Navbatdagi imkon
Bilasiz do‘stlar, do‘stim Moxir bilan “Zamonaviy Pedagog” kursimizda o‘qituvchilarni o‘qitib kelamiz.
300 ga yaqin ustozlarga ilm ulashib ulgurdik.
Kuni kecha ushbu kursimizning 6-guruhini yakunladik.
Kutganimizdanda aʼlo izohlar oldik:
80% ga yaqin ustozlar kursimizga maksimum — 10 baho qo‘ydi.
Umumiy 85.9% baho oldik.
Ushbu vaqt mobaynida ishtirokchilarimiz kengroq miqyosda dars o‘tishimiz uchun viloyatga ham taklif qilishdi:
Qo‘qonda mehmon bo‘ldik. Videosi bu yerda. Link
Xullas, chorshanba — 29.01 sanasidan 7-guruhga start beramiz.
O‘qituvchi bo‘lsangiz bizga qo‘shiling.
Kursimizda o‘qiganingizdan keyin sizda:
✅ darslar samaraliroq;
✅ stress kamroq;
✅ bolalar bilan ishlash zavqliroq bo‘ladi, inshaAlloh!
Kurs haqida to‘liq maʼlumot shu linkda: https://t.me/zamonaviypedagogkursi/94
@MuallimMuhammad

❤16👍15🔥6
Bolalar bilan suhbat
Sinfimizga yangi o‘quvchi keldi. Maktabga olib kirayotganimda (odatda yangi o‘quvchi bilan yo‘l-yo‘lakay suhbatlashib, o‘g‘il bola bo‘lsa, qo‘limni yelkasiga qo‘yib kelaman), bolalardan ba’zilari:
— Yangi bolami? Bizning sinfga emas faqat, bizning sinfda joy yo‘q, — deb qolishdi.
Keyinroq, o‘zini oldida ham:
— Ustoz, boshqa sinfga oling buni, — deyishdi ikki o‘quvchimiz.
Bo‘sh vaqtimda ikkisini yolg‘iz oldimga chaqirdim. Savollar bera boshladim:
— Nima deb o‘ylaysiz, inson yangi maktabga, sinfga, muhitga borsa, o‘zini qanday his qiladi?
Ular:
— Noqulay.
— Agar u sinfdagi hamma allaqachon do‘stlashib olgan bo‘lsa-yu, uning bir o‘zi kirishishga qiynalsa-chi? U tortinchoqroq va introvert bo‘lsa-chi? Masalan, men shundayman, — dedim.
Ular:
— Yana ham qiyinroq, — deyishdi.
— Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Endi shunday qiyin vaziyatda sizsiz va kamiga sizga “bizning sinfda joy yo‘q, bizga kelma, boshqa sinfga o‘t”, deyishsa, ikki-uch kishi sizga qarshu birlashib olsa, o‘zingizni qanday his qilasiz?
Orada ozgina jimlik bo‘ldi. Bir o‘quvchim:
— Juda yomon. Meni ajratib qo‘yishganda his qilgandim, esladim, — dedi.
Ikkinchisi ham tasdiqladi.
— Men bu ishni ataylab qilgansizlar deb o‘ylamayman, bilmaganingiz va uni his qilmaganingiz uchun aytgansizlar, degan fikrdaman. Sizlar to‘g‘ringizda gumonim yaxshi, shuning uchun o‘tirdim va tushuntirdim. Iltimos, buni boshqa takrorlamaylik, — dedim. Suhbat tugadi.

❤68👍51🔥16
Xavfsizroq joydagi qo‘rqoqroq odamlar
Bizning bobo-buvilarimiz farzandlaridan bizchalik xavotir olishmagan. The Culture of Fear (Qo‘rquv madaniyati) kitobida: “Ko‘pchilik amerikaliklar insoniyat tarixidagi eng xavfsiz vaqt va joyda yashayapti”, — deyilgan.
Lekin ular xotirjam emas. 24/7 chiqib turadigan o‘g‘irlik, narkotik moddalar iste’molining ortishi, odam o‘ldirish kabi yangiliklar odamlarni vahimaga soladi, stress olib keladi.
6 yoshli bolangizni daraxtga chiqishga ruxsat bersangiz yoki 8 yoshli bolangizni maktabga o‘zi borib kelishiga imkon bersangiz, jamiyat tomonidan beparvo ota-onaga “aylanasiz”.
Sabab: Biz avvalgidek qurg‘oqchilik, ochlik, yangi epidemiya, ehtimoliy jahon urushi haqida o‘ylamayapmiz. Miyamizda xavotir va o‘ylash uchun qo‘shimcha joy ochilgan. Oqibatda to‘qima vahimachi bo‘lib ketyapmiz.
Tadqiqotlarga ko‘ra, bolalarimizga ko‘rsatgan mehrimiz va sevgimizdan ko‘ra o‘z stresslarimizni nazorat qila olishimiz bizni samaraliroq ota-ona qiladi.
Ularga erkinlik beraylik, ishonaylik, xatolardan, mag‘lubiyatlardan o‘rganishiga qo’yib beraylik. Katta hayot biz moslashtirayotgandek xavfsiz emas-ku, to‘g‘rimi?

❤44👍24⚡11💯6🔥4
Buzg‘unchi bo‘ling!
Sinfxona ichi uchun ishlab chiqiladigan ko‘plab qoidalar doim sinfxona tashqarisidagilar tomonidan ishlab chiqilgan.
10 yillardan beri dars bermagan vazir va uning yordamchilari yoki darsni faqat tartib saqlash vositasi deb hisoblaydigan ba’zi direktor va zavuchlar ustozlarga “to‘g‘ri” dars o‘tish usullari va tartiblarini o‘rgatishadi.
Yaxshi o‘qituvchi belgilaridan biri uning “buzg‘unchiligida”. Doim hamma qonun-qoidalarga amal qilishga majbur emassiz.
Ba’zan rejadan chetga chiqish, bolalar bilan munozara o‘tkazish, biror ilmiy masalani muhokama qilish, hayotiy ko‘nikmalar o‘rgatish, ko‘chada dars o‘tish yoki zakovat o‘ynash ham mumkin.
Maktab tomonidan aytilgan hamma qonunlarga qo‘shilishingiz ham shart emas, ularning ba’zilari mantiqsiz. Buni ochiq aytish va ba’zan buni bajarmaslik ham norma. Sabab va oqibatlarini bilmas ekanmiz, shunga olib boradigan ishlarni qilishimiz shart emas va bolalarni ham bunga majburlamaylik.
Kutilmaganlik effekti sizni sevimli o‘qituvchilardan biri qiladi. Erkin bo‘ling, erkin fikr bildiring, bolalarga ham erkinlik bering. Ba’zan qoidalarni buzing. Lekin maqsad shu orqali dars sifatini oshirish va bolalarni fanga qiziqtirish bo‘lsin.
Lekin bu doimiy bo‘lmasin va umumiy ta’lim sifatiga ta’sir etmasin!

🔥83👍59⚡10❤8💯3
O’tmish va kelajak
Yoshligimda Imom Buxoriyning hadis olaman deb bir yigitning oldiga borgani, u qo‘lida hech narsasi bo‘lmagan holda otni biror narsasi bordek aldayotganini ko‘rgani va u insondan hadis haqida umuman so‘ramay qaytib ketganini eshitgandim. Juda g‘alati tuyulgan, oddiy narsaga ham shunchalik e’tibormi, deb qo‘ygandim.
Ulg‘aydim, insonlar bilan ko‘proq aloqaga kirishdim, kuzata boshladim. Insonlar kichik ishlarni qanday qilsa, muhimlariga ham xuddi shunday munosabatda bo‘lishini sezdim.
Oddiy mahalla futboliga kechikib keladiganlar eng katta uchrashuvlarga ham kechikishadi. “Bitta darsni eplab tursangiz bo‘ldi,” deydigan rahbarlarning butun boshli maktab ta’limi taqdiri turganda ham shunday munosabat qilayotganini ko‘rdim.
“O‘tmish va kelajak ikki tomchi suvdek o‘xshash,” deydi Ibn Xaldun “Muqaddima”sida. Odamlarning kelajakdagi shaklini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ularning o‘tmishdagi ishlariga qarang.
Odatlar, munosabatlar, xarakterlar deyarli o‘zgarmaydi. Ular yillar o‘tgan sari mustahkamlanib boraveradi. Ishonavering.

👍80🔥18💯10❤9🤔4⚡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3 yil oldin Xayrulla aka Hamidov bilan uchrashuvda hayotda haqiqiy ustoz qanday topilishi haqida savol bergandim. Ularning javoblari esa ajoyib chiqqan. Sizlarga ham ilindim)
@MuallimMuhammad
@MuallimMuhammad
👍116🔥27❤14⚡4💯3
Hadis: "Barcha chaqaloqlar islom fitratida tug'uladi, ularni yahudiy, xristian va butparast qiladigan ularning ota-onalaridir"
Maktabdan xulosa: "Barcha bolalar tug'ulishidan teng tug'uladi. Ba’zan ota-onalari ularni jasur yoki qo'rqoq, jur'atli yoki tortinchoq, dangasa yoki g'ayratli, sog'lom yoki kasal qilib tarbiyalaydi, xolos"!
P/S: Istisnolar bo’ladi

🔥99💯33👍23❤13⚡4🤔2
Hammasi siz o‘ylaganingizdek emas
Sizga dars vaqtida baqirayotgan o‘qituvchingiz aslida sizni yomon ko‘rmaydi. Shunchaki siz uning barcha alamları bo‘g‘ziga qadalgan vaqtga to‘g‘ri kelib qoldingiz (yoki sizdan oldin 10 marta berilgan savolni 11-marta bergansiz).
Darsda kulib o‘tirgan o‘quvchi sizning ustingizdan kulmayapti, kecha Instagramda ko‘rib qolgan qiziq voqeasi esiga tushib ketgan xolos.
Ota-onangiz sizni yomon ko‘rishmaydi. Doimiy baqirish va urishishlarining sababi esa farzandini to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirishning eng yaxshi usuli shu deb bilishlarida.
Sizning qo‘ng‘iroqlaringizga javob bermayotgan inson sizni eshitishni xohlamagani uchun ko‘tarmayotgani yo‘q. Aslida sizga qulay bo‘lgan vaqt unga noqulay bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.
Sizga har kuni kulib salom beradigan ishxonadagi qiz sizni yaxshi ko‘rib qolmagan. Aslida u hammaga xuddi shunday xushmuomala)
Biz har bir voqeadan o‘zimiz tomondan qarab, bizga qulay xulosalarni olishga o‘rganib qolganmiz. Lekin bu dunyo tasodiflarga to‘la. Aslida bu post ham sizga atalmagan. Aslida hammasi boshqacha)

👍120😁46🔥15⚡12❤8🤣5💯1
Darsni muqaddas sanaydiganlar
Toshkentdagi mashhur o’quv markazlaridan biriga bordik. Dars boshlanib ketgan ekan. O’qituvchisini chaqirdik va agar darsingiz bo’lsa kutib turamiz dedik. Yo’q, hali ancha bor dedilar va chiqib biz bilan bemalol gaplashdilar. Nafsimga yoqdi, lekin aqlimning ustozdan va markazdan ozgina ko’ngli qoldi.
Hozir bir yaqinimizning ingliz tili kursiga keldim, aka yarim soatda darsim tugaydi, kutib tura olasizmi dedi. Nafsimga ozgina yoqmadi. Lekin aqlimning unga hurmati oshdi.
Darsni hurmat qiladiganlar va uni muqaddas sanaydiganlarni hurmat qilaman. O’zim ham o’rgandim.
Men taniydigan deyarli barcha yaxshi ustozlarda bu ko’nikma bor ekan. Demak, ustozlarni saralashning bir usulini endi bilamiz!

❤98👍76🔥34
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Duolarimiz bizni Alloh bilan bog‘lovchi vositadir. Duolarimiz orqali bu dunyo jannatga aylanib qolmaydi.
Bu dunyo doim sinovlardan iborat bo‘lgan. Bizdan minglab marotaba ulug‘ va solih insonlar ham qiyinchilikda yashagan. Bu mutlaqo odatiy hol!
Alloh: “Biz inson bolasini qiyinchilik, og‘ir damlar va sinovlar ustida yaratdik,” – deydi. Qiyinchilik hayotning ajralmas qismidir. Duo esa bu muammolarni yengishda bizga yordamchidir.
Lekin shuni unutmaginki, xoh qiyin, xoh oson vaqtlar bo‘lsin – Yaratgan doimo biz bilan birgadir!

🔥73👍37❤20
Tanganing ikkinchi tarafi
Yaxshi xususiy maktablar muhitni buzayotgan, atrofidagilarga zarar berayotganlarni, maktab daromadiga ta’sir etsa ham, haydashadi. Bunday maktablar sanoqli. Ko‘p xususiylar esa pulini to‘lasa bo‘ldi, o‘qitaveradi.
Muhiti yaxshi maktablarda tanganing ikkinchi tarafi bor. Maktabda urishqoq, o‘g‘ri, qadriyatsiz, sho‘x, ichadigan, chekadigan, ko‘cha tarbiyasini olgan bolalar deyarli bo‘lmaydi. Maktabdagi bolalar hayot beshafqatliklaridan ajratib olib o‘qitiladi. Ha, yaxshi muhit.
Lekin qachongacha?
Bolalar maktabdan keyin katta hayotga chiqishi, bunday turdagi odamlarni ko‘rishi, ular bilan muloqot qila olishi, kurashishi va bir jamiyatda yashay olishi kerak emasmi?
Butun umr ularni ajratib saqlay olamizmi? Savol ritorik!
Bolalar maktabda ertalab 9:00 dan 17:00 gacha bo‘lishini hisobga olsak, uyga yetib borish va dars qilishdan ortib, ko‘chaga chiqishga vaqt deyarli yetmaydi.
Siz nima deb o‘ylaysiz? Rostdan ham bu o‘zi muammomi? Muammo bo‘lsa, yechim qanday?

Butun umr ularni ajratib saqlay olamizmi?
Bolalar maktabda ertalab 9:00 dan 17:00 gacha bo‘lishini hisobga olsak, uyga yetib borish va dars qilishdan ortib, ko‘chaga chiqishga vaqt deyarli yetmaydi.
Siz nima deb o‘ylaysiz? Rostdan ham bu o‘zi muammomi? Muammo bo‘lsa, yechim qanday?
@MuallimMuhammad
👍50🔥20🤔8❤7⚡4
Qizlaringni aya, oʻgʻlingni ayama. Ishlasin, qiynalsin, xato qilsin, yugurishiga koʻmaklashma, yiqilsin, yiqilish nimaligini bilsin. Keyin, turishni oʻrgansin. Qizlaringni esa yetarlicha moddiy taʼminla. Oʻgʻilni sal katta boʻlsa oʻziga qoʻyib ber. Yoʻqchiliging boʻlmasa xam unga yoʻqchilik nimaligini his qildir.
©N. Alimov
©N. Alimov
🔥140👍55💯23❤10⚡5
O’yinlar o’ynamang
Nobel, Oscar, Oltin to‘p, maktabning eng sevimli o‘qituvchisi — ajoyib mukofotlar. Insonlarni ruhlantiradi, o‘z ustida ishlashga undaydi.
Ammo har bir mukofot manipulyatsiya qiladi, o‘z qolipiga solishga, insonlarni jamiyat fikriga moslashishga va ba’zan qadriyatlarini o‘zgartirishga majbur qiladi.
Yuqoridagi mukofotlarni yutmoqchi bo‘lganlar Falastin-Isroil mojarosi, Xitoydagi uyg‘urlar qirg‘ini haqida gapira olmaydi. Gapirsa, mukofot ololmaydi.
G‘arb mukofoti bo‘lsa — g‘arb mafkurasiga, sharqniki bo‘lsa — sharq siyosatiga moslashishga majbur bo‘ladi.
“Eng sevimli ustoz” mukofotini olishni xohlaganlar ba’zan rahbariyat bilan ko‘p tortishmasligi, noto‘g‘ri ish qilsa ham bolalarga yoqmaydigan jazolarni bermasligiga to‘g‘ri keladi. Jazo bersa, “sevimli” bo‘lmay qoladi.
Ustoz bolalarga va rahbariyatga moslasha boshlaydi. Moslashmaganlar va o‘z prinsiplarida mustahkam turganlar e’tiborsiz qoldiriladi.
Mukofotlarga qiziqsangiz, o‘yinlar ichida qolib ketasiz. Ular — o‘ynatuvchi, siz esa o‘ynovchi bo‘lib qolasiz. O‘zligingizni unutib qo‘yishingiz mumkin. Amallaringiz o‘zingizniki bo‘lmay qoladi.
O‘yinlar o‘ynamang. O‘yinlardan va o‘ynatuvchilardan kattaroq bo‘ling. Uzoq vaqt sifatli va prinsiplaringizdan voz kechmagan holda ishlang — o‘zlari olib kelib berishadi. Kamida umringiz oxirida o‘zligingizni unutmaganingiz uchun xursand bo‘lasiz.

👍140❤35🔥32💯12
🔥71👍28⚡10❤8💯3😁1
Eng noto‘g‘ri metodika
Maktabda yaxshi o‘qiganman, deyarli hamma fanlarni fundamental bilaman. Matematikadan tashqari. Kasrlar mavzusida kasal bo‘lib qolganman. Tushunishim qiyinlashishni boshlagan. 7-sinfda ustozim darsdan ketma-ket 5-6 marta chiqarib yuborishi bilan matematikaga nuqta qo‘yilgan.
Litseyda ham, universitetda ham matematikadan qiynalganman, ustozlarimni ham qiynaganman. Eng yomon ko‘rgan o‘quvchilaridan ikkitasidan biri men edim litseyda.
Ustozlikni tushunishni boshlaganimda o‘zimga va’da berganman: hech qaysi o‘quvchini darsdan uzoq vaqtga chetlatmayman. Darsda turg‘izib qo‘yaman, lekin mavzuni eshitishiga imkon beraman. Men matematika ustozimga o‘xshashni xohlamayman, degan ichki ovoz kelgan o‘shanda.
Darsdan uzoq vaqtga chiqarish — eng yomon usul. Birinchidan, darsdan chiqarib yuborish — bu eng oson variant va bu ishni qilish uchun siz professional o‘qituvchi bo‘lishingiz ham, aqlingizni ishlatishingiz ham shart emas. Bu — “men bu bolani eplolmadim, bu bola bilan kelisha olmadim” degani. Bu o‘zingizga bo‘lgan ishonchni ham tushuradi.
Ikkinchidan, bolani o‘zgartirishni, o‘stirishni, ilmli qilishni xohlasak, u turganmi, o‘tirganmi, hatto yotgan holatda bo‘lsa ham xonamizda bo‘lishi kerak. Shunda biz 10% bo‘lsa ham o‘zgarish qila olamiz.
Meni maktabda matematika ustozim sababsiz chiqarib yuborganmi? Yo‘q! Men xato qilganman, sho‘xlik qilganman. Lekin bola edim-ku! Harakatlarim oqibatini bilmasdim. Ular katta shaxs edilar, ongli edilar, axir ular Ustoz edilarku! Nahotki, buni o‘ylamaganlar, degan fikrlar o‘taveradi hozirgacha.

🔥98👍43⚡14❤12🤣7💯4
Nimani bilmaslikni biladigan insonlar hayotda yaxshiroq yashaydi deyapti mana bu kitob.
Nega bu iqtibosni kitobning o’rtasida aytyapti? Men o’zimni qiynaydigan shuncha ma’lumotlarni bilib bo’lganimdan keyin.
Menimcha, bu iqtibos kitobning eng boshida ogohlantirish ko’rinishida yozilishi kerak edi.
Menku o’qib qo’ydim lekin, sizlarni ogohlantirib qo’yay do’stlar.
1. Hokimiyatning 48 qonuni
2. Monipulyativ diktatorlar
3. Ta’sir psixologiyasi.
Shu 3 kitobni o’qimaganlar hayotda yengilroq yashashadi. Afsus, men kech qoldim.
#sarkazm

😁71⚡12👍11🔥8❤3
Telegramda ta’lim to’g’risida maqolalar chiqadigan kanallar juda kam. Shulardan eng yaxshilaridan biri @Ustoz_kundaligi do’stim Moxir tomonidan yuritiladi.
Bugun 20:00 da sun’iy intellektdan ustoz sifatida foydalanish bo’yicha audiochat ham bo’larkan. Hozir kirsangiz ulgurasiz.
Link: @Ustoz_kundaligi

🔥18👍10
Yolg’on haqida
Yolg‘on psixologiyasi nomli kitob o‘qiyapman. Yolg‘on gapirayotgan diplomatlar va agentlardan ko‘ra yolg‘on gapirayotgan (o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan) bemorlar hamda xiyonatkor turmush o‘rtoqlarni aniqlash osonroq deyapti.
Sababi, birinchi guruhdagilar o‘zlarini to‘g‘ri qilyapman deb hisoblaydi, ikkinchi taraf his-tuyg‘ulari va holati ularga umuman qiziq emas. Bu ular uchun vatanparvarlik.
Ikkinchi guruh esa xato qilayotganini sezadi, vijdoni qiynaydi va bu yuz ifodalariga ko‘chadi. Jabrlanuvchilar (ularni davolovchi shifokor yoki turmush o‘rtog‘i) ularga ishonishi, ularni sevishi, ularga chin ko‘ngildan yordam berishni xohlab, bunga harakat qilayotgani ularga bosim yuklaydi. Va keyinchalik bu ularning o‘z aybini tan olishiga ham olib kelishi mumkin.
Xuddi shu voqea bir ustozimiz bilan ham bo‘lgandi. Bolalar ustozni aldab, darsdan ruxsat so‘ragan. Ustoz ishongan, ruxsat bergan. Keyinroq o‘quvchi kelib, aldaganini, xato qilganini tan olib, uzr so‘ragan.
Demak, biz bolalarga ishonar ekanmiz, yaxshi ko‘rar ekanmiz, mehr berib, ular uchun harakat qilar ekanmiz, ularning vijdonini uyg‘ota olamiz. Xato qilsa, tan olishni o‘rgata olamiz, kamroq yolg‘on gapirishadi, munosabatlarimiz yaxshilanadi. Oqibatda yaxshiroq o‘qishiga ham ta’sir o‘tkazsa kerak-a?
Bolaga ishonish uni yolg’ondan ozod qilishning eng kuchli yo’lidir, balki?

❤51👍37💯11⚡4🔥3
Bilguvchilar amal qilsin, tushunganlar saboq bersin.
Biz qay holatda dars beryapmiz?
@MuallimMuhammad
@MuallimMuhammad
🔥58👍20💯11🤣9❤7🤔1
Eng zo’rlarini qanday topaman?
Hijratdan keyin Madinada musulmonlarning 3 turi paydo bo‘ldi:
1. Eng yuqori darajadagi musulmonlar. Ular bilganlarining barchasiga qattiq amal qilishadi.
2. O‘rtacha musulmonlar. Ular xato qilishadi va yana haqqa qaytishadi.
3. Munofiqlar. So‘zlari va amallari boshqa-boshqa insonlar.
Makkada esa faqat eng yuqori darajadagi musulmonlar bor edi.
Nega Makkada faqat “premium” musulmonlar? Madinada pastroq darajadagilar ham qo‘shilib qoldi?
Makkada musulmon bo‘lish “qimmat”. Siz umringizni xavfga qo‘yasiz, qarindosh va yaqinlarning yordamidan mahrum bo‘lasiz. Xalqning qarg‘ishlari, qiynoqlari va ba’zan o‘lim kutardi. Faqat haqiqiy iymon egalari bunga sabr qila olishardi.
Madinada esa Islomda bo‘lish yoki shunchaki musulmon bo‘lib ko‘rinish xavfsiz edi. Xohlagan, qiziqqan yoki “bu qanday hislarni berarkin?” deb kirib ko‘rganlar ham musulmonlar qatoriga qo‘shilardi. Chunki kirsangiz, hech narsani yo‘qotmasdingiz.
Biz doim yengillikni xohlaymiz, lekin qiyinchiliklar haqiqatan arziydiganlarni saralab bera oladi. Real voqeliklarni ko’rsatadi.
Maktab ochdingiz, biror jamoa tashkil qildingiz, dars uchun guruh yig‘ayapsiz, oila qurmoqchisiz — agar eng ixlosli va kuchlilarini xohlasangiz, saralashlaringizni qattiqroq qiling. Shundagina “premium”larini topa olasiz.

👍95🔥24⚡9❤6💯6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Televideniyaga chaqirishgan edi. Internet va uning bolalarga ta’siri mavzusida ozgina muhokama qilib tortishdik.
Hozir 21:20 da madaniyat va marifat kanalida berishyapti. Vaqtingiz bo’lsa ko’ring. Fikrlaringizni yozib ketsangiz bo’ladi keyin shu yerda
Zo’r bo’ldi deya olmayman. Bo’lishini ham kutmagandim o’zi. Tajriba uchun borgandim. Yaxshi tajriba bo’ldi.
Ustozlar tanqid qilinganda talashdim beixtiyor, qolgan vaqti ko’p gapirmadim.

🔥32👍27❤13🤣9