Muallim Muhammad
10.8K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Lavozimingizni aniqlab oling!

Bir akamizni ayollari o‘tib qopti. 2-3 farzandi bilan o‘zlari qolib ketibdi, deb qolishdi.

Sekundlar ichida akani tahlil qila ketdi miyam. Hozirgi holatini emas, akaning salohiyatini o‘ylay boshladim.

Ilmli, ko‘pni ko‘rgan, mulohazali va sabrli inson. Og‘ir musibat, lekin aka ko‘tara oladilar. Bekorga ularga berilmagan. Balki, men ko‘tara olmasdim, shuning uchun loyig‘iga berilgandir.

Imomdan G‘azodagi insonlarga nimalar qila olamiz, deb so‘rashyapti. “Sizlarning hech narsangiz ularga kerak emas. Ular kuchli, matonatli. Bekorga aynan ularga kelmagan bu musibatlar. Bizga kelsa, ko‘tara olmasligimizni bilgan Zot ularga bergan”, deyaptilar. Faqat duo qiling. Ilm olib, kuchli musulmon bo‘ling. (Oxirgi jumla meniki.)

Alloh hech bir jonni uning toqatidan tashqari (narsaga) mukallaf qilmaydi.
(Baqara surasi, 286-oyat)


Biz hozir o‘ylab, siqilib yurgan muammolarimiz — bizning asl darajamiz va kimligimizni bildiradi. Axir darajamizdan ortiq vazifalar berilmaydiku!

Maktab asoschisi bo‘lishga ko‘nikmalari yetadigan insonni maktab qorovuli qilib qo‘yishmaydiku? To‘g‘rimi?

O’ylang. Tahlil qiling. Siz hozir qanday muammolar bilan bandsiz? Lavozimingiz qanday?

@MuallimMuhammad
🔥681919💯13👍5
“Zamonaviy Pedagog” kursi endi oflayn premium tarzda!

O‘tgan yili shu vaqtda boshlangan “Zamonaviy Pedagog” kursimizda 1000 nafarga yaqin ustozlarni o‘qitishga muvaffaq bo‘ldik. Juda ko‘p rahmatlar eshitdik:

So‘rovnoma o‘tkazganimizda NPS ko‘rsatkichi — 100% bo‘ldi, yaʼni kursda qatnashgan barcha o‘qituvchilar uni boshqalarga ham tavsiya qilishgan.

Xullas, shu natijalardan ilhomlanib, taʼtildan unumli foydalanish maqsadida oflayn intensiv guruh ochmoqchimiz.

Darslar chuqurlashtirilgan va amaliyotga asoslangan holda olib boriladi.

Darslar 21-iyul, dushanba kunidan boshlanadi.

Zamonaviy Pedagog PREMIUM” kursi haqida batafsil maʼlumot olish uchun: https://www.notion.so/Zamonaviy-Pedagog-Premium-kursi-23148e71f022803fb465d5a91b8b0314?source=copy_link
11🔥7👍61
O’zingizni ham sug’orib turing

Daraxt mevaga kirgunicha 2-3 yil tinmasdan sug’oriladi, o’g’itlanadi, mehr beriladi. Keyin hosilga kiradi.

Meva berishdan oldingi jarayonlar ketma-ketligi qanchalik to’g’ri va uzoq muddat qilinsa meva berish jarayoni ham shunchalik uzun va sifatli bo’ladi.

O’qituvchi ham xuddi shu daraxtdek, bu darajaga chiqqunicha ma’lum vaqt mehnat qilingan, ilm olingan.

Lekin hozirgi mevaga mahliyo bo’lib o’zini sug’orishni unutib qo’ysa, tez orada qurigan daraxtga aylanadi. Bolalar undan zerikishni boshlaydi.

Hozirgi darajangiz 3-5 yil oldin olgan bilimlaringiz natijasi, hozirgi harakatingiz yoki harakatsizligingiz hosilini 3-5 yildan keyin yig’asiz. Hozirgi natijaga aldanib qolmang!

Yoz esa o’z ustida ishlashning ayni vaqti. Vaqtingiz bo’lsa sizni “Zamonaviy pedagog” kursimiz da kutamiz. Mevasi uzoq kuttirmaydi)

@MuallimMuhammad
35👍22🔥117💯1
Balki, oxirgisi

Zamonaviy pedagog offline kursga e’lon berganimizda ko’pchilik online ham so’rashdi.

Kursimizning yoz uchun, balki, oxirgi sotuvi ochilyapti. Yozning qoq o’rtasidamiz, dam ham oldik, tayyorgarlik uchun vaqt ham yetarli. Ta’til puli ham tushgandir))

Donolar qish g’amini yozda yeyishadi. Tayyorgarlik qiyin bo’lsa, jang oson bo’ladi. Ustozlar 9 oylik “jangi” boshlanishiga ham 1 oy vaqt qoldi. Biz bilan tayyorgarlikka nima deysiz?)

Xullas, seshanbadan online darslarimiz boshlanadi.

Mani nomimdan kursga yozilgan birinchi 10 ta ustozga 50% chegirma qilib berishadi)

Batafsil: https://telegra.ph/Zamonaviy-Pedagog--Ozgarayotgan-Dunyoga-Mos-Ustozlar-Uchun-07-16
15🔥5💯3👍1
Odamlarga qanday ishonay?

“Agar Uhud tog’i boshqa joyga ko’chdi desa ishonaman. Lekin bir inson tabiati o’zgardi desa, ishonmayman.”
— Umar ibn Xattob


12 yildan so‘ng sinfdoshlar bilan yig‘ildik. 4 soat o‘tirdik. Men asosan kuzatdim, suhbatlarni eshitdim. 12–15 yil oldingi sinfdoshlarimni esladim, solishtirdim.

Lider sinfdoshim hali ham tashkilotchi, hammani yig‘ib yuribdi. Boyvachchasi hali ham o‘z qilgan harajatlarini maqtanish bilan ovora, qizlarga suyagi yo‘g‘i — uylangan bo‘lsa ham o‘zgarmagan. Yolg‘onchisi bu safar ham “hozir boraman” deb aldab ketdi.

Odamlar kelajagini ko‘rish imkoni bormi? Ha. Ularning o‘tmishdagi ishlariga qarang. Katta ehtimol bilan ular kelajakda takrorlanadi.

Tarki odat — amri mahol.
Odatlarimizni ko‘p takrorlar ekanmiz, shaxsiyatimizning bir bo‘lagiga aylanib ketadi. Qutulolmay qolamiz.

O‘zingiz yaxshilab eslang: qaysi yomon 3 ta odatingizni to‘liq tashlab yubordingiz? 1 yildan beri biror marta ham qilmadingiz?

3 ta emas, 1 ta topish ham qiyin. Ayniqsa yosh o‘tgan sayin.

Bu mutlaq qoida emas, lekin ommatan tushadi. Odamlarni saralab, kelajakdagi holatini taxmin qilish mumkin.

Yor tanlamoqchimisiz? O‘tmishiga qarang.
Do‘st tanlamoqchimisiz? O‘tmishiga qarang.
Xodim tanlamoqchimisiz? Nima qilishni endi bilasiz!

@MuallimMuhammad
👍4921🔥133💯1
Ish qidiryapsizmi?

Talabasiz yoki endi o’qishni bitirdingiz ish qidiryapsiz. Qanday ish topsam, qayerdan topsam, qanday shartlar qo’ysam ishlasam kira olaman, o’sa olaman deb o’ylayotgan bo’lsangiz kerak.

Ikkita oddiy shart bor.

Shular haqida instagramga video joyladim. O’tib ko’rinishingiz mumkin)

Link: https://www.instagram.com/reel/DMcgm2Vt9_n/?igsh=djVvZWMydnRhZHo3

Linkni ish qidirayotgan do’stlaringizga jo’natishni unutmang)

@MuallimMuhammad
🔥158👍81😁1
Boshimga tushgan g’isht hikmati

Yoshligimda mahallamizda meva
daraxti bo‘lardi. Mevalarini qoqib olardik.

Bir kun borib tosh otdim, boshimga g‘isht kelib tushdi) Kimdir otganda ilinib qolgan ekan)

Bosh qonadi, ariqda qonni yuvib, uydagilardan gap eshitmaslik uchun hech kimga aytmasdan o‘tkazib yubordim.

6 yildan keyin harbiy akademiyaga topshirib, o‘sha vaqtdagi jarohat sabab tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmadi. Keyinchalik bezararligi aniqlandi, lekin endi imtihonga kirishga kech edi.

Keyin Pedagogika universitetiga kirdim. Tarix o‘qib, organ sohasiga o‘tib ketishni mo‘ljallagandim.

Orada kitoblar o‘qidim, ingliz tili o‘rgandim, qadriyatlarim shakllandi, dunyoni tushuna boshladim, o‘zligimni tanidim. Xulosa keldi — menga bu soha to‘g‘ri kelmaydi.

Men qadriyatlar bilan erkin yashashni xohlayman, bu esa uning g‘irt teskarisi.

Sal o‘tib, dars berib o‘zining haqiqiy sohamni ham topdim. Ustozlar topdim, ilmlar o‘rgandim, o‘rgatdim, ba’zi yutuqlarga erishdim. Minglab ustozlarni o‘qitdik.

Barchasiga sababchi — o‘sha boshimga tushgan g‘isht edi. Imtihonga kirolmaganimda va boshim og‘riganda xafa edim, hozir hikmatini bilaman — xursandman. Shukr aytaman.

Hayotda boshimizga “toshlar, g‘ishtlar” tushar ekan — xafa bo‘lmang, o‘ksinmang. Hammasi hikmat bilan, Hikmatli Zot tomonidan qilinmoqda. Faqat anglash uchun ozgina vaqt kerak, xolos.

@MuallimMuhammad
107🔥44💯368👍8
Ustozman nima kitoblar o’qishim kerak? O’rgatish, o’rganish, shaxsiy rivojlanish uchun ustozlarga mos kitoblar maslahat bering deyishadi.

Do’stim Mohir shu haqida YouTubeda foydali video tayyorlabdi. Kitoblar izlab yurganlar ko’rishingiz mumkin.

Link: https://youtu.be/Irsz5Yib0LA?si=-aN3Mh7_pHFrZJy1
23🔥10💯76👍3
Bolaga o’zligini topishga qanday yordam bersa bo’ladi?

6-12 yosh oralig’ida “shvedskiy stol” tashkil qiling. Bolani imkoni bor barcha to’garak, qo’shimchalarga bering.

Qaysidir to’garakdan olib ketayotganingizda bola qarshilik ko’rsatish yoki ko’rsatmasligiga qarab uni nimaga qiziqadi yoki yo’q bilib olasiz. Kuzating, tahlil qiling. Bolaning kuchli tarafini aniqlab bering.

12 yoshdan keyin eng kuchli taraflariga kuch bering. Qolganlarini ikkinchi darajaliga tushuring. Shundagina farzandingiz 18 yoshida hayotda nimagadur erisha oladigan insonga aylanadi.

Margulan amaki

@MuallimMuhammad
50👍36🔥2113💯3
Ustoz tayyor bo‘lganingizda keladi

$1500 lik kursga bordik, mavzular o‘ta dolzarb, nozik. Shu darsda ham uxlaydiganlar va darsga umuman kelmaydiganlar topilardi.

Muammo ustozda emas, shogirdlar bu ilmga tayyor emasdi, hali hayotida bu ilmlar yecha oladigan og‘riqlarga yetib kelmagandi.

Ustozim bir kitob maslahat berdi, o‘qib umuman foyda olmadim. Men eng ko‘p foyda olgan kitoblarimdan birini o‘quvchilarim umuman tushunishmadi.

Bu yerda bitta umumiylik bor: shogirdlar ustozlar bermoqchi bo‘lgan ilm darajasidagi muammoga hali yetib kelmagan. Ehtiyoj bo‘lmagani uchun, ilm ham tushunarsiz.

Gap o‘qiyotgan kitob yoki bo‘layotgan voqealarda emas, asosiy masala bizning miyamizda, tahliliy ko‘nikmamizda va ichki olamimiz qanchalik boyligida!

Shular tayyor bo‘lsa, butun hayot ustozga aylanadi, hamma narsa va har bir voqea dars bera boshlaydi!

Ustoz qidirmang, uning kelishiga o‘zingizni tayyorlang. Shogird tayyor bo‘lganda, ustoz paydo bo‘ladi!

@MuallimMuhammad
👍7725🔥2417💯6
Forwarded from Rahimov School
🎙5-sinf o‘quvchilari bilan suhbat | Ta’lim podkasti

Rahimov School ta’lim podkastining navbatdagi sonida siz endi o‘qituvchilar emas, balki o‘quvchilarimiz bilan tanishasiz! 5-sinf boʻlishlariga qaramay ular barcha savollarimizga ajoyib tarzda javob berdilar. Bu savollar orqali ularning dunyoqarashini ochib berishga harakat qildik.

Sizga suhbat yoqdimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring✍🏻

@RahimovSchool
🔥13👍871
Rahimov School
🎙5-sinf o‘quvchilari bilan suhbat | Ta’lim podkasti Rahimov School ta’lim podkastining navbatdagi sonida siz endi o‘qituvchilar emas, balki o‘quvchilarimiz bilan tanishasiz! 5-sinf boʻlishlariga qaramay ular barcha savollarimizga ajoyib tarzda javob berdilar.…
5-sinf polaponlarim bilan podcasti qildik, mazza qilib suhbatlashdik.
Umumiy 50 dan oshiqroq shunday bolajonlar bilan mazza qilib ishladim bu yil)

Videoni kirib ko’ring, izohlarda o’z fikrlaringizni qoldiring. Vaqtingizga achinmaysiz)
🔥2877👍2
Olimlar ba’zan ilmni timsollar, majozlar, topishmoqlar shakllarda ya’ni ilmni idrok etish qiyin shaklda tashlab ketishgan.

Maqsad ilmni noto’g’ri yo’lda ishlatuvchilar va qadrlamaydiganlar o’rganolmasin deyilgan deyapti Fozil odamlar shahri kitobida.

@MuallimMuhammad
👍50🔥22145
Tarbiyalashyapti

7-avgustda Rahimov School bolalarini Londonga olib ketyapmiz. Loyihaga meni mas’ul qilishgan.

Ota-onalar bilan oxirgi 4-5 oyda tinimsiz ishladik, suhbatlashdik.

Deyarli barchasining tilidan “xo‘p bo‘ladi”, “labbay” so‘zlari tushmaydi. Muomalasi juda chiroyli. Meni ham o‘rgatib qo‘yishdi)

1 bolaga o‘rtacha $4–5 ming ketishini va bu pulni 15 kun uchun to‘lashga tayyorligini hisobga olsak, ular moliyaviy mustaqil.

O‘ylab qoldim, moliyaviy mustaqilligi uchun muomalani qiyvorarmikan, yoki muomala madaniyati zo‘r bo‘lganligi uchun moliyaviy mustaqilmikan ular?

@MuallimMuhammad
59🤔37🔥1510👍9😁6
Angliyadan salomlar)

2-kun Angliyadamiz, tushlikkacha ingliz, italyan ustozlari bilan fikrlar almashdik. Britaniya milliy choyi bilan mehmon qilishdi.

Ikkinchi rasmda kichik shahar Worchesterning ko’rinishi.

Tushlikdan keyin Sheksper tug’ilgan uyi va maktablarini aylandik.

Angliya ta’limi, madaniyati, shaharli va tabiati bilan tanishyapmiz.

Aziz aka Rahimov bilan aylanish yanayam qiziq. Guide(git)larga ham o’zlari o’rgatib ketyaptilar😅

Agar sizlarga qiziq bo’lsa ko’rgan, o’rganganlarimni shu yerda bo’lishib boraveraman.

@MuallimMuhammad
🔥103👍382423😁3🤔1
Bolalar ko‘prog’iga qodir

25 ta o‘g‘il bola 5-sinflarimni dachaga olib bordik. Birinchi ota-onalarni borganimizdan keyin dacha egasini bolalar biz o‘ylaganimizdan tartibliroqligiga ishontirishga to‘g‘ri keldi.

Dunyoda 5-o‘rinda turadigan Istanbul aeroportida Aziz aka 35 ta bolaga 2 soat vaqt berib: “Xohlagan joyingizga boring, lekin 2 soatdan keyin shu yerda bo‘ling”, — deb ruxsat berib yubordilar. Na telefon, na internet bor.

Lekin Londonga reysimizga hech kim kech qolmadi, hech kim adashib ham qolmadi.

Angliyada Cardiffga bordik, London aeroportida yurdik. O’zga yurtda ham bolalar ancha mas’uliyatli. Kuzatuvim: bolalar biz o‘ylagandan ancha aqlliroq va ongliroq.

Shu vaqt hayolimga bolalarini mahallaga, do‘konga, 5 km naridagi maktabga, mamlakatimiz ichidagi sayohatlarga qo‘rqib jo‘natmayotgan ota-onalar keldi.

Yo‘q, biz bolalarga ishonmasdan adashyapmiz. Ishoning, ular ko‘proq ishlarga qodir.

Faqat 2 holatni hisobga oling!

1. Holatni va nima qilmaslik kerakligini aniq tushuntiring. Oqibatini yetkazing.

2. Erkinlik berganingizdan keyin uni kuzatmang. To‘liq ishoning.

Kuzatuv bosim beradi. Yoshligida dadasi kuzatuvida dovdirab biror ish qila olmagan yoki mashina haydagan o‘g‘il bolalar buni yaxshi tushunishadi.

Birinchisida bo’lmasa, ikkinchisida ular uddalashadi.

@MuallimMuhammad
16429💯22🔥17👍6
Suhbatlar

Shekspir yashagan uyga borganda shunday likopchalarni ko‘rdik. Ziyoli mehmonlar chaqirilib, ziyofat qilinar va oxirida shu idishga desert olib kelishgan.

Likopcha orqasiga hikmatli jumla yozilgan. Ilmiy, diniy, falsafiy hamda siyosiy suhbatlar shu hikmatlar atrofida qurilgan. Chuqur suhbatlar bo‘lgan.

Bu bizdagi she’rxonlik va ilmiy suhbat kechalariga o‘xshaydi.

Eng ilmli va saralangan insonlar chaqiriladi. Aynan shu suhbat qatnashchilarni qolganlardan oldinroqda bo‘lishini ta’minlaydi.

Balki aynan shu suhbatlar yana Navoiy, Bobur, Ulug‘bek va Temurlarni yetishtirib berar.

Ustozlar yig‘ilib, shunday pedagogik suhbatlar o‘tkazsak, nima deysiz?

Hikmatli gap ma’nosini kim tahlil qilib bera oladi?)

@MuallimMuhammad
34👍19🔥17💯7
Maktab nega kerak?

Bolalar ta’limda nimalarga erishgani emas, bunda necha yil sarflagani kelajakda muhimroq rol o‘ynaydi, deyapti mana bu kitobda.

Maktabni to’liq o’qiganlar uni 9-sinfgacha o’qiganlardan 48% ko’proq daromad topadi. Universitetda o‘qib bitirmaganlar ulardan 78%, bitirganlar esa 346% daromadliroq bo‘ladi.

Maktabni to‘liq o‘qiganlar, tashlab ketganlardan ko‘ra 6–9 yil ko‘proq umr ko‘radi. Jinoyatchilikka qo‘shilishi 10–20% ga kamayadi. Ijtimoiy yordam olishi ham 20–40% ga past bo‘ladi.

Davlat maktablarga ko‘proq pul ajratishi kelajakdagi soliq tushumlarini oshiradi, jinoyatchilik va ijtimoiy yordamga ketadigan xarajatlarni qisqartiradi.

Maktab vazifasi bolalarni faqat a’lo baholarga o‘qiydigan qilish emas.

1. Dunyo siyosiy masalalarini holis tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish.

2. Tarixi va qadriyatlarini o‘rganish. Ma’lumotlarni tekshirish, tahlil qilish va qadriyatlariga asoslanib bahslasha olish ko‘nikmasini shakllantirish.

3. Xarakterini shakllantirish.

Bularning barchasi uning fanlardan olgan bilimlariga bog‘liq. Demak, bola maktabda fundamental barcha fanlarni bilishi kerak.

Chunki izlanish va tahliliy fikrlash bilimdan ajralgan holda amalga oshmaydi.

Postni moliya vazirligida ishlaydigan tanishingizga jo’natib qo’ying. Balki maoshlar oshib qolar)

@MuallimMuhammad
24🔥17😁1615💯7👍3
Angliyada bolalar nima o‘rganishyapti?

10 kundan beri 11–17 yoshli bolalar bilan Angliyadamiz.

Nimalar o‘rganishyapti?
1. Ingliz tili darslari.
2. Mustaqillik va mas’uliyat.

Yotoqxonada, o‘qishda, sayohatda biror muammo tug‘ulsa — biz deyarli hal qilib bermayapmiz.

🔹 Ustoz, guruhimni o‘zgartirmoqchiman.
— Ok. Stuartga bor, gaplash.

🔹 Ustoz, bular qayerlik?
— Bilmadim. Borib so‘ra.

🔹 Ustoz, bu yerda halol ovqat bormi?
— Bilmadim. Kafega kirib, so‘rab chiq sertifikatini.

🔹 Ustoz, futbol vaqtini uzaytiraylik.
— Mayli, Joshni ko‘ndirib kel.

Bu yerda masala faqat ingliz tili rivojlanishida emas.
Ha, ingliz tili o‘smoqda. Eng muhimi esa — “men chet ellik bilan bemalol gaplasha olarkanman” degan ichki ishonch paydo bo‘lyapti.

Bolalarimiz o‘z muammolarini o‘zlari, boshqa tilda, boshqa davlatda hal qilishni o‘rganishyapti.

Mana shu uchinchi ko‘nikma eng qimmatidir. Balki, aynan shu ko‘nikma barcha to‘langan pullarni oqlab berar.

Shu postni yozdim-u, o‘ylab qoldim:
nega bolalarimizga shu narsani O‘zbekistonda, ko‘z oldimizda o‘rgatmaymiz?
Nega hammasini o‘zimiz hal qilib berishimiz kerak, deb o‘ylaymiz?

@MualimMuhammad
84👍64💯1715🔥7
Suhbatlar muammolarni yechadi

Universitetda o’qiyman 22 yoshlar atrofidaman. Dekanat bilan tortishib qoldim. Uydagilaringni chaqirib kel bo’lmasa o’qishga kirgizmaymiz deyishdi.

Men yetarlicha kattaman va o’z muammolarimni o’zim hal qila olaman. Ba’zi men tengi kursdoshlarimizni farzandlari bor. Biz ota onamizni chaqiradigan emas, ota-ona bo’lib muammolarni yechish yoshiga yetdik dedim.

Ular tushinishni xohlashmadi, men ham haq bo’lsam ortda qaytadiganlardan emasdim)

Maktabda asosan katta sinflarni o’qitaman(8 va undan yuqori). Eng kam qiladigan ishim sinf rahbari va ota-onalarni chaqirish. Muammolar tug’ulganda eng birinchi aytadigan gapim siz yetarlicha kattasiz deb umid qilaman va buni o’zingiz bilan suhbatda yecha olamiz deb o’ylayman deyman.

Va ko’p hollarda suhbatlar bilan muammolar yechiladi. Bolalar mustaqillikni va o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Orada munosabatlarimiz ham mustahkamlanadi.

Bola bilan muammolar paydo bo’lganda uchinchi shaxsni oraga qo’shish(ota-ona, sinf rahbar, boshqa ustoz), men bu muammo oldida ojizman va men seni eplay olmayman degan ishorani beradi. Bu obro’yingizni to’kadi!

@MuallimMuhammad
💯8330👍19🔥102😁1