrlash va ilmliliklarining siri ham oddiy: bo‘sh bo‘ldilarmi, kitoblarini olib o‘qib o‘tiradilar yoki bloknotlariga nimadir yozib o‘tiradilar.

Bu zamon va makon tanlamaydi: samolyot, aeroport, yotoqxona, tadbirlar zali, kechasi yoki kunduzi. Bo‘sh vaqtlari bo‘lsa, shu ikki ishdan biri bilan band ekanliklarini ko‘rdim.

Muvaffaqiyat sirlari ochiq. Masala esa yana shu: sabr bilan qila olishda.

@MuallimMuhammad
👍7032🔥129💯1
Namunalar

Mana bu ishni bunday qilasiz. Tushunmasangiz, namunaga qarab olasiz, deyiladi. Namuna — siz qilayotgan ishning eng mukammal shakli bo‘ladi.

Namunalar xatolarimizni kamaytiradi, miyamizda aniq xarita va to‘g‘ri harakatlar ketma-ketligini yaratadi. Unga ergashganlar kam bo‘lmaydi.

Balki, shu bois, siyrat – to‘g‘ri hayotning eng mukammal namunasi. Uni o‘rganganlar, unga ergashganlar adashmaydi.

Ustozlikda ham namunalar bor. Eng zo‘r ustoz bo‘lmoqchiman, tarixda nom qoldirmoqchiman deganlar o‘rganishi shart.

Makarenko, Montessori, Korczak, Komenskiy biografiya kitoblari bizga tayyor namuna. Albatta o‘qing.

O‘zim yaqinda ko‘rgan ikki kinoni ham maslahat berib ketmoqchiman.

Biri — “Super 30”, Anand Kumar hayoti misolida ta’lim orqali jamiyatga qanchalik katta ta’sir eta olishimiz mumkinligi va missiyani topish haqida.

Ikkinchisi — “Front of the Class”, Brad Cohen misolida taslim bo‘lmaslik orqali qayergacha bora olishimiz, jamiyatdagi ba’zi stereotiplar esa faqat insonlar miyasidagi cheklov ekanligini ko‘rib olamiz.

Ikki qahramon ham hayotdan olingan va hali ham tirik. Intervyularini ko‘rishingiz, hayotini o‘rganishingiz mumkin. Kam bo’lmaysiz)

@MuallimMuhammad
👍46215🔥5
Ilk dars uchun qo'llanma.pdf
343.8 KB
Birinchi dars — yil taqdiri: uni qanday o‘tkazasiz?

70–80% talabalar o‘qituvchi haqida ilk taassurotni 5–15 daqiqada shakllantiradi.

1 ta salbiy taassurotni tuzatish uchun 20 marta ijobiy aloqa kerak bo‘ladi.

65–70% o‘quvchilar yil davomida o‘qituvchini shu taassurot asosida baholaydi.


Xulosa: Ilk darsingiz = eng muhim darsingiz!

Muhimligini bilamiz, ammo birinchi darsni qanday o‘tkazishni aniq bilmaymiz.

Shu sabab men, “Zamonaviy Pedagog” kursi asoschisi, Muhammad Uralov, siz uchun maxsus qo‘llanma tayyorladim.

Qo‘llanmada — birinchi darsni samarali o‘tkazish bo‘yicha aniq, amaliy va oddiy ko‘rsatmalar berilgan.

Ustozlar guruhiga ulashib qo'yishni unutmang.

https://t.me/+Oa5QeuKpsL5hNzgy
37👍3531🔥6😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
London va Oxforddan olib kelgan kitoblarimni kichik obzor qilib berdim sizlarga.

Biz bilan birga bo’ling, olingan eng qiziq fikrlar bilan bo’lishib boramiz.

Qaysi kitobdan boshlashimizni xohlaysiz?

@MuallimMuhammad
🔥4325👍164
Birinchi darsni qanday o’taman 2-qism

Ertaga birinchi darslarimni boshlayman. Shaxsan o’zim nimalar qilaman?

1. Ismlarni yodlayman
Darsimga kiradigan barcha bolalar ismlarini rasmiga qarab yodlab olaman. Hamma ustozlar “o’zingizni tanishtiring” deb qayta-qayta so’rayveradigan kunda men ularni tanib darsga kiraman. Noodatiylik hissini beradi sizga nisbatan.

2. Tartib-qoidalar
Bolalarni 4-5 guruhga bo’lib, sinfimizda nimalar qilish mumkin va mumkin emasligini muhokama qilib yozdiraman. Keyin barchasini o’qib, mos keladiganini olaman, qolganiga o’zimnikini qo’shaman. Bolalar o’zlari qoidalarni tuzishdagi ishtiroki tufayli amal qilishlari oson bo’ladi.

3. Jazo va mukofotlar
Belgilangan qoidalarga amal qilmasa nima jazo beriladiyu, qilinsa nima mukofotlar bor? Buni ham guruhlar miqyosida muhokama qilamiz. Yakuniy xulosani ulardan eshitgan holda o’zim beraman. Ham o’yin, ham guruhda ishlash, ham fikrlashga undash, ham tartib joyiga keladi.

4. Tarix nega kerak?
Bu mavzuda dars o’tib beraman. 5-6 ta muhim sabablar keltiraman. Bolalar tarix o’qimasa nima yo’qotishi mumkinligini anglataman. Buni butun fanga bir marta o’taman. Har bir mavzuga ham so’rab qolishsa, “fanni tushuntirganman, mavzu esa fanning bir bo’lagi” deb javob berib ketaman.

5. Qayerga boramiz?
Bir yillik yo’lni ko’rsataman. Nimalar qilamiz? Nimalarni o’rganamiz? Qanaqa inson bo’lib chiqamiz bu xonadan?

6. O’zimni tanishtiraman
Yo’q, ism-familiyam va qiziqishlarimni emas. Xarakterimni va men bilan qanday muomala qilsa ishlash osonligini o’rgataman.

Masalan: “Jahlim tez chiqishi mumkin, shu vaqtda talashmang. Ozgina vaqtdan keyin oldimga yolg’iz kelib, xato qilgan bo’lsam tushuntirsangiz, kechirim so’rashdan uyalmayman” deyman.

7. Ulardan kutuvlarim
Maqsadim ilm va xarakter shakllantirish ekanligini, qadriyatlarimizga amal qilishlarini, ulardan yuqori kutuvlarim borligini va buning sabablarini tushuntiraman. Ustoz-shogird an’anasini tushuntiraman va bunga amal qilishlarini kutishimni aytaman.

Xato qilish xonamda tabiiy qabul qilinishini, uyalish va kibrni tashqarida qoldirishlarini, xato qilsa tan olishlarini, mardlik va himmatni ulardan kutishimni uqtiraman.

8. Kimni aytgani bo’ladi?
Meni ham sizni ham xohlaganingiz bo’lmaydi. Sizni ta’lim va tarbiyangiz uchun nima yaxshi bo’lsa shu bo’ladi. Men aytganim xato bo’lsa mantiqiy asos keltira olsangiz o’zgartiramiz deyman.

https://t.me/+Oa5QeuKpsL5hNzgy
126🔥38👍3313💯8
Nega bolalar ilm olishga qiynalishyapti?

Biror o‘quvchim surunkali dars qilmay boshlasa, telefonini tekshiraman. O‘rtacha 10 soatdan 20 soatgacha ijtimoiy tarmoqlarga sarflaganini ko‘raman. 90% bolalarda shu muammo.

Ko‘p telefon o‘ynaydi, kam uxlaydi. Kam uxlagani uchun miyadagi o‘zini nazorat qilish tizimi zaiflashadi. Oqibatda darsda diqqatni jamlay olmaydi, uyga vazifalarni qilishga o‘zini majburlay olmaydi, jizzaki va qo‘pol bo‘lib qoladi.

Doimiy kam uyqu xotirani 50% ga pasaytiradi. Kam uxlagan 6-sinf bolalari kognitiv vazifalarni (bilish, tushunish, eslash, muammoni hal qilish, fikrlash) bajarishda xuddi 4-sinf bolalaridek natija ko‘rsatishgan. O‘rtadagi ikki yil qani?

6 hafta 4-6 soat uxlagan bolalar va 3 kun umuman uxlamagan bolalarga berilgan aqliy (kognitiv) vazifalarni bajarishda deyarli farq bo‘lmagan.

Ilm uchun eng muhimi – miya. Miya uchun esa yetarli uyqu. Uyqusizlik va ovqatsizlik miyaga deyarli bir xil zarar yetkazadi.

Kam uyqu semirish xavfini 300% gacha oshiradi. Narkomaniyaga, alkogol va nikotinga qaramlik xavfi paydo bo‘ladi.

Uyqu qisqa xotiraga olingan ma’lumotlarni doimiy xotiraga o‘tkazadi. Olingan yangi va eski ma’lumotlarni bog‘lab, bilimga aylantiradi.

Kam uxlagan ustozlar bolalarga ko‘proq baqiradi, sinf shovqiniga sabrsizroq bo‘ladi va muloqot ko‘nikmasi pasayadi. Oqibatda sifatsizroq dars o‘tadi.

Nima qilish kerak?
1. Yetarlicha va sifatli uxlaylik.
2. O‘quvchilar nazoratini qilaylik, ota-onasiga kam uxlayotganini va telefon bunga sababligini yetkazaylik.
3. Uxlashdan oldin 21:00 da bolalar telefonini olib ular ololmaydigan joyga qo’yaylik. Ijtimoiy tarmoqlariga cheklovlar o’rnataylik.
4. Bu postni ustozlar, ota-onalar va bolalarga ulashaylik.
5. Ertaga yaxshi dars o’tish uchun hozir uxlaylik)

Manba: The Self-driven child

https://t.me/+Oa5QeuKpsL5hNzgy
104👍45🔥2112💯5😁3🤔1
Firibgarlik kodi yoxud tarix nega kerak?

O‘quvchilarimga tarix nega kerakligini tushuntirayotganda savollar bilan boshlayman.

Kim baxtsiz, kambag‘al, sakinatsiz hayotda yashashni xohlaydiganlar bormi? Kim rahbar va boshqaruvda bo‘lishni xohlamaydi?

Sinfda jimlik. Javoblar aniq.

Sizda hozir aniq yo‘l yo‘q. Lekin tarixda bu natijaga erishgan odamlar hayoti bor. Sizlar uchun barcha xatolarni qilib ketishgan.

Olasiz, o‘qiysiz, amal qilasiz va erishasiz.

Yaxshi rahbar bo‘lmoqchimisiz? Buyuk davlatlar va kompaniyalar boshqaruvchilari tarixini o‘qing.

Leader bo‘lmoqchimisiz yoki tarbiyalamoqchimisiz? Temur, Makedonskiy, Muhammadali tarixini o‘qing.

Jannatiy bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, tirikligida jannatiyligi aniq bo‘lgan asharayi mubashsharani o‘qing.

Barchasiga erishmoqchi bo‘lsak, siyratni o‘qiylik.

Kompyuter o‘yinlari o‘ynaganmisiz?

Qiyin, imkonsiz va yutqazayotgan vaqtingiz cheat codelarni yozasiz va bemalol keyingi bosqichga o‘tib ketaverasiz. Siz o‘lmaydigan, tekinga qurol ololadigan yoki qiyshiq otsangiz ham raqib boshiga o‘q tegadigan super qahramonga aylanasiz.

Tarix esa to‘g‘ri hayotning cheat (firib) kodi. Nima xohlasangiz oling, o‘rganing va erishing. Faqat ko‘pchilikka aytib qo‘ymang)

@MuallimMuhammad
108👍42💯29🔥86
Sug’ur kunida yashayapman

Har kuni maktabda dars o’tib 7-8larda uyga kelaman. 10-11 gacha ertangi darsga tayyorlanaman. Uxlayman. Ertalab turib ishga ketaman. Va har kuni shu ishni qaytaraman.

O’qituvchi - maktabda kamroq qiynalish uchun uyida ko’proq qiynaladigan inson.

@MuallimMuhammad
🔥179👍6247💯253🤔3
Birinchi natija

Unga 10dan oshiq sinf berishdi. Anchadan beri dars o‘tmagani, har kunlik 6-7soatlik darslar va darsdan keyin keyingi kungi tayyorlanish oson kechmadi.

Ba’zan bolalar, ba’zan ota-onalar: “Ustoz, darsni qiziq o‘taman degandingiz-ku, nega qiziq bo‘lmayapti?” — deb so‘rab qolishardi. U esa: “Ozgina vaqt bering”, — deya olardi xolos. Lekin ichki ishonchi bor edi.

Darsni yaxshilashga qayta-qayta harakat qilar, o‘zgarish esa ko‘rinmayotgandi. Bir darsga bolalar kechikib, ba’zilari daftar-kitob ham olib kelmadi. Ustozga gap qaytarmoqchi bo‘lganlari ham chiqdi. Ustoz charchagandi, hammasiga baqirib g‘uborini chiqarmoqchi, yorilmoqchi bo‘ldi.

Yana “ozgina chida” degan ovoz keldi ichidan. Bolalarga ozgina baland ovozda tushuntirish berdi va ularni kechirdi. Xohlar-xohlamas mavzuni tushuntira boshladi.

Bu safar yozib, tartiblab, misollar bilan tushuntirdi. Dars tugadi. Hamma chiqib ketayotganda, o‘sha ko‘p gapiradigan bolalardan biri keldi-da, shunday dedi:
— Ustoz, siz qo‘shimcha dars o‘tasizmi? — deb qoldi.
— Nega? — deb so‘radi ustoz.
— Mavzuni juda zo‘r tushuntirar ekansiz, menga yoqdi. Sizga qo‘shimchaga kelmoqchiman, — dedi bola.

Ustoz qalbi yorishib ketdi. “Albatta, boshlamoqchiman, e’lon qilaman”, — dedi.

Ichida birinchi g‘alaba qo‘lga kiritildi. Ustozda ishonch paydo bo‘ldi. Qolgani oson ketadi. Birinchi natijagacha qiyin xolos deb qo’ydi.

Endi yaxshi o‘tgan darsni tahlil qilish va uning retseptini boshqa darslarga ham moslashtirib qo‘llash qolgandi xolos.

Hozir ko’p yangi ustozlarda shu his bor. Taslim bo’lib qolmang. Lekin izlanishni va o’rganishni ham to’xtatmang. Birinchi natija ishonch olib keladi va uyog’i yengillashadi. O’zim ham ilk darslarimda 2 oy qiynalganim esimda.

Ikki xulosa:

1. Taslim bo’lmagan yutaveradi.
2. Kichik so’zlar insonlar hayotini o’zgartirishga qodir. Balki, biz ham o’quvchilardan buni ayamasligimiz kerakdir?

@MuallimMuhammad
122👍44🔥19💯112
Kutuvlarni aniqlashtiring

O‘quvchimdan so‘radim: “Nega darsdan keyin xonalarni yig‘ishtirib ketmadingizlar?”
O‘quvchim: “Ogohlantirmadingiz-ku, ustoz?”

Darslarni boshlarkanmiz, bolalardan aynan nima kutayotganimizni, ular o‘zlarini qanday tutishi kerakligini oldindan tushuntirib qo‘yaylik.

Quyidagi 5 jihatni yil boshida aniq tushuntiring:
1. O’zlarini qanday tutishlarini (sekin yuring, chiroyli muomala qiling).
2. Qanday o‘rganish va vazifa qilishlarini (e’tiboringiz menda bo‘lsin, vazifani tushunmasangiz darsdan kamida 1 kun oldin so‘rang).
3. O‘quvchilar o‘zaro qanday muomala qilishi kerakligini (tushunmay savol berganlar ustidan kulmang, bir-biringizga doim yordam bering).
4. Sizga qanday munosabat qilishlarini (mening stulim ustidagi hech narsaga tegmang, ovozingizni ko‘tarmasdan, hurmat bilan gapiring).
5. Sinfxonada va uning jihozlariga qanday munosabatda bo‘lishini (partaga chizmang, ustiga chiqmang, jihozlarni avaylang).

Xato qilishini kutmang. Ko‘proq vaqt ketsa ham, yil boshida ulardan nima kutayotganingizni aniq tushuntiring. Kutuvlaringizni aniqlashtirsangiz, bolalar ham nima qilishini aniq bilib olishadi. Yil bo‘yi har bir holatga tushuntirish berishga to‘g‘ri kelmaydi.

Buni unutmang:
1. Oqibatlarsiz qoidalar – amal qilinmaydigan qoidalar. Buzg’unchilar jazolanishini ta’minlang.
2. Qoidalar mantig‘ini bolaga tushuntirib bering. Sababini bilsin.
3. Qoidalar aniq, lo‘nda va tushunarli bo‘lsin.
4. Visual tarzda xonaga ilib qo’ying.
5. Inson unutguvchi – eslating.
6. O‘zingiz esa namuna bo‘ling!

@MuallimMuhammad
59🔥29👍26💯71
Agar bugun maktab qurmasak, ertaga qamoqxona qurishga to‘g‘ri keladi.

Bismark: Germaniyani birlashtirgan bosh vazir.

Balki shuni: bugun sifatli maktab qurmasak, infrastrukturaga e’tibor bermasak, ta’limga moliya ajratmasak, ustozlarga erkinlik berib, ta’limga e’tibor bermasak, ertaga qamoqxona quramiz, deb o‘zgartirish kerakdir.

@MuallimMuhammad
🔥10834💯2711👍1
Yaxshi dars o’tishning ikkita sharti bor:

1. Yakshanba kuni haftalik darslarga tayyorlanib olish.

2. Har kuni yetarlicha uxlash.

Birinchisi darsni sodda va qiziqarli o’tishga imkon beradi. Ikkinchisi ustoz o’zini va bolalarni samarali boshqarishiga yordam beradi.

@MuallimMuhammad
👍14354🔥27😁14
Darsga qanday tayyorlanaman?

Aytaylik, tarixdagi “Yuz yillik urush” mavzusini olamiz.

1. Darslikda berilgan ma’lumotlarga ko‘z yugurtirib chiqaman. 5-6 ta savol tug‘iladi: nega degan? Google, ChatGPT va YouTubedan javobini qidirib topaman.

2. Qo‘shimcha ma’lumot uchun YouTubedagi ingliz tilida tarixiy kanallardan videodarslar ko‘raman. Ba’zan Googledan o‘qiyman.

3. Har bir mavzudan bir personajni ajratib olaman va uni chuqurroq o‘rganaman. Bu mavzuda Janna d’Arkni. Hayoti va faoliyatini o‘rganaman. O‘zim va bolalar uning hayotidan nima olishi mumkin? Nimada namuna bo‘la oladi bizga degan savol bilan qidiraman.

4. Mavzu yaxshi o‘zlashtirilgandan keyin darsni boshlash uchun “hook” qidiraman. Mavzuni qanday boshlasam, bolalarga qiziqroq bo‘ladi, degan savol muhim. Qiziqroq video, rasm, mem, savol yoki fakt topaman.

5. Darsni boshida, o‘rtasida va oxirida qanday metodika qo‘llasam bo‘ladi? Bu mavzuga mos qanday metodikalar bor? Bolalar zerikib qolsa, nima o‘yin o‘ynatishim mumkin?

6. Mustahkamlash uchun guruh bo‘lib ishlatsammikin yoki yakka tartibda? Tanlayman va shunga mos metodikada mavzuni so‘rab olaman.

Bu ideal darsga tayyorlanish jarayonim. Men har doim ham bunga 100% ulgurmayman. 2-3 soat ketadi.

Chunki 15 ta sinf, 30 soat dars olganman. Shanba-yakshanba esa tushlikdan keyin ustozlarga mentorshipda dars o‘tamiz. Bu shanbadan tushlikkacha butun maktabga “Zakovat” qilishni ham boshlaymiz. 25-sentabrdan boshlanadigan onlayn darslarimizga ham tayyorgarlik boshlangan. Work-life balance biroz buzilgan, qisqasi)

Idealda 100% bo‘lmasa ham, kamida 70% tayyor bo‘lsangiz, darsingiz yomon o‘tmaydi. Siz-chi darsga qanday tayyorlanasiz?

@MuallimMuhammad
165🔥22👍129💯5
Komentlarda savol ko‘p kelibdi: “Yangi ustozman, nima qilay?”

Siz uchun 5 ta muhim maslahatni berdim. Amal qilsangiz, 2 yilda eng zo‘rlaridan bo‘lasiz.

1. Yangi ustoz bo‘lganimda haftalik eng ko‘pi 15–20 soat dars olardim. Kam dars olib, juda ham sifatli tayyorlanardim.

5 soatlik sifatli darsga 5–6 soat tayyorgarlik kerak. Uy, dam haqida unutish kerak. Lekin yetarli uyquni emas.

2. Har kuni darsimga bir-ikki eng zo‘r hamkasblarimni kuzatuvga taklif qilardim. Kirmasa, majburlab bo‘lsa ham olib kirib, darsimni tahlil qildirardim. Balki sovg’a berib)

3. Ingliz tilini o‘rganib, pedagogikaga oid kitoblar, saytlar va bloglarni kuzatardim. 5 soat darsga tayyorlansam, 1 soat pedagogika bo‘yicha o‘qirdim.

4. Bor pulimni o‘zimga tikardim. Yaxshi ustozlardan konsultatsiyalar sotib olardim. Hamkasblarim bilan maktabning o‘zida kichik ustozlar jamiyati tashkil qilib qo‘yardim.

5. Eng muhimi, ertaga qabul ochilishi kutilayotgan “Zamonaviy pedagog” kursimizda aniq o‘qigan bo‘lardim. Bu o‘zi boshqa daraja. Bir oyda aniq boshqa ustoz bo’lib chiqasiz)

@MuallimMuhammad
👍8227💯26🔥14😁10🤔3
Yilning eng oxirgi imkoni

"Zamonaviy Pedagog" 12-guruhiga qabulni boshladik!

Jamoa bilan qattiq tayyorlandik. Ko'plab yangiliklar qo'shdik.

💡Atigi 1,5 oyda:
— Sho‘x o‘quvchilarni boshqarasiz
— Interaktiv metodlarni qo‘llashni o‘rganasiz
— O‘quvchilarni ushlab qolib, yangilarini jalb qilasiz
— Qiziqmaydiganlarni darsga qiziqtirasiz
— O‘zingizga ishonchingizni oshirib, daromadingizni ko‘paytirasiz, inshaAlloh!


Ushbu linkda kurs vaqti, boshlanish kuni, dars rejalari haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin:

👉 Ustiga bosing

Kursga ro'yxatdan o'tish uchun:

👉 https://forms.gle/9GARNb5iFkqm28f38

Ha, 2025-yilda boshqa kurs o’tmaymiz. Sevimli ustoz bo’lish uchun so’nggi imkon bu)

@MuallimMuhammad
29🔥11👍2
Boltangizni charxlang

2 yil oldin 700–800 $ oylikka ishlayotgan vaqtim 1 500 $ lik mentorship sotib olgandim. Daromadimdan 2 barobar ko‘proq pulga.

Ota-onamni ishontirish qiyin bo‘lgan, 2–3 oy faqat qarz to‘lash uchun ishlaganman. Natija 1 yilda sezilgandi. Daromadim 1 500 $ gacha ko‘tarilgan. Ilm orqali o‘zimga ishonch kelgan, networking shakllangandi.

Bu yoz ham keyingi darajaga chiqa olmay qolib ketayotganimizni sezdik Moxir bilan. Yozda daromadimiz bo‘lmasa ham “Zamonaviy pedagog” hisobidan shu loyihani rivojlantirish uchun 3 000 $ ga kurs sotib oldik.

Angliyadan 500 $ ga kitoblar olib keldim. Ma’lum miqdor qarzga ham kirdim.

Menga topayotgan daromadimni, daromadim kelayotgan joyga tikish eng ko‘p foyda olib kelgan.


Dars berishdan daromad qilamanmi? Demak, darsimni sifatliroq o‘tishga yordam beradigan kurs, kitob, konsultatsiya, mentorshiplardan pul ayamayman. Natija 1–2 oyda ko‘rinmaydi, lekin uzoq muddatda albatta keladi.

Oylik 3 mln olsa ham bir yilda 30 mln daromad. Lekin shuning hech bo‘lmasa 1/10 qismini o‘z darslarimizni yaxshilash uchun tikmaymiz ba’zan. 3 mlnni qimmat hisoblaymiz. Lekin 10 oy o‘z darslarimizdan o‘zimiz zerikib, bolalar bilan chiqisha olmay, o‘z-o‘zimizdan qoniqish hissi bo‘lmasdan o‘tkazamiz. Bir amallab darslarimizni tugatamiz va yil oxirida “nima bo‘lsa ham ishimizni yo‘qotib qo‘ymaylik, dars soatimiz qisqarmasin” deb yuramiz. Yoki yaxshi maktablarga baland oylikka ishga kira olmaymiz.

Kiyinish, yeb-ichish, to‘y-hashamga millionlar yig‘amiz. Ta’limga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Orqasidan “ustozlar daromadi kam, obro‘si yo‘q” deb nolib ham qo‘yamiz.

Men aynan bizning kursni sotib oling demoqchi emasman. Xohlaganingizni oling. Lekin investitsiya kiriting o‘zingizga, ustozlar. O‘z bilimingizdan pul ayamang. Qadringizni ilm bilan oshiring.

“Agar menga daraxtni chopish uchun 6 soat berishsa, men dastlabki 4 soatini boltani charxlashga sarflayman”,

degandi Linkoln. Siz ham “boltangizni” charxlang. O‘tmas bolta bilan maktabga bormang, ustozlar.

@MuallimMuhammad
123🔥50💯20👍6
Eng, eng, eng

6-oktabrda boshlanadigan 12-guruh Zamonaviy pedagog kursimiz hozirgacha bo‘lgan darslarning eng zo‘ri bo‘ladi, inshaalloh.

Bu kurs bizning eng ko‘p tayyorlangan, eng ko‘p sarmoyamiz ketgan, eng ko‘p jamoa ishlagan, eng ko‘p ustozlar dars beradigan va yana bir necha “eng ko‘p” nominatsiyalarida mutlaq rekordchi kursimiz bo‘ladi.

Moxir bilan bu kursni qanday qilib yanada yaxshiroq qilsak bo‘ladi, deb ko‘p o‘yladik. Vaqtlari juda kam bo‘lishiga qaramasdan, Aziz aka Rahimovni mehmon spiker bo‘lishlariga kelishib oldik.

Offline kela olmaydiganlarga online translatsiya qilamiz. Kelganlar esa o‘zlariga o‘xshash intiluvchan ustozlar va Aziz aka Rahimov bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan bo‘lsangiz, shoshiling – atigi 4 kun qoldi.

👉https://forms.gle/9GARNb5iFkqm28f38

@MuallimMuhammad
🔥3315👍3
Hamkasbim haftada uch kun ertalab 6:45–8:00 da futbol o‘ynaydi. 2006-yildan beri.

Bizning bu an’anani boshlab bergan odam 85 yoshlarida futbol o‘ynardilar. Shu vaqtda vafot etganlar, dedilar.

Shayximiz 63 yoshlarida basketbol o‘ynaganlaridan keyin vafot etganlarini eshitgandim.

Ikkisini ham eshitib, rosa ta’sirlandim. Qanday go‘zal xotima. 60 yoshida ba’zilar hassasida ham yurolmayotganda, siz 85 yoshingizda futbol o‘ynasangiz. Hech kimga suyanib qolmasangiz. O‘zingizni ko‘tarib yura olsangiz. Sifatli qarilik gashtini sursangiz.

Mendagi eng katta fobiya ham shu — kimgadir suyanib qolish, o‘z-o‘zimni nazorat qila olmaslik. O‘zi asrasin.

Bu haqida suhbatlashib kelayotganimizda biz ikki kun dengiz sathidan 850 metr balandlikda futbol o‘ynab qaytayotgan edik. Futbolni ko’paytirishga kelishib oldik.

Sifatli qarilik uchun hozirdan sportni prioritet qilmasak bo‘lmaydi. Ayniqsa, bizdek aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi ustozlar sportsiz uzoqqa borolmaymiz.

@MuallimMuhammad
🔥8140👍26💯3
So’nggi imkon

Kursimiz boshlanishiga 1 kun qoldi. Kuchli ustozlar jamoasi yig’ilmoqda. Joylar kam qoldi.

Kurs haqida ma’lumot:
1. Ustoz-shogird munosabatlari. Bolalar bilan qanday munosabat o’rnatish kerak? Yaqin bo’lish yoki masofa? Jazolar va mukofotlar qachon, qanday shaklda berilishi kerak? Qanday sevimli ustoz bo’laman?

2. Darsga to’g’ri tayyorlanish. Darsning boshi, o’rtasi va oxiri qanday bo’lishi kerak? Nima qilsak, ham qiziqarli, ham samarali dars bo’ladi?

3. Kreativlik. U o’zi nima? Qanday kreativ bo’lsam bo’ladi? Bizdagi metodikalardan tashqari o’zingiz ham metodikalar yarata oling. Borlarini sinfingizga moslashtira oling.

4. Karyera. Qanday qilib ta’lim sohasida o’sish mumkin? Qanday qilib daromadni oshirish mumkin?

17 ta darsda shu 4 yo’nalishni chuqur ko’rib chiqamiz. 16 ta dars onlayn, bitta Aziz akani darslari offlayn bo’ladi. O’zingizga o’xshash kuchli ustozlar bilan tanishib, savol-javoblar qilish imkoni bo’ladi.

Doimiy darsda qatnashsangiz, vazifalarni bajarsangiz va bilimlarni amaliyotga tatbiq etsangiz, 1,5 oyda aniq boshqa ustoz bo’lib chiqasiz. Sevimli ustozga aylanasiz!

Barcha 1,5 oylik bilimlar narxi — 100$. O’zgarishga tayyor bo’lsangiz, bu kurs sizdagi muammolarga yechim bersa, @MuhammadUralovv hoziroq aloqaga chiqing. Kurs pulini ikkiga bo’lib to’lash imkoni ham bor.

400 dan ortiq ustozlar yozilgani uchun hammaga aloqaga chiqishga ulgurmayapmiz. Bu, yil uchun so’nggi kursimiz.

@MuallimMuhammad
26👍114🔥3
U sizning do’stingiz emas!

O’z do’stlarimiz, tengdoshlarimiz bilan munosabatga kirisharkanmiz yoshimiz, hayotiy tajribamiz, aql-farosatimiz o’zaro yaqinroq bo’lganligi uchun ular qilgan xatolardan xafa bo’lishimiz, buni ularga sezdirishimiz va ba’zan himoyalanish uchun ularga bu xatolar uchun oqibatlar berishimiz to’g’ri.

Lekin, ustoz va shogird munosabatida bu qoida ishlamaydi. Men 28 yoshman, o’quvchilarimning eng kattasi 18 yosh. O’rtamizda 10 yil farq bor va eng asosiy o’sish nuqtasi ham shu 10 yillikda bo’ladi.

O’quvchilarimizdan do’stlarimiz va tengdoshlarimiz darajasidagi aql, mas’uliyat, farosatni kutmasligimiz kerak. Va ular qilgan xatoga xuddi o’zimizning tengdoshlarimizga qilgandek munosabat bildirmasligimiz, xuddi shunday jiddiy jazolar bermasligimiz va buni o’zimizga o’ta jiddiy qabul qilmasligimiz kerak.

Unutmaylik, biz hali aqlan, ruhan, ma’nan va jismonan voyaga yetmagan bolalar bilan ishlaymiz, o’zimiz tengi insonlar bilan emas! Biz umuman boshqa darajadamiz ustozlar!

Biz ularga do’st bo’lishimiz, lekin ulardan do’stlik kutmasligimiz kerak.

@MuallimMuhammad
🔥84👍4028💯215