Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.7K subscribers
14.3K photos
2.06K videos
13 files
6.24K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#Samarqand_viloyati

Viloyat transport boshqarmasi xodimlari tomonidan aholiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi yo‘nalishli taksi haydovchilari o‘rtasida yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tadbir davomida transport vositalarining texnik holatiga jiddiy e’tibor qaratilib, yo‘lovchi tashish uchun qo‘yilgan talablar ijrosini ta’minlash, korxonalarning tender talab va shartlariga rioya qilgan holda faoliyat olib borishi nazorat qilinmoqda.

Shuningdek, tashuvchilar tomonidan yo‘l kira narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborish holatlarining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Samarqand_viloyati

Viloyatda aholiga transport xizmatini ko‘rsatishda barqarorlikni ta’minlash, yo‘nalishlarda avtobuslar harakatini tashkil qilish maqsadida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar transport vositalari belgilangan AGTKSh larda yoqilg‘i bilan ta’minlanib, erta tongdan o‘z yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

Bugun, 24-yanvar kuni viloyatda jami 1132 ta avtotransport vositasi yo‘lovchilar xizmatiga chiqarildi. Yo‘nalishlardagi transport vositalarining 329 tasi avtobus, 47 tasi mikroavtobus hamda 819 tasi Damas rusumli transport vositalaridir.

Jumladan, Samarqand shahrida yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatishni tashkillashtirish maqsadida 198 ta avtobus va 9 mikroavtobus yo‘nalishlarga chiqarildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Samarqand_viloyati

Tashuvchilarning litsenziya talab va shartlariga amal qilishini ta’minlash bo‘yicha nazorat tadbirlari

Viloyat transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarda tashuvchilarning litsenziya talab va shartlariga amal qilishi, tender kontrakti talablarining bajarishilishi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Tadbir davomida yo‘lovchilar bilan bevosita suhbat qilinib, tashuvlar yuzasidan ularning fikrlari o‘rganilmoqda. Bildirilgan takliflar transport boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tashuvchilarga tegishli ko‘rsatma beriladi.

Shuningdek, nazorat tadbirlari davomida haydovchilarga yo`l harakati qoidalariga qat`iy amal qilishi, asossiz ravishda yo`lkira narxlarini oshirmaslik bo`yicha tavsiyalar berib borilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Samarqand_viloyati

🚌 "Hazora"dan Toyloq tumani markaziga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Samarqand shahrida jamoat transporti jozibadorligini oshirish, xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida zamonaviy avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.

🚏Xususan, M1-raqamli “Temiryo‘l ABB - Samarqand xalqaro aeroporti”, M3-raqamli “Do‘stlik mahallasi - Boqiy shahar” va 30-raqamli “Qorasuv massivi - Toshkent mahallasi” yo ‘nalishlarida aholiga xizmat ko‘rsatib kelayotgan “Maroqand trans 777” MCHJ tomonidan XXRning King Long zavodidan yangi avtobuslar olib kelindi.

Ushbu avtobuslar tender tanlovlari e’lon qilingunga qadar Samarqand shahar jamoat transportining master rejasida belgilangan M12-raqamli “Hazora ABB - Toyloq tumani markazi” shahar avtobus yo‘nalishida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

🚍Avtobus yonalishning umumiy uzunligi 25 km bo‘lib, hozirda 11 ta avtobus 12 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati
#Samarqand_viloyati

🚌 27-raqamli shahar avtobus yo‘nalishi yangi harakat sxemasi asosida qayta tiklandi

Samarqand shahar jamoat transporti tizimini tartibga solish, SIMETRA xorijiy korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi yo‘nalishlar tarmog‘ida avtobuslar harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

🚍Bugun, 27-fevral sanasidan boshlab Samarqand shahar Qorasuv massivini Temiryo‘l vokzali bilan bog‘lovchi 27-raqamli shahar avtobus yo‘nalishi yangi harakat sxemasi asosida qayta tiklandi.

🚏Ushbu yo‘nalishda avtobuslar Temiryo‘l vokzalidan boshlab Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Mahmud Qoshg‘ariy, Amir Temur, Shohruh Mirzo, Universitet xiyoboni, Registon, Dahbed, Motrid ko‘chalari hamda Samarqand xalqa yo‘li orqali Qorasuv massiviga qadar harakatlanadi.

Yonalishning umumiy uzunligi 17 km bo‘lib unda 8 ta avtobus 12 -15 daqiqalik interval bilan harakatlanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Samarqand_viloyati

YANGI YO‘NALISHDA AVTOBUS QATNOVI YO‘LGA QO‘YILDI

🚍Samarqand shahrining yangi transport Bosh rejasiga asosan 66-raqamli “Uzoq lager - Ipak yo‘li bozori” shahar avtobus yo‘nalishi harakat chizmasi o‘zgardi.

Endilikda ushbu yo‘nalish “SIMETRA” xorijiy kompaniyasi master rejasi asosida Samarqand Davlat arxitektura-qurilish universitetini Badal mahallasi bilan bog‘laydi.

🚏 Yo‘nalish SamDAQU bosh binosi, ya’ni Habib Abdullayev ko‘chasidan boshlanib, Behzod, Bobur Mirzo, usta Quli Jalolov, Gagarin, Amir Temur, Bo’stonsaroy, Ro‘dakiy, Shohi Zinda, usta Umar Jo‘raqulov, Samarqand darvoza ko‘chasi, Pulimug‘ob mahallasi orqali Badal mahallasi bo‘ylab Mo‘jizakor ko‘chasida harakatni yakunlaydi.

🚌 Masofasi 19.8 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishda “ASIASTAR” rusumli 10 ta avtobus 12 daqiqalik interval asosida harakatlanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_viloyati

Maxsus reportaj | Jamoat transporti: yangi avtobuslar, sifat va samaradorlik

«SIMETRA» xorijiy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Samarqand shahar transport master rejasiga ko‘ra 41 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.

Shundan 8 tasi magistral va 33 tasi yetkazib beruvchi yo‘nalishlardir. Bu orqali avtobus yo‘nalishlarining takrorlanish darajasi 40 % kamaytiriladi.

Shahar jamoat transporti harakat tarkibini yangilash maqsadida 80 ta “KingLong” hamda 20 ta “Asiastar” rusumli avtobuslar olib kelindi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Samarqand_viloyati

Profilaktik-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, bayram kunlarida yo‘lkira narxlarining asossiz oshib ketish holatlarining oldini olish yuzasidan Transport vazirligi tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan shaharlararo-viloyatlararo avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar o‘rtasida profilaktik-targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Unda haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilib, yo‘lovchi tashish qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda harakatlanishi hamda yo‘l kira narxlarini sun’iy ravishda oshirmaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_viloyati

🚕 Avtomobil transportida tashuvlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda qo‘shma reyd tadbirlarini olib borishmoqda.

👮Reyd tadbirlari davomida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |