Muallim Muhammad
10.8K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Sen aldashni qayerdan o’rganding?

Ustoz, bugun oilaviy teatrga bormoqchimiz, tekin biletlar kelib qolibdi, deb qoldi o‘quvchim.

Tushlik vaqti ariza olib keldi. “Oilaviy sabablarga ko‘ra maktabdan ruxsat berishingizni so‘raymiz,” deb yozilgandi ichida. “Nega bunday yozdingiz?” deb so‘radim. “Onam shunday yoz, deb aytdilar,” dedi.

“Borishingizga ruxsat beraman, lekin boshqa aldamang, qadriyatlarimizga mos kelmaydi. To‘g‘risini aytib ham javob olsangiz bo‘ladi,” dedim.

Ota-onasiga esa arizadagi sababga ishongandek bo‘lib ruxsat berib yubordim.

“Bolam bugun kasal bo‘lib qoldi,” deb yozishadi ota-onalar. Ichida boshqa sabab bo‘lsa ham “kasal,” deydiganlari ham topiladi ba’zan.

Sababli qilamiz, “Alloh shifo bersin,” deb chin ko‘ngildan yozib qo‘yaman barchasiga.

Sabab?

Aldab turganini bilib turib ham ishonishingiz va uni duo qilib qo‘yishingiz inson vijdonini qiynaydi. Qadriyatlari bilan yolg‘iz qoldiradi, ichki kurashga undaydi, inson xotirjamligini yo’qotadi, yaxshi xulosa oladi.

Xulosa:

Bolasiga vaziyatdan chiqish uchun yolg‘on ishlatishni o‘rgatayotgan ota-onalar esa 4–5 yildan keyin o‘zlari bolasi tomonidan aldanishni boshlaganda, “Sen aldashni kimdan o‘rganding o’zi?” deb hayron bo‘lishadi.

@MuallimMuhammad
🔥79💯35👍22178
Dunyoda tanlanmaydiganlar bor: oila, millat, vatan. Tanlamaydiganlardan voz kechib ham bo’lmaydi.

Siz ularning xatolari uchun achinasiz, kuyunasiz, jahl qilasiz. Lekin keyingi safar hech narsa bo’lmagandek ular tarafda bo’laverasiz.

Biz 28 yildan beri, ba’zilar 34 yildan beri shunday holatda edi. Nechta oynalar, televizorlar, piyolalar sindi. Asablar ketdi. Har 4 yilda yana umid qilinaverdi.

O’zi nasib qilgan ekan, bizga ko’rish nasib etdi. O’ziga shukr!

@MuallimMuhammad
6421🔥18😁15👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir latifa aytilar ekan, u yerda kulgu qilinadigan holat bartaraf etilmasa, latifa barhayot bo’laveradi, yashayveradi.

Rahmatli Hojiboy Tojiboyevning o’ynamasa ham mayli edi, tantana bilan kuzatib qo’ysak jahon chempionatida bitta-bitta marojniy yeb kelsa ham mayli edi nomli haziliga 21 yil bo’libdi.


21 yil aktual, kulguli, mantiqli edi. Bugun bu hazilning umri tugadi. Endi hech kim u hazilni ayta olmaydi, endi hech kim bu hazilga kulmaydi.

Afsuski Hojiboy akaga ham bu kunlarni ko’rish nasib qilmadi. Balki, jahon chempionatida qatnashishimiz haqida keyingi 20 yillikka yetadigan yana bir hazil aytib berarmidilar.

Bugun menga ozgina ruhsat berasiz, ozgina chegaralarni buzamiz)
56👍26🔥1914😁14
Rivojlanishga imkoniyat!

Bilasiz do‘stlar, do‘stim Moxir bilan “Zamonaviy Pedagog” kursimizda o‘qituvchilarni o‘qitib kelamiz.

1000 ga yaqin ustozlarga ilm ulashib ulgurdik.

Kuni kecha ushbu kursimizning 9-guruhini yakunladik.

Kurslarimiz mobaynida ishtirokchilarimiz kengroq miqyosda dars o‘tishimiz uchun viloyatga ham taklif qilishdi:

Toshkent, Olmaliq, Qo‘qon, Qirg‘izistonda mehmon bo‘ldik.

Xullas, dushanba — 09.06.2025 sanasidan 10-guruhga start beramiz.

O‘qituvchi bo‘lsangiz bizga qo‘shiling!

Kursimizda o‘qiganingizdan keyin sizda:

darslar samaraliroq;
stress kamroq;
bolalar bilan ishlash zavqliroq bo‘ladi, inshaAlloh!

Kursga birinchi yozilgan 10 kishi uchun maxsus chegirmamiz bor. 🎁

Kurs haqida to‘liq maʼlumot shu linkda: https://t.me/zamonaviypedagogkursi/111

Ro‘yxatdan o‘tish uchun menga yozing: @MuhammadUralovv

@MuallimMuhammad
👍1032🔥2
Navbat ota-onalargami?

Do‘stimiz kasallikka chalindi. Davolash $10–15,000 deyishibdi. Kasallik ruhiy va axloqiy.

Davolaymiz, lekin ota-onasi ham har hafta darslarga keladi. Bola o‘zgarsa-yu, bolaga ota-onaning munosabati o‘zgarmasa, bemor yana eski holatiga qaytaveradi deyishibdi.

Nega shu ishni maktabda qilmaymiz? Ota-onalar munosabati o‘zgarmasa, maktab bolalari ham o‘zgarishi qiyinligi aniq-ku?

Nega har hafta bo‘lmasa ham, har oy kelishni majburiy qila olmaymiz? Har oy ota-onalarga nimadir o‘rgata olmaymizmi? O‘rgata olmasak, nega o‘rganmaymiz? O‘qimaymiz? Bola ta’limi uchun nega barcha resurslarni ishlatmaymiz?

Ustozlar oshpazga o‘xshaydi. Qiyin joyi — masalliqni o‘zlari tanlay olmaydi, natijaga esa ular javobgar, degandilar Aziz aka.


Faqat masalliqni emas, dehqonlarni ham o’zgartirish vaqti kelmadimi?

Eng qiyin ish — noto‘g‘ri tarbiyalangan bolani qayta tarbiyalash, degan edi Komenskiy.


Demak, biz nafaqat noto‘g‘ri tarbiya ko‘rganlarni, balki noto‘g‘ri tarbiya berayotganlarni ham to‘g‘rilashimiz kerak emasmi? Uzoq muddatda shu bizni qutqarib qolmaydimi?

@MuallimMuhammad
🔥5525👍16💯13
Muallim Muhammad
Navbat ota-onalargami? Do‘stimiz kasallikka chalindi. Davolash $10–15,000 deyishibdi. Kasallik ruhiy va axloqiy. Davolaymiz, lekin ota-onasi ham har hafta darslarga keladi. Bola o‘zgarsa-yu, bolaga ota-onaning munosabati o‘zgarmasa, bemor yana eski holatiga…
—Kurslarni o‘tyapsizmi? — deb qoldilar Aziz aka
— Ha, — dedim.

— Najot Ta’limdagi yigitlarni o‘qitgan ekansizlar, gaplashib qolgandim, aytishdi, — dedilar.

Shunda ozgina xavotir bilan so‘radim:
— Nima deyishdi? Yaxshimikan kursimiz?..

Kulib javob berdilar:
— Yomon bo‘lsa, urushib berardim hozir) Yaxshi deyishdi, ancha yaxshi.

Ko‘nglim yorishib ketdi.
Orqamizdan Ustozga yaxshi so‘zlarning yetib borishi — odamni baxtli qilarkan. Shukr.

Sizda ham shu kursda o’qish imkoniyati bor. Ertaga, dushanba kunidan boshlaymiz. Bugun oxirgi kun.

@MuallimMuhammad
4519🔥13👍10😁3
O’qituvchilarni qanday ishlayotganini bilmoqchi bo’lsangiz necha foiz o’quvchilar ustoz bo’lishni xohlayotganini tekshiring.

Didro

@MuallimMuhammad
79😁29💯1813🔥10🤔6👍2
N-Namuna

1878-yil Varshavada advokat oilasida tug‘ildi. Tibbiyot universitetini tamomladi va Yapon-Rus va 1-jahon urushlarida armiya shifokori bo‘lib ishladi.

1911-yili o‘z millatdosh bolalari ochligi, qiyinchiligiga qarshi Yetimlar uyini ochdi.

Bolalarga o‘z sudlari, parlamenti va gazetasi bo‘lishiga imkon berdi. Bolalarni kichik hajmdagi kattalar deb ko‘rar, ularni hurmat qilish va eshitish kerak deb hisoblardi.

1939-yil Germaniya Polshani bosib oldi. 1940-yilda Varshavada konslagerlar(o’lim va qiynoq lagerlari) tashkil qilindi.

1940-yili Korchak va uning yetim bolalari konslagerga surgun qilindi.

Doimiy zo’ravonlik, ochlik, sovuq va dori-darmon yetishmovchiligi bolalarni qiynardi. Korchak bor-budini sotdi, tanishlarini ishga soldi va bolalar hayotini ozgina bo‘lsa ham yaxshilashga urindi.

Bolalar uchun hikoyalar o‘qib berar, teatrlar qo‘yar, bayramlar qilar va kitoblar o‘qitardi. O‘lim lagerida ham bolalarni tarbiyalar va ta’lim berardi.

1942-yil avgust. Korchakning 200 bolasi zaharli gaz bilan o‘limga hukm qilindi. O’ziga esa ozodlik taklifi berildi. U rad etdi.

Korchak va uning 200 bolalari Varshava ko‘chalarida o‘limga qarab tartibli, qo‘l ushlashgan holda, qo‘shiq aytib, o‘z ustozlari ortidan ko‘tarinki ruhda kirib borishdi.

U barcha davr ustozlari uchun namuna edi.

@MuallimMuhammad
60🔥207💯6
Olimlarning aytishicha, tadqiqotlarda aniqlanishicha, statistik ma’lumotlarga qaraganda — deb boshlanadigan gaplarni aniqlashtirish kerak.

Qaysi olim? Qayerdagi tadqiqot? Qaysi yildagi statistika?

Zaif gaplarini ishonchli qilmoqchi, bizni manipulyatsiya qilmoqchi bo‘lganlarni aniqlash osonroq bo‘ladi.

Ma’lumot yoki fakt aytisharkan, savollar berishimiz, manba so‘rashimiz bizni aldanib qolishdan qutqaradi.

Shaxsiy fikrlarni, sariq matbuotda eshitilgan, o‘qilgan ma’lumotlarni shu so‘zlar orqali “ilmiylashtirish”ga harakat qilayotganlarni ko‘p ko‘ryapman atrofimda oxirgi vaqtlar.

@MuallimMuhammad
👍46🔥16💯1199🤣2
Hayotim negadir judayam sokin. Men orzu qilgan buyuk ishlarga bunday oson hayot kechirib erishib bo‘larmikan? Nimadir noto‘g‘ri ketmayaptimikan, deb qoldi bir do‘stim.

Ongimda namunalar yaratish uchun “Barcha davrlarning va xalqlarning eng buyuk ustozlari” kitobini o‘qiyotgandim. Birorta oson, yengil hayot kechirganlarini ko‘rmadim. Ba’zilarini siz bilan ham bo‘lishdim.

Barchasida uchraydigan xislatlar: jamiyat ularni qabul qilmagan, qila olmagan, ongi yetmagan. Ajratib qo‘yishgan, quvib solishgan, o‘limga hukm qilishgan.

Eng buyuk ustoz — Rasulimiz alayhissalom — taqdirlari ham bunga misol.

Xulosa oldim:

Qiyinchiliklar kelsa, xotirjamroq qabul qila boshladim. Sinovlardan nolimaslikka harakat qilyapman. Barchasini men xohlayotgan katta natijalarning bir bo‘lagi sifatida ko‘ryapman.

@MuallimMuhammad
74👍32🔥24💯154🤔2
Yozda nima qilay?

2021-yil karantinda Moxirning uyida birga ingliz tili o‘qishni boshladik. Individual ustoz yolladik. Ko‘chaga chiqolmaymiz, kuniga 7–8 soatlab dars qilardik, 6 oy tayyorlandik.

Individual darslar qimmatroq, oilam ham ishdan uzilib qolgandi. 1 oycha o‘qidim. Uydagilar: “O‘z o‘qishing uchun ozgina pul topsang yaxshi edi,” deyishdi. Qurilishga mardikor bo‘lib ketdim. 1 hafta ishladim. Yaxshi to‘lashdi. 2 oylik dars pulimni yig‘dimu, ortiqcha bir kun ham qolmasdan Moxirnikiga qaytdim. Darslarni davom ettirdik.

Men umiversitetda ham, litseyda ham ishlaganman. Faqat bir qoidaga amal qilardim: o‘qishimga yetarlicha pul yig‘ilishi bilan ta’limga qaytaverardim.

Shu davrlarda men bilan ishlagan va pul topishga berilib ketgan do‘stlarim bo’lgan. Mardikorlik, ofitsiantlik, sotuvchilik qilardik. Ular pulga qiziqib, ta’limni unutishdi.

Universitet ham tugadi. Menda tarixdan ilm va IELTS sertifikatim bor edi. Pul topgan do‘stlarimda esa sarflangan pullari bilan xotiralar. Raqobatga dosh berolmay ko’plari viloyatlarga qaytib ketishdi.

Nima demoqchiman?

Siz abituriyent yoki student bo‘lsangiz, ishlash kerakmi? Ha, lekin maqsad — ta’limingizga yetarli pul topish bo‘lsin. Siz mutaxassis bo‘lmaganingizda sizga to‘lanayotgan pullar sizga katta ko‘rinsa ham, mutaxassislikdan keyingi daromadning 1/10 qismi ham emas. Ishoning! Hozirgi kichik pullarga aldanib qolmang, orzularingizni buncha arzonga sotib qo‘ymang!

Yoz — ishlash va o‘qishning asosiy vaqti. Student bo‘lsangiz, kelayotgan o‘quv yili uchun 2 oyda pul to‘plab oling. Keyin esa bosib o‘qing. Hozir qotgan non yeyib tursangiz ham bo‘ladi. Shunda sizni yaxshi kelajak kutadi!

@MuallimMuhammad
👍11058🔥3211
Biz qachon o’zgaramiz?

Birinchi yil ishlayotganimda tajribali hamkasbim bir maslahatni jiddiy tayinlagan. To‘g‘ri deganman-u, amal bo‘lmagan.

Xatoni qilgach, uzoq vaqt qiynalganman. Maslahat emas, voqelik meni o‘zgartirgan. Qaytib qilmaydigan qilib qo’ygan shu xatoni.

Sartaroshim aytib qoldi:

“Boshida sochni nomiga olardim, buzib qo‘yardim. Buni sezsam ham ustimda ishlamasdim. Bir akanikini buzib qo‘ydim, hammani oldida rosa gapirib izza qildi. Qattiq ta’sir qildi, uyaldim. Shu kundan ustimda ishlashni, mijozlarga e’tiborli bo‘lishni boshladim. Sifat yaxshilandi, kasbim yoqa boshladi”.

Odamlarni o‘zgartirolmaysiz, ularni faqat voqelik o‘zgartira oladi deganda haq edi Taleb.


Murod Nazarovga “Yoshlarga nima maslahat berasiz?” deganda: “
Hech qanday. Bilganingizni qiling. Baribir shunday qilasizlar”, — degan edilar.


Xulosa

Maslahatni so‘ragan va yiqilganlargagina bergan ma’qul. Qolganlar ishlatmaydi yoki ishlatolmaydi.

Doimiy maslahat beraversangiz “mijg’ov” ga aylanasiz, hurmatingiz tushadi.

@MuallimMuhammad
👍7331💯22😁13🔥73🤔1
Muallim Muhammad
N-Namuna 1878-yil Varshavada advokat oilasida tug‘ildi. Tibbiyot universitetini tamomladi va Yapon-Rus va 1-jahon urushlarida armiya shifokori bo‘lib ishladi. 1911-yili o‘z millatdosh bolalari ochligi, qiyinchiligiga qarshi Yetimlar uyini ochdi. Bolalarga…
Yanush Korchakdan 15 iqtibos

1. Kattalar bolalarga jahl qilmasligi kerak — bu ularni tuzatmaydi, faqat yomonlashtiradi xolos.

2. Tarbiyachi bo‘lish — bu qamab qo‘yish emas, erkinlik berish; sindirish emas, shakllantirish; bo‘ysundirish emas, ilhomlantirish; buyurish emas, o‘rgatish; talab qilish emas, savol berishdir. Shunday tarbiyachi bolalar bilan birga juda ko‘p ilhomli onlarni boshidan kechiradi.

3. Agar tarbiyachi hech qanday muammo xohlamasa, javobgarlikdan qo’rqsa va bu orqali bolalarga erkinlik bermasa — u aslida zolim (ya’ni zo‘ravon ustoz).

4. Zo‘rlik, bosim yoki majburlash bilan erishilgan natijalar — hech qachon mustahkam, to‘g‘ri yoki ishonchli bo‘lmaydi.

5. Bolaning ruhi ham xuddi bizniki kabi murakkab — u ham shunday ichki qarama-qarshiliklar bilan to‘la: intiladi-yu, lekin uddalay olmaydi; nima qilish kerakligini biladi-yu, lekin o‘zini majbur qila olmaydi.

6. Bola degan narsa yo‘q — odam bor.

7. Bolalarning ko’p o‘yinlari kattalarning jiddiy hayotiga taqliddir.

8. Bola qanday bo‘lsa — shundayligi uchun jahli chiqadigan, xafa bo‘ladigan tarbiyachi — bu haqiqiy tarbiyachi emas.

9. Farzandingizga g’azab va alamingizni sochmang. Aks holda, keksalikda qotgan non yeb qolishingiz mumkin. Nima eksangiz, shuni o‘rasiz.

10. Farzandimiz menga o‘xshasin deb emas, o‘zligini topa olishi uchun yordam beraylik.

11. Odam hayotidagi eng muhim uchrashuvlar — bolalar bilan bo‘lgan uchrashuvlardir. Chunki kimni uchratayotganingizni hech qachon bilmaysiz.

12. Nega bir bola bir tarbiyachiga yomon ko‘rinadi-yu, boshqasiga yaxshi? Chunki biz barcha bolalardan bir xil yaxshi xulq, bir xil fazilatlar, hatto o‘zimizga o‘xshashini ham talab qilamiz.

13. Qonunni buzgan, jinoyat qilgan bolalar ham muhabbatga muhtoj.

14. Boshqaning bolasini ham sevishni o‘rganing. Hech qachon o’zganing bolasiga o‘zingiznikiga nisbatan qilinishini istamagan narsani qilmang.

15. Bola ahmoq emas. Ahmoqlar orasida kattalar bolalardan ko’ra ko’proq.

Sizga qaysi iqtibos ko’proq yoqdi. Izohga yozib qoldiring.

@MuallimMuhammad
43👍10🔥73
Qanday ish topay?

O’qishni bitirgan yilim eng birinchi ochilgan prezident maktabiga borganman. Ingliz tili bilardim va ozgina kitoblar o’qigandim, lekin tajribam yo’q edi. Qancha oylik so’raysiz deganda yo’lkiram va tushlik uchun pul bersangiz bo’ldi, sizdagi eng zo’r ustozlardan o’rgansam va tajriba orttirsam yetarli deganman.

Magistratura bo’lmasa ishga olmaydigan joyga meni bakalavr diplomi bilan ishga olishgan.

Keyin orada tajribamni Merit maktabida orttirdim. Boshlang’ich 3-4 yil davomida rahbarlar bilan umuman oylik uchun talashmadim, chunki holatimni bilardim. Menga pul emas tajriba kerak edi.

Boshida qayerga borsam ham aniq mendan karrasiga kuchli ustozlar va mentorlar izladim, menga beradigan bilimi bo’lmasa katta pul berishsa ham unday joylardan uzoq yurdim.

Tajriba to’plangach esa zo’r yurayotgan loyihalarga emas, endi boshlanayotgan start up larga bordim. Chunki men to’plagan bilim va ko’nikmalar aynan ularga kerak, aynan ularda men tezroq o’saman, natijamni ko’rsata olaman.

Xulosa: ishni endi boshlayapsizmi kuchli maktab va ustozlar bor joyga boring, bilim va tajriba yig’ilgandan keyin uni sinovdan o’tkazish va o’sish uchun yangi maktab va loyihalarga boring.

Ikkinchi qismini yozsak nima deysiz? Yozda ishni qanday va qayerdan qidiryapsiz?

@MuallimMuhammad
💯150👍7928🔥246🤔1
Hammasini hissiyot hal qiladi!

O’quvchingiz vazifa qilmay keldi. Nima qilish kerak?

Yil/kurs boshida belgilangan kelishuvlar bo’lsin. Vazifa qilmay kelsa nima bo’ladi? Bu takrorlansachi? Kech kelsa? Darsda gaplashsa?

Har bir vaziyatni ko’rib chiqib bolalar bilan kelishuvlar qilib oling.

Vazifa qilinmadimi? Muammo yo’q. Kelishuv asosida tanaffusga chiqmaysiz, darsdan keyin ketmaysiz o’tirib vazifani topshirasiz.

Hamma uyda vazida qilganda qilmaganingiz uchun, hamma uyga ketayotganda siz qolasiz.

Baqirmaymiz, asabiylashaymaymiz, haqorat qilmaymiz. Lekin talabimiz qat’iy, qolasiz va kelishuvni bajarasiz!

Hammasini hissiyot hal qiladi. Baqirib, agressiya ko’rsatsak bola o’zini jabrdiyda sifatida ko’radi. Jahlimiz yodida qolib, o’z kamchiligi esdan chiqadi. Bizni aybdor sanaydi. Bizni yomon ustoz sifatida ko’radi va yomon ko’radi.

Kelishuv qandayligini birga begilang, dars qilmasa kelishuvni qat’iy talab qiling. Albatta vaziyatga qarang, bolani his qiling, kechirish imkoni bo’lsa kechiring, lekin baqirmang, haqorat qilmang.

Jahldor, yomon, emas, talabchan va adolatli bo’ling.

@MuallimMuhammad
80👍2816🔥13😁2
To'g'ri qilinsa, o'qituvchilik inson qilishi mumkin bo'lgan eng yuqori yoki shunga yaqin ish.

Charli Munger
54🔥29💯1412👍10
Oxirgi 4 yillik xususiy maktabda o’tdi. Boshida o’rgandik. So’nggi bir yillikda 1000 ga yaqin ustozlarni o’qitdik. Ko’plab xususiy maktablar ustozlariga treninglar o’tdik.

Tajribadan yaxshi kadrlarni saralashni, o’qitishni va moslashtirishni o’rgandik.

Yozda faqat 1 oy vaqtim bor. Xususiy maktab yoki o’quv markazlari bilan quyidagi yo’nalishlarda hamkorlik qilsak bo’ladi:

1. Yangi ustozlarni saralab olmoqchi bo’lsa suhbatlar o’tkazib berishimiz va demo darslarni tahlil qilishimiz
2. Mavjud o’qituvchilarini rivojlantirmoqchi bo’lsa darslarini kuzatib xulosalar berishimiz va to’g’rilashi mumkin bo’lgan jihatlarini aniqlab feedback berishimiz
3. Ustozlar jamoasi uchun Zamonaviy pedagog kursini o’tib berishimiz.

Ta’limning asosi o’qituvchi. Noto’g’ri kadr tanlab qiynalmaslik va kelayotgan o’quv yilida ta’limdagi muammolarni yechish uchun yoz eng yaxshi vaqt. Sizda ta’limda muammolar bo’lsa yozing, hamkorlik qilamiz.

Hamkorlik uchun: @MuhammadUralovv
28🔥18💯7👍61
Siz loyiqmisiz?

Ota-onangni uyaltirma, ularga loyiq bo‘l, deyiladi. Lekin hech qachon: bolang ilmli bo‘lyapti, qadriyatli bo‘lib o‘sayapti, unga loyiq bo‘l, deyilmaydi negadir?

Bola tarbiyasidagi eng muhim jihatlardan biri — suhbat. Bir narsaning nega qilinishi yoki qilinmasligini tushuntirish, misollar berish, o‘rnak bo‘lish.

Bolangizni yoshligidan yaxshi ustozlar qo‘liga topshirdingiz. U tez o‘sa boshladi. Siz ham parallel o‘sib, rivojlanmas ekansiz, bolangizga aftoritet bo‘lolmay qolasiz. Gaplaringiz, misollaringiz saviyasi farzandingizga sezilib qoladi.

Endi unga aytganingizni qildirish uchun ustozlarini oldiga borib, iltimos qilasiz. Oqibatda, uning ko‘z o‘ngida obro‘yingizni yo‘qotasiz. Bola va ota-ona o’rtasida jarlik paydo bo’ladi.

Farzandlarimizni ilmli qilarkanmiz, bir vaqtda o‘zimiz ham ilmli bo‘lib, darajamizni oshirishni unutmaylik.

@MuallimMuhammad
181🔥3015👍10💯3
Chegaralarni buzib

Kreativlik — yangilik, yangilik — noaniqlik, noaniqlik — stress, qo’rquv.

Balki shuning uchun kreativ ustozlar kamdir, an’anaviy yuzlab yildan beri sinalgan darslar ko’pdir.

Lekin, qo’rquv va mas’uliyatdan qochish ustozdagi kreativlikni o’ldiradi.

Bunga qarshi bora olish uchun insondan jasorat va tavakkalchilik talab qilinadi. Shu ikki hislat bo’lmasa buyuk ustoz bo’lish dargumon.

Faqat to’rt devor orasida bolani ushlab o’tirish qiyinmas, ayni vaqtda samarali ham emas. Ularni ochiqlikda, erkinlikda boshqarib ko’ring. Dars o’tib ko’ring.

Qiynaling, izlaning, o’rganing, yangiliklarni sinab ko’ring, o’zingiz yaratib ko’ring. Chegaralarni buzing.

@MuallimMuhammad
👍41🔥201212💯3
Baxtli bo’lmoqchimisiz?

Avtomaktabdan qaytayotgandim, yoshi kattaroq, sochlari to‘zigan, uncha yaxshi kiyinmagan amaki qo‘llarida ko‘proq yuk bilan qiynalib turibdilar. “Mana bu yukni ushlab tura olasizmi?” deb bir qo‘llaridagi yukni ko‘rsatyaptilar.

Ko‘rinishlari va kiyimlariga qarab ko‘pchilik indamay o‘tib ketyapti. Sekin oldilariga yaqinlashdim, “Bering,” dedim ohista. Ushlab turdim, qo‘llaridagi yukni tartiblab, mendagini ham olib, “Rahmat,” deb xursand bo‘lib ketdilar.

Ko‘nglim yorishib ketdi, o‘zimni eng baxtli insondek his qila boshladim. Bir dunyo ish qilgandek, o‘zimdan qoniqish hissi bilan uygacha mazza qilib ketdim.

O’ylanib qoldim. Qachon oxirgi marta bunchalik xursand bo’lgandim? Esladim. Bundan 5–6 yil oldin metroda bir yo‘lovchi ikki qo‘lida ham yuk bilan kelayotganda, tezroq yurib metro bekatidan chiqish eshigini ochib turgandim. Kutmaganidanmi, juda xursand bo‘lib, qayta-qayta “Rahmat,” deb ketgandilar. Taxminan 1–2 kun zavqlanib, mazza qilib yurgandim. Shu his yana qaytdi.

Katta moliyaviy xarajatlar qilganimda, iPhonening so‘nggi modelini olganimda ham hech qanday zavq sezmagandim.

Lekin insonlarni baxtli qilib qo‘yib, uni tashqaridan kuzatishdan keladigan hissiyotni — boshqa joyda topa olmadim.

Xulosa qisqa: Baxtli bo‘lmoqchimisiz? Baxtli qiling!

@MuallimMuhammad
👍10166🔥38💯93
Lavozimingizni aniqlab oling!

Bir akamizni ayollari o‘tib qopti. 2-3 farzandi bilan o‘zlari qolib ketibdi, deb qolishdi.

Sekundlar ichida akani tahlil qila ketdi miyam. Hozirgi holatini emas, akaning salohiyatini o‘ylay boshladim.

Ilmli, ko‘pni ko‘rgan, mulohazali va sabrli inson. Og‘ir musibat, lekin aka ko‘tara oladilar. Bekorga ularga berilmagan. Balki, men ko‘tara olmasdim, shuning uchun loyig‘iga berilgandir.

Imomdan G‘azodagi insonlarga nimalar qila olamiz, deb so‘rashyapti. “Sizlarning hech narsangiz ularga kerak emas. Ular kuchli, matonatli. Bekorga aynan ularga kelmagan bu musibatlar. Bizga kelsa, ko‘tara olmasligimizni bilgan Zot ularga bergan”, deyaptilar. Faqat duo qiling. Ilm olib, kuchli musulmon bo‘ling. (Oxirgi jumla meniki.)

Alloh hech bir jonni uning toqatidan tashqari (narsaga) mukallaf qilmaydi.
(Baqara surasi, 286-oyat)


Biz hozir o‘ylab, siqilib yurgan muammolarimiz — bizning asl darajamiz va kimligimizni bildiradi. Axir darajamizdan ortiq vazifalar berilmaydiku!

Maktab asoschisi bo‘lishga ko‘nikmalari yetadigan insonni maktab qorovuli qilib qo‘yishmaydiku? To‘g‘rimi?

O’ylang. Tahlil qiling. Siz hozir qanday muammolar bilan bandsiz? Lavozimingiz qanday?

@MuallimMuhammad
🔥681919💯13👍5