Muallim Muhammad
10.8K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Ramazonda rivojlaning!

“Zamonaviy Pedagog” kursimizning 7-guruhini ham tamomladik. Alhamdulillah, doimgidek ijobiy fikrlar oldik.

Ramazonda kursni to‘xtatib turish niyati bor edi. Ammo yaxshi fikr kelib qoldi:

Ramazonda chegirma bergan holda o‘qitish!

Xullas, biz shanba — 8-mart sanasidan “Zamonaviy Pedagog” 8-guruhiga start beryapmiz.

O‘qituvchi bo‘lsangiz bizga qo‘shiling.

Kursimizda o‘qiganingizdan keyin sizda:

darslar samaraliroq;
stress kamroq;
bolalar bilan ishlash zavqliroq bo‘ladi, inshaAlloh!

Kurs narxi va shartlari haqida to‘liq maʼlumot bu yerda: https://t.me/zamonaviypedagogkursi/101

Aytgancha, agar siz maktab/o‘quv markaz rahbari bo‘lsangiz maktabingiz o‘qituvchilarini jamoaviy o‘qitishingiz mumkin:

Taniqli o‘quv markazi o‘qituvchilari jamoaviy tarzda 5-guruhimizda o‘qishgandi. Markaz rahbari fikrlari bu yerda https://t.me/zamonaviypedagogkursi/90

P.s: Chegirma shanba 17:00 gacha amal qiladi.

@MuallimMuhammad
👍164🔥32
Xayol surish

Yoshligimdan juda xayolparastman. O‘zgina imkon bo‘lishi, o‘z dunyoyimga sho‘ng‘ib ketaman. Atrofdagi suhbatdoshlar hayron qolishardi. “Xayolparast” degan laqabim ham bor edi)

Ozgina uyalardim, lekin boshqara olmasdim. Bilsam bu ne’mat bo’lgan ekan.

“Self Driven Child” kitobida aytyapti, 64% erkaklar va 15% ayollar 6 daqiqa yolg‘iz qolishdan ko‘ra, o‘zlarini elektroshoker bilan urishni afzal ko‘rishadi.

Aslida, yolg‘iz qolib hayol surish xotira, qaror qabul qilish va muammoni yechish tizimini, diqqat va idrokni yaxshilaydi hamda til o‘rganishimizni tezlashtiradi.

21-asrda, kim band bo‘lsa, shu muvaffaqiyatliroq deb o‘ylaymiz. Aslida, yolg‘iz qolib, o‘zini, boshqalarni va bo‘layotgan voqealarga boshqa rakurslardan qarayotganlar muvaffaqiyatliroq bo‘ladi.

Zerika olish san’ati eng muhim ko‘nikmalardan biridir; afsuski, telefonlar chiqib, bu holat borgan sari qiyinlashmoqda.

Ota-onalar bolalarini to‘liq band qilishga harakat qilishadi. Aslida, bolalarga zerikishga va o‘ylashga vaqt ham qoldirishimiz kerak.

@MuallimMuhammad
🔥72👍35💯223
10-15-yil oldin qishda maktabdan qor o’ynamasdan qaytilmasdi. Tizza bo’yi qorlar yog’ardi. Barcha kiyimimiz ho’l bo’lguncha o’ynab, uyga borib gap ham eshitib olardik. Qor, qorbo’ron , chana uchish oddiy hol edi.

Hozir qor desa hammani hayoliga Chimyon va Amirsoy keladi. Bolalar deyarli qorsiz katta bo’lishmoqda. Xotiralar ham yo’q.

Nima demoqchiman? Qor yog’adigan kunlari istisno qilsak, bolalarni qor o’ynashga olib chiqsak menimcha xato bo’lmaydi. Masalan bugun)

@MuallimMuhammad
71👍63🔥24😁4💯1
Oldi qatorlarda bo’ling!

Ikki kun taroveh oldi qatorlarida o’qidik. Hamma tinch, sokin – namozga xalaqit beruvchi harakatlar deyarli bo’lmadi.

Uchinchi kuni orqada o’qib qoldik. Shovqin, namoz vaqti oldingizdan yurib o’tib ketishlar, gaplashishlar, baqirishlar – xushu qilish qiyin bo’ladi. (Tasodif bo’lishi mumkin)

O’ylab qoldim: maktabda ham shunday emasmi? Hayotdachi?

Oldingi qatordagilar ilmga chanqoqroq, tartibliroq va qat’iyatliroq maktabda.

Jamiyatning oldi (ilmli) qatlami ham sakinat egalari – tartibli, riyosiz, o’zi va xalq ishlari bilan band insonlar emasmi?

@MuallimMuhammad
👍147🔥31💯19136😁1
Sizni o‘zgartiradigan suhbatlar

Bilasiz, Pedagog_podcast nomli youtube loyihamiz bor. O’zim eng foydali deb bilganlarim ro’yxatini shu yerda qoldiraman.

Ko’ring. Zavqlaning. O’zgaring!

1. Aziz Rahimov — sevimli ustoz qanday bo‘lishi kerak? 👉 Link

2. Barno Mukimova — pedagogikada psixologiyani qanday qo‘llasa bo‘ladi? 👉 Link

3. Javohir Quvatov — Taʼlim va uning kelib chiqish tarixi qanday? 👉 Link

4. Po‘lat Ergashev — Psixologiya va taʼlimni o‘zaro bog‘lash 👉 Link

5. Muhammad Uralov — Yaxshi ustoz bo‘lish uchun 5 ta fundamental maslahat 👉 Link

6. Muhammad Uralov — Sho‘x bolalarni qanday eplasa bo‘ladi? 👉 Link

@MuallimMuhammad
🔥31👍1981
Nega bolalarimizda jur’at yo’q?

Rasululloh (s.a.v) bir majlisda o’tirayotganlarida, ularga ichimlik olib kelinadi. Ichganlaridan so’ng, sunnat bo’yicha o’ng tarafga uzatish kerak. O’ng tarafda kichik yoshli Abdulloh ibn Abbos, chapda esa Abu Bakr Siddiq o’tirgan edilar.

Ichadilar va Ibn Abbosdan so’raydilar: “Ichimlikni chap tarafdan uzatsam, maylimi?” Bola: “Sizdan keyin ichish imkoniyatini hech kimga bermayman. Menga uzating ichimlikni,” deydi.

Kichik yoshli bolaga katta odamlardek muomala qiladilar. Kim? Rasululloh (s.a.v), nega biz qilmasligimiz kerak? Hatto Abu Bakrdek zot o’tirsalar ham ularga uzatmasdan shu boladan fikr so’radilar, haqqini berdilar.

Kichik yoshli boladagi jur’atni, gaplardagi qat’iyatni qarang. Nega bizning bolalarda kattalar oldida bunday jur’at yo’q? Chunki biz mensimaymiz, fikrlar so’ramaymiz, so’rasak ham amal qilmaymiz. Ruhiyatini sindiramiz.

@MuallimMuhammad
💯134👍5732🔥153😁1
Rasululloh(s.a.v) farzandingizga 3 narsani o’rgating dedilar:

1. Payg’ambarini yaxshi ko’rishini
2. Payg’ambarining oilasini yaxshi ko’rishini
3. Qur’on tilovatini

O’rgatish ta’lim berish, ularning hayotini aytib berish va shu hayotni yashash orqali bo’ladi.

@MuallimMuhammad
👍8727🔥20💯131
Nabaviy tarbiya

Rasululloh (s.a.v) nabiralari Hasan va Husan uchun to’rt oyoqlab ot yoki tuya bo’lib berardilar. Nabiralari ularning yelkalariga minib yurardi.

Rasululloh qo’llarida bolasini ushlab namoz o’qiganliklari borasida rivoyatlar bor.

Rasulimiz sajda qilganlarida nabiralari kelib yelkasiga o’tirib oladi. Imom bo’lsalar ham, sajda holida nabiralari o’zi qonmaguncha qimillamay turadilar. Sajda uzoq cho’zilib ketganda, sahobalardan biri sekin qarasa, nabiralari yelkalarida o’tirgan bo’ladi.

Rasulimiz farzand tarbiyasida hatto shunga ham rozi bo’lgan ekanlar. “Ko’ngli sinib qolmasin bolalarning,” degan ekanlar.

Biz-chi? Ularning ko’ngliga qaray olyapmizmi? Sabr qila olyapmizmi? Butun ummat muammosi yelkasida bo’lgan zot bunga vaqt ajrata olganida, biz nega topmasligimiz kerak?

@MuallimMuhammad
102🔥44👍25💯209
Jasorat

Umar ibn Abdulaziz halifa bo‘ldi. Turli mamlakatlardan qutlashga odamlar keldi. Hijozdan kelgan jamoaga rahbar 10 yoshdan o‘tmagan bola edi. Tabriklash navbati Hijozga kelganda, bola turib gapirmoqchi bo‘ldi.

Halifa:
— Sen o‘tir, kattarog‘i yo‘qmi gapirishga? — dedi.

Bola shoshmadi, yig‘lamadi, o‘tirmadi:
— Alloh amirni isloh qilsin. Kishining qadri ikki narsa bilan bo‘ladi: qalbi va tili bilan. Yoshi yoki bo‘yi bilan emas, — dedi. — Agar siz aytgandek, faqat yosh muhim bo‘lganda edi, podshohlikka sizdan ko‘ra yoshi kattaroq, loyiqroq odamlar bor edi dedi.

Ha, to‘g‘ri tarbiya topgan bolalar butun davlatlar amiriga ham haqiqatlarni gapira olganlar.

@MuallimMuhammad
👍116🔥34💯28171
Sevgini koʻzi koʻrmi?

Bir insonni yoqtirib qolasan. Xato va kamchiliklari koʻrinmay qoladi. Yoshlik, erkalik yoki bilmasdan qilib qoʻygan degan fikrlar kelaveradi doim. Jahling chiqmaydi. Tushunishga harakat qilasan.

Yoqtirib(gaplashib emas!) turmush qurganlar shuning uchun baxtliroq yashashsa kerak, balki.

Dars berishni boshlaganimdan beri bolalarni yaxshi koʻrgan inson zoʻr oʻqituvchi boʻla oladi deb koʻp eshitdim. Sababini bilmas edim. Endi tushundim, menimcha.

Sevgini koʻzi koʻr iborasi faqat qarama-qarshi jins vakiliga nisbatan ishlamaydi. Maktabda bola shoʻx, yosh va xatoga moyil boʻladi.

Bu xato va shoʻxliklarni faqat bolalarni yaxshi koʻrganlargina koʻtara oladi(xuddi ayolini sevgan erkak kabi). Asabiylashmaydi, baqirmaydi, begʻuborlik deb qabul qiladi.

Oqibatda dars sifati tushmaydi, bolalarni tushunadi va ularga chiroyli tushuntira oladi. Natijada sevimli oʻqituvchi boʻladi!

@MuhammadUralov
145👍50🔥3011💯5
Nega bolalar ilm olishga qiynalishyapti?

Biror o‘quvchim surunkali dars qilmay boshlasa, telefonini tekshiraman. O‘rtacha 10 soatdan 20 soatgacha ijtimoiy tarmoqlarga sarflaganini ko‘raman. 90% bolalarda shu muammo.

Ko‘p telefon o‘ynaydi, kam uxlaydi. Kam uxlagani uchun miyadagi o‘zini nazorat qilish tizimi zaiflashadi. Oqibatda darsda diqqatni jamlay olmaydi, uyga vazifalarni qilishga o‘zini majburlay olmaydi, jizzaki va qo‘pol bo‘lib qoladi.

Doimiy kam uyqu xotirani 50% ga pasaytiradi. Kam uxlagan 6-sinf bolalari kognitiv vazifalarni (bilish, tushunish, eslash, muammoni hal qilish, fikrlash) bajarishda xuddi 4-sinf bolalaridek natija ko‘rsatishgan. O‘rtadagi ikki yil qani?

6 hafta 4-6 soat uxlagan bolalar va 3 kun umuman uxlamagan bolalarga berilgan aqliy (kognitiv) vazifalarni bajarishda deyarli farq bo‘lmagan.

Ilm uchun eng muhimi – miya. Miya uchun esa yetarli uyqu. Uyqusizlik va ovqatsizlik miyaga deyarli bir xil zarar yetkazadi.

Kam uyqu semirish xavfini 300% gacha oshiradi. Narkomaniyaga, alkogol va nikotinga qaramlik xavfi paydo bo‘ladi.

Uyqu qisqa xotiraga olingan ma’lumotlarni doimiy xotiraga o‘tkazadi. Olingan yangi va eski ma’lumotlarni bog‘lab, bilimga aylantiradi.

Kam uxlagan ustozlar bolalarga ko‘proq baqiradi, sinf shovqiniga sabrsizroq bo‘ladi va muloqot ko‘nikmasi pasayadi. Oqibatda sifatsizroq dars o‘tadi.

Nima qilish kerak?
1. Yetarlicha va sifatli uxlaylik.
2. O‘quvchilar nazoratini qilaylik, ota-onasiga kam uxlayotganini va telefon bunga sababligini yetkazaylik.
3. Uxlashdan oldin 21:00 da bolalar telefonini olib ular ololmaydigan joyga qo’yaylik. Ijtimoiy tarmoqlariga cheklovlar o’rnataylik.
4. Bu postni ustozlar, ota-onalar va bolalarga ulashaylik.

Manba: The Self-driven child

@MuallimMuhammad
👍10017🔥17💯98
Sizga o‘xshamaganlar

Siz kimlar bilan gaplashayotganingiz, nimalarni ko‘rayotganingiz (YouTube, Instagram, TikTokda) va nimalarni o‘qiyotganingiz — kelajagingizni belgilab beruvchi asosiy omillar.

Odamlar o‘zlari bilan hamfikr bo‘lganlar bilan gaplashishga intilishadi. Siz teskarisini ham qiling.

Xuddi o‘zingizdek o‘ylamaydiganlar bilan gaplashishni boshlang. Ularda sizda yo‘q g‘oyalar, tajribalar va ko‘nikmalar bor. Ular dunyoni boshqa tomondan ko‘rishadi.

Ular bilan gaplashar ekansiz, tortishasiz, o‘ylanasiz, ozgina jahlingiz chiqadi. Lekin boshqacha fikrlashni ham o‘rganasiz. Bir xillikdan qochasiz. Hamma bir tarafdan qarayotganda siz ikki tomondan ko‘rishni boshlaysiz. Hayot osonlashadi.

Boshqa madaniyat, millat, din va davlat vakillari — aynan shular sizni boshqacha o‘ylashga majbur qiladi. Eslab qoling: ikki odam bir masalada tortishayotganda, ikkalasi ham haq bo‘lishi mumkin. Javoblar har doim ham bitta bo‘lmaydi. Bag‘rikenglikni o‘rganing, do‘stim!

@MuallimMuhammad
🔥88👍47💯151411😁2
Vosita

Jamiyatda, maktabimizda ko‘rib, eshitib qolaman. Ba’zan bolalar til o‘rganishadi. IELTS, CEFR, SAT olishadi. Boshqa fanlarni mensimay qo‘yishadi. O‘zlarini katta natijaga erishgan insondek tuta boshlashadi. Balki shunga ishonishadi ham.

Bolalarga tushuntiraman: har qanday chet tili vosita. Xoh u ingliz, xitoy yoki arab tili bo‘lsin.

Aynan nimaga vosita? Kengroq va chuqurroq bilimga vosita.

Avval faqat o‘zbek tilini bilardingiz va o‘zingiz qiziqqan fan yoki soha bo‘yicha 10 ta kitob o‘qiy olardingiz. Ingliz tili esa bu imkoniyatni 100 taga yetkazib beradi. Tamom.

IELTS olsangiz-u, katta ish qilib qo‘ygandek yuraversangiz, siz uchun ochilgan dunyo kutubxonasidan foydalanmasangiz, ingliz tilini o‘rganishga sarflagan yillaringiz deyarli bekor ketibdi.

Chet tilini tarix, psixologiya, matematika, biologiya, kimyoni chuqurroq o‘rganishga sarflaylik.

Tillarni ko‘proq ilm olish uchungina o‘rganaylik. O‘rgatayotganlar ham buni tushuntiraylik. Maqsad avvaldan to‘g‘ri bo‘lsin. Bilimlarimiz maqtanish, qo‘shiq yoki kino ko‘rish vositasigina bo‘lib qolmasin.

@MuallimMuhammad
💯106👍50🔥27137
Ustoz qanday bo‘lishi kerak?

Maktabda sakkizta sinf rahbarimiz bo‘lgan. Eng oxirgisi Shahzoda opa edilar. Juda yaxshi ko’rardik.

Litseyda o‘qiyotgan vaqtimiz Shahzoda ustozimiz vafot etdilar. Joylari jannatda bo‘lsin. Biz janozaga bordik, qatnashdik. Tugagandan keyin, adashmayotgan bo‘lsam, sinfdoshlar bilan shu yerdagi imomdan so‘radik:

— Ustozimiz uchun nima qila olamiz?

Imom:

— Namoz o‘qing, oxirida ustozingiz haqqiga duolar qiling. Eng katta qila oladigan ishingiz shu, — dedilar.

Shu gap bundan o‘n yil oldin namoz o‘qishni boshlashimizga sabablardan biri edi.

O‘ylab qolaman, yaxshi ustoz shunday bo‘lishi kerak ekanki, u borligida ham, yo‘qligida ham shogirdlariga foyda keltira olishi, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlay olishi kerak ekan.

@MuallimMuhammad
🔥179👍6043💯2014
Nechta Nobelimiz bor?

Yer yuzida atiga 16 millionga yaqin yahudiy yashaydi, yarmi Isroilda, qolgani AQShda. Dunyo siyosiy-iqtisodiy tashkilotlarining ko’pchiligi ular tomondan boshqariladi. G’arbda Isroil lobbysi judayam kuchli.

Shu kichik millat 216 ta Nobel mukofoti yutgan, jami mukofotning 22%i. 2mlrdga yaqin musulmonlarda esa atiga 16 ta. Balki 12 tadir. Dahshatli farq-a?

Agar sovuq miya bilan o'ylab qaralsa, muammoning tag ildizi aynan shu yerda ko'rinadi. Dunyoning turli nuqtalaridagi musulmonlar nega genotsid qilinayotganiga sabab ham oydinlashadi.

Nega biz G’azo va Uyg’urlarda bo’layotgan qirg’inlarga qarshi tik-tok va instagramda yig’lab video qilishdan, ularni qarg’ashdan boshqasini qila olmayapmiz? Nega amaliy hech qanday yordam yo’q? Savol ritorik!

Biz ojizmiz, qo’limizdan bundan boshqasi kelmaydi ham. Chunki ilm olmaymiz. Ilm orqali kuchaymaymiz. Birlashmaymiz. Pulimizni, vaqtimizni, energiyamizni bilim uchun tikmaymiz.

Sabablar dunyosida yashayapmiz. Demak harakat qilish kerak. O’zimiz, farzandimiz, jiyanimiz, ukamiz, singlimiz, kimimiz bor? O’qitaylik, ilm yo’lida jahd qilaylik. Kuchli bo’laylik.

Bo’lmasa yana 100 yildan keyin ham G’azo qiynalayotganda biz faqat yig’lab video qila olamiz xolos.

@MuallimMuhammad
💯128🔥48👍3317🤣1
Ota-onalar bilan qanday ishlayman?

Telefondagi suhbat:

Men: Assalomu alaykum, farzandingiz bugun maktabga kelmadilar?

Ona: Ha, kuchli qor yog‘gani uchun mashinani hayday olmayman, shunga bora olishmadi.

Men: Yandexdan jo‘natsangiz bo‘lardi-ku.

Ona: Qizimizni begona shofyorga ishonolmaymiz.

Men: O‘zingiz ham Yandexga birga o‘tiring, qizingizni maktabga tashlab, uyga yana shu Yandexda yetib olasiz. Shunday qilsak bo‘ladimi?

Ona: Mayli, hozir boramiz.


Kurator sifatida ota-onalar bilan ko‘p aloqaga kirishaman. Bolasini maktabdan ertaroq olib ketish, kechroq olib kelish, maktabga bormasligi bo‘yicha juda ko‘p so‘rovlar bo‘ladi.

Bola uddaburon, ota-ona o‘ta mehribon, ba’zan erinchoq ham bo‘ladi.

Har bir qoldirilgan dars bolani mavzuni tushunmasligiga, tushunmaslik vazifa qilinmasligiga, bu esa ustoz bilan tortishuvga va munosabatlar sovushiga olib keladi. Oqibatda keyingi mavzular ham tushunilmaydi, ustoz va bola bir-birini yoqtirmay qoladi. Ustozni yoqtirmagan bola fanni ham o‘qimay qo‘yadi.

Hammasi birgina darsga kelmaslikdan boshlanadi. Ha, kichkina, lekin uzoq muddatda katta talofatli.

Bolalarni darsdan olmoqchi bo‘lgan ota-onalarga doim tepadagi gapni tushuntiraman.

Yaqinda bir o‘quvchimiz shuning orqasidan maktabimizdan ketdi ham.

Nima qilish kerak?

Tepadagi dialogni o’qigan bo’lsangiz, bola maktabga kelishi uchun qayta-qayta harakat qilaverganman. Yechimlar berganman, balki xohlab, balki noiloj olib kelishgan bolani. Ba’zan ota-ona ham bola kabi majburlanadi.

Ota-onaga tushuntiriladi, qattiqroq talablar qo‘yiladi (hatto xususiy maktabda bo‘lsa ham), amal qilinmasa, yuzma-yuz o‘tirib ochiqchasiga gaplashiladi. Bolaning kelajakdagi taxminiy bilim saviyasi va ko’rinishi yetkazilinadi.

@MuallimMuhammad
1👍90🔥31💯1284
“Namoz masjiddan chiqqach, haj Makkadan chiqqach, Ramazon ro‘za tugagach boshlanadi”

Najib Fozil

Hayit muborak bo‘lsin!

Manba: @aslanov_futbol
🔥120👍3630
Hikmat

Shahzodani o‘qitayotgan ustoz podshohga farzandining kibri va axloqsizligidan shikoyat qiladi. Podshoh yechim taklif qiladi:

— Shahzodaga dars o‘tayotganingizda xonangizga beruhsat kiraman, buning uchun menga tarsaki tushurasiz.

Ustoz bunday qila olmasligini aytsa ham, podshoh o‘z gapida turib oladi. Ertasi kuni xuddi shu ish shahzodaning ko‘z o‘ngida sodir bo‘ladi. Hayratda qolgan shahzoda o‘ziga xulosa chiqaradi:

Axloqsizligi uchun u ishongan “tog‘” ham yordam bera olmaydi. Demak, o‘zi o‘zgarishi kerak. Najot o‘zida, axloqida.

Hozir bolalarni o‘qitish qiyinlashayotganining sabablaridan biri ham shundan. Ba’zi otalar, onalar bola ustozidan shikoyat qilib kelsa:

— O‘zim gaplashib qo‘yaman. Sen bo‘sh kelma! Kim bo‘libdi u? Uning haqqi yo‘q bunday deyishga. Kerak bo‘lsa, janjal qilamiz, ustidan yozamiz, rahbariyatga chiqamiz, — deb bolaning ko‘z oldida ustoz obro‘sini chilparchin qilishadi.

Ba’zilari esa maktabga kelib, bola ko‘z o‘ngida ustozga baqirishi va hatto qo‘l ko‘tarishi ham yo‘q emas.

Balki tepadagi gaplarni ba’zi ota-onalar bolalar ko‘ngli uchun aytib qo‘yishar ham, deylik. Ular kelmas, janjal ham qilmas. Lekin shu gaplarning o‘zi asosiy ta’lim va ba’zan tarbiya beruvchining berayotgan ilmlarini qadrsiz qilmaydimi? O‘ylab ko‘rish kerak, chuqurroq!

Nima qilish kerak?

1. Bola Ustozidan shikoyat qilganda, Ustozi faqat bolaning kelajagini o’ylashini, uning boshqa manfaati yo’qligini tushuntiring.

2. Ustoz sizdan ko’proq narsa bilishini(aniq bilmasangiz ham) bolaga ayting. Ta’lim va tarbiyada Ustozga ko’proq tayanishingizni ko’rsating.

3. Ustoz haqida yomon gap gapirmang. Siz xato deb o’ylasangiz boring, Ustozdan so’rang, birga muhokama qiling, maslahatlar so’rang. Bolaga Ustozing bilan maslahatlashamiz deb ko’p bora eslatib turing.

4. Bu postni barcha ota-onalarga va Ustozlarga yuboring.

Balki bizning ta’limga podshohdek fikrlaydigan, hikmatli ota-onalar ham kerakdir. Salohiyatli ustozlar bilan, albatta.

@MuallimMuhammad
🔥69👍26💯1263
Shogirdlik

“Ustozsiz insonning ustozi shayton,” degan gapni o‘qib, Aziz akani yonlariga borib:
— Meni shogirdlikka olmasangiz bo‘lmaydi, nima desangiz qilaman, — deganman.

Bu 2021-yilda bo‘lgan voqea. O‘sha paytda tajribasiz, deyarli ilmsiz va kelajagi mavhum Muhammad edim.

To‘rt yil o‘tdi. Pedagog_podcastni boshladik, ustozlar uchun shu blogni ochdik, Zamonaviy Pedagog kursini tayyorladik, Teachers’ Hubni tashkil qildik.

Barchasiga Alloh Aziz aka Rahimov ustozimizni sababchi qildi. Ulardan Alloh rozi bo‘lsin.

Ko‘p o‘qituvchilarda shu muammoni ko‘raman — ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan ustoz yo‘q. Nima qilishni bilishmaydi.

O‘rganganlarimizni bo‘lishish vaqti keldi. Shuning uchun bir shogird olmoqchiman. Barcha ilm va tajribalarimni ulashaman. Agar aytganimizni va qilganimizni bajarsa, 1-2 yilda yaxshi ustoz qilib yetishtiraman.

Shartlari:
• Matematika va ingliz tilini yaxshi darajada bilsin.
• Toshkent shahrida yashasin va o‘qisin.
• Ustoz bo‘lishni niyat qilsin,bolalarni yaxshi ko’rsin.
• Talaba bo‘lsa, yaxshi.
• Haftada kamida 3 kun maktabga kela olsin.

Nima bera olamiz?

• Rahimov Schoolda birga ishlaymiz.
• O‘z kutubxonam bilan bo‘lishaman.
• Bizning pulli loyihalarimizda tekin o‘qiydi.
• Podcastlarimizda qatnashadi.
• Kuchli ustozlar davrasida bo‘ladi.

Ismingiz, yoshingiz, nimalarga qiziqishingiz,qayerda o’qishingiz, matematika va ingliz tilidan darajangiz, qaysi vaqtlar maktabga kelib ishlay olishingiz haqida @MuhammadUralovv ga yozib yuboring. Ko’rib chiqib eng munosib nomzodni tanlab olamiz.

To‘g‘ri kelsangiz, shu haftadan birga ishlaymiz, nomzod topilishi bilan post o’chiriladi.

@MuallimMuhammad
👍4128🔥16💯21
Hammasi tabiiy bo‘lishi kerak

Yaponiya bog‘chalari haqida jiddiy qiziqa boshladim, rostan ham o‘zimga kerakli tomonlarini olishim kerak deb o‘ylayman, umuman O‘zbekiston ham xuddi shu yo‘ldan yurishi kerak deb o‘ylayman, Toshkentga borishim bilan o‘zimizda shuni joriy qilishdan boshlayman.

Gap shundaki, yapon bog‘chalarida 4,5,6 yoshli bolajonlar bir guruhda bo‘lishadi, 1,2,3 yoshli bolajonlar esa bir guruhda bo‘ladi, bizda bu holat qanday? Biz bolalarni yoshiga qarab ajratib tashlaymiz, yaʼni qo‘rqamizki, yoshi katta bolalar yoshi kichiklariga ozor yetkazib urib qo‘yishi mumkin.

Lekin bular nega qo‘rqmaydi, chunki bola tabiiy sharoitda tarbiyalanishi kerak deb hisoblashadi, yoshi kattalari yoshi kichiklariga yordam beradi, yoshi kichiklar yoshi kattalaridan o‘rnak oladi, ular bilan chiqishishga majbur bo‘ladi va bolada bolalikdan soft skillar shakllanishni boshlaydi.

Masalan, uyimizda hamma farzandimizning yoshi bir xil emas-ku, hayotda ham siz turli yoshdagi odamlar bilan muloqot qilishga, birga ishlashga majbursiz-ku, xuddi shunday bog‘chada ham hayotiy tabiiylik ustunlik qiladi.

Keyin bog‘chada eshiklar ochib qo‘yiladi, bola xohlagan joyiga borib o‘ynaydi, qaysidir bola tashqarida o‘ynasa, qaysidir ichkarida o‘ynashi mumkin, tashqari va ichkari uchun alohida tarbiyachilar qo‘yilgan, ular faqat bolani kuzatib turishadi, o‘zi o‘ynab, boshqalar bilan til topishishga yordamlashadi xolos.

Bolalar faqat o‘z yoshidagilar bilan bir guruhda bo‘lsa, ular faqat mana shu guruhdagilar bilan chiqisha oladigan bo‘lib qolish ehtimoli bor ekan, keyin o‘ylab qoldim, rostan ham bizda 97 lar, 94 lar, 2002 lar degan qarashlar bor, sal ikki yosh kattalar ikki yosh kichiklarga qandaydir boshqacha nazar bilan qaraydigan, “patsan, bratishka” degan qarashlar paydo bo‘lgani balki shundandir ham deb o‘ylab qolaman.

Manba

@MuallimMuhammad
1👍76🔥1913💯63🤔1
Bilaman illuziyasidan qanday qutulish mumkin?

Abiturient vaqtimda ustoz ona tilidan dars o’tyaptilar, oldimdagi do’stim e’tiborsiz, yozmasdan o’tiribdi. “Nega yozmayapsan?” desam, “Buni men bilaman, o’tganmiz,” dedi.

Keyingi dars boshqa do’stim ustozning har bir aytganini yozib olayotganini ko’rdim. “Nega buncha yozayapsan? Sen bilasanku,” dedim. Muhammad: “Xuddi bilmaydigandek o’rganmasang, o’rganolmaysan,” dedi. Vaholanki, ikkinchi yigit shu vaqtda shahrimizdagi eng kuchli abiturient edi. U yozardi, ustozlarning har bir aytganini qilardi.

Yil oxirida birinchi do’stim 185 ball, ikkinchisi esa 210 atrofida ball yig’di.

Siz dars o’tayotganingizda ham shunday bo’lib tursa kerak. “Ustoz, men bu mavzuni bilaman,” deydi chalaroq biladigan o’quvchilar. Yozgisi, eshitgisi kelmaydi ba’zan. So’rasangiz, bilmaydi.

Nega?

Metacognition — fikrlashimizni ongli ravishda kuzatishimiz, nimalarni bilishimiz va bilmasligimizni anglashimiz.

Biror narsani qayta-qayta o’qirkanmiz, eshitarkanmiz, boshidagidan ko’ra tanishroq, tushunarliroq bo’lib boraveradi. Oqibatda “haaa, bilarkanman” degan illuziyani yaratib qo’yadi. Sabab: biz o’zimizni, qobilyatlarimizni bilmaymiz, o’lchay olmaymiz. O’zimizga chetdan baho berolmaymiz. Bugun shuni o’rganamiz.

O’quvchilar imtihonlarda, testlarda, darslarda qiynalib qolishining sababi ham shu.

Nima qilish kerak?

1. Mavzu o’tib bo’lganingizdan so’ng sinfga o’tilgan mavzuni o’z so’zlari bilan yozishini ayting. Hozir eshitgan gaplarining hammasi esidagidek tuyuladi, yozganda esa aslida adashganini biladi. Men 10 daqiqa oldin yozdirishni boshlayman.

2. Keyingi darsda bolalardan qayta so’rayotganda mavzuni necha foiz tushunganini tahmin qilishini so’rang. Va mavzu topshirib bo’lgandan keyin ham qayta baholashini so’rasangiz bo’ladi, 1-10 gacha. Shunda kutilma va reallik o’rtasini aniq bilib oladi.

3. Kitobning har bobini yoki kichik bo’limlarini tugatganingizda, o’z so’zlaringiz va misollaringiz bilan tushunganingizni yozing yoki gapiring. Qanchalik tushunayotganingizni bilib olasiz. Mustahkamlab olasiz.

@MuallimMuhammad
1👍50🔥198💯72😁1