MoychechagiM_Sh
48 subscribers
1.95K photos
160 videos
3 files
206 links
Mustaqil tadqiqotchiman: onalik, oila va filologiyada!

Bu joy ham shunga koʻra, istalgan mavzuda yozishim mumkin boʻlgan hudud.
Download Telegram
Uuuux😴, g'am ketdi, baho ham qo'yildi, qorin to'ydi...😎
Endi yotib uxlasam ham bo'ladi😉
Nima dedingiz, Talabalar?🙋‍♀

@MoychechagiM_Sh
Kanalchamizning yangi mehmonlari, Darslarim bilan bo'lib sizlarga xush kelibsiz deyolmadim. Ozgina bo'sh vaqtimdan foydalanib picha tushuntirish bersam:
Bu zerikishda shunchaki kundalik sifatida ochilgan mo'jaz makon. Aynan bir yo'nalishda ketmaydi.
Rostini aytsam kayfiyatimga qarab har xil qiliqlar chiqaraman. Masalan, bugungidek😉👆 Oxxiiiriiigacha jinniliklarimga chiday olasiz degan umiddaman.

Yana bir bor Xush kelibsizlar!

@MoychechagiM_Sh
Bir tanishimdan "Ahvollar qalay?" deb so'rab qo'yibman. Shu rasmni jonatvoribdi 😂

@MoychechagiM_Sh
"Daisy"/Moychechak

Bu filmni ko'rmaganman. Lekin moychechakni yaxshi ko'rishimni eshitgan tanishlarim shu film haqida gapirib berishdi. Syujetning boshlanishi qiziqtirib qo'ydi meni:

"Yigit qizni ko'rgisi kelsa qizning eshigini oldida moychechak gulini qo'yardi va "gul keldi" deb ovoz berib ketardi. Bu gullar kimdan ekanligini Yong He bilmasdi ham. G'oyibona sevgining debochasi edi bu. Lekin bir kuni o'z portretini chizdirmoqchi bo'lib bir odam Yong Hening oldiga kelib o'tiradi va uning qo'llarida ham gullar bor edi - moychechak gullari. Xo'p, bu odam kim va nima uchun bu yerga keldi yana moychechak bilan ..."

Uyog'ini aytib berishmadi-kuu😢


@MoychechagiM_Sh
Bizga atagan baxtingiz Moychechakday bo'lsin:

Yot ko'zlardan pana qilish uchun yashirmoq istasak qo'llarimizga sig'adigan, begona yuraklardan asramoq uchun qalbimizda bekitgan...
Faqat bizning quyoshga tomon o'sgan, sevgimizdan suv ichgan, yolg'iz bizning bog'da yashnagan, boshqalarning yaproqlariga osilib chirmashmagan, o'z chiroyiga ko'milgan mittigina, ma'sumgina chechak bo'lsin...

Shugina xolos...

@MoychechagiM_Sh
Ko'nglimga yo'l topaman deb bekor urunma.
Tushun...
Qanchalar zaif bu ko'z yosh.
Bu irmoq yo'lini to'sib yotar
Ko'ksimda
Yurak hajmicha keladigan og'ir bir
Tosh...

@MoychechagiM_Sh
Payg'ambarimiz (s.a.v) aytganlar:

"Kishi o'ziga ravo ko'rmagan narsasini birodariga ham ravo ko'rmasagina chinakam musulmon bo'la oladi".

"Sizda bor "nozik" ko'ngil birodaringizda ham bor" deganidir, balki bu. Qani endi xudbin ko'ngillarimiz, noqis aqllarimiz bilan shuni tushuna olsak...

@MoychechagiM_Sh
Qochib tur, yo'limdan ey dunyo!
Baribir ko'nglimdek kengmassan.
Aytmishing, bitmishing bir ro'yo,
Kel desam,ko'ksimga kelmassan.

B. Mahmudova

@MoychechagiM_Sh
Ding'ir telefonim batarekasi o'tirganda men 👆

P/s: Gruppadoshlarim juda yaxshi tushunishdi 😉

@MoychechagiM_Sh
Ko'ngli yaqinlarim, yonimdagi mana bu atirgul shaydolariga o'zingiz ayting - ahir bizni mittigina Moychechaklarimiz baribir chiroyliroq-kuu😍

#photo_by_ozim
@MoychechagiM_Sh
Qay kun kiprigingda namni ko'rgandim,
Meni deb chekilgan g'ammi ko'rgandim...

Bayram Ali

@MoychechagiM_Sh
"Ularning ozorlariga parvo qilma. Allohga tavakkal qil. Vakil bo'lishga Uning o'zi yetarlidir".

Azhob surasi. 48-oyat

@MoychechagiM_Sh
Bugunni o'zida 5ta "deleted account"😱

Odamlaaar, bu haftani oxiri xoloos. Hafta bilan birga boshqa narsalarni ham tugatib tashlamang😞 har biringizning o'rningiz bor Mittigina kanalchamizda. Sizlarni hatto deleted bo'lganlaringizni ham chiqarib yuborish osonmas men uchun.

Nimayam derdim🤐, keyingi hafta yangi account ochganingizda manzilni bilasiz 👇

@MoychechagiM_Sh 🤗
🎵 🎵 🎵

Bizdan hafa bahor negadir,
Uchrashmadik hatto yilda bir.
Qalbda sog'inch, dilda havotir
Omonmisiz, Omonatginam?

📻 radiodan

@MoychechagiM_Sh
Shu soatda... shu vaqtda... hali ham bedorlar bormi? Men kabi?
Yo'q...
Shukur!
Demak obunachilarim baxtli odamlar ekan. Hotirjam uxlash baxti har kimning ham nasibasi emas.

Shirin orom oling, baxtli odamlar!
Shu o'rinda hammaga tanish diolog:

- Yarim kechadan og'di haliyam negadir ko'zlarimga uyqu kelmayapti. Tinchlikmikin? 🤔

- Sen kunduzi uxlab olganding. Iltimos, o'zingni sevib qolgandek ko'rsatma😏

@MoychechagiM_Sh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yakshanba tongi xayrli bo'lsin! Ertalab sahar 9 ga yaqin uyg'onganlar va dam olish kunini maroqli o'tkizayotgan yostiqsevar uyquchilar!

Oramizda adrenalinni xush ko'ruvchilar bo'lsa mana shu dahshatli atraksionni tavsiya qilaman. Ishoning, mazza qilasiz☺️

@MoychechagiM_Sh
Ana bo'lmasa🤷‍♀ Gap eshittimkuu🤦‍♀

Endi boshqa unday qilmayman🙊
Hurmatli obunachilar! Iltimos, uyquchi bo'lmang. Bu yaxshi ish emas🤐

@MoychechagiM_Sh
Oliy o'quv yurti diplomi nimadir bilishingni isbotlovchi hujjat emas, faqat senda nimanidir o'rganish uchun imkoniyat bo'lganini tasdiqlovchi hujjatdir.

bir tanishimning glavniysidan #uxlatildi

#suratda FarDU
@MoychechagiM_Sh