Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.9K subscribers
13.7K photos
1.99K videos
12 files
6.02K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
​​Yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglament

Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu reglament yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi.

Texnik reglament loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz hamda o‘z taklif va mulohazalaringizni info@mintrans.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Технического регламент о безопасности высокоскоростного железнодорожного транспорта

Министерство транспорта разработало проект постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан "Об утверждении технического регламента о безопасности высокоскоростного железнодорожного транспорта".

Настоящий проект предусматривает единые требования к безопасности высокоскоростного железнодорожного транспорта.

С проектом технического регламента можете ознакомиться по следующей ссылке и направить свои предложения и замечания на электронной адрес info@mintrans.uz.
❗️“Qamchiq” dovonidagi vaziyat boʻyicha maʼlumot

A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi 229-kilometrida jalali yomg‘irlarning yog‘ishi oqibatida yo‘lning harakat qismini loy, qumtoshli massa qoplagan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Vaziyat nazortga olingan.

Hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha FVV, YHXX hamda "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Yo‘lning harakat qismi yaqin daqiqalarda ochiladi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tahlilnoma | YOII: O‘zbekiston yetakchisidan milliy va mintaqaviy manfaatlarga mos 5 ta tashabbus


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​Joriy yilda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan

Bugungi kunda jami 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196 ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

2024-yil yanvar-aprel oylari davomida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida 173 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Ko‘rsatkichlar, 2023-yil mos davriga nisbatan 15% oshgan.

2024-yil davomida 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishlarini ochilishi rejalashtirilgan.

Bular, Samarqand – Bishkek, Buxoro – Bishkek, Buxoro – Ostona, Samarqand – Turkiston, Buxoro – Turkiston, Shaxrisabz – Turkiston, Samarqand – Dushanbe, Buxoro – Dushanbe, Toshkent – Ufa, Toshkent – Krasnodar.

В этом году планируется открыть 10 новых международных автобусных маршрутов.

Сегодня на 37 маршрутах в Россию, Казахстан, Кыргызстан и Таджикистан курсируют 196 автобусов из 32 отечественных и зарубежных перевозчиков.

За январь-апрель 2024 года на международных автобусных маршрутах перевезено 173 тыс. пассажиров. Показатели увеличились на 15% по сравнению с соответствующим периодом 2023 года.

В течение 2024 года планируется открыть 10 новых международных автобусных маршрутов.

Это, Самарканд – Бишкек, Бухара – Бишкек, Бухара – Астана, Самарканд – Туркестан, Бухара –Туркестан, Шахрисaбз – Туркестан, Самарканд – Душанбе, Бухара – Душанбе, Ташкент – Уфа, Ташкент – Краснодар.
​​Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun 6 bob va 47 moddadan iborat.

Ushbu Qonunning maqsadi quyidagilardan iborat:

avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar, avtomobil yo‘llari egalari va davlat manfaatlarini ko‘zlab avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tashkil etish va ulardan foydalanish, yo‘l faoliyatini amalga oshirish asoslarini belgilab berish;

yo‘l xo‘jaligini takomillashtirish;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining xavfsizligini va rivojlanishini ta’minlash, ularning texnik holatini yaxshilash;

yo‘l faoliyati sohasida ilg‘or texnologiyalar va standartlarni joriy etishni rag‘batlantirish;

yo‘l faoliyatini amalga oshirishda ishlar va (yoki) xizmatlar bozorida samarali va adolatli raqobatni ta’minlash;

magistral yo‘llardan foydalanish va yo‘l harakatini amalga oshirish sohasidagi investitsiya muhitini yaxshilash;

magistral yo‘llarning xalqaro transport tarmog‘iga integratsiyasini ta’minlash.
​​“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKga ishga qabul qilish masalasi bo‘yicha bitiruvchilar uchun tanlov

«O‘zaeronavigatsiya» Markazi DUK tomonidan 29-30 may kunlari ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tilining 4-darajali sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari bitiruvchilarining «Havodagi harakatni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha navbatdagi tanlovi o‘tkaziladi.

Ushbu tanlovda qatnashish imkoniyati 19 yoshdan kichik bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan, o‘zbek, rus va ingliz tillarini biladigan, «Havodagi harakatni boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotli diplomga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.

Izoh: xorijiy oquv yurtini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom egalari qo‘shimcha ravishda mazkur xorijiy diplomni nostrifikatsiya qilish jarayonining ijobiy qarori bilan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozimdir.

Nomzodlarni ro‘yxatga olishning 1-bosqichi 2024-yil 29-may soat 09:00 dan 16:30 gacha bo‘lib o‘tadi.

Отбор выпускников для рассмотрения вопроса о принятии на работу в ГУП Центр «Узаэронавигация»

В период с 29 по 30 мая в Дирекции ГУП Центр «Узаэронавигация» состоится очередной отбор выпускников учебных заведений, а также студентов 4 курса ТГТУ 2024 год выпуска получивших сертификат 4-го уровня английского языка по шкале ICAO, по специальности «Управление воздушным движением».

Возможность участия в данном конкурсе предоставляется лицам не моложе 19 лет, являющимся гражданами Республики Узбекистан, владеющим узбекским, русским и английским языками, имеющим диплом об образовании по направлению «Управление воздушным движением».

Примечание: обладатели диплома об окончании иностранного учебного заведения должны дополнительно представить документы, подтверждающие, что данный иностранный диплом прошел процесс нострификации с положительным решением.

Первый этап регистрации документов состоится 29.05.2024г. с 09.00 до 16.30.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ҳамкорлик бўйича Ўзбекистон-Хитой ҳукуматлараро қўмитасининг навбатдаги йиғилишида иштирок этиш учун мамлакатимизда бўлиб турган Хитой Халқ Республикаси Давлат кенгаши Бош вазири ўринбосари Лю Гочжун бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Китайской Народной Республики во главе с заместителем Премьера Государственного совета Лю Гочжуном, находящуюся в нашей стране для участия в очередном заседании Узбекско-Китайского Межправительственного комитета по сотрудничеству.

#Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X