Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.8K subscribers
13.4K photos
1.95K videos
12 files
5.91K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев ташриф билан мамлакатимизга келди.
Урганч халқаро аэропортида олий мартабали меҳмонни давлатимиз раҳбари кутиб олди.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев прибыл с визитом в нашу страну.
В международном аэропорту Ургенча высокого гостя встретил глава нашего государства.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлат раҳбарлари Хивада гилам ишлаб чиқариш жараёни ва Ўзбекистон маҳсулотлари кўргазмаси билан танишдилар

Главы государств ознакомились с производством ковров и выставкой узбекской продукции в Хиве

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев стратегик шериклик ва иттифоқчилик муносабатларини янада мустаҳкамлаш, ҳар томонлама амалий ҳамкорликни кенгайтириш масалаларини муҳокама қилдилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев обсудили вопросы дальнейшего укрепления отношений стратегического партнерства и союзничества, расширения всестороннего практического сотрудничества.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston transport tarmog‘i faxriylari kengashi tuzildi

Faxriylar kengashini tashkil etish bo‘yicha 4-aprel kuni o‘tkazilgan ta’sis yig‘ilishida Transport vazirligi va transport tarmog‘i vakillari hamda soha mehnat faxriylari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlar, mehnat faxriylariga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelinayotgani, ularning katta hayotiy tajribalaridan saboq olish jamiyatimiz farovonligini ta’minlashda, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida, ularni komil inson bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.  

Ta’sis yig‘ilishi ishtirokchilari muhokamalardan so‘ng bir ovozdan O‘zbekiston transport tarmog‘i faxriylari kengashini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Uzoq yillar davomida mamlakatimiz transport tizimida turli lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan, katta hayotiy tajribaga ega Xojiakbar Zohidov O‘zbekiston transport tarmog‘i Faxriylar kengashi raisi etib saylandi.
Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

4-aprel kuni Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov hamda Jahon banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi.

Suhbat davomida Toshkent shahrini Toshkent viloyati bilan bog‘lovchi uzoq muddatli transport strategiyasini ishlab chiqish, Toshkent viloyati shaharlarida yo‘nalishlar tarmog‘ini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha hamkorlikdagi loyihalarni davom ettirishga kelishib olindi.