Muallim Muhammad
10.5K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Changlanish

Bir dehqonning bug‘doyi doim eng yuqori navda hosil berarkan. Hamma undan urug‘lik olib ketar, lekin hech kimda uningdek bo‘lmasdi.

Insonlar sirini so‘rashdi. Dehqon: “Urug‘lik ekishdan avval hamma qo‘shni dehqonlarga o‘z urug‘imdan tekinga tarqataman,” — dedi. “Bug‘doy changlanadi. Seniki qanchalik zo‘r bo‘lmasin, atrofingdagi dehqonlarning bug‘doyi navi past bo‘lsa, uning changi senga kelib, sening bug‘doying sifatiga ham ta’sir etadi,” — dedi.

Tarbiya ham shunday: siz faqat o‘zingiz va o‘zingizniki bilan ovora bo‘larkansiz, oliy nav yaratolmaysiz. Atrafdagi past navlilar changlantirib ketaveradi.

Ota-bobolarimiz bekorga “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” demagan. Bolaning begonasi bo‘lmaydi. Maktabda, mahallada sizning bolangiz, o‘quvchingiz bo‘lmasa ham nasihat qilib turmas ekansiz, yaxshi farzand/o‘quvchidan umid qilmang.

@MuallimMuhammad
🔥70👍27💯1211
Eng muhim bilim

O‘qish — boshqalar bilgan eng yaxshi tajribalarni o‘rgatadi. Tafakkur esa — o‘zingizgina anglay oladigan bilimlarni o‘rgatadi.

Olinayotgan ilmlar, o’qilayotgan kitoblar, to’planayotgan tajribalar avvalo hammasi o‘zimizni anglash uchundir.

Tabiatimizni tushunishimiz, bilishimiz, yaqindan tanishimiz — o‘zimizni aldab qo‘ymaslik, umrimiz oxirida afsuslanib qolmaslik va qo‘ygan katta maqsadlarimizga tezroq va balki erishishning yagona yo‘lidir.

Tez o‘rganuvchan tabiatini yaxshi bilgan inson hech qachon yangi o‘yinlar va qimorga bir marta bo‘lsa ham kirib ko‘rmaydi. Qiziqmagani uchun emas, kirib qiziqsa, tashlab ketolmasligini bilgani uchun.

Qat’iy nazoratsiz natijaga erisha olmasligini bilgan inson til o‘rganish uchun to‘g‘ri professional, “qattiqqo‘l” ustoz oldiga boradi.

O‘zini boshqarishga qiynaladigan inson telefon va ijtimoiy tarmoqlariga cheklovlar qo‘yib, parolini o‘zi so‘rashga tortinadigan insonga qo‘ydiradi.

Nega?

U o‘zini, nafsini taniydi. Nafsi bilan bahslashib sabrini sinamaydi. Uning yo‘lini to‘liq yopadi. Imkon qoldirmaydi. Oylarni, yillarni tejaydi. Oqibatda umri barakali bo‘ladi.

Aqllilashganimiz sari o‘zimizni aldash ko‘nikmamiz ham oshib boradi. Tafakkur qiling, anglang, o‘rganing. Tushunganingizdan keyin chuqur o’ylamang, bahonalar to‘qimang yo‘llarni yoping. Tamom!

@MuallimMuhammad
👍557🔥6💯54🤔2
“Iblisdan sen namoyon bo‘ladigan eng xatarli ish nima?” deb so‘radim.

U shunday dedi: “Bizning asosiy ishimiz — odamlarga Alloh haqida noto‘g‘ri tushuncha berishdir. Shunday qilsak, ular Allohning rahmatidan noumid bo‘lishadi.

Men namoyon bo‘ladigan eng go‘zal amal — yosh bolalarga dinni zerikarli qilib ko‘rsatish, keyin esa qiyin yo‘l bilan dars berishdir. Bilasanmi, maktablaringizda ishlashimiz uchun juda ko‘p imkoniyat yaratib berasizlar.”

Ahmad Bahjat

@MuallimMuhammad
🔥64👍17105💯4
Agar men Afinadagi eng baland joyga chiqa olganimda, ovozimni baland qilib shunday degan bo‘lardim:
Ey fuqarolarim! Nega sizlar boylik yig‘ish uchun har bir toshni ag‘darib chiqasizlar, lekin bir kun kelib ana shu boyliklarni meros qilib oladigan farzandlaringiz haqida deyarli o‘ylamaysizlar?

Suqrot

@MuallimMuhammad
🔥7620👍19💯106🤔2
Barcha davrlarning va xalqlarning buyuk pedagoglari nomli kitobni o’qishni boshladim.

Kitobda qaysi buyuk pedagoglar haqida yozilgan deb o’ylaysiz?

@MuallimMuhammad
👍34🔥1284
Meavtika – tug‘dirish san’ati

“Onam ayollarni tug‘dirgan, men esa fikrlarni tug‘diraman” – degan edi Suqrot.

Suqrot fikricha, ustoz o‘quvchiga tayyor bilimni beruvchi emas, uning ichidagi fikrni tug‘dirishga yordam beruvchi yo‘lboshchi bo‘lishi kerak.

Bu usul o‘quvchini tanqidiy va tahliliy fikrlashga, o‘z pozitsiyasini himoya qila olishga, aytilgan har bir fikrni tekshirishga o‘rgatadi.

Qanday qo’llaniladi?

Maevtika uch bosqichdan iborat:

1. Savollar berish – Fikrni ochadigan, mulohazaga undaydigan ochiq savollar.
2. Shubha uyg‘otish – O‘quvchi o‘z fikrini qayta ko‘rib chiqadi, tanqid qiladi.
3. Yangi tushuncha tug‘iladi – O‘quvchi o‘z ichidan yangi, asosli xulosaga keladi.

Darsni o‘zingizning xulosangiz bilan boshlamang – savollar bilan boshlang. Javoblarini shubhaga soling, o‘ylashga, o‘z fikrini chuqurlashtirishga majbur qiling.

Masalan, tarix darsida:
• Jaloliddin Manguberdi qahramonmi?
• Qahramonlar aslida kimlar bo‘ladi?
• U yutqazgan bo‘lsa ham, qahramon deb ayta olamizmi?
• Demak, har bir qahramon g‘alaba qozonmasligi ham mumkinmi?
• U vatanini mo‘g‘ullardan saqlab qolishi mumkinmidi?

Biz hozir qo’llayotgan interaktiv metod zamonaviy usulini Suqrot bundan 2,5 ming yil oldin qo’llagan ekan. Nima deb o’ylaysiz bu usulni zamonaviy deya olamizmi?)

@MuallimMuhammad
🔥55👍4015😁81
Siz nimalarga tayyorsiz?

Suqrot oddiy kiyimda va yalangoyoq yurar, sovg‘alar qabul qilmasdi. Bozorlarni kezib, savdogarlar, hunarmandlar va ayniqsa yoshlarga ilm berardi.

U insonlarni fikrlashga, ko‘r-ko‘rona ergashib ketmaslikka, ruhiy tarbiyaga, axloqli bo‘lishga, savollar orqali o‘zini anglashga o‘rgatardi.

Jamiyat va hokimiyat birgalikda qabul qilgan qonunlarga bo‘ysunishga targ‘ib qilar, bu adolatni tiklaydi, deb ishonardi.

Yoshlarni fikrlashga undayotgani esa hokimlarga yoqmasdi — fikrlaydigan savol beradi. Savol beruvchi mantiq ko‘rmasa, bo‘ysunmaydi. Bo‘ysunmaydigan xalq esa erkinlik talab qiladi.

M.a. 399-yil Suqrotni sud qilishadi. Ikki ayblov bilan o‘lim hukmiga buyurishadi:
1. Yoshlarimiz fikrlarini buzyapti.
2. Shahrimiz xudolariga bo‘ysunmayapti. (Suqrot Afinadagi ko‘p xudolikka emas, o‘z vijdoniga ishonishini aytgan.)

Suqrotda kechirim so‘rash va qochib ketish imkoni bor edi. U ikkisini ham: “Men insonlarga to‘g‘ri so‘zlikni, qonunga bo‘ysunishni va to‘g‘ri fikrlarda bardavom bo‘lishni o‘rgatganman. Endi o‘zim amal qilmaymanmi?” — deb rad etgan.

O‘rgatgan ilmlari bekor ketmasligi va namuna bo‘lish uchun Suqrot o‘limga ham rozi bo‘ldi. U tirik namuna edi.

So‘zlar va amallar bir xilligi tufayli ham Suqrot eng buyuk ustozlardan biri deb tan olingan.

Bizchi, bolalarga o‘rgatgan ilmlarimizga amal qilayapmizmi? O’rgatgan ilmimizga amal qilish uchun nimalarga tayyormiz?

@MuallimMuhammad
🔥56👍22185
Hamma o‘qiganlar ham o‘qita olmaydi.
O‘rgatish — o‘rganishdan ko‘ra ko‘proq aql talab qiladi.

@MuallimMuhammad
💯143👍38187
Ahvolimiz qanday?

Bugungi yoshlar hashamatga o‘rganib qolgan, odob-axloqlari yomon, katta avlodni mensimaydi, otaxonni hurmat qilmaydi, kattalar bilan bahslashadi, ovqatni shoshilinch va beodob yeyishadi, o‘qituvchilarni qiynashadi.

Yo’q, bu gap hozirgi o’zbek yoshlari haqidamas) Buni 2500 yil oldin Suqrot aytgandi.

Bir joyga borgandim, 10–15 yil oldingi qo‘shiqlar kliplarini ko‘rib o‘tirishgan ekan. E’tibor bersam, hozirgi buzilib ketgan kliplardan ancha behayoroq, buzuqroq bo‘lgan ekan.

O‘zim o‘qitayotgan va o‘zim o‘qigan davrdagi maktab bolalarini va ota-onasini solishtirdim — hozirgilar qadriyatliroq, aqlliroq va ambitsiyaliroqligini ko‘rdim.

Ancha yaxshilanib qolibmiz degan fikr keldi.

Ba’zan ustoz sifatida o‘quvchilardan, muhitdan nolib qolamiz, hozirgi yoshlar aynib ketgan deymiz.

Vaholanki, Suqrot ham, Gerodot ham, oldingi xalqlar ham shunday o‘ylaganini yetkazyapti.

Tafakkur qilib solishtirsak, shukr uchun ancha sabablar topa olarkanmiz. O‘ziga shukr!

@MuallimMuhammad
👍83🔥1494
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Registon o’quv markazi, Qo’qon va O’sh shaharlaridan keyin kecha Yuksalish maktabida treningda bo’ldik.

Trening o’tdik, ta’lim haqida suhbatlashdik va savol-javoblar qildik. Ancha fidoyi va saviyali jamoa yig’ilgan ekan.

Keyingi manzil qayer bo’lishini xohlar edingiz?

@MuallimMuhammad
👍14🔥101
Judayam yosh va yuvosh ko‘rinadiku, “Bolalarni o‘qita oladimi?” deb so‘rab qolishardi ba’zan meni ko‘rganlar. Rostdan ham 10-sinflarga o‘xshardim birinchi ishga kirganimda)

Shu vaqt bir iqtibos esimga tushadi:
Messini oddiy kiyimda ko‘rsangiz, maktab bolasiga o’xshab qoladi. U futbol formasini kiyganda esa atrofdagi barcha maktab bolalariga o‘xshab qoladi.


Endi moslashtirilgan versiyasi:
meni tashqarida ko‘rganlar maktab bolasiga o‘xshatishadi, sinfxonaga kirgandan keyin esa atrofimdagi hamma maktab bolasiga aylanib qoladi)


@MuallimMuhammad
😁90👍41🔥1412
O’qituvchilarning solih do’stlari

Aleksandr Makedonskiy birorta jangda yutqizmagan. Qarorlar va hukmlar deyarli doim to’g’ri va uzoqni ko’zlovchi bo’lgan. Toki u o’z fikriga qarshi chiquvchi ustozlari va do’stlarini o’ldirib yubormagungacha.

Futbol tarixidagi eng buyuk murabbiylardan Pep Guardilo va Carlo Anchelotti doim o’z yordamchisi qilib uni fikrlariga qarshi fikr ayta oladigan, u bilan tortisha oladigan insonlarni olib kelishgan.

Ularning vazifasi butun jamoa murabbiydan qo’rqib turganda bemalol murabbiyning qarorlarini muhokama qilib vaziyatga boshqa tomondan qarashga majbur qilish edi!

Ustozimdan solih do’stning belgilarini so’raganimda sizning xatolaringizni bemalol ayta oladigan va tuzata oladigan bo’lsa yetarli degandilar.

Ustozlar uchun eng yaxshi tanqidchilar(solih do’stlar) esa bu ularning o’quvchilari. Biz bolalarga bizni tandiq qilishiga, xatolarimizni bemalol bizga ayta olishiga ruhsat berishimiz va o’rgatishimiz kerak.

Axir, biz ham odammiz, biz ham xato qilamiz. O’z egoyimizni yengib bolalar fikrini ham eshitish vaqti kelgandir balki? Rivojlanish vaqti kelgandir balki?

@MuallimMuhammad
💯67👍2897🔥2
Qo’rqib ishlamang!

Bir yomon odatim bor: ichimda gap saqlolmayman. Noto‘g‘ri gapirishsa, xato qilishsa — ochiqchasiga aytib yuboraman. Bu mening rahbarim bo‘lsa ham. Adolatsizlik bo‘lsa, oxirigacha tortishaman.

Bu men yangi ishxonaga borganimda rahbarim bilan suhbatda gapiradigan gaplar.

Ochiqlikning yaxshi tomoni — kim/qayer sizga mos yoki mos emasligini aniq bilasiz.

Prinsiplarim bor: ishim bo‘lsa, hech kim ko‘rmayotgan bo‘lsa ham qilaveraman. Ishim bo‘lmasa, yonimda rahbar tursa ham o‘tiraveraman.

Bu yil asosan ota-onalar bilan ishladim. Yil boshidan beri 2–3 tasini urishib ham berdim. “Pul to‘layapman, xohlaganimni qilaman,” deydiganlar ham chiqib qoladi.

Ishimni sifatli, vaqtida qilishga harakat qilaman. Kelishilmagan yoki noto‘g‘ri narsani talab qilishsa — kim bo‘lsa ham — qilmayman. Ularni ham, o‘zimni ham hurmat qilaman. Qiyin vaziyatda imkonim bo’lsa turib berishdan ham qochmayman.

Ba’zan gap eshitayotgan, kaltaklanayotgan ustozlar videosi chiqib qoladi. Xo‘rligim keladi.

Ustozlar, avvalo ishingizni sifatli qiling. Undan keyin nohaqlik bo‘lsa — so‘zingiz bilan kurashing. Unda ham bo‘lmasa — qonunga murojaat qiling. “Yozuvchi” deyuvchilarning fikriga tupuring. O‘z ishini sifatli qiluvchilargina gapira, yoza oladi. Chunki u tekshiruvdan qo‘rqmaydi.

Haq-huquqlaringizni o‘rganing, undan foydalaning. Rizq o’zidan. Uni yo‘qotishdan qo‘rqib, nohaqliklarga chidab ishlamang. Ovozingizni va qaddingizni ko‘taring.

@MuallimMuhammad
👍138🔥3921💯16
Bolani yaxshi ko’rgan insongina uni jazolash huquqiga ega!

@MuallimMuhammad
61💯33🔥21👍8🤔52
Ta’lim beraylikmi yoki tarbiya?

Ta’limni biz beramiz, tarbiyani uyida ota-onasi bersin. Shundaymi?

Ta’lim — so‘zsiz vazifamiz, majburiyatimiz va burchimiz. Buni ongli ravishda qilamiz.

Tarbiyani esa xohlamasak ham beramiz. Ongsiz ravishda beramiz.

Suqrot aytgandek: “Inson yaxshi ko‘rmagan odamidan hech narsa o‘rgana olmaydi.”

Bir inson o‘rgatarkan, o‘rgatgan ilmlari orqali o‘ziga o‘xshatib qo‘yadi. O‘zi amal qilayotgan yoki qilmoqchi bo‘lganinigina o‘rgata oladi. Yaxshi ko‘rmas ekansiz, unga o‘xshashni ham xohlamaysiz, ilm ham o‘rganmaysiz.

Yaxshi ko‘rganidan nafaqat fanini, balki hatti-harakatlari, gapirish uslubi,fe’l-atvori — barchasini oladi.

Biz namunalar yig‘indisimiz. Eslang, dars o‘tishni sevimli ustozingizdan, ayolingizga muomalani otangizdan, do‘stga muomalani do‘stingizdan o‘rganmaganmisiz?

Komenskiy aytganidek: “Namunalarsiz hech narsa o‘rgata olmaymiz. O‘rgana olmaymiz!”
👍7516🔥14💯11
O‘zbekistonda chet el universitetlari reytinglari atrofida qandaydir kult shakllanayotganini sezaman. Bu sohadan oz-moz xabardor inson sifatida aytishim kerakki, istalgan reytingda birinchi o‘rindagi universitet professorlari bilan yuzinchi o‘rindagi universitet professorlari o‘rtasidagi tafovut ko‘pchilik tasavvur qilganidek katta emas. Aksariyat holatlarda o‘rtacha professorlar orasida deyarli farq bo‘lmaydi. Professorlar mehnat bozori biroz g‘alati ishlagani uchun bu tashqaridan unchalik bilinmasligi mumkin.

Jahonning 200–300 ta universitetida yuqori darajada sifatli ta’lim olish mumkin; ular o‘rtasida katta tafovut yo‘q. Shuning uchun talaba bo‘lsangiz yoki bolangiz uchun universitet tanlayotgan ota-ona bo‘lsangiz, farzandingiz dunyodagi 75-o‘rindagi universitetga kirsin, 5-o‘rindagisiga kirsin — ikkala holatda ham u katta muvaffaqiyatga erishishi va yuqori sifatli ta’lim olishi mumkin. Balki jamiyatda biroz prestij farqi ko‘rinishi mumkin, biroq ilm olish nuqtayi nazaridan qaysi universitet yaxshiroq degan savolga aniq javob yo‘q. Hatto kimdir aytishi mumkin: nomdor universitetlarda domlalar anchayin band bo‘lib, iqtidorli talabalarga ham kamroq vaqt ajratishlari mumkin. Yoki u yerda ajralib turish ham qiyinroqdir.

Xullas, universitet reytinglariga biroz tuz qo‘shib qarashni xohlardim. To‘g‘risini aytganda, bakalavr paytlarimda men ham buni yaxshi tushunmagan edim; hozir esa sohaga anchadan beri yaqin bo‘lganim uchun shu fikrlarni yozayapman. Universitet tanlashda uning hayot tarzingizga mosligi, shaharning manzur kelishi, iqlimi va umumiy muhiti kabi omillar talabaning muvaffaqiyatiga ko‘proq ta’sir qiladi nazarimda.

Bir muddat oldin Stanford universitetining sobiq prezidenti bilan Markaziy Osiyoliklar guruhida suhbatda bo‘ldik. O‘shanda markaziy osiyoliklardan biri: «Bolalarimizni Stanfordga kiritish uchun yana nimalar qilishimiz mumkin?» — degan savol berdi. Sobiq prezident esa shunday javob qildi: AQShda yuzlab universitetlar bor, ularning ko‘pi sifati jihatidan Stanforddan aslo yomon emas; o‘zingizdan so‘rang, nega aynan Stanfordni xohlayapsiz? "Haqiqatdan ham ta'lim sifati haqida qayg'ursangiz - yuzlab alternativa bor" dedi. Stanfordga kirish kerak deb bolalarni qiynamaslikni va fokusni qiziqishlariga yo'naltirishni tavsiya qildi. Suhbat anchagina davom etdi, boshqa gaplar ham bo'ldi, lekin uning fikri menga to‘g‘ri tuyuldi. Lekin auditoriya baribir unga ishonmagandek tingladi shekilli.

Nazarimda, mintaqamizda ham reytinglarga nisbatan nosog‘lom bir obsessiya bor. Sababini bilmasligim mumkin, lekin oqibatlari uncha yaxshi emas.

Manba
👍4113🔥8
Omma oldida hayajonni qanday yengsa bo’ladi?

1. Bu tabiiy, boshlanishida hammada bo’lishini bilaylik.

2. Tuyg’ularimiz bilan gaplashib olaylik: nima his qilyapmiz? Qo’rquv? Hayajon?

Nega his qilyapmiz? Eng yomon ssenariyda nima bilan tugaydi? O’ylab ko’rsangiz, siz o’ylaganchalik qo’rqinchli bo’lmaydi oqibatlari.

Aniqlab olganingizdan keyin ichingizdagi vulqon pasayadi, qolgani davom etishi mumkin, yuzingizda sezilmaydi.

3. Sekin gapiring, sekin harakatlaning. So’zlaringiz, gaplaringiz orasida to’xtalishlar qiling.

To’xtaganda gaplaringizni ichingizda qaytarib oling, hamma tafakkur qilyapti deb o’ylaydi, rostdan ham shunday qilayotgan bo’lasiz.

4. Hadisni eslang: Agar biringiz g‘azablansa, tik turgan bo’lsa, o’tirib olsin. Agar g‘azabi ketmasa, yotsin.

Demak, jismoniy holatni sekinlashtirish orqali hissiyotni jilovlash osonlashadi.

@MuallimMuhammad
👍62🔥27211
Suqrot usuli

O‘qituvchi o‘zining bilimdonligini ko‘rsatishga urinmasin, o‘quvchilar bilan birga o‘rganayotganini ko‘rsatsin.

O’qituvchi arifmetik masalani yechayotib ataylab xatoga yo‘l qo‘ysin, bu xatoni tan olib, yana boshidan to‘g‘ri yechimini ko‘rsatib bersin. Bu usul o‘quvchiga ko‘proq o‘rgatadi. O‘quvchi xatoni topsa – xursand bo‘ladi, mustaqil fikrlashga o‘rganadi. Bunday “atayin” xatolar orqali o‘quvchi izlanishga, o’z xatosini tan olishga o‘rganadi.

Albatta, bu xatolar bilmaslikdan
emas, balki o‘rgatish maqsadida bo‘lsin.

@MuallimMuhammad
👍9125🔥17💯15
Sen aldashni qayerdan o’rganding?

Ustoz, bugun oilaviy teatrga bormoqchimiz, tekin biletlar kelib qolibdi, deb qoldi o‘quvchim.

Tushlik vaqti ariza olib keldi. “Oilaviy sabablarga ko‘ra maktabdan ruxsat berishingizni so‘raymiz,” deb yozilgandi ichida. “Nega bunday yozdingiz?” deb so‘radim. “Onam shunday yoz, deb aytdilar,” dedi.

“Borishingizga ruxsat beraman, lekin boshqa aldamang, qadriyatlarimizga mos kelmaydi. To‘g‘risini aytib ham javob olsangiz bo‘ladi,” dedim.

Ota-onasiga esa arizadagi sababga ishongandek bo‘lib ruxsat berib yubordim.

“Bolam bugun kasal bo‘lib qoldi,” deb yozishadi ota-onalar. Ichida boshqa sabab bo‘lsa ham “kasal,” deydiganlari ham topiladi ba’zan.

Sababli qilamiz, “Alloh shifo bersin,” deb chin ko‘ngildan yozib qo‘yaman barchasiga.

Sabab?

Aldab turganini bilib turib ham ishonishingiz va uni duo qilib qo‘yishingiz inson vijdonini qiynaydi. Qadriyatlari bilan yolg‘iz qoldiradi, ichki kurashga undaydi, inson xotirjamligini yo’qotadi, yaxshi xulosa oladi.

Xulosa:

Bolasiga vaziyatdan chiqish uchun yolg‘on ishlatishni o‘rgatayotgan ota-onalar esa 4–5 yildan keyin o‘zlari bolasi tomonidan aldanishni boshlaganda, “Sen aldashni kimdan o‘rganding o’zi?” deb hayron bo‘lishadi.

@MuallimMuhammad
🔥79💯35👍22178
Dunyoda tanlanmaydiganlar bor: oila, millat, vatan. Tanlamaydiganlardan voz kechib ham bo’lmaydi.

Siz ularning xatolari uchun achinasiz, kuyunasiz, jahl qilasiz. Lekin keyingi safar hech narsa bo’lmagandek ular tarafda bo’laverasiz.

Biz 28 yildan beri, ba’zilar 34 yildan beri shunday holatda edi. Nechta oynalar, televizorlar, piyolalar sindi. Asablar ketdi. Har 4 yilda yana umid qilinaverdi.

O’zi nasib qilgan ekan, bizga ko’rish nasib etdi. O’ziga shukr!

@MuallimMuhammad
6421🔥18😁15👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir latifa aytilar ekan, u yerda kulgu qilinadigan holat bartaraf etilmasa, latifa barhayot bo’laveradi, yashayveradi.

Rahmatli Hojiboy Tojiboyevning o’ynamasa ham mayli edi, tantana bilan kuzatib qo’ysak jahon chempionatida bitta-bitta marojniy yeb kelsa ham mayli edi nomli haziliga 21 yil bo’libdi.


21 yil aktual, kulguli, mantiqli edi. Bugun bu hazilning umri tugadi. Endi hech kim u hazilni ayta olmaydi, endi hech kim bu hazilga kulmaydi.

Afsuski Hojiboy akaga ham bu kunlarni ko’rish nasib qilmadi. Balki, jahon chempionatida qatnashishimiz haqida keyingi 20 yillikka yetadigan yana bir hazil aytib berarmidilar.

Bugun menga ozgina ruhsat berasiz, ozgina chegaralarni buzamiz)
56👍26🔥1914😁14