Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.8K subscribers
13.4K photos
1.95K videos
12 files
5.91K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
O'zbekiston parvozlar xavfsizligi nazoratini ta'minlash bo'yicha IKAO auditidan muvaffaqiyatli o'tdi

O'zbekiston IKAO auditidan muvaffaqiyatli o'tdi. Xalqaro tashkilot ekspertlari tomonidan O'zbekistonda parvozlar xavfsizligi tizimining ishlashini baholash bo'yicha kompleks audit tekshiruvi o'tkazilib, ijobiy xulosa berildi.

O'zbekistonda IKAO standartlarini joriy etish umumiy samaradorligining dastlabki ko'rsatkichi 64% tashkil etdi, bu to'liq auditdan o'tgan boshqa davlatlar bilan solishtirilganda yaxshi ko'rsatkich deb e'tirof etiladi.

Узбекистан успешно прошел аудит ИКАО по обеспечению надзора за безопасностью полетов

Узбекистан успешно прошел аудит ИКАО. Эксперты международной организации провели комплексную проверку для оценки работы системы обеспечения безопасности полетов в Узбекистане и выдали положительное заключение.

Общий показатель эффективности внедрения стандартов ИКАО в Узбекистане предварительно составляет 64 %, что по сравнению с другими государствами, которые прошли полный аудит, является хорошим показателем.
Transport tizimi xodimlari farzandlari uchun ekskursiya tashkil etildi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Transport Vazirligi tomonidan 30-may kuni transport tizimi xodimlarining farzandlari uchun ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya doirasida bolalar yer usti metrosida sayr qilib, so’ngra elektrobusda sayohatlarini davom ettirdilar.

So’ngra tadbir qatnashchilari mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent 3 aeroportiga tashrif buyurib “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasi havo kemasi bilan tanishishdi. Ekskursiya so’ngida bolalar Anhor-Lokomotiv parkida joylashgan attraksionlarda hordiq chiqarishdi. Tadbir son’gida Transport Vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Организована экскурсия для детей сотрудников транспортной сферы

30 мая 2023 года в честь международного дня защиты детей министерством транспорта была организована экскурсия для детей сотрудников транспортной сферы. В рамках экскурсии дети прокатились на наземном метро, а затем продолжили свое путешествие на новом электробусе.

Затем участники мероприятия посетили аэропорт Ташкент 3, осуществляющий местные авиаперевозки, и ознакомились с воздушным судном региональной авиакомпании “Silk Avia”. По окончании экскурсии дети развлекались на аттракционах, расположенных в парке "Анхор-Локомотив". В конце мероприятия объединенный профсоюзный комитет министерства транспорта вручил памятные подарки.
Transport vaziri Seulga tashrif buyurdi

Ayni damda transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Xizmat safarining ilk kuni vazir Seul shahar ma’muriyati qoshida tashkil etilgan transport ma’lumoti xizmati (TOPIS)ga tashrif buyurib, shahar transport tizimini operativ boshqaruv faoliyati, haydovchisiz harakatlanayotgan transport vositalarining pilot loyihalari hamda real vaqt rejimida transport va yo‘l ma’lumotlarini tahlil qilib borish imkoniyatlari bilan tanishdi.

Xizmat safari davomida, Seul shahri jamoat transporti sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi islohotlar, xususan, shaharda joriy etilgan avtobus yo‘laklari (BRT), integrallashgan elektron to‘lov (T-Money) tizimi, daromadlarni tashuvchilar o‘rtasida taqsimlashda “Pool” tizimi, jamoat transport infratuzilmasida aholining zaif qatlamlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishiladi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda bevosita xorijiy ekspertlar ishtirokida, yangicha yondashuvlar asosida Toshkent shahri jamoat transporti tizimini isloh qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Aynan mazkur jarayonda Janubiy Koreya tajribasi asosida shahar transport tizmini rivojlantirish borasida eng maqbul yechimlarni amalda qo‘llash ko‘zda tutilgan.

Министр транспорта Узбекистана посетил Сеул

В настоящее время делегация во главе с министром транспорта Илхомом Махкамовым посетила Республику Корея. В первый день рабочей поездки министр посетил службу транспортной информации (TOPIS), созданную при городской администрации Сеула, и ознакомился с деятельностью по оперативному управлению транспортной системой города, пилотными проектами беспилотных транспортных средств, а также с возможностями анализа информации о движении и дорогах в режиме реального времени.

Во время визита запланировано ознакомление с широким спектром реформ, проводимых в сфере общественного транспорта Сеула, в частности, с введенными в городе автобусными коридорами (BRT), интегрированной системой электронных платежей (T-Money), системой “Pool” при распределении доходов между перевозчиками, условиями, созданными для уязвимых слоев населения в инфраструктуре общественного транспорта.

Сегодня продолжается работа по реформированию системы общественного транспорта города Ташкента на основе новых подходов с участием зарубежных экспертов, изучающих опыт развитых стран. Именно в этом процессе на основе опыта Южной Кореи предполагается реализовать наиболее оптимальные решения по развитию городской транспортной инфраструктуры.
Haydovchilar diqqatiga: Belarus Respublikasining pullik avtomobil yo'llari uchun yangi tariflar joriy etildi

2023-yil 1-iyundan boshlab Belarus Respublikasining BelToll pullik yo'llari bo'yicha yo'l haqini elektron undirish milliy tizimida ruxsat etilgan to’la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo’lgan avtotransport vositalari uchun yangi tariflar amal qila boshlaydi.

Внимание, водителям: Новые тарифы за проезд по платным автомобильным дорогам Республики Беларусь

С 1 июня 2023 года в национальной системе электронного сбора платы за проезд по платным дорогам Республики Беларусь BelToll для транспортных средств с допустимой общей массой более 3,5 тонны начинают действовать новые тарифы.
Transport vazirligi delegatsiyasi ICAO simpoziumida ishtirok etmoqda

Transport vaziri Ilxom Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya 2023-yil 30-maydan 1-iyungacha Koreya Respublikasining Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan tashkil etilgan Joriy etishni qo‘llab-quvvatlash global simpoziumida (GISS) ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbir ICAO Jahon aviatsiya forumi (IWAF), Aviatsiya hamkorligi bo‘yicha global simpozium (GACS) va TRAINAIR PLUS global aviatsiya treningini o‘zida birlashtirib, uning doirasida eng so‘nggi innovatsiyalar, operatsion yechimlar va aviatsiya barqarorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlar ko‘rib chiqiladi.

Делегация министерства транспорта участвует в симпозиуме ИКАО по глобальной поддержке внедрения

Делегация во главе министра транспорта Илхома Махкамова участвует на Симпозиум по глобальной поддержке внедрения (GISS), организованном Международной организацией гражданской авиации (ИКАО), который проходит в Сеуле, Республика Корея, с 30 мая по 1 июня 2023 года.

Данное мероприятие объединяет Всемирный авиационный форум ИКАО (IWAF), Глобальный симпозиум по авиационному сотрудничеству (GACS) и Глобальный авиационный тренинг и симпозиум TRAINAIR PLUS с целью ознакомления с новейшими цифровыми инструментами, ключевыми инициативами и совместными усилиями по поддержке авиационной устойчивости, инновации, устойчивое развитие и операционные решения.
OLDI onlayn ma'lumotlar almashinuviga o'tish

2023-yil 30-maydan Toshkent havo harakatini boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi markazi Aktobe (Qozog'iston) havo harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi markazi bilan OLDI (on-line Data Interchange) protokoli bo'yicha "ovozsiz" yo’naltirish va o'zaro hamkorlik tartibini joriy etdi. OLDI - bu qo'shni havo harakatini boshqarish organlari o'rtasida joriy parvoz ma'lumotlarini muvofiqlashtirish va uzatish protokoli hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi havo harakatini boshqarish organlari o'rtasida foydali ma'lumotlarni muvofiqlashtirish va almashishni avtomatlashtirish hamda standart xabarlarni o'z vaqtida yetkazib berishni ta'minlashdir.

Shuni ta'kidlash kerakki, OLDI protokolini amalga oshirish bo'yicha ushbu loyiha birinchi xalqaro tajriba bo'lib, ilgari ushbu protokol faqat mahalliy darajada tatbiq etilgan edi. Kelgusida Chimkent, O’sh, Bishkek, Dushanbe, Xo’jandda va boshqa havo harakatini boshqarish markazlari bilan OLDI protokolini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

Переход на онлайн-обмен данными OLDI

С 30 мая 2023 года Ташкентский центр автоматизированной системы управления воздушным движением ввел процедуру «безголосовой» координации и взаимодействия по протоколу OLDI (On-line Data Interchange) с центром автоматизированной системы управления воздушным движением Актобе (Казахстан). OLDI — это протокол для координации и передачи текущих полетных данных между соседними органами управления воздушным движением. Его основная цель автоматизировать координацию и обмен полетной информацией между органами УВД и обеспечить своевременную доставку стандартных сообщений.

Важно отметить, что данный проект по внедрению протокола OLDI является первым международным опытом, ранее протокол работал только на локальном уровне. В перспективе запланировано поэтапное внедрение протокола OLDI с другими центрами ОВД в Шымкенте, Оше, Бишкеке, Душанбе, Худжанде.
Yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputatlar muhokamasida

Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilxom Maxkamovning Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga javobini muhokama qildilar.

Депутаты заслушали ответ Минтранса по улучшению дорожно-транспортной инфраструктуры

В связи с проводимой работой по проектированию, строительству, реконструкции, ремонту и содержанию автомобильных дорог республики, депутаты заслушали ответ министра транспорта Республики Узбекистан Илхома Махкамова на парламентский запрос Законодательной палаты.
Transport vazirligi delegatsiyasi Seulda sohaviy uchrashuvlarni o'tkazmoqda

Transport vaziri Ilxom Maxkamov Koreya Respublikasi yer, infratuzilma va transport vaziri Xi Reng Von bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida vazirlar transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, unda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi munosabatlarning ijobiy dinamikasi alohida qayd etildi. Tomonlar ikki mamlakat o'rtasida parvozlar geografiyasini kengaytirishni davom ettirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, o'z tashrifi doirasida Ilxom Maxkamov Koreya avtomobil yo'llari korporatsiyasining tezkor magistral yo'llar boshqarmasi markaziga tashrif buyurdi. Bugungi kunda ushbu markazda Koreyaning magistral avtomobil yo'llarini (taxminan 5000 km) 24 soat davomida boshqarish va nazorat qilishni amalga oshiradi. Markazga tashrifi yakunida tomonlar O'zbekiston poytaxtida jamoat transporti sohasida ham xuddi shunday markazni barpo etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Делегация министерства транспорта проводит отраслевые встречи в Сеуле

Министр транспорта Илхом Махкамов встретился с Министром земли, инфраструктуры и транспорта Республики Корея Хи Ренг Воном. В рамках встречи министры обсудили вопросы развития сотрудничества в области транспорта, где была отмечена положительная динамику взаимоотношений в области гражданской авиации. Министры двух стран договорились продолжить расширять географию полетов между двумя странами.

А также, в рамках своего визита Илхом Махкамов посетил центр управления скоростных магистральных дорог корейской корпорации автомобильных дорог. На сегодняшний день в данном центре осуществляется управление и контроль над магистральными автомобильными дорогами (около 5000 км) Кореи в круглосуточном режиме. По итогам визита в центр, стороны обсудили возможность внедрения аналогичной системы в столице Узбекистана в области общественного транспорта.