Sening kichik shakling
Bu hafta maktabda ota-onalar majlisi bo’ldi. Aksariyat mas’uliyatli va va’da bersa bajara oladigan o’quvchilarning ota-onalari ham va’dalarini bajarib kelishdi.
Farzand ikki narsadan tarkib topgan. Biri gen ikkinchisi tarbiya va ikkisini ham ota-onadan oladi. Shuning uchun barcha e’tirozlarimni bolalarga emas ularning uyidagilariga aytdim va o’zlarini isloh qilishga chaqirdim.
Siz o’zgarmas ekansiz bolangizdan hech narsa kutmang dedim. Boladagi eng asosiy unsurlar ham sizdan o’tgan ekan nega xatolar uchun o’zingizni emas ularni jazolaysiz?
Ota-onalarni ko’rib bolasi nega hozir shu holatga kelib qolganligini aniq-tiniq bilib oldim. Axir bolalarimiz bizlarning kichik shakllarimiz emasmidi?
@MuallimMuhammad

👍67🔥17❤13
Munosabat qurmasdan oldin boshlamang!
Yangi maktabga kurator sifatida ishga kirdim. Asosiy vazifam ustozlar dars sifatini, bolalardagi ta’lim va tarbiyadagi o’sishni kuzatish va ota-onalar bilan ishlash.
20-sentabrda ish boshladim, noyabr oyigacha faqat kuzatdim, tahlil qildim, do’stlashdim, munosabat qurdim.
Yaqindan bilib olmagunimcha xato qilayotgan ustozlarni ham o’quvchilarni ham tuzatmadim, dakki bermadim. Yaqqol xatolarni ko’rib ba’zan zo’rg’a o’zimni bosdim.
Yaqinlashganda bildim-ki, bolalarga ba’zan qattiq gapirib noto’g’ri urushayotgan ustozning ikki farzandlari kasal bo’lgan,maktabda ham Toshkentda ham yangi bo’lganlar. Ularga yordam kerak bo’lgan.
Yaxshi o’qimayotgan o’quvchimga yaqinlashsam ona-otasi ajrashgan. Onasi ishlab qiynalib ishlab bolasini ta’limiga pul berarkan. Bolaga ham pul ham tarbiya berish onaga qiyinchilik qilayotgan, bu bolada sezilayotgandi.
1 yarim oylik sabr oson bo’lmadi, lekin o’zini oqladi. Munosabat qurmasdan oldin odamlarni to’g’rilamaslik qarorimdan xursand bo’ldim. Bu prinsipga ishonchim yanayam oshdi.

👍96🔥32❤17⚡9
Seni kimlar yoqtiradi?
Hammaga yoqishning iloji yo’q. Bu tabiiy. Kuchli dars o’tmoqchi bo’lsang dangasalarga, haqiqatni gapirsang yolg’onchilarga, adolat qilaman desang nohaqlarga yoqmaysan.
Bizni kim yomon ko’rishi bizni qaysi yo’nalishda ketayotganimizni belgilab beradi.
Atrofga qara, seni yomonlar yoqtirmayotgan bo’lsa bu yaxshi. Yaxshilar yoqtirmayotgan bo’lsa hayot yo’lingni qayta ko’rib chiqish vaqti keldi.
Qaysidir insonni kimdir maqtasa yoki yomonlasa avval o’ziga qarab ko’raman u qanday inson? Bir mashennik odamga ikkinchi mashennik uddaburon, bir alkashga ikkinchisi shinavanda bo’lib tuyuladi.
Musulmon odamga hamma insonlarning emas solih insonlarning fikri muhim bo’ladi. Hech kimning gapi muhimmas deganlar ko’pincha nafs ortidan ergashayotganlar bo’ladi.

🔥72👍38❤14💯10⚡3
O'zgarish nuqtasi
O’nlab kitoblar o’qiysan deyarli hammasi bir xil. Ichidan faqat bitta seni o’zgartiradigani chiqadi.
Shu o’zgartiradiganini topish uchun qolgan 9 tasini o’qib chiqishga majbursan.
Universitetda o’qiysan o’nlab fanlar va o’qituvchilar bor faqat 1 tasi seni o’zgartirishi mumkin, shu bittasini topish uchun qolganlariga chidaysan.
Hayotda seni hayotingni o’zgartiruvchi uzog’i 3 yoki 4 voqea bo’ladi, shu voqealarni topish uchun ming kunlab yashashimiz, sinovlarga bardosh berishimiz kerak.
Bo’lmasa bizni o’zgartiruvchi voqea, kitob, fan va insonlarni topa olmaymiz!
Keyingi safar o'qiyotganingda, ishlayotganingda o'zingdan qoniqmasang, harakat qilayotganingda ham natija ko'rmayotgan bo'lsang shuni esla.
Sen o'zgartiruvchi nuqtaga yaqinsan!

👍75🔥29❤10⚡5💯2
Qiyinchilik
Hayotdagi juda ko'p jarayonlarda bir qoida bor: "yaxshi bo'lishidan oldin albatta yomonroq bo'ladi(no pain no gain)".
Sport zalga chiqasan sog'lom va baquvvat bo'lmoqchisan. Lekin undan oldin albatta butun tana og'riqlari va vaqt sinovidan o'tishing kerak.
Ilmli bo'lmoqchisan, demak oldinroq zerikish, charchash, va do'stlar davrasidan qolib ketishga ham tayyor turishing kerak.
Karyerangda o'smoqchisan. O'sish uchun nima kerak? Ha, qo'shimcha vaqt va tavakkalchilik. Demak boshida oyliging avvalgidan ham kam bo'lishiga tayyor bo'lsanggina uni o'zgartira olasan.
Xulosa: biror ishni boshlaganingda qiyinchilik bo'lishi tabiiy va qiyinchilik borligi bu narsaning sen uchun emasligini anglatmaydi.
Qiyinchilik bu filter, kim muvaffaqiyatga loyiq yoki loyiq emasligini saralab beradigan jarayon.

🔥61👍25⚡11❤6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha “Registon” o‘quv markazi o‘qituvchilariga trening o‘tdik
Ajoyib bo‘ldi. 60 ga yaqin ustozlar ishtirok etishdi. Tajriba almashdik.
Treningga chaqirilish tariximiz — qiziq.
Markaz rahbari — Nodir aka, “Zamonaviy Pedagog” onlayn kursimiz 4-guruhida o‘qiganlar.
Darslarimiz manfaatli bo‘lgan ekan, o‘z jamoalariga ham ilinibdilar)
Treningdan keyin dars haqida o‘z fikrlarini ham bildirdilar.
Shu videoda ko‘rishingiz mumkin. 👉https://t.me/zamonaviypedagogkursi/83
Yuqoridagi videoda esa treningimizdan lavhalar keltirilgan.
Atiga uchta darsimizni o’tib bo’lganimizda keyin ba’zi ustozlar 4 yil davomida pedagogika universitetida o’rganmagan ilmlarni oldik deyishdi. Vaholanki, bizda 12 ta darsimiz bor)

👍34🔥4❤2💯2⚡1
Baxtli bo’ling!
Bola shaxsiyati ota-onaning bir biriga munosabati va ularning bolaga munosabati o’rtasida shakllanadi.
Bolalarda biror jiddiy muammo sezsam darhol oilasi haqida ma’lumot qidiraman. 90% vaziyatda oilaviy ahvol og’ir bo’lib chiqadi. Boladagi hozirgi holat esa shu voqealarni natijasi bo’ladi.
Self-driven child kitobida ota-ona bolasi uchun qilishi mumkin bo’lgan eng katta narsa baxtli yashab berish deydi.
Baxtli, har doim bolasidan xavotir olavermaydigan, dunyoni daxshatlar makoni deb hisoblamaydigan, bolasining mag’lubiyatlarini tabiiy qabul qiladigan ota-onalarni ko’rib bolalar ham baxtli yashaydi.
Ota-onalar eng omadsiz bolasini darajasida yashaydi deyishadi, bolalar ham ota-onasini baxtlilik darajasida yashaydi aslida.
Bir kichik o’quvchim aytgandi, eng katta orzuying nima deyilganda, ota-onamning urushmasdan yashashini ko’rish degandi. Tushunyapsizmi? Bu uning hayotidagi eng katta orzusi!

👍78🔥25⚡8💯5❤1
Feyman texnikasi
Siz 12 yoshli bolaga o'rgangan narsangizni tushuntirib berolmasangiz hali bu mavzuni to'liq o'rganmagansiz!
Turli xil atamalar, qiyin so'zlar va statistikalar bilan gaplarini murakkablashtiradigan insonlar katta ehtimol bilan shu mavzuni yaxshi bilishmaydi.
1. O'rganayotgan mavzuyingiz haqida hammasini bitta qog'ozga tushunarli tilda yozib chiqasiz.
2. Yozganlaringizni qayta o'qib barcha atama va murakkab so'zlarni sodda tilga o'girib chiqasiz(12yoshli bola tushunishi kerak).
3. Shu mavzuni bolalarga tushuntirib berasiz. Qayerda qanday savollar berishayapti? Demak shu joyi tushunarsiz yozilgan shu yerini o'zgartirasiz. Qarabsiszi mavzuni sizdan yaxshi biladigan inson yo'q)
Go'zallik oddiylikdadir!

👍88🔥30❤14⚡4
Insonlarga hayron qolaman
Sizning mana shunday yaxshi hislatlaringizni sezganman desam har doim mamnuniyat bilan qabul qilishadi. Va mening zukkoligimga qoyil qolishadi.
Sizning mana shunday xatoliklaringiz bor desam mening noto’g’ri tushunganligim, undagi “bolalik travmalari”, boshqa rakursdan qarashim kerakligi, o’rnida bo’lmagunimcha his qila olmasligim kabi javoblarni olaman.
Men insonlarni yutuqlarini shunchalik xatosiz topadigan va kamchiliklarida doim adashadigan insonmanmi? Yoki bu yerda boshqa gap bormikan?

😁101🔥15🤔10👍9
Hammasi yaxshi bo'lmaydi !
Hayotda hech qachon hammasi yaxshi bo'lmaydi. Buni ertaroq tushunganlar xotirjamlikka tezroq erishadi.
Chunki siz rivojlanarkansiz, ulg'ayarkansiz muammolaringiz ham xuddi sizdek kattalashaveradi.
Aslida muammolar yiriklashmasa qo'rqish kerak. Chunki bu siz o'smayapsiz degani.
E'tibor bering 25 yoshingizda ham 20 yoshingdagi muammolar bilan o'ralashib qolmaganmisiz?

👍68🔥20⚡7💯4❤1😁1
Forwarded from Teachers’ Hub
Uyga vazifalar kerakmi?
Biz, odatda uyga vazifalarni qanday beramiz?
Dars soʻngida (koʻpincha qoʻngʻiroq chalib turgan vaqtda) darslikning beti, mashqning raqamini aytib, qisqacha bajarilish sharti bilan tanishtiramiz: “54-bet, 14-mashq, nuqtalar oʻrnini toʻldirib kelasizlar”.
Yoki vaqtdan yutish maqsadida sinf doskasiga yozib qoʻya qolamiz.
Boz ustiga ba'zan uyga vazifalar darsda oʻzini yaxshi tutmagan oʻquvchilar uchun jazo sifatida ham qoʻllaniladi.
Bunday yondashuv oʻquvchilarning uydagi mustaqil faoliyatini tashkil etish uchun yetarlicha motivasiya bermasligini sezib turgandirsiz.
Koʻpincha oʻquvchilar dangasalik qilganlaridan emas, vazifani yaxshi tushunmaganliklari va ishni nimadan boshlashni bilmaganliklari uchun ham bajarmay keladilar. Topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarib kelmaslik odati oʻquvchilarning fanni oʻrganishga boʻlgan qiziqishi va mas'uliyati pasayishiga olib keladi.
Nahot shu jarayonni qiziqarli va yoqimli shaklda tashkil qilib boʻlmasa?
Uyga vazifalar berishning oʻzlashtirish darajasiga ta'sirini aniqlash borasida oʻtkazilgan koʻplab tadqiqotlar muallifi professor Dyuk Kuper uyga vazifalarni dori vositalariga qiyoslaydi:
Keling, endi birgalikda variativ shaklda uyga vazifa berish usulini koʻrib chiqamiz.
Variativ vazifalar
Iloji boʻlsa bugundan boshlab variativ uyga vazifalar bering.
Bu nima degani?
Oʻquvchilaringiz esa berilgan topshiriqlar ichidan oʻziga ma'qul boʻlgani, mustaqil bajara oladigani, zavq beradiganini tanlab oladilar.
Goʻyo ular siz topshiriq qilib berganingiz uchun emas, oʻzlari tanlaganlari uchun ham bajarib keladilar.
Qanchalar hayron qolmang mas'uliyat erkinlik bilan bogʻliq!
Deylik, siz bugun Muhammad Yusuf ijodiy merosiga bagʻishlangan darsni oʻtdingiz.
Uyga vazifa qilib sinf doskasiga
- she'rni yod olish;
- she'r mazmuni asosida rasm chizish;
- she'rda tilga olingan maskanlar haqida ma'lumot topib kelish;
- she'r mazmuni asosida krosvord tuzish,
- she'rning nasriy bayonini yozib kelish;
- she'rdagi sifat (yoki fe'l) soʻz turkumiga kiruvchi soʻzlarni yozib kelish;
- she'r tahliliga oid 10 ta savol va topshiriq tuzish;
- lirik qahramonga maktub yozish;
- she'rni qoʻshiq qilib aytib berish;
- sinkveyn usulida she'r yozib kelish ... kabi oʻquvchilaringizning yoshi, oʻzlashtirish darajasiga mos boʻlgan bir necha xil vazifalarni yozib qoʻyasiz.
Oʻquvchilar bitta emas, bir necha vazifalarni bajarib kelishni tanlashlari ham mumkin.
E'tibor bersangiz, berilgan har bir topshiriq she'r matnini sinchiklab oʻqishga, magʻzini chaqishga, shoirning qalb kechinmalari, oniy holatini tushunishga undaydi, ularni bajarish chogʻida oʻquvchi she'r matniga qayta va qayta murojaat qilishiga toʻgʻri keladi.
Shu ma'noda she'rga mos surat chizish yo krosvord tuzish uni yod olishdan kam mehnat talab qilmaydi.
Oʻquvchilarning mustaqil tarzda bajaradigan topshiriqlarini oʻzlari tanlashlari uyga vazifani bajarib kelishlari ehtimolini yanada oshiradi va shu orqali ulardagi koʻplab ijodiy qirralarni kashf etishingizga yordam beradi.

“Agar siz ularni juda kam ichsangiz, ular hech qanday samara bermaydi. Agar juda koʻp iste'mol qilib yuborsangiz, zarari tegishi mumkin. Lekin agar yetarli miqdorda qabul qilsangiz, sogʻayib ketasiz!”.
Keling, endi birgalikda variativ shaklda uyga vazifa berish usulini koʻrib chiqamiz.
Variativ vazifalar
Iloji boʻlsa bugundan boshlab variativ uyga vazifalar bering.
Bu nima degani?
Bu oʻtilgan mavzu yuzasidan 5, 8, 10 xil topshiriqlar bering degani.
Oʻquvchilaringiz esa berilgan topshiriqlar ichidan oʻziga ma'qul boʻlgani, mustaqil bajara oladigani, zavq beradiganini tanlab oladilar.
Goʻyo ular siz topshiriq qilib berganingiz uchun emas, oʻzlari tanlaganlari uchun ham bajarib keladilar.
Qanchalar hayron qolmang mas'uliyat erkinlik bilan bogʻliq!
Deylik, siz bugun Muhammad Yusuf ijodiy merosiga bagʻishlangan darsni oʻtdingiz.
Uyga vazifa qilib sinf doskasiga
- she'rni yod olish;
- she'r mazmuni asosida rasm chizish;
- she'rda tilga olingan maskanlar haqida ma'lumot topib kelish;
- she'r mazmuni asosida krosvord tuzish,
- she'rning nasriy bayonini yozib kelish;
- she'rdagi sifat (yoki fe'l) soʻz turkumiga kiruvchi soʻzlarni yozib kelish;
- she'r tahliliga oid 10 ta savol va topshiriq tuzish;
- lirik qahramonga maktub yozish;
- she'rni qoʻshiq qilib aytib berish;
- sinkveyn usulida she'r yozib kelish ... kabi oʻquvchilaringizning yoshi, oʻzlashtirish darajasiga mos boʻlgan bir necha xil vazifalarni yozib qoʻyasiz.
Oʻquvchilar bitta emas, bir necha vazifalarni bajarib kelishni tanlashlari ham mumkin.
E'tibor bersangiz, berilgan har bir topshiriq she'r matnini sinchiklab oʻqishga, magʻzini chaqishga, shoirning qalb kechinmalari, oniy holatini tushunishga undaydi, ularni bajarish chogʻida oʻquvchi she'r matniga qayta va qayta murojaat qilishiga toʻgʻri keladi.
Shu ma'noda she'rga mos surat chizish yo krosvord tuzish uni yod olishdan kam mehnat talab qilmaydi.
Oʻquvchilarning mustaqil tarzda bajaradigan topshiriqlarini oʻzlari tanlashlari uyga vazifani bajarib kelishlari ehtimolini yanada oshiradi va shu orqali ulardagi koʻplab ijodiy qirralarni kashf etishingizga yordam beradi.
💯62👍26❤19⚡14🔥4
Teachers’ Hub
Uyga vazifalar kerakmi? Biz, odatda uyga vazifalarni qanday beramiz? Dars soʻngida (koʻpincha qoʻngʻiroq chalib turgan vaqtda) darslikning beti, mashqning raqamini aytib, qisqacha bajarilish sharti bilan tanishtiramiz: “54-bet, 14-mashq, nuqtalar oʻrnini…
Shunga o’xshash chuqur tahlilli postlar va doimiy rivojlanuvchi ustozlar doirasida bo’lishni xohlasangiz teachers’ hubda sizni kutamiz!
Hozir teachers’ hub loyihamizda 4 ta professional ustozlar: Metodika bo’yicha yaqinda fan doktori bo’ladigan ustoz, boshlang’ich ta’lim ustozi, ingliz tili va o’zim tomonidan har hafta 3-4 ta professional postlar orqali ilmlar ulashilinib kelinyapti.
Va ustozlar uchun alohida fikrlar va savollar uchun guruh ham ochilgan.
Loyihaga qiziqish bildirsangiz @MuhammadUralovv ga yozsangiz bo’ladi.
Loyiha oyiga atiga 99 ming, ikkita tushlik puliga 1 oy ilm olsangiz bo’ladi.

⚡25👍17🔥8❤3
Foydasi qancha bo’lsa zarari ham shuncha
Bir yaqin do’sting bor. Barcha sirlaringni aytasan, eng katta xatolaringni ham bosiqlik bilan eshitadi, tanqid qilmaydi. Sen haqingda hamma narsani biladi va seni borligingcha qabul qilgan.
Bir qarashda bunday do’stni hamma orzu qiladi. Lekin bir kun dushmaningga aylansachi? Dunyoda undan xavfli inson topa olasanmi?
Messi dunyodagi eng zo’r o’yinchi, butun jamoa o’ynolmaganda ham bir o’zi tortib yuraverardi. Uni davrida Barcelona qanchalik yuksaklarga chiqqan bo’lsa u ketishi bilan shunchalik pastga quladi.
Bir kompaniyani bilaman. Yosh, ilmli, taqvodor bir yigit boshqarardi. Yuzlab jamoa a’zolari u uchun shu yerga kelgan va u uchun ishlashardi. Yigit ham butun jamoani oldinga tortar, ularni yorqin kelajakka ishontira olardi. O’tgan yili u ketdi.
Aksar jamoa a’zolari ham ketishdi. Shundan beri kompaniyada bosh yo’q. Qolgan jamoa a’zolari qayerga qarab ketayotganini bilishmaydi. Kompaniyada xaus hukmron.
Uch misolda ham bir xulosa bor. Ular borligi qanchalik katta foyda bergan bo’lsa yo’qligi xuddi shuncha zarar olib keldi. Umumiy xulosani esa o’zingizga qoldiraman. Komentlarga yozing suhbatni davom ettiramiz!

🔥22👍14💯10⚡3
Maqsad charchatmaydi
Maktabda kuniga 7-8 soat dars berardim. Darsdan chiqib o’zimni charchagandek his qilardim. Dam olishim, o’zimga kelib olishim kerak deb bekorchi ishlarni ham qilib qo’yardim.
Xuddi mendek ishlaydigan lekin IELTS olishni maqsad qilgan do’stim bor edi. Ishdan birga chiqardik, men hayol surib telifon o’ynab ketardim u ingliz tilidan so’z yodlab, listening qilib ketardi. Uni maqsadi bor u charchamaydi.
Abiturient vaqtlarim kuniga 1 mahal ovqatlanib ham o’qiyverardim, ovqatlanish uchun ketgan yarim soatni qizg’anardim, o’rniga bitta mavzu tugatardim. Hozir tushlik yoki nonushta qilmasam ochlikka chiday olmayman. Asabiy bo’lib qolaman. Oldingi Muhammadni maqsadi oliy edi, u och qolmasdi.
Ertalab turish qiyin bo’lsa, dars qilish uchun diqqatni jamlay olmayotgan bo’lsang, kitob o’qishga o’zingni majburlay olmasang maqsadingni tekshirib ko’r. U yetarlicha katta emas, bo’lmasa seni harakatga keltirishi, uxlatmasligi, charchatmasligi va och qolganingni sezdirmasligi kerak!

👍105🔥43💯16⚡9❤6🤔1
Shaxsiyat ustida ishlang!
Barcelona, Real Madrid, Man United kabi yirik klublarga doim o’z shaxsiyatiga ega, boshqa yirik shaxsiyatlarni bo’ysundira oladigan murabbiylarni tayinlashadi.
Murabbiy futbolchilar uchun авторитет bo’lishi kerak. Eng qiyin, kim nima qilishni bilmaydigan joylarda uni aytgani aytgan, degani degan bo’lishi va bu g’oyalarga uni shogirdlari so’zsiz ishonishi va bo’ysunishi kerak!
Ba’zan futbol ilmini zo’r biladigan, taktikalarni suv qilib ichib yuborgan murabbiydan ko’ra shaxsiyati va obro’si yuqoriroq, lekin ilmi kamrog’ini buyuk klublar olib kelishadi.
Gap kim ko’proq ilm egasi ekanligida emas, kim uni yaxshiroq qo’llay olishi va shu g’oyalarni boshqalarga “sota olishida”!
Endi bu faqat futbolda emas, xohlagan sohadagi murabbiylar uchun tushadi!
Maktabda ilmi “dahshatli” lekin shaxsiyati yo’qligi uchun birorta sinfni eplolmagan va ilm bera olmaganlarni ko’rganman.
Maktabdagi ustoz ham murabbiy, kompaniya rahbari ham murabbiy, oila boshlig’i ham murabbiy, futbol murabbiyi ham murabbiy! Murabbiy bo’lmoqchimisiz shaxsiyatingiz ustida ishlang!(Ilmni unutmagan holda)
Unutmang gapning ma’nosi uni 50% darajasini belgilasa qolgan 50% ini uni kim gapirayotganligi belgilab beradi!
@MuallimMuhammad
Barcelona, Real Madrid, Man United kabi yirik klublarga doim o’z shaxsiyatiga ega, boshqa yirik shaxsiyatlarni bo’ysundira oladigan murabbiylarni tayinlashadi.
Murabbiy futbolchilar uchun авторитет bo’lishi kerak. Eng qiyin, kim nima qilishni bilmaydigan joylarda uni aytgani aytgan, degani degan bo’lishi va bu g’oyalarga uni shogirdlari so’zsiz ishonishi va bo’ysunishi kerak!
Ba’zan futbol ilmini zo’r biladigan, taktikalarni suv qilib ichib yuborgan murabbiydan ko’ra shaxsiyati va obro’si yuqoriroq, lekin ilmi kamrog’ini buyuk klublar olib kelishadi.
Gap kim ko’proq ilm egasi ekanligida emas, kim uni yaxshiroq qo’llay olishi va shu g’oyalarni boshqalarga “sota olishida”!
Endi bu faqat futbolda emas, xohlagan sohadagi murabbiylar uchun tushadi!
Maktabda ilmi “dahshatli” lekin shaxsiyati yo’qligi uchun birorta sinfni eplolmagan va ilm bera olmaganlarni ko’rganman.
Maktabdagi ustoz ham murabbiy, kompaniya rahbari ham murabbiy, oila boshlig’i ham murabbiy, futbol murabbiyi ham murabbiy! Murabbiy bo’lmoqchimisiz shaxsiyatingiz ustida ishlang!
Unutmang gapning ma’nosi uni 50% darajasini belgilasa qolgan 50% ini uni kim gapirayotganligi belgilab beradi!
@MuallimMuhammad
👍80🔥15💯9❤4⚡1😁1
Boy bo‘lay desang, bo‘lgin behojat
Tarixda Diogen degan yunon faylasufi o‘tgan. U bochkada yashar va ortiqcha ehtiyojlardan voz kechgan edi.
“Ortiqcha xohishlar og‘riq olib keladi”, – der edi Diogen.
Bilasizmi, hayotimiz nega buncha qiyin? Chunki biz juda ko‘p narsa xohlab yuboramiz!
• Barcelona doim g‘alaba qozonsin,
• hamma meni doim yaxshi ko‘rsin,
• ishlarim doim besh bo‘lsin,
• pulim tez ko‘paysin,
• mashinam, katta uyim va ko‘p bo‘sh vaqtim bo‘lsin…
“Inson uchun boshpana, kiyim va ovqat bo‘lsa, yetarli. Ortiqchasi – sun’iy xohish-istaklar. Aynan ular inson azob-uqubatlarining asl bulog‘i”, – deydi Diogen.
Biror narsa sotib olishdan oldin berishimiz kerak bo‘lgan savol: “Men bu narsani chin dildan xohlayapmanmi yoki shunchaki uni menda borligini boshqalar ko‘rishini istayapmanmi?”

👍58💯22🔥13⚡6❤4
Bilasiz “Zamonaviy pedagog” kursida ustozlarni o’qitib kelamiz.
Boshlanganiga 5 oyga yaqinlashgan loyihada ikki yuzlab ustozlar va hatto Turkiya, Tojikiston va Qirg’izistondan ham ustozlar ilm olishdi. 3 ta xususiy maktab bilan kelishuvlarga erishdik va ularni ustozlarini ham o’qitmoqdamiz.
Registon o’quv markazlarida offline treninglar o’tyapmiz.
Tepadagi rasmda bizda o’qigan ustozlar fikrlari yozilgan
Agar siz ham darsingiz va ta’limdagi qarashlaringizda yangilik va yengillik qilmoqchi bo’lsangiz sizni keyingi kursimiz ochilishiga taklif qilamiz.
Kursimiz tez kunda boshlanadi. Ungacha o’z joyingizni band qiling.
Kursimiz o’qiganingizdan keyin sizda darslar samaraliroq, stress kamroq va bolalar bilan ishlash zavqliroq bo’ladi.
Kurs haqida to’liq ma’lumot shu linkda: https://telegra.ph/Zamonaviy-Pedagog-onlayn-kursi-09-21

⚡15👍10🔥4❤2
Boladan oʻrganing!
Statistika boʻyicha besh yoshgacha bolaning 85-90% miyasi rivojlanib boʻladi. Ha, bu biologik jarayon. Yangi tugʻilgan boʻlganligi uchun juda tez rivojlanadi.
Lekin, bu darajada tez oʻsayotgan miyani toʻldirish uchun 5 yoshli bola kuniga oʻrtacha 200-400 savol beradi.
Natija repetitorsiz 1ta tilni va oʻzi uchun yangi dunyoni juda tez oʻrganadi. Siz-chi kuniga nechta savol berasiz? 10 yoki 15 ta?
Aslida bizning juda sekin rivojlanayotganimizga sabab oʻzimizga va atrofdagilarga juda kam savol berishimizda va tafakkur qilmasligimizda.
"Nega?" degan savol sizni eng koʻp ishlatadigan soʻzingiz boʻlmas ekan tez oʻsmaysiz!

🔥74👍24⚡7❤6
Mehnatsiz natija va natijasiz mehnat
Insonda ikki xil vaziyatda motivatsiyasi, hayotga bo'lgan qiziqishi tushib ketadi.
Birinchisi: maqsadga erishish jarayoni juda cho'zilib ketsa va natija umuman kelmasa. Masalan: tinmasdan 1-2 yillab ingliz tili o'qiysan lekin sen xohlagan (7+band score) chiqmasa.
Ikkinchisi: hech qanaqa mehnat, natijaga erishish uchun jarayon bo'lmasay-u lekin natija o'zi kelaversa. Maqsadlaring qiyinchiliklarsiz ushalaversa.
Ikkinchisi xavfliroq va bu o'ziga to'q oilada o'sgan farzandlarni takasaltangga aylantiradi. Hech qanday mehnatsiz uy, mashina va pullar.
Shuning uchun ham o'g'il bola qiyin sharoitlarda mehnat qilib o'sishi shart! Hatto boy bo'lsa ham otasi unga qiyinchilik uchun "sharoit" yaratib berishi kerakdir.

👍73🔥21⚡5💯5😁2❤1
Demokratiya yoki diktatura?
Ustoz darsda bolalarga erkinlik berib, fikrlarini eshitib, qarorlarni muhokama orqali chiqarishi kerakmi?
Yoki barcha qarorlarni muhokamalarsiz chiqarishi, darsda imkoni boricha bolalarni qattiq ushlab, o’zini aytganini qildirishi kerakmi?
Diktatura ichida demokratiya bering!
Imkoningiz bo’lsa 3-4 ta kitobdan dars o’tib bering, shu kitoblar ichidan eng yoqqanini bolalar tanlashsin.
3-4 xil metodlarda dars o’tib bering, o’zlariga mosini tanlashsin.
Dars qilganlik uchun 3-4 xil mukofot turlarini taklif qiling, tanlashsin.
Noto’g’ri ishlar uchun 3-4 xil jazolar turini taklif qiling, o’zlari tanlashsin.
Mayli o’zlari tanlashsin, lekin sizning variantlaringiz ichidan tanlashsin!
Tanlov erkinligi borligi ularga mas’uliyat va qaror qabul qilish ko’nikmasini o’rgatadi.
Siz ham xursand, bolalar ham xursand bo’lishadi.

👍67🔥18⚡7❤1
Ilm nega kerak?
Jan de Lafontening qiziq hikoyasi bor.
Bir bog’bon yolg’izlikdan zerikib ayiqni o’ziga do’st qiladi. Kunlardan birida bog’bon charchab uxlab qoladi. Sodiq do’st esa uni pashshalardan himoya qilishni xohlaydi. Do’stining peshonasida turgan pashshaning ustiga katta tosh tashlaydi. Pashsha o’ladi, lekin do’sti ham endi tirik emasdi.
Men endi sizga o’zim hayotimda ko’rgan hikoyani yozib beraman.
Ota-ona farzandli bo’ladi, ular farzandini qattiq yaxshi ko’rganidan nima desa muhayyo qilishardi. Hayotdagi barcha qiyinchiliklardan uni asrab-avaylab o’stirishadi.
Bir kun katta hayotga chiqqan farzand aslida haqiqat boshqacha ekanligini, hayot beshafqatroq ekanligini ko’radi. Lekin, endi kech bo’lgan bo’ladi.
Ikki hikoyadagi umumiylik bu niyatning yaxshiligi har doim ham yetarli emas, unga olib boruvchi to’g’ri yo’llarni ham bilish kerak degan xulosa.
Ilmsiz, yaxshi niyat qilarkanmiz, xohlagan natijalarimizga erisha olmaymiz!

👍64🔥20💯8⚡7❤2