Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
14.2K photos
2.04K videos
13 files
6.19K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Milliy tashuvchilar bilan ochiq muloqot

Ayni damda Surxondaryo viloyati Termiz shahri Matbuot uyida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi, Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi rahbarlari xalqaro yuk tashuvlari faoliyat bilan shug‘ullanuvchi milliy korxona vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Ochiq muloqot tarzda o‘tkazilayotgan tadbirda xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalarini taqsimlash, xorijiy davlatlarga yuk tashuvlari jarayonida milliy tashuvchilar manfaatini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan masalalar muhokama etilmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​MDH mamlakatlari va Hind okeani portlarining Janubiy Osiyo orqali transport logistikasi sohasida hamkorligi bo‘yicha yangi marralar

2024-yil 23-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida transport idoralari rahbarlari, ekspeditorlik kompaniyalari va biznes vakillari ishtirokida Hind okeani portlariga chiqish uchun "Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Transport sohasi tashkilotlari va biznes delegatsiyalari vakillarining Termiz shahrida o‘tkaziladigan uchrashuvi o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘lamini oshirish, quruqlik yo‘laklari bo‘ylab xalqaro yuk tashishlar hajmini ko‘paytirish, shuningdek, MDH, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining Yevroosiyo global transport-logistika tizimidagi rolini oshirish uchun potensial imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish nuqtai nazaridan samarali bo‘lishi kutilmoqda.

Новые горизонты сотрудничества в транспортной логистике стран СНГ и портов Индийского океана через Южную Азию

23 апреля 2024 года в городе Термезе Сурхандарьинской области состоится международная встреча с участием руководителей транспортных ведомств, транспортно-экспедиторских компаний и бизнеса по развитию международного мультимодального транспортного коридора «Беларусь – Россия – Казахстан – Узбекистан – Афганистан – Пакистан» с выходом к портам Индийского океана.

Встреча представителей транспортных организаций и бизнес делегаций в городе Термезе обещает быть плодотворной в плане реализации потенциальных возможностей для увеличения взаимного товарооборота, наращивания объема международных грузоперевозок по сухопутным коридорам, а также повышения роли стран СНГ, Центральной и Южной Азии в глобальной транспортно-логистической системе Евразии.
#Xalqaro_hamkorlik

Termiz shahrida “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha transport idoralari rahbarlarining ko‘p tomonlama uchrashuvi o‘z ishini boshladi.

Onlayn va oflayn rejimda o‘tkazilayotgan uchrashuvda Belarus transport va kommunikatsiya vaziri birinchi o‘rinbosari Valeriy Verenich, Rossiya Federatsiyasi transport vaziri o‘rinbosari Dmitriy Zverev, Qozog‘iston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Maksat Kaliakparov, O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilxom Maxkamov, Pokiston temir yo‘llari vaziri o‘rinbosari Ali Shax Sayid Mazxar, Afg‘oniston transport vaziri Hamidulla Oxunzoda ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbir 2023-yil noyabr oyida Toshkent shahrida imzolangan Memorandumni amalga oshirishning mantiqiy davomi bo‘lib, Transafg‘on koridori bo‘ylab yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha yechimlarni birgalikda izlashdan iborat.

Batafsil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Транспортно-транзитный потенциал Сурхандарьинской области Узбекистана


O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati transport - tranzit imkoniyatlari



Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
“Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi

23-aprel kuni Termiz shahrida “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatlarning transport vazirligi rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda mazkur multimodal transport koridorini rivojlantirish yo‘li bilan Markaziy Osiyo va MDHga a’zo davlatlarni O‘zbekiston orqali Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lash va yurtimizning tranzit salohiyatini yanada oshirish masalalar muhokama etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida yo‘l xaritasi imzolandi. Mazkur yo‘l xaritasida yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalarni amalga oshirish belgilangan.


Batafsil


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Polsha transport sohasida nazorat organlari o‘rtasidagi hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, “Raqamli transport” markazi va Transport tadqiqot markazi xodimlaridan iborat delegatsiya shu kunlarda Polsha Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida Polsha avtotransport inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazildi va polshalik hamkasblarning vazn va hajm parametrlari, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga amal qilishi, shuningdek, xalqaro yuk tashish va xavfli yuklarni tashish uchun ruxsatnomalarni tekshirish jarayoni bo‘yicha tajribasi o‘rganildi.

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport nazorati inspeksiyasi va Polsha avtomobil transporti inspeksiyasi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​ICAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi aviatsiya ma’muriyatlari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi

23 – 26-aprel kunlari Fransiyaning Tuluza shahrida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi Tashkiloti (ICAO) ning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi aviatsiya ma’muriyatlari bosh direktorlarining har yilgi an’anaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 45 dan oshiq davlatlarning aviatsiya ma’muriyatlari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. Aviatsiya ma’muriyatlari Bosh direktorlari o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berishda “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov ushbu konferensiya raisining o‘rinbosari etib saylandi.


Делегация Агентства «Узавиация» принимает участие в Конференции Генеральных директоров авиационных администраций Европейского/Североатлантического региона ИКАО

23-26 апреля в городе Тулуза проходит ежегодная конференция Генеральных директоров авиационных администраций Европейского/Североатлантического регионального бюро (EUR/NAT) Международной организации гражданской авиации (ИКАО), в которой принимают участие делегации во главе руководителей организаций гражданской авиации более 45 стран членов регионального офиса ИКАО и представители международных организаций .

На предварительном голосовании среди Генеральных директоров авиационных администраций директор Агентства «Узавиация» Тахир Назаров был избран заместителем Председателя данной Конференции.