UzbekVoice.AI
2.12K subscribers
2 photos
1 video
7 links
🔹Sinab koʻrish uchun: uzbekVoice.ai
Download Telegram
Channel created
Oʻzbekcha “Alisa” qanday ishlab chiqildi? — loyiha asoschilari bilan suhbat

Oʻzbekchani tushunib, unda gapira oladigan sunʼiy intellekt yaratildi. Endilikda biror yumushni bajarish yoki maʼlumotlarni topish kerak boʻlsa, “Siri”, “Alexa” yoki “Alisa”ga emas, “Mohira”ga ham murojaat qilish mumkin. Xoʻsh, yangi sunʼiy idrok qanday ishlaydi? Qachon ishga tushiriladi? Bunda kiberxavfsizlik masalalari inobatga olinganmi? Loyiha asoschilari Kun.uzʻga bergan intervyusida shu haqda gapirib berdi.

🔹 To'liq videoni kun.uz saytida ko'rishingiz mumkun (https://kun.uz/52401195)
🗣 Sinab koʻrish: mohir.ai

👉 https://t.me/MohirAiChat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
mohirai dasturining tez kunlarda ommaga taqdim qilinadigan imkoniyatlaridan biri bu - Oʻzbek tilidagi videolarni bir zumda Ingliz yoki Rus (va boshqa chet) tillariga dublyaj qilish funksiyasi.

mohirai jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan yuqori aniqlikdagi STT modeli O’zbek tilidagi audioni matnga o’tkazadi. Chet tilidagi matnlarni oʻqish uchun esa Google TTS xizmatidan foydalanildi.

Tez kunlarda esa mohirai TTS yordamida Ingliz tilidagi videolarni ham bemalol Oʻzbek tilida tinglash imkoni qoʻshiladi.

Bizni kuzatib boring.

Web | Telegram | YouTube
⚡️ mohirai bot endi telegramda. Botga bemalol audio yoki matn koʻrinishida murojaat qilishingiz va turli mavzularda suhbat qilishingiz mumkin.

Link 👉 @MohirAIChatBot
Bugun soat 14:00 dan 16:00 gacha bot texnik xizmat ko'rsatish tufayli vaqtincha o'chirib turiladi
mohir.ai sun’iy intellektimizni ommaga e’lon qilganimizga 1 oy bo’ldi, keling 1 oylik statistika bilan tanishamiz:

🤖 @MohirAIChatBot foydalanuvchilari soni 21000 ga yetdi.

👥 Kundalik foydalanuvchilar soni 2500 dan oshdi.

🎙️ Foydalanuvchilar Mohira bilan 85000 marta muloqot qilishdi va 600ming ta xabar almashishdi.

✉️ Bot orqali 15 milliondan ortiq so’zlar yuborildi, bu tahminan 60ming betlik kitob degani 🤯

Bugun esa yana bir super yangilik, TTS 🗣 ya’ni matnni ovozga o’tkazib beruvchi modelimiz ham tayyor bo’ldi. Natijasi bilan kechroq yana ulashamiz.

Bizni kuzatib boring 👉 @MohirAIChat
Audio
Bugun mohir.ai sunʼiy intellektimiz ilk bor oʻzining ovozi bilan gapira boshladi. Aniqrogʻi 2 ta ovoz, ayol va erkak.

Bu albatta birinchi versiya va oʻziga yarasha kamchiliklar bor, lekin model juda tez rivojlanmoqda va yaqin orada ommaga taqdim etiladi.

Bizni kuzatib boring 👉 @MohirAIChat