Muallim Muhammad
10.8K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Ish qidiryapsizmi?

Talabasiz yoki endi o’qishni bitirdingiz ish qidiryapsiz. Qanday ish topsam, qayerdan topsam, qanday shartlar qo’ysam ishlasam kira olaman, o’sa olaman deb o’ylayotgan bo’lsangiz kerak.

Ikkita oddiy shart bor.

Shular haqida instagramga video joyladim. O’tib ko’rinishingiz mumkin)

Link: https://www.instagram.com/reel/DMcgm2Vt9_n/?igsh=djVvZWMydnRhZHo3

Linkni ish qidirayotgan do’stlaringizga jo’natishni unutmang)

@MuallimMuhammad
🔥158👍81😁1
Boshimga tushgan g’isht hikmati

Yoshligimda mahallamizda meva
daraxti bo‘lardi. Mevalarini qoqib olardik.

Bir kun borib tosh otdim, boshimga g‘isht kelib tushdi) Kimdir otganda ilinib qolgan ekan)

Bosh qonadi, ariqda qonni yuvib, uydagilardan gap eshitmaslik uchun hech kimga aytmasdan o‘tkazib yubordim.

6 yildan keyin harbiy akademiyaga topshirib, o‘sha vaqtdagi jarohat sabab tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmadi. Keyinchalik bezararligi aniqlandi, lekin endi imtihonga kirishga kech edi.

Keyin Pedagogika universitetiga kirdim. Tarix o‘qib, organ sohasiga o‘tib ketishni mo‘ljallagandim.

Orada kitoblar o‘qidim, ingliz tili o‘rgandim, qadriyatlarim shakllandi, dunyoni tushuna boshladim, o‘zligimni tanidim. Xulosa keldi — menga bu soha to‘g‘ri kelmaydi.

Men qadriyatlar bilan erkin yashashni xohlayman, bu esa uning g‘irt teskarisi.

Sal o‘tib, dars berib o‘zining haqiqiy sohamni ham topdim. Ustozlar topdim, ilmlar o‘rgandim, o‘rgatdim, ba’zi yutuqlarga erishdim. Minglab ustozlarni o‘qitdik.

Barchasiga sababchi — o‘sha boshimga tushgan g‘isht edi. Imtihonga kirolmaganimda va boshim og‘riganda xafa edim, hozir hikmatini bilaman — xursandman. Shukr aytaman.

Hayotda boshimizga “toshlar, g‘ishtlar” tushar ekan — xafa bo‘lmang, o‘ksinmang. Hammasi hikmat bilan, Hikmatli Zot tomonidan qilinmoqda. Faqat anglash uchun ozgina vaqt kerak, xolos.

@MuallimMuhammad
107🔥44💯368👍8
Ustozman nima kitoblar o’qishim kerak? O’rgatish, o’rganish, shaxsiy rivojlanish uchun ustozlarga mos kitoblar maslahat bering deyishadi.

Do’stim Mohir shu haqida YouTubeda foydali video tayyorlabdi. Kitoblar izlab yurganlar ko’rishingiz mumkin.

Link: https://youtu.be/Irsz5Yib0LA?si=-aN3Mh7_pHFrZJy1
23🔥10💯76👍3
Bolaga o’zligini topishga qanday yordam bersa bo’ladi?

6-12 yosh oralig’ida “shvedskiy stol” tashkil qiling. Bolani imkoni bor barcha to’garak, qo’shimchalarga bering.

Qaysidir to’garakdan olib ketayotganingizda bola qarshilik ko’rsatish yoki ko’rsatmasligiga qarab uni nimaga qiziqadi yoki yo’q bilib olasiz. Kuzating, tahlil qiling. Bolaning kuchli tarafini aniqlab bering.

12 yoshdan keyin eng kuchli taraflariga kuch bering. Qolganlarini ikkinchi darajaliga tushuring. Shundagina farzandingiz 18 yoshida hayotda nimagadur erisha oladigan insonga aylanadi.

Margulan amaki

@MuallimMuhammad
50👍36🔥2113💯3
Ustoz tayyor bo‘lganingizda keladi

$1500 lik kursga bordik, mavzular o‘ta dolzarb, nozik. Shu darsda ham uxlaydiganlar va darsga umuman kelmaydiganlar topilardi.

Muammo ustozda emas, shogirdlar bu ilmga tayyor emasdi, hali hayotida bu ilmlar yecha oladigan og‘riqlarga yetib kelmagandi.

Ustozim bir kitob maslahat berdi, o‘qib umuman foyda olmadim. Men eng ko‘p foyda olgan kitoblarimdan birini o‘quvchilarim umuman tushunishmadi.

Bu yerda bitta umumiylik bor: shogirdlar ustozlar bermoqchi bo‘lgan ilm darajasidagi muammoga hali yetib kelmagan. Ehtiyoj bo‘lmagani uchun, ilm ham tushunarsiz.

Gap o‘qiyotgan kitob yoki bo‘layotgan voqealarda emas, asosiy masala bizning miyamizda, tahliliy ko‘nikmamizda va ichki olamimiz qanchalik boyligida!

Shular tayyor bo‘lsa, butun hayot ustozga aylanadi, hamma narsa va har bir voqea dars bera boshlaydi!

Ustoz qidirmang, uning kelishiga o‘zingizni tayyorlang. Shogird tayyor bo‘lganda, ustoz paydo bo‘ladi!

@MuallimMuhammad
👍7725🔥2417💯6
Forwarded from Rahimov School
🎙5-sinf o‘quvchilari bilan suhbat | Ta’lim podkasti

Rahimov School ta’lim podkastining navbatdagi sonida siz endi o‘qituvchilar emas, balki o‘quvchilarimiz bilan tanishasiz! 5-sinf boʻlishlariga qaramay ular barcha savollarimizga ajoyib tarzda javob berdilar. Bu savollar orqali ularning dunyoqarashini ochib berishga harakat qildik.

Sizga suhbat yoqdimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring✍🏻

@RahimovSchool
🔥13👍871
Rahimov School
🎙5-sinf o‘quvchilari bilan suhbat | Ta’lim podkasti Rahimov School ta’lim podkastining navbatdagi sonida siz endi o‘qituvchilar emas, balki o‘quvchilarimiz bilan tanishasiz! 5-sinf boʻlishlariga qaramay ular barcha savollarimizga ajoyib tarzda javob berdilar.…
5-sinf polaponlarim bilan podcasti qildik, mazza qilib suhbatlashdik.
Umumiy 50 dan oshiqroq shunday bolajonlar bilan mazza qilib ishladim bu yil)

Videoni kirib ko’ring, izohlarda o’z fikrlaringizni qoldiring. Vaqtingizga achinmaysiz)
🔥2877👍2
Olimlar ba’zan ilmni timsollar, majozlar, topishmoqlar shakllarda ya’ni ilmni idrok etish qiyin shaklda tashlab ketishgan.

Maqsad ilmni noto’g’ri yo’lda ishlatuvchilar va qadrlamaydiganlar o’rganolmasin deyilgan deyapti Fozil odamlar shahri kitobida.

@MuallimMuhammad
👍50🔥22145
Tarbiyalashyapti

7-avgustda Rahimov School bolalarini Londonga olib ketyapmiz. Loyihaga meni mas’ul qilishgan.

Ota-onalar bilan oxirgi 4-5 oyda tinimsiz ishladik, suhbatlashdik.

Deyarli barchasining tilidan “xo‘p bo‘ladi”, “labbay” so‘zlari tushmaydi. Muomalasi juda chiroyli. Meni ham o‘rgatib qo‘yishdi)

1 bolaga o‘rtacha $4–5 ming ketishini va bu pulni 15 kun uchun to‘lashga tayyorligini hisobga olsak, ular moliyaviy mustaqil.

O‘ylab qoldim, moliyaviy mustaqilligi uchun muomalani qiyvorarmikan, yoki muomala madaniyati zo‘r bo‘lganligi uchun moliyaviy mustaqilmikan ular?

@MuallimMuhammad
59🤔37🔥1510👍9😁6
Angliyadan salomlar)

2-kun Angliyadamiz, tushlikkacha ingliz, italyan ustozlari bilan fikrlar almashdik. Britaniya milliy choyi bilan mehmon qilishdi.

Ikkinchi rasmda kichik shahar Worchesterning ko’rinishi.

Tushlikdan keyin Sheksper tug’ilgan uyi va maktablarini aylandik.

Angliya ta’limi, madaniyati, shaharli va tabiati bilan tanishyapmiz.

Aziz aka Rahimov bilan aylanish yanayam qiziq. Guide(git)larga ham o’zlari o’rgatib ketyaptilar😅

Agar sizlarga qiziq bo’lsa ko’rgan, o’rganganlarimni shu yerda bo’lishib boraveraman.

@MuallimMuhammad
🔥103👍382423😁3🤔1
Bolalar ko‘prog’iga qodir

25 ta o‘g‘il bola 5-sinflarimni dachaga olib bordik. Birinchi ota-onalarni borganimizdan keyin dacha egasini bolalar biz o‘ylaganimizdan tartibliroqligiga ishontirishga to‘g‘ri keldi.

Dunyoda 5-o‘rinda turadigan Istanbul aeroportida Aziz aka 35 ta bolaga 2 soat vaqt berib: “Xohlagan joyingizga boring, lekin 2 soatdan keyin shu yerda bo‘ling”, — deb ruxsat berib yubordilar. Na telefon, na internet bor.

Lekin Londonga reysimizga hech kim kech qolmadi, hech kim adashib ham qolmadi.

Angliyada Cardiffga bordik, London aeroportida yurdik. O’zga yurtda ham bolalar ancha mas’uliyatli. Kuzatuvim: bolalar biz o‘ylagandan ancha aqlliroq va ongliroq.

Shu vaqt hayolimga bolalarini mahallaga, do‘konga, 5 km naridagi maktabga, mamlakatimiz ichidagi sayohatlarga qo‘rqib jo‘natmayotgan ota-onalar keldi.

Yo‘q, biz bolalarga ishonmasdan adashyapmiz. Ishoning, ular ko‘proq ishlarga qodir.

Faqat 2 holatni hisobga oling!

1. Holatni va nima qilmaslik kerakligini aniq tushuntiring. Oqibatini yetkazing.

2. Erkinlik berganingizdan keyin uni kuzatmang. To‘liq ishoning.

Kuzatuv bosim beradi. Yoshligida dadasi kuzatuvida dovdirab biror ish qila olmagan yoki mashina haydagan o‘g‘il bolalar buni yaxshi tushunishadi.

Birinchisida bo’lmasa, ikkinchisida ular uddalashadi.

@MuallimMuhammad
16429💯22🔥17👍6
Suhbatlar

Shekspir yashagan uyga borganda shunday likopchalarni ko‘rdik. Ziyoli mehmonlar chaqirilib, ziyofat qilinar va oxirida shu idishga desert olib kelishgan.

Likopcha orqasiga hikmatli jumla yozilgan. Ilmiy, diniy, falsafiy hamda siyosiy suhbatlar shu hikmatlar atrofida qurilgan. Chuqur suhbatlar bo‘lgan.

Bu bizdagi she’rxonlik va ilmiy suhbat kechalariga o‘xshaydi.

Eng ilmli va saralangan insonlar chaqiriladi. Aynan shu suhbat qatnashchilarni qolganlardan oldinroqda bo‘lishini ta’minlaydi.

Balki aynan shu suhbatlar yana Navoiy, Bobur, Ulug‘bek va Temurlarni yetishtirib berar.

Ustozlar yig‘ilib, shunday pedagogik suhbatlar o‘tkazsak, nima deysiz?

Hikmatli gap ma’nosini kim tahlil qilib bera oladi?)

@MuallimMuhammad
34👍19🔥17💯7
Maktab nega kerak?

Bolalar ta’limda nimalarga erishgani emas, bunda necha yil sarflagani kelajakda muhimroq rol o‘ynaydi, deyapti mana bu kitobda.

Maktabni to’liq o’qiganlar uni 9-sinfgacha o’qiganlardan 48% ko’proq daromad topadi. Universitetda o‘qib bitirmaganlar ulardan 78%, bitirganlar esa 346% daromadliroq bo‘ladi.

Maktabni to‘liq o‘qiganlar, tashlab ketganlardan ko‘ra 6–9 yil ko‘proq umr ko‘radi. Jinoyatchilikka qo‘shilishi 10–20% ga kamayadi. Ijtimoiy yordam olishi ham 20–40% ga past bo‘ladi.

Davlat maktablarga ko‘proq pul ajratishi kelajakdagi soliq tushumlarini oshiradi, jinoyatchilik va ijtimoiy yordamga ketadigan xarajatlarni qisqartiradi.

Maktab vazifasi bolalarni faqat a’lo baholarga o‘qiydigan qilish emas.

1. Dunyo siyosiy masalalarini holis tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish.

2. Tarixi va qadriyatlarini o‘rganish. Ma’lumotlarni tekshirish, tahlil qilish va qadriyatlariga asoslanib bahslasha olish ko‘nikmasini shakllantirish.

3. Xarakterini shakllantirish.

Bularning barchasi uning fanlardan olgan bilimlariga bog‘liq. Demak, bola maktabda fundamental barcha fanlarni bilishi kerak.

Chunki izlanish va tahliliy fikrlash bilimdan ajralgan holda amalga oshmaydi.

Postni moliya vazirligida ishlaydigan tanishingizga jo’natib qo’ying. Balki maoshlar oshib qolar)

@MuallimMuhammad
24🔥17😁1615💯7👍3
Angliyada bolalar nima o‘rganishyapti?

10 kundan beri 11–17 yoshli bolalar bilan Angliyadamiz.

Nimalar o‘rganishyapti?
1. Ingliz tili darslari.
2. Mustaqillik va mas’uliyat.

Yotoqxonada, o‘qishda, sayohatda biror muammo tug‘ulsa — biz deyarli hal qilib bermayapmiz.

🔹 Ustoz, guruhimni o‘zgartirmoqchiman.
— Ok. Stuartga bor, gaplash.

🔹 Ustoz, bular qayerlik?
— Bilmadim. Borib so‘ra.

🔹 Ustoz, bu yerda halol ovqat bormi?
— Bilmadim. Kafega kirib, so‘rab chiq sertifikatini.

🔹 Ustoz, futbol vaqtini uzaytiraylik.
— Mayli, Joshni ko‘ndirib kel.

Bu yerda masala faqat ingliz tili rivojlanishida emas.
Ha, ingliz tili o‘smoqda. Eng muhimi esa — “men chet ellik bilan bemalol gaplasha olarkanman” degan ichki ishonch paydo bo‘lyapti.

Bolalarimiz o‘z muammolarini o‘zlari, boshqa tilda, boshqa davlatda hal qilishni o‘rganishyapti.

Mana shu uchinchi ko‘nikma eng qimmatidir. Balki, aynan shu ko‘nikma barcha to‘langan pullarni oqlab berar.

Shu postni yozdim-u, o‘ylab qoldim:
nega bolalarimizga shu narsani O‘zbekistonda, ko‘z oldimizda o‘rgatmaymiz?
Nega hammasini o‘zimiz hal qilib berishimiz kerak, deb o‘ylaymiz?

@MualimMuhammad
84👍64💯1715🔥7
Suhbatlar muammolarni yechadi

Universitetda o’qiyman 22 yoshlar atrofidaman. Dekanat bilan tortishib qoldim. Uydagilaringni chaqirib kel bo’lmasa o’qishga kirgizmaymiz deyishdi.

Men yetarlicha kattaman va o’z muammolarimni o’zim hal qila olaman. Ba’zi men tengi kursdoshlarimizni farzandlari bor. Biz ota onamizni chaqiradigan emas, ota-ona bo’lib muammolarni yechish yoshiga yetdik dedim.

Ular tushinishni xohlashmadi, men ham haq bo’lsam ortda qaytadiganlardan emasdim)

Maktabda asosan katta sinflarni o’qitaman(8 va undan yuqori). Eng kam qiladigan ishim sinf rahbari va ota-onalarni chaqirish. Muammolar tug’ulganda eng birinchi aytadigan gapim siz yetarlicha kattasiz deb umid qilaman va buni o’zingiz bilan suhbatda yecha olamiz deb o’ylayman deyman.

Va ko’p hollarda suhbatlar bilan muammolar yechiladi. Bolalar mustaqillikni va o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Orada munosabatlarimiz ham mustahkamlanadi.

Bola bilan muammolar paydo bo’lganda uchinchi shaxsni oraga qo’shish(ota-ona, sinf rahbar, boshqa ustoz), men bu muammo oldida ojizman va men seni eplay olmayman degan ishorani beradi. Bu obro’yingizni to’kadi!

@MuallimMuhammad
💯8330👍19🔥102😁1
Registon o’quv markazlarida ikki kundan beri treningdamiz.

Ustozlar yangi o’quv yiliga qurollanishyapti⚔️🧨

Sizchi yangi o’quv yiliga qurollandingizmi?)
👍188🔥6💯1
Formula aniq

Mening darajamga chiqish siri ochiq: nimalar qilish va qilmaslik ro‘yxati ham aniq. Faqat har kuni turib shu ishlarni qilish kerak.

Buning qiyinligi retseptning sirliligida emas, uni qila olishda. “Bunday davomiylikka hech kim sabr qilolmaydi, xolos”,

— degandi Cristiano bir intervyusida.

Aziz aka Rahimov bilan 15 kun birga bo‘ldik. Fikrlash va ilmliliklarining siri ham oddiy: bo‘sh bo‘ldilarmi, kitoblarini olib o‘qib o‘tiradilar yoki bloknotlariga nimadir yozib o‘tiradilar.

Bu zamon va makon tanlamaydi: samolyot, aeroport, yotoqxona, tadbirlar zali, kechasi yoki kunduzi. Bo‘sh vaqtlari bo‘lsa, shu ikki ishdan biri bilan band ekanliklarini ko‘rdim.

Muvaffaqiyat sirlari ochiq. Masala esa yana shu: sabr bilan qila olishda.

@MuallimMuhammad
👍7032🔥129💯1
Namunalar

Mana bu ishni bunday qilasiz. Tushunmasangiz, namunaga qarab olasiz, deyiladi. Namuna — siz qilayotgan ishning eng mukammal shakli bo‘ladi.

Namunalar xatolarimizni kamaytiradi, miyamizda aniq xarita va to‘g‘ri harakatlar ketma-ketligini yaratadi. Unga ergashganlar kam bo‘lmaydi.

Balki, shu bois, siyrat – to‘g‘ri hayotning eng mukammal namunasi. Uni o‘rganganlar, unga ergashganlar adashmaydi.

Ustozlikda ham namunalar bor. Eng zo‘r ustoz bo‘lmoqchiman, tarixda nom qoldirmoqchiman deganlar o‘rganishi shart.

Makarenko, Montessori, Korczak, Komenskiy biografiya kitoblari bizga tayyor namuna. Albatta o‘qing.

O‘zim yaqinda ko‘rgan ikki kinoni ham maslahat berib ketmoqchiman.

Biri — “Super 30”, Anand Kumar hayoti misolida ta’lim orqali jamiyatga qanchalik katta ta’sir eta olishimiz mumkinligi va missiyani topish haqida.

Ikkinchisi — “Front of the Class”, Brad Cohen misolida taslim bo‘lmaslik orqali qayergacha bora olishimiz, jamiyatdagi ba’zi stereotiplar esa faqat insonlar miyasidagi cheklov ekanligini ko‘rib olamiz.

Ikki qahramon ham hayotdan olingan va hali ham tirik. Intervyularini ko‘rishingiz, hayotini o‘rganishingiz mumkin. Kam bo’lmaysiz)

@MuallimMuhammad
👍46215🔥5
Ilk dars uchun qo'llanma.pdf
343.8 KB
Birinchi dars — yil taqdiri: uni qanday o‘tkazasiz?

70–80% talabalar o‘qituvchi haqida ilk taassurotni 5–15 daqiqada shakllantiradi.

1 ta salbiy taassurotni tuzatish uchun 20 marta ijobiy aloqa kerak bo‘ladi.

65–70% o‘quvchilar yil davomida o‘qituvchini shu taassurot asosida baholaydi.


Xulosa: Ilk darsingiz = eng muhim darsingiz!

Muhimligini bilamiz, ammo birinchi darsni qanday o‘tkazishni aniq bilmaymiz.

Shu sabab men, “Zamonaviy Pedagog” kursi asoschisi, Muhammad Uralov, siz uchun maxsus qo‘llanma tayyorladim.

Qo‘llanmada — birinchi darsni samarali o‘tkazish bo‘yicha aniq, amaliy va oddiy ko‘rsatmalar berilgan.

Ustozlar guruhiga ulashib qo'yishni unutmang.

https://t.me/+Oa5QeuKpsL5hNzgy
37👍3531🔥6😁1