Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
14.2K photos
2.05K videos
13 files
6.21K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли ҳаёти билан яқиндан танишиш мақсадида Сирдарё вилоятига йўл олди. Сафар асносида давлатимиз раҳбари Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Нуриддин Холиқназаров билан самимий суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с условиями жизни населения отбыл в Сырдарьинскую область. По пути глава государства провел искреннюю беседу с председателем Управления мусульман Узбекистана, муфтием Нуриддином Холикназаровым.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Ramazon #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Toshkent – Varshava – Toshkent yoʻnalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Mazkur yoʻnalishda "LOT Polish Airlines" aviakompaniyasi haftada uch marta – dushanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida parvozlarni amalga oshiradi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
TASHUVCHILAR DIQQATIGA!

Tbilisi shahrida kunning tig‘iz vaqtlarida katta hajmli yuk transport vositalarining harakatlanishi cheklanadi.

2024-yilning 20-martidan Gruziya poytaxti Tbilisida M3, N2, N3 toifali transport vositalarining shahar ichidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida harakatlanishiga cheklovlar joriy etiladi.

Cheklovlar kunning tig‘iz vaqtlarida soat 08:00 dan 11:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha amal qiladi.

Milliy tashuvchilardan xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida ushbu ma’lumotni inobatga olgan holda harakatlanishini so‘raymiz.

Batafsil


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Surxondaryo_viloyati

Yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish holati muhokama etildi

Viloyat transport boshqarmasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlarining harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati, korxona haydovchilarining yo‘l qoidalariga qat’iy rioya etishi hamda yo‘nalishlarda tender shartnomalarida belgilangan tartibda harakatlanishini ta’minlash masalalari borasida so‘z bordi.

Batafsil
Kabotaj tashuvlariga qarshi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat hududiy bolimi inspektorlari tomonidan kabotaj tashuvlarini oldini olish bo‘yicha respublika bo‘ylab reyd tadbirlari davom etmoqda.

Reyd tadbirlari davomida avtomobil transportida tashuvlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishi nazorat qilinmoqda.

Aniqlangan qoidabuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli bandlariga asosan choralar ko‘rilmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun tender o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender joriy yilning 23-aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.

Tenderga qo‘yilgan lotlar:

VSh – 709-sonli “Toshkent sh. – Yangiyer” ikki tomondan;
VSh – 712-sonli “G‘ijduvon – Uchquduq” Uchquduq tomondan;
VSh – 735-sonli “Quva – Shahrixon” ikki tomondan;
VSh – 824-sonli “Toshkent sh. – Gagarin” Gagarin tomondan;
VSh – 840-sonli “Toshkent sh. – Forish” Toshkent sh. tomondan;
VSh – 918-sonli “To‘rtko‘l – Urganch sh.” To‘rtko‘l tomondan;
VSh – 969-sonli “Guliston – Zomin” ikki tomondan;
VSh – 1087-sonli “Toshkent sh. – Vobkent” Toshkent sh. tomondan;
VSh – 1097-sonli “Toshkent sh. – Shofirkon” Toshkent sh. tomondan;
VSh – 1098-sonli “G‘ijduvon – Navoiy” ikki tomondan;
VSh – 1099-sonli “Urgut – Qarshi sh.” ikki tomondan;
VSh – 1108-sonli “Boysun – Toshkent sh.” Boysun tomondan;
VSh – 1116-sonli “Pitnak – To‘rtko‘l” To‘rtko‘l tomondan;
VSh – 1134-sonli “Boyovut – Jo‘ylangar qishlog‘I” Jo‘ylangar qishlog‘i tomondan;
VSh – 1154-sonli “Xovos – Jo‘ylangar qishlog‘I” Xovos tomondan;
VSh – 1158-sonli “Tuproqqal’a – To‘rtko‘l” To‘rtko‘l tomondan;
VSh – 1174-sonli “Shirin – Bekobod” ikki tomondan;
VShYT – 709-sonli “Toshkent sh. – Yangiyer” Yangiyer tomondan;
VShYT – 919-sonli “Toshkent sh. – Baxt” ikki tomondan.

Tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
«O‘zaeronavigatsiya» Markazi DUK tomonidan 25-26 mart kunlari ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tilining 4-darajali sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini «Havodagi harakatni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha navbatdagi tanlov o‘tkaziladi.

Batafsil

В период с 25 по 26 марта в Дирекции ГУП Центр «Узаэронавигация» состоится очередной отбор выпускников учебных заведений, получивших сертификат 4го уровня английского языка по шкале ИКАО, по специальности «Управление воздушным движением».


Подробнее


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish bo‘yicha hisobot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi “Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yo‘l mahsulotini ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 211-son qarorining tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB)dan o‘tkazish bo‘yicha hisoboti Jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

TSTB doirasida temir yo‘l mahsulotini majburiy sertifikatlashtirish sohasida o‘rnatilgan cheklov ta’siri baholanmoqda.

Baholash natijalariga ko‘ra, ko‘zlangan maqsadlarga erishilmagan va samarasiz yoki samaradorligi past bo‘lgan talab va tartiblarni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti bilan ushbu havola orqali tanishishing.

Ushbu masalalar yuzasidan taklif va mulohazalaringizni info@mintrans.uz elektron pochta manzili orqali yuborishingiz mumkin.
Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi

Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Transport vazirligi, hududiy transport boshqarmalari va tizim tashkilotlarida bugun erta tongdan xayriya hashari uyushqoqlik, hamjihatlikda boshlandi.

Ushbu ezgulik tadbiriga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida mehnat jamoalari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda.

Hashar davomida vazirlik markaziy apparati joylashgan bino va unga tutash hududlar, ariqlar, ko‘chalar tozalandi. Tevarak-atrof, gulzorlar tartibga keltirildi. Daraxtlar oqlanib, shakl berildi.

Har yili Navro‘z bayrami arafasida barcha hududlarda umumxalq xayriya hasharlari tashkil etilishi qadriyatlarimizning boqiyligidan dalolatdir.

Umumxalq hashari ezgu amallarga boy bo‘lmoqda, xususan, poytaxt jamoat transporti avtobuslarining oxirgi to‘xtash bekatlari ham tozalanib, tartibga keltirildi.