Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
13.1K photos
1.93K videos
12 files
5.82K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qurilish, ekologiya va transport sohalaridagi ustuvor vazifalar xususida mas'ullar bilan jonli muloqot


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2024 йилда таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сферах образования, здравоохранения, цифровизации, культуры и спорта на 2024 год.

Facebook|Instagram|X
#Buxoro_viloyati

“Buxoro va Kogon shaharlarida jamoat transporti tizimida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida” viloyat hokimining qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan Buxoro va Kogon shaharlarida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti (avtobus va yo‘nalishli taksi)larda yo‘lovchilar tashish xizmatlarining bir martalik cheklangan tarifi (yo‘l kira haqi) 2000 (ikki ming) so‘m etib belgilandi.
Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabarlar yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Jurnalist Muhammadjon Obidovning 2024-yil 2-fevral kuni O‘zA milliy axborot agentligida e’lon qilingan “Uchko‘prik – Kenagas” yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxona faoliyati bo‘yicha e’lon qilingan jurnalistik surishtiruvida ko‘tarilgan masalalar hamda ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati transport boshqarmasi faoliyati bo‘yicha tanqidiy xabarlar yuzasidan Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov hamda Transport nazorat inspeksiyasi rahbari J.Karimovlar ishtirokidagi maxsus ishchi guruh tomonidan 3–4-fevral kunlari viloyat transport boshqarmasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganish ishlari davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan vazirlik markaziy apparati, inspeksiya hamda hududiy transport boshqarma va nazorat qilish bo‘limi rahbar va ishchi xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Qatar transport vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

5-fevral kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Qatar transport vaziri o‘rinbosari Abdullox Xamad Iso boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida transport logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini hamda transport koridorlarini rivojlantirish yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalar muhokama etildi.

Xususan, tomonlar transafg‘on temir yo‘l qurilishi loyihasini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.

Состоялась встреча с заместителем министра транспорта Катара

5 февраля, министр транспорта Илхом Махкамов встретился с представителями делегaции во главе с заместителем министра транспорта Катара Хамадом Иса Абдуллой.

На встрече обсуждены вопросы сотрудничества между Узбекистаном и Катаром в области транспорта и логистики, а также совместные проекты по развитию транспортных коридоров.

В частности, стороны обменялись мнениями по проекту Трансафганской железной дороги.
Президент Шавкат Мирзиёев электромобиль ишлаб чиқаришни кенгайтириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по расширению производства электромобилей.

#Mirziyoyev #taqdimot #sanoat #elektromobil

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasi muhokama etildi

Joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston va Qatar transport vazirliklari va temir yo‘l maʼmuriyati rahbariyati ishtirokida to‘rt tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Batafsil

Обсуждение проекта строительства Трансафганской железной дороги

6 февраля текущего года в Ташкенте состоялась четырехсторонняя встреча с участием руководства министерств транспорта и железнодорожной администрации Узбекистана, Афганистана, Пакистана и Катара.

На встрече рассмотрены вопросы реализации проекта строительства Трансафганской железной дороги.

Подробнее