Muallim Muhammad
10.8K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Siz nima bilan shug‘ullanyapsiz?

Uch kishi qurilishda ishlayotgan ekan. O‘tib ketayotgan inson birinchisidan so‘rabdi: “Nima bilan shug‘ullanyapsiz?” “G‘isht teryapman”, — debdi. Ikkinchisidan so‘rabdi: “Devor quryapman”, — debdi. Uchinchisidan so‘rasa: “Insonlar ibodat qilishi uchun masjid quryapman”, — degan ekan.

Aslida uchchalasi ham bir xil ish qilar, birinchisi hozirni, ikkinchisi bir qadam oldinni, uchinchisi esa manzil va oxirgi nuqtani ko‘rayotgandi.

Ustozlar ba’zan faqat tarix, kimyo, matematika yoki o‘z fanimni o‘rgatyapman deb o‘ylab qolishadi. Bu xuddi “G‘isht teryapman”, — degandek gap.

Siz bir bolani yaxshi o‘qitasiz — yaxshi mutaxassis bo‘ladi, butun oilasini moliyaviy qiyinchiliklardan olib chiqib ketadi.

Siz bir bolani yaxshi o‘qitasiz — o‘z sohasida eng yaxshilardan bo‘lib, mamlakatni shu sohada oldinga tortib ketadi.

Siz bir bolani yaxshi tarbiyalaysiz — ertaga uni jinoyat qilib qamalishdan saqlab qolasiz.

Siz bir bolani yaxshi tarbiyalaysiz — butun oilasi hidoyat topishiga sababchi bo‘lasiz.

Sanasangiz tugamaydi. Bu uzoq muddat oladi. Ba’zan biz ko‘rolmaymiz. Lekin hozirdan darsga kirarkanmiz, “G‘isht teryapman”, deb emas, “Masjid quryapman”, deb kiraylik. Shunday mas’uliyat bilan chiroyli quraylikki, ertaga ibodat qilmoqchi bo‘lgan odamlarni bosib qolmasin biz qurgan masjid.

Siz nima bilan shug’ullanyapsiz?

@MuallimMuhammad
175🔥30👍2510😁1
Bolasi uchun vaqt ajratmaydi, o’rniga ko’proq ishlab pul topishga urinadi

Ko’proq vaqt ajratib topilgan barcha pulni, kamroq vaqt ajratib tarbiyalangan bola yo’q qiladi.

Ota-onalar majlisi/treningiga shoshib kelib ketadigan/umuman kelmaydigan ota-onalarga bag’ishlanadi.

@MuallimMuhammad
💯86👍28🔥2597🤔2
Bolalar tushunmasa nima qilay?

Sinfga mavzuni tushuntirasiz, misollar berasiz, namunalar ko‘rsatasiz va sodda savol so‘raysiz. Sinfda jimlik, chig‘irtka ovozi eshitilib turadi)

Ichingizda “jang” kecha boshlaydi: “Kimga tushuntirdim? Nahot shunday oson narsani ham tushunishmagan bo‘lsa? Yoki men shunchalik yomon ustozmanmi?”

Nega shunday bo’ladi? Va qanday yecha olamiz?

1. Yetarlicha fundamental bilimning yo‘qligi
Fikrlar boshqa fikrlar ustiga quriladi. Bir tushunchani tushunish uchun bolaning oldingi bilimlari hisobga olinadi. Ko‘pincha biz bolaning fundamental bilimlarini bilmasdan, o‘zimizga tushunarli misollar bilan tushuntiraveramiz. Lekin bizning va bolaning fundamental bilimlari farqli emasmi?

Yechim:
Mavzu o‘tishdan oldin bolalar bilan mavzuga doir savol‑javoblar qiling. Maqsad – bolalarni baholash emas, xotirasini uyg‘otish va mavzuga oid qanday bilimlari borligini aniqlash. Keyin shu bilimlar asosida yangi mavzuni shakllantiring

2. Bilim la’nati
Insonlar o‘rgangan ilmlarining qanchalik qiyinligini unutib qo‘yishadi. “Men tushuntirdim-ku, ular oson o‘rganishi kerak” deb hisoblaymiz.

Yechim:
1. Yangi mavzu o‘rganganingizda o‘zingizni qanday his qilganingizni eslang. Bolalar o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring.
2. Har yili kamida bitta kurs yoki mashg‘ulot o‘rganganingiz ma’qul – o‘rganish qiyinchiliklari doim esingizda bo‘ladi va bolalarni his qila olasiz.
3. Mavzuni qayta‑qayta tushuntiring, sabrli bo‘ling, ma’lumotni tahlil qilishi uchun yetarlicha vaqt bering, tushunmasa yana qayta tushuntiring.

3. Yagona ta’lim usulidan voz kechish
Ba’zan faqat og‘zaki nutq bilan mavzuni tushuntirishga harakat qilamiz, lekin ba’zi bolalar ko‘rish yoki bajarish orqali yaxshiroq o‘rganadi.

Yechim:
Rasmlar, xaritalar, oddiy chizmalar kabi vizual elementlar qo‘shing. Juda chiroyli va tekis bo‘lishi shart emas – sal qiyshiq, sodda va kulgiliroq chizmalar bola xotirasida uzoqroq qolishga yordam beradi.

4. Katta hajm muammo
Bolalarning ishchi xotirasi cheklangan. Birdaniga juda katta ma’lumot bersak, uni tahlil qila olmaydi va ma’lumot doimiy xotiraga o‘tmaydi.

Yechim:
Mavzuni kichik qismlarga boʻling. Har bir bo‘lim oʻzlashtirilgandan keyingina boshqasiga oʻting.

Manba: cultofpedagogy.com

@MuallimMuhammad
12719👍16🔥15💯2
Men, fan Ustozimiz va o’quvchim turibmiz

O’quvchim fan ustozidan shikoyat qilib qoldi:
— Ustoz doim meni so‘kadilar.

Ustozimiz shoshib qolib:
— Yo‘g‘e, bu tuhmat! Men hech kimni so‘kmaganman. Nega aldayapsan?

Vodiyliklar shevada urushishni ham “so‘kish” deyishini bilgan men esa kulib yubordim))

Ko’p til bilgan yaxshida😅

@MuallimMuhammad
😁71🤣46👍6🔥1
Nega asabiylashasan?

Shunday oʻquvchilar boʻladi, hech qachon oʻzgarmaydi, nima qilishingni, nima deyishingni umuman farqi yoʻq!

Lekin yaxshi oʻqituvchi doim ular uchun qaygʻurishi, asabiylashishi, vaqti kelsa ularni maqtab yoki jazolab turishi shart!

Sabab: oʻqiyotganlar toʻxtab qolmasligi uchun!

Oʻqimayotganlar, dars qilmayotganlar va oʻsmayotganlar jazolanmaydigan sinfda, guruhda va jamiyatda bu ishlarni qilish tabiiy, mumkin ekan degan tushuncha paydo boʻladi.

Va oʻqiyotganlarni ham orqaga tortishni boshlaydi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldida qilingan lekin qaytarilmagan ishlar (taqririy)sunnat deyiladi. Biz ham bolalarning xatolariga indamas ekanmiz bu darsimizning “sunnat” iga aylanib boraveradi.

@MuallimMuhammad
46👍30🔥197💯1
Changlanish

Bir dehqonning bug‘doyi doim eng yuqori navda hosil berarkan. Hamma undan urug‘lik olib ketar, lekin hech kimda uningdek bo‘lmasdi.

Insonlar sirini so‘rashdi. Dehqon: “Urug‘lik ekishdan avval hamma qo‘shni dehqonlarga o‘z urug‘imdan tekinga tarqataman,” — dedi. “Bug‘doy changlanadi. Seniki qanchalik zo‘r bo‘lmasin, atrofingdagi dehqonlarning bug‘doyi navi past bo‘lsa, uning changi senga kelib, sening bug‘doying sifatiga ham ta’sir etadi,” — dedi.

Tarbiya ham shunday: siz faqat o‘zingiz va o‘zingizniki bilan ovora bo‘larkansiz, oliy nav yaratolmaysiz. Atrafdagi past navlilar changlantirib ketaveradi.

Ota-bobolarimiz bekorga “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” demagan. Bolaning begonasi bo‘lmaydi. Maktabda, mahallada sizning bolangiz, o‘quvchingiz bo‘lmasa ham nasihat qilib turmas ekansiz, yaxshi farzand/o‘quvchidan umid qilmang.

@MuallimMuhammad
🔥70👍27💯1211
Eng muhim bilim

O‘qish — boshqalar bilgan eng yaxshi tajribalarni o‘rgatadi. Tafakkur esa — o‘zingizgina anglay oladigan bilimlarni o‘rgatadi.

Olinayotgan ilmlar, o’qilayotgan kitoblar, to’planayotgan tajribalar avvalo hammasi o‘zimizni anglash uchundir.

Tabiatimizni tushunishimiz, bilishimiz, yaqindan tanishimiz — o‘zimizni aldab qo‘ymaslik, umrimiz oxirida afsuslanib qolmaslik va qo‘ygan katta maqsadlarimizga tezroq va balki erishishning yagona yo‘lidir.

Tez o‘rganuvchan tabiatini yaxshi bilgan inson hech qachon yangi o‘yinlar va qimorga bir marta bo‘lsa ham kirib ko‘rmaydi. Qiziqmagani uchun emas, kirib qiziqsa, tashlab ketolmasligini bilgani uchun.

Qat’iy nazoratsiz natijaga erisha olmasligini bilgan inson til o‘rganish uchun to‘g‘ri professional, “qattiqqo‘l” ustoz oldiga boradi.

O‘zini boshqarishga qiynaladigan inson telefon va ijtimoiy tarmoqlariga cheklovlar qo‘yib, parolini o‘zi so‘rashga tortinadigan insonga qo‘ydiradi.

Nega?

U o‘zini, nafsini taniydi. Nafsi bilan bahslashib sabrini sinamaydi. Uning yo‘lini to‘liq yopadi. Imkon qoldirmaydi. Oylarni, yillarni tejaydi. Oqibatda umri barakali bo‘ladi.

Aqllilashganimiz sari o‘zimizni aldash ko‘nikmamiz ham oshib boradi. Tafakkur qiling, anglang, o‘rganing. Tushunganingizdan keyin chuqur o’ylamang, bahonalar to‘qimang yo‘llarni yoping. Tamom!

@MuallimMuhammad
👍557🔥6💯54🤔2
“Iblisdan sen namoyon bo‘ladigan eng xatarli ish nima?” deb so‘radim.

U shunday dedi: “Bizning asosiy ishimiz — odamlarga Alloh haqida noto‘g‘ri tushuncha berishdir. Shunday qilsak, ular Allohning rahmatidan noumid bo‘lishadi.

Men namoyon bo‘ladigan eng go‘zal amal — yosh bolalarga dinni zerikarli qilib ko‘rsatish, keyin esa qiyin yo‘l bilan dars berishdir. Bilasanmi, maktablaringizda ishlashimiz uchun juda ko‘p imkoniyat yaratib berasizlar.”

Ahmad Bahjat

@MuallimMuhammad
🔥64👍17105💯4
Agar men Afinadagi eng baland joyga chiqa olganimda, ovozimni baland qilib shunday degan bo‘lardim:
Ey fuqarolarim! Nega sizlar boylik yig‘ish uchun har bir toshni ag‘darib chiqasizlar, lekin bir kun kelib ana shu boyliklarni meros qilib oladigan farzandlaringiz haqida deyarli o‘ylamaysizlar?

Suqrot

@MuallimMuhammad
🔥7620👍19💯106🤔2
Barcha davrlarning va xalqlarning buyuk pedagoglari nomli kitobni o’qishni boshladim.

Kitobda qaysi buyuk pedagoglar haqida yozilgan deb o’ylaysiz?

@MuallimMuhammad
👍34🔥1284
Meavtika – tug‘dirish san’ati

“Onam ayollarni tug‘dirgan, men esa fikrlarni tug‘diraman” – degan edi Suqrot.

Suqrot fikricha, ustoz o‘quvchiga tayyor bilimni beruvchi emas, uning ichidagi fikrni tug‘dirishga yordam beruvchi yo‘lboshchi bo‘lishi kerak.

Bu usul o‘quvchini tanqidiy va tahliliy fikrlashga, o‘z pozitsiyasini himoya qila olishga, aytilgan har bir fikrni tekshirishga o‘rgatadi.

Qanday qo’llaniladi?

Maevtika uch bosqichdan iborat:

1. Savollar berish – Fikrni ochadigan, mulohazaga undaydigan ochiq savollar.
2. Shubha uyg‘otish – O‘quvchi o‘z fikrini qayta ko‘rib chiqadi, tanqid qiladi.
3. Yangi tushuncha tug‘iladi – O‘quvchi o‘z ichidan yangi, asosli xulosaga keladi.

Darsni o‘zingizning xulosangiz bilan boshlamang – savollar bilan boshlang. Javoblarini shubhaga soling, o‘ylashga, o‘z fikrini chuqurlashtirishga majbur qiling.

Masalan, tarix darsida:
• Jaloliddin Manguberdi qahramonmi?
• Qahramonlar aslida kimlar bo‘ladi?
• U yutqazgan bo‘lsa ham, qahramon deb ayta olamizmi?
• Demak, har bir qahramon g‘alaba qozonmasligi ham mumkinmi?
• U vatanini mo‘g‘ullardan saqlab qolishi mumkinmidi?

Biz hozir qo’llayotgan interaktiv metod zamonaviy usulini Suqrot bundan 2,5 ming yil oldin qo’llagan ekan. Nima deb o’ylaysiz bu usulni zamonaviy deya olamizmi?)

@MuallimMuhammad
🔥55👍4015😁81
Siz nimalarga tayyorsiz?

Suqrot oddiy kiyimda va yalangoyoq yurar, sovg‘alar qabul qilmasdi. Bozorlarni kezib, savdogarlar, hunarmandlar va ayniqsa yoshlarga ilm berardi.

U insonlarni fikrlashga, ko‘r-ko‘rona ergashib ketmaslikka, ruhiy tarbiyaga, axloqli bo‘lishga, savollar orqali o‘zini anglashga o‘rgatardi.

Jamiyat va hokimiyat birgalikda qabul qilgan qonunlarga bo‘ysunishga targ‘ib qilar, bu adolatni tiklaydi, deb ishonardi.

Yoshlarni fikrlashga undayotgani esa hokimlarga yoqmasdi — fikrlaydigan savol beradi. Savol beruvchi mantiq ko‘rmasa, bo‘ysunmaydi. Bo‘ysunmaydigan xalq esa erkinlik talab qiladi.

M.a. 399-yil Suqrotni sud qilishadi. Ikki ayblov bilan o‘lim hukmiga buyurishadi:
1. Yoshlarimiz fikrlarini buzyapti.
2. Shahrimiz xudolariga bo‘ysunmayapti. (Suqrot Afinadagi ko‘p xudolikka emas, o‘z vijdoniga ishonishini aytgan.)

Suqrotda kechirim so‘rash va qochib ketish imkoni bor edi. U ikkisini ham: “Men insonlarga to‘g‘ri so‘zlikni, qonunga bo‘ysunishni va to‘g‘ri fikrlarda bardavom bo‘lishni o‘rgatganman. Endi o‘zim amal qilmaymanmi?” — deb rad etgan.

O‘rgatgan ilmlari bekor ketmasligi va namuna bo‘lish uchun Suqrot o‘limga ham rozi bo‘ldi. U tirik namuna edi.

So‘zlar va amallar bir xilligi tufayli ham Suqrot eng buyuk ustozlardan biri deb tan olingan.

Bizchi, bolalarga o‘rgatgan ilmlarimizga amal qilayapmizmi? O’rgatgan ilmimizga amal qilish uchun nimalarga tayyormiz?

@MuallimMuhammad
🔥56👍22185
Hamma o‘qiganlar ham o‘qita olmaydi.
O‘rgatish — o‘rganishdan ko‘ra ko‘proq aql talab qiladi.

@MuallimMuhammad
💯143👍38187
Ahvolimiz qanday?

Bugungi yoshlar hashamatga o‘rganib qolgan, odob-axloqlari yomon, katta avlodni mensimaydi, otaxonni hurmat qilmaydi, kattalar bilan bahslashadi, ovqatni shoshilinch va beodob yeyishadi, o‘qituvchilarni qiynashadi.

Yo’q, bu gap hozirgi o’zbek yoshlari haqidamas) Buni 2500 yil oldin Suqrot aytgandi.

Bir joyga borgandim, 10–15 yil oldingi qo‘shiqlar kliplarini ko‘rib o‘tirishgan ekan. E’tibor bersam, hozirgi buzilib ketgan kliplardan ancha behayoroq, buzuqroq bo‘lgan ekan.

O‘zim o‘qitayotgan va o‘zim o‘qigan davrdagi maktab bolalarini va ota-onasini solishtirdim — hozirgilar qadriyatliroq, aqlliroq va ambitsiyaliroqligini ko‘rdim.

Ancha yaxshilanib qolibmiz degan fikr keldi.

Ba’zan ustoz sifatida o‘quvchilardan, muhitdan nolib qolamiz, hozirgi yoshlar aynib ketgan deymiz.

Vaholanki, Suqrot ham, Gerodot ham, oldingi xalqlar ham shunday o‘ylaganini yetkazyapti.

Tafakkur qilib solishtirsak, shukr uchun ancha sabablar topa olarkanmiz. O‘ziga shukr!

@MuallimMuhammad
👍83🔥1494
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Registon o’quv markazi, Qo’qon va O’sh shaharlaridan keyin kecha Yuksalish maktabida treningda bo’ldik.

Trening o’tdik, ta’lim haqida suhbatlashdik va savol-javoblar qildik. Ancha fidoyi va saviyali jamoa yig’ilgan ekan.

Keyingi manzil qayer bo’lishini xohlar edingiz?

@MuallimMuhammad
👍14🔥101
Judayam yosh va yuvosh ko‘rinadiku, “Bolalarni o‘qita oladimi?” deb so‘rab qolishardi ba’zan meni ko‘rganlar. Rostdan ham 10-sinflarga o‘xshardim birinchi ishga kirganimda)

Shu vaqt bir iqtibos esimga tushadi:
Messini oddiy kiyimda ko‘rsangiz, maktab bolasiga o’xshab qoladi. U futbol formasini kiyganda esa atrofdagi barcha maktab bolalariga o‘xshab qoladi.


Endi moslashtirilgan versiyasi:
meni tashqarida ko‘rganlar maktab bolasiga o‘xshatishadi, sinfxonaga kirgandan keyin esa atrofimdagi hamma maktab bolasiga aylanib qoladi)


@MuallimMuhammad
😁90👍41🔥1412
O’qituvchilarning solih do’stlari

Aleksandr Makedonskiy birorta jangda yutqizmagan. Qarorlar va hukmlar deyarli doim to’g’ri va uzoqni ko’zlovchi bo’lgan. Toki u o’z fikriga qarshi chiquvchi ustozlari va do’stlarini o’ldirib yubormagungacha.

Futbol tarixidagi eng buyuk murabbiylardan Pep Guardilo va Carlo Anchelotti doim o’z yordamchisi qilib uni fikrlariga qarshi fikr ayta oladigan, u bilan tortisha oladigan insonlarni olib kelishgan.

Ularning vazifasi butun jamoa murabbiydan qo’rqib turganda bemalol murabbiyning qarorlarini muhokama qilib vaziyatga boshqa tomondan qarashga majbur qilish edi!

Ustozimdan solih do’stning belgilarini so’raganimda sizning xatolaringizni bemalol ayta oladigan va tuzata oladigan bo’lsa yetarli degandilar.

Ustozlar uchun eng yaxshi tanqidchilar(solih do’stlar) esa bu ularning o’quvchilari. Biz bolalarga bizni tandiq qilishiga, xatolarimizni bemalol bizga ayta olishiga ruhsat berishimiz va o’rgatishimiz kerak.

Axir, biz ham odammiz, biz ham xato qilamiz. O’z egoyimizni yengib bolalar fikrini ham eshitish vaqti kelgandir balki? Rivojlanish vaqti kelgandir balki?

@MuallimMuhammad
💯67👍2897🔥2
Qo’rqib ishlamang!

Bir yomon odatim bor: ichimda gap saqlolmayman. Noto‘g‘ri gapirishsa, xato qilishsa — ochiqchasiga aytib yuboraman. Bu mening rahbarim bo‘lsa ham. Adolatsizlik bo‘lsa, oxirigacha tortishaman.

Bu men yangi ishxonaga borganimda rahbarim bilan suhbatda gapiradigan gaplar.

Ochiqlikning yaxshi tomoni — kim/qayer sizga mos yoki mos emasligini aniq bilasiz.

Prinsiplarim bor: ishim bo‘lsa, hech kim ko‘rmayotgan bo‘lsa ham qilaveraman. Ishim bo‘lmasa, yonimda rahbar tursa ham o‘tiraveraman.

Bu yil asosan ota-onalar bilan ishladim. Yil boshidan beri 2–3 tasini urishib ham berdim. “Pul to‘layapman, xohlaganimni qilaman,” deydiganlar ham chiqib qoladi.

Ishimni sifatli, vaqtida qilishga harakat qilaman. Kelishilmagan yoki noto‘g‘ri narsani talab qilishsa — kim bo‘lsa ham — qilmayman. Ularni ham, o‘zimni ham hurmat qilaman. Qiyin vaziyatda imkonim bo’lsa turib berishdan ham qochmayman.

Ba’zan gap eshitayotgan, kaltaklanayotgan ustozlar videosi chiqib qoladi. Xo‘rligim keladi.

Ustozlar, avvalo ishingizni sifatli qiling. Undan keyin nohaqlik bo‘lsa — so‘zingiz bilan kurashing. Unda ham bo‘lmasa — qonunga murojaat qiling. “Yozuvchi” deyuvchilarning fikriga tupuring. O‘z ishini sifatli qiluvchilargina gapira, yoza oladi. Chunki u tekshiruvdan qo‘rqmaydi.

Haq-huquqlaringizni o‘rganing, undan foydalaning. Rizq o’zidan. Uni yo‘qotishdan qo‘rqib, nohaqliklarga chidab ishlamang. Ovozingizni va qaddingizni ko‘taring.

@MuallimMuhammad
👍138🔥3921💯16
Bolani yaxshi ko’rgan insongina uni jazolash huquqiga ega!

@MuallimMuhammad
61💯33🔥21👍8🤔52
Ta’lim beraylikmi yoki tarbiya?

Ta’limni biz beramiz, tarbiyani uyida ota-onasi bersin. Shundaymi?

Ta’lim — so‘zsiz vazifamiz, majburiyatimiz va burchimiz. Buni ongli ravishda qilamiz.

Tarbiyani esa xohlamasak ham beramiz. Ongsiz ravishda beramiz.

Suqrot aytgandek: “Inson yaxshi ko‘rmagan odamidan hech narsa o‘rgana olmaydi.”

Bir inson o‘rgatarkan, o‘rgatgan ilmlari orqali o‘ziga o‘xshatib qo‘yadi. O‘zi amal qilayotgan yoki qilmoqchi bo‘lganinigina o‘rgata oladi. Yaxshi ko‘rmas ekansiz, unga o‘xshashni ham xohlamaysiz, ilm ham o‘rganmaysiz.

Yaxshi ko‘rganidan nafaqat fanini, balki hatti-harakatlari, gapirish uslubi,fe’l-atvori — barchasini oladi.

Biz namunalar yig‘indisimiz. Eslang, dars o‘tishni sevimli ustozingizdan, ayolingizga muomalani otangizdan, do‘stga muomalani do‘stingizdan o‘rganmaganmisiz?

Komenskiy aytganidek: “Namunalarsiz hech narsa o‘rgata olmaymiz. O‘rgana olmaymiz!”
👍7516🔥14💯11
O‘zbekistonda chet el universitetlari reytinglari atrofida qandaydir kult shakllanayotganini sezaman. Bu sohadan oz-moz xabardor inson sifatida aytishim kerakki, istalgan reytingda birinchi o‘rindagi universitet professorlari bilan yuzinchi o‘rindagi universitet professorlari o‘rtasidagi tafovut ko‘pchilik tasavvur qilganidek katta emas. Aksariyat holatlarda o‘rtacha professorlar orasida deyarli farq bo‘lmaydi. Professorlar mehnat bozori biroz g‘alati ishlagani uchun bu tashqaridan unchalik bilinmasligi mumkin.

Jahonning 200–300 ta universitetida yuqori darajada sifatli ta’lim olish mumkin; ular o‘rtasida katta tafovut yo‘q. Shuning uchun talaba bo‘lsangiz yoki bolangiz uchun universitet tanlayotgan ota-ona bo‘lsangiz, farzandingiz dunyodagi 75-o‘rindagi universitetga kirsin, 5-o‘rindagisiga kirsin — ikkala holatda ham u katta muvaffaqiyatga erishishi va yuqori sifatli ta’lim olishi mumkin. Balki jamiyatda biroz prestij farqi ko‘rinishi mumkin, biroq ilm olish nuqtayi nazaridan qaysi universitet yaxshiroq degan savolga aniq javob yo‘q. Hatto kimdir aytishi mumkin: nomdor universitetlarda domlalar anchayin band bo‘lib, iqtidorli talabalarga ham kamroq vaqt ajratishlari mumkin. Yoki u yerda ajralib turish ham qiyinroqdir.

Xullas, universitet reytinglariga biroz tuz qo‘shib qarashni xohlardim. To‘g‘risini aytganda, bakalavr paytlarimda men ham buni yaxshi tushunmagan edim; hozir esa sohaga anchadan beri yaqin bo‘lganim uchun shu fikrlarni yozayapman. Universitet tanlashda uning hayot tarzingizga mosligi, shaharning manzur kelishi, iqlimi va umumiy muhiti kabi omillar talabaning muvaffaqiyatiga ko‘proq ta’sir qiladi nazarimda.

Bir muddat oldin Stanford universitetining sobiq prezidenti bilan Markaziy Osiyoliklar guruhida suhbatda bo‘ldik. O‘shanda markaziy osiyoliklardan biri: «Bolalarimizni Stanfordga kiritish uchun yana nimalar qilishimiz mumkin?» — degan savol berdi. Sobiq prezident esa shunday javob qildi: AQShda yuzlab universitetlar bor, ularning ko‘pi sifati jihatidan Stanforddan aslo yomon emas; o‘zingizdan so‘rang, nega aynan Stanfordni xohlayapsiz? "Haqiqatdan ham ta'lim sifati haqida qayg'ursangiz - yuzlab alternativa bor" dedi. Stanfordga kirish kerak deb bolalarni qiynamaslikni va fokusni qiziqishlariga yo'naltirishni tavsiya qildi. Suhbat anchagina davom etdi, boshqa gaplar ham bo'ldi, lekin uning fikri menga to‘g‘ri tuyuldi. Lekin auditoriya baribir unga ishonmagandek tingladi shekilli.

Nazarimda, mintaqamizda ham reytinglarga nisbatan nosog‘lom bir obsessiya bor. Sababini bilmasligim mumkin, lekin oqibatlari uncha yaxshi emas.

Manba
👍4113🔥8