Forwarded from Teachers’ Hub
Uyga vazifalar kerakmi?
Biz, odatda uyga vazifalarni qanday beramiz?
Dars soʻngida (koʻpincha qoʻngʻiroq chalib turgan vaqtda) darslikning beti, mashqning raqamini aytib, qisqacha bajarilish sharti bilan tanishtiramiz: “54-bet, 14-mashq, nuqtalar oʻrnini toʻldirib kelasizlar”.
Yoki vaqtdan yutish maqsadida sinf doskasiga yozib qoʻya qolamiz.
Boz ustiga ba'zan uyga vazifalar darsda oʻzini yaxshi tutmagan oʻquvchilar uchun jazo sifatida ham qoʻllaniladi.
Bunday yondashuv oʻquvchilarning uydagi mustaqil faoliyatini tashkil etish uchun yetarlicha motivasiya bermasligini sezib turgandirsiz.
Koʻpincha oʻquvchilar dangasalik qilganlaridan emas, vazifani yaxshi tushunmaganliklari va ishni nimadan boshlashni bilmaganliklari uchun ham bajarmay keladilar. Topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarib kelmaslik odati oʻquvchilarning fanni oʻrganishga boʻlgan qiziqishi va mas'uliyati pasayishiga olib keladi.
Nahot shu jarayonni qiziqarli va yoqimli shaklda tashkil qilib boʻlmasa?
Uyga vazifalar berishning oʻzlashtirish darajasiga ta'sirini aniqlash borasida oʻtkazilgan koʻplab tadqiqotlar muallifi professor Dyuk Kuper uyga vazifalarni dori vositalariga qiyoslaydi:
Keling, endi birgalikda variativ shaklda uyga vazifa berish usulini koʻrib chiqamiz.
Variativ vazifalar
Iloji boʻlsa bugundan boshlab variativ uyga vazifalar bering.
Bu nima degani?
Oʻquvchilaringiz esa berilgan topshiriqlar ichidan oʻziga ma'qul boʻlgani, mustaqil bajara oladigani, zavq beradiganini tanlab oladilar.
Goʻyo ular siz topshiriq qilib berganingiz uchun emas, oʻzlari tanlaganlari uchun ham bajarib keladilar.
Qanchalar hayron qolmang mas'uliyat erkinlik bilan bogʻliq!
Deylik, siz bugun Muhammad Yusuf ijodiy merosiga bagʻishlangan darsni oʻtdingiz.
Uyga vazifa qilib sinf doskasiga
- she'rni yod olish;
- she'r mazmuni asosida rasm chizish;
- she'rda tilga olingan maskanlar haqida ma'lumot topib kelish;
- she'r mazmuni asosida krosvord tuzish,
- she'rning nasriy bayonini yozib kelish;
- she'rdagi sifat (yoki fe'l) soʻz turkumiga kiruvchi soʻzlarni yozib kelish;
- she'r tahliliga oid 10 ta savol va topshiriq tuzish;
- lirik qahramonga maktub yozish;
- she'rni qoʻshiq qilib aytib berish;
- sinkveyn usulida she'r yozib kelish ... kabi oʻquvchilaringizning yoshi, oʻzlashtirish darajasiga mos boʻlgan bir necha xil vazifalarni yozib qoʻyasiz.
Oʻquvchilar bitta emas, bir necha vazifalarni bajarib kelishni tanlashlari ham mumkin.
E'tibor bersangiz, berilgan har bir topshiriq she'r matnini sinchiklab oʻqishga, magʻzini chaqishga, shoirning qalb kechinmalari, oniy holatini tushunishga undaydi, ularni bajarish chogʻida oʻquvchi she'r matniga qayta va qayta murojaat qilishiga toʻgʻri keladi.
Shu ma'noda she'rga mos surat chizish yo krosvord tuzish uni yod olishdan kam mehnat talab qilmaydi.
Oʻquvchilarning mustaqil tarzda bajaradigan topshiriqlarini oʻzlari tanlashlari uyga vazifani bajarib kelishlari ehtimolini yanada oshiradi va shu orqali ulardagi koʻplab ijodiy qirralarni kashf etishingizga yordam beradi.

“Agar siz ularni juda kam ichsangiz, ular hech qanday samara bermaydi. Agar juda koʻp iste'mol qilib yuborsangiz, zarari tegishi mumkin. Lekin agar yetarli miqdorda qabul qilsangiz, sogʻayib ketasiz!”.
Keling, endi birgalikda variativ shaklda uyga vazifa berish usulini koʻrib chiqamiz.
Variativ vazifalar
Iloji boʻlsa bugundan boshlab variativ uyga vazifalar bering.
Bu nima degani?
Bu oʻtilgan mavzu yuzasidan 5, 8, 10 xil topshiriqlar bering degani.
Oʻquvchilaringiz esa berilgan topshiriqlar ichidan oʻziga ma'qul boʻlgani, mustaqil bajara oladigani, zavq beradiganini tanlab oladilar.
Goʻyo ular siz topshiriq qilib berganingiz uchun emas, oʻzlari tanlaganlari uchun ham bajarib keladilar.
Qanchalar hayron qolmang mas'uliyat erkinlik bilan bogʻliq!
Deylik, siz bugun Muhammad Yusuf ijodiy merosiga bagʻishlangan darsni oʻtdingiz.
Uyga vazifa qilib sinf doskasiga
- she'rni yod olish;
- she'r mazmuni asosida rasm chizish;
- she'rda tilga olingan maskanlar haqida ma'lumot topib kelish;
- she'r mazmuni asosida krosvord tuzish,
- she'rning nasriy bayonini yozib kelish;
- she'rdagi sifat (yoki fe'l) soʻz turkumiga kiruvchi soʻzlarni yozib kelish;
- she'r tahliliga oid 10 ta savol va topshiriq tuzish;
- lirik qahramonga maktub yozish;
- she'rni qoʻshiq qilib aytib berish;
- sinkveyn usulida she'r yozib kelish ... kabi oʻquvchilaringizning yoshi, oʻzlashtirish darajasiga mos boʻlgan bir necha xil vazifalarni yozib qoʻyasiz.
Oʻquvchilar bitta emas, bir necha vazifalarni bajarib kelishni tanlashlari ham mumkin.
E'tibor bersangiz, berilgan har bir topshiriq she'r matnini sinchiklab oʻqishga, magʻzini chaqishga, shoirning qalb kechinmalari, oniy holatini tushunishga undaydi, ularni bajarish chogʻida oʻquvchi she'r matniga qayta va qayta murojaat qilishiga toʻgʻri keladi.
Shu ma'noda she'rga mos surat chizish yo krosvord tuzish uni yod olishdan kam mehnat talab qilmaydi.
Oʻquvchilarning mustaqil tarzda bajaradigan topshiriqlarini oʻzlari tanlashlari uyga vazifani bajarib kelishlari ehtimolini yanada oshiradi va shu orqali ulardagi koʻplab ijodiy qirralarni kashf etishingizga yordam beradi.
💯62👍26❤19⚡14🔥4
Teachers’ Hub
Uyga vazifalar kerakmi? Biz, odatda uyga vazifalarni qanday beramiz? Dars soʻngida (koʻpincha qoʻngʻiroq chalib turgan vaqtda) darslikning beti, mashqning raqamini aytib, qisqacha bajarilish sharti bilan tanishtiramiz: “54-bet, 14-mashq, nuqtalar oʻrnini…
Shunga o’xshash chuqur tahlilli postlar va doimiy rivojlanuvchi ustozlar doirasida bo’lishni xohlasangiz teachers’ hubda sizni kutamiz!
Hozir teachers’ hub loyihamizda 4 ta professional ustozlar: Metodika bo’yicha yaqinda fan doktori bo’ladigan ustoz, boshlang’ich ta’lim ustozi, ingliz tili va o’zim tomonidan har hafta 3-4 ta professional postlar orqali ilmlar ulashilinib kelinyapti.
Va ustozlar uchun alohida fikrlar va savollar uchun guruh ham ochilgan.
Loyihaga qiziqish bildirsangiz @MuhammadUralovv ga yozsangiz bo’ladi.
Loyiha oyiga atiga 99 ming, ikkita tushlik puliga 1 oy ilm olsangiz bo’ladi.

⚡25👍17🔥8❤3
Foydasi qancha bo’lsa zarari ham shuncha
Bir yaqin do’sting bor. Barcha sirlaringni aytasan, eng katta xatolaringni ham bosiqlik bilan eshitadi, tanqid qilmaydi. Sen haqingda hamma narsani biladi va seni borligingcha qabul qilgan.
Bir qarashda bunday do’stni hamma orzu qiladi. Lekin bir kun dushmaningga aylansachi? Dunyoda undan xavfli inson topa olasanmi?
Messi dunyodagi eng zo’r o’yinchi, butun jamoa o’ynolmaganda ham bir o’zi tortib yuraverardi. Uni davrida Barcelona qanchalik yuksaklarga chiqqan bo’lsa u ketishi bilan shunchalik pastga quladi.
Bir kompaniyani bilaman. Yosh, ilmli, taqvodor bir yigit boshqarardi. Yuzlab jamoa a’zolari u uchun shu yerga kelgan va u uchun ishlashardi. Yigit ham butun jamoani oldinga tortar, ularni yorqin kelajakka ishontira olardi. O’tgan yili u ketdi.
Aksar jamoa a’zolari ham ketishdi. Shundan beri kompaniyada bosh yo’q. Qolgan jamoa a’zolari qayerga qarab ketayotganini bilishmaydi. Kompaniyada xaus hukmron.
Uch misolda ham bir xulosa bor. Ular borligi qanchalik katta foyda bergan bo’lsa yo’qligi xuddi shuncha zarar olib keldi. Umumiy xulosani esa o’zingizga qoldiraman. Komentlarga yozing suhbatni davom ettiramiz!
@MuallimMuhammad

🔥22👍14💯10⚡3
Maqsad charchatmaydi
Maktabda kuniga 7-8 soat dars berardim. Darsdan chiqib o’zimni charchagandek his qilardim. Dam olishim, o’zimga kelib olishim kerak deb bekorchi ishlarni ham qilib qo’yardim.
Xuddi mendek ishlaydigan lekin IELTS olishni maqsad qilgan do’stim bor edi. Ishdan birga chiqardik, men hayol surib telifon o’ynab ketardim u ingliz tilidan so’z yodlab, listening qilib ketardi. Uni maqsadi bor u charchamaydi.
Abiturient vaqtlarim kuniga 1 mahal ovqatlanib ham o’qiyverardim, ovqatlanish uchun ketgan yarim soatni qizg’anardim, o’rniga bitta mavzu tugatardim. Hozir tushlik yoki nonushta qilmasam ochlikka chiday olmayman. Asabiy bo’lib qolaman. Oldingi Muhammadni maqsadi oliy edi, u och qolmasdi.
Ertalab turish qiyin bo’lsa, dars qilish uchun diqqatni jamlay olmayotgan bo’lsang, kitob o’qishga o’zingni majburlay olmasang maqsadingni tekshirib ko’r. U yetarlicha katta emas, bo’lmasa seni harakatga keltirishi, uxlatmasligi, charchatmasligi va och qolganingni sezdirmasligi kerak!

👍105🔥43💯16⚡9❤6🤔1
Shaxsiyat ustida ishlang!
Barcelona, Real Madrid, Man United kabi yirik klublarga doim o’z shaxsiyatiga ega, boshqa yirik shaxsiyatlarni bo’ysundira oladigan murabbiylarni tayinlashadi.
Murabbiy futbolchilar uchun авторитет bo’lishi kerak. Eng qiyin, kim nima qilishni bilmaydigan joylarda uni aytgani aytgan, degani degan bo’lishi va bu g’oyalarga uni shogirdlari so’zsiz ishonishi va bo’ysunishi kerak!
Ba’zan futbol ilmini zo’r biladigan, taktikalarni suv qilib ichib yuborgan murabbiydan ko’ra shaxsiyati va obro’si yuqoriroq, lekin ilmi kamrog’ini buyuk klublar olib kelishadi.
Gap kim ko’proq ilm egasi ekanligida emas, kim uni yaxshiroq qo’llay olishi va shu g’oyalarni boshqalarga “sota olishida”!
Endi bu faqat futbolda emas, xohlagan sohadagi murabbiylar uchun tushadi!
Maktabda ilmi “dahshatli” lekin shaxsiyati yo’qligi uchun birorta sinfni eplolmagan va ilm bera olmaganlarni ko’rganman.
Maktabdagi ustoz ham murabbiy, kompaniya rahbari ham murabbiy, oila boshlig’i ham murabbiy, futbol murabbiyi ham murabbiy! Murabbiy bo’lmoqchimisiz shaxsiyatingiz ustida ishlang!(Ilmni unutmagan holda)
Unutmang gapning ma’nosi uni 50% darajasini belgilasa qolgan 50% ini uni kim gapirayotganligi belgilab beradi!
@MuallimMuhammad
Barcelona, Real Madrid, Man United kabi yirik klublarga doim o’z shaxsiyatiga ega, boshqa yirik shaxsiyatlarni bo’ysundira oladigan murabbiylarni tayinlashadi.
Murabbiy futbolchilar uchun авторитет bo’lishi kerak. Eng qiyin, kim nima qilishni bilmaydigan joylarda uni aytgani aytgan, degani degan bo’lishi va bu g’oyalarga uni shogirdlari so’zsiz ishonishi va bo’ysunishi kerak!
Ba’zan futbol ilmini zo’r biladigan, taktikalarni suv qilib ichib yuborgan murabbiydan ko’ra shaxsiyati va obro’si yuqoriroq, lekin ilmi kamrog’ini buyuk klublar olib kelishadi.
Gap kim ko’proq ilm egasi ekanligida emas, kim uni yaxshiroq qo’llay olishi va shu g’oyalarni boshqalarga “sota olishida”!
Endi bu faqat futbolda emas, xohlagan sohadagi murabbiylar uchun tushadi!
Maktabda ilmi “dahshatli” lekin shaxsiyati yo’qligi uchun birorta sinfni eplolmagan va ilm bera olmaganlarni ko’rganman.
Maktabdagi ustoz ham murabbiy, kompaniya rahbari ham murabbiy, oila boshlig’i ham murabbiy, futbol murabbiyi ham murabbiy! Murabbiy bo’lmoqchimisiz shaxsiyatingiz ustida ishlang!
Unutmang gapning ma’nosi uni 50% darajasini belgilasa qolgan 50% ini uni kim gapirayotganligi belgilab beradi!
@MuallimMuhammad
👍80🔥15💯9❤4⚡1😁1
Boy bo‘lay desang, bo‘lgin behojat
Tarixda Diogen degan yunon faylasufi o‘tgan. U bochkada yashar va ortiqcha ehtiyojlardan voz kechgan edi.
“Ortiqcha xohishlar og‘riq olib keladi”, – der edi Diogen.
Bilasizmi, hayotimiz nega buncha qiyin? Chunki biz juda ko‘p narsa xohlab yuboramiz!
• Barcelona doim g‘alaba qozonsin,
• hamma meni doim yaxshi ko‘rsin,
• ishlarim doim besh bo‘lsin,
• pulim tez ko‘paysin,
• mashinam, katta uyim va ko‘p bo‘sh vaqtim bo‘lsin…
“Inson uchun boshpana, kiyim va ovqat bo‘lsa, yetarli. Ortiqchasi – sun’iy xohish-istaklar. Aynan ular inson azob-uqubatlarining asl bulog‘i”, – deydi Diogen.
Biror narsa sotib olishdan oldin berishimiz kerak bo‘lgan savol: “Men bu narsani chin dildan xohlayapmanmi yoki shunchaki uni menda borligini boshqalar ko‘rishini istayapmanmi?”

👍58💯22🔥13⚡6❤4
Bilasiz “Zamonaviy pedagog” kursida ustozlarni o’qitib kelamiz.
Boshlanganiga 5 oyga yaqinlashgan loyihada ikki yuzlab ustozlar va hatto Turkiya, Tojikiston va Qirg’izistondan ham ustozlar ilm olishdi. 3 ta xususiy maktab bilan kelishuvlarga erishdik va ularni ustozlarini ham o’qitmoqdamiz.
Registon o’quv markazlarida offline treninglar o’tyapmiz.
Tepadagi rasmda bizda o’qigan ustozlar fikrlari yozilgan
Agar siz ham darsingiz va ta’limdagi qarashlaringizda yangilik va yengillik qilmoqchi bo’lsangiz sizni keyingi kursimiz ochilishiga taklif qilamiz.
Kursimiz tez kunda boshlanadi. Ungacha o’z joyingizni band qiling.
Kursimiz o’qiganingizdan keyin sizda darslar samaraliroq, stress kamroq va bolalar bilan ishlash zavqliroq bo’ladi.
Kurs haqida to’liq ma’lumot shu linkda: https://telegra.ph/Zamonaviy-Pedagog-onlayn-kursi-09-21

⚡15👍10🔥4❤2
Boladan oʻrganing!
Statistika boʻyicha besh yoshgacha bolaning 85-90% miyasi rivojlanib boʻladi. Ha, bu biologik jarayon. Yangi tugʻilgan boʻlganligi uchun juda tez rivojlanadi.
Lekin, bu darajada tez oʻsayotgan miyani toʻldirish uchun 5 yoshli bola kuniga oʻrtacha 200-400 savol beradi.
Natija repetitorsiz 1ta tilni va oʻzi uchun yangi dunyoni juda tez oʻrganadi. Siz-chi kuniga nechta savol berasiz? 10 yoki 15 ta?
Aslida bizning juda sekin rivojlanayotganimizga sabab oʻzimizga va atrofdagilarga juda kam savol berishimizda va tafakkur qilmasligimizda.
"Nega?" degan savol sizni eng koʻp ishlatadigan soʻzingiz boʻlmas ekan tez oʻsmaysiz!

🔥74👍24⚡7❤6
Mehnatsiz natija va natijasiz mehnat
Insonda ikki xil vaziyatda motivatsiyasi, hayotga bo'lgan qiziqishi tushib ketadi.
Birinchisi: maqsadga erishish jarayoni juda cho'zilib ketsa va natija umuman kelmasa. Masalan: tinmasdan 1-2 yillab ingliz tili o'qiysan lekin sen xohlagan (7+band score) chiqmasa.
Ikkinchisi: hech qanaqa mehnat, natijaga erishish uchun jarayon bo'lmasay-u lekin natija o'zi kelaversa. Maqsadlaring qiyinchiliklarsiz ushalaversa.
Ikkinchisi xavfliroq va bu o'ziga to'q oilada o'sgan farzandlarni takasaltangga aylantiradi. Hech qanday mehnatsiz uy, mashina va pullar.
Shuning uchun ham o'g'il bola qiyin sharoitlarda mehnat qilib o'sishi shart! Hatto boy bo'lsa ham otasi unga qiyinchilik uchun "sharoit" yaratib berishi kerakdir.

👍73🔥21⚡5💯5😁2❤1
Demokratiya yoki diktatura?
Ustoz darsda bolalarga erkinlik berib, fikrlarini eshitib, qarorlarni muhokama orqali chiqarishi kerakmi?
Yoki barcha qarorlarni muhokamalarsiz chiqarishi, darsda imkoni boricha bolalarni qattiq ushlab, o’zini aytganini qildirishi kerakmi?
Diktatura ichida demokratiya bering!
Imkoningiz bo’lsa 3-4 ta kitobdan dars o’tib bering, shu kitoblar ichidan eng yoqqanini bolalar tanlashsin.
3-4 xil metodlarda dars o’tib bering, o’zlariga mosini tanlashsin.
Dars qilganlik uchun 3-4 xil mukofot turlarini taklif qiling, tanlashsin.
Noto’g’ri ishlar uchun 3-4 xil jazolar turini taklif qiling, o’zlari tanlashsin.
Mayli o’zlari tanlashsin, lekin sizning variantlaringiz ichidan tanlashsin!
Tanlov erkinligi borligi ularga mas’uliyat va qaror qabul qilish ko’nikmasini o’rgatadi.
Siz ham xursand, bolalar ham xursand bo’lishadi.

👍67🔥18⚡7❤1
Ilm nega kerak?
Jan de Lafontening qiziq hikoyasi bor.
Bir bog’bon yolg’izlikdan zerikib ayiqni o’ziga do’st qiladi. Kunlardan birida bog’bon charchab uxlab qoladi. Sodiq do’st esa uni pashshalardan himoya qilishni xohlaydi. Do’stining peshonasida turgan pashshaning ustiga katta tosh tashlaydi. Pashsha o’ladi, lekin do’sti ham endi tirik emasdi.
Men endi sizga o’zim hayotimda ko’rgan hikoyani yozib beraman.
Ota-ona farzandli bo’ladi, ular farzandini qattiq yaxshi ko’rganidan nima desa muhayyo qilishardi. Hayotdagi barcha qiyinchiliklardan uni asrab-avaylab o’stirishadi.
Bir kun katta hayotga chiqqan farzand aslida haqiqat boshqacha ekanligini, hayot beshafqatroq ekanligini ko’radi. Lekin, endi kech bo’lgan bo’ladi.
Ikki hikoyadagi umumiylik bu niyatning yaxshiligi har doim ham yetarli emas, unga olib boruvchi to’g’ri yo’llarni ham bilish kerak degan xulosa.
Ilmsiz, yaxshi niyat qilarkanmiz, xohlagan natijalarimizga erisha olmaymiz!

👍64🔥20💯8⚡7❤2
18 yil umrimni nimaga almashganman?
Yurishni boshlaganimdan beri to‘p tepaman. Avval mahallamizdagi kichik daraxtzor ichida bolalarni ham, daraxtlarni ham aldab o‘tishni o‘rganganmiz.
Keyin maktabimizning beton va o‘tli stadionida 9 yil umrim o‘tgan. Quyosh, yomg‘ir, tizza bo‘yi qor bizning sinf futbol o‘ynashi uchun to‘siq emas edi.
Sun’iy maydonlar yo‘q paytda, onalarimizdan 200 so‘mdan olib katta tabiiy maydonga o‘ynashga borardik mahalladoshlar bilan.
Xohlagan tekislik va 2 ta tosh bo‘lsa, bo‘ldi — biz uchun futbol maydoni edi. Kechqurun to‘pni ko‘zimiz ko‘rmay qolguncha o‘ynardik. 18 yil umrim shunday o‘tgan. Futbol desa ko‘zimga hech narsa ko‘rinmas edi.
O‘rinli savol: nima oldim shu 18 yil evaziga?
1. Ijtimoiy moslashuv
Yangi o‘qish yoki ishga kirganimda yaxshiroq futbol o‘ynashim tufayli meni boshqalar tanib, suhbatlashib, yaqinlashib olgan. Moslashuv davrim futbol tufayli tezlashgan, ozgina obro‘ ham olib kelgan.
2. O‘quvchilar bilan munosabat
Maktabda ko‘p ustozlar o‘g‘il bolalar bilan chiqishishga qiynalganda men ular bilan futbol o‘ynab yaqinlashib olardim. Bu esa darslarim sifatini oshirardi. Bugungi qorli havoda ham 5-sinflarim bilan futbol o‘ynadik)
3. Geografiya darslari
Bilbao Ispaniyada joylashganini, Angliyada Manchester degan shahar borligini, umuman, butun dunyo xaritasini men geografiya emas, futbol orqali o‘rganganman.
Biror davlat Yevropadami yoki Osiyodami deb so‘rashsa, miyamda shu davlat Yevropa chempionatida qatnashadimi yoki Osiyo chempionatida deb o‘ylab olardim.
4. Murabbiylardan o‘rganilgan ustozlik
Futbol murabbiylarini o‘rgana boshladim. Bu esa menga yaxshiroq ustoz bo‘lishimga, katta jamoani qanday oilaga aylantirish mumkinligini tushunishga yordam berdi.
5. Liderlik qobiliyatini kashf etdim
Futbol o‘ynayotganimda menda liderlik qobiliyati borligi, jamoani yaxshi boshqara olishimni tushunib yetganman. Darsda sinfni boshqarishimga katta yordami tegadi hozirgacha.
6. Taslim bo‘lmaslik saboqlari
Futbol menga hech qachon taslim bo‘lmaslikni, oxirgi soniyagacha kurashsa, hamma narsaning imkoni borligini o‘rgatgan.

👍86🔥28❤6⚡6
Ta’lim – eng muhim sohalardan biri, lekin, afsuski, u haqida eng kam gapiriladi.
Eng kam e’tibor, suhbatlar, podkastlar, yig‘ilishlar va investitsiyalar aynan ta’lim sohasida bo‘lmoqda.
Buni o‘zgartirish uchun o‘zimiz Pedagog_Podcast loyihasini tashkil qildik.
Do‘stimiz Rashid, ham akam, ham ustozim Shohrux Tursunmurodov va pedagoglar jamoasidan intervyu olishibdi.
O‘zim ham bu suhbatni bir o‘tirishda ko‘rib chiqdim. Juda qiziqarli va bahsli muloqot bo‘lgan. Sizlarga ham tavsiya qilaman!
Video havolasi: https://youtu.be/CHUfkKX_sKo?si=bCIOW27r0He38IZL

🔥17👍6❤5⚡1
Zarbalarga tabiiy qaraylik
Bokschilar chempion bo‘lguncha o‘rtacha 10,000 ta zarba, 0-2 ta nokaut va 5-10 ta nokdaun qabul qilib oladi.
Bokschi uchun bu zarbalar qo‘rqinchli emas, chunki u chempionlik yo‘lining bir bo‘lagi. Boksni tanlaganidayoq u ringda kaltaklanishga, yiqilishga va qayta turishga ruhan va aqlan tayyor bo‘lgan.
Zarbani muammo deb qabul qilganlar esa faoliyatining boshidayoq boksni tashlab ketgan.
Ustozlikdagi “zarbalar”
• O‘quvchilarning tanqidlari
• Dars qilmasligi
• O‘quvchilardagi sho‘xliklar
• Ba’zan ota-onalarning noo‘rin noroziliklari
• Rahbariyat bilan tushunmovchiliklar
Bu zarbalar kasbimizning bir bo‘lagi. Bularsiz o‘sa olmaymiz. Chempion bo‘lolmaymiz.
To‘g‘ri qabul qilaylik, cho‘kib qolmaylik, yiqilsak ham qayta-qayta turaylik.
Bokschilar zarbani muammo sifatida ko‘rmaganidek, biz ham bularni muammo deb sanamaylik.

👍95🔥18💯12⚡7❤3
Shogirdlik
“Ustozsiz insonning ustozi shayton,” degan gapni o‘qib, Aziz akani yonlariga borib:
— Meni shogirdlikka olmasangiz bo‘lmaydi, nima desangiz qilaman, — deganman.
Bu 2021-yilda bo‘lgan voqea. O‘sha paytda tajribasiz, deyarli ilmsiz va kelajagi mavhum Muhammad edim.
To‘rt yil o‘tdi. Pedagog_podcastni boshladik, ustozlar uchun shu blogni ochdik, Zamonaviy Pedagog kursini tayyorladik, Teachers’ Hubni tashkil qildik.
Barchasiga Alloh Aziz aka Rahimov ustozimizni sababchi qildi. Ulardan Alloh rozi bo‘lsin.
Ko‘p o‘qituvchilarda shu muammoni ko‘raman — ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan ustoz yo‘q. Nima qilishni bilishmaydi.
O‘rganganlarimizni bo‘lishish vaqti keldi. Shuning uchun bir shogird olmoqchiman. Barcha ilm va tajribalarimni ulashaman. Agar aytganimizni va qilganimizni bajarsa, 1-2 yilda yaxshi ustoz qilib yetishtiraman.
Shartlari:
• Toshkent shahrida yashasin va o‘qisin.
• Ustoz bo‘lishni niyat qilsin.
• Talaba bo‘lsa, yaxshi.
• Bo‘sh vaqti bo‘lsin.
Nima bera olamiz?
• Rahimov Schoolda haftada ma’lum kunlar yonimda ishlaydi.
• O‘z kutubxonam bilan bo‘lishaman.
• Bizning pulli loyihalarimizda tekin o‘qiydi.
• Podcastlarimizda qatnashadi.
• Kuchli ustozlar davrasida bo‘ladi.
So‘rovnoma:
https://forms.gle/ywpifohTrd99zoUa9
So‘rovnomani to‘ldirsangiz, ko‘rib chiqib, ma’qul nomzodlarga o‘zim aloqaga chiqaman.
To‘g‘ri kelsangiz, birga ishlaymiz!

Google Docs
Shogirdlik darsturi
❤32👍28⚡4🔥3
Qiyinchilik o‘rgatadi
Deyl Karnegi do‘st orttirish haqida zo‘r kitob yozgan, o‘zi yolg‘izlikda vafot etgan va oilasi bilan ajrashgan.
Oila haqida eng zo‘r maslahat bera oladigan yaqinim ikki marta uylangan (birinchisi bilan ajrashgan).
Yaxshi ustozni taniyman: hammani o‘qishga chorlaydi, ta’lim va tarbiya haqida bloglar yozadi. Lekin o‘zining ukasini o‘qita olmagan, hatto uning tarbiyasi bilan bog‘liq ko‘plab muammolar mavjud.
Bir qarashda bu paradoksdek tuyuladi, ammo mantiq bu yerda yaxshi ishlaydi.
Sen biror sohada eng yaxshi bo‘lish uchun sohadagi eng qiyin vaziyatlarni boshdan kechirgan bo‘lishing kerak!
Oilaviy inqirozga uchramagan inson oila va undagi eng qiyin vaziyatlar haqida to‘liq kartinani ochib bera olmaydi. Xuddi farzand yoki uka tarbiyasida eng og‘ir vaziyatga tushmagan inson tarbiya haqida chuqur ko‘nikmaga ega bo‘lolmagandek.
Sen faqat baxtli oilada, yaxshi farzandlar bilan, solih do‘stlar atrofida yashasang, ko‘p narsa o‘rganmaysan. Ko‘nikmalarni asosan qiyinchiliklar beradi!
Tolstoy aytganidek: “Barcha baxtli oilalar bir-biriga o’xshash, har bir baxtsiz oila esa o’zgacha baxtsiz”

💯63👍29🔥13❤9⚡7
Uni o‘zi keladi
2 km uzoqlikdagi masjidga chiqmoqchi bo‘ldingiz. Ozgina ozib olaman, dedingiz. Ozgina ozdingiz, lekin masjidga piyoda borish savobidan quruq qoldingiz. Savobni niyat qilganingizda, birinchisi shundoq ham kelardi.
Ingliz tilini o‘rganaman, dedingiz. Xohlagan bitta kitobni olib o‘qiy boshladingiz. Tilni rivojlantirdingiz, lekin kitobdan hech narsa olmadingiz. Foydali, dunyoqarashingizni kengaytiradigan kitob tanlaganingizda, ingliz tili shundoq ham rivojlanardi.
Ko‘proq pul topishni maqsad qildingiz va tez pul topish yo‘lida har qanday ish qildingiz. Osonroq yo‘llar qidirib, qiyinroq vaziyatlarga tushib qoldingiz.
Agar biror sohada mutaxassis bo‘lishni tanlaganingizda, odamlar pulni o‘zlari olib kelib berardi. Siz mutaxassis bo‘lganingiz qolardi.
Maqsad qo‘yishda yo‘l-yo‘lakay keladigan qisqa natijalarni emas, uzoq, lekin doimiy foyda keltiradiganlarini tanlasak, ikki barobar yutaveramiz!

💯80🔥39👍15❤11⚡9
Sizni yomon ko‘raman
5-sinflarim ichida 1-2 ta o‘quvchim kelib:
— Siz bizga yoqmaysiz, siz tufayli muammolarim ko‘paygan, — deyishdi.
Jim eshitganimdan keyin:
— Qaysi ishlarim yoki odatlarim uchun yomon ko‘rasiz, aynan? — deb so‘radim.
1. Siz kelib, o‘g‘il va qiz bolalar birga o‘ynashini taqiqlab qo‘ydingiz.
2. YouTube’da shortslar ko‘ra olmay qoldik, doskada.
3. Dars qilmaydigan o‘quvchilarga qattiq turasiz, — deyishdi.
1. Men hozirdan bir-biridan uzoqroq bo‘lsa, ma’qul. Bu axloqi uchun ham, o‘qishi uchun ham yaxshiligini tushuntiraman.
2. Shorts videolar miyaga zarar berishini, bolalar ko‘pincha befoyda videolar ko‘rishini isbotlab beraman.
3. Ta’lim muhimligini, maktabga kelishdan asosiy maqsad ham bilim olish ekanligini, bu o‘zimga yoqmasa ham, bolalarning kelajagi uchun ta’limiga qattiq turishim kerakligini uqtiraman.
Oxirida:
— Bizga baribir yoqmaysiz, — deyishadi.
Ha, buni eshitish qiyin, ayniqsa sizda ularni kuch bilan ovozini o’chirib qo’ya olish imkoni bo’lsa. Lekin men buni tabiiy qabul qilaman. Bizning ba’zi qarorlarimizdan 10% odam norozi bo‘lishi tabiiy.
Ilm berayotganingiz dangasalar va nafs ortidan ergashayotganlarga yoqmaydi, lekin bunga chidashga majburmiz!

👍134❤24💯17🔥14⚡7🤔1
U senga oʻrnak emas
Ha, u zoʻr futbolchi, ajoyib qoʻshiqchi yoki boy tadbirkor. Lekin mukammal inson emas.
Biz bir sohada kuchli boʻlgan insonning boshqa sohalarda ham kuchli boʻlishini xohlaymiz yoki kuchli deb oʻylaymiz. (Halo effecti)
Muvaffaqiyatli tadbirkor boʻlgani uning oilasi, doʻstlari va iymoni bilan ham muvaffaqiyatga erishganini anglatmaydi.
Bir sohada zoʻrmi? Shu sohada beradigan bilimlarinigina ol! Qolganini tahlil qil. Xato boʻlsa, u qanchalik mashhur boʻlmasin, bu ma’lumotlarni tuflab tashla.
Muhammad Salah ning zoʻr futbolchiligi uning zoʻr musulmonligini anglatmaydi. U Rojdestvo nishonlashi senga oʻrnak emas!
Zoʻr futbolchi (aktyor, tadbirkor yoki qoʻshiqchi)mi?
Oʻyinini koʻr, rohatlan. Dini, hayot tarzi, ilmi, oʻzini tutishi senga oʻrnak boʻlmasin. Ulardan koʻp narsa kutma! Axir, ular shunchaki yaxshi sportchi, qoʻshiqchi yoki aktyor-ku!
Har sohada alohida ustozlaring boʻlsin!
@MuallimMuhammad
Ha, u zoʻr futbolchi, ajoyib qoʻshiqchi yoki boy tadbirkor. Lekin mukammal inson emas.
Biz bir sohada kuchli boʻlgan insonning boshqa sohalarda ham kuchli boʻlishini xohlaymiz yoki kuchli deb oʻylaymiz. (Halo effecti)
Muvaffaqiyatli tadbirkor boʻlgani uning oilasi, doʻstlari va iymoni bilan ham muvaffaqiyatga erishganini anglatmaydi.
Bir sohada zoʻrmi? Shu sohada beradigan bilimlarinigina ol! Qolganini tahlil qil. Xato boʻlsa, u qanchalik mashhur boʻlmasin, bu ma’lumotlarni tuflab tashla.
Zoʻr futbolchi (aktyor, tadbirkor yoki qoʻshiqchi)mi?
Oʻyinini koʻr, rohatlan. Dini, hayot tarzi, ilmi, oʻzini tutishi senga oʻrnak boʻlmasin. Ulardan koʻp narsa kutma! Axir, ular shunchaki yaxshi sportchi, qoʻshiqchi yoki aktyor-ku!
Har sohada alohida ustozlaring boʻlsin!
@MuallimMuhammad
👍87⚡16🔥14💯10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’qituvchilik qiyin, ba’zan odamni juda charchatadi. Lekin shu missiya bilan yaratilganligini bilish va hayot shu qiyinchiliklar bilan qiziqligini anglash qaytib olishga yordam beradi.
Yil boshi va ta’til ustozlik ko’nikmalarimiz va strategiyamizni qayta ko’rib chiqish uchun eng ideal vaqt!
@MuallimMuhammad
Yil boshi va ta’til ustozlik ko’nikmalarimiz va strategiyamizni qayta ko’rib chiqish uchun eng ideal vaqt!
@MuallimMuhammad
🔥58👍22❤10⚡5💯1
O’qituvchilikda yaxshi dars berish uchun eng muhim ko’nikma nima?
Biz qaysi jarayonni sevmasdan, u bilan shug’ullanmasdan turib yaxshi dars bera olmaymiz?

💯28🔥16👍13❤2⚡2