Yondirmog’ing uchun avval yonmog’ing kerak!
Maktabni kuzataman bolalar 10 ta fandan 2-3tasidangina uyga vazifa qiladi. Qolganidan uyga vazifa berilmaydi yoki berilsa ham qattiq turib so’ralmaydi.
Sabab oddiy, bolalardan qat’iy turib vazifalarni so’rash katta mashaqqat talab qiladi. Ko’pchilik ustozlar bu qiyinchilikka o’zlari turib bera olishmaydi.
Oqibat: seni va faningni hurmat qilmaydigan o’quvchilar, yomon natijalar va dars o’tishdan bezib qolgan sen!
Ba’zan bolalarni qiynab nafslariga qarshi kurashda ularga yordam berib yuborishimiz kerak! Lekin buning uchun avvalo o’zimizni qiynab xotirjamlik, tinchlikdan voz kechish qattiq kurashish kerak. Qisqasi ularni yondirmoq uchun avval o’zimiz yonishimiz kerak.
@MuallimMuhammad

👍131🔥33⚡15💯13❤10🤔1
U uchun 5ta sen uchun 8ta
O’quvchilarimga oylik baho qo’yayotganimda yaxshiroq o’qiydigan bolaga sen 5 baho olishing uchun 8ta mavzu topshirishing kerak dedim.
O’quvchim e’tiroz bildirdi “nega Toshmat 5 mavzu topshirib 5 oladi menga esa 8 ta. Bu adolatsizlik!”
Ha, adolatsizlik, chunki tarix o’qish uchun qobilyatlar berilayotganda ham xuddi shunday “adolatsizlik” qilingan, Alloh sen uchun bu fanni sinfdoshingga nisbatan osonroq qilib qo’ygan.
Sen 1 ta mavzu uchun 30 daqiqa sarflasang u 90 daqiqa sarflaydi. Bu qobilyating bilan sening ilming ham 1,5 barobar ko’proq bo’lishi shart!
Oxirat kuni biz nafaqat amallarimiz va niyatlarimiz balki, istedod va qobilyatlarimizdan ham so’ralamiz.
Biz qobilyatlarimizni ko’proq ilm olib uni ishlatishga sarflayapmizmi yoki kuni bilan dam olib yarim soatda ishlar va darslarni hamma bilan teng qilib qo’yishgami?

❤99👍81🔥26⚡15
Darsni muqaddas sanaydiganlar
Toshkentdagi mashhur o’quv markazlaridan biriga bordik. Dars boshlanib ketgan ekan. O’qituvchisini chaqirdik va agar darsingiz bo’lsa kutib turamiz dedik. Yo’q, hali ancha bor dedilar va chiqib biz bilan bemalol gaplashdilar. Nafsimga yoqdi, lekin aqlimning ustozdan va markazdan ozgina ko’ngli qoldi.
Hozir bir yaqinimizning ingliz tili kursiga keldim, aka yarim soatda darsim tugaydi, kutib tura olasizmi dedi. Nafsimga ozgina yoqmadi. Lekin aqlim unga hurmati oshdi.
Darsni hurmat qiladiganlar va uni muqaddas sanaydiganlarni hurmat qilaman. O’zim ham o’rgandim.
Men taniydigan deyarli barcha yaxshi ustozlarda bu ko’nikma bor ekan. Demak, ustozlarni saralashning bir usulini endi bilamiz!

👍145🔥27❤21⚡14💯1
O’qituvchilarning solih do’stlari
Aleksandr Makedonskiy birorta jangda yutqizmagan. Qarorlar va hukmlar deyarli doim to’g’ri va uzoqni ko’zlovchi bo’lgan. Toki u o’z fikriga qarshi chiquvchi ustozlari va do’stlarini o’ldirib yubormagungacha.
Futbol tarixidagi eng buyuk murabbiylardan Pep Guardilo va Carlo Anchelotti doim o’z yordamchisi qilib uni fikrlariga qarshi fikr ayta oladigan, u bilan tortisha oladigan insonlarni olib kelishgan.
Ularning vazifasi butun jamoa murabbiydan qo’rqib turganda bemalol murabbiyning qarorlarini muhokama qilib vaziyatga boshqa tomondan qarashga majbur qilish edi!
Ustozimdan solih do’stning belgilarini so’raganimda sizning xatolaringizni bemalol ayta oladigan va tuzata oladigan bo’lsa yetarli degandilar.
Ustozlar uchun eng yaxshi tanqidchilar(solih do’stlar) esa bu ularning o’quvchilari. Biz bolalarga bizni tandiq qilishiga, xatolarimizni bemalol bizga ayta olishiga ruhsat berishimiz va o’rgatishimiz kerak.
Axir, biz ham odammiz, biz ham xato qilamiz. O’z egoyimizni yengib bolalar fikrini ham eshitish vaqti kelgandir balki? Rivojlanish vaqti kelgandir balki?

👍115🔥20❤11⚡7💯1
Buzg’unchi bo’ling!
Sinfxona ichi uchun ishlab chiqiladigan ko’plab qoidalar doim sinfxona tashqarisidagilar tomonidan ishlab chiqishgan.
10yillardan beri dars bermagan vazir va uning yordamchilari yoki darsni faqat tartib saqlash vositasi deb hisoblaydigan direktor va zavuchlar biz ustozlar uchun o’zlaricha “to’g’ri” dars o’tish usullari va tartiblarini o’rgatishadi.
Yaxshi o’qituvchini belgilaridan biri uning “buzg’unchiligida”. Doim hamma qonun-qoidalarga amal qilishga majbur emassiz.
Ba’zan rejadan chetga chiqish, bolalar bilan munozara o’tkazish, biror bir ilmiy masalani muhokama qilish, hayotiy ko’nikmalar o’rgatish, ko’chada dars o’tish yoki shunchaki mafia o’ynash ham mumkin.
Maktab tomonidan aytilgan hamma qonunlarga qo’shilishingiz ham shart emas, ularning ba’zilari mantiqsiz. Buni ochiq aytish va ba’zan buni bajarmaslik ham norma. Sabab va oqibatlarini bilmas ekanmiz, shunga olib boradigan ishlarni qilishimiz shart emas va bolalarni ham bunga majburlamaylik.
Kutilmaganlik effekti sizni sevimli o’qituvchilardan biri qiladi. Erkin bo’ling, erkin firk bildiring, bolalarga ham erkinlik bering. Ba’zan qoidalarni buzing. Lekin maqsad shu orqali dars sifatini oshirish va bolalarni fanga qiziqtirish bo’lsin.
Lekin bu doimiy bo’lmasin va umumiy ta’lim sifatiga ta’sir etmasin!

👍159🔥21❤14💯13⚡3😁1
Aytilmaydigan tayanchlar
“O’quvchimiz birinchi urinishni o’zida IELTSdan 8-8,5 oldi. Siz ham olmoqchimisiz? Unda bizga keling” deyishadi o’quv markazi va ba’zi ustozlar. Lekin o’quvchilari uzoq yillar Amerikada yashab kelganligini va bu darajaga asosiy sabab ekanligini yashirishadi.
Ko’plab millioner va milliarderlarning ota-ona, bobo-buvilari ham kamida boy bo’lishgan. Yoshligidan ularda eng yaxshi ta’lim, texnologiyalar, tanish-bilishlar bo’lgan. Keyinroq ular bularning hech biriga ega bo’lmagan kambag’allarga boy bo’lish sirini oddiy gaplar bilan o’rgatmoqchi bo’lishadi.
Eng zo’r qorilar, olimlar, ahli ilmlar va sportchilarning judayam ko’pchiligi ikkinchi yoki uchinchi avlod. Yoki bobosi yoki otasi kamida ilmni judayam qadrlaydigan, to’g’ri tarbiya bera oladigan insonlar bo’lgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning otasi kuchli ahli ilm, UFC chempioni Habibning otasi kuchli sportchi, milliarder Elon Muskning otasi Shimoliy Afrikalik millioner, hozirgi eng zo’r futbolchilardan biri Holandning otasi karyerasi o’xshamagan professional futbolchi bo’lgan.
Sizda tayanch yo’qmi? Hech qisi yo’q. Qattiq o’qing, harakat qiling, ma’lum darajaga erishing. Farzandingizga siz tayanch bo’lasiz! Siz tufayli u Shayx, sportdan jahon chempioni, yoki millioner bo’ladi.

👍214⚡35❤29🔥27💯21
Nega o’zim emas?
Birinchi yil o’qituvchilikni boshlaganimda ta’lim bo’yicha sifatli kontentlar qidirardim. Butun Youtubeni qidirsam ham o’zbek tilida deyarli topa olmaganman. Keyin fikr kelgan nega shu loyihani o’zim tashkil qilmasligim kerak ?
Shu fikr ortidan ustozim Aziz akani yordamlari bilan Pedagog_podcast loyihasi vujudga kelgan.
Undan keyin turli kurslarda o’qidim lekin aynan ta’limga bag’ishlangan kurs topa olmadim o’zbek tilida. Topganlarim ham faqat metod sotar, ta’limni mohiyatiga chuqur kirib tahlil qilib bermas edi.
O’sishni, o’zgarishni, ta’limni va bolalarni tushunishni judayam xohlardim lekin bu talablarimga javob beradigan kurs yo’q edi. Va yana shu savol, nega o’zim tayyorlamasligim kerak bu kursni?
Fikr g’oyaga, g’oya esa loyihaga aylandi. Men va Moxir “Zamonaviy pedagog” kursini tayyorladik. Birinchisi kutganimizdan ham zo’r o’tdi. Deyarli 100% ustozlar kursimizni do’stlariga tavsiya qilishdi.
Kursda o’qiganlarning to’liq fikrlari bu yerda: https://t.me/c/2212046553/44
Ertadan boshlab ikkinchisini boshlamoqchimiz. Ta’lim sohasi insoni bo’lsangiz kursga albatta yoziling. O’rganasiz, o’zgarasiz. Ko’p ustoz olmaymiz, shoshilmasangiz qolib ketasiz.
Kurs haqida to’liq ma’lumot: https://t.me/+QSGS5PBYEGk3Njky

👍37❤13⚡9👎4🔥3
Haqiqatga tik qarolmaganlar cho’kaveradi
Universitetga tayyorlanardim, lekin doim sinov test topshirishdan qochardim. Yaxshi o’qimayotganimni, darslarni to’liq qilmayotganimni o’zim bilardim, lekin buni tan olgim kelmasdi. Bahonalar qidirardim.
O’qishga topshirdim, haqiqat bilan yuzlashdim! Haqiqiy holatimni bilganimdan keyin shundan kelib chiqib tayyorlanishni boshladim, keyingi yil kirdim o’qishga, lekin 3 yil umrim yo’qoldi orada.
Do’stim bir qizni yoqtirardi, do’stona suhbatlashib turardi. Menga turmushga chiqasanmi deb so’ray olmasdi, yo’q desa butunlay yo’qotishdan qo’rqardi. Oqibatda arosatda yillar yo’qotdi, ilm olishi sekinlashdi, umri ham unga umid bog’lab o’tib ketdi. Baribir oxirida haqiqat bilan yuzlashishga to’g’ri keldi. Taqdirda yozilgani bo’ldi!
Insonlardagi eng yaxshi fazilatlar samimiylik, xatoni tan olish, haqiqat bilan yuzlashishdan qochmaslik! Biz ba’zan hayot majbur qilmaguncha haqiqatdan turli bahonalar bilan qochamiz! Oqibatda qimmatli vaqtimizni yoqotamiz.
Kasalini tan olgan bemorni davolash oson bo’ladi, kasal bo’la turib, kasalmasman deganlarni esa tuzatib bo’lmaydi!

👍116💯32❤16🔥15⚡14
Ijtimoiy imij yarating
Bola darsingizga kelarkan, bolani o’zi haqidagi fikrini o’zgartiring. Avval sizni faningizni yaxshi o’qiy olmagan, sizdan oldingi ustozidan bu fan sen uchun emas degan fikr singdirilgan bolani o’qitish oson emas.
O’quvchini tahlil qiling, faningizdan juda oson bo’lgan savol, misol yoki topshiriqni bering. Bola yecha olgandan keyin esa maqtab, ruhlantirib qo’ying. Bu maqtov quruq emas tepada uni isboti ham bor. Isbot gaplarni kuchli qiladi.
Bu holat 4-5 marta takrorlangandan keyin o’quvchi dars qilishdan zavqlana boshlaydi. Chunki inson qila olgan ishini yoqtiradi(ba’zi fan va sport turlarini nega yoqtirganingizni eslang) . Ba’zan boshida majburlash ham mumkin. Natija ko’rina boshlagandan keyin esa ruhlanish bosqichi boshlanadi.
Endi o’quvchi sinfdoshlari, ustozi va ota-onasi oldida shu fandan yaxshi o’qiydigan degan ijtimoiy imij yaratdi. Va bu imijni himoya qilish uchun ham qattiq harakat qilib o’qiydi. O’zini-o’zi majburlay oladi.
Dars qilmay kelganda esa siz shu imijdan foydalaning. “Seni fanimdan yaxshi o’qiydigan o’quvchi deb o’ylardim, ishonardim senga” degan gap bolaga har qanday jazodan ham qattiqroq tegadi. Chunki xohlaymizmi yo’qmi? Bizga atrofdagi odamlar fikri muhim va bu katta ta’sirga ega!
@MuallimMuhammad
Bola darsingizga kelarkan, bolani o’zi haqidagi fikrini o’zgartiring. Avval sizni faningizni yaxshi o’qiy olmagan, sizdan oldingi ustozidan bu fan sen uchun emas degan fikr singdirilgan bolani o’qitish oson emas.
O’quvchini tahlil qiling, faningizdan juda oson bo’lgan savol, misol yoki topshiriqni bering. Bola yecha olgandan keyin esa maqtab, ruhlantirib qo’ying. Bu maqtov quruq emas tepada uni isboti ham bor. Isbot gaplarni kuchli qiladi.
Bu holat 4-5 marta takrorlangandan keyin o’quvchi dars qilishdan zavqlana boshlaydi. Chunki inson qila olgan ishini yoqtiradi
Endi o’quvchi sinfdoshlari, ustozi va ota-onasi oldida shu fandan yaxshi o’qiydigan degan ijtimoiy imij yaratdi. Va bu imijni himoya qilish uchun ham qattiq harakat qilib o’qiydi. O’zini-o’zi majburlay oladi.
Dars qilmay kelganda esa siz shu imijdan foydalaning. “Seni fanimdan yaxshi o’qiydigan o’quvchi deb o’ylardim, ishonardim senga” degan gap bolaga har qanday jazodan ham qattiqroq tegadi. Chunki xohlaymizmi yo’qmi? Bizga atrofdagi odamlar fikri muhim va bu katta ta’sirga ega!
@MuallimMuhammad
🔥85👍55⚡14❤10🤔4💯3👎1
Suhbatlar muammolarni yechadi
Universitetda o’qiyman 22 yoshlar atrofidaman. Dekanat bilan tortishib qoldim. Uydagilaringni chaqirib kel bo’lmasa o’qishga kirgizmaymiz deyishdi.
Men allaqachon yetarlicha kattaman va o’z muammolarimni o’zim hal qila olaman. Ba’zi men tengi kursdoshlarimizni farzandlari bor. Biz ota onamizni chaqiradigan emas, ota-ona bo’lib muammolarni yechish yoshiga yetdik dedim.
Ular tushinishni xohlashmadi, men ham haq bo’lsam ortda qaytadiganlardan emasdim)
Maktabda asosan katta sinflarni o’qitaman(8 va undan yuqori) . Eng kam qiladigan ishim sinf rahbari va ota-onalarni chaqirish. Muammolar tug’ulganda eng birinchi aytadigan gapim siz yetarlicha kattasiz deb umid qilaman va buni o’zingiz bilan suhbatda yecha olamiz deb o’ylayman deyman.
Va ko’p hollarda suhbatlar bilan muammolar yechiladi. Bolalar mustaqillikni va o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Orada munosabatlarimiz ham mustahkamlanadi.
Bola bilan muammolar paydo bo’lganda uchinchi shaxsni oraga qo’shish(ota-ona, sinf rahbar, boshqa ustoz) , men bu muammo oldida ojizman va men seni eplay olmayman degan ishorani beradi. Bu obro’yingizni to’kadi!
@MuallimMuhammad
Universitetda o’qiyman 22 yoshlar atrofidaman. Dekanat bilan tortishib qoldim. Uydagilaringni chaqirib kel bo’lmasa o’qishga kirgizmaymiz deyishdi.
Men allaqachon yetarlicha kattaman va o’z muammolarimni o’zim hal qila olaman. Ba’zi men tengi kursdoshlarimizni farzandlari bor. Biz ota onamizni chaqiradigan emas, ota-ona bo’lib muammolarni yechish yoshiga yetdik dedim.
Ular tushinishni xohlashmadi, men ham haq bo’lsam ortda qaytadiganlardan emasdim)
Maktabda asosan katta sinflarni o’qitaman
Va ko’p hollarda suhbatlar bilan muammolar yechiladi. Bolalar mustaqillikni va o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Orada munosabatlarimiz ham mustahkamlanadi.
Bola bilan muammolar paydo bo’lganda uchinchi shaxsni oraga qo’shish
@MuallimMuhammad
👍131💯30🔥21⚡12❤9
Shaxsiyat ustida ishlang!
Barcelona, Real Madrid, Man United kabi yirik klublarga doim o’z shaxsiyatiga ega, boshqa yirik shaxsiyatlarni bo’ysundira oladigan yoki kamida ular bilan tengma-teng suhbat olib bora oladigan murabbiylarni tayinlashadi.
Murabbiy futbolchilat uchun авторитет bo’lishi kerak. Eng qiyin, kim nima qilishni bilmaydigan joylarda uni aytgani aytgan, degani degan bo’lishi va bu g’oyalarga uni shogirdlari so’zsiz ishonishi va bo’ysunishi kerak!
Ba’zan futbol ilmini zo’r biladigan, taktikalarni suv qilib ichib yuborgan murabbiydan ko’ra shaxsiyati va obro’si yuqoriroq lekin ilmi kamrog’ini buyuk klublar olib kelishadi.
Gap kim ko’proq ilm egasi ekanligida emas, kim uni yaxshiroq qo’llay olishi va shu g’oyalarni boshqalarga “sota olishida”!
Endi bu faqat futbolda emas xohlagan sohadagi murabbiylar uchun tushadi! Maktabda ilmi “daxshatli” lekin shaxsiyati yo’qligi uchun birorta sinfni eplolmagan va ilm bera olmaganlarni ko’rganman.
Maktabdagi ustoz ham murabbiy, kompaniya rahbari ham murabbiy, oila boshlig’i ham murabbiy, futbol murabbiyi ham murabbiy! Murabbiy bo’lmoqchimisiz shaxsiyatingiz ustida ishlang!(Ilmni unutmagan holda)
Gapning ma’nosi uni 50% darajasini belgilasa, qolgan 50% ini uni kim gapirayotganligi belgilab beradi!
@MuallimMuhammad
Barcelona, Real Madrid, Man United kabi yirik klublarga doim o’z shaxsiyatiga ega, boshqa yirik shaxsiyatlarni bo’ysundira oladigan yoki kamida ular bilan tengma-teng suhbat olib bora oladigan murabbiylarni tayinlashadi.
Murabbiy futbolchilat uchun авторитет bo’lishi kerak. Eng qiyin, kim nima qilishni bilmaydigan joylarda uni aytgani aytgan, degani degan bo’lishi va bu g’oyalarga uni shogirdlari so’zsiz ishonishi va bo’ysunishi kerak!
Ba’zan futbol ilmini zo’r biladigan, taktikalarni suv qilib ichib yuborgan murabbiydan ko’ra shaxsiyati va obro’si yuqoriroq lekin ilmi kamrog’ini buyuk klublar olib kelishadi.
Gap kim ko’proq ilm egasi ekanligida emas, kim uni yaxshiroq qo’llay olishi va shu g’oyalarni boshqalarga “sota olishida”!
Endi bu faqat futbolda emas xohlagan sohadagi murabbiylar uchun tushadi! Maktabda ilmi “daxshatli” lekin shaxsiyati yo’qligi uchun birorta sinfni eplolmagan va ilm bera olmaganlarni ko’rganman.
Maktabdagi ustoz ham murabbiy, kompaniya rahbari ham murabbiy, oila boshlig’i ham murabbiy, futbol murabbiyi ham murabbiy! Murabbiy bo’lmoqchimisiz shaxsiyatingiz ustida ishlang!
Gapning ma’nosi uni 50% darajasini belgilasa, qolgan 50% ini uni kim gapirayotganligi belgilab beradi!
@MuallimMuhammad
🔥83👍22💯12⚡5❤2🤔1
Biz bilmaymiz!
Maktabda juda “shustriy” do’stlarimiz bo’lardi. Darslarni qilmasa ham amallab javob berib yuborar. Tinmasdan o’qiganlar bilan bir xil baho olishardi.
Boksga borardik. Murabbiy 5km yugurishni buyurardi, ba’zi “uddaburon” do’stlarimiz 1-2km yugurib qolganini amallab yuborishardi.
Biz soddaroq edik. Ustoz nima desa hammasini so’zsiz qilardik. Uddaburon do’stlarimizga havas qilardik, lekin qo’limizdan kelmasdi. Atrofdagilar esa ularga qoyil qolib, maqtashardi. Sen ham “shustriyroq” bo’l deyishardi.
Yillar o’tdi. Soddaroqlar ustozlarni to’liq aytganini qilib kam bo’lishmadi. Va o’z sohalarida mutaxasislar bo’lishdi. Uddaburonlar esa harakatiga yarashasini olishdi.
Albatta, bu yerda ustozning darajasi ham muhim.
Shoyadki yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladi, siz bilmaysiz! Biz bilmaymiz!
Do’stlarimiz bilan ertalabki suhbatdan olindi post.

⚡75👍41🔥17❤11💯10
Mushuk
Hech hayotingizda mushuk ushlab ko’rganmisan? Dumidan ushlasang tirnaydi, tishlaydi. Agar silasang kelib erkalanadi, senga ham yoqimli tuyg’ular ulashadi.
Mushukka sening kimligingni umuman farqi yo’q! Jinsing, ranging, daromading, yoshing va ko’rinishing umuman qiziqmas!
Unga sening munosabating qiziq.
Bolalarni o’qitar(tarbiyalar) ekansan ularni ham mushuk kabi bil. Odamlarning ular haqidagi yomon xulosa va gaplariga ishonma. Avvalo bil ularBOLA .
Ularni erkala, to’g’ri tushun, hurmat qil, eshit, xuddi kattalardek, xuddi mushuklardek muomila qil.
Ularni yaxshi ko’r, shunda sen ularni xato-kamchiliklarini kechira olasan. Beg’uborlik deb qabul qilasan.
Bu hayotda juda ko’p narsalar bizning unga munosabatimizga bog’liq. Avval ularga mehr beramiz keyin esa cheklanmagan miqdorda olamiz!
@MuhammadUralov
Hech hayotingizda mushuk ushlab ko’rganmisan? Dumidan ushlasang tirnaydi, tishlaydi. Agar silasang kelib erkalanadi, senga ham yoqimli tuyg’ular ulashadi.
Mushukka sening kimligingni umuman farqi yo’q! Jinsing, ranging, daromading, yoshing va ko’rinishing umuman qiziqmas!
Unga sening munosabating qiziq.
Bolalarni o’qitar(tarbiyalar) ekansan ularni ham mushuk kabi bil. Odamlarning ular haqidagi yomon xulosa va gaplariga ishonma. Avvalo bil ular
Ularni erkala, to’g’ri tushun, hurmat qil, eshit, xuddi kattalardek, xuddi mushuklardek muomila qil.
Ularni yaxshi ko’r, shunda sen ularni xato-kamchiliklarini kechira olasan. Beg’uborlik deb qabul qilasan.
Bu hayotda juda ko’p narsalar bizning unga munosabatimizga bog’liq. Avval ularga mehr beramiz keyin esa cheklanmagan miqdorda olamiz!
@MuhammadUralov
👍120❤38💯8⚡6🔥6
Tarbiya
Oxirgi 3 yilda faoliyatim maktab bilan bogʻlandi. Va bola xarakterini oʻzim uchun qaytadan kashf qildim. Har bir bola xarakteriga qarab uning oilasi haqida bilish mumkin.
Oʻziga ishongan, kelajagini aniq tasavvur qila oladigan va fikrini bemalol har joyda bildirib himoya qila oladigan bolalar bor. Soʻrasang ota-onasi vaqt ajratgan, ular bilan barcha mavzuda fikrlashgan va eng muhimi urmasdan tarbiyalagan boʻladi! Ular kaltakdan emas ota-onasi xafa boʻlishidan koʻproq qoʻrqadi.
Ota-onasi vaqt ajratmaydigan. Ajratsa ham uni tushunmaydigan oila farzandlari sinfda qaysar, hammani eʼtiborini oʻziga qaratishni xohlaydigan oʻquvchilar boʻladi. Oilada olinmagan mehr va eʼtiborni ular oʻqituvchi va sinfdoshlari hisobiga toʻldirishni xohlashadi.
Farzandiga yoshligini maza qilib oʻtkazishga bermagan, uni faqat bosim bilan ushlab turganlar boʻladi. Maktabda eng shoʻx, janjalkash va toʻpolonchi bolalar aynan ular boʻladi. Bola bolaligini uyida, ota-onasini yonida qila olmas ekan bor energiyasini u maktabda sarflaydi.

🔥75👍38💯14⚡9❤5
U sening tengdoshing yoki do’sting emas!
O’z do’stlarimiz, tengdoshlarimiz bilan munosabatga kirisharkanmiz yoshimiz, hayotiy tajribamiz, aql-farosatimiz o’zaro yaqinroq bo’lganligi uchun ular qilgan xatolardan xafa bo’lishimiz, buni ularga sezdirishimiz va ba’zan himoyalanish uchun ularga bu xatolar uchun jazolar berishimi ko’pincha to’g’ri.
Lekin, ustoz va shogird munosabatida bu qoida ishlamaydi. Men 27 yoshman, o’quvchilarimning eng kattasi 18 yosh. O’rtamizda deyarli 10 yil farq bor va eng asosiy o’sish nuqtasi ham shu 10 yillikda bo’ladi.
Avvalo biz o’quvchilarimizdan do’stlarimiz va tengdoshlarimiz darajasidagi aql, mas’uliyat, farosatni kutmasligimiz kerak. Va ular qilgan xatoga xuddi o’zimizning tengdoshlarimizga qilgandek munosabat bildirmasligimiz, xuddi shunday jiddiy jazolar bermasligimiz va buni o’zimizga o’ta jiddiy qabul qilmasligimiz kerak.
Unutmaylik, biz hali aqlan, ruhan, ma’nan va jismonan voyaga yetmagan bolalar bilan ishlaymiz, o’zimiz tengi insonlar bilan emas! Biz umuman boshqa darajadamiz ustozlar!

🔥75👍33💯21❤14⚡8
Mehmon
Kitob, maqola, video, audio suhbatlar yo’llar har xil, mohiyat bitta - ilm olish.
Aslida, ilm olish ham maqsad emas, maqsad o’rganganingiz orqali o’zgarish! O’zgarmasangiz o’rganmapsiz!
Maqolalar ortidan, audiochatlarni ham boshlaymiz bugundan, xudo xohlasa.
Mehmonlar orasida ustozlarim, tajribasi va bilimi sizga va bizga aniq foyda keltiradigan do’stlarimiz va hamkasblarimiz bo’ladi.
Bugungi mehmonimiz - Oybek aka Qudratov. O’sha mashhur abituriyent gazetasida fizikadan test va tahlillarni tayyorlagan inson. Khan Academy da fizika, astranomiya va algebra kurslarini tayyorlaganlar. Va men tanigan eng zo’r pedagoglardan biri va eng kuchli fiziklar Oybek aka.
Oybek akadan maksimal foyda olishimiz kerak! Ta’limga doir savollaringiz bo’lsa komentga yozing.
Suhbat bugun 20:00da bo’lib o’tadi. Boshqa pedagog do’stlaringizni ham chaqirishni unutmang!

👍46❤9💯3⚡1
Erkinlik qidiring!
Bizda hozirgi zo’r jurnalistlarning juda ko’pchiligi sport(futbol) jurnalistikasidan chiqqan. 2016-yilgacha tanqid qilish, erkin fikrlash va kreativ uchun to’siqlar faqat sport sohasi jurnalistikasida yo’q edi. Shuning uchun hamma faqat futbolimizni hazil qila olardi.
3 yil davomida Merit schoolda ishladim, asosiy sabab ustozlarga nisbatan berilgan erkinlik edi. Men va birga ishlagan jamoamiz juda katta o’sishga ham aynan shu muhitda erishdik. Va maktab natijalari ham ustozlar bilan birga o’sdi.
Erkinlik sizga o’zingiz uchun eng to’g’ri metodni topishga yordam beradi. Tahliliy va tanqidiy fikrlashga rag’batlantiradi. Eng zo’r ustoz bo’lishingizga sharoit yaratib beradi. Inson biror ishni qilib ko’rib jarayonni sinab ko’rmaguncha tajribali bo’la olmaydi.
Yangi maktab izlayapsiz? Rahbariyat yaratib bergan erkinlik muhitiga qarang. Agar bu bo’lmasa ta’limda o’zingizni topa olmaysiz, o’zligingizni ocha olmaysiz! Faqat ular aytgan yo’ldan yurib umringiz tugaydi.

👍65⚡13🔥9❤5🤔5💯3👎1
Stress bilan emas, mehr bilan chiqing!
-10 ta bo’lsa zo’r bo’lardi.
- 5 ta bo’lsa ham boshlayveramiz, muhimi boshlash!
Bu Moxir bilan “Zamonaviy pedagog” loyihasini boshlashdan oldin bo’lgan suhbatimiz.
Bizga ishongan bitta inson chiqqanda o’zimizga ishonchimiz oshgandi.
1,5 oy ichida bizga ishonganlar soni 50+dan oshdi. 1 ta texnikum va 1 xususiy maktab bilan to’liq jamoani o’qitish bo’yicha kelishuvga erishdik.
Kursimizda o’qigan ustozlarda juda ko’p anglashlar bo’ldi. Deyarli 100% qatnashuvchilar kursdan rozi va uni o’z yaqinlariga tavsiya qilmoqda.
Yaqinda sentabr “yana maktabmi? Yana sho’x bolalarmi?”-deb stressda emas, o’zingizga ishonch va bolalarga mehr bilan bormoqchi bo’lsangiz kursimizda sizni kutamiz!
Darslar dushanbadan boshlanadi, shoshilmasangiz qolib ketasiz.
Kurs bo’yicha to’liq ma’lumotlar shu yerda: https://t.me/zamonaviypedagogkursi/64

👍45❤8⚡4🔥4
Ishonch - bu hamma narsa
NASA kosmik tadqiqotlar ilmiy markazidagi “Asalari” nomli devoriy suratda shunday deb yozilgan:
— Aerodinamika qoidalariga ko‘ra, asalarilar tanasi uchishga yaroqsizdir, ammo uning o‘zi bundan bexabar.
Fizika qonunlariga ko‘ra, asalarining jussasi qanotlariga nisbatan kattaligi sabab, parvoz qilish imkonsiz. Baxtga qarshi asalari bundan ham bexabar.
Asalari esa uchish mumkinligiga ishonadi.
Ta’lim va tarbiyada ham shunday vaziyatlar bo’ladiki, ota-ona va ustozlarning ozgina bergan ishonchi bolalarni aqlbovar qilmas natijalarga yetaklaydi! Asalarini uchirgan ishonch bolalarizni ham mo’jizalar qilishga unday oladi.
Hech kim ishonmayotganda ham biz ularga ishonishni o’rganishimiz kerak! Ha, aynan bu o’rganilishi kerak!

👍119❤33🔥20💯13⚡1
Suyukli ustoz bo’lasiz!
Uxud g’azotida payg’ambarimiz (s.a.v) kamonchilarga tog’ning eng tepasida turishni va natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar o’zlari buyruq bermagunlaricha qimillamaslikni buyuradilar.
Jang boshlanadi, musulmonlar qo’li baland kela boshlaydi. Kamonchilar ichida fitna chiqadi. Ma’lum qismi g’alaba bizniki bo’ldi, pastga tezroq pastga tushib o’ljalarga egalik qilishimiz kerak deydi, qolgan qismi rasululloh aytmagunimcha qimillamang degan edi deyishadi. Orada tortishuv bo’ladi va kamonchilar o’z joylarini tark etishadi, vaziyatni ko’rgan Xolid ibn Valid(bu vaqti u musulmonlar safiga hali qo’shilmagandi) tog’dan aylanib kelib musulmonlarga zarba beradi.
Jangning borishi o’zgarib ketadi, rasululloh qattiq yaralanadilar, og’izlari qon bilan to’ladi, jang maydonida ularni o’ldi degan yolg’on gap tarqaydi. G’alabali jang mag’lubiyat bilan tugaydi. Musulmon lashkari va payg’ambarimiz zo’rg’a qochib qutulishadi.
Barchasiga aybdor kamonchilar, ularni deb qanchalab bolalar yetim, ayollar tul, akalar ukasiz, ukalar akasiz qoladi. Rasululloh qattiq jarohatlar oladilar.
Ular o’z ayblarini bilar, ich-ichidan unga iqror edi. Va o’qiladigan hukmni kutishayotgan edi. Bunday katta xato uchun o’lim jazosiga ham tayyor edilar.
Mag’lubiyatdan ozgina vaqt o’tib hamma tinchlanib olgach, payg’ambarimiz kamonchilarni yonlariga chaqiradilar. O’lim hukmiga ham hech bir e’tirozsiz rozi kamonchilarni kechirib yuboradilar!
Va xatto keyingi jang taktikasi uchun ulardan maslahat ham so’raydilar!
Payg’ambarimiz insonlar xato qilarkan ularga ma’lum vaqt berilsa ich-ichidan bunga iqror bo’lishini, qiynalishini, ezilishini va buni qaytib qilmaslikka ko’pincha axd qilishini bilardilar.
Siz eng qattiq jazo kutayotgan vaqtingizda sizga berilgan keyingi imkoniyat, imkoniyat bergan insonga nisbatan qalbingizda muhabbat uyg’otadi. Muhabbat o’z ortidan sadoqatni olib keladi.
Siz ham o’quvchilarga sevimli ustoz bo’lmoqchimisiz? Hech kim kechira olmaydigan vaziyatda ularni kechiring, ular ham hech kimni eshitmayotgan joyida sizni eshitishadi!
Xatolariga yengilroq qarang, ular qilgan hech bir ish kamonchilar qilgan ish kabi kimlarnidir yetim qoldirmaydi, ular qilgan hech bir ish rasulimizni og’izlarini qon bilan to’ldirmaydi.
Albatta, bu ularni umuman to’g’irlamaslik kerak degani emas, to’g’irlang, faqat chiroyli xulq va meyor darajasidagi ogohlantirish bilan.

👍149❤34🔥18⚡6