Muallim Muhammad
10.8K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Eng noto‘g‘ri metodika

Maktabda yaxshi o‘qiganman, deyarli hamma fanlarni fundamental bilaman. Matematikadan tashqari. Kasrlar mavzusida kasal bo‘lib qolganman. Tushunishim qiyinlashishni boshlagan. 7-sinfda ustozim darsdan ketma-ket 5-6 marta chiqarib yuborishi bilan matematikaga nuqta qo‘yilgan.

Litseyda ham, universitetda ham matematikadan qiynalganman, ustozlarimni ham qiynaganman. Eng yomon ko‘rgan o‘quvchilaridan ikkitasidan biri men edim litseyda.

Ustozlikni tushunishni boshlaganimda o‘zimga va’da berganman: hech qaysi o‘quvchini darsdan uzoq vaqtga chetlatmayman. Darsda turg‘izib qo‘yaman, lekin mavzuni eshitishiga imkon beraman. Men matematika ustozimga o‘xshashni xohlamayman, degan ichki ovoz kelgan o‘shanda.

Darsdan uzoq vaqtga chiqarish — eng yomon usul. Birinchidan, darsdan chiqarib yuborish — bu eng oson variant va bu ishni qilish uchun siz professional o‘qituvchi bo‘lishingiz ham, aqlingizni ishlatishingiz ham shart emas. Bu — “men bu bolani eplolmadim, bu bola bilan kelisha olmadim” degani. Bu o‘zingizga bo‘lgan ishonchni ham tushuradi.

Ikkinchidan, bolani o‘zgartirishni, o‘stirishni, ilmli qilishni xohlasak, u turganmi, o‘tirganmi, hatto yotgan holatda bo‘lsa ham xonamizda bo‘lishi kerak. Shunda biz 10% bo‘lsa ham o‘zgarish qila olamiz.

Meni maktabda matematika ustozim sababsiz chiqarib yuborganmi? Yo‘q! Men xato qilganman, sho‘xlik qilganman. Lekin bola edim-ku! Harakatlarim oqibatini bilmasdim. Ular katta shaxs edilar, ongli edilar, axir ular Ustoz edilarku! Nahotki, buni o‘ylamaganlar, degan fikrlar o‘taveradi hozirgacha.

@MuallimMuhammad
🔥98👍431412🤣7💯4
Nimani bilmaslikni biladigan insonlar hayotda yaxshiroq yashaydi deyapti mana bu kitob.

Nega bu iqtibosni kitobning o’rtasida aytyapti? Men o’zimni qiynaydigan shuncha ma’lumotlarni bilib bo’lganimdan keyin.

Menimcha, bu iqtibos kitobning eng boshida ogohlantirish ko’rinishida yozilishi kerak edi.

Menku o’qib qo’ydim lekin, sizlarni ogohlantirib qo’yay do’stlar.

1. Hokimiyatning 48 qonuni
2. Monipulyativ diktatorlar
3. Ta’sir psixologiyasi.

Shu 3 kitobni o’qimaganlar hayotda yengilroq yashashadi. Afsus, men kech qoldim.

#sarkazm

@MuallimMuhammad
😁7112👍11🔥83
Telegramda ta’lim to’g’risida maqolalar chiqadigan kanallar juda kam. Shulardan eng yaxshilaridan biri @Ustoz_kundaligi do’stim Moxir tomonidan yuritiladi.

Bugun 20:00 da sun’iy intellektdan ustoz sifatida foydalanish bo’yicha audiochat ham bo’larkan. Hozir kirsangiz ulgurasiz.

Link: @Ustoz_kundaligi
🔥18👍10
Yolg’on haqida

Yolg‘on psixologiyasi nomli kitob o‘qiyapman. Yolg‘on gapirayotgan diplomatlar va agentlardan ko‘ra yolg‘on gapirayotgan (o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan) bemorlar hamda xiyonatkor turmush o‘rtoqlarni aniqlash osonroq deyapti.

Sababi, birinchi guruhdagilar o‘zlarini to‘g‘ri qilyapman deb hisoblaydi, ikkinchi taraf his-tuyg‘ulari va holati ularga umuman qiziq emas. Bu ular uchun vatanparvarlik.

Ikkinchi guruh esa xato qilayotganini sezadi, vijdoni qiynaydi va bu yuz ifodalariga ko‘chadi. Jabrlanuvchilar (ularni davolovchi shifokor yoki turmush o‘rtog‘i) ularga ishonishi, ularni sevishi, ularga chin ko‘ngildan yordam berishni xohlab, bunga harakat qilayotgani ularga bosim yuklaydi. Va keyinchalik bu ularning o‘z aybini tan olishiga ham olib kelishi mumkin.

Xuddi shu voqea bir ustozimiz bilan ham bo‘lgandi. Bolalar ustozni aldab, darsdan ruxsat so‘ragan. Ustoz ishongan, ruxsat bergan. Keyinroq o‘quvchi kelib, aldaganini, xato qilganini tan olib, uzr so‘ragan.

Demak, biz bolalarga ishonar ekanmiz, yaxshi ko‘rar ekanmiz, mehr berib, ular uchun harakat qilar ekanmiz, ularning vijdonini uyg‘ota olamiz. Xato qilsa, tan olishni o‘rgata olamiz, kamroq yolg‘on gapirishadi, munosabatlarimiz yaxshilanadi. Oqibatda yaxshiroq o‘qishiga ham ta’sir o‘tkazsa kerak-a?

Bolaga ishonish uni yolg’ondan ozod qilishning eng kuchli yo’lidir, balki?

@MuallimMuhammad
51👍37💯114🔥3
Bilguvchilar amal qilsin, tushunganlar saboq bersin.

Biz qay holatda dars beryapmiz?

@MuallimMuhammad
🔥58👍20💯11🤣97🤔1
Eng zo’rlarini qanday topaman?

Hijratdan keyin Madinada musulmonlarning 3 turi paydo bo‘ldi:

1. Eng yuqori darajadagi musulmonlar. Ular bilganlarining barchasiga qattiq amal qilishadi.
2. O‘rtacha musulmonlar. Ular xato qilishadi va yana haqqa qaytishadi.
3. Munofiqlar. So‘zlari va amallari boshqa-boshqa insonlar.

Makkada esa faqat eng yuqori darajadagi musulmonlar bor edi.

Nega Makkada faqat “premium” musulmonlar? Madinada pastroq darajadagilar ham qo‘shilib qoldi?

Makkada musulmon bo‘lish “qimmat”. Siz umringizni xavfga qo‘yasiz, qarindosh va yaqinlarning yordamidan mahrum bo‘lasiz. Xalqning qarg‘ishlari, qiynoqlari va ba’zan o‘lim kutardi. Faqat haqiqiy iymon egalari bunga sabr qila olishardi.

Madinada esa Islomda bo‘lish yoki shunchaki musulmon bo‘lib ko‘rinish xavfsiz edi. Xohlagan, qiziqqan yoki “bu qanday hislarni berarkin?” deb kirib ko‘rganlar ham musulmonlar qatoriga qo‘shilardi. Chunki kirsangiz, hech narsani yo‘qotmasdingiz.

Biz doim yengillikni xohlaymiz, lekin qiyinchiliklar haqiqatan arziydiganlarni saralab bera oladi. Real voqeliklarni ko’rsatadi.

Maktab ochdingiz, biror jamoa tashkil qildingiz, dars uchun guruh yig‘ayapsiz, oila qurmoqchisiz — agar eng ixlosli va kuchlilarini xohlasangiz, saralashlaringizni qattiqroq qiling. Shundagina “premium”larini topa olasiz.

@MuallimMuhammad
👍95🔥2496💯6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Televideniyaga chaqirishgan edi. Internet va uning bolalarga ta’siri mavzusida ozgina muhokama qilib tortishdik.

Hozir 21:20 da madaniyat va marifat kanalida berishyapti. Vaqtingiz bo’lsa ko’ring. Fikrlaringizni yozib ketsangiz bo’ladi keyin shu yerda

Zo’r bo’ldi deya olmayman. Bo’lishini ham kutmagandim o’zi. Tajriba uchun borgandim. Yaxshi tajriba bo’ldi.

Ustozlar tanqid qilinganda talashdim beixtiyor, qolgan vaqti ko’p gapirmadim.

@MuallimMuhammad
🔥32👍2713🤣9
Voqealarning ikki tarafi

Yaralangan qoplon o‘zining oxirgi kuchi bilan bizon bolasini ovlashga harakat qilmoqda. Ona bizon bor kuchi bilan qoplonga tashlanib, uni yaralashga va farzandini himoya qilishga harakat qilyapti. U qoplonni qattiq yaraladi va o‘z bolasini saqlab qoldi.

Qoplon qochishga majbur bo‘ldi va g‘or oldiga zo‘rg‘a borib oldi. G’ordan 2-3 ta kichik qoploncha och holda yugurib chiqdi. Ona qoplon shunchalik och va qattiq yaralangan ediki, shu yerda jon taslim qildi. Bolalar onasi ularni sut emishi uchun yotdi deb o‘ylashdi, lekin endi bu tanadan boshqa hech qachon sut chiqmasdi.

Bir qaraganda, bizon o‘z farzandini saqlab qolgani xursand qiladi, lekin evaziga qoplon va bolalari qurbon bo‘ldi. Yaralangan onasi vafot etgach, ularning bu shafqatsiz dunyoda biror bir himoyachisi qolmadi.

Voqeani 1-qismini ko‘rsangiz, bizon va uning kichik bolasi uchun xursand bo‘lasiz. Qoplon ko‘zingizga vahshiy yirtqich, faqat o‘z qornini o‘ylab, o‘txo‘r, beozor jonivorlarni qiruvchi va ularning bolalarini o‘ldiruvchi maxluqdek ko‘rinadi.

Ikkinchi qismni o‘qisangiz, bizga vahshiylik, qotillik va noto‘g‘ri deb ko‘ringan ishlarning sabablarini ko‘rasiz.

@MuallimMuhammad
👍65🔥2266
Telegram egasi Durov yozyapti.

DeepSeek ChatGPT bilan raqobat qilayotgani va sun’iy intellekt sohasida Xitoy G‘arb davlatlariga yetib olgani tasodif emas. Ularning o‘quvchilari matematika va dasturlashda anchadan beri G‘arbdan oldinda. Matematika olimpiadalaridagi yutuqlar va DeepSeek bunga isbot.

Xitoy maktablari bolalarga fanlarni chuqur o‘qitadi. Kuchli intizom hamda raqobat ta’lim tizimining asosi. G‘arb esa raqobatni va natijalarni ommaviy e’lon qilishni oqlamaydi. Lekin g‘oliblik va mag‘lubiyat tanganing ikki tarafi — agar mag‘lublar bo‘lmasa, g‘oliblar ham bo‘lmaydi. Unda qobiliyatli bolalar kurashish uchun ichki motivatsiya qayerdan topsin?

Balki shuning uchun ular raqobatli video o‘yinlariga fanlardan ko‘ra ko‘proq qiziqishadi. Chunki u yerda siz haqqoniy darajangizni bila olasiz va o‘zingizni ommaga ko‘rsata olasiz.

Ha, biz bolalarni sinib qolishdan himoya qilyapmiz, “solishtirmasin, siqilmasin, depressiyaga tushmasin” deyapmiz va hammani teng qilib ko‘rsatyapmiz.

Lekin bu maktab tugashining ertasigayoq chilparchin bo‘lib ketadigan soxta ishonch emasmi? Hayotda, sportda, biznes va karyerada raqobat ham, solishtirish ham borku. Kim kuchliroq bo‘lsa, rag‘bat olishi aniq-ku, — deyapti Durov.

Sizning fikringiz qanday?

@MuallimMuhammad
👍81🔥2411🤔4💯43
Ko’chalarni kezaman, bozorlarga boraman. Turli kasb egalari, turfa insonlarni ko’raman.

Va ta’lim sohasida, naqadar yaxshi insonlar ichida ishlayotganimni his qilaman.

@MuallimMuhammad
121🔥47👍40💯6
Ba’zan darsga tayyorlana olmay qolaman, xona shovqin bo’lib ketadi. Ruhan charchaganimdan baqirib yuboraman.

Nohaq urushib qo’yganlarim, xatolarim, ayblarim bo’ladi. Charchaganim bir tarafdan qiynasa, qilgan xatoyim ikkinchi tarafdan qiynaydi. Uzoq o’ylab qolaman, bu nimaning belgisi? Sababi ne?

Javob keladi. Bu insonliging belgisi. Ojizliging. Ba’zan unutib qo’yasan. Keyin qabul qilaman.

@MuallimMuhammad
👍100🔥3620💯16
Ramazonda rivojlaning!

“Zamonaviy Pedagog” kursimizning 7-guruhini ham tamomladik. Alhamdulillah, doimgidek ijobiy fikrlar oldik.

Ramazonda kursni to‘xtatib turish niyati bor edi. Ammo yaxshi fikr kelib qoldi:

Ramazonda chegirma bergan holda o‘qitish!

Xullas, biz shanba — 8-mart sanasidan “Zamonaviy Pedagog” 8-guruhiga start beryapmiz.

O‘qituvchi bo‘lsangiz bizga qo‘shiling.

Kursimizda o‘qiganingizdan keyin sizda:

darslar samaraliroq;
stress kamroq;
bolalar bilan ishlash zavqliroq bo‘ladi, inshaAlloh!

Kurs narxi va shartlari haqida to‘liq maʼlumot bu yerda: https://t.me/zamonaviypedagogkursi/101

Aytgancha, agar siz maktab/o‘quv markaz rahbari bo‘lsangiz maktabingiz o‘qituvchilarini jamoaviy o‘qitishingiz mumkin:

Taniqli o‘quv markazi o‘qituvchilari jamoaviy tarzda 5-guruhimizda o‘qishgandi. Markaz rahbari fikrlari bu yerda https://t.me/zamonaviypedagogkursi/90

P.s: Chegirma shanba 17:00 gacha amal qiladi.

@MuallimMuhammad
👍164🔥32
Xayol surish

Yoshligimdan juda xayolparastman. O‘zgina imkon bo‘lishi, o‘z dunyoyimga sho‘ng‘ib ketaman. Atrofdagi suhbatdoshlar hayron qolishardi. “Xayolparast” degan laqabim ham bor edi)

Ozgina uyalardim, lekin boshqara olmasdim. Bilsam bu ne’mat bo’lgan ekan.

“Self Driven Child” kitobida aytyapti, 64% erkaklar va 15% ayollar 6 daqiqa yolg‘iz qolishdan ko‘ra, o‘zlarini elektroshoker bilan urishni afzal ko‘rishadi.

Aslida, yolg‘iz qolib hayol surish xotira, qaror qabul qilish va muammoni yechish tizimini, diqqat va idrokni yaxshilaydi hamda til o‘rganishimizni tezlashtiradi.

21-asrda, kim band bo‘lsa, shu muvaffaqiyatliroq deb o‘ylaymiz. Aslida, yolg‘iz qolib, o‘zini, boshqalarni va bo‘layotgan voqealarga boshqa rakurslardan qarayotganlar muvaffaqiyatliroq bo‘ladi.

Zerika olish san’ati eng muhim ko‘nikmalardan biridir; afsuski, telefonlar chiqib, bu holat borgan sari qiyinlashmoqda.

Ota-onalar bolalarini to‘liq band qilishga harakat qilishadi. Aslida, bolalarga zerikishga va o‘ylashga vaqt ham qoldirishimiz kerak.

@MuallimMuhammad
🔥72👍35💯223
10-15-yil oldin qishda maktabdan qor o’ynamasdan qaytilmasdi. Tizza bo’yi qorlar yog’ardi. Barcha kiyimimiz ho’l bo’lguncha o’ynab, uyga borib gap ham eshitib olardik. Qor, qorbo’ron , chana uchish oddiy hol edi.

Hozir qor desa hammani hayoliga Chimyon va Amirsoy keladi. Bolalar deyarli qorsiz katta bo’lishmoqda. Xotiralar ham yo’q.

Nima demoqchiman? Qor yog’adigan kunlari istisno qilsak, bolalarni qor o’ynashga olib chiqsak menimcha xato bo’lmaydi. Masalan bugun)

@MuallimMuhammad
71👍63🔥24😁4💯1
Oldi qatorlarda bo’ling!

Ikki kun taroveh oldi qatorlarida o’qidik. Hamma tinch, sokin – namozga xalaqit beruvchi harakatlar deyarli bo’lmadi.

Uchinchi kuni orqada o’qib qoldik. Shovqin, namoz vaqti oldingizdan yurib o’tib ketishlar, gaplashishlar, baqirishlar – xushu qilish qiyin bo’ladi. (Tasodif bo’lishi mumkin)

O’ylab qoldim: maktabda ham shunday emasmi? Hayotdachi?

Oldingi qatordagilar ilmga chanqoqroq, tartibliroq va qat’iyatliroq maktabda.

Jamiyatning oldi (ilmli) qatlami ham sakinat egalari – tartibli, riyosiz, o’zi va xalq ishlari bilan band insonlar emasmi?

@MuallimMuhammad
👍147🔥31💯19136😁1
Sizni o‘zgartiradigan suhbatlar

Bilasiz, Pedagog_podcast nomli youtube loyihamiz bor. O’zim eng foydali deb bilganlarim ro’yxatini shu yerda qoldiraman.

Ko’ring. Zavqlaning. O’zgaring!

1. Aziz Rahimov — sevimli ustoz qanday bo‘lishi kerak? 👉 Link

2. Barno Mukimova — pedagogikada psixologiyani qanday qo‘llasa bo‘ladi? 👉 Link

3. Javohir Quvatov — Taʼlim va uning kelib chiqish tarixi qanday? 👉 Link

4. Po‘lat Ergashev — Psixologiya va taʼlimni o‘zaro bog‘lash 👉 Link

5. Muhammad Uralov — Yaxshi ustoz bo‘lish uchun 5 ta fundamental maslahat 👉 Link

6. Muhammad Uralov — Sho‘x bolalarni qanday eplasa bo‘ladi? 👉 Link

@MuallimMuhammad
🔥31👍1981
Nega bolalarimizda jur’at yo’q?

Rasululloh (s.a.v) bir majlisda o’tirayotganlarida, ularga ichimlik olib kelinadi. Ichganlaridan so’ng, sunnat bo’yicha o’ng tarafga uzatish kerak. O’ng tarafda kichik yoshli Abdulloh ibn Abbos, chapda esa Abu Bakr Siddiq o’tirgan edilar.

Ichadilar va Ibn Abbosdan so’raydilar: “Ichimlikni chap tarafdan uzatsam, maylimi?” Bola: “Sizdan keyin ichish imkoniyatini hech kimga bermayman. Menga uzating ichimlikni,” deydi.

Kichik yoshli bolaga katta odamlardek muomala qiladilar. Kim? Rasululloh (s.a.v), nega biz qilmasligimiz kerak? Hatto Abu Bakrdek zot o’tirsalar ham ularga uzatmasdan shu boladan fikr so’radilar, haqqini berdilar.

Kichik yoshli boladagi jur’atni, gaplardagi qat’iyatni qarang. Nega bizning bolalarda kattalar oldida bunday jur’at yo’q? Chunki biz mensimaymiz, fikrlar so’ramaymiz, so’rasak ham amal qilmaymiz. Ruhiyatini sindiramiz.

@MuallimMuhammad
💯134👍5732🔥153😁1
Rasululloh(s.a.v) farzandingizga 3 narsani o’rgating dedilar:

1. Payg’ambarini yaxshi ko’rishini
2. Payg’ambarining oilasini yaxshi ko’rishini
3. Qur’on tilovatini

O’rgatish ta’lim berish, ularning hayotini aytib berish va shu hayotni yashash orqali bo’ladi.

@MuallimMuhammad
👍8727🔥20💯131
Nabaviy tarbiya

Rasululloh (s.a.v) nabiralari Hasan va Husan uchun to’rt oyoqlab ot yoki tuya bo’lib berardilar. Nabiralari ularning yelkalariga minib yurardi.

Rasululloh qo’llarida bolasini ushlab namoz o’qiganliklari borasida rivoyatlar bor.

Rasulimiz sajda qilganlarida nabiralari kelib yelkasiga o’tirib oladi. Imom bo’lsalar ham, sajda holida nabiralari o’zi qonmaguncha qimillamay turadilar. Sajda uzoq cho’zilib ketganda, sahobalardan biri sekin qarasa, nabiralari yelkalarida o’tirgan bo’ladi.

Rasulimiz farzand tarbiyasida hatto shunga ham rozi bo’lgan ekanlar. “Ko’ngli sinib qolmasin bolalarning,” degan ekanlar.

Biz-chi? Ularning ko’ngliga qaray olyapmizmi? Sabr qila olyapmizmi? Butun ummat muammosi yelkasida bo’lgan zot bunga vaqt ajrata olganida, biz nega topmasligimiz kerak?

@MuallimMuhammad
102🔥44👍25💯209
Jasorat

Umar ibn Abdulaziz halifa bo‘ldi. Turli mamlakatlardan qutlashga odamlar keldi. Hijozdan kelgan jamoaga rahbar 10 yoshdan o‘tmagan bola edi. Tabriklash navbati Hijozga kelganda, bola turib gapirmoqchi bo‘ldi.

Halifa:
— Sen o‘tir, kattarog‘i yo‘qmi gapirishga? — dedi.

Bola shoshmadi, yig‘lamadi, o‘tirmadi:
— Alloh amirni isloh qilsin. Kishining qadri ikki narsa bilan bo‘ladi: qalbi va tili bilan. Yoshi yoki bo‘yi bilan emas, — dedi. — Agar siz aytgandek, faqat yosh muhim bo‘lganda edi, podshohlikka sizdan ko‘ra yoshi kattaroq, loyiqroq odamlar bor edi dedi.

Ha, to‘g‘ri tarbiya topgan bolalar butun davlatlar amiriga ham haqiqatlarni gapira olganlar.

@MuallimMuhammad
👍116🔥34💯28171
Sevgini koʻzi koʻrmi?

Bir insonni yoqtirib qolasan. Xato va kamchiliklari koʻrinmay qoladi. Yoshlik, erkalik yoki bilmasdan qilib qoʻygan degan fikrlar kelaveradi doim. Jahling chiqmaydi. Tushunishga harakat qilasan.

Yoqtirib(gaplashib emas!) turmush qurganlar shuning uchun baxtliroq yashashsa kerak, balki.

Dars berishni boshlaganimdan beri bolalarni yaxshi koʻrgan inson zoʻr oʻqituvchi boʻla oladi deb koʻp eshitdim. Sababini bilmas edim. Endi tushundim, menimcha.

Sevgini koʻzi koʻr iborasi faqat qarama-qarshi jins vakiliga nisbatan ishlamaydi. Maktabda bola shoʻx, yosh va xatoga moyil boʻladi.

Bu xato va shoʻxliklarni faqat bolalarni yaxshi koʻrganlargina koʻtara oladi(xuddi ayolini sevgan erkak kabi). Asabiylashmaydi, baqirmaydi, begʻuborlik deb qabul qiladi.

Oqibatda dars sifati tushmaydi, bolalarni tushunadi va ularga chiroyli tushuntira oladi. Natijada sevimli oʻqituvchi boʻladi!

@MuhammadUralov
145👍50🔥3011💯5