Muallim Muhammad
10.8K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Yozda nima qilay?

2021-yil karantinda Moxirning uyida birga ingliz tili o‘qishni boshladik. Individual ustoz yolladik. Ko‘chaga chiqolmaymiz, kuniga 7–8 soatlab dars qilardik, 6 oy tayyorlandik.

Individual darslar qimmatroq, oilam ham ishdan uzilib qolgandi. 1 oycha o‘qidim. Uydagilar: “O‘z o‘qishing uchun ozgina pul topsang yaxshi edi,” deyishdi. Qurilishga mardikor bo‘lib ketdim. 1 hafta ishladim. Yaxshi to‘lashdi. 2 oylik dars pulimni yig‘dimu, ortiqcha bir kun ham qolmasdan Moxirnikiga qaytdim. Darslarni davom ettirdik.

Men umiversitetda ham, litseyda ham ishlaganman. Faqat bir qoidaga amal qilardim: o‘qishimga yetarlicha pul yig‘ilishi bilan ta’limga qaytaverardim.

Shu davrlarda men bilan ishlagan va pul topishga berilib ketgan do‘stlarim bo’lgan. Mardikorlik, ofitsiantlik, sotuvchilik qilardik. Ular pulga qiziqib, ta’limni unutishdi.

Universitet ham tugadi. Menda tarixdan ilm va IELTS sertifikatim bor edi. Pul topgan do‘stlarimda esa sarflangan pullari bilan xotiralar. Raqobatga dosh berolmay ko’plari viloyatlarga qaytib ketishdi.

Nima demoqchiman?

Siz abituriyent yoki student bo‘lsangiz, ishlash kerakmi? Ha, lekin maqsad — ta’limingizga yetarli pul topish bo‘lsin. Siz mutaxassis bo‘lmaganingizda sizga to‘lanayotgan pullar sizga katta ko‘rinsa ham, mutaxassislikdan keyingi daromadning 1/10 qismi ham emas. Ishoning! Hozirgi kichik pullarga aldanib qolmang, orzularingizni buncha arzonga sotib qo‘ymang!

Yoz — ishlash va o‘qishning asosiy vaqti. Student bo‘lsangiz, kelayotgan o‘quv yili uchun 2 oyda pul to‘plab oling. Keyin esa bosib o‘qing. Hozir qotgan non yeyib tursangiz ham bo‘ladi. Shunda sizni yaxshi kelajak kutadi!

@MuallimMuhammad
👍11058🔥3211
Biz qachon o’zgaramiz?

Birinchi yil ishlayotganimda tajribali hamkasbim bir maslahatni jiddiy tayinlagan. To‘g‘ri deganman-u, amal bo‘lmagan.

Xatoni qilgach, uzoq vaqt qiynalganman. Maslahat emas, voqelik meni o‘zgartirgan. Qaytib qilmaydigan qilib qo’ygan shu xatoni.

Sartaroshim aytib qoldi:

“Boshida sochni nomiga olardim, buzib qo‘yardim. Buni sezsam ham ustimda ishlamasdim. Bir akanikini buzib qo‘ydim, hammani oldida rosa gapirib izza qildi. Qattiq ta’sir qildi, uyaldim. Shu kundan ustimda ishlashni, mijozlarga e’tiborli bo‘lishni boshladim. Sifat yaxshilandi, kasbim yoqa boshladi”.

Odamlarni o‘zgartirolmaysiz, ularni faqat voqelik o‘zgartira oladi deganda haq edi Taleb.


Murod Nazarovga “Yoshlarga nima maslahat berasiz?” deganda: “
Hech qanday. Bilganingizni qiling. Baribir shunday qilasizlar”, — degan edilar.


Xulosa

Maslahatni so‘ragan va yiqilganlargagina bergan ma’qul. Qolganlar ishlatmaydi yoki ishlatolmaydi.

Doimiy maslahat beraversangiz “mijg’ov” ga aylanasiz, hurmatingiz tushadi.

@MuallimMuhammad
👍7331💯22😁13🔥73🤔1
Muallim Muhammad
N-Namuna 1878-yil Varshavada advokat oilasida tug‘ildi. Tibbiyot universitetini tamomladi va Yapon-Rus va 1-jahon urushlarida armiya shifokori bo‘lib ishladi. 1911-yili o‘z millatdosh bolalari ochligi, qiyinchiligiga qarshi Yetimlar uyini ochdi. Bolalarga…
Yanush Korchakdan 15 iqtibos

1. Kattalar bolalarga jahl qilmasligi kerak — bu ularni tuzatmaydi, faqat yomonlashtiradi xolos.

2. Tarbiyachi bo‘lish — bu qamab qo‘yish emas, erkinlik berish; sindirish emas, shakllantirish; bo‘ysundirish emas, ilhomlantirish; buyurish emas, o‘rgatish; talab qilish emas, savol berishdir. Shunday tarbiyachi bolalar bilan birga juda ko‘p ilhomli onlarni boshidan kechiradi.

3. Agar tarbiyachi hech qanday muammo xohlamasa, javobgarlikdan qo’rqsa va bu orqali bolalarga erkinlik bermasa — u aslida zolim (ya’ni zo‘ravon ustoz).

4. Zo‘rlik, bosim yoki majburlash bilan erishilgan natijalar — hech qachon mustahkam, to‘g‘ri yoki ishonchli bo‘lmaydi.

5. Bolaning ruhi ham xuddi bizniki kabi murakkab — u ham shunday ichki qarama-qarshiliklar bilan to‘la: intiladi-yu, lekin uddalay olmaydi; nima qilish kerakligini biladi-yu, lekin o‘zini majbur qila olmaydi.

6. Bola degan narsa yo‘q — odam bor.

7. Bolalarning ko’p o‘yinlari kattalarning jiddiy hayotiga taqliddir.

8. Bola qanday bo‘lsa — shundayligi uchun jahli chiqadigan, xafa bo‘ladigan tarbiyachi — bu haqiqiy tarbiyachi emas.

9. Farzandingizga g’azab va alamingizni sochmang. Aks holda, keksalikda qotgan non yeb qolishingiz mumkin. Nima eksangiz, shuni o‘rasiz.

10. Farzandimiz menga o‘xshasin deb emas, o‘zligini topa olishi uchun yordam beraylik.

11. Odam hayotidagi eng muhim uchrashuvlar — bolalar bilan bo‘lgan uchrashuvlardir. Chunki kimni uchratayotganingizni hech qachon bilmaysiz.

12. Nega bir bola bir tarbiyachiga yomon ko‘rinadi-yu, boshqasiga yaxshi? Chunki biz barcha bolalardan bir xil yaxshi xulq, bir xil fazilatlar, hatto o‘zimizga o‘xshashini ham talab qilamiz.

13. Qonunni buzgan, jinoyat qilgan bolalar ham muhabbatga muhtoj.

14. Boshqaning bolasini ham sevishni o‘rganing. Hech qachon o’zganing bolasiga o‘zingiznikiga nisbatan qilinishini istamagan narsani qilmang.

15. Bola ahmoq emas. Ahmoqlar orasida kattalar bolalardan ko’ra ko’proq.

Sizga qaysi iqtibos ko’proq yoqdi. Izohga yozib qoldiring.

@MuallimMuhammad
43👍10🔥73
Qanday ish topay?

O’qishni bitirgan yilim eng birinchi ochilgan prezident maktabiga borganman. Ingliz tili bilardim va ozgina kitoblar o’qigandim, lekin tajribam yo’q edi. Qancha oylik so’raysiz deganda yo’lkiram va tushlik uchun pul bersangiz bo’ldi, sizdagi eng zo’r ustozlardan o’rgansam va tajriba orttirsam yetarli deganman.

Magistratura bo’lmasa ishga olmaydigan joyga meni bakalavr diplomi bilan ishga olishgan.

Keyin orada tajribamni Merit maktabida orttirdim. Boshlang’ich 3-4 yil davomida rahbarlar bilan umuman oylik uchun talashmadim, chunki holatimni bilardim. Menga pul emas tajriba kerak edi.

Boshida qayerga borsam ham aniq mendan karrasiga kuchli ustozlar va mentorlar izladim, menga beradigan bilimi bo’lmasa katta pul berishsa ham unday joylardan uzoq yurdim.

Tajriba to’plangach esa zo’r yurayotgan loyihalarga emas, endi boshlanayotgan start up larga bordim. Chunki men to’plagan bilim va ko’nikmalar aynan ularga kerak, aynan ularda men tezroq o’saman, natijamni ko’rsata olaman.

Xulosa: ishni endi boshlayapsizmi kuchli maktab va ustozlar bor joyga boring, bilim va tajriba yig’ilgandan keyin uni sinovdan o’tkazish va o’sish uchun yangi maktab va loyihalarga boring.

Ikkinchi qismini yozsak nima deysiz? Yozda ishni qanday va qayerdan qidiryapsiz?

@MuallimMuhammad
💯150👍7928🔥246🤔1
Hammasini hissiyot hal qiladi!

O’quvchingiz vazifa qilmay keldi. Nima qilish kerak?

Yil/kurs boshida belgilangan kelishuvlar bo’lsin. Vazifa qilmay kelsa nima bo’ladi? Bu takrorlansachi? Kech kelsa? Darsda gaplashsa?

Har bir vaziyatni ko’rib chiqib bolalar bilan kelishuvlar qilib oling.

Vazifa qilinmadimi? Muammo yo’q. Kelishuv asosida tanaffusga chiqmaysiz, darsdan keyin ketmaysiz o’tirib vazifani topshirasiz.

Hamma uyda vazida qilganda qilmaganingiz uchun, hamma uyga ketayotganda siz qolasiz.

Baqirmaymiz, asabiylashaymaymiz, haqorat qilmaymiz. Lekin talabimiz qat’iy, qolasiz va kelishuvni bajarasiz!

Hammasini hissiyot hal qiladi. Baqirib, agressiya ko’rsatsak bola o’zini jabrdiyda sifatida ko’radi. Jahlimiz yodida qolib, o’z kamchiligi esdan chiqadi. Bizni aybdor sanaydi. Bizni yomon ustoz sifatida ko’radi va yomon ko’radi.

Kelishuv qandayligini birga begilang, dars qilmasa kelishuvni qat’iy talab qiling. Albatta vaziyatga qarang, bolani his qiling, kechirish imkoni bo’lsa kechiring, lekin baqirmang, haqorat qilmang.

Jahldor, yomon, emas, talabchan va adolatli bo’ling.

@MuallimMuhammad
80👍2816🔥13😁2
To'g'ri qilinsa, o'qituvchilik inson qilishi mumkin bo'lgan eng yuqori yoki shunga yaqin ish.

Charli Munger
54🔥29💯1412👍10
Oxirgi 4 yillik xususiy maktabda o’tdi. Boshida o’rgandik. So’nggi bir yillikda 1000 ga yaqin ustozlarni o’qitdik. Ko’plab xususiy maktablar ustozlariga treninglar o’tdik.

Tajribadan yaxshi kadrlarni saralashni, o’qitishni va moslashtirishni o’rgandik.

Yozda faqat 1 oy vaqtim bor. Xususiy maktab yoki o’quv markazlari bilan quyidagi yo’nalishlarda hamkorlik qilsak bo’ladi:

1. Yangi ustozlarni saralab olmoqchi bo’lsa suhbatlar o’tkazib berishimiz va demo darslarni tahlil qilishimiz
2. Mavjud o’qituvchilarini rivojlantirmoqchi bo’lsa darslarini kuzatib xulosalar berishimiz va to’g’rilashi mumkin bo’lgan jihatlarini aniqlab feedback berishimiz
3. Ustozlar jamoasi uchun Zamonaviy pedagog kursini o’tib berishimiz.

Ta’limning asosi o’qituvchi. Noto’g’ri kadr tanlab qiynalmaslik va kelayotgan o’quv yilida ta’limdagi muammolarni yechish uchun yoz eng yaxshi vaqt. Sizda ta’limda muammolar bo’lsa yozing, hamkorlik qilamiz.

Hamkorlik uchun: @MuhammadUralovv
28🔥18💯7👍61
Siz loyiqmisiz?

Ota-onangni uyaltirma, ularga loyiq bo‘l, deyiladi. Lekin hech qachon: bolang ilmli bo‘lyapti, qadriyatli bo‘lib o‘sayapti, unga loyiq bo‘l, deyilmaydi negadir?

Bola tarbiyasidagi eng muhim jihatlardan biri — suhbat. Bir narsaning nega qilinishi yoki qilinmasligini tushuntirish, misollar berish, o‘rnak bo‘lish.

Bolangizni yoshligidan yaxshi ustozlar qo‘liga topshirdingiz. U tez o‘sa boshladi. Siz ham parallel o‘sib, rivojlanmas ekansiz, bolangizga aftoritet bo‘lolmay qolasiz. Gaplaringiz, misollaringiz saviyasi farzandingizga sezilib qoladi.

Endi unga aytganingizni qildirish uchun ustozlarini oldiga borib, iltimos qilasiz. Oqibatda, uning ko‘z o‘ngida obro‘yingizni yo‘qotasiz. Bola va ota-ona o’rtasida jarlik paydo bo’ladi.

Farzandlarimizni ilmli qilarkanmiz, bir vaqtda o‘zimiz ham ilmli bo‘lib, darajamizni oshirishni unutmaylik.

@MuallimMuhammad
181🔥3015👍10💯3
Chegaralarni buzib

Kreativlik — yangilik, yangilik — noaniqlik, noaniqlik — stress, qo’rquv.

Balki shuning uchun kreativ ustozlar kamdir, an’anaviy yuzlab yildan beri sinalgan darslar ko’pdir.

Lekin, qo’rquv va mas’uliyatdan qochish ustozdagi kreativlikni o’ldiradi.

Bunga qarshi bora olish uchun insondan jasorat va tavakkalchilik talab qilinadi. Shu ikki hislat bo’lmasa buyuk ustoz bo’lish dargumon.

Faqat to’rt devor orasida bolani ushlab o’tirish qiyinmas, ayni vaqtda samarali ham emas. Ularni ochiqlikda, erkinlikda boshqarib ko’ring. Dars o’tib ko’ring.

Qiynaling, izlaning, o’rganing, yangiliklarni sinab ko’ring, o’zingiz yaratib ko’ring. Chegaralarni buzing.

@MuallimMuhammad
👍41🔥201212💯3
Baxtli bo’lmoqchimisiz?

Avtomaktabdan qaytayotgandim, yoshi kattaroq, sochlari to‘zigan, uncha yaxshi kiyinmagan amaki qo‘llarida ko‘proq yuk bilan qiynalib turibdilar. “Mana bu yukni ushlab tura olasizmi?” deb bir qo‘llaridagi yukni ko‘rsatyaptilar.

Ko‘rinishlari va kiyimlariga qarab ko‘pchilik indamay o‘tib ketyapti. Sekin oldilariga yaqinlashdim, “Bering,” dedim ohista. Ushlab turdim, qo‘llaridagi yukni tartiblab, mendagini ham olib, “Rahmat,” deb xursand bo‘lib ketdilar.

Ko‘nglim yorishib ketdi, o‘zimni eng baxtli insondek his qila boshladim. Bir dunyo ish qilgandek, o‘zimdan qoniqish hissi bilan uygacha mazza qilib ketdim.

O’ylanib qoldim. Qachon oxirgi marta bunchalik xursand bo’lgandim? Esladim. Bundan 5–6 yil oldin metroda bir yo‘lovchi ikki qo‘lida ham yuk bilan kelayotganda, tezroq yurib metro bekatidan chiqish eshigini ochib turgandim. Kutmaganidanmi, juda xursand bo‘lib, qayta-qayta “Rahmat,” deb ketgandilar. Taxminan 1–2 kun zavqlanib, mazza qilib yurgandim. Shu his yana qaytdi.

Katta moliyaviy xarajatlar qilganimda, iPhonening so‘nggi modelini olganimda ham hech qanday zavq sezmagandim.

Lekin insonlarni baxtli qilib qo‘yib, uni tashqaridan kuzatishdan keladigan hissiyotni — boshqa joyda topa olmadim.

Xulosa qisqa: Baxtli bo‘lmoqchimisiz? Baxtli qiling!

@MuallimMuhammad
👍10166🔥38💯93
Lavozimingizni aniqlab oling!

Bir akamizni ayollari o‘tib qopti. 2-3 farzandi bilan o‘zlari qolib ketibdi, deb qolishdi.

Sekundlar ichida akani tahlil qila ketdi miyam. Hozirgi holatini emas, akaning salohiyatini o‘ylay boshladim.

Ilmli, ko‘pni ko‘rgan, mulohazali va sabrli inson. Og‘ir musibat, lekin aka ko‘tara oladilar. Bekorga ularga berilmagan. Balki, men ko‘tara olmasdim, shuning uchun loyig‘iga berilgandir.

Imomdan G‘azodagi insonlarga nimalar qila olamiz, deb so‘rashyapti. “Sizlarning hech narsangiz ularga kerak emas. Ular kuchli, matonatli. Bekorga aynan ularga kelmagan bu musibatlar. Bizga kelsa, ko‘tara olmasligimizni bilgan Zot ularga bergan”, deyaptilar. Faqat duo qiling. Ilm olib, kuchli musulmon bo‘ling. (Oxirgi jumla meniki.)

Alloh hech bir jonni uning toqatidan tashqari (narsaga) mukallaf qilmaydi.
(Baqara surasi, 286-oyat)


Biz hozir o‘ylab, siqilib yurgan muammolarimiz — bizning asl darajamiz va kimligimizni bildiradi. Axir darajamizdan ortiq vazifalar berilmaydiku!

Maktab asoschisi bo‘lishga ko‘nikmalari yetadigan insonni maktab qorovuli qilib qo‘yishmaydiku? To‘g‘rimi?

O’ylang. Tahlil qiling. Siz hozir qanday muammolar bilan bandsiz? Lavozimingiz qanday?

@MuallimMuhammad
🔥681919💯13👍5
“Zamonaviy Pedagog” kursi endi oflayn premium tarzda!

O‘tgan yili shu vaqtda boshlangan “Zamonaviy Pedagog” kursimizda 1000 nafarga yaqin ustozlarni o‘qitishga muvaffaq bo‘ldik. Juda ko‘p rahmatlar eshitdik:

So‘rovnoma o‘tkazganimizda NPS ko‘rsatkichi — 100% bo‘ldi, yaʼni kursda qatnashgan barcha o‘qituvchilar uni boshqalarga ham tavsiya qilishgan.

Xullas, shu natijalardan ilhomlanib, taʼtildan unumli foydalanish maqsadida oflayn intensiv guruh ochmoqchimiz.

Darslar chuqurlashtirilgan va amaliyotga asoslangan holda olib boriladi.

Darslar 21-iyul, dushanba kunidan boshlanadi.

Zamonaviy Pedagog PREMIUM” kursi haqida batafsil maʼlumot olish uchun: https://www.notion.so/Zamonaviy-Pedagog-Premium-kursi-23148e71f022803fb465d5a91b8b0314?source=copy_link
11🔥7👍61
O’zingizni ham sug’orib turing

Daraxt mevaga kirgunicha 2-3 yil tinmasdan sug’oriladi, o’g’itlanadi, mehr beriladi. Keyin hosilga kiradi.

Meva berishdan oldingi jarayonlar ketma-ketligi qanchalik to’g’ri va uzoq muddat qilinsa meva berish jarayoni ham shunchalik uzun va sifatli bo’ladi.

O’qituvchi ham xuddi shu daraxtdek, bu darajaga chiqqunicha ma’lum vaqt mehnat qilingan, ilm olingan.

Lekin hozirgi mevaga mahliyo bo’lib o’zini sug’orishni unutib qo’ysa, tez orada qurigan daraxtga aylanadi. Bolalar undan zerikishni boshlaydi.

Hozirgi darajangiz 3-5 yil oldin olgan bilimlaringiz natijasi, hozirgi harakatingiz yoki harakatsizligingiz hosilini 3-5 yildan keyin yig’asiz. Hozirgi natijaga aldanib qolmang!

Yoz esa o’z ustida ishlashning ayni vaqti. Vaqtingiz bo’lsa sizni “Zamonaviy pedagog” kursimiz da kutamiz. Mevasi uzoq kuttirmaydi)

@MuallimMuhammad
35👍22🔥117💯1
Balki, oxirgisi

Zamonaviy pedagog offline kursga e’lon berganimizda ko’pchilik online ham so’rashdi.

Kursimizning yoz uchun, balki, oxirgi sotuvi ochilyapti. Yozning qoq o’rtasidamiz, dam ham oldik, tayyorgarlik uchun vaqt ham yetarli. Ta’til puli ham tushgandir))

Donolar qish g’amini yozda yeyishadi. Tayyorgarlik qiyin bo’lsa, jang oson bo’ladi. Ustozlar 9 oylik “jangi” boshlanishiga ham 1 oy vaqt qoldi. Biz bilan tayyorgarlikka nima deysiz?)

Xullas, seshanbadan online darslarimiz boshlanadi.

Mani nomimdan kursga yozilgan birinchi 10 ta ustozga 50% chegirma qilib berishadi)

Batafsil: https://telegra.ph/Zamonaviy-Pedagog--Ozgarayotgan-Dunyoga-Mos-Ustozlar-Uchun-07-16
15🔥5💯3👍1
Odamlarga qanday ishonay?

“Agar Uhud tog’i boshqa joyga ko’chdi desa ishonaman. Lekin bir inson tabiati o’zgardi desa, ishonmayman.”
— Umar ibn Xattob


12 yildan so‘ng sinfdoshlar bilan yig‘ildik. 4 soat o‘tirdik. Men asosan kuzatdim, suhbatlarni eshitdim. 12–15 yil oldingi sinfdoshlarimni esladim, solishtirdim.

Lider sinfdoshim hali ham tashkilotchi, hammani yig‘ib yuribdi. Boyvachchasi hali ham o‘z qilgan harajatlarini maqtanish bilan ovora, qizlarga suyagi yo‘g‘i — uylangan bo‘lsa ham o‘zgarmagan. Yolg‘onchisi bu safar ham “hozir boraman” deb aldab ketdi.

Odamlar kelajagini ko‘rish imkoni bormi? Ha. Ularning o‘tmishdagi ishlariga qarang. Katta ehtimol bilan ular kelajakda takrorlanadi.

Tarki odat — amri mahol.
Odatlarimizni ko‘p takrorlar ekanmiz, shaxsiyatimizning bir bo‘lagiga aylanib ketadi. Qutulolmay qolamiz.

O‘zingiz yaxshilab eslang: qaysi yomon 3 ta odatingizni to‘liq tashlab yubordingiz? 1 yildan beri biror marta ham qilmadingiz?

3 ta emas, 1 ta topish ham qiyin. Ayniqsa yosh o‘tgan sayin.

Bu mutlaq qoida emas, lekin ommatan tushadi. Odamlarni saralab, kelajakdagi holatini taxmin qilish mumkin.

Yor tanlamoqchimisiz? O‘tmishiga qarang.
Do‘st tanlamoqchimisiz? O‘tmishiga qarang.
Xodim tanlamoqchimisiz? Nima qilishni endi bilasiz!

@MuallimMuhammad
👍4921🔥133💯1
Ish qidiryapsizmi?

Talabasiz yoki endi o’qishni bitirdingiz ish qidiryapsiz. Qanday ish topsam, qayerdan topsam, qanday shartlar qo’ysam ishlasam kira olaman, o’sa olaman deb o’ylayotgan bo’lsangiz kerak.

Ikkita oddiy shart bor.

Shular haqida instagramga video joyladim. O’tib ko’rinishingiz mumkin)

Link: https://www.instagram.com/reel/DMcgm2Vt9_n/?igsh=djVvZWMydnRhZHo3

Linkni ish qidirayotgan do’stlaringizga jo’natishni unutmang)

@MuallimMuhammad
🔥158👍81😁1
Boshimga tushgan g’isht hikmati

Yoshligimda mahallamizda meva
daraxti bo‘lardi. Mevalarini qoqib olardik.

Bir kun borib tosh otdim, boshimga g‘isht kelib tushdi) Kimdir otganda ilinib qolgan ekan)

Bosh qonadi, ariqda qonni yuvib, uydagilardan gap eshitmaslik uchun hech kimga aytmasdan o‘tkazib yubordim.

6 yildan keyin harbiy akademiyaga topshirib, o‘sha vaqtdagi jarohat sabab tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmadi. Keyinchalik bezararligi aniqlandi, lekin endi imtihonga kirishga kech edi.

Keyin Pedagogika universitetiga kirdim. Tarix o‘qib, organ sohasiga o‘tib ketishni mo‘ljallagandim.

Orada kitoblar o‘qidim, ingliz tili o‘rgandim, qadriyatlarim shakllandi, dunyoni tushuna boshladim, o‘zligimni tanidim. Xulosa keldi — menga bu soha to‘g‘ri kelmaydi.

Men qadriyatlar bilan erkin yashashni xohlayman, bu esa uning g‘irt teskarisi.

Sal o‘tib, dars berib o‘zining haqiqiy sohamni ham topdim. Ustozlar topdim, ilmlar o‘rgandim, o‘rgatdim, ba’zi yutuqlarga erishdim. Minglab ustozlarni o‘qitdik.

Barchasiga sababchi — o‘sha boshimga tushgan g‘isht edi. Imtihonga kirolmaganimda va boshim og‘riganda xafa edim, hozir hikmatini bilaman — xursandman. Shukr aytaman.

Hayotda boshimizga “toshlar, g‘ishtlar” tushar ekan — xafa bo‘lmang, o‘ksinmang. Hammasi hikmat bilan, Hikmatli Zot tomonidan qilinmoqda. Faqat anglash uchun ozgina vaqt kerak, xolos.

@MuallimMuhammad
107🔥44💯368👍8
Ustozman nima kitoblar o’qishim kerak? O’rgatish, o’rganish, shaxsiy rivojlanish uchun ustozlarga mos kitoblar maslahat bering deyishadi.

Do’stim Mohir shu haqida YouTubeda foydali video tayyorlabdi. Kitoblar izlab yurganlar ko’rishingiz mumkin.

Link: https://youtu.be/Irsz5Yib0LA?si=-aN3Mh7_pHFrZJy1
23🔥10💯76👍3
Bolaga o’zligini topishga qanday yordam bersa bo’ladi?

6-12 yosh oralig’ida “shvedskiy stol” tashkil qiling. Bolani imkoni bor barcha to’garak, qo’shimchalarga bering.

Qaysidir to’garakdan olib ketayotganingizda bola qarshilik ko’rsatish yoki ko’rsatmasligiga qarab uni nimaga qiziqadi yoki yo’q bilib olasiz. Kuzating, tahlil qiling. Bolaning kuchli tarafini aniqlab bering.

12 yoshdan keyin eng kuchli taraflariga kuch bering. Qolganlarini ikkinchi darajaliga tushuring. Shundagina farzandingiz 18 yoshida hayotda nimagadur erisha oladigan insonga aylanadi.

Margulan amaki

@MuallimMuhammad
50👍36🔥2113💯3
Ustoz tayyor bo‘lganingizda keladi

$1500 lik kursga bordik, mavzular o‘ta dolzarb, nozik. Shu darsda ham uxlaydiganlar va darsga umuman kelmaydiganlar topilardi.

Muammo ustozda emas, shogirdlar bu ilmga tayyor emasdi, hali hayotida bu ilmlar yecha oladigan og‘riqlarga yetib kelmagandi.

Ustozim bir kitob maslahat berdi, o‘qib umuman foyda olmadim. Men eng ko‘p foyda olgan kitoblarimdan birini o‘quvchilarim umuman tushunishmadi.

Bu yerda bitta umumiylik bor: shogirdlar ustozlar bermoqchi bo‘lgan ilm darajasidagi muammoga hali yetib kelmagan. Ehtiyoj bo‘lmagani uchun, ilm ham tushunarsiz.

Gap o‘qiyotgan kitob yoki bo‘layotgan voqealarda emas, asosiy masala bizning miyamizda, tahliliy ko‘nikmamizda va ichki olamimiz qanchalik boyligida!

Shular tayyor bo‘lsa, butun hayot ustozga aylanadi, hamma narsa va har bir voqea dars bera boshlaydi!

Ustoz qidirmang, uning kelishiga o‘zingizni tayyorlang. Shogird tayyor bo‘lganda, ustoz paydo bo‘ladi!

@MuallimMuhammad
👍7725🔥2417💯6
Forwarded from Rahimov School
🎙5-sinf o‘quvchilari bilan suhbat | Ta’lim podkasti

Rahimov School ta’lim podkastining navbatdagi sonida siz endi o‘qituvchilar emas, balki o‘quvchilarimiz bilan tanishasiz! 5-sinf boʻlishlariga qaramay ular barcha savollarimizga ajoyib tarzda javob berdilar. Bu savollar orqali ularning dunyoqarashini ochib berishga harakat qildik.

Sizga suhbat yoqdimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring✍🏻

@RahimovSchool
🔥13👍871