Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.9K subscribers
13.4K photos
1.96K videos
12 files
5.92K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
​​TASHUVCHILARGA MUROJAAT

Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tartibga solinadi.

Mazkur Nizomning 3-bob 13-bandida xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun milliy tashuvchilar kelgusi yil boshlanishidan kamida uch oy oldin O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga tegishli shakl bo‘yicha buyurtmanomalar taqdim etishi zarurligi belgilangan.

Tahlillarga ko‘ra 2024-yil 1-fevral holatiga milliy tashuvchilarning 40 foizi buyurtmanomalar taqdim etishgan. Bu esa o‘z navbatida xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash jarayonlari ortga surilishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan tashuvchilardan buyurtmanomalarni qisqa fursatlarda Transport vazirligiga taqdim etishlarini so‘rab qolamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | 2024-yilda Samarqandda 100 dona elektrobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Andijon_viloyati

Nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

🚛 Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishida vazn va hajm parametrlarini samarali nazorat qilish maqsadida qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

❗️Avtomobil transportida nazorat Andijon viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda 44-YPX maskanida yuk transport vositalarining vazn parametrlari belgilangan me’yorlarga mosligi tekshiruvdan o‘tkazilyapti.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jamoat transportida yo'l haqini to'lashning qulay usulidan foydalaning

📲 Buning uchun ATTO mobil ilovangizdagi "QR-kod orqali to'lash" panelga o'tib, avtobus yoki metroni tanlang.

Shundan so'ng validatordagi QR-kodni skaynerlab yo'l haqi uchun to'lovni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.
Transport vaziri Ilhom Maxkamov «Oq Ko‘prik», «Chuqursoy», «Xamza» va «Sergeli» stansiyalarining faoliyati, yuklarni qayta ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur stansiyalarda yuk operatsiyalarini amalga oshirish jarayoni, yuk poyezdlarini tekshirish va ko‘rikdan o‘tkazish, vagonlarni saralash, yuk hujjatlarini rasmiylashtirish, yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida stansiyalarning o‘tkazuvchanlik va yuk tashish quvvatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qurilish, ekologiya va transport sohalaridagi ustuvor vazifalar xususida mas'ullar bilan jonli muloqot


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |