Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
16.3K photos
2.31K videos
14 files
6.85K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Minskda "Belarus transport haftaligi - 2024" xalqaro ixtisoslashtirilgan forumi boshlandi

Forum doirasida "Transport va logistika"ixtisoslashtirilgan ko'rgazmasi o'tkazilmoqda. "Yevroosiyo transporti va logistikasi: yangi imkoniyatlar" yalpi Majlisi va MDH ishtirokchi-mamlakatlarining transport boʻyicha muvofiqlashtiruvchi majlisi tarmoq kengashlari 14-sessiyasining Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va Ittifoq davlatining doimiy qo'mitasi vakillari ishtirokidagi yalpi Majlisi biznes dasturining asosiy tadbirlari bo'ldi.

В Минске стартовал международный специализированный форум «Белорусская транспортная неделя – 2024»

В рамках форума проходит специализированная выставка «Транспорт и логистика». Ключевыми мероприятиями деловой программы стали пленарное заседание «Транспорт и логистика Евразии: новые возможности» и пленарное заседание 14-й сессии отраслевых советов КТС СНГ с участием представителей Евразийской экономической комиссии и Постоянного Комитета Союзного государства.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Aviatsiya uchun uglerod emissiyalarini qisqartirish bo'yicha xalqaro seminar


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​Minskda "Belarus transport haftaligi - 2024" xalqaro ixtisoslashtirilgan forumi bo‘lib o‘tmoqda

"Yevroosiyo transporti va logistikasi: yangi imkoniyatlar" mavzusidagi yalpi majlisida O'zbekiston Respublikasi Transport vaziri o'rinbosari Ilhomjon Abdugafarov so'zga chiqdi.

Ilhomjon Abdugafarov o'z nutqida mintaqalararo va davlatlararo aloqalarni mustahkamlash jarayonlari transport va logistikaning to'laqonli asosi sifatida transport yo'nalishlarini diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshlikni oshirish masalalarida davlatlarimiz ilgari surayotgan maqsadlarga javob berishini alohida ta'kidladi.

"Hozirgi bosqichda xalqaro multimodal transport yo‘laklarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan yondashuvlarni amalda ro‘yobga chiqarish faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir" – dedi I.Abdugafarov.

В Минске проходит международный специализированный форум «Белорусская транспортная неделя – 2024»

В пленарном заседании «Транспорт и логистика Евразии: новые возможности» со своей речью выступил заместитель министра транспорта Республики Узбекистан Илхомжон Абдугафаров.

В своей речи Илхомжон Абдугафаров особо отметил, что укрепление межрегиональных и межгосударственных связей отвечает целям наших государств по диверсификации транспортных направлений и повышению конкурентоспособности в качестве полноценного транспортно-логистического каркаса.

“Одним из приоритетов нашей деятельности на современном этапе является реализация согласованных подходов к формированию и развитию международных мультимодальных транспортных коридоров” – сказал И.Абдугафаров.
Обсуждено развитие транспортных коридоров ШОС и ЕАЭС

В видеомосту Москва – Астана – Баку – Бишкек – Ташкент на тему "Развитие транспортных коридоров ШОС и ЕАЭС" принял участие директор Центра изучения проблем развития транспорта и логистики при Министерстве транспорта Республики Узбекистан Холматов Бекзод Нурматович.

В нём обсуждались проекты по развитию транспортных коридоров в рамках Организации и Союза, координирования сотрудничеств между государствами и механизмы обеспечения эффективной интеграции.

Прямую трансляцию смотрите по ссылке
https://vk.com/video-212091484_456241477
​​China Southern airlines Pekin va Urumchidan Toshkentga parvozlar sonini oshiradi

O‘zbekiston va Xitoy aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida 10-sentabr kuni Transport vazirligida Xitoyning China Southern airlines aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida aviaqatnovlar hajmini oshirish va parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra China Southern airlines aviakompaniyasining Pekin – Toshkent yo‘nalishida haftalik aviaqatnovlarini 4 tadan 7 taga oshirish, Urumchi – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlarini esa 3 tadan 4 taga oshirish, shuningdek, 2025-yildan boshlab Guanchjou – Urumchi – Toshkent yo‘nalishida haftasiga 3 ta aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

China Southern airlines увеличит количество рейсов из Пекина и Урумчи в Ташкент

В рамках реализации договоренностей, достигнутых между авиационными администрациями Узбекистана и Китая, 10 сентября в Министерстве транспорта состоялась встреча с представителями китайской авиакомпании China Southern airlines.

На встрече были обсуждены вопросы увеличения количества авиарейсов между двумя странами и расширения географии полетов.

По итогам переговоров достигнута договорённость об увеличении еженедельных рейсов авиакомпании China Southern airlines по маршруту Пекин – Ташкент с 4 до 7, а по маршруту Урумчи – Ташкент - с 3 до 4, а также о запуске с 2025 года 3 авиарейсов в неделю по маршруту Гуанчжоу – Урумчи – Ташкент.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahrisabz aeroporti yo‘lovchi reyslarini qabul qilishni boshladi

Shahrisabz aerodromi hududida mavjud yo‘lovchi terminal binosi rekonstruksiya qilindi, uchish-qo‘nish va burilish yo‘lagi kapital ta’mirlanib, infratuzilma obyektlari, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari, meteorologik parvozlarni radiotexnik ta’minlash uskunalarini rekonstruksiya qilindi.

Bugun, Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishida Silk-avia aviakompaniyasi L-410 havo kemasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.

Аэропорт Шахрисабз начал принимать пассажирские рейсы

На территории аэродрома "Шахрисабз" проведена реконструкция существующего здания пассажирского терминала, капитально отремонтированы взлетно-посадочный и поворотный коридоры, реконструированы объекты инфраструктуры, инженерно-коммуникационные сети, оборудование радиотехнического обеспечения метеорологических полетов.

Сегодня авиакомпания Silk-avia запустила регулярные авиарейсы по маршруту Ташкент - Шахрисабз - Ташкент на воздушном судне L-410.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Toshkentdan Shahrisabzga muntazam aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi

Mazkur yo‘nalishda qatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari LET L-410 havo kemasida quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Toshkentdan jo‘nab ketish soat 11:40, Shahrisabzga yetib borish soat 13:10;

Shahrisabzdan jo‘nab ketish soat 13:50, Toshkentga yetib borish soat 15:50.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида камбағалликни қисқартириш ишларини кейинги сифат босқичига олиб чиқиш масалаллари муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам перехода на качественно новый уровень работы по сокращению бедности.

#Mirziyoyev #videoselektor #kambagallik #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Qorasuv” va “Uchqo‘rg‘on chegara bojxona postlari ochildi

Bugun, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan “Qorasuv” chegara bojxona posti 15 yillik tanaffusdan so‘ng yana o‘z faoliyatini qayta tikladi.

Shuningdek, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Bo‘ston mahallasidagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona postining ham tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Uchqo‘rg‘on" chegara bojxona posti orqali ilk yuk avtotransport vositasi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kirib keldi! O‘zbekistondan Qirg‘izistonga ham ilk yuk avtotransport vositasi chiqib ketdi.
​​O‘zbekiston va Qozog‘iston Yevroosiyo fuqaro aviatsiyasi konferensiyasini tashkil etish tashabbusi to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi

10-sentabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligi va “Qozog‘iston Aviatsiya ma’muriyati” AJ rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston ishtirokida “Yevrosiyo Fuqaro Aviatsiyasi Konferensiyasi”ni (EACAC - EuraAsian Civil Aviation Conference) tashkil etish bo‘yicha qo‘shma tashabbus, shuningdek, parvozlar xavfsizligi masalalari bo'yicha idoralar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Узбекистан и Казахстан подписали документ о совместной инициативе по организации Евразийской конференции гражданской авиации

10 сентября состоялась встреча руководителей Агентства "Узавиация" и АО "Авиационная администрация Казахстана." На встрече была озвучена совместная инициатива по организации "Евразийской конференции гражданской авиации" ((EuraAsian Civil Aviation Conference) (далее – ЕАСАС) с участием Армении, Грузии, Казахстана, Кыргызстана, Монголии, Молдовы, Таджикистана и Узбекистана, актуальные вопросы укрепления сотрудничества между ведомствами по вопросам обеспечения безопасности полетов.
DIQQAT TENDER

Qashqadaryo viloyati hududida avtomobil transportida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan joriy yilning 18-oktabr kuni soat 17.00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Talabgor o‘z tender takliflarini 2024-yil 17-oktabr soat 17:00 gacha axborot tizimi orqali taqdim etish shart.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(371).

Batafsil: e-tender.uztrans.uz