Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
23K photos
2.94K videos
15 files
8.61K links
Download Telegram
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi va ekspluatatsiyasini boshqarish» mavzusida xalqaro seminar

Pekin shahrida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi va ekspluatatsiyasini boshqarish” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Mintaqaviy transport tarmog‘ini rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur tadbirda Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Toshkent davlat transport universiteti hamda Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari faol ishtirok etmoqda.

Ushbu yirik seminarda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan davlat xizmatchilari, olimlar hamda sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar temir yo‘l tizimiga joriy etilayotgan eng so‘nggi zamonaviy tendensiyalar hamda innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Mazkur seminar transport-logistika sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda yirik mintaqaviy loyihalarni samarali boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashish maqsadida tashkil etilgan.


Seminar doirasida xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda transchegaraviy temir yo‘l loyihalarida xalqaro standartlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish, yuqori tezlikdagi temir yo‘l tizimlarini boshqarish va unga innovatsion yechimlarni joriy etish kabi masalalar chuqur tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» yo‘lagining texnik va ekspluatatsion masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashilmoqda.

Международный семинар на тему "Управление строительством и эксплуатацией железной дороги Китай – Кыргызстан – Узбекистан"

В Пекине проходит международный семинар на тему "Управление строительством и эксплуатацией железной дороги Китай – Кыргызстан – Узбекистан".

В данном мероприятии, имеющем стратегическое значение для развития региональной транспортной сети, активное участие принимают сотрудники Министерства транспорта, АО "Узбекистон темир йуллари", Ташкентского государственного транспортного университета и Инспекции по надзору в сфере транспорта.

На этом крупном семинаре государственные служащие, ученые и специалисты, прибывшие из Узбекистана и Кыргызстана, знакомятся с новейшими современными тенденциями и инновационными решениями, внедряемыми в железнодорожную систему.

Данный семинар организован с целью укрепления международного сотрудничества в транспортно-логистической сфере, развития железнодорожной инфраструктуры и обмена передовым опытом по эффективному управлению крупными региональными проектами.


В рамках семинара совместно с международными экспертами глубоко анализируются такие вопросы, как гармонизация международных стандартов в трансграничных железнодорожных проектах, управление высокоскоростными железнодорожными системами и внедрение инновационных решений.

Также осуществляется обмен мнениями по техническим и эксплуатационным вопросам стратегически важного коридора "Китай – Кыргызстан – Узбекистан".
Xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinmoqda

Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy ko‘magida Surxondaryo viloyatida yirik yo‘l infratuzilmasi loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
 
Jumladan, 4R105 "Darband – Boysun – Elbayon" hamda 4R100 "Mang‘uzor – Jarqo‘rg‘on – Bandixon – Oltinsoy – Denov" avtomobil yo‘llarining umumiy 111 kilometr qismida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
 
Sement-beton qoplamali qilib bunyod etilayotgan avtomobil yo‘li Boysun, Bandixon, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy hamda Denov tumanlari hududidan o‘tadi.
 
Darband – Denov avtomagistrali bitishi bilan Surxondaryo viloyatidagi M41 va M39 avtomagistrallari eng qisqa masofada birlashtiriladi. Loyiha natijasida Surxon vohasidan poytaxt Toshkentga olib boruvchi avtomobil yo‘li 146 kilometrga qisqaradi.


Mazkur loyiha hudud transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, aholi uchun xavfsiz va qulay harakatni ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.
 
В Сурхандарьинской области реконструируют автомобильные дороги международного значения

При финансовой поддержке Азиатского банка развития в Сурхандарьинской области поэтапно реализуются крупные проекты в сфере дорожной инфраструктуры.

В частности, ведутся работы по реконструкции участков автомобильных дорог 4R105 "Дарбанд – Байсун – Эльбаён" и 4R100 "Мангузар – Джаркурган – Бандихан – Алтынсай – Денау" общей протяжённостью 111 километров.

Автомобильная дорога с цементобетонным покрытием пройдёт по территориям Байсунского, Бандиханского, Кумкурганского, Алтынсайского и Денауского районов.

С завершением автомагистрали Дарбанд – Денау трассы М41 и М39 в Сурхандарьинской области будут соединены по кратчайшему маршруту. В результате реализации проекта путь из Сурханской области в столицу Ташкент сократится на 146 километров.


Данный проект послужит модернизации транспортной инфраструктуры региона, обеспечению безопасного и комфортного движения для населения, а также повышению экономической активности.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz xalqaro aeroportidan ilk bor Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov amalga oshirildi
 
Transport vazirligi mamlakatimiz rezident aviakompaniyalari xalqaro parvozlar geografiyasini kengaytirish va mavjud yo‘nalishlarda qatnovlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha tizimli ish olib bormoqda.
 
Xususan, joriy yil 30-may sanasidan Flykhiva aviakompaniyasi Termiz – Istanbul – Termiz yo‘nalishida muntazam qatnovlarni boshladi.
 
Aviakompaniya mazkur yo‘nalishda qatnovlarni haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiradi.  
 
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Turkiyaning Istanbul shahriga mamlakatimizning Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Urganch va Buxoro shaharlaridan haftasiga jami 87 ta muntazam aviaqatnovlar bajarilmoqda.  
 
Aviaqatnovlar “Uzbekistan Airways”, “Qanot Sharq”, “Centrum Air” hamda “Turkish Airlines” aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
 
 
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Toshkentdan Issiq-ko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi
 
Joriy yilning 8-iyun sanasidan boshlab, "Uzautotrans Service" MChJ tomonidan Toshkent – Cho‘lpon-ota (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovi boshlanadi.
 
“Toshkent” avtovokzalidan qatnovlar iyun oyining juft kunlarida amalga oshiriladi.
 
Issiq-ko‘ldan Toshkentga qaytish reyslari esa iyun oyining toq kunlarida bajariladi. 
 
Qatnovlar kompaniyaning Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘naydi.
 
Chipta narxi 365 000 so‘m etib belgilangan.
 
📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:
 
+998 71 207-87-00, +998 94 131-99-99, +998 88 666-15-15.
 
Запускаются сезонные автобусные рейсы из Ташкента на Иссык-Куль
 
С 8 июня текущего года ООО "Uzautotrans Service" запускает сезонный автобусный маршрут Ташкент – Чолпон-Ата (Иссык-Куль).
 
С автовокзала "Ташкент" рейсы будут осуществляться по чётным числам июня.
 
Обратные рейсы с Иссык-Куля в Ташкент будут выполняться по нечётным числам июня.

Рейсы осуществляются на автобусах Yutong, принадлежащих компании. Автобус отправляется с автовокзала "Ташкент" в 15:00.

Стоимость билета составляет 365 000 сумов.

📞Телефоны для дополнительной информации:

+998 71 207-87-00, +998 94 131-99-99, +998 88 666-15-15.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по задачам ускоренного развития химической промышленности и реализации инвестиционных проектов в регионах.

#Mirziyoyev #videoselektor #sanoat #kimyo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Polsha Respublikasi hududi orqali xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan tadbirkorlar diqqatiga!

Polsha Respublikasi hududi orqali xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga “SENT” elektron monitoring tizimi talablari bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Mazkur tizimda tashuvchi, yuboruvchi va qabul qiluvchi tomonlar tovar harakati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni oldindan elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

Talablarga rioya etilmasligi transport vositalarining chegarada ushlanib qolishi, yuk yetkazib berish muddatlarining kechikishi hamda jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Xalqaro tashuvlarni rejalashtirishda mazkur talablarni inobatga olishingizni so‘raymiz.

Вниманию предпринимателей, осуществляющих международные грузоперевозки по территории Республики Польша!

Участникам внешнеэкономической деятельности, осуществляющим международные грузоперевозки по территории Республики Польша, рекомендуется заблаговременно ознакомиться с требованиями системы электронного мониторинга "SENT."

В данной системе перевозчик, отправитель и получатель должны предварительно регистрировать в электронной форме информацию о движении товара.

Несоблюдение требований может привести к задержанию транспортных средств на границе, задержкам в доставке груза и применению штрафных санкций.

Просим вас учитывать данные требования при планировании международных перевозок.
Qirg‘izistonda yuk tashuvchi transport vositalari uchun yozgi cheklovlar joriy etiladi
 
2026-yil 1-iyundan boshlab yoz mavsumi oxirigacha Qirg‘izistonda yuk avtomobillari harakatiga vaqtinchalik cheklovlar qo‘llanilishi mumkin.
 
⚠️Qirg‘iziston Transport va kommunikatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, havo harorati +28°C dan yuqori bo‘lgan kunlarda og‘ir yuk tashuvchi transport vositalari harakatiga kunduzi cheklovlar joriy etiladi.
 
Cheklovlar, ayrim istisnolardan tashqari, to‘liq ruxsat etilgan og‘irligi 18 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk transport vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
 
Mazkur choralar yo‘l qoplamasini yuqori harorat ta’siridan himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi.
 
‼️Qirg‘iziston hududi orqali harakatlanuvchi milliy tashuvchilar va logistika kompaniyalariga marshrutlar hamda yetkazib berish muddatlarini rejalashtirishda ushbu cheklovlarni inobatga olish tavsiya etiladi.

 
В Кыргызстане вводятся летние ограничения для грузовых транспортных средств

С 1 июня 2026 года до конца летнего сезона в Кыргызстане могут быть введены временные ограничения на движение грузовых автомобилей.

⚠️По данным Министерства транспорта и коммуникаций Кыргызстана, в дни, когда температура воздуха превышает +28°C, вводится ограничение на движение большегрузных транспортных средств в дневное время.

Ограничения, за некоторыми исключениями, распространяются на грузовые транспортные средства с полной разрешённой массой свыше 18 тонн.

Данные меры принимаются в целях защиты дорожного покрытия от воздействия высоких температур.

‼️Национальным перевозчикам и логистическим компаниям, осуществляющим движение по территории Кыргызстана, рекомендуется учитывать эти ограничения при планировании маршрутов и сроков доставки.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farovonlik sari | O‘zbekistondagi birinchi pulli avtomobil yo‘li qurilishi jadal davom etmoqda
 
 
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |