Muallim Muhammad
10.9K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’qituvchilik qiyin, ba’zan odamni juda charchatadi. Lekin shu missiya bilan yaratilganligini bilish va hayot shu qiyinchiliklar bilan qiziqligini anglash qaytib olishga yordam beradi.

Yil boshi va ta’til ustozlik ko’nikmalarimiz va strategiyamizni qayta ko’rib chiqish uchun eng ideal vaqt!

@MuallimMuhammad
🔥58👍22105💯1
O’qituvchilikda yaxshi dars berish uchun eng muhim ko’nikma nima?

Biz qaysi jarayonni sevmasdan, u bilan shug’ullanmasdan turib yaxshi dars bera olmaymiz?

@MuallimMuhammad
💯28🔥16👍1322
Har bir zo’r o’rgatuvchi, o’rganishni sevishi kerak!

Bir xil mavzuni 10 yil 50 marta o’tishingiz mumkin, o’rganishni sevadigan inson shu bir mavzuni 50 xil qilib o’tib beradi.

Har safar o’tayotganida yangi bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar mavzuga bo’lgan yangi qarashlarni ochib beraveradi unda.

Yangi bilimlarni o’rgatib o’zingiz mazza qilasiz. Biz zavq olayotgan darslarda bolalar ham lazzat olishayotgan bo’ladi.

@MuallimMuhammad
👍81🔥22136💯5
Boringizga shukur, bilmasvoylar!

Prezident maktabida ishlaganimda ustozlar direktorga:
— Sinfda 1-2 ta o‘qimaydigan bola bor, haydaylik, — deyishgan.

Direktor esa:
— Bolalarni 3 bosqichli sinov bilan olamiz, eng kuchlilarigina o‘tgan. Bir sinfda 12 ta bola bo‘lsa, uzog‘i 1-2 ta o‘qimaydigan bola bor. Agar shu o‘qimaydigan 1-2 tani ham o‘qita olmasak, biz, ustozlar, nega kerakmiz o‘zi? Qolgan 10-11 ta bola bizsiz ham o‘qib ketaveradi, — degan edi.

O‘sha paytda bu gap menga yoqmagan.

“Asalari fitnasi” (Bee Movie) multfilmida asalari Barry odamzot bizni ishlatyapti, deb ularni sudga berib, butun asalarilarni “ishlashdan qutqaradi”.

Ishidan ayrilgan asalarilar esa shaxsiy qoniqish va hayotdagi ma’nodan ayriladi. Endi:
— Nima qilamiz? — savoli ularni qiynaydi.

Qamoqxonada uzoq vaqt o‘tirib chiqqanlar ham ba’zan shuning uchun o‘zini osib qo‘yadi (Shoushankdagi amaki). Chunki tashqarida ular foydali emas, demak qadrli ham emas, ma’no ham yo‘q.

Biz ishlarkanmiz, kimgadir foydamiz tegadi, foydamiz tegarkan, kerakligimizni his qilamiz. Shaxsiy qoniqish paydo bo‘ladi.

Nima demoqchiman?

Ba’zan sho‘x, to‘polonchi, bilmasvoy o‘quvchilarimiz bo‘lmasa edi, deb o‘ylab qolamiz. Lekin, ular bo‘lmasa, biz, o‘qituvchilar, nega kerakmiz? Bizning sabrimiz, fidoyiligimiz, mahoratlarimiz qayerda kerak?

Ular borki, bizning hayotimizda ma’no bor. Ular tufayli biz sinalamiz, sayqallanamiz,kuchli bo‘lamiz va o‘zimizdan qoniqamiz.

@MuallimMuhammad
👍151🔥332417💯17
Yaxshi o‘qitishning — to‘rtdan biri tayyorgarlik, to’rtdan uch qismi esa sof teatrdir.

Gail Godwin

@MuallimMuhammad
👍86🔥2613😁43💯1
Voz kecholmaymiz!

Xotirjamlik eng muhimi, uni yo‘qotadigan har qanday insonlarni yo‘qotish kerak.

Istisno — oila a’zolarimiz va qarindoshlarimiz. Bizning qarorimizsiz bog‘langan rishtalar bizning qarorimiz bilan uzila olmaydi.

Do‘stingiz bo‘lsa, tashlab ketasiz, ishxona yoki qo‘shni bo‘lsa, almashtirasiz. Hattoki jufti halolingiz bo‘lsa ham ajrasha olasiz (ruhsat bor).

Voz kecha olmaydiganlarimizni boricha qabul qilishga, tushunishga, chidashga majburmiz. Qo‘limizdan kelgancha o‘zgartiramiz, qolganiga rozi bo‘larkanmiz.

Maktabda ma’lum fandan dars berish do‘st yoki qo‘shni bo‘lishga o‘xshaydi. Harakat qilasiz, o‘zgarmasa, boshqa fanga yo’naltirib yuborasiz, ko‘p e’tibor bermaysiz.

Sinfga sinf rahbar (bizni maktabda kurator) bo‘lsangiz, oilaga aylanar ekansiz. Siz voz kecha olmaysiz (juda qiyin). Sizning muqobilingiz yo‘q, sizga o‘xshashi yo‘q, boshqa kurator yo‘q!

Aslida biz voz kecha olmaydiganlarimiz bizga eng ko‘p qiyinchiliklarni olib kelishadi.

Qiyinchiliklar esa imkoniyatlar bilan keladi. Sinalamiz, kuchli bo‘lamiz, ajr olamiz.

@MuallimMuhammad
👍6120🔥16💯76
Qanday qilib tezroq o’sa olaman?

1. Maktabingizdagi/yoki siz taniydigan eng zo’r ustozni 2 soat darslaringizga taklif qilasiz. Orqada kuzatadi. Xatolar bo’yicha xulosalarini yozib tushuntiradi.

Ustozning yillar davomida to’plagan qonli tajribalarni siz soatlarda o’zlashtirasiz.

2. Darslaringizni kameraga syomka qilasiz(oddiy shtativga telifoningizni qo’yib qo’ysangiz ham bo’ladi). Ko’rib tahlil qilasiz. Nimani boshqacha qilish mumkinligini o’ylaysiz.

Dars jarayonini ichida har doim ham qarorlaringizni ongli qila olmaysiz. Tashqaridan qarash imkoni esa sizni “sevimli ustoz” maqomiga tezroq yetaklaydi.

3. Xonangizga shikoyat va takliflar uchun quti olib kelasiz. Har darsdan keyin istagan o’quvchi anonim tarzda o’z fikri va e’tirozlarini yozib tashlab ketishadi.

O’qiysiz, tahlil qilasiz, xato qilayotgan bo’lsangiz tan olasiz. O’zgarasiz!

@MuallimMuhammad
👍9918🔥13💯105
Kuzatuv

Ota-ona tarbiya ilmida kuchli bo‘lmasa ham bola tarbiyali bo‘lishi mumkinmi?

Ha, agar yashayotgan jamiyati va mahallasi qadriyatli bo‘lsa. O‘qiyotgan maktabi esa to‘g‘ri muhitga ega bo‘lsa.

Farzandingiz qadriyatli oilalar farzandlari bilan o‘qisa, o‘ynasa va yursa, ko‘rganini oladi. Zo‘r bo‘lmasa ham yomonlashib ketmaydi.

Ota-ona sifatida mahallangizni va shahringizni kuzating. Bolangiz bog‘chasi va maktabini sinchiklab o‘rganing.

• Qadriyatlari sizning qarashlaringizga mosmi?
• Narkotik yoki tabletkalarning iste’moli mavjud emasmi?
• Ilm egalari ko‘p va qadrlanadigan joymi?

Agar bu savollarga qoniqarli javob topa olmasangiz, hoziroq ko‘chib keting. Farzandingiz tarbiyasini yo‘qotganingizdan keyin, o‘nlab uylarning puli ham bu yo‘qotishni qaytara olmaydi.

“Kishi o‘z do‘stining dini ustidadir. Bas, har biringiz kim bilan do‘st bo‘lishiga qarasin.”
(Termiziy, Zuhd: 45).

@MuallimMuhammad
🔥55👍297💯43
Bir boy akamiz: “Farzandimga hamma sharoitni qilib berganman, lekin negadir o‘qimaydi”, – deb qoldilar.

Aynan hamma sharoitni qilib berganingiz uchun ham o‘qimaydi-da, degimiz keldi)

@MuallimMuhammad
💯74🔥25😁205🤔5👍3
Qayerdan qidiray?

Muammolar qancha eski bo’lsa, yechimlarni ham eski bo’ladi.

Xotirjamlikka erishish, sog’lom tana qurish, yaxshi farzand tarbiya qilish, samarali dars berish. Minglab yillik muammolar, demak yechimlari ham minglab yil oldin yozilgan va vaqt chig’irig’idan o’tgan kitoblarda.

Kitob obro’sini saqlab bizgacha yetib kelyaptimi?

Demak, ming yillar davomida insonlar o’z hayotlarida sinab, tavakkal qilishgan. Bizda shu kitoblarni topish, o’qish va amal qilish qoldi, xolos!

Muammolar qancha yangi bo’lsa yechimlarni ham yangisini qidiring. Mashina haydash, samalyot boshqarish va hkz.

Siz pedagogikaga oid qaysi ming yillik kitoblarni bilasiz?

@MuallimMuhammad
🤔24👍16🔥1465
Muammolar tugagan kun

Esimni tanibmanki muammolarim juda koʻp. Bogʻchada tushlikda uxlash muammo edi.

Maktabda 5 baho olish, 8-martda sinfdosh qizga gul berish uchun pul yigʻish eng katta muammolarim boʻlgan. Litseyda o'qishga kirish muammo.

Universitetda yana maktabdagi muammolar kattaroq shaklda qaytib keladi. Bitirib ish topish va unda koʻtarilish muammo.

Bizda hozir bor muammolarni, hozirgi aql darajamiz bilan yecha ol-may-miz! Agar yecha olganimizda edi, bizda hozir bu muammolar boʻlmasdi.

Yechishning yoʻli esa ilm, tajriba va tavakkuldir!

Keyin muammolaring tugaydimi? Albatta, yoʻq. Kattarogʻi paydo boʻladi. Va yana ilm olamiz. Natijada oʻsib, rivojlanib boraveramiz. Oxiri yoʻq!

Qachon muammolar tugaydi? Bu dunyoni tark qilgan kunimiz, barcha muammolarimiz tugagan kundir. Ungacha yo ularni yechamiz, yoki yechishga majbur qilishadi!

@MuallimMuhammad
🔥81👍282113🤔2
Farzandimga xat

Sen bilan doim kelishamiz. Menga yoqadigan qarorlar ham, senga yoqadigani ham bo’lmaydi. Senga uzoq muddatda foydalilarini qabul qilamiz doim.

Seni shunchalik yaxshi ko’raman-ki kelajaging, yaxshi inson bo’lishing uchun ba’zan sen bilan tortishishga, seni xafa qilishga ham tayyorman.

Ishon bolam, seni qiynalayotganingni ko’rish men uchun dunyodagi eng og’ir ish. Balki seni qiynalayotganingdan men ko’proq qiynalarman.

Lekin chidayman, toki bu hayoting bilan to’lanadigan to’lov bo’lmas ekan, aralashmayman. Toblangin, hikmat egasi bo’lgin, xalqqa foydali inson bo’lgin deyman.

Sen hozir kichiksan, shirinsan, har bir harakating yoqimli, hatto so’kib qo’yishing ham chiroyli eshtilaveradi. Lekin kun kelib har bir so’zing va amaling uchun javob beradigan vaqting keladi.

Ha, hammasi menga bog’liq emas. Buni bilaman, qiyin bo’lsa ham qabul qilaman. Ba’zan payg’ambarlar eng yaqinlarini o’zgartira olishmagan.

Lekin sen xato qilganingda men barcha qo’limdan kelganini qildimmi buni oldini olish uchun degan o’ylar meni qiynaydi, vijdon qiynaydi. Balki, bizning payg’ambarlardan farqimiz ham aynan shudir.

@MuallimMuhammad
👍67🔥161212💯2
Nega ular eng zo’ri?

Ko‘rdingiz, Abduqodir kecha Man Cityda ilk o‘yinini o‘tkazdi. Dunyoning eng kuchli ligasida, eng kuchli jamoalaridan birida, eng kuchli jamoalardan biriga qarshi. Deyarli hech qanday mashg‘ulotlarsiz.

Birinchi 5 daqiqalik qiyin kechdi: hayajonlandi, xato qildi, gol olib keldi, sariq oldi. Bundan yomonroq ssenariy bo‘lmasa kerak.

Shundan keyin jamoa o‘zgardi. Abduqodirga faqat xavfsiz to‘plar uzatildi. Unga bosimni sezib, Silva (jamoadoshi) uning yoniga tez-tez qaytdi, qiyin vaziyatlardan olib chiqib ketdi. Bir vaziyatda Abduqodir to‘pni darvozabonga oshirdi. Butun stadion qarsaklar bilan olqishladi. Tashqaridan oddiy jarayon, lekin Abduqodir uchun muhim edi — xatodan keyin ham muxlislar ishonayotganini sezishi kerak edi.

O‘yin tugagach, Guardilo (uning murabbiyi): “U hali yosh, xatolardan o‘rganadi. Men unga gapirishim shart emas, xato qilganini o‘zi ham biladi. Men unga ‘xato qilma’ demayman-ku, buni uning o‘zi ham xohlaydi. Oldindan bila olmaydi-ku xato qilishini. Men unga ishonaman,” dedi. Daxshat!

Muxlislarning qarsaklari, jamoadoshlarning tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi, ustozining so‘zlarini ko‘rib, eshitib hayron qolasan kishi.

Bejiz emas, ular eng zo‘r liga, eng zo‘r jamoa va eng zo‘r murabbiy ekanligi.

Xatolarga munosabatni o‘zgartirishimiz kerakmikan-a, ustozlar?

@MuallimMuhammad
💯113👍3220🔥84🤣1
Navbatdagi imkon

Bilasiz do‘stlar, do‘stim Moxir bilan “Zamonaviy Pedagog” kursimizda o‘qituvchilarni o‘qitib kelamiz.

300 ga yaqin ustozlarga ilm ulashib ulgurdik.

Kuni kecha ushbu kursimizning 6-guruhini yakunladik.

Kutganimizdanda aʼlo izohlar oldik:

80% ga yaqin ustozlar kursimizga maksimum — 10 baho qo‘ydi.

Umumiy 85.9% baho oldik.

Ushbu vaqt mobaynida ishtirokchilarimiz kengroq miqyosda dars o‘tishimiz uchun viloyatga ham taklif qilishdi:

Qo‘qonda mehmon bo‘ldik. Videosi bu yerda. Link

Xullas, chorshanba — 29.01 sanasidan 7-guruhga start beramiz.

O‘qituvchi bo‘lsangiz bizga qo‘shiling.

Kursimizda o‘qiganingizdan keyin sizda:

darslar samaraliroq;
stress kamroq;
bolalar bilan ishlash zavqliroq bo‘ladi, inshaAlloh!

Kurs haqida to‘liq maʼlumot shu linkda: https://t.me/zamonaviypedagogkursi/94

@MuallimMuhammad
16👍15🔥6
Bolalar bilan suhbat

Sinfimizga yangi o‘quvchi keldi. Maktabga olib kirayotganimda (odatda yangi o‘quvchi bilan yo‘l-yo‘lakay suhbatlashib, o‘g‘il bola bo‘lsa, qo‘limni yelkasiga qo‘yib kelaman), bolalardan ba’zilari:
— Yangi bolami? Bizning sinfga emas faqat, bizning sinfda joy yo‘q, — deb qolishdi.

Keyinroq, o‘zini oldida ham:
— Ustoz, boshqa sinfga oling buni, — deyishdi ikki o‘quvchimiz.

Bo‘sh vaqtimda ikkisini yolg‘iz oldimga chaqirdim. Savollar bera boshladim:
— Nima deb o‘ylaysiz, inson yangi maktabga, sinfga, muhitga borsa, o‘zini qanday his qiladi?
Ular:
— Noqulay.

— Agar u sinfdagi hamma allaqachon do‘stlashib olgan bo‘lsa-yu, uning bir o‘zi kirishishga qiynalsa-chi? U tortinchoqroq va introvert bo‘lsa-chi? Masalan, men shundayman, — dedim.
Ular:
— Yana ham qiyinroq, — deyishdi.

— Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Endi shunday qiyin vaziyatda sizsiz va kamiga sizga “bizning sinfda joy yo‘q, bizga kelma, boshqa sinfga o‘t”, deyishsa, ikki-uch kishi sizga qarshu birlashib olsa, o‘zingizni qanday his qilasiz?

Orada ozgina jimlik bo‘ldi. Bir o‘quvchim:
— Juda yomon. Meni ajratib qo‘yishganda his qilgandim, esladim, — dedi.
Ikkinchisi ham tasdiqladi.

— Men bu ishni ataylab qilgansizlar deb o‘ylamayman, bilmaganingiz va uni his qilmaganingiz uchun aytgansizlar, degan fikrdaman. Sizlar to‘g‘ringizda gumonim yaxshi, shuning uchun o‘tirdim va tushuntirdim. Iltimos, buni boshqa takrorlamaylik, — dedim. Suhbat tugadi.

@MuallimMuhammad
68👍51🔥16
Xavfsizroq joydagi qo‘rqoqroq odamlar

Bizning bobo-buvilarimiz farzandlaridan bizchalik xavotir olishmagan. The Culture of Fear (Qo‘rquv madaniyati) kitobida: “Ko‘pchilik amerikaliklar insoniyat tarixidagi eng xavfsiz vaqt va joyda yashayapti”, — deyilgan.

Lekin ular xotirjam emas. 24/7 chiqib turadigan o‘g‘irlik, narkotik moddalar iste’molining ortishi, odam o‘ldirish kabi yangiliklar odamlarni vahimaga soladi, stress olib keladi.

6 yoshli bolangizni daraxtga chiqishga ruxsat bersangiz yoki 8 yoshli bolangizni maktabga o‘zi borib kelishiga imkon bersangiz, jamiyat tomonidan beparvo ota-onaga “aylanasiz”.

Sabab: Biz avvalgidek qurg‘oqchilik, ochlik, yangi epidemiya, ehtimoliy jahon urushi haqida o‘ylamayapmiz. Miyamizda xavotir va o‘ylash uchun qo‘shimcha joy ochilgan. Oqibatda to‘qima vahimachi bo‘lib ketyapmiz.

Tadqiqotlarga ko‘ra, bolalarimizga ko‘rsatgan mehrimiz va sevgimizdan ko‘ra o‘z stresslarimizni nazorat qila olishimiz bizni samaraliroq ota-ona qiladi.

Ularga erkinlik beraylik, ishonaylik, xatolardan, mag‘lubiyatlardan o‘rganishiga qo’yib beraylik. Katta hayot biz moslashtirayotgandek xavfsiz emas-ku, to‘g‘rimi?

@MuallimMuhammad
44👍2411💯6🔥4
Buzg‘unchi bo‘ling!

Sinfxona ichi uchun ishlab chiqiladigan ko‘plab qoidalar doim sinfxona tashqarisidagilar tomonidan ishlab chiqilgan.

10 yillardan beri dars bermagan vazir va uning yordamchilari yoki darsni faqat tartib saqlash vositasi deb hisoblaydigan ba’zi direktor va zavuchlar ustozlarga “to‘g‘ri” dars o‘tish usullari va tartiblarini o‘rgatishadi.

Yaxshi o‘qituvchi belgilaridan biri uning “buzg‘unchiligida”. Doim hamma qonun-qoidalarga amal qilishga majbur emassiz.

Ba’zan rejadan chetga chiqish, bolalar bilan munozara o‘tkazish, biror ilmiy masalani muhokama qilish, hayotiy ko‘nikmalar o‘rgatish, ko‘chada dars o‘tish yoki zakovat o‘ynash ham mumkin.

Maktab tomonidan aytilgan hamma qonunlarga qo‘shilishingiz ham shart emas, ularning ba’zilari mantiqsiz. Buni ochiq aytish va ba’zan buni bajarmaslik ham norma. Sabab va oqibatlarini bilmas ekanmiz, shunga olib boradigan ishlarni qilishimiz shart emas va bolalarni ham bunga majburlamaylik.

Kutilmaganlik effekti sizni sevimli o‘qituvchilardan biri qiladi. Erkin bo‘ling, erkin fikr bildiring, bolalarga ham erkinlik bering. Ba’zan qoidalarni buzing. Lekin maqsad shu orqali dars sifatini oshirish va bolalarni fanga qiziqtirish bo‘lsin.

Lekin bu doimiy bo‘lmasin va umumiy ta’lim sifatiga ta’sir etmasin!

@MuallimMuhammad
🔥83👍59108💯3
O’tmish va kelajak

Yoshligimda Imom Buxoriyning hadis olaman deb bir yigitning oldiga borgani, u qo‘lida hech narsasi bo‘lmagan holda otni biror narsasi bordek aldayotganini ko‘rgani va u insondan hadis haqida umuman so‘ramay qaytib ketganini eshitgandim. Juda g‘alati tuyulgan, oddiy narsaga ham shunchalik e’tibormi, deb qo‘ygandim.

Ulg‘aydim, insonlar bilan ko‘proq aloqaga kirishdim, kuzata boshladim. Insonlar kichik ishlarni qanday qilsa, muhimlariga ham xuddi shunday munosabatda bo‘lishini sezdim.

Oddiy mahalla futboliga kechikib keladiganlar eng katta uchrashuvlarga ham kechikishadi. “Bitta darsni eplab tursangiz bo‘ldi,” deydigan rahbarlarning butun boshli maktab ta’limi taqdiri turganda ham shunday munosabat qilayotganini ko‘rdim.

“O‘tmish va kelajak ikki tomchi suvdek o‘xshash,” deydi Ibn Xaldun “Muqaddima”sida. Odamlarning kelajakdagi shaklini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ularning o‘tmishdagi ishlariga qarang.

Odatlar, munosabatlar, xarakterlar deyarli o‘zgarmaydi. Ular yillar o‘tgan sari mustahkamlanib boraveradi. Ishonavering.

@MuallimMuhammad
👍80🔥18💯109🤔42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3 yil oldin Xayrulla aka Hamidov bilan uchrashuvda hayotda haqiqiy ustoz qanday topilishi haqida savol bergandim. Ularning javoblari esa ajoyib chiqqan. Sizlarga ham ilindim)

@MuallimMuhammad
👍116🔥27144💯3
Hadis: "Barcha chaqaloqlar islom fitratida tug'uladi, ularni yahudiy, xristian va butparast qiladigan ularning ota-onalaridir"

Maktabdan xulosa: "Barcha bolalar tug'ulishidan teng tug'uladi. Ba’zan ota-onalari ularni jasur yoki qo'rqoq, jur'atli yoki tortinchoq, dangasa yoki g'ayratli, sog'lom yoki kasal qilib tarbiyalaydi, xolos"!

P/S: Istisnolar bo’ladi

@MuallimMuhammad
🔥99💯33👍23134🤔2
Hammasi siz o‘ylaganingizdek emas

Sizga dars vaqtida baqirayotgan o‘qituvchingiz aslida sizni yomon ko‘rmaydi. Shunchaki siz uning barcha alamları bo‘g‘ziga qadalgan vaqtga to‘g‘ri kelib qoldingiz (yoki sizdan oldin 10 marta berilgan savolni 11-marta bergansiz).

Darsda kulib o‘tirgan o‘quvchi sizning ustingizdan kulmayapti, kecha Instagramda ko‘rib qolgan qiziq voqeasi esiga tushib ketgan xolos.

Ota-onangiz sizni yomon ko‘rishmaydi. Doimiy baqirish va urishishlarining sababi esa farzandini to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirishning eng yaxshi usuli shu deb bilishlarida.

Sizning qo‘ng‘iroqlaringizga javob bermayotgan inson sizni eshitishni xohlamagani uchun ko‘tarmayotgani yo‘q. Aslida sizga qulay bo‘lgan vaqt unga noqulay bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.

Sizga har kuni kulib salom beradigan ishxonadagi qiz sizni yaxshi ko‘rib qolmagan. Aslida u hammaga xuddi shunday xushmuomala)

Biz har bir voqeadan o‘zimiz tomondan qarab, bizga qulay xulosalarni olishga o‘rganib qolganmiz. Lekin bu dunyo tasodiflarga to‘la. Aslida bu post ham sizga atalmagan. Aslida hammasi boshqacha)

@MuallimMuhammad
👍120😁46🔥15128🤣5💯1