Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
16.4K photos
2.31K videos
14 files
6.86K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
O'zbekistonda rezident aviakompaniyalar soni 8 ta yetdi

2023-yilning birinchi yarim yili davomida "Uzbekistan Airways" AJ, "Qanot sharq", "Panorama Airways" va "Humo Air" aviakompaniyalariga qo'shimcha ravishda "Centrum air", "Silk avia", "Asia Union Airlines" va "Tashkent Air" aviakompaniyalari tashkil etilib, o'z faoliyatini boshladi.

2023-yil o'tgan 6 oyi davomida yurtimizga "Uzbekistan Airways" AJ hamda yangi tashkil etilgan rezident aviakompaniyalar tomonidan 17 ta havo kemalari olib kelindi.

Bugungi kunda "Uzbekistan Airways" AJ, "Qanot Sharq", "Centrum Air", "Silk Avia" hamda "Humo Air" aviakompaniyalari tomonidan mahalliy yo'nalishlarida haftasiga 93 ta muntazam aviaqatnovlar bajarilmoqda.

IATA – 2023 yozgi mavsumida rezident va xorijiy aviakompaniyalarga haftasiga 697 ta chastotada xalqaro parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnomalar taqdim etilgan.

Количество авиакомпаний-резидентов в Узбекистане увеличилось до восьми

В течение первого полугодия 2023 года, помимо АО" Uzbekistan Airways"," Qanot Sharq", "Panorama Airways" и "Humo Air", были созданы и начали свою деятельность авиакомпании "Centrum Air", "Silk Avia", "Asia Union Airlines" и "Tashkent Air".

За прошедшие 6 месяцев 2023 года со стороны АО "Uzbekistan Airways" и вновь созданных авиакомпаний-резидентов в Узбекистан были ввезены 17 самолетов.

На сегодняшний день авиакомпании Uzbekistan Airways, Qanot Sharq, Centrum Air, Silk Avia и Humo Air выполняют 93 регулярных рейсов в неделю по местным направлениям.

В летний сезон IATA-2023 резидентам и иностранным авиакомпаниям были предоставлены разрешения на выполнение международных рейсов на 697 частотах в неделю.
Transport vazirligida Jamoatchilik kengashining yig’ilishi o’tkazildi

Joriy yilning 25-iyul kuni Transport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi vakillari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Kengash e'tiboriga vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasining "Transport xizmati ko'rsatishni tashkil etish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi transport nazorati inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi va "O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi "Raqamli transport" markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari loyihalari taqdim etildi va mazkur loyihalar yuzasidan taqdimotlar o'tkazildi.

Tadbir doirasida taqdim etilgan loyihalar batafsil muhokama qilindi, takliflar berildi va Kengash a'zolari tomonidan ma'qullandi.

В министерстве транспорта состоялось заседание Общественного совета

25 июля текущего года в министерстве транспорта состоялось очередное заседание Общественного совета при министерстве транспорта. В заседании приняли участие члены Общественного совета и ответственные работники министерства транспорта и центра "Цифровой транспорт" при министерстве.

В рамках встречи были представлены Закон Республики Узбекистан "О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан в связи с совершенствованием системы организации транспортного обслуживания", Постановление Кабинета Министров "О мерах по организации деятельности инспекции транспортного контроля при Министерстве транспорта Республики Узбекистан" и "О мерах по организации деятельности центра "Цифровой транспорт" при министерстве транспорта Республики Узбекистан" и проведены презентации по данным проектам.

Проекты, представленные в рамках мероприятия, были подробно обсуждены, внесены предложения и одобрены членами Правления.
Idoralararo komissiyaning poezdlar harakat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan sayyor yig'ilishi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 26-iyul kuni "Toshkent-Samarqand-qarshi" temir yo'l uchastkasida idoralararo komissiyaning navbatdagi sayyor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishga raislik qilgan "O'ztemiryo'lnazorat" inspektsiyasi boshlig'i o'rinbosari A. Abduraxmanov tomonidan O'zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan tasdiqlangan yuqori tezlikdagi temir yo'l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta'minlash, hududlarni obodonlashtirish, shaharsozlik talablariga muvofiqlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosi muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida yuqori tezlikdagi poezdlar harakatlanadigan temir yo'l uchastkalarida yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligi holati tahlil qilindi, yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligiga xavf soluvchi qoidabuzarliklar o'rganilib, bartaraf etish choralari ko'rib chiqildi.

Состоялось выездное заседание межведомственной комиссии по обеспечению безопасности движения поездов

26 июля текущего года на железнодорожном участке "Ташкент-Самарканд-Карши" состоялось очередное выездное заседание межведомственной комиссии при председательстве А. Абдурахманова, заместителя начальника инспекции "Узтемирйулнадзор". В рамках встречи были обсуждены реализация утвержденного министром транспорта Республики Узбекистан плана мероприятий по обеспечению безопасности движения на участках высокоскоростных железных дорог, благоустройству территорий, приведению их в соответствие с требованиями градостроительства.

В рамках встречи было проанализировано состояние безопасности грузопассажирских перевозок на участках железных дорог, по которым движутся высокоскоростные поезда, изучены нарушения, угрожающие безопасности грузопассажирских перевозок, рассмотрены меры по их устранению.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ anomal issiqlik tufayli poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilishini e’lon qildi

АО «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» объявило о введении ограничений на скорость движения поездов из-за аномальной жары
Vengriya bilan transport sohasidagi aloqalar rivojlantiriladi

O'zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Vengriya poytaxti Budapesht shahriga amalga oshirgan xizmat safari doirasida transport vaziri o'rinbosari Jasurbek Choriyev Vengriya davlat kotibining tashqi iqtisodiy aloqalar bo'yicha o'rinbosari Katalin Bixari hamda xalqaro munosabatlar boshqarmasi rahbari Judja Zegner xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda transport-logistika hamda turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirishda ikki mamlakat uchun manfaatli bo'lgan takliflar muhokama etildi.

Xususan, Toshkent – Budapesht yo'nalishida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish hamda ushbu yo'shnalishdagi reyslar muntazamligini ta'minlash bilan bog'liq jihatlar ko'rib chiqildi.

Развитие транспортных связей с Венгрией

В рамках рабочей поездки правительственной делегации Республики Узбекистан в столицу Венгрии заместитель министра транспорта Жасурбек Чориев встретился с заместителем государственного секретаря Венгрии по внешнеэкономическим связям Каталин Бихари и главой управления международных отношений госпожой Джуджа Зегнер.

На встрече были обсуждены предложения, представляющие интерес для двух стран в развитии связей в транспортно-логистическом и туристическом секторах.

В частности, были рассмотрены аспекты, связанные с налаживанием прямого авиасообщения по маршруту Ташкент – Будапешт, а также с обеспечением регулярности рейсов по этому маршруту.
Hurmatli fuqarolar!

Yo’lovchi tashuvlari sohasida faoliyat ko’rsatayotgan tashkilotlar ishonch telefon raqamlari to’g’risidagi ma’lumot.

Ushbu ishonch raqamlari orqali o’z murojaatingizni qoldirishingiz mumkin.

«O'zbekiston temir yo'llari» АJ +998 71 237 99 98
«Uzbekistan Airports» AJ +99855 501 47 50
«Uzbekistan Airways» AJ +998 78 140 02 00
Toshkent avtovokzali + 998 71 207 87 00
«Toshshahartransxizmat» AJ 1062
Transport vazirligi 1167

Уважаемые граждане!

Представляем вам информацию о телефонах доверия организаций, осуществляющих деятельность в сфере пассажирских перевозок.

Вы можете оставить свое заявление или предложение по номерам ниже.

АО «O'zbekiston temir yo'llari» +998 71 237 99 98
АО «Uzbekistan Airports» +99855 501 47 50
АО «Uzbekistan Airways» +998 78 140 02 00
Ташкентский автовокзал + 998 71 207 87 00
АО «Toshshahartransxizmat» 1062
Министерство транспорта 1167
Transport vazirligi yoshlari hamda Yoshlar parlamenti o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish masalasiga bag'ishlanga yig’ilish bo'lib o'tdi

Yig'ilishda Transport vazirining yoshlar masalalari bo'yicha yordamchisi R.Po'latov vazirlik hamda Yoshlar parlamenti o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, yoshlar bilan ishlash bo'yicha faoliyatning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, qisqa, o'rta va uzoq muddatli strategiyalarni belgilab olish hamda ularni amalga oshirish bo'yicha manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo'yicha takliflarni ilgari surdi.

Состоялось заседание по вопросу налаживания сотрудничества между молодежью Министерства транспорта и Молодежным парламентом

На встрече присутствовал помощник министра транспорта по делам молодежи Р. Пулатов выдвинул предложения по налаживанию сотрудничества между министерством и молодежным парламентом, определению краткосрочных, среднесрочных и долгосрочных стратегий, исходя из специфики деятельности по работе с молодежью, а также выработке адресных мер по их реализации.
Samarqandda xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Uchrashuvda Transport vazirligi xodimlari tomonidan milliy tashuvchilarga xorijiy ruxsatnoma blankalarini taqsimlash bo‘yicha belgilangan tartib tamoyillar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

В Самарканде организована встреча с предпринимателями, занимающихся автомобильной перевозкой грузов

На встрече сотрудники Минтранса проинформировали о принципах порядка, установленных постановлением о распределении бланков иностранных разрешений национальным перевозчикам.
Toshkent metrosidan 81 281 000 yo’lovchi foydalandi

"Toshkent metropoliteni" DUK tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligida umumiy hisobda 81 281 000 dan ortiq yo'lovchiga xizmat ko'rsatilgan. Bugungi kunda Toshkent metropoliteni tarmog‘i 66,74 kmga, bekatlari soni esa 48 taga yetdi.

Yer usti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichi to‘liq yakunlanishi bilan Toshkent metropolitenining uzunligi 70 kilometrdan ortadi, bekatlar soni esa 50 ta bo‘ladi.

Количество пользователей метро достигло 81 281 000 пассажиров

В первом полугодии 2023 года ГУП "Toshkent metropoliteni" обслужил в общей сложности более 81 281 000 пассажиров. На сегодняшний день протяжённость сети метро в Ташкенте достигла 66,74 км, а количество станций выросло до 48.

С завершением второго этапа строительства протяженность ташкентского метрополитена станет более 70 километров, а количество станций увеличится до 50.
Xitoyning Yutong, Hikvision va Magnetic North kompaniyalari bilan memorandum imzolandi

Joriy yilning 19-26 iyul kunlari Transport vazirligi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ vakillaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi va O‘zbekiston Respublikasida intellektual transportni rivojlantirish bo’yicha qator hujjatlar imzolandi.

Подписан меморандум с китайскими компаниями Yutong, Hikvision и Magnetic North

С 19 по 26 июля текущего года делегация в составе представителей министерства транспорта и АО “ Toshshahartransxizmat” совершила деловой визит в Китайскую Народную Республику и подписала ряд документов по развитию интеллектуального транспорта в Республике Узбекистан.
O’zbekiston, Turkmaniston, Eron davlatlari xalqaro transport va tranzit yo’lagini tashkil etishni rejalashtirmoqdalar

Joriy yilning 31-iyul kuni Transport vazirligi hamda Eron Respublikasi yo’l va shaharsozlik vazirligi vakillari o’rtasida videokonferensiya shaklidagi muzokaralar o’tkazildi. Uchrashuv doirasida O’zbekiston, Turkmaniston, Eron hukumatlari o’rtasida xalqaro transport yo’lagini tashkil etish to’g’risidagi bitim imzolashni jadallashtirish, Eron hududida xalqaro avtotransport qatnovlarida milliy tashuvlardan undiriladigan yig’imlar miqdorini kamaytirish, eksport va import yuklari uchun “Bandar-Abbos” va “Chabahor” portlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda O’zbekiston-Afg’oniston-Eron xalqaro transport yo’nalishini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Узбекистан, Туркменистан, Иран планируют создать международный транспортный и транзитный коридор

31 июля текущего года между представителями министерства транспорта и министерства дорог и городского развития Республики Иран были проведены переговоры в форме видеоконференции. В рамках встречи были обсуждены вопросы ускорения подписания соглашения между правительствами Узбекистана, Туркменистана, Ирана об организации международного транспортного коридора, снижения сборов при международных автомобильных перевозках по территории Ирана, возможности использования портов “Бандар-Аббас” и “Чабахор” для экспортных и импортных грузов, а также развития международного транспортного коридора Узбекистан-Афганистан-Иран.