Mirkonomika
3.93K subscribers
126 photos
12 videos
3 files
867 links
Bu yerda yozilgan fikrlar shaxsiy bo’lib, hech qaysi tashkilot fikri yoki qarashlarini ifoda etmaydi.
Download Telegram
Нақд пул олишни қимматроқ қилиш нақд пулга бўлган талабни пасайтирадими?

Юқорироқ миқдордаги нақд пул олганлик учун кўпроқ комиссия талаб қилиш борасида турли фикр ва мулоҳазаларни ўқияпман. Шахсий кузатувларимдан келиб чиқиб айтишим мумкинки, нақд пулга талабнинг юқорилигини фақат банкоматда фоизни кўтариш орқали ечиш мушкул. Сабаби, нақд пулга бўлган талабнинг шаклланиши иқтисодиётимизда нақд пул билан амалиёт қилиш ҳалигача карта орқали амалиёт қилишдан қулайлигича қолаётганлиги билан боғлиқ. Яъни бозорга кириб нимадир сотиб олмоқчи бўлсангиз карта билан албатта муаммога дуч келиш эҳтимолиз нақд пулга нисбатан анча юқори(айниқса туманларда бу одатий ҳол). Нақд пулга навбатлар асосан туманлар кесимида вилоят марказлари билан таққослаганда сезиларли даражада юқорилиги ҳам эътиборга молик. Яъни нақд пулга бўлган талабнинг юқорилиги билан боғлиқ муаммоларнинг асосий қисми айнан туманларда кузатилмоқда. Чунки туманларда айнан карталарни ишлатиш билан боғлиқ муаммолар вилоят марказлари билан таққослаганда сезиларли даражада юқори.

Каттароқ миқдорда нақд пул олиш учун комессияни ошириш тўғри нақд пулга бўлган талабни бироз пасайтирилиши мумкин(лекин бу сезилмас даражада бўлади, назаримда). Аммо комессияни ошириш иқтисодиётимиздаги карта билан боғлиқ муаммоларнинг биронтасини ечмайди. Балки бозорларда нақд пулнинг махсус статусини янада ошириши мумкин. Яъни нақд ва нақдсиз амалиёт учун нархларда фарқлар яна пайдо бўлиши мумкин(агар қайсидир ҳудуд ёки маҳсулотда бу фарқ ҳозиргача ҳам мавжуд бўлса унда бу фарқ йириклашади).

Менимча, кўпроқ нақд пул ечганлик учун комессияни ошириш, на банкоматлардаги навбатларга жддий таъсир қилади(албатта фоиз жуда йирик бўлмаса) ва на бошқа фундаментал муаммони ечади(балки қандайдир муаммоларни пайдо қилиб қўйиши мумкин). Агар банкоматда нақд пулга навбат кўп бўлса демак, нақд пулга талаб пайдо бўлиш сабаблари чуқурроқ ўрганилиши керак.

@Mirkonomika
AQSh O’zbekistonni sanksiyaga tushgan tovarlarni Rossiya hamda Belarusga re-eksport qilishi mumkin bo’lgan davlatlar qatoriga qo’shibdi. Xo’sh, bu qanchalik xavfli?

AQSh bir nechta davlatlar qatori O’zbekistonni ham sanksiyaga tushgan tovarlarni Rossiya yoki Belarusga olib o’tishda yo’lak vazifasini o’tashi mumkinligi qayd etgan. Lekin mamlakatimiz quyidagi bir nechta sabablarga ko’ra taqiqlangan tovarlarni Rossiyaga yetkazib berishining ehtimoli nolga yaqin.

Birinchidan, Rossiya yoki Belarusga yetkazilishi taqiqlangan tovarlarning ro’yxati katta emas hamda aksariyati kundalik iste’mol tovarlari emas. Bunday tovarlarning aksariyatini bir davlatdan boshqa davlatga yashirincha olib o’tish judayam qiyin(masalan samolyot qismlari), hamda bunday amaliyot bilan istalgan odam shug’ullanib ketolmaydi, ya’ni bu amaliyot bilan shug’ullanishi mumkin bo’lganlarni nazorat qilish uqadar qiyin emas. Davlat miqyosida ham sanksiyalarga tushib qolish ehtimoli yuqoriligi sababli ro’yxatga tushgan davlatlar(xususan O’zbekiston ham) bojxonada bu tovarlarning Rossiyaga re-eksport bo’lishini yaxshiroq nazorat qilishadi.

Ikkinchidan, O’zbekiston shu vaqtgacha ham Rossiyaga qaysidir tovarlarni tranzit qilishda asosiy davlat emas. Chunki tovarlarni O’zbekiston orqali Rossiyaga olib o’tish nisbiy qimmat va noqulay. Boshqacha aytganda Logistik nuqtai nazardan ham taqiqlangan tovarlarni mamlakatimiz orqali Rossiyaga olib o’tish deyarli ma’noga ega emas.

Uchinchidan, to’g’ri biz Rossiya bilan yaqin hamkor hisoblanamiz(MDH doirasida erkin savdo hududiga ham egamiz) ammo Rossiya bilan bojxona ittifoqiga ega emasmiz, taqiqlangan tovarlarni olib o’tish qulay, oson va arzonligi nuqtai nazaridan esa Rossiya bilan bitta bojxona ittifoqida bo’lgan bir nechta davlatlar mavjud. Taqiqlangan tovarlarni re-eksport qilish bilan qandaydir amaliyotlar kuzatilsa ham aynan o’sha davlatlar orqali kuzatilishining ehtimoli biz bilan taqqoslaganda karrasiga yuqoriroq.

To’rtinchidan, yuqorida aytib o’tganimdek, taqiqlangan tovarlarni Rossiyaga re-eksport qilish bilan shug’ullanish qandaydir qo’shimcha taqiq yoki sanksiyalarni olib kelishi mumkin. Shu nuqtai nazardan qaror qabul qiluvchilarimiz ham bunday amaliyotlarni qattiq nazorat qilishga harakat qilishi shubhasiz.

Umuman olganda, O’zbekistonning taqiqlangan tovarlarni Rossiya yoki Belarusga olib o’tishda tranzit bo’lishi mumkin bo’lgan davlatlar qatoriga qo’shilishi ko’proq ramziy ma’noga ega, xolos.

@Mirkonomika
Umumiy aholi tarkibida erkaklar sonining ayollarga nisbatan ko’proq bo’lishi birinchi marta 2009-yilda qayd etilgan. Mavjud statistikaga ko’ra, 2000-yilda umumiy aholi tarkibida ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan taxminan 100 ming kishiga ko’proq bo’lgan bo’lsa, bu farq 2008- yilga kelib deyarli yo’qolgan hamda keyingi yillarda erkaklarning ulushi ayollarga nisbatan muttasil oshib borgan. Xususan 2022-yilning yanvar holatiga ko’ra umumiy aholi tarkibida erkaklarning soni ayollarga nisbatan 217 ming kishiga ko’proq bo’lgan. Oxirgi yillardagi tug’ulish ko’rsatgichlarini e’tiborga olib aytish mumkinki bu farq yaqin kelajakda faqat va faqat oshib boradi.
Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, 2000-yildan keyingi yillarda og’il bolalarning qiz bolalarga nisbatan ko’proq tug’ulishi doimiy ravishda kuzatilgan. Hamda ta’kidlab o’tish kerakki, ba’zi yillarni hisobga olmasa aksariyat yillarda og’il bolalar hamda qiz bolalar tug’ulishi orasidagi farq oshib borgan. Xususan 2000-yilda tug’ulgan chaqaloqlar orasida og’il bollarning soni qiz bolalarga nisbatan qariyb 15 mingtaga ko’proq bo’lgan bo’lsa, 2021-yilga kelib bu ko’rsatgich qariyb 32 mingtaga yetgan. Aytib o’tish kerakki, bir yilda tug’ulgan chaqaloqlar orasida og’il bola hamda qiz bolalarning farqi eng yuqori bo’lgan yil 2018-yil hisoblanadi. O’sha yilda tug’ulgan og’il bolalarning soni qiz bolalarga nisbatan taxminan 38 mingtaga ko’proq bo’lgan.
Nima uchun demografik o’zgarishlarning qanday o’zgarayotganligi muhim?

Umuman olganda aholining o’sishi iqtisodiy o’sishni ta’minlashda judayam muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni aholi o’sishdan to’xtashi bilan iqtisodiy o’sish ham yo sekinlashadi yo butunlay to’xtaydi. Shunday ekan aholining o’sib borishi hamda uning o’sishiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan omillarning qanday o’zgarayotganligini tahlil qilish judayam muhim.

Yuqorida keltirilgan statistik raqamlardan ko’rish qiyin emaski, umumiy aholi sonida ham yangi tug’ulayotgan chaqaloqlar sonida ham erkaklarning ulushi ayollarga nisbatan ko’proq, bu esa kelajakda tug’ulish darajasi bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. To’g’ri ayollar va erkaklar orasidagi farq hozirgi darajada juda katta demografik muammolarni keltirib chiqarmasligi mumkin. Bundan tashqari, ko’plab erkaklar o’zlaridan nisbatan yoshroq ayollar bilan turmush qurishadi, bu jihat ham hozirgi holatning demografiyaga ta’sirini yumshatadi(yoki biroz orqaga suradi). Ammo tug’ulishdagi farqning oshib borayotganligini hamda oilalarning yildan-yilga kamroq farzand ko’rishga moyilligi oshib borayotganligini hisobga olsak, bizdan juda uzoq bo’lmagan kelajakda demografik muammolar vujudga kelishni boshlashi mumkin. Demografik muammolarning boshlanishi esa tug’ulish darajasining(fertility rate) o’rnini bosuvchi aholi darajasidan ya’ni 2 dan pasayishi bilan boshlanadi(hozirgi kunda bu ko’rsatgich mamlakatimizda nisbatan normal holatda).

@Mirkonomika
Sizga qaysi alifboda o’qish qulayroq?
Anonymous Poll
45%
Lotin
26%
Kirill
29%
Farqi yo’q
Iyun oyida AQShda oylik inflatsiya 1.3% ni tashkil etdi hamda yillik inflatsiya yana oshib 9.1% ga yetdi. Umuman olganda hisobot e’lon qilinishidan oldin ko’plab iqtisodchilar inflatsiyaning oshishini taxmin qilib bo’lishgan edi. Sababi, esa energiya resurslari narxining o’sishi. Iyun oyida energiya resurslarining umumiy inflatsiyaga ta’siri taxminan 0.6% ni tashkil etgan. Boshqacha aytganda iyun oyidagi narx o’sishining taxminan teng yarmi aynan energiya resurslari narxi o’sishi hisobiga bo’lgan.

Oxirgi haftalarda gaz narxi pasayayotganligini hisobga olsak, kelayotgan oylarda oylik inflatsiya darajasi iyun oyi bilan taqqoslaganda pastroq shakllanishining ehtimoli yuqori. Ammo yillik inflatsiyaning pasayish ehtimoli esa kelayotgan oylarda ham past(yana o’sishi ham mumkin).

Federal Rezerv keyingi yig’ilishda foiz stavkasini yana jiddiy darajaga oshirishing ehtimoli yuqori
Bazi davlatlarda yillik inflatsiya darajasi(so’ngi hisobotlar):

AQSh: 9.1%(iyun)

Kanada: 7.7%(may)

Buyuk Britaniya: 9.1%(may)

Yevro hudud: 8.6% (iyun)

O’zbekiston: 12.2%(iyun)
Erkin savdoning yo’qligi bizni jazolashda davom etadi.

Statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2021-yilda har 100 ta uy xo’jaliklariga to’g’ri keladigan kodisionerlarning o’rtacha soni 43 tani tashkil etar ekan. 2010-yilda bu ko’rsatgich 19 donani tashkil etgan bo’lsa, 2015-yilda 32 donani tashkil etgan. Bir jihat qiziqki, 2010-2015-yillar oralig’ida uy xo’jaliklarida kondisionerlarga egalik qilish darajasi qariyb 70% ga(aniqroq aytganda 68% ga) o’sgan. 2015-2021-yillar oralig’ida esa har 100 ta uy xo’jaligiga to’g’ri keladigan kondisionerlar 34% ga o’sgan. Umuman olganda ko’rish qiyin emaski, 2010-2015-yillar oralig’ida kondisionerlarga egalik qilish darajasi keyingi davrga nisbatan sezilarli darajada tez o’sgan. Bundan tashqari ikkinchi davr nisbatan uzoqroq muddatni o’z ichiga olgan.

Umuman olganda , yildan-yilga havo haroratining oshib borayotganligi aslida yoz oylarida sovutish jihozlariga bo’lgan talabning yildan-yilga tezroq o’sishiga sabab bo’lishi kerak. Boshqacha aytganda, o’rtacha havo haroratining oshib borishi sovutish jihozlarining iste’moldagi ahamiyati ham oshib borishiga sabab bo’lishi kerak. xo’sh unda yuqoridagi tendensiyaning kuzatilishi daromadning o’zgarishi bilan bog’liqmi? Tan olish kerakki, 2015-yildan keyingi davrda daromadlarning o’sishi oldingi davr bilan taqqoslaganda biroz sekin bo'lgan. Ammo oldingi davrdagi statistikaning “chizilganligi” ko’pchilik tomonidan ta’kidlanadi( hatto, davlat rahbari ham eski davrdagi raqamlar chizilganligini ta’kidlagan ).

Xo’sh, unda 2015-2021-yillar oralig’ida uy xo’jaliklarining kondisionerlarga egalik qilish darajasining o’sishi oldingi davr bilan taqqoslaganda sekinlashganligini qaysi omil tushuntirib beradi. Balki, uy xo’jaliklari iste’moli bu mahsulotga to’yinib bo’lgandir?. Agar har 100 uy xo’jaligiga 43 ta kondisioner to’g’ri kelsa bu holatni menimcha hech qanaqasiga iste’molning to’yinishi deb atash mumkin emas.
Menimcha, yuqoridagi tendensiyaning asosiy sababi tashqi savdoda. Xususan 2010-yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchi su’niy yo’l bilan ichki bozorni egallashga ulgurmagan hamda kondisionerlar importi uchun boj darajasi hozirgi bilan taqqoslaganda sezilarli darajada past bo’lgan.

Ishlamasligi hamda ishlamayotganligi qancha isbotlanishiga qaramasdan, proteksionizm siyosatidan voz kechish haqida umuman o’ylanmaydi. Axir birgina o’zgarish bilan millionlab o’zbeklarni bir lahzada boyroq qilish mumkin, lekin doimgidek millionlab insonlarning emas balki kam sonli guruhlarning manfaatlari ustunroq, aynan mana shuning uchun ham erkin savdo orzusi reallikka ko’chmaydi.

@Mirkonomika
Yanvar-may oylaridagi ko’rsatgichlarga ko’ra dizel ishlab chiqarish hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 30% ga kamaygan. Bir jihat muhimki, dizel ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning yanvar-may oylarida ham 2020-yilning mos davri bilan taqqoslaganda qariyb 30% ga kamaygan edi. Boshqacha aytganda besh oylik hisobda qaraganda dizel ishlab chiqarish hajmi oxirgi ikki yilda taxminan 50% ga kamaygan. Ulkan umidlar bilan qurilgan zavod ishga tushganligi esa dizel ishlab chiqarish hajmida qandaydir ijobiy o’zgarishga sabab bo’layotganligini hozircha ko’rayotganimiz yo’q. Zavod ishga tushayotgan vaqtda yiliga 724 ming tonna dizel ishlab chiqarishi hamda, buning natijasida mamlakatimiz dizel importiga qaramlikdan qutulishi kutilayotgan edi. Lekin negadir dizel ishlab chiqarish hajmi oshayotgani yo’q balki jadal suratlar bilan kamayib bormoqda.

@Mirkonomika
Joriy yilning yanvar-may oylarida uzum vinosi ishlab chiqarish hajmi o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda qariyb 25% ga kamaygan. O’zi umuman so’ngi uch yilda vino ishlab cbiqarish hajmi yuqori suratlarda kamayib bormoqda. Qiziq jihati shuki, oxirgi yillarda, vinochilikni rivojlantirish uchun milliardlab subsidiyalar ajratilmoqda. Ammo negadir vino ishlab chiqarish oshayotgani yo’q balki yildan yilga kamayib bormoqda. Afsuski bunday samarasiz subsidiyalarni har qadamda uchratishimiz mumkin. Ammo negadir ulardan voz kechilmaydi. Chunki subsidiyalardan foyda ko’radigan va u orqali boyiydigan guruhlar bor va ular hech qachon o’zlarining boylik manbasi yo’qolib qolishiga yo’l qo’ymaydi.
Joriy yilning 6 oyida qariyb 45 ming dona “gentra” ishlab chiqarilgan. O’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda ishlab chiqarish darajasi taxminan 2 barobarga oshgan.
Ammo sotuvda eng ko’p navbat aynan “gentra” modeliga bo’lib turibdi. Xususan, hozirgi vaqtda bu modelga 44 mingdan ko’proq navbat mavjud.
6 oyda 268 ming tonna dizel yoqilg’isi ishlab chiqarilgan. Taqqoslash uchun 2021-yilning mos davrida 407 ming tonna dizel yoqilig’ishi ishlab chiqarilgan edi.
P.S 2021-yilning dekabr oyida boshqa yoqilg’ilar qatori yiliga 724 ming tonna dizel ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan GTL zavodi ishga tushgan edi.
Asosiy stavka 1% bandga pasaytirilib, 15% qilib belgilanibdi. So’ngi bir necha oy davomida inflatsiya darajasi jadal suratlar bilan oshib bormoqda. Ammo hozirgi inlfatsion bosimlarni asosiy stavkani oshirish yoki yuqori ushlab turish orqali pasaytirishga urunish samarasiz. Sababi inflatsion bosimning asosiy sababi monetar bo’lmagan hamda tashqi omillar bilan bog’liq. Shu sababli hozirgi davrda inflatsiyaning oshishiga monetar instrumentlar bilan kurashish katta ehtimol bilan samara bermaydi.

Bundan tashqari hozirgi vaqtda so’m kursiga yuqori bosimlar mavjud emas, shunday ekan asosiy stavkaning 1% bandga pasaytirilishi to’g’ri qaror bo’ldi deb o’ylayman.
Tashqi savdo: yanvar-iyun

Yanvar-iyun oylarida mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi 24.5 mlrd ollarni tashkil etgan. O’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda tashqi savdo aylanmasi 32,4% ga o’sgan. Eksport hajmi qariyb 10 mlrd dollarga yetgan import hajmi esa 14,5 mlrd dollarni tashkil etgan. O’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport 40,5% ga import esa 27,4% ga o’sgan.

Manfiy savdo balansi 4,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Taqqoslash uchun 2021-yilning mos davrida bu ko’rsatgich 4,3 mlrd dollarni tashkil etgan edi.

Yarim yillik ko’rsatgichlarda asosiy savdo hamkorlarimiz orasida Xitoy hamda Rossiya bilan tashqi savdomiz sog’lom suratlarda o’sayotgan bo’lsa, Qozog’iston hamda Turkiya bilan savdo aylanmamizning o’sish tempi oldingi yillar bilan taqqoslaganda sezilarli darajada sekinlashgan. Xususan Qozog’istondan ketma-ket ikkinchi oy import hajmi qisqarishda davom etmoqda. May oyida Qozog’istondan import hajmi 8,7% ga qisqargan bo’lsa, iyun oyidagi oylik import hajmi taxminan 4,5% ga qisqargan. May oyida Turkiyadan import hajmi ham jiddiy qisqarishga uchragan edi, ammo iyun oyiga kelib bu davlatdan importimiz biroz o’sishga ham erishganligini ko’rishimiz mumkin.

Qirg’iziston, Afg’oniston hamda Tojikiston eng yirik ijobiy savdo balansiga ega bo’lgan hamkorlarimiz hisoblanadi. Takidlab o’tish joizki, Afg’onistonda hukumat almashganidan buyon bu davlat bilan savdomiz, xususan eksportimizning o’sishi oldingi davr bilan taqqoslaganda sezilarli darajada sekinlashgan.

Ma’muriy hududlar orasida Toshkent shahri tashqi savdo aylanmasida eng katta ulushga ega hudud hisoblanadi. Bu hududga umumiy tashqi savdo aylanmasining qariyb 38% i to’g’ri kelgan.

Tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 2021-yilning yanvar-iyunidagi 37% dan joriy yilda 34,5% gacha qisqarganligi ham e’tiborga molik.
Tashqi savdo bilan bog’liq yana bir qiziq jihat, ikkinchi chorakda mamlakatimiz oltin eksportini amalga oshirmagan. Bunday tendensiyani oltin narxining oxirgi oylarda pasayib borishi bilan izohlash mumkin. Shunga qaramasdan joriy yilning olti oyidagi oltin eksporti(qiymatda) 2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2 barobarga ko’proq.
Tashqi savdo: yanvar-iyun. Alohida tovarlar

• Yarim yillikda tabiiy va su’niy gaz eksporti 424 mln dollarni tashkil etib o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2,2 barobarga oshgan.

• Neft van neft mahsulotlari eksporti 65 mln dollarni tashkil etib o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 77% ga o’sgan.

• Tamaki va tamaki mahsulotlari eksporti jadal suratlarda o’smoqda, xususan joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 36 mln dollarlik tamaki mahsulotlari eksport qilingan bo’lib bu mahsulotlar eksporti o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9 barobarga oshgan.

O’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda o’simlik moylari eskporti 18,5 barobarga, o’g’itlar eksporti 2,3 barobarga, birlamchi bo’lmagan plastmassalar eksporti 2,4 barobarga, Energiya generatori mashinalari va asbob-uskunlalari eksporti 18,3 barobarga oshgan.

Joriy yilda qiymati 33 mln dollar bo’lgan gilos eksporti amalga oshirilgan. O’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda gilos eksporti taxminan 60% ga pasaygan. Pamidor eksporti ham 2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 16% ga kamaygan. Ammo karam eksortida yuqori, 94% lik o’sish kuzatilgan. Bundan tashqari, uzum hamda qovun&tarvuz eksportida ham yuqori(21%) o’sish suratlari qayd etilgan.

Yanvar-iyun oylarida qiymati 1.6 mlrd dollarga teng bo’lgan to’qimachilik mahsulotlari eksport qilingan. 2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda to’qimachilik mahsulotlari eksporti 23% ga oshgan. To’qimachilik mahsulotlari orasida yigrilgan ip eng katta ulushga ega tovar hisoblanadi. Olti oyda 880 mln dollarlik yigrilgan ip eksort qilingan. Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda yigrilgan ip oltindan keyingi ikkinchi eng yirik eksport tovari hisoblanadi(P.s olti oyda rangli metallar eksporti 809 mln dollarni tashkil etgan).

Xitoyga to’qimachilik tovarlarining eksporti kamayib borayotganligi qiziq tendensiya bo’lmoqda yarim yillikda Xitoyga qariyb 208 mln dollarlik to’qimachilik mahsulotlari eskport qilingan bo’lib, o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda bu davlatga to’qimachilik mahsulotlari eksporti qariyb 40% ga kamaygan(judayam jiddiy pasayish). To’qimachilik mahsulotlarining eksporti Eron, Italiya, Germaniya, Tojikiston kabi mamlakatlarga yuqori suratlarda o’sgan.
Tashqi savdo: yanvar-iyun. Alohida tovarlar (import)

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida donli ekinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar import 510 mln dollarni tashkil etib o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda bu mahsulotlar import qariyb 28% ga o’sgan. Shakar importi ham yuqori suratlarda o’smoqda. Xususan, olti oyda qiymati 208 mln dollar bo’lgan shakar(asosan xomashyo) importi amalga oshirilgan bo’lib o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda shakar va uning xomashyosi importi 28% ga o’sgan.

Joriy yilgi hisobotlarda ilk bor gaz importi bo’yicha ma’lumotlar taqdim qilingan. Xususan joriy yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 76 mln dollar qiymatdagi tabiiy va su'niy gaz import qilingan bo’lib o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda gaz importi qariyb 26% ga kamaygan.

Yanvar-iyun oylarida qariyb 396 mln dollar qiymatdagi avtomobillar import qilingan. O’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda avtomobil importi 2 barobarga oshgan.
Yoshga doir pensiyani belgilash bilan bog’liq muammoli jihatlar haqida

Pensiya tayinlash tizimida kutilayotgan o'zgarishlar, albatta, quvonarli. Ammo o'zgarishlarning ko'pchilligi texnik bo'lib fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risidagi qonunning ayrim ziddiyatli holatlarini bartaraf etmaydi. Ushbu qonunning 31-moddasiga muvofiq pensiya va o'rtacha oylik ish haqqini hisoblab chiqishda oxirgi 10 yilning ketma ket besh yilligi olinadi. Tushinarliroq bo'lishi uchun: ish staji yetarli bo'lgan shaxsning pensiya miqdori qancha bo'lishi, faqatgina oxirgi 10 yildan tanlab olingan ketma ket 5 yildagi oylik maoshi bilangina bog'liq. Misol uchun kimdir umri davomida juda kam maosh olgan ammo oxirgi 5 yilda maoshi keskin oshgan, natijada nazariy jihatdan o’sha inson eng maksimal pensiya miqdorini olishi mumkin(12*324000=3 888 000 so'm). Yana bir misol kimdir umri davomida umuman ishlamagan faqat pensiya yoshiga 7 yil qolganda judayam yuqori oylik maoshga ishlasa unda u shaxs ham nazariy jihatdan eng katta pensiya olish imkoniyatiga ega. Yuqoridagi holatga teskari vaziyat: kimdir umri davomida yuqori maoshga ishlasa va oxirgi 7 yoki 10 yil davomida oylik maoshi qandaydir sabablarga ko’ra keskin kamaysa, unda bu insonga pensiya miqdori minimal darajada tayinlanishi mumkin(633 000). Bunda fuqoro umri davomida yuqori maoshga ishlab kelib, pensiya yoshiga yetishdan 7 yoki 10 yil oldin past maoshli ishda ishlashdan ko'ra umuman rasmiy ish bilan band bo'lmagan holatida ko'proq pensiya tayinlanishi mumkin.

Savol shundan iboratki, nima uchun aynan 5 yillik o'rtacha maosh nega 10, 20 yoki 30 yil emas. To'g'ri, mustaqillikdan oldingi va 1994-yilgacha bo’lgan so'm islohatlari davridagi o'rtacha oylik maoshlarni muvofiqlashtirish texnik tomondan xatoliklar keltirib chiqarishi mumkin biroq undan keyingi yillar uchun o'rtacha oylik maosh nega qayta hisoblanmaydi.

Faqatgina 5 yillik o'rtacha oylik miqdori pensiya uchun asos bo’lishi mantiqan to’g’ri emas. Bu interval kengaytirilsa fuqarolarga tayinlanadigan pensiyalarning haqiqatda ular to'lagan soliq va yig'imlarning real qiymati bilan bog'liqligi ortgan bo’lar edi.

Muallif: Khimmatov Saydullo

@Mirkonomika
Hisobotlarda farqlar mavjudligi davom etmoqda

2022-yilning yanvar-iyun oylari uchun hisobotda 2021-yilning olti oyida Turkmanistondan import hajmi 309 mln dollarni tashkil etganligi qayd etilgan. 2021-yilning yanvar-iyun oylari uchun hisobotda esa Turkmanistondan import hajmi 2021-yil olti oyida 206 mln dollarni tashkil etganligi keltirib o’tilgan. Ikkala hisobotda bir xil davr uchun bunday jiddiy farqning mavjud ekanligi albatta qiziq.

Umumiy import hajmida ham 2022-yildagi hisobotlarda 2021-yilgi ma’lumotlar 2021-yilgi hisobotdagi ma’lumotlardan farq qiladi. Xususan ikkala hisobotda import bo’yicha farq taxminan 470 mln dollarni tashkil etadi(bu haqida oldin ham yozgan edim). Albatta umumiy import hajmi bilan taqqoslaganda farq juda katta emasligini hisobga olib bu farqni ma’lumotlarni qayta ko’rib chiqishda yuzaga keladigan xatolik sifatida qabul qilish mumkindir, balki. Ammo bitta davlat(Turkmaniston) bilan bunday yirik farqning mavjudligi menimcha jiddiy savol.

@Mirkonomika