Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.8K subscribers
13.9K photos
2.02K videos
13 files
6.1K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Касби туманидаги "Қамаши" маҳалласида бўлди.
Олти минг нафардан зиёд аҳоли яшайдиган маҳаллада “Обод қишлоқ” дастури амалга оширилди. Давлатимиз раҳбари маҳалла марказидаги шароитларни кўрди, болаларнинг санъат ва спорт тўгаракаларини кузатди.
Касби тумани азалдан ўзига хос кулолчилик ва гиламчилик мактаби билан машҳур бўлиб келганини таъкидлаб, Президент ҳудудда ушбу йўналишларни ривожлантиришга кўрсатма берди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю "Камаши" Касбинского района.
В махалле, в которой проживают более 6 тысяч человек, реализована программа «Обод кишлок». Глава государства ознакомился с условиями в махаллинском центре, наблюдал за занятиями в детских творческих и спортивных кружках.
Отметив, что Касбинский район издавна славится своей уникальной школой гончарного дела и ковроткачества, Президент поручил развивать эти направления в районе.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Қарши шаҳрида халқ депутатлари Қашқадарё вилояти кенгашининг навбатдан ташқари сессияси бўлиб ўтмоқда. Унда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирок этмоқда.
Давлатимиз раҳбари ҳозирги таҳликали замонда ички имкониятларга таяниш ва уларни самарали ишга солиш зарурлигини таъкидлади.
Сессияда Қашқадарё вилояти ҳокимини тасдиқлаш масаласи кўрилди.

В городе Карши проходит внеочередная сессия Кашкадарьинского областного кенгаша народных депутатов. В ней принимает участие Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев.
Глава государства подчеркнул необходимость опираться на внутренние возможности и эффективно их использовать в нынешнее непростое время.
На сессии рассмотрен вопрос об утверждении хокима Кашкадарьинской области.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #sessiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилояти кенгашининг навбатдан ташқари сессиясида иштирок этди.
Ҳудуддаги долзарб масалалар ва уларни ҳал этиш йўллари кўрсатиб ўтилди.
Жорий йилда Қашқадарёда ижтимоий соҳа ва инфратузилмани яхшилаш учун республика бюджетидан қўшимча 360 миллиард сўм ажратилиши таъкидланди. 2022-2023 йилларга мўлжалланган умумий қиймати 14,7 триллион сўм бўлган 270 та саноат лойиҳалари дастури шакллантирилгани маълум қилинди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие во внеочередной сессии Кашкадарьинского областного кенгаша.
Отмечены актуальные вопросы развития региона, определены пути их решения.
В этом году из республиканского бюджета на улучшение социальной сферы и инфраструктуры в Кашкадарье будет выделено дополнительно 360 миллиардов сумов. Сформирована программа на 2022-2023 годы, состоящая из 270 промышленных проектов на сумму 14,7 триллиона сумов.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #sessiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Қарши шаҳридаги “UzShoes” қўшма корхонаси фаолияти билан танишди.
Корхона йилига 500 минг жуфт пойабзал ишлаб чиқариш қувватига эга. Бугунги кунда эркаклар, аёллар ва болалар учун 10 турдаги чарм пойабзаллар тайёрланмоқда. Давлатимиз раҳбари пойабзалларни тайёрлаш жараёнини кўздан кечирди, шу ерда ишлаётган хотин-қизлар билан суҳбатлашди.
Шунинг билан Президентнинг Қашқадарё вилоятига ташрифи якунланди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью совместного предприятия "UzShoes" в городе Карши.
Производственная мощность компании составляет 500 тысяч пар обуви в год. Сегодня изготавливается кожаная обувь 10 видов для мужчин, женщин и детей.
Глава государства осмотрел процесс изготовления обуви и побеседовал с работающими здесь женщинами.
На этом поездка Президента в Кашкадарьинскую область завершилась.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Қашқадарё вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам социально-экономического развития Кашкадарьинской области.

#Mirziyoyev #videoselektor #Qashqadaryo #hisobot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qashqadaryo_viloyati

Qarshi shahrida mikroavtobus yo‘nalishi tashkil etildi

🚐 Bugundan viloyat markazida yangi yo‘nalishli taksi yo‘nalishi ish boshladi. Ushbu 16-sonli yo‘nalish Xontepa mahallasi hududidan boshlanib, viloyat bolalar shifoxonasida tugaydi.

Hozirgi vaqtda mazkur yo‘nalishda 10 dona zamonaviy mikroavtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Qatnov masofasi 10 kilometrdan ziyodni tashkil etuvchi ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi uch ming so‘m etib belgilangan.

🚏 Mikroavtobuslar yo‘nalish davomida “Sfad” supermarketi, Yangi bozor, Xalq banki, QarDU, “Do‘stlik” supermarketi, Eski bozor, Eshon shahid kabi muhim obyektlar yonidan o‘tadi.

Mikroavtobuslar harakatining oraliq intervali 5 daqiqani tashkil etmoqda.

Ushbu yo‘nalish sinov tariqasida ochilgan bo‘lib, yo‘lovchi oqimi va o‘z-o‘zini qoplashidan kelib chiqib doimiy qatnovni tashkil qilish belgilangan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Qashqadaryo_viloyati

Yurtimizda hukm surayotgan izg‘irin ob-havo sharoitida jamoat transporti, ayniqsa, avtobuslar qatnovi muntazamligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Avtobuslarning xavfsiz harakatlanishi, yo‘lovchilarni eson-omon manzilga yetkazish esa haydovchilarga katta mas’uliyat yuklaydi.

Viloyat transport boshqarmasi mutasaddilari va YPX xodimlari Qarshi shahrida noqulay ob-havo sharoitida odamlar uzog‘ini yaqin qilayotgan avtobus haydovchilaridan hol-ahvol, ko‘ngil so‘radi.

Haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, ob-havo sharoitini inobatga olib qatnovlarni amalga oshirishi lozimligi eslatib o‘tildi.

Ayni kunlarda viloyatda yo‘lovchi tashish sohasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘lkira narxlarining asossiz oshib ketmasligi bo‘yicha boshqarma inspektorlari tomonidan doimiy profilaktik tadbirlar olib borilayapti.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_viloyati

Noqulay ob-havo sharoitida jamaot transporti qatnovi uzluksizligini ta’minlash, yo‘lovchilarni o‘z manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yishni tashkil etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_viloyati

Yangiliklar 24 | Noqulay ob-havo sharoitida jamaot transporti qatnovi uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Qashqadaryo_viloyati

Noqulay obhavo sharoitida hududlarda jamoat transporti qatnovi muntazamligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayapti. Qatnov uzluksizligini ta’minlashdagi asosiy masala, shubhasiz, yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarining yonilg‘i materiallari bilan kafolatli ta’minlanishi hisoblanadi.

Anomal sovuq tufayli tabiiy gazni birinchi galda aholiga yetkazib berishni tashkil etish maqsadida yurtimizdagi barcha AGTKShlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Viloyat hokimligi ko‘magida yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarni doimiy yonilg‘i bilan ta’minlash maqsadida alohida gaz to‘ldirish shohobchalari ajratildi.

Natijada yo‘lovchi oqimi katta bo‘lgan viloyat markazi va shahar atrofi yo‘nalishlarida avtobuslar va mikroavtobuslar qatnovi barqarorligiga erishilmoqda.

18-yanvar holatiga viloyat bo‘yicha 138 ta avtobus, 12 ta mikroavtobus yo‘nalishlarga chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Qashqadaryo_viloyati

🚌 300 dan ortiq avtobus yo‘nalishlarga chiqarilishi ta’minlandi

Ma’lumki, bugun 23-yanvardan viloyatdagi aksar ta’lim muassasalarida o‘qish qayta boshlandi. O‘quvchilar, talabalar, o‘qituvchi va pedagoglar o‘quv dargohlariga otlanishdi.

Bu esa yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari xizmatiga talab yanada oshishini anglatadi. Qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan viloyat shtabi tomonidan jamoat transporti qatnovi uzluksizligini ta’minlash borasida zarur choralar ko‘rilayapti.

Jamoat transportining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan avtobuslarning yo‘nalishlarga to‘laqonli chiqarilishiga yoqilg‘i ta’minoti ijobiy hal qilinishi natijasida erishilmoqda.

23-yanvar holatiga viloyatdagi mavjud yo‘nalishlarda jami 331 ta avtobus, 18 ta mikroavtobus, shuningdek, yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida 1160 ta “Damas” aholiga xizmat ko‘rsatayapti.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудларда ижтимоий-иқтисодий ислоҳотларнинг бориши билан танишиш мақсадида Қашқадарё вилоятига жўнаб кетди.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с ходом социально-экономических реформ в регионах отбыл в Кашкадарьинскую область.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилоятига ташрифини Қарши тумани Янги Батош маҳалласидаги янги мактаб билан танишувдан бошлади. Бу ерда давлатимиз раҳбари ўқувчи ва ўқитувчилар билан суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Кашкадарьинскую область с посещения новой школы в махалле Янги Батош Каршинского района. Здесь глава государства побеседовал с учащимися и учителями.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Қарши туманидаги Янги Батош маҳалласига ташриф чоғида касаначилик маркази фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев в ходе посещения махалли Янги Батош Каршинского района ознакомился с деятельностью центра надомничества.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Қарши шаҳридаги Олий ҳарбий авиация билим юртига ташриф буюриб, ўқув машғулотлари ва ҳарбий авиация парвозларини кўздан кечирди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Высшее военное авиационное училище в городе Карши, понаблюдал за учебными занятиями и полетами военной авиации.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #harbiyaviatsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Қарши шаҳридаги савдо мажмуасига ташриф буюриб, озиқ-овқат ва маиший техника дўконларида харидорлар билан суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил торговый комплекс в городе Карши, побеседовал с покупателями в супермаркете и магазине бытовой техники.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #savdomajmausi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Қарши шаҳридаги «Буюк турон» кичик саноати зонасида телевизор ишлаб чиқарувчи корхона фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью предприятия по производству телевизоров в промышленной зоне «Буюк турон» города Карши.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_viloyati

🚌 Qarshi shahri jamoat transport tizimi rivojlanmoqda

Qashqadaryo viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

🚏Bugungi kunda viloyat markazi Qarshi shahrida 15 avtobus yo‘nalishi mavjud bo‘lib, mazkur yo‘nalishlarda 200 dan ortiq atobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Ushbu yo‘nalishlarning barchasida yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi to‘liq joriy etilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Qashqadaryo_viloyati

🚌 Qashqadaryo viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, hududda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2023-yilning noyabr oyida viloyatga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 60 o‘rinli 30 ta avtobuslar olib kelinib, yo‘nalishlarga chiqarilgan edi.

Bugun yana shu turdagi avtobuslarning 30 donasi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.
#Qashqadaryo_viloyati

Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Qashqadaryo hududiy bo‘limi, viloyat Avtomobil yo‘llari boshqarmasi hamda YHXB bilan hamkorlikda 4P79 Qarshi – Shahrisabz avtomabil yo'lining 7 km. da transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish bo‘yicha qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🚛 Reyd tadbirlari davomida belgilangan me’yordan ortiqcha yuk bilan harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, bu kabi holatlarni oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |