Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.7K subscribers
14K photos
2.03K videos
13 files
6.13K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#Buxoro_viloyati

Buxoro shahar jamoat transportini rivojlantirish Bosh rejasi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-son qarorida berilgan topshiriqlar asosida boshqarma tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda Buxoro shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov va viloyatdagi sohaga mas’ul rahbarlar taqdimot bilan tanishtirildi.

Ishlab chiqilgan Bosh reja loyihasiga asosan Buxoro shahrida jamoat transporti o‘tadigan yo‘l-ko‘cha tarmog‘ining umumiy uzunligi 81 kmga ortib, shahar asosiy ko‘chalari to‘liq avtobus yo‘nalishlari bilan qamrab olinadi. Yo‘nalishlarning takrorlanish darajasi esa 33 foizga kamaytiriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Buxoro_viloyati

Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda qatnash uchun yangi avtobuslar olib kelindi

Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va viloyatning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida "All Comfort" MChJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan YUTONG rusumli 10 ta yangi avtobuslar olib kelindi.

Mazkur avtobuslardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida 701-sonli "Buxoro-Toshkent-Buxoro" yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilishi rejalashtirilgan.

Natijada "Buxoro-Toshkent-Buxoro" yo‘nalishida kuniga qo‘shimcha 550 ta yo‘lovchini tashish imkoniyati yaratiladi.

Kelgusida korxona faoliyati yanada kengaytirilib, davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, yangi turistik yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Buxoro_viloyati

🚌 Yangi avtobuslar yo‘lovchilar xizmatida

Buxoro viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

🚏 Xususan, “Progress mega trans” MChJ tomonidan 5-sonli "To‘qimachi bozori – F.Xo‘jaev MFY" yo‘nalishida 10 dona “Zhongtong” rusumli yangi avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Mazkur yo‘nalishida avtobuslar 8-10 daqiqali oraliq interval bilan harakatlanmoqda.
#Buxoro_viloyati

Buxoro va Kogon shaharlarida jamoat transporti tizimida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida” viloyat hokimining qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan Buxoro va Kogon shaharlarida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti (avtobus va yo‘nalishli taksi)larda yo‘lovchilar tashish xizmatlarining bir martalik cheklangan tarifi (yo‘l kira haqi) 2000 (ikki ming) so‘m etib belgilandi.
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятига жўнаб кетди. Ташриф Баҳоуддин Нақшбанд мақбарасини зиёрат қилишдан бошланади.

Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Бухарскую область. Поездка начнется с посещения мавзолея Бахоуддина Накшбанда.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Бухоро вилоятига келгач, Президент Шавкат Мирзиёев Баҳоуддин Нақшбанд мақбарасини зиёрат қилди ва бу ерда амалга оширилган бунёдкорлик ишлари билан танишди.

По прибытии в Бухарскую область Президент Шавкат Мирзиёев посетил мавзолей Бахоуддина Накшбанда и ознакомился с проделанной здесь созидательной работой.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ғиждувон туманида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Бухоро вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш бўлиб ўтди.

В Гиждуванском районе под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по вопросам социально-экономического развития Бухарской области.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X