Muallim Muhammad
10.9K subscribers
31 photos
21 videos
2 files
55 links
“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad

• Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman.
• Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz.
• Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi.

Admin: @MuhammadUralovv
Download Telegram
Qiyinchilik o‘rgatadi

Deyl Karnegi do‘st orttirish haqida zo‘r kitob yozgan, o‘zi yolg‘izlikda vafot etgan va oilasi bilan ajrashgan.

Oila haqida eng zo‘r maslahat bera oladigan yaqinim ikki marta uylangan (birinchisi bilan ajrashgan).

Yaxshi ustozni taniyman: hammani o‘qishga chorlaydi, ta’lim va tarbiya haqida bloglar yozadi. Lekin o‘zining ukasini o‘qita olmagan, hatto uning tarbiyasi bilan bog‘liq ko‘plab muammolar mavjud.

Bir qarashda bu paradoksdek tuyuladi, ammo mantiq bu yerda yaxshi ishlaydi.

Sen biror sohada eng yaxshi bo‘lish uchun sohadagi eng qiyin vaziyatlarni boshdan kechirgan bo‘lishing kerak!

Oilaviy inqirozga uchramagan inson oila va undagi eng qiyin vaziyatlar haqida to‘liq kartinani ochib bera olmaydi. Xuddi farzand yoki uka tarbiyasida eng og‘ir vaziyatga tushmagan inson tarbiya haqida chuqur ko‘nikmaga ega bo‘lolmagandek.

Sen faqat baxtli oilada, yaxshi farzandlar bilan, solih do‘stlar atrofida yashasang, ko‘p narsa o‘rganmaysan. Ko‘nikmalarni asosan qiyinchiliklar beradi!

Tolstoy aytganidek: “Barcha baxtli oilalar bir-biriga o’xshash, har bir baxtsiz oila esa o’zgacha baxtsiz”

@MuallimMuhammad
💯63👍29🔥1397
Uni o‘zi keladi

2 km uzoqlikdagi masjidga chiqmoqchi bo‘ldingiz. Ozgina ozib olaman, dedingiz. Ozgina ozdingiz, lekin masjidga piyoda borish savobidan quruq qoldingiz. Savobni niyat qilganingizda, birinchisi shundoq ham kelardi.

Ingliz tilini o‘rganaman, dedingiz. Xohlagan bitta kitobni olib o‘qiy boshladingiz. Tilni rivojlantirdingiz, lekin kitobdan hech narsa olmadingiz. Foydali, dunyoqarashingizni kengaytiradigan kitob tanlaganingizda, ingliz tili shundoq ham rivojlanardi.

Ko‘proq pul topishni maqsad qildingiz va tez pul topish yo‘lida har qanday ish qildingiz. Osonroq yo‘llar qidirib, qiyinroq vaziyatlarga tushib qoldingiz.

Agar biror sohada mutaxassis bo‘lishni tanlaganingizda, odamlar pulni o‘zlari olib kelib berardi. Siz mutaxassis bo‘lganingiz qolardi.

Maqsad qo‘yishda yo‘l-yo‘lakay keladigan qisqa natijalarni emas, uzoq, lekin doimiy foyda keltiradiganlarini tanlasak, ikki barobar yutaveramiz!

@MuallimMuhammad
💯80🔥39👍15119
Sizni yomon ko‘raman

5-sinflarim ichida 1-2 ta o‘quvchim kelib:
— Siz bizga yoqmaysiz, siz tufayli muammolarim ko‘paygan, — deyishdi.

Jim eshitganimdan keyin:
— Qaysi ishlarim yoki odatlarim uchun yomon ko‘rasiz, aynan? — deb so‘radim.

1. Siz kelib, o‘g‘il va qiz bolalar birga o‘ynashini taqiqlab qo‘ydingiz.
2. YouTube’da shortslar ko‘ra olmay qoldik, doskada.
3. Dars qilmaydigan o‘quvchilarga qattiq turasiz, — deyishdi.

1. Men hozirdan bir-biridan uzoqroq bo‘lsa, ma’qul. Bu axloqi uchun ham, o‘qishi uchun ham yaxshiligini tushuntiraman.
2. Shorts videolar miyaga zarar berishini, bolalar ko‘pincha befoyda videolar ko‘rishini isbotlab beraman.
3. Ta’lim muhimligini, maktabga kelishdan asosiy maqsad ham bilim olish ekanligini, bu o‘zimga yoqmasa ham, bolalarning kelajagi uchun ta’limiga qattiq turishim kerakligini uqtiraman.

Oxirida:
— Bizga baribir yoqmaysiz, — deyishadi.

Ha, buni eshitish qiyin, ayniqsa sizda ularni kuch bilan ovozini o’chirib qo’ya olish imkoni bo’lsa. Lekin men buni tabiiy qabul qilaman. Bizning ba’zi qarorlarimizdan 10% odam norozi bo‘lishi tabiiy.

Ilm berayotganingiz dangasalar va nafs ortidan ergashayotganlarga yoqmaydi, lekin bunga chidashga majburmiz!

@MuallimMuhammad
👍13424💯17🔥147🤔1
U senga oʻrnak emas

Ha, u zoʻr futbolchi, ajoyib qoʻshiqchi yoki boy tadbirkor. Lekin mukammal inson emas.

Biz bir sohada kuchli boʻlgan insonning boshqa sohalarda ham kuchli boʻlishini xohlaymiz yoki kuchli deb oʻylaymiz. (Halo effecti)

Muvaffaqiyatli tadbirkor boʻlgani uning oilasi, doʻstlari va iymoni bilan ham muvaffaqiyatga erishganini anglatmaydi.

Bir sohada zoʻrmi? Shu sohada beradigan bilimlarinigina ol! Qolganini tahlil qil. Xato boʻlsa, u qanchalik mashhur boʻlmasin, bu ma’lumotlarni tuflab tashla.

Muhammad Salahning zoʻr futbolchiligi uning zoʻr musulmonligini anglatmaydi. U Rojdestvo nishonlashi senga oʻrnak emas!

Zoʻr futbolchi (aktyor, tadbirkor yoki qoʻshiqchi)mi?

Oʻyinini koʻr, rohatlan. Dini, hayot tarzi, ilmi, oʻzini tutishi senga oʻrnak boʻlmasin. Ulardan koʻp narsa kutma! Axir, ular shunchaki yaxshi sportchi, qoʻshiqchi yoki aktyor-ku!

Har sohada alohida ustozlaring boʻlsin!

@MuallimMuhammad
👍8716🔥14💯10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’qituvchilik qiyin, ba’zan odamni juda charchatadi. Lekin shu missiya bilan yaratilganligini bilish va hayot shu qiyinchiliklar bilan qiziqligini anglash qaytib olishga yordam beradi.

Yil boshi va ta’til ustozlik ko’nikmalarimiz va strategiyamizni qayta ko’rib chiqish uchun eng ideal vaqt!

@MuallimMuhammad
🔥58👍22105💯1
O’qituvchilikda yaxshi dars berish uchun eng muhim ko’nikma nima?

Biz qaysi jarayonni sevmasdan, u bilan shug’ullanmasdan turib yaxshi dars bera olmaymiz?

@MuallimMuhammad
💯28🔥16👍1322
Har bir zo’r o’rgatuvchi, o’rganishni sevishi kerak!

Bir xil mavzuni 10 yil 50 marta o’tishingiz mumkin, o’rganishni sevadigan inson shu bir mavzuni 50 xil qilib o’tib beradi.

Har safar o’tayotganida yangi bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar mavzuga bo’lgan yangi qarashlarni ochib beraveradi unda.

Yangi bilimlarni o’rgatib o’zingiz mazza qilasiz. Biz zavq olayotgan darslarda bolalar ham lazzat olishayotgan bo’ladi.

@MuallimMuhammad
👍81🔥22136💯5
Boringizga shukur, bilmasvoylar!

Prezident maktabida ishlaganimda ustozlar direktorga:
— Sinfda 1-2 ta o‘qimaydigan bola bor, haydaylik, — deyishgan.

Direktor esa:
— Bolalarni 3 bosqichli sinov bilan olamiz, eng kuchlilarigina o‘tgan. Bir sinfda 12 ta bola bo‘lsa, uzog‘i 1-2 ta o‘qimaydigan bola bor. Agar shu o‘qimaydigan 1-2 tani ham o‘qita olmasak, biz, ustozlar, nega kerakmiz o‘zi? Qolgan 10-11 ta bola bizsiz ham o‘qib ketaveradi, — degan edi.

O‘sha paytda bu gap menga yoqmagan.

“Asalari fitnasi” (Bee Movie) multfilmida asalari Barry odamzot bizni ishlatyapti, deb ularni sudga berib, butun asalarilarni “ishlashdan qutqaradi”.

Ishidan ayrilgan asalarilar esa shaxsiy qoniqish va hayotdagi ma’nodan ayriladi. Endi:
— Nima qilamiz? — savoli ularni qiynaydi.

Qamoqxonada uzoq vaqt o‘tirib chiqqanlar ham ba’zan shuning uchun o‘zini osib qo‘yadi (Shoushankdagi amaki). Chunki tashqarida ular foydali emas, demak qadrli ham emas, ma’no ham yo‘q.

Biz ishlarkanmiz, kimgadir foydamiz tegadi, foydamiz tegarkan, kerakligimizni his qilamiz. Shaxsiy qoniqish paydo bo‘ladi.

Nima demoqchiman?

Ba’zan sho‘x, to‘polonchi, bilmasvoy o‘quvchilarimiz bo‘lmasa edi, deb o‘ylab qolamiz. Lekin, ular bo‘lmasa, biz, o‘qituvchilar, nega kerakmiz? Bizning sabrimiz, fidoyiligimiz, mahoratlarimiz qayerda kerak?

Ular borki, bizning hayotimizda ma’no bor. Ular tufayli biz sinalamiz, sayqallanamiz,kuchli bo‘lamiz va o‘zimizdan qoniqamiz.

@MuallimMuhammad
👍151🔥332417💯17
Yaxshi o‘qitishning — to‘rtdan biri tayyorgarlik, to’rtdan uch qismi esa sof teatrdir.

Gail Godwin

@MuallimMuhammad
👍86🔥2613😁43💯1
Voz kecholmaymiz!

Xotirjamlik eng muhimi, uni yo‘qotadigan har qanday insonlarni yo‘qotish kerak.

Istisno — oila a’zolarimiz va qarindoshlarimiz. Bizning qarorimizsiz bog‘langan rishtalar bizning qarorimiz bilan uzila olmaydi.

Do‘stingiz bo‘lsa, tashlab ketasiz, ishxona yoki qo‘shni bo‘lsa, almashtirasiz. Hattoki jufti halolingiz bo‘lsa ham ajrasha olasiz (ruhsat bor).

Voz kecha olmaydiganlarimizni boricha qabul qilishga, tushunishga, chidashga majburmiz. Qo‘limizdan kelgancha o‘zgartiramiz, qolganiga rozi bo‘larkanmiz.

Maktabda ma’lum fandan dars berish do‘st yoki qo‘shni bo‘lishga o‘xshaydi. Harakat qilasiz, o‘zgarmasa, boshqa fanga yo’naltirib yuborasiz, ko‘p e’tibor bermaysiz.

Sinfga sinf rahbar (bizni maktabda kurator) bo‘lsangiz, oilaga aylanar ekansiz. Siz voz kecha olmaysiz (juda qiyin). Sizning muqobilingiz yo‘q, sizga o‘xshashi yo‘q, boshqa kurator yo‘q!

Aslida biz voz kecha olmaydiganlarimiz bizga eng ko‘p qiyinchiliklarni olib kelishadi.

Qiyinchiliklar esa imkoniyatlar bilan keladi. Sinalamiz, kuchli bo‘lamiz, ajr olamiz.

@MuallimMuhammad
👍6120🔥16💯76
Qanday qilib tezroq o’sa olaman?

1. Maktabingizdagi/yoki siz taniydigan eng zo’r ustozni 2 soat darslaringizga taklif qilasiz. Orqada kuzatadi. Xatolar bo’yicha xulosalarini yozib tushuntiradi.

Ustozning yillar davomida to’plagan qonli tajribalarni siz soatlarda o’zlashtirasiz.

2. Darslaringizni kameraga syomka qilasiz(oddiy shtativga telifoningizni qo’yib qo’ysangiz ham bo’ladi). Ko’rib tahlil qilasiz. Nimani boshqacha qilish mumkinligini o’ylaysiz.

Dars jarayonini ichida har doim ham qarorlaringizni ongli qila olmaysiz. Tashqaridan qarash imkoni esa sizni “sevimli ustoz” maqomiga tezroq yetaklaydi.

3. Xonangizga shikoyat va takliflar uchun quti olib kelasiz. Har darsdan keyin istagan o’quvchi anonim tarzda o’z fikri va e’tirozlarini yozib tashlab ketishadi.

O’qiysiz, tahlil qilasiz, xato qilayotgan bo’lsangiz tan olasiz. O’zgarasiz!

@MuallimMuhammad
👍9918🔥13💯105
Kuzatuv

Ota-ona tarbiya ilmida kuchli bo‘lmasa ham bola tarbiyali bo‘lishi mumkinmi?

Ha, agar yashayotgan jamiyati va mahallasi qadriyatli bo‘lsa. O‘qiyotgan maktabi esa to‘g‘ri muhitga ega bo‘lsa.

Farzandingiz qadriyatli oilalar farzandlari bilan o‘qisa, o‘ynasa va yursa, ko‘rganini oladi. Zo‘r bo‘lmasa ham yomonlashib ketmaydi.

Ota-ona sifatida mahallangizni va shahringizni kuzating. Bolangiz bog‘chasi va maktabini sinchiklab o‘rganing.

• Qadriyatlari sizning qarashlaringizga mosmi?
• Narkotik yoki tabletkalarning iste’moli mavjud emasmi?
• Ilm egalari ko‘p va qadrlanadigan joymi?

Agar bu savollarga qoniqarli javob topa olmasangiz, hoziroq ko‘chib keting. Farzandingiz tarbiyasini yo‘qotganingizdan keyin, o‘nlab uylarning puli ham bu yo‘qotishni qaytara olmaydi.

“Kishi o‘z do‘stining dini ustidadir. Bas, har biringiz kim bilan do‘st bo‘lishiga qarasin.”
(Termiziy, Zuhd: 45).

@MuallimMuhammad
🔥55👍297💯43
Bir boy akamiz: “Farzandimga hamma sharoitni qilib berganman, lekin negadir o‘qimaydi”, – deb qoldilar.

Aynan hamma sharoitni qilib berganingiz uchun ham o‘qimaydi-da, degimiz keldi)

@MuallimMuhammad
💯74🔥25😁205🤔5👍3
Qayerdan qidiray?

Muammolar qancha eski bo’lsa, yechimlarni ham eski bo’ladi.

Xotirjamlikka erishish, sog’lom tana qurish, yaxshi farzand tarbiya qilish, samarali dars berish. Minglab yillik muammolar, demak yechimlari ham minglab yil oldin yozilgan va vaqt chig’irig’idan o’tgan kitoblarda.

Kitob obro’sini saqlab bizgacha yetib kelyaptimi?

Demak, ming yillar davomida insonlar o’z hayotlarida sinab, tavakkal qilishgan. Bizda shu kitoblarni topish, o’qish va amal qilish qoldi, xolos!

Muammolar qancha yangi bo’lsa yechimlarni ham yangisini qidiring. Mashina haydash, samalyot boshqarish va hkz.

Siz pedagogikaga oid qaysi ming yillik kitoblarni bilasiz?

@MuallimMuhammad
🤔24👍16🔥1465
Muammolar tugagan kun

Esimni tanibmanki muammolarim juda koʻp. Bogʻchada tushlikda uxlash muammo edi.

Maktabda 5 baho olish, 8-martda sinfdosh qizga gul berish uchun pul yigʻish eng katta muammolarim boʻlgan. Litseyda o'qishga kirish muammo.

Universitetda yana maktabdagi muammolar kattaroq shaklda qaytib keladi. Bitirib ish topish va unda koʻtarilish muammo.

Bizda hozir bor muammolarni, hozirgi aql darajamiz bilan yecha ol-may-miz! Agar yecha olganimizda edi, bizda hozir bu muammolar boʻlmasdi.

Yechishning yoʻli esa ilm, tajriba va tavakkuldir!

Keyin muammolaring tugaydimi? Albatta, yoʻq. Kattarogʻi paydo boʻladi. Va yana ilm olamiz. Natijada oʻsib, rivojlanib boraveramiz. Oxiri yoʻq!

Qachon muammolar tugaydi? Bu dunyoni tark qilgan kunimiz, barcha muammolarimiz tugagan kundir. Ungacha yo ularni yechamiz, yoki yechishga majbur qilishadi!

@MuallimMuhammad
🔥81👍282113🤔2
Farzandimga xat

Sen bilan doim kelishamiz. Menga yoqadigan qarorlar ham, senga yoqadigani ham bo’lmaydi. Senga uzoq muddatda foydalilarini qabul qilamiz doim.

Seni shunchalik yaxshi ko’raman-ki kelajaging, yaxshi inson bo’lishing uchun ba’zan sen bilan tortishishga, seni xafa qilishga ham tayyorman.

Ishon bolam, seni qiynalayotganingni ko’rish men uchun dunyodagi eng og’ir ish. Balki seni qiynalayotganingdan men ko’proq qiynalarman.

Lekin chidayman, toki bu hayoting bilan to’lanadigan to’lov bo’lmas ekan, aralashmayman. Toblangin, hikmat egasi bo’lgin, xalqqa foydali inson bo’lgin deyman.

Sen hozir kichiksan, shirinsan, har bir harakating yoqimli, hatto so’kib qo’yishing ham chiroyli eshtilaveradi. Lekin kun kelib har bir so’zing va amaling uchun javob beradigan vaqting keladi.

Ha, hammasi menga bog’liq emas. Buni bilaman, qiyin bo’lsa ham qabul qilaman. Ba’zan payg’ambarlar eng yaqinlarini o’zgartira olishmagan.

Lekin sen xato qilganingda men barcha qo’limdan kelganini qildimmi buni oldini olish uchun degan o’ylar meni qiynaydi, vijdon qiynaydi. Balki, bizning payg’ambarlardan farqimiz ham aynan shudir.

@MuallimMuhammad
👍67🔥161212💯2
Nega ular eng zo’ri?

Ko‘rdingiz, Abduqodir kecha Man Cityda ilk o‘yinini o‘tkazdi. Dunyoning eng kuchli ligasida, eng kuchli jamoalaridan birida, eng kuchli jamoalardan biriga qarshi. Deyarli hech qanday mashg‘ulotlarsiz.

Birinchi 5 daqiqalik qiyin kechdi: hayajonlandi, xato qildi, gol olib keldi, sariq oldi. Bundan yomonroq ssenariy bo‘lmasa kerak.

Shundan keyin jamoa o‘zgardi. Abduqodirga faqat xavfsiz to‘plar uzatildi. Unga bosimni sezib, Silva (jamoadoshi) uning yoniga tez-tez qaytdi, qiyin vaziyatlardan olib chiqib ketdi. Bir vaziyatda Abduqodir to‘pni darvozabonga oshirdi. Butun stadion qarsaklar bilan olqishladi. Tashqaridan oddiy jarayon, lekin Abduqodir uchun muhim edi — xatodan keyin ham muxlislar ishonayotganini sezishi kerak edi.

O‘yin tugagach, Guardilo (uning murabbiyi): “U hali yosh, xatolardan o‘rganadi. Men unga gapirishim shart emas, xato qilganini o‘zi ham biladi. Men unga ‘xato qilma’ demayman-ku, buni uning o‘zi ham xohlaydi. Oldindan bila olmaydi-ku xato qilishini. Men unga ishonaman,” dedi. Daxshat!

Muxlislarning qarsaklari, jamoadoshlarning tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi, ustozining so‘zlarini ko‘rib, eshitib hayron qolasan kishi.

Bejiz emas, ular eng zo‘r liga, eng zo‘r jamoa va eng zo‘r murabbiy ekanligi.

Xatolarga munosabatni o‘zgartirishimiz kerakmikan-a, ustozlar?

@MuallimMuhammad
💯113👍3220🔥84🤣1
Navbatdagi imkon

Bilasiz do‘stlar, do‘stim Moxir bilan “Zamonaviy Pedagog” kursimizda o‘qituvchilarni o‘qitib kelamiz.

300 ga yaqin ustozlarga ilm ulashib ulgurdik.

Kuni kecha ushbu kursimizning 6-guruhini yakunladik.

Kutganimizdanda aʼlo izohlar oldik:

80% ga yaqin ustozlar kursimizga maksimum — 10 baho qo‘ydi.

Umumiy 85.9% baho oldik.

Ushbu vaqt mobaynida ishtirokchilarimiz kengroq miqyosda dars o‘tishimiz uchun viloyatga ham taklif qilishdi:

Qo‘qonda mehmon bo‘ldik. Videosi bu yerda. Link

Xullas, chorshanba — 29.01 sanasidan 7-guruhga start beramiz.

O‘qituvchi bo‘lsangiz bizga qo‘shiling.

Kursimizda o‘qiganingizdan keyin sizda:

darslar samaraliroq;
stress kamroq;
bolalar bilan ishlash zavqliroq bo‘ladi, inshaAlloh!

Kurs haqida to‘liq maʼlumot shu linkda: https://t.me/zamonaviypedagogkursi/94

@MuallimMuhammad
16👍15🔥6
Bolalar bilan suhbat

Sinfimizga yangi o‘quvchi keldi. Maktabga olib kirayotganimda (odatda yangi o‘quvchi bilan yo‘l-yo‘lakay suhbatlashib, o‘g‘il bola bo‘lsa, qo‘limni yelkasiga qo‘yib kelaman), bolalardan ba’zilari:
— Yangi bolami? Bizning sinfga emas faqat, bizning sinfda joy yo‘q, — deb qolishdi.

Keyinroq, o‘zini oldida ham:
— Ustoz, boshqa sinfga oling buni, — deyishdi ikki o‘quvchimiz.

Bo‘sh vaqtimda ikkisini yolg‘iz oldimga chaqirdim. Savollar bera boshladim:
— Nima deb o‘ylaysiz, inson yangi maktabga, sinfga, muhitga borsa, o‘zini qanday his qiladi?
Ular:
— Noqulay.

— Agar u sinfdagi hamma allaqachon do‘stlashib olgan bo‘lsa-yu, uning bir o‘zi kirishishga qiynalsa-chi? U tortinchoqroq va introvert bo‘lsa-chi? Masalan, men shundayman, — dedim.
Ular:
— Yana ham qiyinroq, — deyishdi.

— Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Endi shunday qiyin vaziyatda sizsiz va kamiga sizga “bizning sinfda joy yo‘q, bizga kelma, boshqa sinfga o‘t”, deyishsa, ikki-uch kishi sizga qarshu birlashib olsa, o‘zingizni qanday his qilasiz?

Orada ozgina jimlik bo‘ldi. Bir o‘quvchim:
— Juda yomon. Meni ajratib qo‘yishganda his qilgandim, esladim, — dedi.
Ikkinchisi ham tasdiqladi.

— Men bu ishni ataylab qilgansizlar deb o‘ylamayman, bilmaganingiz va uni his qilmaganingiz uchun aytgansizlar, degan fikrdaman. Sizlar to‘g‘ringizda gumonim yaxshi, shuning uchun o‘tirdim va tushuntirdim. Iltimos, buni boshqa takrorlamaylik, — dedim. Suhbat tugadi.

@MuallimMuhammad
68👍51🔥16
Xavfsizroq joydagi qo‘rqoqroq odamlar

Bizning bobo-buvilarimiz farzandlaridan bizchalik xavotir olishmagan. The Culture of Fear (Qo‘rquv madaniyati) kitobida: “Ko‘pchilik amerikaliklar insoniyat tarixidagi eng xavfsiz vaqt va joyda yashayapti”, — deyilgan.

Lekin ular xotirjam emas. 24/7 chiqib turadigan o‘g‘irlik, narkotik moddalar iste’molining ortishi, odam o‘ldirish kabi yangiliklar odamlarni vahimaga soladi, stress olib keladi.

6 yoshli bolangizni daraxtga chiqishga ruxsat bersangiz yoki 8 yoshli bolangizni maktabga o‘zi borib kelishiga imkon bersangiz, jamiyat tomonidan beparvo ota-onaga “aylanasiz”.

Sabab: Biz avvalgidek qurg‘oqchilik, ochlik, yangi epidemiya, ehtimoliy jahon urushi haqida o‘ylamayapmiz. Miyamizda xavotir va o‘ylash uchun qo‘shimcha joy ochilgan. Oqibatda to‘qima vahimachi bo‘lib ketyapmiz.

Tadqiqotlarga ko‘ra, bolalarimizga ko‘rsatgan mehrimiz va sevgimizdan ko‘ra o‘z stresslarimizni nazorat qila olishimiz bizni samaraliroq ota-ona qiladi.

Ularga erkinlik beraylik, ishonaylik, xatolardan, mag‘lubiyatlardan o‘rganishiga qo’yib beraylik. Katta hayot biz moslashtirayotgandek xavfsiz emas-ku, to‘g‘rimi?

@MuallimMuhammad
44👍2411💯6🔥4
Buzg‘unchi bo‘ling!

Sinfxona ichi uchun ishlab chiqiladigan ko‘plab qoidalar doim sinfxona tashqarisidagilar tomonidan ishlab chiqilgan.

10 yillardan beri dars bermagan vazir va uning yordamchilari yoki darsni faqat tartib saqlash vositasi deb hisoblaydigan ba’zi direktor va zavuchlar ustozlarga “to‘g‘ri” dars o‘tish usullari va tartiblarini o‘rgatishadi.

Yaxshi o‘qituvchi belgilaridan biri uning “buzg‘unchiligida”. Doim hamma qonun-qoidalarga amal qilishga majbur emassiz.

Ba’zan rejadan chetga chiqish, bolalar bilan munozara o‘tkazish, biror ilmiy masalani muhokama qilish, hayotiy ko‘nikmalar o‘rgatish, ko‘chada dars o‘tish yoki zakovat o‘ynash ham mumkin.

Maktab tomonidan aytilgan hamma qonunlarga qo‘shilishingiz ham shart emas, ularning ba’zilari mantiqsiz. Buni ochiq aytish va ba’zan buni bajarmaslik ham norma. Sabab va oqibatlarini bilmas ekanmiz, shunga olib boradigan ishlarni qilishimiz shart emas va bolalarni ham bunga majburlamaylik.

Kutilmaganlik effekti sizni sevimli o‘qituvchilardan biri qiladi. Erkin bo‘ling, erkin fikr bildiring, bolalarga ham erkinlik bering. Ba’zan qoidalarni buzing. Lekin maqsad shu orqali dars sifatini oshirish va bolalarni fanga qiziqtirish bo‘lsin.

Lekin bu doimiy bo‘lmasin va umumiy ta’lim sifatiga ta’sir etmasin!

@MuallimMuhammad
🔥83👍59108💯3